YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
47
YURAKNING EMBRIONAL VA POSTEMBRIONAL MORFOGENEZI
Kodirova Nodira Mavlon qizi
Toshkent Tibbiyot Universiteti 2-kurs talabasi
+99897-110-10-29
Nazarov Botirbek Saidmurod o‘g‘li
TDTU Gistologiya va tibbiy biologiya kafedrasi assistenti
+998999167496
https://doi.org/10.5281/zenodo.15877074
Annotatsiya
: Ushbu maqolada yurakning embrional va postembrional rivojlanish
bosqichlari, morfologik shakllanish jarayonlari va ularning biologik ahamiyati tahlil qilindi.
Embrional davrda yurakning dastlabki shakllanishi, kameralar va klapanlarning hosil bo‘lishi,
shuningdek tug‘ilishdan keyingi strukturaviy va funksional o‘zgarishlar o‘rganildi. Tadqiqot
yurak rivojlanishidagi asosiy molekulyar va hujayraviy mexanizmlarni yoritib berdi. Olingan
natijalar kardiovaskulyar kasalliklarni chuqurroq tushunishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Kalit so‘zlar
: yurak rivojlanishi, embrional morfogenez, postembrional o‘zgarishlar,
kardiogenez, morfologik shakllanish.
Kirish
Yurak organizmdagi eng birinchi shakllanadigan va faoliyat ko‘rsatuvchi muhim hayotiy
organlardan biridir. Uning rivojlanishi murakkab morfogenetik jarayonlarni o‘z ichiga oladi va
embrional davr davomida aniq bosqichlarga bo‘linadi. Embrional rivojlanish davrida yurak
nay shakldan to‘liq kamerali organga aylanishi, postembrional davrda esa strukturaviy va
funksional yetilishga erishadi. Yurak rivojlanishidagi buzilishlar tug‘ma yurak nuqsonlariga
olib kelishi mumkin. Ushbu maqola yurakning embrional va postembrional bosqichlardagi
morfogenezi va morfologik o‘zgarishlarini ilmiy manbalar asosida tahlil qilishga bag‘ishlanadi.
Yurakning embrional rivojlanishi
1. Yurak nayining shakllanishi
Yurak nayi Embrionning dastlabki 3-haftasida Angioblast hujayralarning takomillashuvi
natijasida hosil bo’ladi. Angioblast hujayralari amniotlardagi splanxnoplevral mezodermadan
kelib
chiqadi. Angioblastlar
migratsiya
qiladi,
Endotelial
hujayra(EK)larga
differensiatsiyalanadi va dorsal aorta primordiyasini hosil qiladi. Dastlab dorsal aorta
notokordning lateral qismida joylashgan 1 juft naylar ko’rinishida paydo bo’ladi. Keyinchalik
mezodermaning lateral oyoqchalari bir biriga yaqishlashgani sayin aorta naylari ham bir
biriga yaqinlashib, qo’shilib ketadi va yagona dastlabki yurak nayini(Heart tube) hosil qiladi.
Heart tube bir qancha qismlardan: sinus venosus(venalar hosil bo’ladigan joy),primitive
atrium(bo’lmachalar hosil bo’ladigan joy), primitive ventricle(qorinchalar hosil bo’ladi),
bulbus cordis(qorinchalardan arteriyaga chiqish yo’lini hosil qiladi), truncus arteriosus(aorta
va pulmonary arterialar hosil boladigan joy) lardan iborat.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
48
2. Yurak orientatsiyasi (Looping jarayoni)
Dastlab yurak nayi embrionning markazida, oldingi-qorin qismida joylashadi va to‘g‘ri
chiziqli bo‘ladi.22–24-kunlardan boshlab yurak nayi o‘ng tomonga spiral tarzda burila
boshlaydi.Bu burilish ilmiy adabiyotda dextral looping (o‘ng burilish) deb ataladi.Primitive
ventrikul oldinga va chapga siljiydi.Primitive atrium esa orqaga va tepaga siljiydi.Natijada,
yurak tubi S-shaklini oladi va o‘z ichida bo‘linish (septatsiya) boshlanadigan sharoit yaratiladi.
Bu jarayon bir qancha omillar ta’sirida sodir bo’ladi; Nodal, Lefty-1,2, Pitx2 genlari, BMP, FGF,
Shh, Wnt molekulyar signallari. Looping jarayoni 5 kundavom etadi va embrionning tahminan
28 kunligigacha davom etadi.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
49
3. Septum primum va Septum secundumning shakllanishi
Atriumning orqa-yuqori devoridan ingichka, yarim shaffof hujayra pardasi pastga
o‘sishni boshlaydi — bu septum primum hisoblanadi. Septum primum pastga qarab o‘sganida,
u atrioventrikulyar yostiqchalar (endocardial cushions↓) tomon harakat qiladi. Septum
primum va endokardial yostiqchalar o‘rtasida dastlab foramen primum (birinchi teshik)
saqlanib qoladi. Bu teshik o‘ngdan chapga qon oqimini davom ettirish uchun kerak.Septum
primum endokardial yostiqchalar bilan tutashgach, foramen primum butunlay yopiladi.
Foramen primum yopilayotgan paytda, septum primum yuqori qismida foramen secundum
nomli yangi teshik hosil bo‘ladi. Bu teshik ham embrionda o‘ng atriumdan chap atriumga qon
oqimini saqlash uchun zarurdir (chaqaloq tug‘ilmaguncha kislorodsiz qon chap atriumga oqib
o‘tadi). Septum primumdan so‘ng, undan qattiqroq va qalinroq bo‘lgan septum secundum
shakllana boshlaydi. Septum secundum foramen secundum ustidan qisman qoplab o‘tadi,
ammo to‘liq yopmaydi. Ularning o‘rtasida foramen ovale (oval teshik) paydo bo‘ladi.
4. Qorinchalar aro va atriyoventrikulyar septumlarning paydo bo’lishi
Qorinchalar va bo’lmachalar o’rtasidagi to’siqning hosil bo’ishida endokardial
yostiqchalar(endocardial cushion) katta ahamiyatga ega .Endokardial yostiqchalar —
embrional yurakda atrioventrikulyar (AV) kanal va outflow tract (chiqish yo‘li) shakllanishida
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
50
muhim rol o‘ynaydi. Ular, asosan, endokard hujayralari va neyral krista hujayralaridan hosil
bo‘ladi. Endokardial yostiqchalar shakllanishida ikki asosiy hujayra manbasi ishtirok etadi.
Birinchisi — endokardial hujayralar, ular yurakning ichki qoplamasidan kelib chiqadi va
epitelial-mezenximal o‘tish (EMT) jarayoni orqali mezenximal hujayralarga aylanadi. Bu
jarayon asosan atrioventrikulyar yostiqchalar (AV cushions) shakllanishiga ta'sir ko‘rsatadi.
Endokardial hujayralar bu jarayonda migratsiya qilib, yostiqcha tuzilishini hosil qiladi, bu esa
atrium va ventrikulalarni ajratish uchun zarurdir. Ikkinchi hujayra manbasi — neyral krista
hujayralari, ular nerv plastinkasidan ajralib, yurakning outflow tract (chiqish yo‘li) qismidagi
yostiqchani hosil qiladi. Bu hujayralar yurakning aorta va pulmonal arteriyani ajratish uchun
zarur bo‘lgan konotrunkal yostiqchalarni hosil qiladi.
Yurak klapnlarining paydo bo’lishi
Endocardial cushion tasirida klapanlar shakllanishni boshlaydi. Dastlab bolmacha va
qorinchalar ortasida to’siq hosil bo’lishni boshlaydi, va u tosiq birlashmasdan pastga qarab
egiladi. Qorinchaning pastk qismidan ham so’rg’ichsimon o’simtalar tepaga qarab o’sishni
boshlaydi. So’rg’ichlar va to’siq chordae tendinae iplari vositasida birlashadi. Shu tarda 2va 3
tavaqali klapanlar hosil bo’ladi. Semilunar valveslar truncus arteriosus alohida aorta va o’pka
arteriyasiga ajralgandan so’ng ularning asos qismidan hosil bo’ladi. Pastki qism oldin
hujayralar to’planishi natijasida shishadi. Keyinchalik har bir nayda 3ta klapan varaqlari hosil
bo’ladi. Aortada:
1.
Orqa aorta qopqog'I,
2.
Chap aorta qopqog',
3.
O'ng aorta qopqog'i.
Pulmonar arteriyada:
4.
O'ng trunkus pulmonalis qopqog'i,
5.
Oldingi trunkus pulmonalis qopqog'i,
6.
Chap trunkus pulmonalis qopqog'i varaqlari hosil bo’ladi.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
51
Yurakning Postembrional Morfogenezi
1. Foramen ovale va ductus arteriosusning yopilishi
Tug‘ilganidan so‘ng, o‘pka nafas olishi boshlanishi bilan foramen ovale yopiladi va
yurakning tug‘ruqdan oldingi qon aylanishi tugaydi. Arterial kanal (ductus arteriosus) yopilib,
ligamentum arteriosum hosil bo‘ladi.
(Ductus arteriosus-aorta va truncus pulmonalisni bog’lab turuvchi qon tomir)
2.O’pkada qon aylanish tizimi ishga tushishi va yurakning moslashuvi
O’pkada qon aylanish tizimi ishga tushishi natijasida o’ng qorinchadagi bosim pasayadi.
Ductus arteriosus yopilishi natijasida chap qorinchada bosim oshadi. Natijada chap qorincha
miokardining qalinlashishi kuzatiladi.
Xulosa:
Yurak rivojlanishi — hayot uchun zarur bo‘lgan murakkab va tartiblangan
biologik jarayondir. Embrional bosqichda yurak strukturasi shakllanadi, postembrional
bosqichda esa yurak yetuk morfologik va funksional shaklga ega bo‘ladi. Yurak
rivojlanishining normal kechishi sog‘lom kardiovaskulyar tizim uchun asosiy omil
hisoblanadi. Ushbu jarayonlarni chuqur o‘rganish tug‘ma yurak nuqsonlarini chuqurroq
tushunishga xizmat qiladi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Sadler, T. W. (2021). Langman's Medical Embryology. Wolters Kluwer.
2.
Moore, K. L., Persaud, T. V. N., & Torchia, M. G. (2020). The Developing Human: Clinically
Oriented Embryology. Elsevier.
3.
Srivastava, D., & Olson, E. N. (2000). A genetic blueprint for cardiac development.
Nature, 407(6801), 221–226.
4.
Bruneau, B. G. (2008). The developmental genetics of congenital heart disease. Nature,
451(7181), 943–948.
5.
https://www.merriam-webster.com/dictionary/notochord
6.
https://www.utmb.edu/pedi_ed/CoreV2/Cardiology/Cardiology7.html
7.
Fayziyev I. Sh. & Toshpoʻlatov A. (2022) O`ZBEKISTON RESPUBLIKASINING
MUSTAQILLIKDAN OLDINGI VA KEYING SIYOSIY HAYOTI. British Journal of Global Ecology
and Sustainable DevelopmentVolume-10, Nov., 2022 31-34b
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
52
8.
Toshpo‘latov
,
A.
(2023).
SHAXS
PSIXODIAGNOSTIKASIDA
PROYEKTIV
METODIKALARDAN FOYDALANISH. Евразийский журнал социальных наук, философии и
культуры, 3(5 Part 2), 170–178.
9.
Temirov, J. ., & Toshpo‘latov , A. (2023). TYUTOR PEDAGOGIK FAOLIYATINI TASHKIL
ETISHNING PSIXOLOGIK ASOSLARI. Наука и инновация, 1(28), 29–32.
10.
Umarova , G. ., & Toshpoʻlatov , A. . (2024). Klaster tanqidiy fikrlash texnologiyasi
texnikasi sifatida. Центральноазиатский журнал междисциплинарных исследований и
исследований в области управления, 1(10), 49–55.
11.
Toshpo‘latov Abdulaziz Quvondiq o‘g‘li, Ummatova Zamira Atamuradovna. (2023).
SHAXSLARARO MUNOSABATLARDA SHAXS AGRESSIYA. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF
EDUCATION AND INNOVATION, 2(4), 30–31.
12.
Toshpo‘latov Abdulaziz Quvondiq o‘g‘li, Ummatova Zamira Atamuradovna. (2023).
IJTIMOIY TARMOQLARIDA "OMMAVIY MADANIYATGA" QARSHI KURASHISHNING DIDAKTIK
VOSITALARI. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION AND INNOVATION, 2(4), 27–29.
