KON BOSIMI SHAROITIDA QAZIB OLISH USULLARINI TANLASHNING GEOTEXNIK ASOSLARI

Abstract

Samarchuq oltin konining geologik va geomexanik xususiyatlari asosida kon bosimi ta’sirida optimal qazib olish variantlarini tanlash bo‘yicha geotexnik yondashuvlar, kon bosimining vertikal va gorizontal komponentlari, g‘ovaklik va qatlamlararo kontakt zonasining deformatsiyalanuvchanligi hisobga olingan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, qazib olish texnologiyasining tanlanishi konning kuchlanganlik holatiga bevosita bog‘liq bo‘lib, hududiy kuchlanganlik gradientlarini hisobga olgan holda kon xavfsizligi va samaradorligi ta’minlanadi.

Source type: Conferences
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
61-63
0

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Shomurodov , S. . (2025). KON BOSIMI SHAROITIDA QAZIB OLISH USULLARINI TANLASHNING GEOTEXNIK ASOSLARI. Young Scientists, 3(26), 61–63. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/yosc/article/view/124523
0
Citations
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Samarchuq oltin konining geologik va geomexanik xususiyatlari asosida kon bosimi ta’sirida optimal qazib olish variantlarini tanlash bo‘yicha geotexnik yondashuvlar, kon bosimining vertikal va gorizontal komponentlari, g‘ovaklik va qatlamlararo kontakt zonasining deformatsiyalanuvchanligi hisobga olingan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, qazib olish texnologiyasining tanlanishi konning kuchlanganlik holatiga bevosita bog‘liq bo‘lib, hududiy kuchlanganlik gradientlarini hisobga olgan holda kon xavfsizligi va samaradorligi ta’minlanadi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

61

KON BOSIMI SHAROITIDA QAZIB OLISH USULLARINI TANLASHNING

GEOTEXNIK ASOSLARI

Shomurodov Shavkat Maxmud o‘g‘li

ToshDTU “Konchilik ishi” kafedrasi katta oʻqituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15878111

Annotatsiya

: Samarchuq oltin konining geologik va geomexanik xususiyatlari asosida

kon bosimi ta’sirida optimal qazib olish variantlarini tanlash bo‘yicha geotexnik yondashuvlar,
kon bosimining vertikal va gorizontal komponentlari, g‘ovaklik va qatlamlararo kontakt
zonasining deformatsiyalanuvchanligi hisobga olingan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, qazib olish
texnologiyasining tanlanishi konning kuchlanganlik holatiga bevosita bog‘liq bo‘lib, hududiy
kuchlanganlik gradientlarini hisobga olgan holda kon xavfsizligi va samaradorligi
ta’minlanadi.

Kalit so‘zlar:

Samarchuq koni, kon bosimi, geomexanika, qazib olish usullari,

qatlamlararo siljish, qazib olish tizimi, kon bosimi, kon laximi, turg‘unlik, kuchlanganlik, tog‘
jinslari, darzdorliklar.

Samarchuq oltin koni O‘zbekistonning tog‘li hududida joylashgan bo‘lib, o‘zining

murakkab geologik tuzilishi va yuqori kon bosimi sharoitida joylashgani bilan ajralib turadi.
Kon chuqurligi ortib borayotgan hozirgi davrda, qazib olishning xavfsizligi va samaradorligini
ta’minlash uchun geomexanik omillarni chuqur o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu
maqola kon bosimining ta’sirini hisobga olgan holda optimal qazib olish variantlarini tanlash
bo‘yicha geotexnik asoslarni ishlab chiqishga qaratilgan.

Kon zarbasi mavjud bo‘lgan rudali va noruda konlarida eng asosiysi, qazib olish ishlari

davomida massiv yo‘nalishi bo‘ylab kon ishlarini olib borishda burilish va og‘ishlarga yo‘l
qo‘yilmadi. Konning joylashgan joyiga qarab geodinamik vaziyatga mos kelishidan kelib
chiqib, u joylashgan massivning kuchlanganlik holatini hisobga olgan holda kon hududida
kuchlanishlarni analitik hisoblash uchun chegara shartlari aniqlanadi. Konni qazib olishda,
ayniqsa yakuniy bosqichlarda minimal kuchlanganlikni tavsiflovchi eng maqbul usul
tanlanadi.

Shuningdek shaxta maydoning o‘lchamiga qarab, tektonik blok yaqinidan qirqim

o‘tkaziladi. Stvollar va stvol atrofi kon lahimlari joylashuvini shunday joylashtirish zarurki,
ular yer qobig‘ining harakatlanuvchi yoriqlar zonasiga tushmasligi kerak, ayniqsa yoriq paydo
bo‘lgan joylarda. Shakllangan yoriqlarni hisobga olgan holda, stvol va stvol atrofi kon laximlari
joylashishi mumkin. Bunday kon laximlarni blok tuzilishini hisobga olgan holda tegilmagan
kon massivida maksimal kuchlanganlik xolatlari ta’sir yo‘nalishi bo‘yicha o‘tish tavsiya etiladi.

Geomexanik sharoitlar tahlili. Samarchuq konining geologik kesimida metamorfik

jinslar, granitoyidlar, kvartslangan zonalar va rudali qatlamlar mavjud. Kon zonasi bo‘ylab yer
osti kuchlanishlari notekis taqsimlangan bo‘lib, bu esa lokal siljishlar, yoriqlar va
deformatsiyalar xavfini oshiradi.

Jadval 1. Qatlamlar fizik-mexanik xossalari (o‘rtacha qiymatlar)

Qatlam turi

Yig‘ilish moduli (GPa)

Ichki ishqalanish

burchagi (°)

Birikish (MPa)

Kvarsli jins

38

35

2.1

Slanets

22

30

1.5

Rudali zona

25

28

1.3


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

62

Gorizontal kuchlanishlar (σ

x

, σ

y

) va vertikal kuchlanish (σ

z

) orasidagi nisbiy farq kon

ichidagi kuchlanganlik holatining asimmetrik ekanini ko‘rsatadi. Ayniqsa, rudali jinslar
orasidagi kontakt zonalar past qattiqlik va yuqori deformatsiyalanuvchanlikka ega bo‘lib, bu
joylar ko‘pincha noaniqlik manbai sifatida baholanadi.

Kon bosim sharoitida xavfsiz qazib olish. Chuqur konlarda kon bosimi tufayli quyidagi

salbiy holatlar yuzaga keladi:

Lahim va kameralar devorlarining buzilishi;

Qatlamlararo sirpanish;

Mustahkamlagich materiallarini buzilish holatlari kuzatiladi.
Kuchlanganlik deformatsiya kuzatilgan zonalari aniqlangandan so‘ng, qazib olish

jarayoni ularni hisobga olgan holda rejalashtirilishi lozim. Ayniqsa,

gorizontal kuchlanishlar

vertikaldan katta bo‘lgan zonalarda

, qazib olish bosqichma-bosqich va mustahkamlash

usullar bilan birga olib borilishi tavsiya etiladi.

Hozirgi vaqtda tog‘ jinslarini kon zarbasini prognoz qilishning ishonchli vositalari

mavjud emasligi sababli, xavfsizlik talablari katta chuqurliklarda tog‘-kon ishlarini olib
borishning samarali usullarini yaratish uchun o‘z vaqtida zaruriy choralar ko‘rilmasa, foydali
qazilmani qazib olish jarayonining intensivligini sezilarli darajada pasayishi mumkin. Kon
zarbasi mavjud bo‘lgan ruda konlarini qazib olishning asosiy qoidalari orasidan quyidagilarni
ajratib ko‘rsatish kerak.

1. Qazib olish kovjoyining to‘g‘ri chiziqli joylashuvi bilan rudani seliksiz yoppasiga qazib

olishni amalga oshirish, kon ishlarida kuchlanish konsentratsiyasini tarqalishini hisobga
olmaganda; qazib olingan bo‘shliqni to‘liq to‘lg‘azma bilan to‘lg‘azish yoki shiftni qulatish.

2. Ruda tanasini oldinga siljitish yoki buzish yuli bilan qazib olish ishlari hududida kon

bosimni kamaytirish, massivni qulatishda tayyorlovchi kon laximlarini tayanch bosim
zonasidan tashqarida joylashtirish.

3. Atrof kon laximlaridagi tog‘ jinslarining elastik deformatsiyaga va potensial

energiyaning ortiqcha zaxirasini to‘planish qobiliyatini fizik-mexanik xususiyatlarini
o‘zgartirib, portlashda tebranishlar, suv xaydash, skvajinalarni burg‘ilash yordamida
kamaytirish. Kovjoy atrofidagi bo‘shlig‘ini yetarlicha yuk ko‘tarish qobilyatiga ega egiluvchan
mustahkamlagichlar bilan ta’minlash, kon deformatsiyasining yuqori tezligini bartaraf etish.

Optimal qazib olish usullari: Kamerali va to‘lg‘azmali usuli.
Kamerali usul (past bosimli zonalar uchun)

Bu usul katta hajmli va kam kuchlanganli rudali bloklarni qazib olishda qo‘llaniladi. U

quyidagi afzalliklarga ega:

Texnik xavfsizligi past;

Moslashuvchanlik yuqori;

Mahalliy deformatsiyalar xavfi past.

To‘lg‘azmali usuli (yuqori bosimli zonalar uchun)

Bunda har bir qazib olingan bo‘shliq maxsus to‘ldiruvchi material bilan to‘ldiriladi. Bu

usul quyidagilarga xizmat qiladi:

Tog‘ jinslarining qayta siqilishiga yo‘l qo‘ymaydi;

Kuchlanganlik deformatsiya holati qayta taqsimlanadi;

To‘liq deformatsiya nazorati ta’minlanadi.
Tahlillar natijasida aniqlandiki, Samarchuq konida qazib olish tizmi kon bosimini

boshqarish yo‘nalishiga bog‘liq tarzda belgilanishi lozim. Shunga ko‘ra: Kon sharoitida


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

63

kombinatsiyalashgan qazib olish tizmini tanlash bilan kon bosimini boshqarish mumkin. Bu
ishlarni kompyuterda modellashtirish orqali kuchlanganlik-deformatsiya zonalarini avvaldan
aniqlanishi mumkin.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Лизункин

В.М.

Обоснование

геотехнологии

подземной

разработки

сложноструктурных рудных месторождений: диссертация / Чита 2020. – 7 с.
2.

Петухов И.М., Ильин A.M., Израитель С.А. Прогноз и предотвращение горных

ударов на рудных месторождениях. -Безопасность труда в пром-ти, 1979. № 7, с.17-19.
3.

Петухов И.М., Ильин A.M. Горные удары. Прогноз и предотвращение. -

Безопасность труда в пром-ти, 1977, №7, с.42-45.
4.

Соколов И.В., Антипин Ю.Г., Никитин И.В., Барановский К.В., Рожков А.А., 2016.

Изыскание подземной геотехнологии при переходе к освоению глубокозалегающих
запасов наклонного медноколчеданного месторождения. Известия Уральского
государственного горного университета, № 2 (42), С. 47-53.
5.

Агошков М.И., Борисов С.С., Боярский В.А., 1983. Разработка рудных и нерудных

месторождений. Учебник для техникумов. Москва: Недра, С. 67, 249

References

Лизункин В.М. Обоснование геотехнологии подземной разработки сложноструктурных рудных месторождений: диссертация / Чита 2020. – 7 с.

Петухов И.М., Ильин A.M., Израитель С.А. Прогноз и предотвращение горных ударов на рудных месторождениях. -Безопасность труда в пром-ти, 1979. № 7, с.17-19.

Петухов И.М., Ильин A.M. Горные удары. Прогноз и предотвращение. - Безопасность труда в пром-ти, 1977, №7, с.42-45.

Соколов И.В., Антипин Ю.Г., Никитин И.В., Барановский К.В., Рожков А.А., 2016. Изыскание подземной геотехнологии при переходе к освоению глубокозалегающих запасов наклонного медноколчеданного месторождения. Известия Уральского государственного горного университета, № 2 (42), С. 47-53.

Агошков М.И., Борисов С.С., Боярский В.А., 1983. Разработка рудных и нерудных месторождений. Учебник для техникумов. Москва: Недра, С. 67, 249