PAXTA XOM ASHYOSINI TOYLASH VA SAQLASH JARAYONIDA NAMLIKNI ANIQLASH USULLARI VA NAMLIKNING TOLA SIFATIGA TA’SIRI

Annotasiya

Ushbu maqolada paxta tolasini dastabki qayta ishlash va saqlash jarayonida namligini aniqlash usullari, stndart talablar va namlikning tola sifatiga ta‘siri haqida hamda sohdagi yetakchi izlanishlar haqida ko‘proq ma’lumotlar keltirilgan.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
53-57
0

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Mamarasulov , E. . (2025). PAXTA XOM ASHYOSINI TOYLASH VA SAQLASH JARAYONIDA NAMLIKNI ANIQLASH USULLARI VA NAMLIKNING TOLA SIFATIGA TA’SIRI. Молодые ученые, 3(26), 53–57. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/yosc/article/view/124525
0
Iqtibos
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqolada paxta tolasini dastabki qayta ishlash va saqlash jarayonida namligini aniqlash usullari, stndart talablar va namlikning tola sifatiga ta‘siri haqida hamda sohdagi yetakchi izlanishlar haqida ko‘proq ma’lumotlar keltirilgan.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

53

PAXTA XOM ASHYOSINI TOYLASH VA SAQLASH JARAYONIDA NAMLIKNI

ANIQLASH USULLARI VA NAMLIKNING TOLA SIFATIGA TA’SIRI

Mamarasulov Eliboy Qaxramon o‘g‘li

Guliston davlat universiteti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15877099

Annotatsiya

: Ushbu maqolada paxta tolasini dastabki qayta ishlash va saqlash

jarayonida namligini aniqlash usullari, stndart talablar va namlikning tola sifatiga ta‘siri
haqida hamda sohdagi yetakchi izlanishlar haqida ko‘proq ma’lumotlar keltirilgan.

Kalit so‘zlar:

Paxta tozalash sanoati, O‘lchash usuli, o‘lchashni o‘tkazishga tayyorgarlik,

quritish shkafi, quritish aparati, Namlikni tezkor o‘lchash yoki quritish, standart, Guliston
Paxtani qayta ishlash zavodi.

Keyingi yillar davr talabiga ko‘ra respublika paxta tozalash sanoatida yuz berayotgan

o‘zgarishlar, joriy etilayotgan yangi texnologiyalar, paxtani dastlabki ishlashda ko‘proq va
sifatli tola ishlab chiqarish maqsadida ixchamlashtirilgan texnologiyalarni joriy qilish bilan
mahsulot tannarxini kamaytirish, ishchi-xizmatchilarning mehnat sharoitlarini yaxshilash va
og’ir qo‘l mehnati talab qiluvchi ishlarni mexanizatsiyalashtirish bo‘yicha amalga
oshirilmoqda.

Paxtani dastlabki qayta ishlash jarayonida undan tola, chigit va momiq ishlab chiqariladi.

Bu maxsulotlar kundalik hayotimizda, sanoatda, tibbiyotda va texnik maqsadlarda keng
foydalaniladi.

Toylash paxtani dastlabki ishlash texnologik jarayonining so‘ngi bosqichidir.

Kondensordan chiqayotgan tolaning zichligi 12-15 kg/

𝑚

3

atrofida bo’ladi. Kondensordan

chiqqan (toylamagan) tolani saqlash yoki tashish noqulay va yong‘in chiqish xavfı bo’ladi.
Bundan tashqari presslanib toylanmagan tola yoki momiq tez ifloslanadi va uning sifat
ko’rsatkichlariga salbiy ta'sir etadi. Toylanmagan tolani yoki momiqni saqlashda omborlar
xajmidan va transport vositalaridan samarali foydalanilmaydi, shuningdek ortish, tushirish va
tashish mexanizmlaridan to’liq foydalanish mumkin bo’lmaydi. Shuning uchun paxta tozalash
zavodlarida maxsus presslarda tola, momiq va tolali chiqindilar zichlanadi va toy holatiga
keltiriladi.

Bu jarayonda ma’lum bir oraliqlarda tolaning namligi kuzatib boriladi.
O‘lchash usuli:
Paxta tolasi namunalari tarozida tortiladi, o‘zgarmas haroratda quritiladi va tarozida

qayta tortiladi. Namunaning dastlabki massasi bilan quritilgan massasi orasidagi farqning
quritilgan massaga nisbati foizlarda hisoblanadi. (namlikning massaviy nisbati) Paxta tolasini
namligini aniqlashda oadatda

O‘lchashni o‘tkazishga tayyorgarlik
Namlikni tezkor aniqlovchi o‘lchash yoki quritish qurilmalari sinov natijalarini

belgilangan tartibda tasdiqlangan qo‘llanma bo‘yicha vaqti vaqti bilan quritish shkaflari sinov
natijalariga solishtirish orqali tekshirib turilishi kerak.

O‘lchash bajarilishidan oldin quritish shkaflari (110

1,5)°С, quritish aparatlari (107

2)

)°С, namlikni tezkor aniqlovchi o‘lchash va quritish qurilmalari (195

2) °С gacha qizdirilishi

kerak.

Namlikning massaviy nisbatini aniqlash uchun namunani tanlash O‘z DSTga muvofiq

bajariladi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

54

Qo‘llanilayotgan asbobga muvofiq, har bir birlashtirilgan namunadan, sinash uchun,

birinchi namunada ko‘rsatilgan massaga muvofiqnamuna tanlab olinadi.

Quritish shkaflarida sinaladigan har bir sinash uchun namuna birlshtirilgan namunaning

har yeridan tahminan teng qilib olingan tutamchalarni tashkil etadi. Sinash uchun tanlangan
namunalar darhol tortiladi.

1-jadval

Quritish shkafi

Namuna massasi,

g kamida

Namuna

soni, dona

Tortish aniqligi ko‘pi

bilan, mg

Quritish shkafi

5

4

5

Quritish aparati

200

1

100

O‘lchash yoki

quritish qurilmasi

20

2

10


O‘lchashlar quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
1.Quritish shkaflari yordamida. Ochiq byukslaridagi sinash uchun olib kelingan

namunalar quritish shkaflariga joylashtiriladiva 2 soat mobaynida quritiladi. Keyin byukslar
chiqariladi, qopqoqlari yopilib eksikatorda sovitish uchun 15 daqiqa saqlanadi.

2. Quritish aparatlari yordamida aniqlash usuli.
Og‘irligi o‘lchangan sinash uchun namuna quritish aparati savatchasiga titilgan holda

tekis qavatlarga iflos aralashmalarni yo‘qotmasdan joylashtitiladi. Savatcha quritish aparatiga
joylastiriladi, keyin uni beritib havo oqimi o‘tkaziladi. Bir soatdan keyin havo oqimi berkitiladi
va sinash uchun namunaning massasi ko‘pi bilan 0,1 % hatolik bilan o‘lchanadi.Sinash uchun
namunaning ikkita ketma-ket o‘lchangan massasi 0,1% dan yuqori bo‘lmagan kattalikda farq
qilingunga qadar massani o‘lchash har 20 daqiqada takrorlanadi.

3. Namlikni tezkor aniqlovchi o‘lchash yoki quritish qurilmalari yordamida o‘lchash

usuli.

Ishga tayyor Namlikni tezkor aniqlovchi o‘lchash yoki quritish qurilmasining quritish

zonasiga sinash uchun olingan namuna bir tekis qilib yoyilib, qopqog‘i yopiladi va
sekundnomer yurg‘iziladi. Quritish boshlanganidan 3 daqiqadan so‘ng quritish kamerasi
qopqog‘i ochilib, sinash uchun namuna chiqarib olinadi, to‘kilgan iflos aralashma kurakcha
yordamida yig‘ishtiriladi. Sinashn uchun namuna bilan iflos aralashma byuksga joylanadi,
qopqog‘i berkitilib darhol massasi o‘lchanadi. So‘ngra byuks qopqog‘i bilan birga tortiladi.

Guliston paxta tozalash zavodida dastlabki qayta ishlovdan o‘tgan paxta toylaridan

olingan tola na’munalari Sifat tashkiloti labaratoriyasida HVI qurilmasi yordamida turli
tekshiruvlardan o‘tkazildi. Tadqiqot uchun tanlab olingan namunalarning namliklari
o‘lchanganda o‘rtacha 5% va7,5% ekanligi aniqlandi, va ularning sifat ko‘rsatkichlarini
aniqlash uchun tahlillar o‘tkazilgannda quyidagi natijalar olindi.

Birinchi navli toy na’munasidagi namlikning miqdori 7,5% bo‘lganda.
2-jadval

T/R Microneyr Solishtirma

uzilish kuchi

Tolaning

Uzunligi

mm

Cho‘ziluv-
chanlik %

Begona

aralashmalar

%

Sariq

dog‘lar

Miqdori%

1

4,3

30,0

30,1

7,9

0,5

6,7

2

4,4

29,1

29,5

7,4

0,6

7,7


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

55

3

4,5

28,9

31,5

7,9

0,9

7,4

4

4,3

30,9

31,3

7,5

1,2

7,5

5

4,3

29,7

30,9

7,8

0,7

7,9


1-sort 7,5% na’mlikdagi na’munalar mikroneyr ko‘rsatkichi 4,3--4,5 oralig'ida bo‘lib

solishtirma uzilish kuchi 28,9g/teks dan 30,9 g/teks gacha tola uzunligi 29,5 mm dan 31,5 mm
gacha cho‘ziluvchanlik ko‘rsatkichi 7,4% dan 7,9% ga qadar yuzadagi begona aralashmalar
miqdori0,5% dan 1,2% ni sariq dog‘lar miqdori esa 6,7% -7,9% ni tashkil etdi

1-rasm 7,5% namlikdagi 1-navli paxtaning sifat ko‘rsatkichlari

Birinchi navli toy na’munasidagi namlikning miqdori 7,5% bo‘lganda.
3

-

jadval

T/R

Mikroneyr

Ko‘rsatkichi

Solishtirma

uzilish

kuchi

Tolaning

uzunligi

mm

Cho‘ziluv-
chanlik %

Begona

aralashmalar

miqdori%

Yuzadagi

sariq

dog‘lar%

1

4,3

30,5

30,1

7,5

0,5

6,7

2

4,4

29,8

29,5

7,1

0,6

7,7

3

4,5

29,4

31,5

7,6

0,9

7,4

4

4,3

32,1

31,3

7,2

1,2

7,5

5

4,3

30,2

30,9

7,4

0,7

7,9


1-sort 5% na’mlikdagi na’munalar mikroneyr ko‘rsatkichi 4,3--4,5 oralig'ida bo‘lib

solishtirma uzilish kuchi 29,8g/teks dan 32,1 g/teks gacha tola uzunligi 29,5 mm dan 31,5 mm
gacha cho‘ziluvchanlik ko‘rsatkichi 7,1% dan 7,6% ga qadar yuzadagi begona aralashmalar
miqdori0,5% dan 1,2% ni sariq dog‘lar miqdori esa 6,7% -7,9% ni tashkil etdi

4,3

4,4

4,5

4,3

4,3

30

29,1

28,9

30,9

29,7

7,9

7,4

7,9

7,5

7,8

mikroneyr

uzilish kuchi

cho'ziluvchanlik


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

56

2

-

rasm 1-sort 5% na’mlikdagi na’munalar ko‘rsatkichlari

Сhigitli pаxtаni jinlаsh, linterlаsh vа delinterlаsh hаmdа undаn сhiqqаn tolаni vа momiq,

pux vа ulukni preslаsh jаrаyonlаrini tаkomillаshtirish nаtijаsidа sаmаrаdorlikni yаnаdа
oshirish imkoniyаti mаvjud. Pаxtа tolаsini bosqiсhmа-bosqiсh preslаsh, preslаngаn tolаni
yаni toyni mаrkаlash stаndаrt tаlаblаrigа mos rаvishdа massasini 200 kg dаn 250 kg gасhа
mostlаb ishlаb сhiqаrish kerаkligi hаqidа ikkilamchi mahsulotlarni toylash jаrаyonigа
tаyyorlаshni nаzаriy vа аmаliy tаdqiq etish nаtijаlаrini tаhlil qilish аsosidа quyidаgi
xulosаlаrgа kelindi:

Toylash jarayonida va saqlash muddatlari mobaynida nаmlikning tа’siri muhum

ekаnligini kuzаttik namlik ortishi natijasida og‘irlik me’yorlаri yо‘qolmoqdа.

O‘zbekiston standart talablari (o‘zd st-604) ga ko‘ra toylash uchun me‘yoriy namlik 5%.

Bu ko‘rsatkich paxta toylaridagi tola sifatini yetarlicha uzoq va sifat ko‘rsatkichlarini
yo‘qotmasdan saqlash uchun eng maqul ko‘rsatkich hisoblanadi. Dunyo olimlarining uzoq
muddatli izlanish va tajribalar shuni ko‘rsatadiki toylardagi namlikning miqdori 8% dan oshib
ketsa tola rangini Good middling (yaxshi o‘rta) dan Strict Low Middling (qat’iy past o‘rta) ga
tushib ketishi agar namlik 10% gacha ko‘tarilsa bu bakteriyalarning rivojlanishi va ko‘payishi
uchun qulay sharoit paydo boladi va toylarda qora dog‘lar paydo bo‘la boshlaydi.

Shuningdek kuzatishlarimizda ba’zi toylardagi namlikning 5% dan kam bo‘lgan

holatlarga ham duch keldik ushbu vaziyatda toylarning massasi yengil bo‘lishi toladagi
cho‘ziluvchanlik ko‘rsatkichining pasayishi natijasida paxtani qayta ishlovchi korxonalarga
iqtisodiy zarar keltirishini aniqladik.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki toylardagi namlik miqdori juda muhim

ko‘rsatkichdir. Uning yuqori miqdori tolaning rangining yo‘qolishi va solishtirma uzilish
kuchining pasayishiga sabab bo‘lishi aniqlandi. Past darajadagi namlik ko‘rsatkichi esa
toladagi cho‘ziluvchanlik ko‘rsatkiching pasayishi toy massasini yo‘qolishiga sabab bo‘lishini
kuzattik. Har ikki holatda Paxtani qayta ishlash zavodlari iqtisodiy jihatdan zarar ko‘rishi
aniqlandi.

4,3

4,4

4,5

4,3

4,3

30,5

29,8

29,4

32,1

30,2

7,5

7,1

7,6

7,2

7,4

cho'ziluvchanlik

S uzilish kuchi

cho'ziluvchanlik2


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

57

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

E.S. Qurbonov M.F Otaboyev I.M. Qabulov. Pаxtа xom-аshyosini sаqlаsh vа dаstlаbki

ishlаsh texnologiyаsi Toshkent 2024
2.

O‘. Axmedov. “Paxta tozalash to‘qimachilik va Yengil sanoat sohalarining texnologiyasini

takomillashtirish” “O‘zbekiston” 2023
3.

T. Oserbаyevа., X Mаtjаnovа, R Esbogаnov, B Аllаnаzаrov O‘simlikshunoslik vа

Pаxtасhilik Nukus 2019
4.

А.M. Sаlimov, M.А. Аxmаtov Pаxtаgа dаstlаbki ishlov berish Toshkent 2005

5.

www.standart.uz

Bibliografik manbalar

E.S. Qurbonov M.F Otaboyev I.M. Qabulov. Pаxtа xom-аshyosini sаqlаsh vа dаstlаbki ishlаsh texnologiyаsi Toshkent 2024

O‘. Axmedov. “Paxta tozalash to‘qimachilik va Yengil sanoat sohalarining texnologiyasini takomillashtirish” “O‘zbekiston” 2023

T. Oserbаyevа., X Mаtjаnovа, R Esbogаnov, B Аllаnаzаrov O‘simlikshunoslik vа Pаxtасhilik Nukus 2019

А.M. Sаlimov, M.А. Аxmаtov Pаxtаgа dаstlаbki ishlov berish Toshkent 2005

www.standart.uz