41
YANGI OʻZBEKISTON TALABALARI
AXBOROTNOMASI
www.in-academy.uz
Volume 3 Issue 04 YO’TA
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING IJTIMOIY
MUHITGA MOSLASHISHIDA BOG‘CHA TARBIYASINING
O‘RNI.
Hamrayev Ilg’or Aktamovich
Samarqand davlat universiteti
Luqmonova Madina O’ktam Qizi
Urgut filiali Stajyor o‘qituvchisi
Samarqand davlat universiteti
Urgut filiali Pedagogika va tillarni o‘qitish fakulteti
Boshlang’ich ta’lim yo‘nalishi 1-bosqich 104-guruh talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15303084
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 20- Aprel 2025 yil
Ma’qullandi: 25- Aprel 2025 yil
Nashr qilindi: 29- Aprel 2025 yil
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining
ijtimoiy muhitga moslashuvi ularning maktab hayotiga
muvaffaqiyatli integratsiyalashuvi va kelajakdagi ta’lim
jarayonida muvaffaqiyat qozonishiga bevosita ta’sir
ko‘rsatadi.
Ushbu
maqolada
bolalar
bog‘chasi
tajribasining boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun qanday
muhum ahamiyatga ega ekani tahlil qilinadi.
Maktabgacha
ta’lim
muassasalarida
bola
o‘z
tengdoshlari bilan muloqot qilish, kattalar bilan
munosabat o‘rnatish va ijtimoiy qoidalarga rioya qilishni
o‘rganadi. Bu esa ularning kelajakda sinfdoshlari va
o‘qituvchilar bilan samarali aloqa o‘rnatishi, dars
jarayonida faol ishtirok etishi hamda jamoaviy muhitga
tez
moslashishiga
yordam
beradi.Tadqiqotlarda
maktabga qadam qo‘ygan bolalarning yangi sharoitga
moslashishida
bog‘chada
olingan
bilim
va
ko‘nikmalarning ahamiyati, ijtimoiy muloqot malakalari
va mustaqil faoliyat yuritish qobiliyatining rivojlanishiga
ta’siri yoritiladi. Bundan tashqari, bog‘cha ta’limining
bolaning hissiy – intellektual rivojlanishiga qo‘shadigan
hissasi, uning kelajakdagi o‘quv jarayoniga ta’siri va
adaptatsiya
jaryonini
yengillashtirishdagi
roli
muhokama qilingan. Ushbu maqola ta’lim tizimining
barcha Bo‘g‘inlari uchun foydali bo‘lib, bolalarning o‘quv
jarayoniga ijtimoiy-psixologik moslashuvi masalalarini
chuqur tushunishga yordam beradi
KEY WORDS
Boshlang‘ich
sinf
o‘quvchilari,
ijtimoiy
muhitga
moslashish,
maktabga tayyorgarlik, erta bolalik
tarbiyasi, ijtimoiy ko‘nikmalar,
psixologik moslashuv, ota-ona va
pedagog hamkorligi, boshlang‘ich
ta’lim sifati.
Bola hayotiga maktabga ilk qadam qo‘yish- nafaqat yangi bilimlar olishning boshlanishi,
balki ijtimoiy muhitga kirib borishning ham muhim bosqichidir. Ayniqsa, boshlang‘ich sinfga
kelgan o‘quvchilarning yangi ijtimoiy muhitga, yangi sinfdoshlar, o‘qituvchilar va maktab
muhitiga moslashuvi ularning ta’lim jarayonidagi muvaffaqiyatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Ilk yosh guruh (2-3 yoshli bolalar) ning rivojlanish xususiyatlari. Bu davr o‘ziga xos
42
YANGI OʻZBEKISTON TALABALARI
AXBOROTNOMASI
www.in-academy.uz
Volume 3 Issue 04 YO’TA
xususiyatlarga ega. Bir yoshdan ikki yoshgacha bo‘lgan davr mobaynida bolaning nutqi va
o‘zgalar tomonidan aytilgan so‘zlarni tushunish qobiliyatlari jadal rivojlangan bo‘lsa, 2-3
yoshga kelib, o‘zgalar nutqiga taqlid qilish jarayoni boshlanadi, bola musiqa, badiiy so‘z
ta’siriga tez beriladi. Shuning uchun ham unga xuddi shu davrdan boshlab sherlar aytish
hamda, raqsga tushishni o‘rgatish lozim. Ularda kattalarga jo‘r bo‘lib qo‘shiq aytish, musiqaga
muvofiq harakat qilish, ohangni xis etish ko‘nikmasi shakllanadi. Bu yoshdagi bolalarni bir
joyga jamlaganda ular orasida o‘zaro muloqotga kirishish ko‘nikmalari shakllana boshlaydi.
Ta’lim tarbiyaviy ishlar bolalarda shakllana boshlagan xuddi ana shu ko‘nikmalarni
rivojlantirishga va ularni malakalarga aylantirishga yo‘naltirilmog‘i lozim.
Kichik guruh (3-4 yoshli bolalar) ning rivojlanish xususiyatlari. Bola uch yoshga qadam
qo‘yganda jismoniy o‘sish bir qadar sekinlashadi. Bola jismonan ancha chiniqib, asab tizimi
taraqqiy etadi. Tayanch harakat organlari takomillashib boradi. Uch yoshli bolalar qisqa
muddat davomida o‘z xatti harakatlarini idora qilish ko‘nikmasiga ega bo‘ladilar. Ulardagi
mustaqillik ortib boradi. Jamoa bo‘lib o‘ynash ko‘nikmalari shakllanadi. O‘yin asosida amalga
oshiriladigan mehnat faoliyatini farqlash imkoniyati kengayadi. Uch yoshli bolalarning diqqati
qisman markazlashadi, xotirasi mustahkamlanib boradi, moddiy borliqni idrok etish jarayoni
boshlanadi, faraz qilish imkoniyatlari vujudga keladi. Maktabgacha ta’limda bunday o‘yin
faoliyati yetakchi rol o‘ynaydi. Mazkur dastur xuddi mana shu faoliyatni kengaytirishga va
rivojlantirishga keng yo‘l ochadigan ta’limiy mashg‘ulotlar tizimini belgilab berishga
yo‘naltirilgan.
Katta guruh (5-6 yosh bolalar) ning rivojlanish xususiyatlari. Bu davrda bolaning yuragi
chaqaloq yuragiga nisbatan 4-5 barobar kattalashgan, biroq muskullari hali yetarli darajada
mustahkamlanmagan bo‘ladi. Olti yoshga yetganda miya po‘stlog‘ining asab katakchalari
rivojlanib, og‘irligi va tashqi ko‘rinishidan kattalarnikiga yaqiinlashadi. Shuning uchun ham
bolaning asablariga juda ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish talab etiladi. Har bit yetakchi
bolaning talaffuzi aniq, nutqi ravon bo‘lishini ta’minlashi kerak. Bolaning bu faoliyatida
nuqson bo‘lgan taqdirda uning oldini olish choralarini ko‘rish lozim. Bu yoshdagi bolalarning
so‘z boyligini rivojlantirishiga alohida e’tibor berish, ularning nutqidagi so‘zlar bolaning fikr
ifodalash ehtiyojlarini to‘la qondirishi kerak. Bu davrda bolalarning matematik tafakkuri,
hisoblash ko‘nikmalarini rivojlantirish lozim. Dastlabki iqtisodiy tushunchalarga ehtiyoj
seziladi. Bolaning faraz qilish qobiliyatini jadal rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish
maqsadga muvofiqdir.
Maktabgacha ta’lim yoshining turli davrlari bilan bog‘liqlikda estetik tarbiyani amalga
oshirishning o‘ziga xosliklari ham aniq namoyon bo‘ladi. Maktabgacha ta’lim yoshidagi
bolalarni estetik tarbiyalashning vazifalarini ikki katta guruhga ajratish mumkin.
Bolalarda tevarak-atrofga estetik munosabatni shakllantirish: tabiatdagi, sanatdagi
go‘zllikni ko‘ra olish va his etish, go‘zallikni tushuna olish; badiiy didni, go‘zallikni anglashga
ehtiyojni tarbiyalsh.
Xilma – xil san’at turlariga oid badiiy ko‘nikmalarni shakllantirish; bolalarni rasm
chizish, turli buyumlarni yasash, qo‘shiq kuylash, musiqaga mos harakatlanishga o‘rgatish:
so‘z boyligini oshirish. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning estetik tarbiyalsh vazifalarini
amalga oshirish uchun ma’lum bir sharoitlarni yaratish lozim. Bolalarni o‘rab turgan muhit,
turmush estetikasi ana shunday eng muhim omildir. Ana shu yuqoridagi jumlalarning
43
YANGI OʻZBEKISTON TALABALARI
AXBOROTNOMASI
www.in-academy.uz
Volume 3 Issue 04 YO’TA
barchasi bolalarni maktabgacha ta’limdan boshlang‘ich ta’limga ijtimoiylashuvida katta
ahamiyatga ega hisoblanadi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Ijtimoiy pedagoglarni kasbiy tayyorlash, uzluksiz ta’lim tizimida amalga oshiriladi.
Ijtimoiy pedagoglarni kasbiy tayyorlash ikki turdagi o‘quv yurtlarida olib boriladi. O‘rta kasbiy
ta’lim (letsey va kollejlar) va oliy kasbiy ta’lim maktablari (institut va universitetlar). O‘rta
kasbiy ta’lim muassasalarida kichik sinflar va maktabgacha tarbiya muassasalarida
tarbiyalanuvchi bolalar bilan ishlovchi pedagoglar tayyorlanadi. O‘rta ma’lumotli
pedagoglarning asosiy vazifasi bolalarga qiyin vazifalarni yengib o‘tishga yordam beradi,
bolalarning ishonishiga ko‘maklashuvchi faoliyat turlarini tashkillashtiradi. Bolalarning
rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ularning ota-onalari bilan hamkorlik qilish,
o‘z malakasini oshirish maqsadida mustaqil ravishda o‘qib borishdan iboratdir. O‘rta kasbiy
ta’lim bilim yurtini tugatgach ular oliy ta’lim muassasasida o‘z o‘qishini davom ettirishi
mumkin. Ijtimoiy pedagog faqat o‘qituvchi emas, bola qanday o‘qiyotganini va
rivojlanayotganini tushunadigan va his etadigan shaxsdir. U bola hayotini, kechinmalarini
xuddi o‘zinikidek tushunadigan va uning ma’naviy, madaniy, axloqiy rivojlanishiga
yo‘llanmalar bera oladigan mutaxasis bo‘lmog‘i kerak. Shuning uchun haqiqiy pedagog faqat
o‘z fanini bilib qolmay ayni vaqtda bolalar va kattalar bilan ijodiy muloqot qila oladigan, o‘z
ustida ishlaydigan inson bo‘lishi muhim ahamiyatga ega.
Ijtimoiy pedagogik faoliyat va ijtimoiy ta’lim. Ijtimoiylashuv jarayonida bola, jamiyat,
ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy maqom va rol, ijtimoiy xulq atvorning meyor va qoidalari
haqida ko‘p bilimlarni o‘zlashtiradi. U, shuningdek, uning jamiyatga ko‘nikishiga yordam
beruvchi turli ko‘nikma va malakalarni ham o‘zlashtiradi. Bu jarayon ayniqsa bolalikda juda
jadal amalga oshadi. Ma’lumki, bola besh yoshgacha uning keying hayotida o‘z aksini topuvchi
nihoyatda ko‘p jamiyat ilgari surayotgan yurish - turish me’yorlariga baho berishi va nazorat
qilishi qiyin. U bularni faqat o‘zlashtirib boradi. Shuning uchun bolalarning ijtimoiylashuv
jarayonida ota-onalar, qarindoshlar, ular bilan ishlayotgan mutaxasislarning (psixolog,
shifokor, pedagoglar) ta’siri kata bo‘lib, bolalarni hayotda zarur ijtimoiy bilimlarni ertaroq va
yaxshiroq o‘zlashtirishlari, ularni hayotda qo‘llashga intilishlari aynan ularga bog‘liqdir.
Buning ijtimoiy pedagogika bilan bog‘liqligi shundaki, maktab yoki boshqa ta’lim
muassasasida ta’lim olish jarayonida ma’lumki bola, avvalo, akademik bilimlarni o‘zlashtiradi.
Biroq shu bilan bir paytda u muayyan tizimlashgan ijtimoiy bilim, ko‘nikma va malakalarni
qo‘lga kiritadi. Bu bilim, ko‘nikma va malakalar ijtimoiylashuv jarayonida bolaga maxsus
yordam kerak bo‘lganda juda zarur bo‘ladi.
Ta’lim tarbiya va bolaning ijtimoiylashuvi haqida ko‘plab olimlar ham aytib o‘tganlar.
Bulardan buyuk qomusiy olim Abu Ali ibn Sino (980-1037) o‘z davrining barcha bilim va
sohalarini qamrab oluvchi katta ilmiy meros qoldirgan. Uning barcha asoslarida pedagogik
qarash mavjud.Uning bilim, iroda va insonning rivojlanish jarayonidagi maqsadga
intiluvchanligi atrof muhit ta’siri, axloqiy va mehnat tarbiyasi muomala san’ati bolalarni
jamiyatda o‘qitish haqidagi g‘oyalari muhim hisoblanadi.
Forobiy ijtimoiy tarbiyada o‘qituvchiga yetakchi o‘rin ajratib, uning faoliyatini
jamiyatning kelajagi unga bog’liq bo‘lgan hukmdor faoliyatiga qiyoslaydi. Forobiy ham Ibn
Sino kabi ustoz va o‘qituvchilarning bilimlarini hayotga tadbiq etishlariga e’tibor berish
lozimligiga ishora qilgan. Maktabgacha yoshdagi bolalarning bolalar muassasalari
44
YANGI OʻZBEKISTON TALABALARI
AXBOROTNOMASI
www.in-academy.uz
Volume 3 Issue 04 YO’TA
sharoitlariga ko‘nikishining o‘ziga xos xususiyatlari. Hayotning ilk uchinchi yilida bolalar
bog‘chasiga qabul qilishi bolalardan shu paytgacha shakllanib bo‘lgan yurish turishi
steriotipini o‘zgartirishni talab qiladi. Ham bolaning sog‘ligi, ham bolaning rivojlanishi
borasida biror bir nohush hodisalar paydo bo‘lishini bartaraf etish uchun ijtimoiy pedagoglar
ta’lim muassasalari ishni takomillashtirish borasida yordam ko‘rsatishlari va bolalar hayotini
har tomonlama qulay tashkil qilishda ishtirok etishlari zarur.
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ijtimoiy muhitga moslashishi – bu nafaqat maktabga
o‘qish jarayonida balki ularning umumiy rivojlanishida ham juda muhim ahamiyatga ega.
Ushbu jarayonning samarali amalga oshirilishida bog‘chada o‘tkazilgan vaqt va tajriba muhim
rol o‘ynaydi. Bog‘cha yoshidagi bolalar o‘zaro muloqot qilishi, boshqalar bilan birgalikda
ishlash va ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantirishga oid birinchi qadamlarni qo‘yadilar. Ushbu
tajriba boshlang‘ich ta’limga o‘tish jarayonida bolalarning ijtimoiy muhitga moslashuvini
osonlashtiradi.
1. Ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantirish bog‘cha bolalari o‘zaro munosabat o‘rnatishga,
o‘yinlar orqali hamkorlik qilishga, boshqalar bilan bo‘lishish va navbat kutishga o‘rganadilar.
Bu ko‘nikmalar bolalarning ijtimoiy muhitga muvaffaqiyatli yashashlari uchun zarurdir.
Maktabga kirgan paytda, o‘qituvchilar allaqachon bir guruhning a’zosi sifatida ishlashni
biladilar, boshqalar fikriga hurmat ko‘rsatishni, nizolarni hal qilishni va o‘zaro yordam
ko‘rsatishni o‘rganadilar.
2. Maktabdagi o‘qish va ta’lim jarayoniga tayyorgarlik. Bog‘cha tajribasi bolalarga
akademik faoliyat uchun zarur bo‘lgan boslang’ich ko‘nikmalarni ham berib o‘tadi. O‘yinlar
orqali rivojlanadigan kognitiv ko‘nikmalar, rasm chizish, hisoblardan foydalanish kabi
mashg‘ulotlar boshlang‘ich sinfda o‘qish jarayoniga tayyorgarlikni tashkil etadi. Ijtimoiy
muhitga moslashish uchun o‘quvchilar nafaqat jismoniy, balki imotsional va intellektual
jihatdan ham tayyor bo‘lishlari zarur.
3. Emotsional rivojlanish va o‘z-o‘zini anglash. Bog‘chada o‘tgan vaqt bolalar uchun
emotsional rivojlanishning muhim davri hisoblanadi. Bolalar o‘z hissiyotlarini tushunishga va
boshqarishga o‘rganadilar. Ular o‘zlarini guruhga qanday tutish kerakligini, boshqalar bilan
qanday aloqada bo‘lishni, o‘z hissiyotlarini ifodalshni, shuningdek, boshqa bolalarning his
tuyg‘ulariga impatiya bo‘lgan qarashni o‘rganadilar. Bu ko‘nikmalar ijtimoiy muhitga
moslashishga va kelajakda jamiyatda muvaffaqiyatli bo‘lishda katta ahamiyatga ega.
4. Oila va jamiyat o‘rtasidagi aloqalar. Bog‘chadagi tajriba, oila va maktab o‘rtasidagi
aloqalarni mustahkamlashga yordam beradi. Bolalar maktabga o‘qishga borganida, ular oilasi
va jamiyatning bir qismi sifatida sezishadi. Bog‘chada o‘tkazilgan vaqt orqali o‘quvchilar oila
bilan mahkamlikda o‘zlarining jamiyatdagi o‘rinlari va ma’suliyatlarini tushunishga
o‘rganadilar. Bu esa ularga kelajakda jamiyatda faol va muvaffaqiyatli fuqarolar bo‘lishiga
yordam beradi.
5. Kognitiv va til ko‘nikmalarining rivojlanishi. Bog‘chada o‘quvchilar turli mavzularda
suhbatlashish, yangi so‘zlarni o‘rganish va fikrlarini ifodalshda amaliy tajriba orttiradilar. Bu
esa ularning til ko‘nikmalarini rivojalntiradi va ularni maktabdagi o‘qish faoliyatiga
tayyorlaydi. Maktabga o‘tganida o‘quvchilar allaqachon o‘z fikirlarini aniq va mantiqiy tarzda
ifodalashini, boshqalar bilan samarali muloqot qilishni biladilar. Bog‘chada o‘tkazilgan
vaqtning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijtimoiy muhitga moslashuviga bevosita ta’siri bor.
O‘quvchilarning ijtimoiy ko‘nikmalari imotsional va intellektual rivojlanishi, shuningdek,
45
YANGI OʻZBEKISTON TALABALARI
AXBOROTNOMASI
www.in-academy.uz
Volume 3 Issue 04 YO’TA
oilaviy jamiyat bilan aloqalarining mustahkamlanishi bilan ularga maktabda muvaffaqiyatli
bo‘lishlari uchun zarur bo‘lgan barcha asosiy ko‘nikmalarni beradi. Bog‘chadagi tajriba
bolalarni kelajakdagi hayotga tayyorlaydi va jamiyatda o‘z o‘rinlarini egallashida muhim rol
o‘ynaydi.
XULOSA
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijtimoiy muhitga moslashishida bog‘cha tajribasining
ahamiyati haqida xulosa qilib aytish joizki, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijtimoiy muhitga
moslashuvida maktabgacha ta’limning o‘rni beqiyosdir. Bog‘cha davrida bolalar nafaqat bilim
va ko‘nikmalarning ilk poydevorini qo‘yadilar, balki eng muhimi ijtimoiy hayotning asosiy
tamoyillari bilan tanishadilar. Bu davrda ular tengdoshlari bilan o‘zaro ta’sir o‘rnatish,
muloqot qilish, hamkorlikda faoliyat olib borish, o‘z fikirlarini bildirish va boshqalarning
fikrlarini hurmat qilish kabi muhim ijtimoiy ko‘nikmalarni amalda o‘zlashtiradilar. Bog‘cha
tarbiyachilari rahbarligidagi bolalar jamoaviy o‘yinlarda ishtirok etish, turli xil rollarni
bajarish, o‘zaro yordam ko‘rsatish va hatto kichik nizolarni adolatli hal etishni o‘rganadilar.
Bu tajribalar ularning empatiya tuyg‘usini rivojlantiradi, his tuyg‘ularini tushunish va ularga
hamdard bo‘lish qobiliyatini shakllantiradi. Shuningdek bog‘chada bolalar kattalar bilan
munosabat o‘rnatish, ularning ko‘rsatmalariga rioya qilish, savollar berish va o‘z muammolari
bilan murojat qilishni o‘rganadilar. Bu esa maktabda o‘qituvchi bilan samarali muloqot qilish
va o‘quv jarayoniga muvaffaqiyatli integratsiyalashuv uchun mustahkam zamin yaratadi.
Maktabga ilk qadam qo‘ygan bola uchun yangi sinf jamoasi, yangi qoidalar va talablar
biroz qiyinlik tug‘dirishi mumkin. Aynan shu yerda bog‘cha tajribasi o‘zining muhimligini
yaqqol namoyon etadi. Bog‘chada ijtimoiy moslashuv ko‘nikmalarini egallagan bola yangi
muhitga tezroq ko‘nikadi, sinfdoshlari bilan osonroq til topishadi, jamoaviy tadbirlarda faol
ishtirok etadi va o‘zini erkinroq his qiladi. Aksincha, bog‘cha tajribasiga ega bo‘lmagan
bolalarda ijtimoiy aloqalar o‘rnatish jamoaga qo‘shilish va o‘zini tutishda muayyan
qiyinchiliklar kuzatilishi mumkin. Demak, maktabgacha ta’lim muassasalarining nafaqat
bolalarni maktabga intellektual jihatdan tayyorlash, balki ularning ijtimoiy - emotsional
rivojlanishiga ham alohida e’tibor qaratishi hayotiy zarurdir. Sifatli maktabgacha ta’lim
dasturlari, malakali tarbiyachilar va bolalar uchun yaratilgan qulay ijtimoiy muhit
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining muvaffaqiyatli moslashuvi va kelgusidagi hayotida muhim
rol o‘ynaydi. Shu bois, ota-onalar, pedagoglar va davlat organlari maktabgacha ta’lim tizimini
yanada takomillashtirish va uning imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish yo‘lida hamkorlikda
harakat qilishlari lozim. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijtimoiy muhitga moslashuvi
ularning ta’limdagi ish tajribalari ya’ni bog‘cha davrida shakllanadi. Bog‘cha bolalarida
mustaqillik, muloqot madaniyati, guruhda ishlash ko‘nikmalari hamda hissiy barqarorlikni
rivojlantirishga zamin yaratadi. Bu esa keyinchalik maktab muhitiga tezda va muvaffaqiyatli
moslashishiga yordam beradi. Shuning uchun maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarning
ijtimoiy psixologiyasi rivojiga alohida e’tibor qaratilishi ularning kelajakdagi ta’lim jarayoniga
tayyorgarligini kuchaytiradi. Demak, bog‘cha tajribasi – bu nafaqat o‘yin va parvarish, balki
hayot uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy ko‘nikmalarni shakllantiruvchi muhim bosqichdir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Sh. Sodiqova. “Maktabgacha pedagogika” – Toshkent: “Fan va texnologiya” nashriyoti, 2012-
yil, 266 bet.
46
YANGI OʻZBEKISTON TALABALARI
AXBOROTNOMASI
www.in-academy.uz
Volume 3 Issue 04 YO’TA
2. D.Sh.Nafasov, D.O.Atamuratov, X.X.Eshchanova, Z.Y.Asqarova, “Ijtimoiy Pedagogika” –
Toshkent: “Bookmany print” nashriyoti, 2023-yil, 187-188 bet.
3. Egamberdiyeva. N. M. “Ijtimoiy Pedagogika”. – Toshkent: “Alisher Navoiy nomidagi
O‘zbekiston milliy kutubxonasi” nashriyoti, 2009-yil, 187-188 bet.
4. S.X.Jalilova, S.M. Aripova. “Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi” – Toshkent:
“Faylasuflar” nashriyoti, 2017-yil, 495 bet.