Авторы

  • Begoyim Parmonova
    Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti yuridik fakulteti 1-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yota.127160

Ключевые слова:

O‘zbekiston va dunyo Konstitutsiyalari Oliy Majlis Senat va Qonunchilik palatasi Konstitutsiyaga qattiq va yumshoq tartibda o‘zgartirish tartibi ta’sis yig‘ilishi.

Аннотация

Ushbu maqola Mustaqil O‘zbekiston Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish tushunchasi,dunyo bo‘yicha Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish tartibi, dunyo tajribasida tub burilish davrida ko’pgina davlatlarda konstitutsiyaviy islohotlar amalga oshirilganligi, ushbu davirda senator va deputatlar,keng jamoatchilik, xalq bilan maslahat qilish, jahon Konstitutsiyasini o‘rganish, tahlil qilish va bizning asosiy qonunimizni takomillashtirish masalasini ham ko‘rib chiqiladi va Konstitutsiyalarga o‘zgartirish kiritish tartibining murakkabligiga qarab bo‘linishi ya’ni qattiq yoki yumshoq tartibda o‘zgartirish kiritish tartibu yoritib berilgan.


background image

93

YANGI OʻZBEKISTON TALABALARI
AXBOROTNOMASI

www.in-academy.uz

Volume 3 Issue 05 YO’TA

KONSTITUTSIYANI O‘ZGARTIRISH TARTIBI: DUNYO VA

O‘ZBEKISTON TAJRIBASI.

Parmonova Begoyim Abdivoxid qizi

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat

universiteti yuridik fakulteti

1-bosqich talabasi

Parmonovabegoyim@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15396118

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 05- May 2025 yil

Ma’qullandi: 10- May 2025 yil
Nashr qilindi: 13- May 2025 yil

Ushbu maqola Mustaqil O‘zbekiston Konstitutsiyasiga
o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish tushunchasi,dunyo
bo‘yicha Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish tartibi,
dunyo tajribasida tub burilish davrida ko’pgina
davlatlarda

konstitutsiyaviy

islohotlar

amalga

oshirilganligi, ushbu davirda senator va deputatlar,keng
jamoatchilik, xalq bilan maslahat qilish, jahon
Konstitutsiyasini o‘rganish, tahlil qilish va bizning asosiy
qonunimizni takomillashtirish masalasini ham ko‘rib
chiqiladi va Konstitutsiyalarga o‘zgartirish kiritish
tartibining murakkabligiga qarab bo‘linishi ya’ni qattiq
yoki yumshoq tartibda o‘zgartirish kiritish tartibu yoritib
berilgan.

KEY WORDS

O‘zbekiston

va

dunyo

Konstitutsiyalari, Oliy Majlis, Senat
va

Qonunchilik

palatasi,

Konstitutsiyaga qattiq va yumshoq
tartibda o‘zgartirish tartibi, ta’sis
yig‘ilishi.

Bilamizki, 2023-yil 30-aprel kuni o‘tkazilgan referendumda umumxalq ovoz berish

orqali O‘zbekiston Respublikasida yangi tahrirdagi Konsititutsiya qabul qilindi va qabul
qilishda ko‘plab taklif va fikrlar tinglandi, ushbu fikrlarni inobatga olgan holda
konstitutsiyaning 65 foizi yangilandi va 1-maydan e’tiboran kuchga kirdi.Bunga qadar 1992-
yilda qabul qilingan konstitutsiyaga jami 15 marotaba o‘zgartirish kiritilgan edi. Bu safar esa
o‘zgartirishlarning ko‘lami kattaligi sababli hujjatning yangi tahriri qabul qilindi. Yangilanish
natijasida, moddalar soni 128 tadan 155 taga, normalar soni esa 275 tadan 434 taga oshdi.
Shuningdek Konstitutsiyaning 1-moddasidagi “ O‘zbekiston – suveren demokratik respublika”
jumlasi quyidagicha o‘zgartirildi: O‘zbekiston – boshqaruvning respublika shakliga ega
bo‘lgan suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat deya e’tirof etildi. Bundan
tashqari eng katta o‘zgartirishlardan biri bu advakatura bobi qo‘shilganligi va O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining saylanadigan muddati 5 yildan 7 yilga uzaytirildi

«Yangilangan Konstitutsiya mamlakatimizning uzoq muddatli taraqqiyot strategiyalari,

umuman yurtimiz va xalqimizning ertangi farovon hayoti uchun mustahkam huquqiy asos
hamda ishonchli kafolat yaratishi lozim», — deya ta’kidlab o‘tdilar konstitutsiyaga o‘zgartirish
va qo‘shimchalar kiritish jarayonida davlatimz raxbari Shavkar Mirziyoyev.

Dunyo miqyosida esa oxirgi 30 yil ichida 100 ga yaqin davlatlarda konstitutsiyaviy

islohotlar muvaffaqiyatli amalga oshirilgan, 57 ta davlat o‘zining yangi konstitutsiyalarini
qabul qilgan.


background image

94

YANGI OʻZBEKISTON TALABALARI
AXBOROTNOMASI

www.in-academy.uz

Volume 3 Issue 05 YO’TA

Darhaqiqat, Konstitutsiya o‘zgarmas va qotib qolgan hujjat emas, u jamiyat va davlatning

o‘zgarishi oqibatida, insonlarning ehtiyojlarini qondirish maqsadida o‘zgartirib boriladi. AQSH
Mustaqillik deklaratsiyasi asoschilaridan biri Thomas Jeffersonning qiziq bir mulohazasi
diqqatimizni e'tiborga tortadi, ya'ni “Har bir avlod o‘zining oldingidan mustaqil bo‘lib o‘z
baxtini ta’minlashi uchun eng mos deb hisoblagan boshqaruv shaklini tanlash huquqiga ega.
Shu sababli, uning fikricha taxminan, har 19 yoki 20 yilda konstitutsiyalar o‘zgarishi kerak,
negaki shu vaqt orasida qariyb aholining yarim qismi yangilanadi va amaldagi konstitutsiya
uning qiziqishlarini to‘liq qamrab ololmaydi deydi”

1

.Xorijiy mamlakatlarga qaraydigan

bo’lsak, hozirgi kunda dunyo bo’yicha 500 dam ortiq konstitutsiya mavjud va ulardan 200
tasidan ko‘proq mustaqil davlarlarning kanstitutsiyasi 300 ga yaqini esa federatsiya
subyektlarining kanstitutsiyalari hisiblanadi

2

.

Dunyo mamlakatlarining hayotiy tajribasi shuni ko‘rsatadiki, konstitutsiyalar

quyidagicha qabul qilinishi mumkin:

1. Konstitutsiya davlat hokimiyatining oliy vakillik organi – parlament
tomonidan ishlab chiqiladi. Ayrim hollarda umumxalq muhokamasidan o‘tgandan so‘ng

qabul qilinadi (Misol uchun.Oz‘bekistonda Oliy Majlis tomonidan qabul qilinadi).Ushbu
normani to‘liqroq yoritadigan bo‘lsak Oz‘bekiston Respublikasining yangi tahrirdagi
Konstitutsiyasining 94-moddasi 1-bandida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini
qabul qilish, unga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Qonunchilik palatasi va Senatining birgalikdagi vakolatlariga kiradi deb qayd etilgan. Bundan
tashqari Konstitutsiyaning so‘ngi moddasi ya’ni 155-modda 1-qismida O‘zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar tegishincha O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari umumiy
sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchiligi tomonidan qabul qilingan
konstitutsiyaviy qonun yoki O‘zbekiston Respublikasining referendumi bilan kiritiladi.

2. Konstitutsiya maxsus ta’sis etilgan davlat organi tomonidan ishlab
chiqiladi va qabul qilinadi (Xitoy, Mozambik, Vetnam va Gruziyada Ta’sis yig‘ilishi

tomonidan qabul qilinadi).Referendum yo‘li bilan bevosita xalq tomonidan qabul
qilinadi(Fransiya, Rossiya, Ispaniya, Italiya, Shvetsariya va boshqa davlatlarda). Ushbu turdagi
konstitutsiya qabul qilishda Konstitutsiyani qabul qilishda maxsus taʼsis organi (masalan,
Konstitutsiyaviy Assambleya) muhim ro‘l o‘ynaydi, Huquqshunoslar, siyosatchilar va
ekspertlar ishtirokida konstitutsiya loyihasi shakllantiriladi. Turli siyosiy kuchlar, fuqarolar
jamiyati va ekspertlar fikrlari hisobga olinadi. Lekin yakuniy qaror referendum yoki
parlament tomonidan qabul qilinadi. Ushbu misollardan ham ko‘rinib turibdiki, har qanday
davlatlarda konstitutsiyaviy islohotlar amalga oshirilishi ijobiy holat hisoblanar ekan.
Tahlillar shuni ko‘rsatiyaptiki, 10 ta davlatda doimiy tarzda konstitutsiyasiga o‘zgartirish va
qo‘shimchalar kiritilib borilmoqda.Meksika, Yangi Zelandiya, Braziliya, Shveytsariya, Avstriya,
Isroil, Chili,Kolumbiya, Gruziya hamda Hindiston shular jumlasidandir

3

. Shu jumladan

O‘zbekiston tarixida ham bir nechta konstitutsiyalar qabul qilingan va ushbu konstitutsiyalar
o‘z davridagi shart-sharitlar va vaziyatlar bilan o‘lchanadi.




background image

95

YANGI OʻZBEKISTON TALABALARI
AXBOROTNOMASI

www.in-academy.uz

Volume 3 Issue 05 YO’TA

Jahon konstitutsiyaviy amaliyotida Konstitutsiyalar o‘zgartirish kiritish tartibining

murakkabligiga qarab “yumshoq” (fleksibil) va “qattiq” (rigid) konstitutsiyalarga ajratiladi.

Yumshoq konstitutsiya — oddiy qonunlar bilan bir xil tartibda yoki ularga nisbatan

biroz murakkabroq tartibda o‘zgartirilishi mumkin bo‘lgan konstitutsiyadir. Bunday
konstitutsiyalar ko‘pincha yozilmagan (an’anaviy) yoki qisman yozma shaklda namoyon
bo‘ladi.

Yumshoq konstitutsiyalar quyidagi kabi xususiyatlarga ega bo‘ladi:
1. Konstitutsiyani o‘zgartirish uchun maxsus protseduralar talab qilinmaydi, oddiy

qonun chiqarish organi (parlament) tomonidan qabul qilingan qaror yetarli.

2. Ba’zi yumshoq konstitutsiyalar (masalan, Buyuk Britaniyaniki) asosan an’analar, sud

qarorlari va qonunlar majmuasidan iborat.

3. Ijtimoiy-siyosiylar o‘zgarishi bilan konstitutsiyaviy normalar ham tez o‘zgartiriladi.
4. Oddiy qonunlar bilan konstitutsiya bir xil darajada hisoblanadi, shuning uchun ular

bir-biriga zid bo‘lishi mumkin.

Keltirilgan davlatlar qonunchiligida tahlil qilishimiz mumkin:
Buyuk Britaniya — rasmiy yozma konstitutsiyasi yo‘q, asosan an’analar, parlament

qonunlari va sudlar qarorlariga tayanadi.

Yangi Zelandiya — konstitutsiyaviy hujjatlar oddiy qonunlar bilan bir tartibda

o‘zgartiriladi.

Isroil — asosiy qonunlar oddiy ko‘pchilik bilan o‘zgartirilishi mumkin.
Qattiq konstitutsiya — o‘zgartirish uchun maxsus va murakkab tartib talab qilinadigan,

oddiy qonunlardan yuqori huquqiy kuchga ega bo‘lgan konstitutsiyadir. Bunday
konstitutsiyalar ko‘pincha to‘liq yozma shaklda bo‘ladi.

Quyidagicha xususiyatlarda namoyon bo‘ladi:
1.Konstitutsiyani o‘zgartirish uchun referendum, maxsus ko‘pchilik (2/3, 3/4) yoki

shtatlar/regionlarning roziligi talab qilinadi

Ba’zi hollarda ikki palatali parlamentning har ikkala palatasining roziligi kerak
2. Barcha qonunlar konstitutsiyaga mos kelishi shart, konstitutsiyaga zid qonunlar

konstitutsiyaviy sud tomonidan bekor qilinadi.

3.Tez-tez o‘zgartirib bo‘lmaydi, bu esa davlat tizimining barqarorligini ta’minlaydi.
4. Konstitutsiyaviy sud yoki boshqa nazorat organlari tomonidan qat’iy himoyalanadi.
Quyidagi davlatlarda konstitutsiyaviy o‘zgartirishlar tartibining namunalari keltirilgan
-AQSh Konstitutsiyasi — o‘zgartirishlar uchun Kongressning 2/3 qismi va shtatlarning

3/4 qismi roziligi talab qilinadi.

- Germaniya — Bundestag va Bundesratning 2/3 qismi konstitutsiyani o‘zgartirishi

mumkin.

- Hindiston — Ba’zi moddalarni o‘zgartirish uchun parlamentning maxsus ko‘pchiligi va

shtatlarning yarmining roziligi kerak.

- O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi — o‘zgartirishlar referendum yoki Oliy

Majlisning 2/3 qismi ovoz bilan qabul qilinadi (masalan, 2023-yilgi konstitutsiyaviy islohotlar
referendum orqali tasdiqlangan).

Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish murakkab jarayon bo‘lib, mazkur jarayonni tartibga

solish qo‘shimcha qonunlarga murojaat etishni taqozo etadi. Masalan, Konstitutsiyaga
referendum yo‘li bilan o‘zgartirish kiritish uchun “O‘zbekiston Respublikasining referendumi


background image

96

YANGI OʻZBEKISTON TALABALARI
AXBOROTNOMASI

www.in-academy.uz

Volume 3 Issue 05 YO’TA

to‘g‘risida”gi

4

Qonun talablaridan kelib chiqish lozim. Mazkur Qonunning 1-moddasiga

ko‘ra,O‘zbekiston Respublikasining referendumi O‘zbekiston Respublikasining qonunlarini va
boshqa qarorlarni qabul qilish maqsadlarida jamiyat va davlat hayotining eng muhim
masalalari yuzasidan fuqarolarning umumxalq ovoz berishidir. Bu Qonunga binoan,
referendumga qo‘yiladigan masala davlat va jamiyat hayotining eng muhim masalalaridan
sanalishi bilan bir qatorda ayrim masalalarga daxldor bo‘lmasligi lozim, ya’ni qonunning 2-
moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasining hududiy yaxlitligini o‘zgartirish, O‘zbekiston
Respublikasi Davlat budjeti va soliqlar, amnistiya va avf etish, jamoat tartibini, aholi sog‘lig‘i
va xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha favqulodda va shoshilinch choratadbirlar o‘tkazish,
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlarni
bajarish, mansabdor shaxslarni tayinlash va vazifasidan ozod etish masalalari referendum
predmeti bo‘lishi mumkin emas.

Demak, yuqoridagilar referendum predmeti bo‘lmagani kabi, Konstitutsiyadagi bunga

taalluqli masalalarga referendum yo‘li bilan o‘zgartirish kiritish ham mumkin bo‘lmaydi.
Referendum o‘tkazilgach, qabul qilingan qaror Markaziy saylov komissiyasi tomonidan e’lon
qilinib va respublikaning butun hududi bo’yicha umum majburiy tusga kiradi.

Xulosa qilib aytadigan bo’lsak butun dunyo bo’yicha ma’lum bir vaqt orasida davlatlar

o’z konstitutsiyasiga qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritib turadi, chunki ijtimoiy , siyosiy,
iqtisodiy va huquqiy sharoitlarning o’zgarishi davlatlarning yangi qonunlar va me’yorlar
ishlab chiqishga majbur qiladi. Bunga fuqarolarning huquqlarini kengaytirish va hokimiyat
tizimini takomillashtirishni sabablardan biri qilib olsak bo’ladi. Shu sababli ham O‘zbekiston
konstitutsiyasiga tez-tez o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi. Ammo dunyoda shunday
mamlakat borki 1947-yildan buyon konstitutsiyaga o‘zgartirish kirtilmagan, ushbu mamlakat
esa Yaponiya. Lekun bu mamlakatda konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish taqiqlangan degani
emas. Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish tashabbusi Yaponiya parlamenti (National Diet)
tomonidan ilgari suriladi. National Diet ikki palatadan iborat: Vakillar palatasi (quyi palata) va
Kengashchilar palatasi (yuqori palata)dan iborat bo‘lib. Konstitutsiyaviy o‘zgartirish taklifi
har ikki palatada uchdan ikki (2/3) ko‘pchilik ovoz bilan ma’qullanishi shart. Bu juda yuqori
ko‘rsatkich bo‘lib, amalda siyosiy partiyalar orasida keng kelishuvni talab qiladi. Har ikki
palatada tasdiqlanganidan so‘ng, o‘zgartirish umumxalq referendumiga qo‘yiladi.
Referendumda oddiy ko‘pchilik (ya’ni, ovoz berganlarning 50%+1) ma’qullasa, o‘zgartirish
kuchga kiradi.Ushbu jihatlari bo‘yicha Yaponiya tizimi O‘zbekiston tizimiga o‘xshab ketadi.
Ammo shu paytgacha Yaponiyada parlamentning bir biri bilan murosaga kela olmaganligi
yoki referendumda yetarli ovoz to‘planmaganligi sababli haligacha konstitutsiyaga
o‘zgartirishlar kiritilmagan.To‘g‘ri bu tizim konstitutsiyani barqaror saqlashga xizmat qiladi,
lekin ayni paytda uni zamonaviy ehtiyojlarga moslashtirishni qiyinlashtiradi. Mening
fikrimcha yuqorida aytib o‘tilgan jihatlar Yaponiyaning rivojlanishiga va fuqarolarining
erkinlklarini poymol qilishga qisman hissa qo‘shadi. O‘zbekistonda esa, aksincha,
konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish tartibi nisbatan moslashuvchanroq bo‘lib, ijtimoiy-siyosiy
hayotdagi o‘zgarishlarga tezkor javob qaytarishga imkon beradi. Shu jihatlar bo‘yicha
O‘zbekiston dunyo davlatlarining davlatni boshqarishda yuritadigan siyosatining ba’zi bir
xususiyatlari bo‘yicha yuqori pog‘onalarda turadi. Bundan tashqari o‘z fuqarolarining
iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy huquqlarini amalga oshirish va hozirgi zamonga hos ehtiyojlarini


background image

97

YANGI OʻZBEKISTON TALABALARI
AXBOROTNOMASI

www.in-academy.uz

Volume 3 Issue 05 YO’TA

qondirishga xizmat qiladi. Ammo bu degani komstitutsiyaga tez tez o‘zgartirish kiritish ijobiy
holat degani ham emas, bunung ham ba’zi bir salbiy jihatlari ham bor, bularga misol qilb
aytadigan bo‘lsak, birinchidan, huquqiy barqarorlikning buzilishi: Konstitutsiya – davlatning
asosiy qonuni. Uni tez-tez oʻzgartirish yurtdagi huquqiy tizimning barqarorligini buzadi va
davlat institutlariga boʻlgan ishonchni kamaytiradi. Ikknchidan, qonun ustuvorligiga putur
yetadi: Konstitutsiya doimiy oʻzgarib tursa, boshqa qonunlar ham tez-tez yangilanadi. Bu esa
yuridik tizimni noaniq va murakkab holga keltiradi. Vanihoyat eng so‘ngsi va eng muhimu bu
xalq ishonchini yoʻqotadi: Konstitutsiya koʻp oʻzgartirilsa, aholi uni jiddiy qabul qilmay
qoʻyadi. Bu esa siyosiy befarqlik, norozilik va ishonchsizlikni kuchaytiradi. Shu sababli,
mening o’ylashimcha har kki tomonni muvozanatda tutish kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ,2023-yil 30-aprel

2.

“O‘zbekiston Respublikadi referendum togrisida”gi qonun 14.03.2022.

3.

O.T.Husanov. Konstitutsiyaviy huquq darslik, 2013-yil Toshkent ‘’Adolat’’ nashriyoti .

4.

.O.T.Husanov. Konstitutsiyaviy huquq darslik, 2024-yil Toshkent “Adolar’nashriyoti.

5.

. https://www.wekipedia.org

6.

https://www.lex.uz

Библиографические ссылки

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ,2023-yil 30-aprel

“O‘zbekiston Respublikadi referendum togrisida”gi qonun 14.03.2022.

O.T.Husanov. Konstitutsiyaviy huquq darslik, 2013-yil Toshkent ‘’Adolat’’ nashriyoti .

.O.T.Husanov. Konstitutsiyaviy huquq darslik, 2024-yil Toshkent “Adolar’nashriyoti.