KO‘RUV REKLAMA MATNLARI TAHLILI

Annotasiya

Ushbu maqolamizda ko‘ruv reklama matnlarining xususiyatlari aniqlandi, til birliklarining reklamada tutgan o‘rni ko‘rib chiqildi. Ko‘ruv reklama matnlari tajribalar asosida o‘rganildi. Reklama uchun til birliklari eng muhim vosita ekanligini dalillashga harakat qilindi.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Qo‘shmurodova , D. . (2025). KO‘RUV REKLAMA MATNLARI TAHLILI. Молодые ученые, 3(29), 39–43. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/yosc/article/view/135471
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqolamizda ko‘ruv reklama matnlarining xususiyatlari aniqlandi, til birliklarining reklamada tutgan o‘rni ko‘rib chiqildi. Ko‘ruv reklama matnlari tajribalar asosida o‘rganildi. Reklama uchun til birliklari eng muhim vosita ekanligini dalillashga harakat qilindi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

39

KO‘RUV REKLAMA MATNLARI TAHLILI

Qo‘shmurodova Dilafro‘z Ikromjon qizi

Mustaqil taqdiqotchi

E-mail: dilafrozqoshmurodova@gmail.com

Telefon raqam: +998 95 047 25 47

https://doi.org/10.5281/zenodo.16924037

Annotatsiya:

Ushbu maqolamizda ko‘ruv reklama matnlarining xususiyatlari aniqlandi,

til birliklarining reklamada tutgan o‘rni ko‘rib chiqildi. Ko‘ruv reklama matnlari tajribalar
asosida o‘rganildi. Reklama uchun til birliklari eng muhim vosita ekanligini dalillashga harakat
qilindi.

Kalit so‘zlar:

Reklama, ko‘ruv reklama matni, “City education” o‘quv markazining

reklamasi, “Global education” o‘quv markazining reklamasi, “Wall street academy” o‘quv
markazining reklamasi, lingvistik birliklar.

Reklama dunyo va omma o‘qiydigan bir matndir. Ommaviy, tarixiy, ideologik, madaniy

unsurlar aralashgan matnni o‘qib idrok qilish har doim oson bo‘lmaydi. Reklama matni o‘ynoqi
tilni ta’minlaydi. Bir matnni har inson o‘zining shaxsiy va kuzatgan tajribalari bilan o‘qiydi.
Ko‘ruv reklama matnlari reklamaning boshqa turlaridan farqli o‘laroq xaridor yoki
foydalanuvchi bilan ko‘rib, o‘qiganda aloqaga kirishadi. Bu aloqa uchun unda foydalanilgan
lingvistik birliklarning ahamiyati yuqoridir. Chunki foydalanuvchi (xaridor) ni faqat ular o‘ziga
jalb qila oladi. Ko‘ruv reklama matnlari bo‘yicha tajribamizni maktab o‘quvchilari orasida
o‘tkazdik. Tajriba uchun Sirdaryo viloyatidagi maktablarning 7, 8 va 9-sinf o‘quvchilari tanlab
olindi. Tajribamizga viloyatdagi o‘zbek sinflaridan tashqari tojik sinfi ham jalb qilindi. Ko‘ruv
reklama matnlariga bosma, yoritgich, banner, tashqi, bezakli va fotoreklamalar kiradi. Biz
tajribamizga tashqi, banner va fotoreklamalardagi ingliz tilini o‘rganish uchun berilgan
reklamalarni tanladik. Aynan ingliz tilini o‘rganishga oid reklamalarni tanlashimizdan maqsad,
hozirgi kunda bu tilni o‘rganishga ehtiyoj maktab o‘quvchilari orasida kuchli bo‘lganligidir.
Tajribamiz uchun quyidagi ko‘ruv reklamalari tanlab olindi:

1 – rasm. 2 – rasm.

3 – rasm.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

40

Yuqorida 1 – rasmda “City education” o‘quv markazining reklamasi. Matni: 30 kunda

ingliz tilida gaplashing. Ro‘yxatdan o‘ting va bepul o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ling!

2 – rasmda “Global education” o‘quv markazining reklamasi. Matni: Nima uchun ingliz

tilini o‘rganishingiz kerak?

3 – rasmda “Wall street academy” o‘quv markazining reklamasi. Matni: Inglizchada

sayravor!

Resipiyentlarga quyidagi savollar bilan murojaat qilindi:
1.

Qaysi o‘quv markazda ingliz tilini o‘rgangan bo‘lar edingiz?

2.

Nima sababdan shu o‘quv markazni tanladingiz?

3.

Bu o‘quv markazni tanlashda reklamasining qaysi jihatiga e’tibor berdingiz?

Resipiyentlarga yuqoridagi savollar bilan murojaat qilinishining asosiy sababi, ular

bergan javoblar orqali reklamadagi lingvistik vositalarning ahamiyatini aniqlash.

Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumani 2 – umumta’lim maktabining 8 – “E” sinf (tojik)

sinfidan olingan tajriba, quyidagi jadvalda aks ettirildi. Sinfda 13 dona o‘quvchi bor.


O‘quv markazlar

O‘quv

markazni

tanlagan

o‘quvchilar

soni

Shu o‘quv markazni

tanlashda

umumlashtirilgan bir

xil sabab

Shu o‘quv markazni

tanlashda keltirilgan

turlicha sabablar

1

City education



7

Ingliz tilini 30 kunda

o‘rganish mumkinligi

a) chunki grammatikani

tugatganman speakingni

yaxshi o‘rganmoqchiman;

b) ingliz tilida

gaplashishni yoqtiraman;

c) reklamasi sabab.

2

Global education

4

Berilgan savoli

a) yozuvlarining rangi;

b) o‘quv markazning

nomi.

3

Wall street

academy

2

Reklamasi

”Inglizchada sayravor”

degani yoqdi

O‘quv markazlar

O‘quv markaz reklamasining

e’tibor berilgan umumiy jihati

O‘quv markaz reklamasining

e’tibor berilgan turlicha jihati

1

City education

Bepul o‘qish imkoniyati

borligi

a) city degan so‘zi;

b) yozuvi;

c) 30 kun qisqa muddat ekani.

2

Global education

Yozilgan gaplari

a) savol shaklida berilgani;

b) yozuvlarining shakli.

3

Wall street

academy

“Inglichada sayravor” degani

Qisqa bo‘lgani

Yuqoridagi jadvalda tojik sinfidan olingan tajriba umumlashtirildi. Jadvalga e’tibor

qaratadigan bo‘lsak, uch o‘quv markazdan eng ko‘p tanlangani “City education” markazidir. Eng
ko‘p tanlanishining sababi esa, 30 kunda ingliz tilini o‘rganish mumkinligi deb ko‘rsatilgan. Bu
tabiiy holat, chunki har kim tezroq o‘rganib, maqsadlariga tezroq erishishni xohlaydi. Javoblar
ichida “chunki grammatikani tugatganman speakingni o‘rganmoqchiman” degan javob ham


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

41

bor. Bu resipiyentning javobida “speaking” so‘zi qo‘llanmoqda. Bu chet so‘z bo‘lib, “gaplashish”
degan ma’noni anglatadi. U resipiyent ma’lum bir darajada chet til, ya’ni ingliz tilini
o‘rganishning ta’siri lisoniy qobiliyatida ham sezildi.

“City education” o‘quv markazining reklamasida bepul o‘qish imkoniyati degan joyi

ko‘pchilikning e’tiborini jalb qilgan. Bundan ko‘rinadiki, reklamada iqtisodiy tomon bilan
bog‘liq ma’lumotlarni aniq keltirish uning ta’sir kuchini orttiradi.

“Global education” o‘quv markazi reklamasida so‘roq gapdan foydalanilgan. Aynan shu

ham xaridor (foydalanuvchi) larning diqqatini jalb qilmoqda. Ko‘ruv reklama matnlarida asosiy
e’tibor matnda bo‘ladi. Yozuv shakli, tasvir, rang kabi elementlar ikkinchi darajali hisoblanadi.
Buning isbotini tajribamizdan ko‘rishimiz mumkin.

“Wall street academy” o‘quv markazining reklamasida “Inglizchada sayravor” degan

lingvistik birlik o‘quvchilarning diqqatini tortgan. Bu birikmadan ingliz tilini mukammal
o‘rganish mumkinligi aniqlashadi. Bu birikmaning ta’siri sabab, shu o‘quv markazni tanlashgan.
“Sayramoq” aslida qushlarga xos harakat hisoblanadi. Bu yerda birikma shaklida mukammallik
ma’nosini anglatmoqda. Har ishda mukammal bo‘lish, mukammal o‘rganish insonlarning
hayotidagi asosiy maqsadi hisoblanadi.

Tajribamizni Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani 25 – umumta’lim maktabining 9 – “B”

sinfi bilan ham olib bordik. Bu sinf o‘zbek sinfi bo‘lib, 31 ta o‘quvchi mavjud. Najitalar quyidagi
jadvalda:

O‘quv markazlar

O‘quv

markazni

tanlagan

o‘quvchilar

soni

Shu o‘quv markazni

tanlashda

umumlashtirilgan bir

xil sabab

Shu o‘quv markazni

tanlashda keltirilgan

turlicha sabablar

1

City education


10

Ingliz tilini 30 kunda

tez va oson o‘rganib

gaplasha olish

mumkinligi uchun

a) ingliz tiliga qiziqqanim;

b) ingliz tili hozirda jahon

tili bo‘lganligi.

2

Global education

7

O‘quv markazning nomi

yoqdi

a) styuardessa bo‘lishim

uchun;

b) men ishlatadigan ko‘p

programmalar ingliz

tilidaligi uchun.

3

Wall street

academy

14

Reklamasining qisqaligi

Ingliz tilini o‘rganish.

O‘quv markazlar

O‘quv markaz reklamasining

e’tibor berilgan umumiy

jihati

O‘quv markaz reklamasining

e’tibor berilgan turlicha jihati

1

City education

Bepul o‘qish imkoniyati

borligi

a) intensivligi va odamni o‘ziga

tortgani;

b) reklama yo‘nalishi qiziqarli.

2

Global education

Savol shaklida ekani

a) yozuvining shakli;

b) reklama qilishi yoqdi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

42

3

Wall street

academy

“Inglizchada sayravor”

degani, ya’ni zo‘r o‘rganib

ketaman

so‘zlarning qisqaligi yoqdi.

Mirzaobod tumanidagi maktabda o‘tkazilgan tajriba, Sayxunobod tumanidagi tojik

sinfidan o‘tkazilgandan farqli ravishda “Wall street academy” o‘quv markazini tanlaganlar soni
ko‘p. Sababi o‘rganilganda “Inglizchada sayravor” shaklida berilgan reklama matnining
resipiyentlarga ta’siri bo‘lib chiqdi. Ko‘rinadiki, o‘zbek sinfi o‘quvchilariga bu lingvistik birlik
ko‘proq ta’sir o‘tkazgan. Buning sabablaridan biri, o‘zbek va tojik millatiga mansub
o‘quvchilarning lisoniy qobiliyati ikki xil ekanligi hisoblanadi. Sayramoq fe’li birikma hosil
qilganda ta’sir darajasi kuchaydi. “Inglichada sayravor” lingvistik birligi orqali, ingliz tilini ona
tili kabi o‘rgata olishiga ishontirgan. Reklama matnlarida birinchi va oxirgi so‘zlar
psixolingvistik tomondan inson xotirasida ko‘proq saqlanib qoladi. Bu reklama muvaffaqiyatini
ta’minlagan sabablardan biri uning qisqa va lo‘ndaligi ham bo‘ldi. Chunki unda oxirgi va birinchi
so‘zlar bir dona shu inson xotirasida saqlanib qolishiga turtki bo‘lgan. Reklama matnlari qaysi
auditoriyaga mo‘ljallanganligiga qarab tanlanishi psixolingvistik kuchini oshiradi.

Tajribamizni turli xil tumandagi maktablarda va sinflarda o‘tkazdik. Bundan maqsad

tajribamizdan yanada yaxshiroq natija olish edi. Navbatdagi tajribamiz Sirdaryo viloyati Xovos
tumanidagi 10 – umumta’lim maktabining 7 – “B” sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazildi. Sinfda
28 ta o‘quvchi bor. Ulardan olingan tajriba natijalarini quyidagi jadvalda aks ettirdik:

O‘quv markazlar

O‘quv

markazni

tanlagan

o‘quvchilar

soni

Shu o‘quv markazni

tanlashda

umumlashtirilgan bir

xil sabab

Shu o‘quv markazni

tanlashda keltirilgan

turlicha sabablar

1

City education

15

30 kunda ingliz tilini

o‘rganish, bu ijobiy

natijaligi

a) ingliz tilida gapirishni

bilmayman;

b) nomi yoqqani uchun;

c) bu o‘quv markaz juda

yoqdi.

2

Global education

5

Nima sababdan til

o‘rganish kerak

Yozuvlarining shakli

3

Wall street

academy

8

Ingliz tilida xohlagan

gapni gapirishni

o‘rgatgani uchun

a) opam o‘qigan;

b) nomi boshqachaligi

uchun.

O‘quv markazlar

O‘quv markaz reklamasining

e’tibor berilgan umumiy

jihati

O‘quv markaz reklamasining

e’tibor berilgan turlicha jihati

1

City education

30 kunda gapirish

a) bepul o‘qish imkoniyati

borligi;

b) aniq va tushunarli ko‘ringan.

2

Global education

Savol shaklida berilgani

Nima uchun degani.

3

Wall street

academy

“Inglizchada sayravor”

degani

Reklamaning qisqaligi


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

43

Jadvaldagi javoblarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, o‘quvchilarni reklamadagi aniqlik

ko‘proq qiziqtirgan. “City education” o‘quv markazining reklamasida resipiyentlar diqqatini
tortgan narsa, 30 kun ichida shu tilni o‘rganib gapirib ketish mumkinligiga ishontira olgani
bo‘ldi. Bu muddatning qisqaligi, shu vaqt ichida o‘rgata olish va o‘rganish o‘quvchilar uchun
katta imkoniyat hisoblanadi.

Reklamaning qanday shakllarda berilishi, ya’ni darak, so‘roq, buyruq kabi uning kuchini

oshirishga xizmat qiladi. “Global education” o‘quv markazining reklamasi “Nima uchun ingliz
tilini o‘rganishingiz kerak?” so‘roq shaklida berilgan. Bu reklama resipiyentni o‘zi bilan o‘zi
gaplashishga undaydi. Buning natijasida resipentga boshqa reklama matnlaridan ko‘ra kuchli
ta’sir o‘tkazadi.

“Wall street academy” o‘quv markazining reklamasida “Inglizchada sayravor” degan

lingvistik birlik resipiyentlarni shu o‘quv markazni tanlashga undagan. Tajribalardan ma’lum
bo‘ladiki, reklamalardagi matn resipiyent bilan aloqaga kirish jarayonida lingvistik
birliklarning tanlanishi ahamiyatlidir.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Abdusaidov S. Gazeta janrlarining tili va uslubi. (Monografiya) – Samarqand, 2001. – 192

b.
2.

Абдураҳмонов Х., Рафиев А., Шодмонқулова Д. Ўзбек тилининг амалий

грамматикаси. – Тошкент: Ўқитувчи, 1992. – 256 б.
3.

Дурович А.П. Реклама в туризме. – Минск.: Новое знание, 2008. – 254 с.

4.

Фарби Э.Д. Как создать успешную рекламу. – Санкт-Петербург: Нева, 2004. – 250 c.

5.

Yunusova Sh. O‘zbek tilida reklama matnlarining sintaktik xususiyatlari va pragmatik

xoslanishi. PhD dissertatsiyasi monografiyasi. – Guliston, 2023. 47 b.
6.

Олянич А.В. Рекламный дискурс и его конститутивные признаки / Рекламный

дискурс и рекламный текст: коллективная монография / Науч. ред. Т.Н. Колокольцева.
Москва: Флинта: Наука, 2011. – 296 с.
7.

Песоцкий Е.В. Современная реклама и еѐ перевод. Теория и практика. – Ростов-на-

Дону: Феникс, 2014. – 134 с.

Bibliografik manbalar

Abdusaidov S. Gazeta janrlarining tili va uslubi. (Monografiya) – Samarqand, 2001. – 192 b.

Абдураҳмонов Х., Рафиев А., Шодмонқулова Д. Ўзбек тилининг амалий грамматикаси. – Тошкент: Ўқитувчи, 1992. – 256 б.

Дурович А.П. Реклама в туризме. – Минск.: Новое знание, 2008. – 254 с.

Фарби Э.Д. Как создать успешную рекламу. – Санкт-Петербург: Нева, 2004. – 250 c.

Yunusova Sh. O‘zbek tilida reklama matnlarining sintaktik xususiyatlari va pragmatik xoslanishi. PhD dissertatsiyasi monografiyasi. – Guliston, 2023. 47 b.

Олянич А.В. Рекламный дискурс и его конститутивные признаки / Рекламный дискурс и рекламный текст: коллективная монография / Науч. ред. Т.Н. Колокольцева. Москва: Флинта: Наука, 2011. – 296 с.

Песоцкий Е.В. Современная реклама и еѐ перевод. Теория и практика. – Ростов-на-Дону: Феникс, 2014. – 134 с.