Авторы

  • T.R. Roʻziyev
    BuxDPI “Fizika” kafedrasi dotsenti
  • Munisa Saidova
    Buxoro davlat pedagogika instituti talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yota.127194

Ключевые слова:

kasbiy - kompetentlik ta’lim fizika pedagok umumiy o‘rta ta’lim oliy ta’lim.

Аннотация

Mazkur maqolada bo‘lajak fizika fani o‘qituvchilarini tayyorlashda ularning kasbiy kompetentliklarini dasturiy vositalar yordamida rivojlantirish pedagogik muammo ekanligi, kasbiy kompetentlikni shakllantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tahlili haqida fikr-mulohazalar bildirildi.


background image

76

YANGI OʻZBEKISTON TALABALARI
AXBOROTNOMASI SJIF: 5.209

www.in-academy.uz

3-JILD, 6-SON YO’TA

BO‘LAJAK FIZIKA FANI O‘QITUVCHILARINING KASBGA

OID KOMPETENTLIGINI DASTURIY VOSITALARDAN

FOYDALANIB RIVOJLANTIRISH METODIKASI

T.R.Roʻziyev

BuxDPI “Fizika” kafedrasi dotsenti

Saidova Munisa Salohiddinovna

Buxoro davlat pedagogika instituti talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15709140

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 10-Iyun 2025 yil

Ma’qullandi: 14-Iyun 2025 yil
Nashr qilindi: 21-Iyun 2025 yil

Mazkur maqolada bo‘lajak fizika fani o‘qituvchilarini
tayyorlashda ularning kasbiy kompetentliklarini dasturiy
vositalar yordamida rivojlantirish pedagogik muammo
ekanligi, kasbiy kompetentlikni shakllantirish bo‘yicha
amalga oshirilgan ishlar tahlili haqida fikr-mulohazalar
bildirildi.

KEY WORDS

kasbiy - kompetentlik, ta’lim, fizika,
pedagok, umumiy o‘rta ta’lim, oliy
ta’lim.

Bir necha asrlar davomida aniq va tabiiy fanlar O‘zbekiston zaminida keng rivojlanib,

O‘rta Osiyo hududi dunyo ilm-fan markazi bo‘lib kelgan. Yurtimiz hududida yuzaga kelgan
birinchi va ikkinchi Renessans davri butun dunyo tan oladigan mashhur olimlarni yetishtirib
berdi. Xususan Muhammad al-Xorazmiy, Ahmad al-Farg‘oniy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon
Beruniy, Mahmud Koshg‘ariy, Abu Ali ibn Sino, Nasriddin Tusiy, Qozizoda Rumiy, Jamshid
Koshiy, Mirzo Ulug‘bek, Ali Qushchi va Sharqning boshqa olimlari ilmiy tadqiqotlari jahon ilm-
fani rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan.

Buyuk ajdodlarimizning ilmiy an’analarini munosib davom ettirgan holda, XX asrning

40-yillaridan boshlab O‘zbekistonda fizika fanini rivojlantirish jarayoni nufuzli ilmiy
maktablar tashkil etildi. Ularning vakillari xalqaro mukofotlarga sazovor bo‘ldi va xorijiy
akademiyalar a’zolari bo‘lib saylandi. Eng muhim ilmiy yo‘nalishlarni shakllantirishda Fanlar
akademiyasining taniqli ilmiy maktablar yaratgan atoqli fiziklari muhim o‘rin tutdi.

Yurtimizda barcha ta’lim dargohlarida o‘sib kelayotgan yosh avlodga ta’lim-tarbiya

berish, ularni har jihatdan yеtuk, barkamol inson qilib voyaga yеtkazishga alohida e’tibor
qaratilmoqda. Ta’lim sohasidagi yangi islohotlar yoshlarga ta’lim berish, o‘quv yurtlarini
rivojlantirish va zaruriy talab hamda shart-sharoitlarni yaratish borasida qilingan dastlabki
ijobiy qadamlar bo‘ldi. Kelajakda o‘sib kelayotgan avlodni xalqimiz va yurtimiz uchun
jonkuyar, fidoiy va malakali mutaxasis qilib tayyorlash muhim o‘rin tutadi. Bu bosqichda
yuqori malakali, raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashga zamin bo‘la oladigan barcha
omillar, o‘qitiladigan fanlar, ularning dasturlari va o‘qitish mazmunlari sifat jihatdan
yangilanishni taqozo etmoqda. Bu muammolarni hal etilishi, nafaqat fizika va astronomiya
ta’lim yo‘nalishi talabalarini o‘qitish samaradorligini oshirishga olib keladi, balki oliy ta’lim


background image

77

YANGI OʻZBEKISTON TALABALARI
AXBOROTNOMASI SJIF: 5.209

www.in-academy.uz

3-JILD, 6-SON YO’TA

tizimida tahsil olayotgan kadrlarni tayyorlashda ham qo‘l keladi. Fizik mutaxassislarni
tayyorlash tizimida kasbiy kompetentlik muhim o‘rin egallaydi. Fizika va astronomiya ta’lim
yo‘nalishi majburiy fanlari bo‘yicha ta’lim sifatini tubdan oshirish, yuqori malakali pedagog va
ilmiy xodimlarni tayyorlash, ta’lim muassasalarini zamonaviy laboratoriyalar, darsliklar va
boshqa o‘quv jihozlari bilan ta’minlash, ilmiy tashkilotlarning salohiyatini rivojlantirish,
ularning faoliyatini samarali tashkil etish, ilm-fan va ishlab chiqarish sohalari o‘rtasida o‘zaro
yaqin muloqot va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2020-yil 29-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida
amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida 2021 — 2023-yillarda fizika fanlari bo‘yicha ta’lim
sifatini oshirish va fizika sohasidagi ilmiy tadqiqotlarning natijadorligini ta’minlash bo‘yicha
kompleks chora-tadbirlar dasturida quyidagilar Kompleks dasturning asosiy maqsad va
vazifalari etib belgilanganligi ko‘rsatilgan:

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida fizika fanini o‘qitish sifatini oshirish, darsliklar va

o‘quv qo‘llanmalarini takomillashtirish;

fizika fani bo‘yicha kadrlarni, xususan, qishloq joylardagi maktablarning o‘qituvchilarini

tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini rivojlantirish;

ta’lim jarayoniga zamonaviy o‘qitish uslublarini, shu jumladan axborot-kommunikatsiya

texnologiyalarini keng joriy qilish;

pedagog kadrlar va o‘quvchilarning fizika fanini bilish darajasini baholash, iqtidorli

yoshlarni aniqlash hamda ularning mahalliy va xalqaro fan olimpiadalarida muvaffaqiyatli
ishtirok etishi hamda sovrinli o‘rinlar egallashini ta’minlash;

oliy ta’lim muassasalarida fizika fanlarini o‘qitishning integrativ prinsiplarini joriy etish,

yangi va ta’lim bozorida talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlashni
yo‘lga qo‘yish orqali yoshlarning fizika ta’limi bilan qamrab olish darajasini oshirish;

fizika sohasidagi ilmiy tadqiqotlarning ishlab chiqarish bilan uzviy bog‘liqligini

ta’minlash, iqtisodiyot tarmoqlaridagi muammolar yechimiga qaratilgan ilmiy ishlar ko‘lamini
kengaytirish kabi Kompleks dasturning asosiy maqsad va vazifalari mavjud. Ilmiy
tadqiqotlarning va innovatsiya ishlarining natijadorligi va amaliy ahamiyatini oshirish
to‘g‘risida qator fikr va mulohazalar mavjud.

Kasbiy kompetentlik mazmuni — bu shaxsning o‘z kasbi bo‘yicha malakali va samarali

faoliyat yuritish uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikmalar, tajriba va psixologik xususiyatlar
majmuasini ifodalaydi. Kasbiy kompetentlikni aniqlashda quyidagi elementlar muhim o‘rin
tutadi

T/r Kasbiy kompetentlik elementlari

Kasbiy kompetentlik mazmuni

1

Bilim
Kasbga oid nazariy va amaliy
bilimlar

bilimlar kasbiy faoliyatni samarali
amalga oshirish uchun zarur bo‘lib,
masalan, tegishli sohadagi asosiy
konseptlar, metodlar, usullar va


background image

78

YANGI OʻZBEKISTON TALABALARI
AXBOROTNOMASI SJIF: 5.209

www.in-academy.uz

3-JILD, 6-SON YO’TA

qonun-qoidalar haqida bilimlarni o‘z
ichiga oladi.

2

Ko‘nikmalar
Bilimlarni amalda qo‘llash uchun
zarur bo‘lgan ko‘nikmalar

muammolarni hal qilish, texnik ishlov
berish, kommunikatsiya qilish va
boshqalar.

3

Tajriba
Kasbga oid faoliyatni uzoq muddat
davomida

amalga

oshirish

natijasida hosil bo‘lgan amaliy
tajriba.

o‘z navbatida, masalalarga yechim
topish

va

turli

sharoitlarga

moslashishni ta’minlaydi.

4

Shaxsiy sifatlar va psixologik
xususiyatlar
Kasbiy kompetentlikka shaxsning
ijtimoiy, emotsional va psixologik
jihatlari ham ta’sir qiladi

stressga chidamlilik, jamoada ishlash
qobiliyati, etika va mas’uliyatni his
qilish kabi ko‘nikmalarni o‘z ichiga
oladi

Hozirgi kunda O‘zbekistonda kasbiy kompetentlikni rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli

ta’lim islohotlari amalga oshirilmoqda. Ushbu islohotlar, birinchi navbatda, kasb-hunar
ta’limini sifatli va zamonaviy qilish, o‘quvchilarga real ish sharoitlariga mos keladigan bilim va
ko‘nikmalarni berishga qaratilgan.

Ta’lim tizimida joriy etilgan yangiliklar, kasbiy ta’lim muassasalarida yangi o‘quv

dasturlari va metodikalar ishlab chiqish, shuningdek, zamonaviy texnologiyalar va ilg‘or
uslublarni qo‘llash orqali yoshlarni ish bozori talablariga tayyorlashni maqsad qilgan.
Shuningdek, ta’lim jarayonida ishbilarmonlik, tadbirkorlik va raqamli ko‘nikmalarni
rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Malaka oshirish va qayta tayyorlash dasturlari orqali o‘qituvchilar, o‘quvchilar va

ishchilarning kompetentligini oshirishga qaratilgan kurslar va treninglar tashkil etilmoqda.
Bu orqali ta’lim oluvchilarga nafaqat nazariy bilimlar, balki amaliy ko‘nikmalar ham
berilmoqda.

Xalqaro tajriba va xalqaro sertifikatlashtirish tizimlari orqali ta’lim jarayoniga yangi

imkoniyatlar kiritilmoqda. Ta’limni takomillashtirishda ta’lim muassasalari, davlat idoralari
va xususiy sektor o‘rtasidagi hamkorlik yanada rivojlantirilmoqda, bu esa o‘quvchilarning
kasbiy tayyorgarligini kuchaytiradi.

Shunday qilib, kasbiy kompetentlikni rivojlantirishga qaratilgan ta’lim jarayonidagi

islohotlar O‘zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga hissa qo‘shadi, ta’lim sohasini
zamonaviy talablar va mehnat bozorining ehtiyojlariga moslashtirishga xizmat qiladi.

Foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Ignatova I.G. Ta’limdagi axborot - kommunikatsion texnologiyalar.2003-yil 78-81-bet

2.

Нахавандипур В. iOS. Разработка приложений для iPhone, iPad и iPod / В.

Нахавандипур. - СПб.: Питер: 2013. 864-С


background image

79

YANGI OʻZBEKISTON TALABALARI
AXBOROTNOMASI SJIF: 5.209

www.in-academy.uz

3-JILD, 6-SON YO’TA

3.

Фиртман М. jQuery Mobile: разработка приложений для смартфонов и планшетов. /

М.Фиртман; Пер. с англ. С.Иноземцев. -СПб.: БХВ. -Петербург: 2013. 256-С.
4.

463-I-сон 29.08.1997. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. LEX.UZ

5.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 06.11.2020 yildagi PQ-4884-son. Ta’lim-

tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida

Библиографические ссылки

Ignatova I.G. Ta’limdagi axborot - kommunikatsion texnologiyalar.2003-yil 78-81-bet

Нахавандипур В. iOS. Разработка приложений для iPhone, iPad и iPod / В. Нахавандипур. - СПб.: Питер: 2013. 864-С

Фиртман М. jQuery Mobile: разработка приложений для смартфонов и планшетов. / М.Фиртман; Пер. с англ. С.Иноземцев. -СПб.: БХВ. -Петербург: 2013. 256-С.

-I-сон 29.08.1997. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. LEX.UZ

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 06.11.2020 yildagi PQ-4884-son. Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida