YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
99
YANGI O‘ZBEKISTONDA XAVFSIZLIKNING HUQUQ ASOSLARI
Muhammadjon Tursunov
Toshkent davlat yuridik universiteti o‘qituvchisi
tursunovm976@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.16979895
Annotatsiya:
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi
Konstitutsiyasida xavfsizlik masalalarining huquqiy jihatdan mustahkamlanishi tahlil qilingan.
Unda davlat xavfsizligi, jamoat xavfsizligi hamda axborot xavfsizligiga doir normalarning
konstitutsiyaviy asoslari yoritilib, milliy va xalqaro xavfsizlik tamoyillari bilan uyg‘unligi ochib
berilgan. Shuningdek, yangi konstitutsiyaviy islohotlarning fuqarolarning huquq va erkinliklari,
jamiyat barqarorligi va davlat manfaatlarini himoya qilishdagi ahamiyati asoslab berilgan.
Kalit so‘zlar:
xavfsizlik, davlat xavfsizligi, jamoat xavfsizligi, axborot xavfsizligi,
konstitutsiyaviy kafolatlar, xalqaro tamoyillar.
Аннотация:
В статье рассматриваются конституционные основы обеспечения
безопасности в новой редакции Конституции Республики Узбекистан. Особое внимание
уделено нормам, касающимся государственной, общественной и информационной
безопасности, а также их взаимосвязи с международными принципами безопасности.
Отмечена роль конституционных реформ в укреплении прав и свобод граждан, защите
интересов государства и общества, а также в обеспечении стабильного развития страны.
Ключевые слова:
безопасность, государственная безопасность, общественная
безопасность,
информационная
безопасность,
конституционные
гарантии,
международные принципы.
So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasi “Yangi O‘zbekiston” konsepsiyasi asosida
huquqiy-demokratik davlat hamda rivojlangan fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo‘lida
muhim islohotlar amalga oshirdi. Har qanday demokratik davlat kabi, O‘zbekiston ham
Konstitutsiyada belgilangan fuqarolarning huquq va manfaatlarini kafolatlash bilan bir
qatorda, davlat va jamoat xavfsizligini ta’minlash masalalariga ustuvor ahamiyat qaratmoqda.
Tabiiyki, 2023-yilda yangi tahrirda qabul qilingan Konstitutsiyada xavfsizlikka oid
masalalarning o‘z aksini topishi dolzarbdir. Shu bilan birga, aynan jamoat xavfsizligiga oid
masalalarga ustuvor ahamiyat berilishi bugungi kun talablaridan biri bo‘lib qolmoqda. Mazkur
yo‘nalishda dastlabki konseptual yondashuv 2021-yil 29-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi
jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi PF-27-son Farmonda o‘z ifodasini topdi. Unda jamoat xavfsizligi “jamiyatning
qonunga xilof xatti-harakatlar, ijtimoiy va millatlararo nizolar, favqulodda vaziyatlar va boshqa
turdagi tahdidlardan himoyalanganligi, u jamiyatning barqaror taraqqiyotiga xizmat qiladi
hamda inson huquq va erkinliklarining to‘laqonli ta’minlanishiga yordam beradi” tarzida
izohlandi [1].
Shuni alohida qayd etish joizki, 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston
Respublikasining Milliy xavfsizlik konsepsiyasi to‘g‘risida”gi Qonunda xavfsizlikning ayrim
ko‘rinishlari (davlat xavfsizligi, jamoat xavfsizligi, ekologik xavfsizlik, shaxsiy xavfsizlik) milliy
xavfsizlik tushunchasi doirasida ifodalangan bo‘lsa-da, bu tushunchalarning mazmuni qonun
va qonunosti hujjatlarda to‘liq ochib berilmagan edi [2].
Umuman olganda, xavfsizlik turli mezonlarga ko‘ra tasnif qilinadi. Xavf manbalariga qarab
u tabiiy, texnogen va ijtimoiy xavfsizlik sifatida ajratiladi. Shuningdek, jamiyat hayotining
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
100
asosiy yo‘nalishlariga tayanib xavfsizlik siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy-madaniy
turlarga bo‘linadi. Bu tasnif u yoki bu sohada olib boriladigan faoliyat samaradorligini oshiradi.
Konstitutsiyaning “Tashqi siyosat” deb nomlangan IV bobida xavfsizlikka oid tamoyillar
alohida o‘rin egallaydi. Unga muvofiq, O‘zbekiston davlat va xalq manfaatlaridan kelib chiqib
xalqaro tashkilotlarga qo‘shilishi yoki ulardan chiqishi mumkin [3]. Shu prinsipial asosdan
kelib chiqib, 2021-yil 1-iyuldagi PF-6255-son Farmon bilan tasdiqlangan “Ekstremizm va
terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha 2021–2026-yillarga mo‘ljallangan Milliy strategiya”da
O‘zbekistonning tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch
bilan tahdid qilmaslik, hududiy yaxlitlik va chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yo‘l bilan
hal etish hamda boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik kabi xalqaro huquq
normalariga asoslanishi qat’iy belgilab qo‘yildi [4].
Garchi bunday qoidalar avvalgi huquqiy hujjatlarda ham uchragan bo‘lsa-da, ular
Konstitutsiyada bevosita normativ asos sifatida ifodalanmagan edi. Yangi tahrirda esa
xavfsizlik bilan bog‘liq qoidalar konstitutsiyaviy darajada mustahkamlandi va
mamlakatimizning tinchlikparvar tashqi siyosatining asosiy tayanchi sifatida xizmat qilmoqda.
Ilmiy manbalarda milliy, davlat va jamoat xavfsizligi tushunchalari bilan bir qatorda,
xalqning konstitutsiyaviy va qonuniy manfaatlarini himoya qilish zaruriyati alohida ko‘rsatib
o‘tiladi. Masalan, tabiiy yoki texnogen omillardan yuzaga keladigan tahdidlarning oldini olish
yoki ularning salbiy oqibatlaridan himoyalanishni ta’minlovchi huquqiy normalar tizimi
xavfsizlikning tarkibiy qismi sifatida ko‘rsatiladi (Staxov, 2006: 23) [5].
Davlat va jamoat xavfsizligi doirasida asosiy tahdidlar sifatida terroristik tashkilotlar,
ekstremistik guruhlar faoliyati, millatlararo va diniy nizolarni qo‘zg‘atishga qaratilgan
harakatlar, shuningdek, davlatning konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilishga qaratilgan
faoliyat e’tirof etiladi. Shu sababli inson huquqlari va erkinliklarini samarali himoya qilish,
fuqarolarning sha’ni va qadriyatlarini himoyalash nuqtai nazaridan yangi Konstitutsiyada
xavfsizlik masalalarining alohida o‘rin egallashi yuqori bahoga loyiqdir. Masalan, inson
huquqlari va erkinliklari faqat qonunga muvofiq hamda konstitutsiyaviy tuzum, jamoat
xavfsizligi, aholi salomatligi, boshqa fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilish
maqsadida zarur bo‘lgan darajada cheklanishi mumkinligi Konstitutsiyaning 21-moddasida
belgilandi [6].
Bundan tashqari, axborotni izlash, olish va tarqatish huquqi ham faqat qonun doirasida,
davlat sirlarini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa ma’lumotlarni himoya qilish,
shuningdek jamoat xavfsizligi va tartibini ta’minlash maqsadida cheklanishi mumkinligi
ko‘rsatib o‘tildi. Bu qoidalar mamlakatimizning xalqaro imidjini mustahkamlash bilan birga,
iqtisodiy va siyosiy barqarorlikka ham xizmat qiladi.
Umumiy xulosa sifatida aytish mumkinki, yangi tahrirdagi Konstitutsiyada davlat va
jamoat xavfsizligini ta’minlashga oid normalarning belgilanishi fuqarolarning hayoti, sog‘ligi,
sha’ni va qadriyatlarini turli tahdidlar, favqulodda vaziyatlar hamda huquqbuzarliklardan
himoya qilishga qaratilgan muhim kafolatdir. Bu qoidalar milliy xavfsizlikni ta’minlash bilan
birga, jamiyat barqaror rivojlanishining asosiy huquqiy poydevori sifatida ham xizmat qiladi.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
101
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi jamoat
xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirishi chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-
27-son Farmon.
2.
O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustdagi “Milliy xavfsizlik konsepsiyasi
to‘g‘risida”gi 467-I-son Qonun.
3.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 01.05.2023-yil. 18-modda.
4.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-noyabrdagi PF-188-son Farmoni. 9-
qism, “a” band.
5.
Staxov A.I. Administrativno-publichnoe obespechenie bezopasnosti v Rossiyskoy
Federatsii. Moskva: Yuniti-Dana, Zakon i pravo, 2006. – S. 23.
6.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 01.05.2023-yil. 21-modda, 3-qism.
