25
YANGI OʻZBEKISTON TALABALARI
AXBOROTNOMASI
www.in-academy.uz
Volume 3 Issue 06 YO’TA
IQBOL MIRZO SHE’RIYATIDA METAFORALARNING
QOʻLLANILISHI
Usmonova Mashhura Zafarjon qizi
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
filologiya fakulteti, 1-bosqich talabasi
E-mail: mashhurausmonova777@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15680716
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 10- Iyun 2025 yil
Ma’qullandi: 14- Iyun 2025 yil
Nashr qilindi: 17- Iyun 2025 yil
Mazkur maqolada Oʻzbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo
she’riyatida qoʻllanilgan metaforalar tahlil qilingan.
Metaforalarning she’riyatda poetik vazifa bajarishi,
ijodkorning takrorlanmas ma’no koʻchish uslublaridan
foydalanish mahorati shoir she’rlari asosida tahlil
qilingan
KEY WORDS
Oʻxshatish
belgisi,
konkret
oʻxshatish, abstrakt oʻxshatish,
detal, kechinma, metafora, ramz,
obraz, poetik tahlil, jonlantirish,
an’ana.
Insoniyat tarixida tushunchani anglashning eng qulay usuli bu bir narsani ikkinchi biriga
oʻxshatib tasavvur etishdir. Oʻxshatishning tasviriy vosita sifatida badiiy adabiyotda tutgan
oʻrni beqiyos. Nutqqa obrazlilik, ta’sirchanlik baxsh etish maqsadida ikki narsa yoki hodisa
oʻrtasidagi oʻxshashlik, muvofiqlik asosida ularning biri oʻrnida xuddi shu ma’noni
anglatadigan soʻz yoki ibora koʻchma ma’noda qoʻllaniladi. [2] Oʻxshatish – ikki xil narsani
qiziqarli tarzda taqqoslaydigan nutq figurasi hisoblanib, oʻquvchining yoki tinglovchining
ongida qiziqarli aloqani boshlash uning maqsadidir. Oʻxshatish majoziy tilning keng tarqalgan
shakllaridan biri boʻlib, uni she’riy matnlardan tortib kundalik nutqimizda (suvga tushgan
mushukdek, toʻtidek gap qaytarmoq) ham uchratishimiz mumkin. She’riyatda esa
oʻxshatishlar orqali shoirning badiiy gʻoyasi, ilmiy salohiyatining darajasi, estetik baholash
miqyosi oydinlashadi. Iqbol Mirzo she’riyatida oʻxshatishlar asosan, “sogʻinch”, “yurak”
tushunchasi bilan bogʻliq istioraviy misralarda uchraydi. Iqbol Mirzoning “Vatan sogʻ boʻlsin!”,
“Ata Bayit”, “Oʻzbek”, “Bir kun”, “Kirib borayotgan mahalim kuzga”, “Senga xatlar yozdim”,
“Sochlaring fatila”, “Kuzda”, “Kuygan yorda yozilgan she’r” kabi bir qator she’rlari soʻzimizga
dalil boʻla oladi. [3:13-58]
Tilshunoslikka oid ilmiy manbalarda oʻxshatishlarning ikki turi mavjud ekanligi qayd
etiladi. Ya’ni:
1) individual-muallif oʻxshatishlari, konkret yoki erkin oʻxshatishlari;
2) umumxalq, abstrakt yoki turgʻun (doimiy) oʻxshatishlar. [4.5]
Erkin (konkret)
oʻxshatishlar muallifning oʻziga xos orginal oʻxshatishlari boʻlib, u
muallifning mahoratini bevosita belgilaydi, she’rni koʻz oldimizda jonlantiradi. Masalan,
shoirning quyidagi she’rida ushbu oʻxshatish turini koʻrishimiz mumkin:
Ulkan qabrlarday koʻrinar qirlar,
Ha, choʻng dardga loyiq mozor ham kerak.
26
YANGI OʻZBEKISTON TALABALARI
AXBOROTNOMASI
www.in-academy.uz
Volume 3 Issue 06 YO’TA
Bu joyga tiriklay koʻmilgan erlar,
Farzandin diydori eng soʻnggi tilak. [3.5]
Shoir ushbu toʻrtlikda farzandini kutayotgan ota-ona kechinmalarini oʻxshatishlar orqali
ifodalab bermoqda. Lirik qahramonga qirlar qabr kabi koʻrinayotgani va bu his ogʻriqli ekanini
tasvirlangan. Qirlar qabrga oʻxshatilmoqda. Sogʻinchga toʻla ota-onaning koʻzlariga xatto
dashtdagi qirlar ham qabr kabi koʻrinayotgani aks ettirilgan. Bu erkin oʻxshatish boʻlib,
-day
qoʻshimchasi vositasida amalga oshirilganini koʻrishimiz mumkin.
Iqbol Mirzo she’riyati oʻxshatishlarga va mavzu koʻlamiga boy. Badiiy nutqda shoir
tomonidan yaratilgan oʻxshatishlar poetik matnning yangidan yangi badiiy-estetik qirralarini
kashf etadi.
Sen neni bilasan, osmondagi qiz?
Bahorday bildirmay qariydi bu his.
Esiz, yoshligimiz, sevgilarimiz..
Bugun sevgi oddiy ishga aylandi. [3.58]
Yuqoridagi toʻrtlikda esa, oʻshatilgan va oʻxshatilayotgan predmet ham yaqqol koʻzga
tashlanib turganini koʻrish mumkin. Ya’ni, lirik qahramon bu yerda aynan ijodkorning oʻzi, u
oniy lahzalarda kechadigan sevgini bahorga qiyos etmoqda. Chunki bahor fasli fasllar ichida
eng goʻzali va oʻzgachasi, aynan ilk muhabbat ham inson hayotidagi unutilmas, doim tabassum
bilan eslanadigan davr boʻlgani kabi. Shu asnoda ijodkor sof sevgisini bahordek tezda oʻtib
ketganini va erishilmagan tuygʻularini ifodalab kelgan.
Turgʻun (astrakt)
oʻxshatishlarnning mohiyati shundan iboratki, ularda oʻxshatish
etaloni ifodalangan obraz barqarorlashgan boʻladi, bunday oʻxshatishlar, garchi muayyan
shaxs yoki ijodkor tomonidan qoʻllagan boʻlsa-da, vaqt oʻtishi bilan til jamoasida urfga kirib,
doimiy ifodalar sifatida turgʻunlashgan, umumxalq tili leksikasidan joy olib ulgurgan boʻladi.
Bunday oʻxshatishlar xuddi tilda tayyor birliklar kabi nutqqa olib kiriladi. [4.6]
Iqbol Mirzo she’rlarida togʻ, burgut, boʻri kabi ramziy obrazlar oʻz ifodasini topgan boʻlib,
aynan oʻxshatish etaloni boʻlib xizmat qilganini koʻrishimiz mumkin. Tasviriy ifodalar va
gʻoyalar an’anaviyligi, asosan, bir adabiy davr ijodkorlarining na’munalarida koʻzga
tashlanadi. Keskinlik, haqqoniylik va yuqorida sanab oʻtilgan ramziy obrazlardan birdek
unumli foydalanish jarayonini Usmon Azim, Azim Suyun va Iqbol Mirzo she’rlarida
uchratishimiz mumkin. Albatta, har bir ijodkor bu ramzlarni oʻz she’rlarida yangicha talqin
etadi:
Lolazor misoli dogʻ edi bagʻrim,
Necha yil bu dashtda chechak unmadi.
Shudringdek tovlanib ketdi-da mehrim,
Yur, baxtli boʻlamiz desam koʻnmadi.
Yuqoridagi toʻrtlikda qoʻllanilgan yurak, bagʻr kabi birliklar lolazorga oʻxshatilgan.
Metaforik jarayon
misoli, -dek
unsurlari asosida yuzaga chiqmoqda va aynan sogʻinchdan,
uzoq vaqtli ayriliqdan qip-qizil boʻlgan, qon boʻlgan bag’rining ham ichida lolanikidek qora
dog’lar qolganini, faqatgina tongda koʻzni qamashtiradigan shudringdek ming xil jilolangan
tuyg’ularini izhor etganida goʻzal yor uni rad etganini, shu voqeadan soʻng yuragida qayta
sevgi uchqunlaganini, xuddiki bir giyoh va chechak unmaydigan quruq dashtdek hissiz
qolganini yetkazishga xizmat qilmoqda. Muallif she’rlari qaysi mavzuni yoritmasin oʻzida
oʻkinch, sogʻinch, adolat, vatanga, ota-onaga va suyuklisiga boʻlgan bitmas-tuganmas mehr-
27
YANGI OʻZBEKISTON TALABALARI
AXBOROTNOMASI
www.in-academy.uz
Volume 3 Issue 06 YO’TA
muhabbatini oʻzida namoyon etaveradi. U yaratgan har bir oʻxshatish va obrazdan
zavqlanamiz.
Daraday huvillar edi quchogʻim,
Koʻzim va quchogʻim birdek toʻlmadi.
Menga ishonmadi, tushunmadi chogʻim,
Yur, baxtli boʻlamiz desam koʻnmadi.
Oʻxshatishlar ikki xil koʻrinishda boʻlishi mumkin, ya’ni
1) qoʻshimchalar va soʻzlar
bilan hosil qilinadigan-belgili metaforalar
(-dek, -day, misoli, goʻyo, kabi, xuddi, misli,
goʻyoki, oʻxshash va h.k) va
2) toʻgʻridan-toʻgʻri qoʻllaniladigan oʻxshatishlar- belgisiz.
Oʻshanda (oq osmon, qoʻng'ir yer guvoh...)
Dilimni bilardi majnuntol bargi.
Kaftimda yoʻq edi zigʻirdek gunoh,
Yoʻq edi kaftimning zarradek gardi –
Oʻshanda men seni yaxshi koʻrardim...
Ushbu toʻrtlikda metafora zigʻirdek, zarradek soʻzlari orqali belgili tarzda ishlatilgan,
yoki:
Men ham ishonmasdim, avval aytsalar,
Tovonim silagan mayin maysalar.
Yotsam, yuragimga urar nayzalar..
Qosh kabi maysalar nishga aylandi.
` Yuqoridagi toʻrtlik bor boʻy-basti bilan metaforik birikma, oʻxshatishning eng goʻzal
namunasi. Shoir “Kuzda” she’rida metaforik sifatlashga yordam beradigan -dek, -day, kabi,
xuddi kabi til unsurlaridan unumli foydalangan Bu oʻxshatishlar qachonlardir yorning qoshi
kabi mayin va chiroyli maysalar, yorning bergan azoblari kabi unga zarar keltirganini,
nayzadek yuragini yaralaganini, ishonishni xohlamagan bevafolik unga oʻqdek yuragiga
botayotganini ifodalamoqda.
Ba’zan Iqbol Mirzo she’rlarida metaforik oʻxshatishning belgisiz tarzda ifodalanganining
guvohi boʻlishimiz mumkin:
Oʻshanda (oq osmon, qoʻngʻir yer guvoh...)
Ismimni bilardi qayragʻoch bargi.
Yuragim tomida yotgan qizʻaldoq,
Kapalak haqida qoʻshiq aytardi.
Xulosa qilib aytganda, shoir she’rlaridagi oʻxshatishlar she’rning emtosional-ekspressiv
ta’sirchanligini, ifodaliligini hamda obrazliligini ta’minlovchi vosita sifatida qoʻllanilgan.
Shuningdek, shoirning oʻziga xos obrazli tafakkur tarzining mahsuli sifatida qoʻllanilib,
shoirning soʻz qoʻllash mahoratining oʻziga xos namunasi boʻlib xizmat qilgan.
Adabiyotlar roʻyxati:
1. Karimov S. Badiiy uslub va tilning ifoda tasvir vositalari. – Samarqand, 1994. – 196 b.
2. Iqbol Mirzo. Sizni kuylayman. – Toshkent: Yoshlar nashriyot uyi, 2019. –B.13-58.
3. Mahmudov H., Xudoyberganov D. Oʻzbek tili oʻxshatishlarining izohli lugʻati. - Toshkent:
Ma’naviyat, 2013. – B. 5-6.
4. https://www.izohli.uz/words/TAXAYYUL