Авторы

  • Shaxzoda To’rayeva
    Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoyat huquqi fani

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yota.127198

Ключевые слова:

pul yuvish legalizatsiya UNODC FATF Jinoyat kodeksi jinoyat huquqi milliy qonunchilik islohoti xalqaro qiyoslash xalqaro hamjamiyat Vena Konvensiyasi jinoyat daromadlari xalqaro huquq BMT konvensiyalari korrupsiya transmilliy jinoyatlar moliyaviy monitoring profilaktika iqtisodiy xavfsizlik

Аннотация

Ushbu maqola jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish (pul yuvish) jinoyatiga qarshi kurashning tarixiy, huquqiy va xalqaro-huquqiy asoslarini yoritadi. Unda AQSh, Italiya va Buyuk Britaniya tajribasi, xalqaro hujjatlar (Vena, Korrupsiyaga qarshi konvensiyalar), shuningdek, FATF kabi tashkilotlarning roli tahlil qilinadi. Shuningdek, maqola O‘zbekistonda mazkur jinoyat uchun javobgarlikning shakllanish bosqichlari, qonunchilik rivoji va hozirgi kundagi institutsional choralarni  qamrab oladi


background image

55

YANGI OʻZBEKISTON TALABALARI
AXBOROTNOMASI SJIF: 5.209

www.in-academy.uz

3-JILD, 6-SON YO’TA

JINOIY FAOLIYATDAN OLINGAN DAROMADLARNI

LEGALLASHTIRISH UCHUN JINOIY JAVOBGARLIKNING

RETROSPEKTIV TAHLILI

To’rayeva Shaxzoda Sherzod qizi

Toshkent davlat yuridik universiteti

Jinoyat huquqi fani

https://doi.org/10.5281/zenodo.15699324

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 10-Iyun 2025 yil

Ma’qullandi: 14-Iyun 2025 yil
Nashr qilindi: 19-Iyun 2025 yil

Ushbu maqola jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni
legallashtirish (pul yuvish) jinoyatiga qarshi kurashning
tarixiy, huquqiy va xalqaro-huquqiy asoslarini yoritadi.
Unda AQSh, Italiya va Buyuk Britaniya tajribasi, xalqaro
hujjatlar (Vena, Korrupsiyaga qarshi konvensiyalar),
shuningdek, FATF kabi tashkilotlarning roli tahlil
qilinadi. Shuningdek, maqola O‘zbekistonda mazkur
jinoyat uchun javobgarlikning shakllanish bosqichlari,
qonunchilik rivoji va hozirgi kundagi institutsional
choralarni qamrab oladi

KEY WORDS

pul yuvish, legalizatsiya, UNODC,
FATF, Jinoyat kodeksi, jinoyat
huquqi, milliy qonunchilik islohoti,
xalqaro

qiyoslash,

xalqaro

hamjamiyat, Vena Konvensiyasi,
jinoyat

daromadlari,

xalqaro

huquq,

BMT

konvensiyalari,

korrupsiya, transmilliy jinoyatlar,
moliyaviy monitoring, profilaktika,
iqtisodiy xavfsizlik.

Jinoiy faoliyatdan olingan daromadni legallashtirish eng keng tarqalgan xavfli

transmilliy jinoyatlardan biridir. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Giyohvand moddalar va
jinoyatchilik bo’yicha boshqarmasi (UNODC) ma’lumotlariga ko’r 2020-2024-yillar oralig’ida
jinoiy faoliaytdan olingan daromadlarni legallashtirishda global miqyosda yillik $800
milliarddan $2 trilliongacha pul yuviladi, bu esa global yalpi ichki mahsulotning 2-5% ini
tashkil etadi. Afsuski, aniqlangan noqonuniy moliyaviy oqimlarning atigi 1%i huquqni
muhofaza qilish organlari tomonidan aniqlandi

1

.

Bunday salbiy omillar ta’sirida mamlakatning iqtisodiy xavfsizligi va barqarorligiga

jiddiy tahdid solishi mumkin. Shu sababli, hozirgi vaqtda jinoiy faoliyatdan olingan
daromadlarni qonuniylashtirishning tobora kuchayib borayotgan ijtimoiy xavfi jahon
hamjamiyatining aksariyat davlatlarini tashvishga solmoqda.

Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish – jinoiy javobgarlikka

tortiladigan ijtimoiy xavfli qilmish bo’lib, jinoiy faoliyat natijasida olingan mol-mulkni boshqa
shaxsga o’tqazish, o’zgartirish yoki ayirboshlash, shuningdek, mulkning asl mohiyatini,
manbasini, joylashgan joyini, tasarruf etish yo’lini, ko’chirilishi yoki unga nisbatan egalik
qilishda olingan haqiqiy huquqlarni oshkor etmaslik yoki yashirish orqali amalga
oshiriladigan jinoiy harakatlar natijasidir.


background image

56

YANGI OʻZBEKISTON TALABALARI
AXBOROTNOMASI SJIF: 5.209

www.in-academy.uz

3-JILD, 6-SON YO’TA

O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 26-avgustda qabul qilingan “Jinoiy faoliyatdan

olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in
qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuni

2

qabul

qilinganidan buyon mamlakatimizda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga
qarshi kurashish bo‘yicha davlat tizimi tizimli ravishda yaratilib, zamonaviy xalqaro
standartlarga javob beradi.

O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 243-moddasiga ko’ra jinoiy faoliyat

natijasida

olingan mol-mulkni boshqa shaxsga o’tkazish, konvertatsiya qilish yoki

almashtirish, shuningdek, agar mulk jinoiy faoliyat natijasida olingan bo’lsa, uning asl
mohiyatini, manbasini, joylashgan joyini, tasarruf etish, ko’chirish usulini, haqiqiy egalik
huquqlarini yoki kimga qarashliligini aniqlash yoki sir saqlash jinoiy faoliyatdan olingan
daromadlarni legallashtirish hisoblanadi

3

.

Oliy sud Plenumining 2011-yil 11-fevraldagi ,,Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni

legallashtirishga oid ishlar bo’yicha sud amaliyotining ayrim masalalari to’g’risida’’gi qarorida
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish deganda jinoiy faoliyatdan olingan
mol-mulkning kelib chiqishiga qonuniy tus berilishi lozimligi qayd etilgan. Ushbu holatda,
Fuqarolik kodekining 169-moddasida

4

nazarda tutilgan har qanday mol-mulk mulk obyekti

sifatida qaralishi mumkin.

Bunday mol-mulkning kelib chiqishiga qonuniy tus berilishi, odatda, pul mablag’lari yoki

mulkka nisbatan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish va/yoki bitimlar tuzishda
ifodalanadi

5

.

ASOSIY QISM

Biz bu jinoyatni retrospektiv jihatdan tahlil qiladigan bo’lsak, uni shartli ravishda 2

qismga bo’lib o’rganamiz: O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi hamda ayrim xorijiy
mamlakatlarda paydo bo’lish va rivojlanish bosqichlari.

O’zbekiston Respublikasida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga

qarshi kurashish bo’yicha jinoyat qonunchiligini tahlil qiladigan bo’lsak, davlatimiz
mustaqillikka erishguncha qadar bo’lgan davrda O’zbekiston SSR Jinoyat kodekslarida bunday
huquqbuzarlik bo’lmagan.

Ma’lumki, Sovet hukumati xususiy mulk huquqini bekor qildi. Biroq, SSR kodekslarini

o’rganib chiqib shuni aytishimiz mumkinki, 1926-yildagi O’zSSR Jinoyat kodeksida ma’lum
darajada noqonuniy yo’l bilan oligan daramadlarni legallashtirishga o’xshash qoida mavjud
edi.

Ushbu kodeksning ‘’Davlat jinoyatlari’’ to’g’risidagi I bobida 81, 82, 83-moddalarida

jinoyatning tahlil qilingan tarkibiga o’xshash normalar mavjud, xususan:

1. Merosga o‘tgan yoki hadya qilish aktlari bo‘yicha berilgan mol-mulkni to‘liq yoki

qisman yashirish, shuningdek meros va hadya qilish to‘g‘risidagi qonunlarni, shuningdek
meros solig‘i va hadya qilish aktlari bo‘yicha o‘tkazilgan mol-mulk to‘g‘risidagi qonunlarni
chetlab o‘tish maqsadida mulk qiymatini sun’iy ravishda pasaytirish.





background image

57

YANGI OʻZBEKISTON TALABALARI
AXBOROTNOMASI SJIF: 5.209

www.in-academy.uz

3-JILD, 6-SON YO’TA

2. Obyektlar yoki mahsulotlarning miqdorini yashirish yoki noto'g'ri ko'rsatish o'zaro

kelishuv asosida tashkil etilgan soliqqa tortiladi yoki hisobga olinadi.

3. Musodara qilish yoki majburan sotib olish uchun yer islohotini amalga oshirishda

hisobga olinishi lozim bo‘lgan er maydoni hajmini hamda yashash va metr uzunlikdagi qishloq
xo‘jaligi texnikasi sonini yashirish yoki noto‘g‘ri ko‘rsatish, shuningdek, mahalliy yer
komissiyalari tomonidan ro‘yxatga olingan mulkni o‘zlashtirish yoki o‘g‘irlash.

Bozor iqtisodiyoti minimal darajaga tushirilgan SSSRda jinoiy daromadlarni

qonuniylashtirish deyarli mumkin emas edi, bu esa iqtisodiy jinoyatlarning o'sishiga sezilarli
darajada to'sqinlik qildi

6

. 1959-yilgi navbatdagi Jinoyat kodeksida umumiyroq qoida mavjud

edi: u jinoyat sodir etish natijasida bila turib olingan mulkni sotib olish yoki sotish uchun
jazolarni belgilab berdi. Qoida tariqasida, ushbu jinoyatning predmeti sotsialistik mulk bilan
bog'liq bo'lgan, ko'pincha o'g'irlik, shuningdek, boshqa jinoiy tajovuzlarni sodir etishda qo'lga
kiritilgan narsalar edi, masalan, noqonuniy daraxt kesish yoki kontrabanda.

1959-yilgi Jinoyat kodeksida xuddi shunday moddalar “Sotsialistik mulkka qarshi

jinoyatlar” va “Fuqarolarning shaxsiy mulkiga qarshi jinoyatlar” III-IV boblarida o‘z aksini
topgan:

a) 121-modda “Jinoiy yo‘l bilan qasddan olingan mol-mulkni sotib olish yoki sotish, agar

mulk davlat yoki jamoat mulki bo‘lsa”;

b)132-modda "Jinoiy yo'l bilan bila turib olingan mol-mulkni sotib olish yoki sotish,

agar mulk shaxsiy mulk huquqiga ega bo'lsa". Ikki Jinoyat kodeksining normasini o'rganib
chiqib, shunday xulosaga kelish mumkinki, agar 1926-yildagi Jinoyat kodeksining tahririda
pul yuvishga o'xshash jinoyatlar boshqaruv buyrug'iga qarshi jinoyatlar sifatida tasniflangan
bo'lsa, 1959-yil keyingi nashrida jinoyatning mulkiy va iqtisodiy xususiyatiga e'tibor
qaratilgan.

Ushbu toifadagi jinoyatlarga nisbatan xuddi shunday yondashuv Jinoyat kodeksining

keyingi nashrlarida ham o‘z aksini topgan.

1994-yil Jinoyat kodeksida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish

jinoyat sifatida 243-moddada aks ettirilgan. Ushbu moddaning qoidalari dastlab jinoiy
faoliyatdan olingan daromadlarni oshkorlashtirish, ya’ni jinoiy faoliyat natijasida topilgan
mulkni o‘tkazish, mulkka aylantirish yoki almashtirish, shuningdek, jinoiy faoliyat natijasida
olingan mulkning asl xususiyatini, manbaini, turgan joyini, tasarruf etish, tashilish usulini,
mulkga nisbatan haqiqiy egalik huquqining yoki uning kimga qarashliligini yashirish yoki sir
saqlash belgilangan

7

.

O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 22-sentabrdagi 223-son Qonuni tahriridagi 243-

moddaning dispozitsiyasi ,,Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, ya’ni mulk
(pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk) jinoiy faoliyat natijasida topilgan bo‘lsa, uni o‘tkazish,
mulkka aylantirish yoxud almashtirish yo‘li bilan uning kelib chiqishiga qonuniy tus berish,
xuddi shuningdek bunday pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulkning asl xususiyatini,
manbaini, turgan joyini, tasarruf etish, ko‘chirish usulini, pul mablag‘lariga yoki boshqa mol-
mulkka bo‘lgan haqiqiy egalik huquqlarini yoki uning kimga qarashliligini yashirish yoxud sir
saqlash’’ tarzida o’zgartirilgan

8




background image

58

YANGI OʻZBEKISTON TALABALARI
AXBOROTNOMASI SJIF: 5.209

www.in-academy.uz

3-JILD, 6-SON YO’TA

Yangi tahrirdagi moddaning asosiy maqsadi jinoiy mulkning kelib chiqishiga qonuniy tus

berish bilan birga bo’lishi kerakligini ko’rsatish zaruratidir. Ushbu qoida jinoiy
daromadlarning odatiy aylanmasini qonuniylashtirishdan ajratish imkonini beradi. Jinoyat
huquqi nazariyasini o’rganar ekanmiz, jinoiy yo’l bilan topilgan har qanday mulk u yoki bu
tarzda sotilishi mumkin degan xulosaga kelishimiz mumkin, lekin bu har doim ham
legalizatsiyaning zaruriy belgisi emas. Faqatgina jinoiy faoliyatdan olingan daromadaga
qonuniy shakl berish istagi mavjud bo’lsagina biz 243-modda bilan kvalifikatsiya qila olamiz.

Ushbu jinoyatning xorijiy davlatlar retrospektiv tahliliga keladigan bo’lsak, pul yuvish

(jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) tushunchasi dastlab 20-asr
boshlarida yuzaga kelgan. AQSH Prohibitsiya davrida (1920-1933) jazz-barlar va kir
yuvishxonalaridan foydalangan gangsterlar noqonuniy daromadlarni tozalashga harakat
qilgan. Masalan, mashhur mafioza Al Kapone noqonuniy ravishda topilgan daromadlarni
‘’qonuniy’’ biznes – kir yuvishxonalarga o’tkazib, shu yo’l bilan qonuniylashtiradi

9

.

Ma’lumotlarga ko‘ra, jinoyatchilar kir yuvish muassasalari kabi shaxsiy bizneslarni noqonuniy
daromadni qonuniy daromadga aylantirish uchun ishlatganligi sababli ushbu atama paydo
bo‘lgan. Ammo, pul yuvish atamasi va uni qonuniy jinoyat deb tan olish masalasi keyinchalik –
jinoyatchilik va narkotiklarning keskin oshganligi bois davlatlar tomonidan alohida ko’rib
chiqila boshlaydi.

Pul yuvish jinoyatini qonuniy tusga kirishi 1980-yillar o‘rtalariga to‘g‘ri keladi. Masalan,

AQSh 1986-yilda Money Laundering Control Act qabul qilib, pul yuvishni federal miqyosda
jinoyat deb e’lon qilgan birinchi davlat boʻldi

10

. AQShda 1970-yilda Bank Secrecy Act qabul

qilingan bo‘lsa, 1986-yilda esa aynan pul yuvishga qaratilgan qonun yaratilib, noqonuniy pul
mablag‘larini strukturaviy tarzda boshqarish, hisobot berish va mol-mulkni musodara qilish
kabi choralar kiritildi. Shu bilan birga, boshqa davlatlar ham o‘sha davrlarda pul yuvishga
qarshi qonuniy tashkiliy choralarni kuchaytirdi. Masalan, Italiya 1991-yilda 197-sonli
qonunni qabul qilib, o‘sha yili Yevropa Ittifoqi tomonidan chiqarilgan birinchi pul yuvishga
qarshi direktivani o‘z ichiga olgan. Buyuk Britaniya esa 1986-yilda Drug Trafficking Offences
Act va 1988-yilda Criminal Justice Act qabul qilib, asosan narkotikdan olingan daromadlarga
nisbatan pul yuvishni jinoyat qismiga kiritgan.

AQSh pul yuvishga qarshi kurash bo‘yicha alohida qonunchilikni 1970-yildan boshlagan.

Bank Secrecy Act (1970) moliya institutlariga katta miqdordagi naqd pul operatsiyalarini
markazlashtirilgan tarzda yozib borishni buyurdi. Aslida tozalash harakatlariga qarshi kurash
avvalroq ham bo‘lgan – masalan, 1930-yillarda Adol Caponeni soliq-to‘lovlari bo‘yicha sudga
berish orqali ta’qib qilishgan, biroq 1986-yilgacha pul yuvish nomi ostida alohida jinoyat
mavjud emas edi. 1986-yilda Money Laundering Control Act qabul qilib, AQSh pul yuvishni
jinoyat deya rasman belgiladi va bu qonun 18 USC §1956–1957 moddalari orqali noqonuniy
pul bilan bog‘liq faoliyatni qamrab oldi

11

.

Italiya pul yuvishga qarshi birinchi tadbirlarni Yevropa standartlari asosida amalga

oshirgan. 1991-yilda qabul qilingan 197-sonli qonun (Legge Antiriciclaggio) YEIning birinchi
AML direktivasini to‘liq qabul qilib, bank va moliya tashkilotlariga ogohlantirish va hisob-
kitob yuritish majburiyatlarini kiritdi. Keyinchalik Italiya qonunchiligi bir necha bor




background image

59

YANGI OʻZBEKISTON TALABALARI
AXBOROTNOMASI SJIF: 5.209

www.in-academy.uz

3-JILD, 6-SON YO’TA

yangilandi: 2007-yilda 231-sonli dekret bilan yangi direktivalar qabul qilinib, AML tartibotlari
kuchaytirildi. Straf kodeksida esa pul yuvish jinoyatiga oid modda (648-bis c.p.) mavjud.
Shuningdek, 2014-yilda Italiya konstitutsiyasiga kiritilgan yangi 648-ter.1-moddada
«avtoritsiklaggio» – ya’ni oʻzining olingan noqonuniy daromadini qayta tozalash jinoyati ham
qoralandi

12

.

Buyuk Britaniyada ham pul yuvishga qarshi ilk jinoyat moddalari 1980-yillarda paydo

bo‘lgan. 1986-yilda Drug Trafficking Offences Act orqali narkotrafikdan kelib chiqqan pullarni
yuvish jarayonlariga qarshi ko‘plab bandlar kiritildi. 1988-yilda esa Criminal Justice Actga pul
yuvishga oid yangi jinoyat moddalari qo‘shildi, bu qonun narkotik oqimlaridan olingan
daromadning qonunniylashtirilishini ta’qiqladi. Amalga kiritilgan tadbirlar tufayli moliya
institutlari va boshqa idoralar oʻz faoliyatida yo‘qotishlar bo‘lmasligi uchun katta xarajatsiz
tranzaksiyalarni aniqlash hamda hisobot berish majburiyatiga ega boʻldi. 2002-yilda esa
Buyuk Britaniyaning Proceeds of Crime Act qabul qilinib, unda «jinoyat mulki» tushunchasi
kengaytirildi va pul yuvishga oid jazo me’yori yanada qattiqlashtirildi

13

.

Pul yuvish muammosi xalqaro hamjamiyat diqqatiga ilk bor 1988-yilda Vena shahrida

qabul qilingan Narkotiklarni va psixotrop moddalarni noqonuniy aylanmasiga qarshi
konvensiya orqali tushdi. Ushbu konvensiyaning 3.1-moddasida jinoyat daromadlarini bilib
turib konversiya qilish yoki mulk harakatlarini yashirish amali jinoyat deb belgilandi. Keyingi
yillar kontekstida, 2000-yilda BMT Shimoliy Italiya shahrida (Palermo) o‘tkazilgan anjumanda
Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi konvensiya qabul qilindi. Uning 6-moddasida
“jinoyatdan olingan mulkni bilib turib almashinish, ko‘chirish, qo‘lga kiritish, egalik qilish yoki
undan foydalanish” kabi harakatlar pul yuvish deb tan olinishi kerakligi bayon etiladi. 2003-
yilda esa Korrupsiyaga qarshi BMT konvensiyasi (UNCAC) qabul qilinib, 23-moddada
korrupsion jinoyatlardan kelib chiqqan mulkni yuvish harakatini deyarli Palermo
konvensiyasiga o‘xshash tarzda jinoyat deb belgilashni talab qildi. Ushbu xalqaro hujjatlar
mamlakatlarga pul yuvishga qarshi milliy qonunlarni qabul qilishni majburiy qildi

14

.

Pul yuvishga qarshi global hamkorlikning muhim bo‘g‘inlaridan biri – 1989-yilda G7

davlatlari tomonidan tuzilgan FATF (Financial Action Task Force) hisoblanadi. FATF tashkil
etilganida unga pul yuvish metodlarini o‘rganish, milliy choralarning holatini tekshirish va
standartlar ishlab chiqish vazifasi topshirildi. 1990-yillarda FATF 40 ta tavsiyani e’lon qilib,
ularning ijrosini a’zolariga majburiy qildi. Bu tavsiyalar dunyo mamlakatlari tomonidan AML-
CFT qonunchiligini kuchaytirishda asosiy xalqaro me’yor sifatida qabul qilindi. Hozirgi kunda
FATF sug‘urta qilgan qoidalar va bir qator moliyaviy razvedka bo‘limlari (Egmont guruhi
kabi) ham pul yuvish va terrorizm moliyalashtirilishini oldini olishda muhim rol
o‘ynamoqda

15

.

XULOSA

Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish (pul yuvish) –

zamonaviy davrning eng murakkab va xavfli jinoyatlaridan biri bo‘lib, nafaqat iqtisodiy
xavfsizlikka, balki global moliyaviy tizimning barqarorligiga jiddiy tahdid soladi. Ushbu
jinoyatning murakkabligi shundaki, u ko‘pincha boshqa og‘ir jinoyatlar – narkotrafik,
korrupsiya, terrorizm, kontrabanda va tashkil etilgan jinoyatchilik bilan bevosita bog‘liq





background image

60

YANGI OʻZBEKISTON TALABALARI
AXBOROTNOMASI SJIF: 5.209

www.in-academy.uz

3-JILD, 6-SON YO’TA

bo‘ladi. Daromadni yasal holga keltirish orqali jinoyatchilar nafaqat jinoiy faoliyatdan foyda
ko‘radi, balki uni qonuniy muomalaga kiritib, davlat nazoratidan yashirinishga erishadi.

Xulosa qilib aytganda, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish

uchun jinoiy javobgarlikning retrospektiv tahlili asosida ushbu jinoyat uchun
javobgarlik belgilanishini 3 bosqichga ajratish mumkin:

I-bosqich (qadimgi davrdan – 1980-yillargacha).

Jinoiy faoliyatdan olingan

daromadni legallashtirish uchun javobgarlikning dastlabki o‘rnatilishi (birinchi bosqich)ni
ko’rib chiqadigan bo’lsak, pul yuvish jinoyati dastlab 20-asrda AQSHda maxsus kirxonalar
faoliyatidan kelib chiqib, mafioza Al Kapone nomi bilan uzviy bog’langan. O’zbekiston
tarixining ilk bosqichida unga nisbatan javobgarlik umumiy jinoyat huquqi doirasida
baholangan. O‘zbekiston SSR davrida to‘g‘ridan-to‘g‘ri bu jinoyat turi mavjud bo‘lmagan
bo‘lsa-da, 1926 va 1959-yillardagi Jinoyat kodekslarida jinoyat yo‘li bilan olingan mol-mulkni
yashirish yoki sotib olishga oid ayrim normalar mavjud bo‘lgan. Mazkur normalar orqali
davlat mulkini yoki soliqqa oid qonunlarni buzganlik uchun jazo nazarda tutilgan. Sovet
davrida xususiy mulkning cheklanganligi sababli, jinoyat daromadlarini qonuniylashtirish
uchun iqtisodiy zamin deyarli yo‘q edi.

II

-

bosqich (1986-2009-yillar).

Ushbu davr mobaynida maxsus qonunlar qabul qilingan

bo’lib, XX asr oxirlariga kelib, xalqaro miqyosda pul yuvishga qarshi kurash kuchaytirildi.
AQSh 1986-yilda “Money Laundering Control Act”ni qabul qilib, pul yuvishni federal jinoyat
sifatida tan oldi. Keyinchalik Italiya, Buyuk Britaniya va boshqa davlatlar ham bu boradagi
qonunchilikni ishlab chiqdi. Xalqaro hujjatlar – Vena (1988), Palermo (2000) va BMT
Korrupsiyaga qarshi (2003) konvensiyalari bilan bu jinoyatga qarshi majburiy chora-tadbirlar
belgilandi. O‘zbekistonda esa 1994-yilda Jinoyat kodeksining 243-moddasi orqali bu jinoyat
mustaqil tarkib sifatida qonunchilikka kiritildi. 2009-yildagi tahrir orqali esa uning huquqiy
ta’rifi yanada aniqlashtirildi va legallashtirish harakatining mohiyati aniq belgilab berildi.

III-bosqich (2010-yildan hozirgi kungacha).

Bugungi kunda O‘zbekistonda pul

yuvishga qarshi kurash kompleks tarzda olib borilyotganligini, Jinoyat kodeksi bilan bir
qatorda, moliyaviy monitoring, bank va soliq organlari faoliyati, bojxona nazorati va xalqaro
tashkilotlar bilan hamkorlik bu boradagi asosiy vositalari ekanligini ko’rishimiz mumkin.
Davlat xalqaro tajribani chuqur o‘rganmoqda, FATF tavsiyalarini inobatga olgan holda milliy
qonunchilikni moslashtirmoqda. Biroq asosiy e’tibor jinoyatni aniqlashdan ko‘ra, uning oldini
olish, aholining moliyaviy savodxonligini oshirish va profilaktik choralarni kuchaytirishga
qaratilmoqda.

Yuqorida ushbu jinoyat uchun javobgarlik belgilangan qonunlarni rivojlanish tarixini

retrospektiv nuqtai-nazardan tahlil qildik. Tahlil asosida shunday xulosaga keldikki, biz uni
uchta bosqichga bo’lishimiz mumkin ekan: qadimgi davrdan kodefikatsiyagacha bo’lgan davr,
kodefikatsiyadan mustaqillikacha bo’lgan davr hamda mustaqillikdan keyingi eng yangi davr.
Ushbu jinoyat uchun javobgarlik belgilangan qonun normalarini rivojlanishini o’rganish bizga
bu jinoyat uchun nima sababdan javobgarlik belgilanganligi, uning ijtimoiy xavfliligi, ushbu
jinoyat uchun javobgarlik qanday takomillashib borayotganligi to’g’risida xulosalar
chiqarishga va kelajakda ushbu jinoyatga qarshi kurashish va uni oldini olishga xizmat qilishi
mumkin

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:


background image

61

YANGI OʻZBEKISTON TALABALARI
AXBOROTNOMASI SJIF: 5.209

www.in-academy.uz

3-JILD, 6-SON YO’TA

1.

“Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga

va ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi
qonun // https://lex.uz/acts/-283717
2.

O’zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi https://lex.uz/docs/-111453

3.

O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi https://lex.uz/docs/-111189

4.

Oliy sud Plenumining ,, Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga oid ishlar

bo‘yicha sud amaliyotining ayrim masalalari to‘g‘risida’’gi qarori https://lex.uz/mact/-
1766419
5.

Fazilov F.M. Legalization of revenue received from criminal activities (criminal-legal and

criminological aspects). Monograph.

Библиографические ссылки

“Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonun // https://lex.uz/acts/-283717

O’zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi https://lex.uz/docs/-111453

O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi https://lex.uz/docs/-111189

Oliy sud Plenumining ,, Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyotining ayrim masalalari to‘g‘risida’’gi qarori https://lex.uz/mact/-1766419

Fazilov F.M. Legalization of revenue received from criminal activities (criminal-legal and criminological aspects). Monograph.