BAYONCHI-MEN, MUALLIF OBRAZINING GENEZISI VA TARAQQIYOTI

Аннотация

Ushbu maqolada Adabiyot tarixi jarayonida muallif obrazi turlicha talqin qilingan bo‘lib, muallifning matn ustidan nazorati,uning niyati va shaxsiyati asarning mazmuniga qanday ta’sir qilishi masalasi adabiyotshunoslar va faylasuflar tomonidan keng muhokama qilingani haqidagi fikrlarga qiyosiy-solishtirma metodi asosida yangicha nazar tashlanadi. Va bu tadqiqotda o‘zining shablon va qamrovi jihatdan keng tushunchani ifodalaydigan muallif konsepsiyasi asosi bo‘lgan muallif obrazining tarixiy-tadrijiy taraqqiyotini qay shaklda bosib o‘tganini tasniflashga harakat qilindi.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
58-60
0

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
G‘ofurova , S. . (2025). BAYONCHI-MEN, MUALLIF OBRAZINING GENEZISI VA TARAQQIYOTI. Молодые ученые, 3(26), 58–60. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/yosc/article/view/124524
0
Цитаты
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada Adabiyot tarixi jarayonida muallif obrazi turlicha talqin qilingan bo‘lib, muallifning matn ustidan nazorati,uning niyati va shaxsiyati asarning mazmuniga qanday ta’sir qilishi masalasi adabiyotshunoslar va faylasuflar tomonidan keng muhokama qilingani haqidagi fikrlarga qiyosiy-solishtirma metodi asosida yangicha nazar tashlanadi. Va bu tadqiqotda o‘zining shablon va qamrovi jihatdan keng tushunchani ifodalaydigan muallif konsepsiyasi asosi bo‘lgan muallif obrazining tarixiy-tadrijiy taraqqiyotini qay shaklda bosib o‘tganini tasniflashga harakat qilindi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

58

BAYONCHI-MEN, MUALLIF OBRAZINING GENEZISI VA TARAQQIYOTI

G‘ofurova Shahnoza Alimovna

O‘z R F A O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti

3-bosqich tayanch doktoranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15878026

Annotatsiya

: Ushbu maqolada Adabiyot tarixi jarayonida muallif obrazi turlicha talqin

qilingan bo‘lib, muallifning matn ustidan nazorati,uning niyati va shaxsiyati asarning
mazmuniga qanday ta’sir qilishi masalasi adabiyotshunoslar va faylasuflar tomonidan keng
muhokama qilingani haqidagi fikrlarga qiyosiy-solishtirma metodi asosida yangicha nazar
tashlanadi. Va bu tadqiqotda o‘zining shablon va qamrovi jihatdan keng tushunchani
ifodalaydigan muallif konsepsiyasi asosi bo‘lgan muallif obrazining tarixiy-tadrijiy
taraqqiyotini qay shaklda bosib o‘tganini tasniflashga harakat qilindi.

Kalit so‘zlar:

Antik davr, yunon va rim adabiyoti, Uyg‘onish davri, g‘arb klassik

adabiyoti, zamonaviy adabiyot, muallif konsepsiyasi, muallif obrazi, fenomen.


Muallif tushunchasining tarixiy-tadrijiy taraqqiyoti, genezisi qadim davrlarga borib

taqaladi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Antik davrda muallif tushunchasi unchalik muhim
sanalmasdi.Masalan,qadimgi yunon va rim adabiyotida ko‘plab asarlar og‘zaki rivoyatlar
asosida shakllangan va muallif nomi har doim ham aniq bo‘lmagan. Homerga nisbat berilgan
“Iliada” va “Odisseya” dostonlari aslida turli avlodlarning og‘zaki ijodidan shakllangan.Ilk va
o‘rta asrlarda esa muallif tushunchasi ko‘proq diniy an’analar bilan bog‘liq edi.Asarlar
individual ijod mahsuli emas,balki ilohiy ilhom natijasi sifatida ko‘rilgan.Xususan,Injil yoki
Qur’on matnlarining muallifi inson emas,balki Xudo deb qaralgan.Shu sababli o‘sha davr
adabiyotida muallif shaxsiyati va individualligi kam ahamiyat kasb etgan.Uyg‘onish davrida
(XIV–XVI asrlar) esa bu davr bilan birga muallif tushunchasi ham o‘zgarishga yuz tutdi.Bu
davrda ijod erkinligi va individuallikka katta e’tibor berila boshlandi.G‘arbda Dante, Shekspir,
Servantes kabi ijodkorlar o‘z asarlarida muallif shaxsiyatini aks ettira boshladilar. Ulardan
oldin esa mualliflik shaxsiyati allaqachon sharqda shakllanib bo‘lgan edi. Bunga sharq
mumtoz ijodkorlarining asarlari namunasi yaqqol misol bo‘lib xizmat qiladi.Yevropada
sharqqa nisbatan kechroq shakllangan muallif tushunchasi endi shunchaki bir hikoyachi
emas, balki asarga o‘z falsafasi, qarashlari va shaxsiy tajribasini singdiruvchi ijodkor sifatida
ko‘rildi. G‘arb klassik adabiyotida XVII–XIX asrlarda muallif tushunchasi yanada
mustahkamlanib, u ijodiy shaxs sifatida markaziy o‘ringa chiqdi.Romantizm va realizm adabiy
yo‘nalishlari muallifning individualligini yanada oshirdi. Masalan,Jorj Bayron o‘z asarlarida
muallif shaxsiyatini aks ettirgan,uning dunyoqarashi matnning markaziy qismiga
aylangan.Fyodor Dostoyevskiy romanlarida muallif ijtimoiy muammolar orqali falsafiy
g‘oyalarni ilgari surgan va o‘zining axloqiy savollarini asarlariga joylashtirgan.Klassik
adabiyotshunoslik muallifni asarning asosiy markazi sifatida ko‘rgan. A.N.Veselovskiy,
M.M.Baxtin kabi olimlar muallif obrazini matnning tuzilishi bilan bog‘liq tushuncha sifatida
tahlil qilgan. Baxtin o‘z tadqiqotlarida muallif obrazini “polifonik roman” tushunchasi bilan
izohlagan, ya’ni muallif bir vaqtning o‘zida bir nechta obrazlarda ishtirok etishi mumkin.

Zamonaviy adabiyot XX asrni o‘z ichiga oladi.Bu davrga kelib ayrim nazariyachi va

tanqidchilar XX asrda muallifning markaziy o‘rnini shubha ostiga olishadi.Strukturalizm va
poststrukturalizm muallifning o‘rnini kamaytirib,matnni mustaqil tizim sifatida o‘rganishga
e’tibor qaratdi. Bu adabiyotshunoslar kimlar edi va ular qanday fikrlarni ilgari surishdi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

59

Fransuz adabiyotshunosi Roland Bart o‘zining “Muallifning o‘limi” (“La Mort de l’Auteur”)
maqolasida muallif tushunchasini tanqid qildi.Unga ko‘ra: “Matn yaratilib bo‘lgach,muallifning
niyatlari va shaxsiyati ahamiyatsiz bo‘lib qoladi.Asarning haqiqiy ma’nosi o‘quvchi tomonidan
shakllantiriladi.Har bir o‘quvchi matnga o‘z dunyoqarashidan kelib chiqib ma’no
yuklaydi.Muallif o‘z g‘oyasini,fikrini ilgari surmasdan kitobxonga qoldirish kerak” [1.17], dedi.
Bartning bu g‘oyasi muallif konsepsiyasini tubdan o‘zgartirdi va matn tahlilida muallifning
ahamiyatini kamaytirishga olib keldi.Mishel Fuko esa “Muallif nima?” (“Qu’est-ce qu’un
auteur?”) maqolasida muallifni ijtimoiy qurilma sifatida tushuntirdi.Unga ko‘ra:“Muallif
tushunchasi tarixiy va madaniy kontekstda shakllangan. Muallif nomi – bu huquqiy va ijtimoiy
ramz bo‘lib,ijodiy shaxsning o‘zidan ko‘ra ko‘proq jamiyat tomonidan belgilanishidir.Matnni
tahlil qilishda muallif shaxsiyatiga tayanish shart emas,chunki matn o‘z kontekstida mustaqil
tahlil qilinishi kerak” [2.128]. Muallif obraziga,konsepsiyasiga nisbatan bunday zamonaviy
yondashuvlar natijasi o‘laroq g‘arbda o‘ziga xos ko‘rinish olayotgan XXI asr
adabiyotshunosligi muallif konsepsiyasini yangi nuqtai nazardan ko‘rib chiqmoqda.Muallif
butunlay inkor qilinmagan,balki u matnlar o‘rtasidagi bog‘liqlik kontekstida tahlil
qilinmoqda.Shu sababli “muallif yangi narsani yaratmaydi,balki mavjud diskurslardan
foydalanib,ularni qayta shakllantiradi” [3.133]. “Muallifning o‘limi” maqolasida asar yaratilib
bo‘lgach,muallifning maqsadi va shaxsiyati ahamiyatini yo‘qotishini ta’kidlaydi.Muallif
obrazining asardagi vazifasi asarning semantik va ideologik asoslarini belgilab bergani uchun
muallif obrazi orqali asarning asosiy g‘oyalari shakllanadi.Umberto Eko o‘zining “Ochiq asar”
(Opera Aperta) nazariyasida matnni ko‘p ma’noli tizim sifatida ko‘rib,muallifdan ko‘ra
o‘quvchining talqiniga ko‘proq ahamiyat beradi.Uyg‘onish davridan boshlab muallif shaxsiyati
markaziy o‘ringa chiqsa-da,XX asrda bu tushuncha g‘arbda tanqid qilindi va muallif roli
nisbatan kamaytirildi.Zamonaviy adabiyotshunoslik muallifni inkor etmaydi,balki uni
matnning boshqa elementlari bilan bir qatorda tahlil qiladi.XX asr strukturalistlari muallif
obrazini matnning ichki strukturasiga bog‘liq fenomen sifatida talqin qilgan
bo‘lsa,poststrukturalizm vakillari muallif obrazining mavhumligi,ya’ni o‘quvchining individual
talqini asosida shakllanishini ilgari surganlar. XX asrda strukturalizm nazariyasiga ko‘ra
muallifning rolini kamaytirgan holda, matnning o‘zidan kelib chiqib tahlil qilish kerakligi ilgari
suriladi.Keyinchalik g‘arb zamonaviy adabiyotshunosligida muallif obrazi intertekstualizm va
o‘quvchi nazariyasi doirasida tahlil qilinadi.O‘quvchi nazariyasi (Umberto Eko) bo‘yicha
muallif obrazi faqat matndagi belgilar orqali emas,balki o‘quvchining matnni talqin qilishiga
qarab shakllanadi.Postmodern adabiyotda muallif obrazi ko‘pincha parodiya yoki ironik
shaklda namoyon bo‘ladi.Masalan,Xorxe Luis Borxes va Umberto Eko tadqiqotlarida muallif
obrazi o‘ziga xos qiyofaga aylanadi.

Muallif konsepsiyasi va muallif obrazi o‘rtasida farq bormi yoki ular bir-birini taqozo

qiladigan tushunchalarmi degan savol paydo bo‘lganda esa,shunday javob bilan izohlashni
ma’qul ko‘ramiz.Ular aynan bir tushunchani ifodalamydi,lekin bir-birisiz tajalli topmaydi.Biri
mazmun bo‘lsa,biri shakldir.Ya’ni,inson jismi ruhsiz tirik bo‘lmaganidek,muallif konsepsiyasi
ham muallif obrazisiz o‘zining asl maqsadini amalga oshirolmasdi.Ularni yana ham ochiq lekin
nazariy izohlash maqsadida shu ta’rifni beramiz.Muallif konsepsiyasi asarni yozgan shaxs va
uning ijodiy niyatlariga oid tushuncha bo‘lsa,muallif obrazi esa asarda bevosita yoki bilvosita
ifodalangan muallifning badiiy qiyofasidir.Adabiy asarda muallif obrazi tushunchasi muhim
nazariy masalalardan biri bo‘lib,u muallifning shaxsiyati,dunyoqarashi,hissiyotlari va fikrlari
asarga qanday ta’sir qilishidan ham bilamiz.Muallif obrazi har doim ham bevosita namoyon


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

60

bo‘lmaydi – u ba’zan ochiq ifodalanadi,ba’zan esa matn strukturasida yashirin holda
bo‘ladi.Adabiy jarayonda muallifning roli bo‘yicha turli yondashuvlar mavjud bo‘lib,klassik
adabiyotshunoslik muallifni markaziy figura deb bilgan bo‘lsa,zamonaviy nazariyalar matnni
mustaqil hodisa sifatida talqin qiladi. Lekin bitta e’tibor qaratadigan jihat bor.Axir asar syujeti
muallifning tafakkurida va hayotida zuhur topgani uchun qog‘ozga tushadi.Peysaj,makon va
zamon,personajlar adibning ong mahsuliku.Demak,biz kitobxonlar baribir muallifning
mahsulotini iste’molchisiga aylanamiz.Albatta,kitobxon o‘zining pozitsiyasidan kelib chiqib
syujetni yoritadi,tahlil qiladi.Ammo muallif tasvirlagan tasvirlar,poetik til,poetik tafakkur
natijasida bunyod bo‘lgan shakl va mazmundan batamom og‘ishib ketolmaydi.Muallif obrazi
adabiy asarning shakllanishida muhim rol o‘ynaydi,lekin uning talqini turli nazariy
maktablarga ko‘ra farqlandi.Klassik adabiyotshunoslikda muallif markaziy figura sifatida
ko‘rilgan bo‘lsa, lekin g‘arb adabiy jarayonida bo‘y ko‘rsatagan zamonaviy qarashlar matnni
mustaqil ob’ekt sifatida tahlil qilishni afzal biladi.Shu bilan birga,intertekstualizm va
postmodernistik nazariyalar muallif obrazining turli kontekstlarda qanday o‘zgarishi
mumkinligini namoyon qiladi.Hozirgi globallashuv yana ham aniqrog‘i texnika
taraqqiyotining “pik nuqtasi” davrida yashar ekanmiz ayrim mulohazalar ham bizni chetlab
o‘tmadi. Bunday globallashuv adabiyot olamida ham qo‘llaniladigan bo‘lsa,kelajakdagi
tadqiqot mavzulari muallif obrazining raqamli adabiyot va sun’iy intelekt, yangi media
muhitidagi o‘rnini o‘rganishga qaratilishi ham mumkin.Chunki ijtimoiy tarmoqlardagi bloglar
soni kundan-kun ortib bormoqda. Nuqtai nazarimizda bunday media muhitiga yoki sun’iy
intellekt chiqargan mahsulotga badiiylik jihatidan yondashish, o‘rganish yoki tadbiq qilish
adabiyot, san’at olamining etik-estetik ideal tushunchalariga zid kelib qoladi deb tushunamiz.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Barthes R. “Death of the Author”. Aspen Magazine, №5.17p.1967.

2.

Foucault M. "What is an Author?" (Qu’est ce qu’un auteur)– "Language, Counter-

Memory, Practice: Selected Essays and Interviews" (1977) Cornell University Press.128 p.
Donald F. Bouchard va Sherry Simon
3.

Foucault M. "What is an Author?" (Qu’est ce qu’un auteur)– "Language, Counter-

Memory, Practice: Selected Essays and Interviews" (1977) Cornell University Press.133 p.
Donald F. Bouchard va Sherry Simon

Библиографические ссылки

Barthes R. “Death of the Author”. Aspen Magazine, №5.17p.1967.

Foucault M. "What is an Author?" (Qu’est ce qu’un auteur)– "Language, Counter-Memory, Practice: Selected Essays and Interviews" (1977) Cornell University Press.128 p. Donald F. Bouchard va Sherry Simon

Foucault M. "What is an Author?" (Qu’est ce qu’un auteur)– "Language, Counter-Memory, Practice: Selected Essays and Interviews" (1977) Cornell University Press.133 p. Donald F. Bouchard va Sherry Simon