111
YANGI OʻZBEKISTON TALABALARI
AXBOROTNOMASI SJIF: 5.209
www.in-academy.uz
3-JILD, 6-SON YO’TA
RUSTAM MIRVOHID G‘AZALLARIDA PEYZAJ POETIKAS
Xoshimova Osiyo Xikmatilla qizi
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti
universitetining 1-kurs tayanch doktoranti.
Osiyoxoshimova1999@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15771240
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 25-Iyun 2025 yil
Ma’qullandi: 28-Iyun 2025 yil
Nashr qilindi: 30-Iyun 2025 yil
Ushbu maqolada shoir Rustam Mirvohid g‘azallaridagi
badiiy san’atlar orqali peyzaj ifodasi va uning lirik
qahramon ruhiyatini ochib berishdagi o‘rni tahlil
qilinadi.
KEY WORDS
peyzaj, poetika, g‘azal, badiiy
san’atlar, lirik qahramon.
Badiiy asarlarda, ayniqsa, lirikada peyzaj ifodasi yaqqol namoyon bo‘ladi. Zero, she’rda
tasvirlanayotgan har bir obraz, his-tuyg‘ular badiiy san’atlar vositasida ifodalanadi. Bu esa
tabiat tasvirining poetik omillar bilan nechog‘li aloqador ekanligini ko‘rsatadi.
Adabiyot ilmida asarlarning badiiy mukammalligini belgilab beruvchi va ko‘rsatuvchi
qator badiiy estetik mezonlar mavjud. Shulardan biri an’anaviy badiiy tasviriy vositalar
hisoblanadi. Badiiyat ilmida “Badiiy san’atlar”, “She’riy san’atlar” istilohi bilan ataluvchi badiiy
tasviriy vositalar she’riy matnda muayyan poetik vazifani bajaradi. Shuning uchun ham
mumtoz adabiyot vakillari bu masalaga alohida e’tibor bilan qaraganlar.
1
Bugungi she’riyat ilmi ham badiiy san’atlar tahliliga teran nigoh bilan yondashadi.
Ayniqsa, aruz vaznini davom ettirayotgan shoirlar ijodini o‘rganishda badiiy san’atlardan
qanchalik mahorat bilan foydalanganiga vashu orqali tabiat tasvirini neqadar chiza olganiga
alohida urg‘u berish lozim. Ma’lumki, Xx asr g‘azalnavislari ham o‘z g‘azallarida she’riy
san’atlardan unumli foydalanganlar. Xususan, iste’dodli shoir Erkin Vohidov o‘z g‘azallarida
she’r san’atlarini mahorat bilan qo‘llagan. Rustam Mirvohid ham ustozi singari g‘azallarining
jozibasini va badiiyatini hamda tasvirlanayotgan manzaraning mukammal bo‘lishini muhim,
deb hisoblaydi. Buning dalilini shoir g‘azallaridagi she’riy san’atlar va ularning peyzajni
ifodalashdagi o‘rnini o‘rganish orqali ko‘rib o‘tamiz.
Peyzaj (fr. Paysage – joy, yurt) adabiy asarda yaratiluvchi badiiy voqelikning muhim
komponenti, voqealar kechuvchi ochiq makon (yopiq makon – interer) tasviri. An’anaga ko‘ra,
peyzaj deyilganda tabiat tasviri tushuniladi. Lekin bu xil tushunish birmuncha torroq. Chunki
peyzaj nafaqat tabiatni (agar bu so‘z o‘zagida birlamchi tabiat tushunilsa), balki u bilan birga
inson tomonidan yaratilgan narsalar tasvirini ham ko‘zda tutadi.
2
Rustam Mirvohidning “Eshit, ey yor, dilim sozi” misrasi bilan boshlanuvchi g‘azalining
matla’si lafziy san’atlardan bo‘lgan zulqofiyataynga asoslanadi. “Zulqofiyatayn” arabcha “ikki
qofiyalik”. Bayt misralarida ikki so‘zni qofiyadosh qilib keltirishga asoslangan badiiy san’at
1
B.Fayzulloyev. “O‘zbek she’riyatida tatabbu tarixi va mahorat masalalari” filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini
olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya 83 b.
2
D.Quronov, Z.Mamajonov, M.Sheraliyeva. “Adabiyotshunoslik lug‘ati” T: Akadem nashr 2013 yil, 220 221 b.
112
YANGI OʻZBEKISTON TALABALARI
AXBOROTNOMASI SJIF: 5.209
www.in-academy.uz
3-JILD, 6-SON YO’TA
bo‘lib, baytda asosiy qofiyadan tashqari yana bir so‘z o‘zaro qofiyalanadi:
3
“Eshit, ey yor, dilim
sozi chaman bo‘ylab jaranglaydur, qo‘shildi bulbul ovozi hamohanglikda yangraydur”.
4
Baytdagi “Sozi”, “Ovozi”, “Jaranglaydur”, “Yangraydur” so‘zlari o‘zaro qofiyalangan. Qofiyalar
misralarning turli joyida kelgani uchun mahjub qofiya hisoblanadi. Bu yerda “Chaman” va
“Bulbul” so‘zlari tabiat tasvirini lirik qahramon ruhiyati bilan bog‘liq holda ifodalamoqda.
Chunki peyzaj tasviri personaj ruhiyatini ochiq-oydin ifodalovchi muhim vosita bo‘lgani holda
bu yerda oshiqning tabiat manzarasiga boshqa odamlarga nisbatan o‘zgacha rakurs bilan
boqishini ko‘rsatmoqda.
Shoirning “Ishq” radifli g‘azalining ikkinchi baytida rad- qaytarishga asoslangan Rad ul-
aruz ilal ibtido yoki tasbidan foydalanilgan. Ya’ni, baytning birinchi misrasi oxirida kelgan so‘z
keyingi misrani boshlab beradi: “Tushdiyu savdosi, ko‘zga zarrani goh koinot, koinotni zarra
yanglig‘ goho tasvir etdi ishq”. Baytda keltirilgan “Koinot”, va “Zarra” so‘zlari orqali tabiatdagi
ikkita paradoks omil ifodalanmoqda. Bu yerda ham peyzaj tasviri lirik qahramonning ruhiy
holatini ochib berishga xizmat qilmoqda.
“Rad ul-matla’” arabcha “matla’ning takrorlanishi” san’ati shoirning “Bormoqdadir”,
“Qarshimiz”, “Boq”, “Kerak”, “Ayni dam” radifli g‘azallarida kelgan:
1. “Ruh qamishdir puflading, ul naylanib bormoqdadir, dil uzumdir ezding, ul ham
maylanib bormoqdadir. Rustamingdek hajr o‘tida nola chekmay naylasin? Ruh qamishdir
puflading, ul naylanib bormoqdadir.
2. “Bizga dushman ne kerak, o‘z-o‘zimizga qarshimiz, chap berib vijdonga, bergan
so‘zimizga qarshimiz. Boq, hamon, Rustam, chayonlar bor ekan mehrob aro, bizga dushman
ne kerak
o‘z-o‘zimizga qarshimiz”.
3. “Ruh arsloni uza barq aylagan sham’simga boq yo ziloli she’r ichinda shernamo
aksimga boq. Rustamo, qo‘y telba dilni, ko‘zni yum, aylab xayol: ruh arsloni uza barq aylagan
sham’simga boq”.
4. “Bizga elning qadru qaddin tiklaguvchi shaxs kerak, bul sifat shaxslar ichinda haqqa
eltar bahs kerak. Sajdada Rustam ona yerning qulog‘iga degay: bizga elning qadru qaddin
tiklaguvchi shaxs kerak”.
5. “Keldi umring yozi, shoir, yoz g‘azallar ayni dam, kim senga ruhiy g‘izodur soz
g‘azallar ayni dam. Yaxshi niyat- yorti mol, lek “qish”da xo‘b “qishlay” desang, keldi umring
yozi, Rustam, yoz g‘azallar ayni dam”.
Keltirilgan baytlardan ma’lum bo‘ldiki, Rad ul-matla’ san’atini shoir, asosan, maqta’da
qo‘llagan. Yuqoridagi birinchi misolda “Qamish”, “Uzum” kabi nabodot, ikkinchi va uchinchi
misollarda esa “Chayon”, “Sher”, “Arslon” singari hayvonot nomlari va”Shams” tabiat omili,
to‘rtinchi misolda esa “Ona yer” makon nomi hamda beshinchi misolda “Yoz”, “Qish” kabi
fasllar obrazli tasvirlangan.
Rad ul-qofiya san’ati Rustam Mirvohidning “Kecha” va “Qilsam” radifli g‘azallarining
maqta’sida qo‘llanilgan. Misollar: 1. “Mehr-u mohim, sayr etaylik, ayni dam oydin kecha, ming
shukurkim, seni topdim necha qir loydin kecha. Rustaming qo‘lida gul-la necha ming oydin
beri eshiging poylar seni chiq, ayni dam oydin kecha”.
2. “Dilu jonim ila jono, senga migratsiya qilsam, ko‘chib bu nav hama ushshoq aro
sensatsiya qilsam. Bu foniy dunyadan dorul baqoga o‘tmayin bir kun qabul et Rustaming birla
senga migratsiya qilsam”. Keltirilgan Birinchi misolda “Mehr” va “Moh” kabi tabiat omili
o‘xshatish vositasida go‘zal qizga murojaat tarzida ifodalangan. “Qir”, “Loy” jamodot, “Gul”
3
D.Yusupova. “Aruz vazni qoidalari va mumtoz poetika asoslari” o‘quv qo‘llanma “Ta’lim media” nashriyoti T: 2019yil,
177 b.
Izoh: Tahlilda keltiriladigan asosiy badiiy san’atlar shu kitobdan olindi. Shuning uchun keyingi o‘rinlarda havola
berilmaydi.
4
R.Mirvohid. “Seningdirman” “Adabiyot nashriyoti T: 2023 yil, 77 b.
Izoh: quyida tahlilga tortiladigan g‘azallar ushbu kitobdan olindi.
113
YANGI OʻZBEKISTON TALABALARI
AXBOROTNOMASI SJIF: 5.209
www.in-academy.uz
3-JILD, 6-SON YO’TA
nabodot” va “Oydin kecha” zamon kabi peyzaj omillari keltirilgan. Ikkinchi misolda esa “Foniy
dunyo”, “Dorul baqo” so‘zlari orqali makonga ishora qilingan.
Nido. Nido boshqa she’riy san’atlardan bevosita inson qalbidagi his va hayajonlarni
ochiq va kuchli tasvirlab bera olish imkoniyati bilan ajralib turadi. Insonning ichki tuyg‘ulari
po‘rtana misoli junbushga kelganida lirik qahramon olamdagi har qanday hodisa-narsalarga,
tabiatdagi istalgan narsaga o‘zining qalbiga, suhbatdoshiga murojaat etishi mumkin.
5
Rustam
Mirvohidning “Harir” radifli g‘azalining birinchi baytida: “Ey Latif tal’atli xilqat, o‘ylasam
o‘ying harir, sho‘x sabo kaftida har yon tarqagan bo‘ying harir”. Baytda “Sho‘x sabo” birikmasi
orqali shamol tabiat hodisasi harakatlanishi jihatidan obrazli tasvirlanmoqda.
Ma’naviy san’atlardan “tashbeh” arabcha “o‘xshatish” san’ati mumtoz she’riyatda ham
zamonaviy she’riyatda ham keng qo‘llaniladigan san’at hisoblanadi. Shuning uchun ham bu
san’atga she’rshunos olimlar alohida e’tibor bilan qaraganlar. Tashbeh san’atini hosil qiluvchi
to‘rt unsur ishtirok etgan o‘xshatish tashbehi mufassal shoirning ko‘plab g‘azallarida
uchraydi.
1. ”Hidoyat nuri” g‘azalining ikkinchi baytida: “Deydi el yurganni- daryo, yurmaganni-
bo‘riyo, qaysi ko‘lmak misli daryo mavj urib yayrab oqur?”.
2. “Eshit, ey yor” misrasi bilan boshlanuvchi g‘azalning uchinchi baytida tashbehning
ushbu turiga ikkita misol keltirilgan: “Bahor abri kabi to‘kdim ko‘zimdan jolalar cheksiz,
po‘latdek toqatim hatto aning ostida zanglaydur”.
3. “Xazon” radifli g‘azalining birinchi va to‘rtinchi baytlarida ham tashbehi mufassaldan
foydalanilgan: “Ol yuzing hajrida menday sarg‘arib ketdi xazon, so‘ng sabo kiftida vasling
axtarib ketdi xazon. O‘tdi yil, oy, kun shitob-la chiqmading bir oqibat, voh, qariyb yuz yoshli
kasday oh qarib ketdi xazon.
Birinchi baytda “Daryo”, “Ko‘lmak” kabi tabiat omillari qiyosiy shaklda ifodalangan.
Ikkinchi baytda esa “Bahor abri” birikmasi orqali lirik qahramon holati tasvirlangan. Uchinchi
baytda shoir xazonning rang tasviri orqali g‘azal mohiyatini ochib bergan. She’rning o‘zida
rangni ifodalamoq uchun shoir she’rdagi lirik kechinmaga ayni o‘sha rangni qamab qo‘ymog‘I
zarur. Shundagina bu kechinma va uning ichiga qamalgan rangni o‘quvchi ham ko‘rib, ilg‘ay
oladi.
6
Shuningdek, baytdagi “Yil’, “Oy”, “Kun” so‘zlari zamonga dalolat qilmoqda.
“Tashxis” arabcha “shaxslantirish, jonlantirish” degan ma’noni bildiradi. Rustam
Mirvohidning “Nigor” radifli g‘azalining to‘rtinchi baytida: “Bog‘da bulbul birla qumri oh
urarlar basma-bas, chunki, dardimni toboro avj ketib ketding, nigor”. Baytdagi “Bulbul” va
“Qumri” kabi qushlar jonlantirilishi oqibatida peyzaj poetikasi hosil qilingan.
Lirik kechinma har bir ijodkor asarida turlicha akslansa-da, uni hosil qiluvchi vositalar
ma’lum bir umumiylikka ega. Poetik obraz, ohang, ritm, peyzaj, o‘y-xayol, vazn kabilar lirik
kechinmani hosil qiluvchi vositalar sirasiga kiradi.
7
Qo‘shimcha sifatida aytish mumkinki,
badiiy san’atlar ham sanab o‘tilgan vositalar qatoriga mansub. Buning misolini yuqorida
Rustam Mirvohid g‘azallaridagi ayrim badiiy san’atlar tahlili orqali ko‘rib o‘tdik.
Xulosa qilib aytganda Rustam Mirvohid g‘azallaridagi badiiy san’atlar nozik did va
peyzaj tasviri bilan uyg‘un holda qo‘llanilgan. Bu esa shoir she’riyatidagi peyzaj poetikasini
yaqqol namoyon etgan.
5
N.Rasulov. “She’r san’atlari” 6 b.
6
G.Xudoyorova. “Abdulla Oripov she’riyatida lirik kechinma va poetik tasvir uyg‘unligi (Xorij safarlaridagi asarlari
misolida)” filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati T: 2022 yil, 13 b.
7
G.Bobobekova. “Zamonaviy o‘zbek she’riyatida lirik kechinma ifodasi” BMI G: 2015.