YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
17
UMURTQA POG‘ONASI COVID-19DAN KEYINGI DAVRDA DISK ChURRASI
TO‘QIMA TARKIBINING MORFOMETRIK KO‘RSATKIChLARI TAHLILI
Maxkamov N.J.
Andijon davlat tibbiyot instituti DSc, dotsent
Xayrullaev A.A.
Andijon davlat tibbiyot instituti mustaqil izlanuvchisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.13788997
Muammoning dolzarbligi.
Umurtqa pog‘onasi degenerativ va distrofik jarayonlarining
struktur - funksional turi hisoblangan disk churralarining hozirgi kunda Kasallik va uning
oqibatlari turli mutaxassisliklar, jumladan, ortopediya, travmatologiya, neyroxirurgiya,
vertebrologiya mutaxascislari uchun ko‘plab qiyinchiliklarni keltirib chiqardi. COVID-19
pandemiyasi butun dunyo bo‘ylab jarrohlik yordam tizimi uchun sinovdir. COVID-19 bilan
bog‘liq turli xil surunkali ortopedik kasalliklar nafakat yaqindan o‘rganish mavzusiga aylandi,
balki eng dolzarb tibbiy va ijtimoiy muammolardan biri bo‘lib kelmokda. Jahon miqyosida
koronavirus infeksiyasining o‘tkir davrida va keyingi doimiy uzoq muddatli tayanch harakat
tizimidagi ortopedik oqibatlarga bag‘ishlangan turli xil ortopedik kasalliklar bo‘yicha yangi
ilmiy tadqiqotlar tobora ko‘payib bormoqda harakat tayanch tizimi kasalliklari ichida muhim
o‘rin egallashi, bu kasallikni davolashda yangi zamonaviy usullarni ishlab chiqishni taqozo
etadi. Respublikamiz sog‘liqni saqlash tizimida umurtqa pog‘onasi disk churralarini to‘qima
tarkibida bir biridan farqlanuvchi tuzilishi tahlilini o‘rganish muhim hisoblanadi, bu esa
bemorlarni erta va mukammal tashhis qo‘yilishiga olib keladi.
Material va tekshirish usullari
Biz tadqiqotimizda asosan sifatida umurtqa pog‘onasi degenerativ distrofik kasalliklari
avaskulyar nekrozi bilan bemorlarning tekshirish va davolash natijalari, umurtqa tanasi suyak
yuzasi va tog‘ayli disk biopsiyasi, hamda turli kasalliklardan vafot etganlarning umurtqalar
oralig‘i diski va bo‘g‘im yuzasi suyak bo‘laklari, hamda COVID -19 o‘tkazgan konservativ
usulda osteoxondroz, spondilyoz va disk churrasi bilan davolangan bemorlarning materiallari
olingan.
Tadqiqotda umurtqa pogʻonasi suyagi avaskulyar nekrozida bemorlarning klinik-
anamnestik va patomorfologik oʻzgarishlarini baholashda klinik-anamnestik, Morfologik
(gematoksilin eozin, gistokimyoviy usullardan: Van Gizon, Shiff usuli), Multipleksli konfokal
morfometrik, statistik tadqiqot usullaridan foydalanilgan.
Xulosalar
Umurtqa pog‘onasi degenerativ-distrofik kasalliklaridan churra to‘qimasini morfometrik
jihatdan o‘rganilganda, unda rivojlangan patologik jarayonlar ta’sirida tog‘ayli disk to‘qima
tuzilmalaridan har birining faollik koeffitsientini aniqlash katta ahamiyatga ega va funksional
jihatdan baholashda asosiy miqdoriy ko‘rsatgichni beradi. COVID-19dan keyingi davrda
umurtqa suyaklarini oziqlantiruvchi tomirlar va boshqa a’zolarning tomirlari kabi, tizimli
shikastlanish oqibatida, suyakning g‘ovak moddasidagi oziqlanish va metabolizmning izdan
chiqishiga olib keladi. Ayni tadqiqot ishimizda keltirilgan, umurtqa suyaklari g‘ovak moddasi
qon tomirlari va tarkibiy tuzilmalarining morfometrik jihatlari quyidagicha bo‘lib, nazorat
guruhiga nisbatan nekroz o‘choqlarini 13,97% ni tashkil etganligini va bu ko‘rsatkichlar
umurtqa suyagi tanasi g‘ovak qismini oldingi o‘rta va orqa sohalarida 1-5% ga farq qilganligi
aniqlandi. Bu esa, aynan, suyakni g‘ovak moddasini oziqlantiruvchi arteriyalarning intimasi
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
18
shikastlanganligini va tomir devori qalinlashganligini ko‘rsatadi. Suyak ustunlarining
egallagan maydoni nazorat guruhiga nisbatan 3,5-6,15 barobargacha kamayganligi, kistoz
bo‘shliqlar va rezorbsion bo‘shliqlarning shakllanishiga va postkovid sindromiga
osteoporozni xam yuzaga keltiruvchi omil sifatida qarashligini tasdiqlaydi. Aynan, deritik
to‘qima atrofida shakllangan limfogistiotsitar yallig‘lanish infiltrati tarkibida yallig‘lanish
hujayralarining egallagan maydoni nazorat guruhiga nisbatan, 11,5 barobarga oshganligi xam
aynan, COVID-19 bilan infitsirlangan va tomirlar orqali qo‘zg‘atuvchini barcha tomirlar
devoridagi to‘yinuvchanlik ko‘rsatkichi sifatida baholanadi morfometrik tekshiruv usulida
amalga oshirildi. Bunda, umurtqa pog‘onasining har bir sohasidan jarrohlik amaliyotida
olingan churra to‘qimasi tarkibidagi hujayralar, tolali tuzilmalar, oraliq moddalarning
egallagan maydonini hisoblab, uchta sohada rivojlangan churra tarkibiy qismining bir-biridan
farqi aniqlandi va morfofunksional jihatdan baholandi.
References:
1.
Беляков. В.В. Структурно-функциональные нарушения при рефлекторных и
компрессионных спондилогенных синдромах //Автореф. дисс. докт. мед. наук. -М.
.,2005. -36 с.
2.
Зиняков. Н. Т. ,Зиняков. Н. Н. К вопросу о классификatsiи и терминологии грыж
межпозвонковых дисков //Мануальная терапия 2007. -№3(27). -С. 22-28.
3.
Назаренко Г. В. , Героева И. Б. , Черкашов А. М. Вертеброгенная боль в пояснице.
Технология диагностики и лечения //ОАО Издательство «Медицина», 2008, 456 с.
4.
Неттер, Ф. Атлас анатомии человека, 4-е изд //Ф. Неттер. М.: ГЭОТАР-Медиа, 2007.
- 624 с.
5.
Новосельцев, C. B. Введение в остеопатию. Мягкотканые и суставные техники (2-е
изд. ) //СПб. : ООО «Издательство Фолиант», 2009. - 320 с.
6.
Новосельцев, C. B. Крестец. Анатомо-функциональные взаимосвязи и роли в
биомеханике тела человека // Мануальная терапия. 2008. - № 3 (31). - С. 89-99.
7.
Прохорова. Е. С. Компютерная томография и оценка эффекности консервативного
лечение грыж межпозвонковых дисков //Автореф . дис . канд. мед. наук. Краснодар.
2003. -18 с.
