Авторы

  • Muxlisa Xaytboyeva
    Urganch davlat universiteti Filologiya va san’at fakulteti 3-kurs talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yota.127187

Ключевые слова:

dialektizm leksema izoh o‘zlashma qatlam so‘z.

Аннотация

Ushbu maqolada Shuhrat Matkarim ijodidagi dialektizmlarni keng qamrovli jihatdan o‘rganish asosiy o‘rganish obyekti sifatida belgilab olindi. Shuhrat Matkarim badiiy asarlari tilida qo‘llanilgan dialektizmlar tahlil qilindi. Dialektizmlarning adabiy til va badiiy asarlardagi o‘rni haqida mulohazalar yuritildi


background image

100

YANGI OʻZBEKISTON TALABALARI
AXBOROTNOMASI SJIF: 5.209

www.in-academy.uz

3-JILD, 6-SON YO’TA

SHUHRAT MATKARIM IJODIDA DIALEKTIZMLAR

Xaytboyeva Muxlisa Muxtor qizi

Urganch davlat universiteti

Filologiya va san’at fakulteti 3-kurs talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15751775

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 20-Iyun 2025 yil

Ma’qullandi: 24-Iyun 2025 yil
Nashr qilindi: 27-Iyun 2025 yil

Ushbu

maqolada

Shuhrat

Matkarim

ijodidagi

dialektizmlarni keng qamrovli jihatdan o‘rganish asosiy
o‘rganish obyekti sifatida belgilab olindi. Shuhrat
Matkarim

badiiy

asarlari

tilida

qo‘llanilgan

dialektizmlar tahlil qilindi. Dialektizmlarning adabiy til
va badiiy asarlardagi o‘rni haqida mulohazalar yuritildi.

KEY WORDS

dialektizm,

leksema,

izoh,

o‘zlashma qatlam, so‘z.

Shuhrat Matkarim xususida so‘z ketar ekan, beixtiyor uni bugungi Xorazm ahli uchun

qadrli va qalami o‘tkir ijodkor sifatida suyukli ekanligini ta'kidlagimiz keladi. Shuhrat
Matkarim nafaqat taniqli yozuvchi, mahoratli jurnalist, mohir tarjimon shu bilan birga har bir
hikoyasi tarixni, milliylikni, qadriyatlar va insonlarni ulug‘lovchi hamda fidoiy inson hamdir.
Xorazm adabiy muhitida Shuhrat Matkarim nomi va ijodining alohida, beqiyos o‘rni borligi,
yaratgan asarlarining barcha qalblarga birdek yoqishi va asarlari nafaqat vohada, balki butun
adabiyot ixlosmandlari orasida birdek qadrlanishi bejiz emas, albatta. Xususan, adibni “Ustoz
haqida so‘z” nomli yana bir Xorazmning buyuk ijodkori Matnazar Abdulhakim haqidagi essesi
orqali ham yaxshi taniymiz. Aynan mana shu esseda Shuhrat Matkarim mahorati yaqqol
ko‘zga tashlanadi. Bundan tashqari kun shunday boshlanadi" hikoyalar va esse to‘plami, rus
yozuvchisi Vasiliy Shukshinning “Olis ufqlar ortida” nomli hikoyalar to‘plamidan qilgan
tarjimalari ham yozuvchining bugungi adabiy jarayonda o‘z so‘zi va o‘z ovoziga ega bo‘lgan
ijodkorligini namoyon etadi.

O‘zbek adabiyotida Oshiq Erkin, Matnazar Abdulhakim, Omon Matjon, Tog‘ay Murod

kabi ko‘plab taniqli va qalami o‘tkir ijodkorlar o‘z asarlarida shevaga xos so‘zlarni qo‘llash
orqali asarning ta’sirchanligini yanada oshirgan. Shu qatorda o‘z ustozlarining yo‘lidan
borayotgan yozuvchilardan biri bu Shuhrat Matkarimdir. Uning asarlarida inson tuyg‘ularini
shu qadar sof tasvirlaydiki, o‘quvchi o‘sha asar ichida yashay boshlaydi. Bunga sabab uning
asarlarida dialektizmlardan to‘g‘ri va unumli foydalana bilganligida desak mubolag‘a
bo‘lmaydi. Bilamizki, har bir narsada me’yor bo‘lishi muvozanatni ushlab turuvchi bosh omil
hisoblanadi. Asarda dialektizmlarni haddan tashqari ko‘p qo‘llash ma’lum hudud aholisigina
tushunarli bo‘lib, boshqa hudud o‘quvchilariga erish tuyulishi va asarning ommabop
bo‘lmasligini keltirib chiqaradi. Shuhrat Matkarim esa aynan mana so‘zlarni me’yorida
qo‘llaydigan ijodkordir.

Dialektizmlar – adabiy tildagi dialektlarning o‘ziga xos xududiy unsurlari sanaladi va

tilshunoslikning barcha sohalari (fonetika, leksikologiya, morfologiya, sintaksis va boshqalar)
ga taalluqlidir. Badiiy ijodda dialektizmlardan narsa, voqea va hodisaga mahalliy urg‘u berish


background image

101

YANGI OʻZBEKISTON TALABALARI
AXBOROTNOMASI SJIF: 5.209

www.in-academy.uz

3-JILD, 6-SON YO’TA

maqsadida qo‘llaniladi, bundan tashqari personaj nutqini individuallashtirish uchun
foydalanadi

1

. Yuqoridagi ushbu fikrlarni tahlil qiladigan bo‘lsak, haqiqatan ham asar tili

makon va zamonni ifodalashda bosh rol vazifasida keladi. Biror hudud va zamon tilini ifodasi
bu asarning yutug‘i yoki kamchiligi hisoblanadi. Aynan Shuhrat Matkarimda mana shu jihat
to‘laqonli shakllangan. Uning hikoyalari va qissalarida dialektizm ko‘plab o‘rinlarda uchraydi
va ushbu so‘zlar asar mazmuniga, shakliga shu qadar singdirib yuborilganki, yozuvchi
mahoratiga qoyil qolsa arziydi.

Shuhrat Matkarim hikoyalari boshqa ijodkorlarnikidan dialoglar orqali ifodalanishi bilan

ham tubdan farq qiladi. Ushbu o‘rinda biz yozuvchi uslubini Tog‘ay Murod uslubiga qiyoslasak
bo‘ladi. Chunki har ikkala ijodkorda ham dialoglarda ko‘plab sheva elementlari qo‘llaniladi va
aynan mana shu jihatdan ham ularning asarlari tili o‘quvchiga erish tuyulmaydi.

Ushbu o‘rinda biz “Ota” hikoyasida qo‘llanilgan dialektizmlarni ko‘rib chiqsak.

Hikoyadagi so‘zlar inson qalbini jumbushga keltirishi, hikoyaning mazmun jihatidan ham juda
ta’sirli bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Hikoyaning kirish qismidagi “cholvor” so‘ziga e’tibor qaratsak,
ushbu so‘z erkaklar kiyimi ifodalab, u yoz oyida kiyiladigan yupqa matodan qilingan shim
hisoblanadi. Xaltaning turiga nisbatan “shpagat xalta”, oyoq kiyimga nisbatan esa “kirzovoy
botinka” jumlalari qo‘llanilgan. Hikoyada asar qahramonlarining o‘zaro dialoglarida
dialektizm yaqqol seziladi.

– Usta Shavkat qaytish bo‘libdi.
– Shavkat? Ne gap bo‘libdi?
– Bilmasam. Oqsham kechqurun soat yettida chiqarishibdi.
– Janozaga aytilmadi-ku? O‘sha-o‘shandan ham eshitmadik...
– Oqsham do‘kongga kelgan uli ham shunday dedi.
– Uli?! Nechuk xabarsiz qolibmiz?
– Boshqa yerda, kasalmand enasining yonida bo‘lib yurgan akan.

2

Yuqorida keltirilgan dialoglarning har birida sheva so‘zlari qo‘llanilganligining guvohi

bo‘lamiz. “Qaytish bo‘libdi” jumlasi Xorazm hududida har ikkala qipchoq hamda o‘g‘uz
lahjalarida birdek “olamdan o‘tibdi, qazo qilibdi” ma’nolarini ifodalaydi. Bilamizki, Xorazm
shevasining yaqqol ko‘zga tashlanadigan jihati, faqatgina Xorazm dialektiga xos bir sifatini
ifodalaydigan “nima”so‘zining “ne” tarzida qo‘llanishidir. Yuqoridagi “Ne gap bo‘libdi?” jumlasi
“nima gap bo‘libdi” yanayam to‘g‘rirog‘i “nima qilibdi” singari ma’nolarni ifodalaydi. Aynan
mana shunday so‘rash birliklari dialektizmning mahorat bilan qo‘llanilganligini ko‘rsatib
beradi. “Oqsham” so‘zi ham adabiy tildagi singari kechki payt ma’nosida emas, balki “kecha”
ma'nosida qo‘llanilgan. Xorazm shevasida “kecha” o‘rnida “oqshom” so‘zi qo‘llanilishi tabiiy
holdir. E’tiborimizni tortadigan jihat “o‘ba-qo‘shni” juft so‘zi, ya’ni Xorazm dialektizmida
“o‘ba-qo‘shni” emas “qo‘ng‘shi-o‘ba” shaklida ham ishlatilish holatlari ko‘proq uchraydi.
Ushbu so‘z qo‘ni-qo‘shni ma’nosini bildiradi. Nafaqat o‘g‘uz lahjasida balki qipchoq lahjasida
ham o‘g‘ilga nisbatan “ul” onaga nisbatan esa “ena” birliklari qoʻllaniladi. Hududiy jihatdan
o‘g‘uz lahjasida ham “ena” so‘zi Xorazmning janubi-g‘arbiy qismida ishlatiladi. “Ul” so‘zidan
esa shimoliy-sharqiy va g‘arbiy hududning ma’lum aholisi foydalanadi. Hikoyada yana “piyon
bo‘lib yotgan chiqar”, “kayfi taroq”, “ishli-ishiga ketaveribdi”, “ichi uvushdi”, “xarajat qilar”

1

O‘zME, Birinchi jild. Toshkent,2000.

2

Шуҳрат М. Кун шундай бошланади.- Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги нашриёт-матбаа ижодий уйи, 2017. -

66-67 б.


background image

102

YANGI OʻZBEKISTON TALABALARI
AXBOROTNOMASI SJIF: 5.209

www.in-academy.uz

3-JILD, 6-SON YO’TA

kabi ibora va so‘z birikmalari hamda otaga nisbatan “aka” so‘zi, nabiraga nisbatan esa “oqtiq”
so‘zlari qoʻllanilgan.

Asarning xalqchilligini ta’minlashda xalq tilining turfa vositalari, xususan, sheva so‘zlari

ham alohida o‘rin tutadi. Shuhrat Matkarimning yana bir qalbga lig‘lik bag‘ishlovchi
asarlaridan biri bo‘lmish “So‘nggi olma” hikoyasida ham dialektizmdan unumli foydalangan.
Kuzning oxirgi kunlarini ya'ni kuz tugay deb qolganligini muallif shevaga xos bo‘lgan “kuz
oyoqlab qolibdi” jumlasi bilan ifodalaydi. Bu tarzdagi ta’rif hududning yoshi katta insonlari
tomonidan ishlatilishi va hikoya qahramonlari ham kampir va chol ekanligi, ularning nutqini
esa ishonarli tarzda ifodalab berishi yozuvchi mahoratining yaqqol namunasidir. “Dim sinchi-
da bu kampir!” jumlasidagi “sinchi” so‘zini muallif “sinovchan” ma’nosida qo‘llaydi. O‘zbek
tilining izohli lug‘atida quyidagicha keladi: sinchi – (folk.) otarning zotini, naslini, yoshini, fe’l-
atvorini yaxshi biladigan odam. Otning tilini Yo‘ldosh novchaday biladigan sinchi yo‘qligiga
iqror bo‘lsa-da, biror marta nomini o‘zgaga olmagan edi. “Alpomish”

3

. Yuqoridagi izohlardan

kelib chiqib qadim turk tili elementlari Xorazm shevasida saqlanib qolganligini ko‘rishimiz
mumkin. “Shu kunlarda el-kundan tortinmasa, ertagi kim bo‘ladi bular?” gapi “hozirdan eldan,
odamlardan uyalishmasa, vaqt o‘tgach kim bo‘ladi bular?” ma’nosini ifodalaydi. Yana muallif
sheva elementlarini juda ixcham tarzda cholning nutqida qo‘llaydi. “Hov, to‘xta, xo‘x-x... Anavi
olmami? Hova, olma! Qiziq” – aynan mana shu o‘rinda Xorazm dialektizmi yaqqol ko‘rinadi.
Hikoyada bittasi so‘zi o‘rnida “birisi”, qayerdan bilay o‘rnida “nevlay” so‘zlari qo‘llanilgan.
Shaxs oti hisoblangan “buva” so‘zi chol so‘zi bilan ma'nodosh hisoblansa, narsa oti bo‘lgan
“yaloq”so‘zi itga ovqat beradigan idish ma'nosini ifodalaydi. “Qisinaverma” – azoblanavеrma,
“jilpanglandi” – suykaldı kabi fe’llar, “qatoridan qolib ketgan... narsa yoqimsiz ko‘rinadi”
singari ibora qo‘llanilgan. Ushbu hikoyada dialektizmlar deyarli har ikkita gapning birida
qo‘llanilgan bo‘lsada, hikoyaning o‘qishliligiga va mazmun, shakl jihatilariga putur
yetkazmagan.

Yozuvchi o‘z his tuyg‘ularini ifodalashda, qahramonlari yashagan muhit hamda ularning

nutqini o‘ziga xosligini ko‘rsatib berishda shevaga xos so‘zlardan, ya'ni dialektizmlardan
foydalanishini Shuhrat Matkarimning Yo‘ldosh Eshmurodga bag‘ishlangan “Gapirishga
qo‘rqadigan odam” hikoyasi misolida ko‘rishimiz mumkin. Ushbu hikoyada avvalo, ibora va
o‘xshatishlarga bir qur nazar tashlasak, “ishton biti” mijg‘ov ma'nosini, “bir gap topadi” biror
kor-xol bo‘ladi ma'nosini, “o‘rligi tutdi” qaysarligi tutdi ma'nosini, “shuning uchun hech yerda
ishlatmay ketib tepib qo‘yibdi” ishdan haydab qo‘yibdi ma’nosini angalatadi. “Hech qachon el
bo‘lmagan bu bizga” iborasi Xorazm shevasida yaqin bo‘lmagan, o‘zinikiday ko‘rmagan singari
variantlarda qo‘llaniladi va bizga begonaday degan ma'noni ifodalaydi. Hikoyoda qo‘llanilgan
ushbu iboralar ma'noni kuchaytirishga xizmat qilgan. Atoqli otlarning sheva so‘zlari orqali
ifodalanishi o‘quvchi diqqatini o‘ziga tortadi. “Oqtiq” so‘zi shevaga xos leksema bo‘lib, Xorazm
shevasida nabira ma’nosida qadmdan ishlatiladi. Qipchoq lahjasida “momo” so‘zi buvi
leksemasi o‘rnida qo‘llaniladi. “Jo‘ra-yoronlar”- jo‘ra, yor-do‘stlar, “uli” – o‘g‘li, “aka” – ota
degan ma’nolarni ifodalaydi. Xorazm shevasida “aka” so‘zining ota ma’nosida qo‘llanilishi
sulola-urug‘ hamda lahja bilan bog‘liq. Asosan bunday qo‘llanish o‘g‘uz lahjasida ko‘proq,

3

Ўзбек тилининг изоҳли луғати. – Тошкент: Давлат илмий нашриёти, – 517 б.


background image

103

YANGI OʻZBEKISTON TALABALARI
AXBOROTNOMASI SJIF: 5.209

www.in-academy.uz

3-JILD, 6-SON YO’TA

qipchoq lahjasida esa qisman uchraydi. Hikoyada asosan muallif so‘roq olmoshlarini
dialektizmlarda ifodalaydi. Bu ifoda kuchini oshirib beradi.

– Ne balo bu bolang gungmi? Ushbu parchadagi “ne balo” dialektizmi “na balo” tarzida

ham uchraydi, na muncha so‘zi o‘rnida tinglovchining diqqatini o‘ziga jalb qilish maqsadida
qo‘llangan.

– Novvi ji? Ushbu parchada “novvi” dialektizmi ishlatilgan adabiy tildagi nima? so‘roq

olmoshining Xorazm shevasining o‘g‘uz lahjasidagi faol variant hisoblanadi.

– Men qaydan bilaman kimlar bilan yurganini. “Qaydan bilaman” so‘zi qayerdan bilaman

leksemasini anglatadi. Yana “bilmaysizmi ne yerda yurganini?” so‘roq gapidagi “ne yerda”
so‘zi qayerda ma'nosini ifodalaydi. Yana hikoyada kishilik olmoshi hisoblangan bizning
leksemani ifodalovchi “bizzi” so‘zi, buni ko‘rsatish olmoshini esa “muni” so‘zlari ifodalab
kelgan. Bundan tashqari hikoyadagi “hovva-hovva” leksemasi ha ma’nosida, “tuvri-tuvri” so‘zi
to‘g‘ri ma'nosini beruvchi Xorazm dialectal unsurlaridan hisoblanadi. “Qistanib” leksemasi
shoshilib so‘zi o‘rnida, “qaytalavеrma” qaytaraverma so‘zlarida o‘rnida qo‘llanilgan.
Yuqoridagi dilektizmlar hikoyaga yorqin bo‘yoqdorlik baxsh etgan.

Shuhrat Matkarimning yirik asarlaridan biri hisoblangan “Yilon” qissasida ham talaygina

dialektizmlar qo‘llanilgan bo‘lib, quyidagilarni ko‘rib chiqsak.

“– Na, u narsa shu xalatngizdami? – yana sabrsizlandi Bahodir. – Ulli narsaga

o‘xshamiydi lekin og‘zini mahkam bog‘lab olibsiz”. Yuqoridagi parchada “na” dialektizmi ana u
olmoshi o‘rnida tinglovchining diqqatini o‘ziga jalb qilish maqsadida qo‘llangan. “Ulli” so‘zi
katta ma’nosida va “o‘xshamiydi” fe’li esa o‘xshamaydi leksemalari o‘rnida xalq hayotini
haqqoniy aks ettirish maqsadida qo‘llanilgan. “Dialekt so‘zlar muallif tomonidan eng avvalo,
personaj nutqini tavsiflash uchun kiritiladi. Ular ma’ruzachining ijtimoiy mavqeini va uning
ma’lum bir hududdan kelib chiqishini ko‘rsatadi”

4

. Yuqoridagi parchada buni yaqqol

ko‘rishimiz mumkin:

– Chicham xaltaning ichida nima borligini sheriklarimga aytdi, deganga o‘xshiydi.

Parchadagi “chicham” so‘zi shevaga xos leksema bo‘lib, kelinoyi so‘ziga nisbatan
ishlatiladi.ushbu so‘z, asosan, qipchoq lahjasiga to‘g‘ri keladi.

“Badiiy adabiyot tilini boshqa lug‘aviy qatlamlar singari dialektizmlarsiz ham tasavvur

qilib bo‘lmaydi. Dialektizmlar personaj nutqining individualligini ta'minlash jarayonida
uslubiy bo‘yoqdorligi jihatdan boshqa nutq vositalaridan sezilarli darajada ajralib turadi”

5

.

Haqiqatan ham dialektizmlar asarga o‘zgacha ruh va ko‘rk beradi. Nafaqat asar strukturasiga,
balki til jihatidan ham mazmun jihatidan ham asarning ishonchli chiqishini ta’minlab beradi.
Biror voqea, hodisa, narsalarga mahalliy urg‘u berish, qahramon yashash hududini belgilash
va shunga monand dialektizm so‘zlarini qo‘llash, qahramonni o‘zi yashayotgan muhitdan,
makondan ayirmagan holda, real hayotdagi singari ishonarli va jonli ifodalashi badiiy
adabiyotda katta ahamiyatga molik. Shuhrat Matkarim bu borada professional ijodkor desak
mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki uning har bir hikoyasida, qissa va esselarida dialektizm
qo‘llanilmasdan qolmaydi. Ijodkor dialektizmlardan foydalanar ekan uni asar ruhiyatiga shu

4

Reshetov V., Shobdurahmonov Sh. O‘zbek dialektologiyasi. – T., 1962.

5

Umurqulov B. Badiiy adabiyotda so‘z. – Toshkent: Akademnashr, 1983, – 18 b.


background image

104

YANGI OʻZBEKISTON TALABALARI
AXBOROTNOMASI SJIF: 5.209

www.in-academy.uz

3-JILD, 6-SON YO’TA

qadar singdirib yuboradiki, asarda ifodalangan dialektizmning olib badiiy tildagi muqobilini
uning o‘rniga qo‘yib bo‘lmaydi. Mustaqil tadqiqotchi Iskandarov Siroj o‘z maqolasida badiiy
adabiyotda adiblar dialektizmlardan ikkita o‘rinda foydalanishlarini aytib o‘tadi. Bularni u
quyidagicha tasniflaydi:

1) Dialogik nutqda qahramonning muayyan sheva vakili ekanligini ko‘rsatish, mahalliy

koloritni berish maqsadida;

2) Adabiy tilda sinonimi bo‘lmagan so‘zlarni majburan qo‘llaydi.
Ushbu qarash ilmiy jihatdan to‘laqonli to‘g‘ri hisoblanadi. Ammo, yana bir jihat ya’ni

bizning fikrimizcha, uchinchi bir tomondan o‘zlashgan qatlamdagi so‘zlar o‘rniga o‘zimizning
qadimgi turkiy til elementlarini qo‘llashni maqsad qilib oladi. Bunga misol tariqasida Shuhrat
Matkarimning bir necha hikoyalaridan misol keltirsak. “Skripka ko‘targan qiz” hikoyasida
“Adandagi kursiga ilig‘liq dazmolganan oq ko‘ylak, kulrang shim va rangi o‘ngib ketgan
bo‘yinbog‘ga qaradi” jumlasidagi “adan” so‘zi adabiy tilimizda ostona so‘ziga to‘g‘ri keladi va
ostona so‘zi etimologik jihatdan tojık tilidan o‘zlashgani ma’lum. “Yong‘in” nomli hikoyasida
“U orqayin, haddan ortiq orqayin edi” gapidagi “orqayin” so‘zi xotirjam sifatiga to‘g‘ri keladi
va ushbu so‘z ham sof turkiycha so‘z emas.

Atoqli adabiyotshunos Ozod Sharafiddinov o‘zining “Adabiyot tildan boshlanadi” nomli

maqolasida shunday yozagan edi: “Rangsiz tasviriy san’at, ohangsiz musiqa bo‘lmaganidek,
tilsiz adabiyot ham bo‘lmaydi. Adabiyotni insonshunoslik deydilar. Darhaqiqat yozuvchi
xilma-xil insoniy xarakterlarni tadqiq qilib, jamiyat rivojiga yordam beradigan salmoqli
haqiqatlarni kashf qiladi. Biroq bularning hammasi adabiyotda til orqali ro‘yobga
chiqariladi”

6

. Shevalar birlashib bitta umumiy adabiy tilni vujudga keltiradi. Adabiyotda

shevaga oid so‘zlardan unumli va shu bilan birgalikda o‘rinli qo‘llash badiiy adabiyotni
koloritini va ifodaviyligini oshiradi. Biror hududga xos tarzda azar yozish, albatta, o‘sha
hududning urf-odatlarini ifodalash katta mehnat talab qiladi. Chunki dialektalizmlarni
me'yorda qo‘llash, ma’nolarining tushunarliligini ta'minlash kerak bo‘ladi. Shuhrat Matkarim
hikoya va qissalarida dialektizmlarni izohsiz qo‘llasa, ba'zida sahifa tagida uning ma'nosini
ham keltirib boradi. Bu usul o‘quvchi kitobxon uchun ayni muddao hisoblanadi. Ya’ni keng
qamrovli kitobxon ommasiga taqdim qilingan asar tili soda va tushunarli bo‘lmog‘i lozim.
Chun “Kun shunday boshlanadi” hikoyalar to‘plamidagi yuqorida ta'kidlaganimidek sahifa
tagida ma'nolari keltirilgan dialektizmlarga to‘xtalsak. Ushbu to‘plamda jami o‘ttiz to‘qqizta
hikoya va bitta esse jamlangan bo‘lib, shulardan o‘n beshtasi kichik hikoyalardir. Har bir
hikoyada deyarli yuzda qirq foiz sheva elementlari ya’ni dialektizmlar qo‘llanilgan bo‘lib,
yetmish sakkizta shevaga xos bo‘lgan so‘zlarga sahifa tagida izoh berilgan. Ushbu
dialektizmlar orasida ot so‘z turkumiga oid “kaskaldak” – yo‘g‘on tayoq, “yumurta” – tuxum,
“dars” – go‘ng, “chiqon” – dugona, “kat” – so‘ri, “chel” – marza, egat, “adan” – ostona, “secha” –
chumchuq, “solma” – ariq, “cho‘rak” – Xorazmning kichkina noni, “chilanchi” – kichkina
barmoq, “oqtiq” – nevara, “ul” – o‘g‘il, “aka” – ota, “qo‘ng‘shi o‘va” – qo‘ni-qo‘shni, “kartiklos” –
kaltakesak, “o‘jak” – buzoq, “qoptol” – yonbosh, “o‘ymoq” – angishvona, “qopu” – eshik,
“galinbiyi’ – kelinoyi, “chovliq” – nevara, “yovliq” – evara, “jundig” – lab, “chuqoloq” –
chuqurcha, “yog‘day” – ahvol, ko‘rinish, “otiz” – dala, “gurvak” – qovunning faqat Xorazm va

6

Sharafiddinov O. Adabiyot tildan boshlanadi. Toshkent, 1986.


background image

105

YANGI OʻZBEKISTON TALABALARI
AXBOROTNOMASI SJIF: 5.209

www.in-academy.uz

3-JILD, 6-SON YO’TA

Qoraqolpog‘iston hududlarida yetishtiriladigan turi, “dolon” – kiraverishdagi katta xona,
“ijjon” – qiyma, “g‘o‘z” – yong‘oq, “nochor” – ayol, “qopchiq” – hamyon, “popoq” – Xorazm
milliy bosh kiyimi, telpak, “baqachanoq” – chig‘anoq, “digirjak” – g‘ildirak, “yekan” – zakashda
o‘sadigan o‘simlik turi, “uxa” – baliq sho‘rva nazarda tutilgan, “kullikchilik” – xizmatkorlik,
“yo‘ng‘ich otiz” – bedazor, “chig‘” – shabnam, “teyi” – tagi, “doyi” – tog‘a kabi dialektizmlar
qo‘llanilgan. Sifat turkumiga oid esa, “cho‘mmiq” – qo‘li yo‘q, ko‘chma ma’noda noshud,
qo‘lidan ish kelmaydi, “o‘kchabaland” – baland poshna, “toyloq” – yalong‘och, “toza” – yangi,
“orqayin” – bemalol, “chorvoyi” – janjalkash, “danjik” – bebosh, “jilli” – jinni, “tiskinchak” –
tortinchoq, noziktab, “o‘rrapsiz” – qo‘lidan ish kelmaydi, “qarri” – keksa, “sinchi” – sinovchan
singari so‘zlar ifodalangan. Yana fe’l va so‘z birikmalariga oid turkumiga oid “lo‘rsillab” –
lo‘qillab, “elashma” – hazillashma, “choshmoq” – aqldan ozmoq, “esirmoq” – o‘zidan ketmoq,
haddidan oshmoq, “olishirish” – cho‘g‘lantirish, qizitish, “onglayotgan” – poylayotgan,
“o‘ngmading” – o‘nglanmading, “haz etmoq” – mazza qilmoq, “kalo bo‘lmoq” – o‘z-o‘zini
o‘nglamoq, “mijilldab” – mijg‘ovlanib, “surnikib” – qoqilib, “qistanib” – shoshilib, “tirmalab” –
timdalab kabi sheva so‘zlari o‘z o‘rnida ma’no ta’sirchanligini oshirib bergan. Bundan tashqari,
Shuhrat Matkarim hikoyalarida ravish, olmosh, son va so‘z turkumlarida ham adabiy tildagi
emas balki, dialektizmlardan foydalanadi.

Shevalar asarga o‘zgacha samimiy ruh baxsh etishi bilan birgalikda asar voqealari

qayеrda aks etib turganini ham ko‘rsatib beradi. Shevalar orqali ifodalangan tushunchalarga
kitobxonning diqqati beixtiyor oshadi. Ko‘rinadiki, badiiy asar yaratishda dialektizmlardan
foydalanish esa asarning xalqchilligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Reshetov V., Shobdurahmonov Sh. O‘zbek dialektologiyasi. – T., 1962.
2. Umurqulov B. Badiiy adabiyotda so‘z. – Toshkent: Akademnashr, 1983, – 18 b.
3. O‘zME, Birinchi jild. Toshkent,2000.
4. Sharafiddinov O. Adabiyot tildan boshlanadi. Toshkent, 1986.
5.Шуҳрат М. Кун шундай бошланади.- Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги нашриёт-матбаа
ижодий уйи, 2017. - 66-67 б.
6.Ўзбек тилининг изоҳли луғати. – Тошкент: Давлат илмий нашриёти, – 517 б.

Библиографические ссылки

Reshetov V., Shobdurahmonov Sh. O‘zbek dialektologiyasi. – T., 1962.

Umurqulov B. Badiiy adabiyotda so‘z. – Toshkent: Akademnashr, 1983, – 18 b.

O‘zME, Birinchi jild. Toshkent,2000.

Sharafiddinov O. Adabiyot tildan boshlanadi. Toshkent, 1986.

Шуҳрат М. Кун шундай бошланади.- Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги нашриёт-матбаа ижодий уйи, 2017. - 66-67 б.

Ўзбек тилининг изоҳли луғати. – Тошкент: Давлат илмий нашриёти, – 517 б.