Авторы

  • Behruz Xurramov
    O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakulteti 4-bosqich talabasi
  • Munisa Abduraxmanova
    Ilmiy rahbar: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yota.127192

Ключевые слова:

Yuqorida aytib o‘tganimizdek mahalliy axborot agentliklari qanchalik kuchli va faol bo‘lsa mamlakat hududida unga bo‘lgan talab shuncha yuqori bo‘ladi

Аннотация

Bugungi kundagi ko‘plab xalqaro yangilik va axborotlar “Katta toʻrtlik” hisoblanmish Associated Press (AP), United Press International (UPI), Reuters va Agence France Presse (AFP) axborot gentliklaridan tomonidan taqdim etiladi. Bu agentliklar nafaqat xalqaro darajadagi mamlakatlar va hududlardan  yangiliklarni to‘playdi, balki dunyoning ko‘plab mamlakatlari va hududlariga ham xabarlarni tarqatish faoliyati bilan shug‘ullanadi.  


background image

80

YANGI OʻZBEKISTON TALABALARI
AXBOROTNOMASI SJIF: 5.209

www.in-academy.uz

3-JILD, 6-SON YO’TA

JANUBIY KOREYANING RASMIY AXBOROT AGENTLIGI -

YONHAP NEWS: TASHKIL TOPISHI, STRUKTURASI VA

ASOSIY FAOLIYAT YO‘NALISHLARI

Behruz Xurramov

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti

Xalqaro jurnalistika fakulteti

4-bosqich talabasi

Ilmiy rahbar:

Munisa Abduraxmanova

https://doi.org/10.5281/zenodo.15718915

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 10-Iyun 2025 yil

Ma’qullandi: 15-Iyun 2025 yil
Nashr qilindi: 23-Iyun 2025 yil

Bugungi kundagi ko‘plab xalqaro yangilik va axborotlar
“Katta toʻrtlik” hisoblanmish Associated Press (AP),
United Press International (UPI), Reuters va Agence
France Presse (AFP) axborot gentliklaridan tomonidan
taqdim etiladi. Bu agentliklar nafaqat xalqaro
darajadagi mamlakatlar va hududlardan yangiliklarni
to‘playdi, balki dunyoning ko‘plab mamlakatlari va
hududlariga ham xabarlarni tarqatish faoliyati bilan
shug‘ullanadi.

KEY WORDS

Yuqorida

aytib

o‘tganimizdek

mahalliy

axborot

agentliklari

qanchalik kuchli va faol bo‘lsa,
mamlakat hududida unga bo‘lgan
talab shuncha yuqori bo‘ladi

Bugungi kundagi ko‘plab xalqaro yangilik va axborotlar “Katta toʻrtlik” hisoblanmish

Associated Press (AP), United Press International (UPI), Reuters va Agence France Presse
(AFP) axborot gentliklaridan tomonidan taqdim etiladi. Bu agentliklar nafaqat xalqaro
darajadagi mamlakatlar va hududlardan yangiliklarni to‘playdi, balki dunyoning ko‘plab
mamlakatlari va hududlariga ham xabarlarni tarqatish faoliyati bilan shug‘ullanadi. Chunki
ular bugungi kunda global bo‘lgan jahon axborot va yangiliklarining asosiy manbalari
hisoblanadi. Xalqaro axborot agentliklari o‘zlarining yangiliklar mahsulotini o‘z qo‘l ostida
bo‘lgan barcha gazetalari, teleradiokompaniyalari va boshqa mijozlariga tarqatilishini
bevosita nazorat qilmaydi. O‘z mamlakatlari uchun jahon yangiliklari bilan har tomonlama va
professional tarzda shug‘ullanadigan yirik axborot tashkilotlari sifatida milliy axborot
agentliklarini aytishimiz mumin. Ular odatda o‘z mamlakatlaridagi mahalliy ommaviy axborot
vositalari uchun juda muhim xorijiy yangiliklar va axborotlar manbai bo‘lib xizmat qiladi

1

.

Yuqorida aytib o‘tganimizdek mahalliy axborot agentliklari qanchalik kuchli va faol

bo‘lsa, mamlakat hududida unga bo‘lgan talab shuncha yuqori bo‘ladi. Biz aynan shunday
kuchli, aniq va faol ish yuritadigan, nafaqat o‘z mamlakati hududida, balki global dunyoda,
yani jahon axborot markazida ham mustahkam o‘rniga ega bo‘lgan, Janubiy Koreyaning eng
mashhur va ko‘p tarmoqli axborot agentliklaridan biri bo‘lmish

YONHAP NEWS AGENCY

haqida so‘z yuritamiz. “Yonhap Koreyaning yagona mustaqil tijorat axborot agentligidir: u
gazetalar, radio va televidenie va boshqa obunachilarga xizmat qiladi. Yonhap odatda xalqaro

1

Yonhap News Agency: Gatekeeper of International News in Korea. Won Ho Chang, Jung Ho Han. Korean studies University of

Hawai’I Press. Volume 9, 1985. p.p. 14-37.


background image

81

YANGI OʻZBEKISTON TALABALARI
AXBOROTNOMASI SJIF: 5.209

www.in-academy.uz

3-JILD, 6-SON YO’TA

yangiliklar va fotosuratlarni AP, UPI, Reuters va AFP agentliklaridan oladi va ularni koreys
tiliga tarjima qilib, mamlakatdagi barcha ommaviy axborot vositalariga tarqatadi”

2

.

Yonhap axborot agentligining tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, unga

1980-yil 19-

dekabrda asos solingan. Ushbu axborot agentligi Hapdong axborot agentligi va Orient
Pressning birlashishi natijasida yuzaga kelgan

3

.

Hapdong axborot agentligining oʻzi esa 1945-

yilning oxirida qisqa muddatli Kukje News ichidan paydo boʻldi, u Yaponiyaning yapon
mustamlakachiligi

davrida Koreyada faoliyat yuritgan sobiq yapon axborot agentligi

Domei

ofisidan ikki oy davomida faoliyat yuritgan.

Yonhap axborot agentligi Koreyaning poytaxti

Seul shahrida joylashgan va u mamalakatdagi ko‘plab gazeta va jurnallar, televideniya, radio
tarmoqlari va boshqa barcha ommaviy axborot vositalariga nafaqat mahalliy, balki xalqaro
bo‘lgan eng so‘nggi yangiliklar va axborotlarni, shuningdek, fotosuratlar, video va infografika
mahsulotlarini tarqatadi.

Yonhap axborot agentligi 1999-yilda Naewoe News agentligini egallab olishidan avval

ushbu agentlik Janubiy Koreya hukumatiga qarashli tashkilot hisoblangan va ularning vazifasi
Janubiy Koreya nuqta-i nazaridan Shimoliy Koreya haqida turli xabarlar, yangiliklar va
tahlillarni nashr etib borish vazifasi yuklatilgan. Aslida Naewoe News Yonhap axborot
agentligidan sal kam 10 yil avval, yani 1970-yilda tashkil etilgan edi. O‘sha paytlarda bu
agentlik razvetka agentligi bilan aloqalarni juda yaxshi o‘rnatganligi haqida yetarlicha
axborotlar mavjud. Bu haqida akademik va tarixchi, Britaniyalik Jeyms Xoar: Naewoe News
1980-yillarning oxirida partizan bo‘lib qoldi va u Shimoliy Koreya haqida eng foydali
ma’lumotlar manbaidir,-deya yozgan

4

. Lekin, 1999-yilga kelib u Yonhap agentligi bilan

birlashib ketadi. Ammo shunday bo‘lishiga qaramay Naewoe News 2016-yilgacha Yonhap
tarkibida bo‘lsa ham ularning har oylik Shimoliy Koreya yangiliklari va ularning tahliliga
bag‘ishlab ingliz tilida nashr etiladigan

Vantage Point: Developments in North Korea”

jurnalini chop ettirib kelgan. Bu yangiliklar jurnali 1978-yildan nashr etila boshlangan, ammo
2016-yilga kelib Yonhap agentligi tomonidan uning faoliyati tugatilgan. Bunga sabab 2016-
yilda Yonhap tomonidan Shimoliy Koreya portalining ochilishi deb o‘ylayman, albatta
Yonhapning o‘zi bunday axborot bermagan. Lekin 2016-yilda Shimoliy Koreya haqida axborot
beruvchi jurnal faoliyati to‘xtatilib, yangi portal ish boshlashi istalgan odamda shunday fikrni
shakllanishiga sabab bo‘ladi. Balki bu zamonaviy texnologiyalardan faol foydalanish uchun
qilingan bo‘lishi ham mumkin.

Yonhap faqatgina o‘z mamlakatidagi OAV bilan emas, balki 90 dan ortiq xalqaro, koreys

bo‘lmagan axborot agentliklari bilan turli kelishuvlarga ega. Hatto u Shimoliy Koreyaning

KCNA tashkiloti, yani

Koreya markaziy axborot agentligi

bilan ham shartnoma imzolagan, bu

2002-yilda ikki tomon kelishgan holda imzolangan xizmatlar almashish shartnomasidir. Bu
chet ellik axborot agentliklari va OAV bilan ishlaydigan bitta bo‘lgan simli aloqa

xizmati va oʻz

veb-saytida koreys, ingliz, xitoy, yapon, ispan, arab va frantsuz tillarida cheklangan, ammo
erkin foydalanish mumkin boʻlgan yangiliklar tanlovini taqdim etgan

. Yonhap axborot

agentligi Janubiy Koreyaning eng yaxshi agentligi hisoblanib, chet davlatlarda 60 ga yaqin, o‘z

2

Yonhap News Agency: Gatekeeper of International News in Korea. Won Ho Chang, Jung Ho Han. Korean studies

University of Hawai’I Press. Volume 9, 1985. p.p. 14-37.

3

Hoare, James E.

; Pares, Susan (2005). A Political and Economic Dictionary of East Asia (series: Political and

Economic Dictionaries) (1st ed.). London:

Routledge

Taylor and Francis

Group. p. 348.

ISBN

978-1857432589

.

4

Yonhap News Agency: Gatekeeper of International News in Korea. Won Ho Chang, Jung Ho Han. Korean studies

University of Hawai’I Press. Volume 9, 1985. p.p. 14-37.


background image

82

YANGI OʻZBEKISTON TALABALARI
AXBOROTNOMASI SJIF: 5.209

www.in-academy.uz

3-JILD, 6-SON YO’TA

mamlakatida esa 600 dan ortiq muxbirga egadir. Uning eng yirik a’zosi KONAC – Koreys
axborot agentligi komissiyasidir.

Janubiy Koreya hukumati Yonhap agentligi faoliyatiga baho berib,

2003-yilda Yonhap

News axborot agentliklarini rag‘batlantirish to‘g‘risidagi qonun qabul qilgandan so‘ng
mamlakatning vakillik axborot agentligi etib tayinladi. Ushbu qonunga ko‘ra, Yonhap axborot
suverenitetini himoya qilish, axborot bo‘shlig‘ini kamaytirish va odamlarning bilish huquqini
qondirish uchun o‘zining jamoat mas’uliyatini bajaradi.

Bundan tashqari aynan ushbu qonun

asosida Janubiy koreya imijini targ‘ib qilish majburiyati ham yuklanadi.

Tashkilotning

mulkchilik tuzilishi bu xususiyatni aks ettiradi. Yuqorida aytganimizdek kompaniyaning eng
yirik aktsiyadori Koreya axborot agentligi komissiyasi bo‘lib, qonun asosida tashkil etilgan va
kompaniyaning 30,77 foiz ulushiga ega

.

Qolgan aktsiyalarga KBS va MBC jamoat

teleradiokompaniyalari, shuningdek, yirik gazetalar va bir qancha mahalliy nashrlar egalik
qiladi. Ushbu mulkchilik tuzilishi Yonhapning vakillik axborot agentligi maqomidan kelib
chiqadi va uni xususiy yoki boshqa axborot agentliklaridan ajratib turadi.

Balki shuning uchun

hamdir faoliyati davomida ko‘plab tandiqchilar Yonhap rahbaryatini davlat organlariga
yaqinligini gapirib, bu matbuot erkinligiga ta’sir qiladi deb aytishadi, garchi Yonhap
hukumatni tanqid qilib kelsa ham.

Yonhap axborot agentligining jurnalistik faoliyati ham zo‘r bo‘lib, unda 600 dan ortiq

jurnalist va muhbirlar faoliyat olib boradi. Yuqorida aytganimizdek Yonhap Shimoliy Koreya
xabarlariga ixtisoslashgan qismga ega bo‘lgan kam sonli Janubiy Koreya axborot agentligi
hisoblanadi. Va hattoki ushbu agentlikning ikki muhbiri 2009-yilda Shimoliy Koreyaning ko‘p
yillik Prezident Kim Chen Irning merosxo‘ri Kim Chen In ekanligi haqidagi axborotni oshkor
qilgani uchun 2010-yilga kelib

Koreya Jurnalistlari Assotsiatsiyasining eksklyuziv hikoyasi

uchun katta jurnalistika mukofotiga sazovor bo‘lishgan.

Yonhap siyosat, biznes va ijtimoiy mavzulardan tortib, madaniyat va sportgacha bo‘lgan

barcha yangiliklar mavzularini yoritadi. Agentlik har kuni 3000 dan ortiq yangiliklar,
jumladan, maqolalar, fotosuratlar, grafikalar va videolarni ishlab chiqaradi. Ushbu materiallar
180 ga yaqin mahalliy axborot vositalari, 120 dan ortiq portallar va yangi media platformalar,
210 ga yaqin davlat vazirliklari va mahalliy hokimiyat organlari hamda 250 ga yaqin xususiy
tadbirkorlik subyektlariga xizmat ko‘rsatmoqda.

Yonhap News – Janubiy Koreyada jamoatchilik fikrini shakllantirishda markaziy rol

o‘ynaydi. Madaniyat, sport va turizm vazirligi huzuridagi media qudratini o‘rganuvchi bo‘lim
tomonidan 2016-yilning yanvar oyida Yonhap agentligi Janubiy Koreya media kompaniyalari
orasida 3-o‘rinni egalladi. Har bir kompaniyaning gazeta, televideniya, radio va onlayn
nashrlar kabi turli nashrlarining media qudratini birlashtirgan holda, Yonhap News va
Yonhap TV kabi Yonhap bo‘linmalarining umumiy media kuchi 9,9 foizga yetdi. Bu KBS va
uning bo‘linmalari 17,5 foiz va Chosun Ilbo gazetasi va uning bo‘linmalaridan 11,1 foiz ortda
qolgan. Nufuzi ortib borayotgan onlayn yangiliklar turkumida Yonhap News 18,6 foiz ulush
bilan yetakchi o‘rinni egallagan. Shunday bo‘lishiga qaramasdan dunyoning yetakchi
mamlakatlari bo‘lmish Yaponiyaning Kyodo agentligi yoki Xitoyning Sinxua axborot agentligi
bilan sezilarli farq qiladi. Kyodo News 1000 dan ortiq jurnalisti bilan Yonhapdan deyarli ikki
barobar ko‘p bo‘lsa, Sinxua esa 5000 ga yaqin jurnalist bilan qariyb 10 barobarga ko‘p.
Shuningdek, Kyodo 36 mamlakatda 45 ta sohada 120 muxbirga ega, Sinxua agentligi esa
dunyoning 107 ta yo‘nalishida 500 ga yaqin xodimga ega. Yonhap News ushbu bo‘shliqni


background image

83

YANGI OʻZBEKISTON TALABALARI
AXBOROTNOMASI SJIF: 5.209

www.in-academy.uz

3-JILD, 6-SON YO’TA

bartaraf etishni va mamlakatning dunyodagi eng yaxshi 10 ta iqtisodiy kuch sifatidagi
maqomiga mos keladigan yaxshiroq global axborot agentligiga aylanishni rejalashtirmoqda. U
xorijdagi tarmog‘ini kengaytirish va xorijiy tillar, mahalliy va Shimoliy Koreya yangiliklarini
yetkazib beruvchisi sifatida jamoatchilik rolini kuchaytirish orqali dunyoning yetakchi
axborot agentliklari bilan raqobatlashadi. Yonhap Janubiy Koreyadan olti tilda – ingliz, xitoy,
yapon, arab, ispan va fransuz tillarida yangiliklarni taqdim etish orqali Janubiy Koreyani
dunyo bilan bog‘laydi

5

.

Yonhap axborot agentligi faoliyati davomida juda kata loyiha, yangilik va o‘zgartrishlar

kiritib kelgan bo‘lib, ulardan eng muhimlaridan biri yangiliklar uzatuvchi kabel telekanalidir.
Yonhap tomonidan 2011-yilda asos solingan, Janubiy Koreyaning haftada 7 kun, 24 soat
davomida yangiliklar uzatuvchi kabel telekanali

Yonhap News TV

(koreyscha:

연합뉴스

TV)

deb nomlanadi

6

,

7

. Uning maqsadi jamoatchilik uchun yangiliklarni tez, oson, aniq va xolis

tarzda yoritishdir.

Xulosa qilib aytganda, Yonhap News agentligi — Janubiy Koreyada axborot siyosatini

amalga oshiruvchi asosiy tashkilotlardan biri bo‘lib, u xalqaro miqyosda o‘z obro‘siga ega.
Ushbu agentlik bugungi kunda bosma OAV, televizion axborot xizmatlari, internet portali,
mobil ilovalar va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng ko‘lamda faoliyat yuritadi. U dunyoning 70
dan ortiq davlatida o‘z muxbirlariga ega bo‘lib, global va mahalliy yangiliklarni tezkorlik bilan
yetkazib berishda yuqori samaradorlikka ega ekanligini ko‘rib chiqdik.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Yonhap News Agency: Gatekeeper of International News in Korea. Won Ho Chang, Jung Ho

Han. Korean studies University of Hawai’I Press. Volume 9, 1985.
2.

Hoare, James E.; Pares, Susan (2005). A Political and Economic Dictionary of East Asia

(series: Political and Economic Dictionaries) (1st ed.). London: Routledge – Taylor and Francis
Group. p. 348. ISBN 978-1857432589.
3.

Yonhap News Agency: Gatekeeper of International News in Korea. Won Ho Chang, Jung Ho

Han. Korean studies University of Hawai’I Press. Volume 9, 1985.
4.

Yonhap News Agency Official Website. https://www.yna.co.kr/eng.

5.

Shin Hae-in (30 November 2011). "New cable channels go on air"

5

Yonhap News Agency Official Website

.

https://www.yna.co.kr/eng

. (20.05.2025)

6

Yonhap News Agency Official Website

.

https://www.yna.co.kr/eng

. (20.05.2025)

7

Shin Hae-in (30 November 2011).

"New cable channels go on air"

.

Библиографические ссылки

Yonhap News Agency: Gatekeeper of International News in Korea. Won Ho Chang, Jung Ho Han. Korean studies University of Hawai’I Press. Volume 9, 1985.

Hoare, James E.; Pares, Susan (2005). A Political and Economic Dictionary of East Asia (series: Political and Economic Dictionaries) (1st ed.). London: Routledge – Taylor and Francis Group. p. 348. ISBN 978-1857432589.

Yonhap News Agency: Gatekeeper of International News in Korea. Won Ho Chang, Jung Ho Han. Korean studies University of Hawai’I Press. Volume 9, 1985.

Yonhap News Agency Official Website. https://www.yna.co.kr/eng.

Shin Hae-in (30 November 2011). "New cable channels go on air"