53
YANGI OʻZBEKISTON TALABALARI
AXBOROTNOMASI
www.in-academy.uz
Volume 3 Issue 04 YO’TA
RAQAMLI TA’LIM: ISTIQBOLLAR VA XAVFLAR
B.J.Muhammadiyev
TDPU, о‘qituvchi
H. Usmonqulova
TDPU, talaba
https://doi.org/10.5281/zenodo.15314231
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 20- Aprel 2025 yil
Ma’qullandi: 25- Aprel 2025 yil
Nashr qilindi: 30- Aprel 2025 yil
Mazkur maqolada raqamli ta’limning imkoniyatlari va
kamchiliklari tahlil qilinadi. Zamonaviy texnologiyalar
ta’lim jarayonini yangi bosqichga olib chiqayotgan
bо‘lsa-da, ular bilan birga muayyan xavf-xatarlar ham
yuzaga chiqmoqda. Maqolada raqamli ta’limning
afzalliklari, jumladan, bilim olish imkoniyatining
kengayishi,
moslashuvchanlik
va
innovatsion
texnologiyalari bilan uyg‘unligi kо‘rib chiqiladi. Shu bilan
birga, raqamli ta’lim muammolari, ta’lim sifatiga bо‘lgan
tahdid, raqamli tengsizlik kabi masalalar ham
muhokama qilinadi.
KEY WORDS
raqamli ta’lim, raqamli tengsizlik,
texnologik innovatsiyalar, ta’lim
sifati, ta’lim sifatiga bо‘lgan tahdid,
masofaviy
о‘qitish,
ta’limning
kelajagi, raqamli avlod.
Zamonaviy dunyo raqamli texnologiyalar davrni boshdan kechirmoqda va bu
texnologiyalar davri ta’lim tizimiga ham о‘z ta’sirini о‘tkazmoqda. An’anaviy darsliklar,
devoriy gazetalar, xarita, doska va bо‘r о‘rnini interaktiv ta’lim platformalari, virtual
laboratoriyalar va sun’iy intellektga asoslangan о‘quv dasturlari egallamoqda. Ammo raqamli
ta’limning yildan yilga rivojlanishi va ta’lim tizimida keng tadbiq etilishi faqatgina yutuqlardan
iborat emas, u bilan birga yangi xavf-xatarlar ham paydo bо‘lmoqda. Raqamli ta’limning
istiqbollarini quyidagilarda ko‘rish mumkin:
1.Bilim olish imkoniyatining kengayishi. Raqamli texnologiyalar orqali о‘quvchilar bilim
olishda kо‘proq imkoniyatga ega bо‘ladilar. Internet orqali onlayn kurslarga
qatnashish,internetdan kerakli ma’lumotlarni tez va oson topish va о‘rganish mumkin.
Masofaviy darslar orqali ta’lim olish oldingi davrlarga nisbatan ancha osonlashdi. Bu imkoniyat
raqamli ta’limning eng ustun jihatlaridan biri desak ham bо‘ladi, chunki foydalanuvchilarning
ham vaqti ham mablag‘i tejalishiga imkon yaratmoqda.
2. Moslashuvchanlik va individuallashtirilgan ta’lim. Raqamli ta’lim orqali har bir о‘quvchi
uchun alohida ta’lim dasturi tuzilishi mumkin, ya’ni о‘quvchining bilim darajasi tahlil qilinib,
unga mos materiallar tavsiya qilinadi. U о‘quvchi indivual holatda bilim olish imkoniyatiga ega
bо‘ladi. Bu esa о‘quv jarayonini yanada samarali qiladi.
3.Interaktiv va innovatsion texnologiyalar. Interaktiv platformalar dars jarayonini
yanada samarali qiladi, о‘quvchilarni darsga bо‘lgan qiziqishini yanada oshiradi. Sensorli
doskalar, virtual laboratoriyalar,onlayn test tizimlari bularning barchasi о‘qituvchilar va
о‘quvchilarning faolligini ta’minlaydi. Interaktiv vositalar о‘quvchilarni darsga faol ishtirok
etishga undaydi, murakkab mavzularni vizual tarzda tushunish imkoniyatini beradi.
Vulqonlarning otilishi, sunami yoki iqlim o‘zgarishi jarayonlarini tushuntirish uchun Google
Earth VR yoki NASA Earth Observatory kabi platformalar yordamida interaktiv xaritalar va 3D
54
YANGI OʻZBEKISTON TALABALARI
AXBOROTNOMASI
www.in-academy.uz
Volume 3 Issue 04 YO’TA
modellardan foydalanilsa bо‘ladi yoki tarix darslarida- virtual muzeylar va rekonstruksiyalar
orqali o‘quvchilar qadimiy shaharlar, tarixiy janglar yoki arxeologik topilmalarni virtual
ekskursiyalar orqali o‘rganishlari mumkin. Raqamli ta’lim о‘quvchilarning tasavvur va
tafakkurlarini kengaytirishda muhim rol о‘ynaydi.
4. Baholash tizimining qulayligi. Bundan tashqari, raqamli test tizimlari orqali
о‘quvchilarning bilimlarini avtomatik tarzda baholasa bо‘ladi. An’anaviy qog‘oz-testlar о‘rniga
raqamli texnologiya orqali testlar yaratib о‘quvchilar bilimini nazorat qilsa va avtomatik tarzda
baholasa bо‘ladi. Bu tizim ayniqsa choraklik, yillik imtihonlarda qо‘l keladi. Raqamli ta’limning
yutuqlari bilan birga, qator to‘siqlarni ko‘rish mumkin:
1.
Ta’lim sifatiga bo‘lgan tahdid. Sifatga bo‘lgan tahdid – bu ta’lim sifatining pasayishiga
olib kelishi mumkin bo‘lgan omillarni anglatadi. Raqamli ta’limda bu quyidagi jihatlarda
namoyon bo‘lishi mumkin:
- о‘qituvchi nazoratining kamligi; an’anaviy ta’limda о‘qituvchi о‘quvchilar bilan о‘zara
suhbatlar,fikr almashishlar, kо‘z aloqalari-eye contact orqali dars о‘tadi. Bu jarayon
о‘quvchilarning bilimlarni oson va tushunarli qabul qilishiga sabab bо‘ladi. Onlayn ta’limda esa
buning imkoni yо‘q;
- о‘quvchilarning mustaqil о‘zlashtirish mas’uliyati; raqamli ta’limda ko‘p narsa
o‘quvchining o‘z intizomi va motivatsiyasiga bog‘liq bo‘ladi. Tabiatan dangasa yoki
motivatsiyasi sust bо‘lgan о‘quvchilar raqamli ta’limda materiallar va ma’lumotlarni yaxshi
о‘zlashtira olmasliklari mumkin;
- jonli dars jarayonining, jonli muloqotning, amaliy mashg‘ulotlarning о‘rnini onlayn
darslar, video ma’ruzalar, onlayn testlar bosa olmasligi mumkin. Bu holat interaktivlikning
yetishmasligi hisoblanadi. Bu jarayonda о‘quvchi faqatgina kuzatuvchi bо‘lib qolishi, bu esa
ta’lim sifatining pasayishiga olib keladi.
2.
Raqamli tengsizlik yuzaga kelishi. Raqamli tengsizlik– bu jamiyatdagi turli
qatlamlarning raqamli texnologiyalarga ega bo‘lishi va ulardan foydalanish imkoniyatidagi
tafovutni ifodalovchi tushuncha. Bu farq texnologik infratuzilma, internet tezligi, raqamli
savodxonlik darajasi va zamonaviy qurilmalarga kirish imkoniyati kabi omillarga bog‘liq:
- texnologik infratuzilmaning yetishmovchiligi; Internet va zamonaviy texnologiyalar
barcha ta’lim muassassalarida yetarlicha emas, qishloqlarda internet, zamonaviy
texnologiyalardan foydalanish sharoiti mavjud emas;
- iqtisodiy omillar: Raqamli qurilmalar-ekran, noutbuk, planshet kabi qurilmalar
yetarlicha emasligi, ya’ni har bir ta’lim muassasasi bunday qurilmalar bilan tо‘la qonli
ta’minlanmagan;
- raqamli savodxonlikning yetishmasligi; texnologiyalar mavjud bо‘lsa-da, dars
jarayonida ulardan qanday samarali foydalanish haqida bilim va kо‘nikmaga ega bо‘lmasa,
katta yoshdagi о‘qituvchilar yoki maxsus bilimga ega bо‘lmaganlar uchun raqamli dunyoga
moslashish qiyinchilik tug‘dirishi mumkin;
- til to‘siqlari: ko‘plab raqamli resurslar chet tillarida, asosan ingliz tilida bo‘lgani sababli,
ushbu tilni bilmaydigan kishilar uchun raqamli texnologiyalardan foydalanish qiyin bо‘lishi
mumkin.
Hozirgi rivojlangan zamonda raqamli ta’limni joriy etish ta’lim tizimini rivojlanishiga,
ijobiy natijalar kо‘rsatishiga sabab bо‘la oladi. Buning uchun aholi о‘rtasida raqamli
savodxonlikni rivojlantirish, raqamli texnologiyalardan dars davomida me’yorda foydalanish,
55
YANGI OʻZBEKISTON TALABALARI
AXBOROTNOMASI
www.in-academy.uz
Volume 3 Issue 04 YO’TA
internet infratuzilmalarini yaxshilash, barcha ta’lim muassassalarini bosqichma-bosqich
raqamli texnologiya bilan ta’minlash kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori (2022-yil 14-mart) – “Raqamli ta’lim
tizimini rivojlantirish strategiyasi”.
2.
UNESCO (2021). The Future of Education and Digital Learning: Global Trends and
Challenges.
3.
Aliyeva, N. M., & Rasuleva, M. R. (2024). Raqamli texnologiyalarning ta’limdagi о‘rni:
imkoniyatlar, muammolar va istiqbollar. Eurasian Journal of Technology and Innovation.