Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 3-son May 2025
226
2-SINF MATEMATIKA DARSLARIDA O‘QUVCHILARNING
HISOBLASH KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH YO‘LLARI
Navoiy davlat universiteti “Boshlang‘ich ta’lim” kafedrasi katta
o‘qituvchisi,f.f.f.d(PhD)
Jurayeva Gulshanoy Turdiyevna
“Boshlang‘ich ta’lim” yo‘nalishi 4-kurs talabasi
Safartosheva Barchinoy Aktam qizi
E-mail: barchinoysafartoshova0708@gmail.com
Annotatsiya: Ushbu tezisda 2-sinf o‘quvchilarining hisoblash ko‘nikmalarini
rivojlantirish, og‘zaki hisoblash ko‘nikmalarini shakllantirish va matematika
faniga oid bo‘lgan qiziqishlarini oshirishga qaratilgan metodlarning umumiy
tahlili keltirildi.
Annotation:
This thesis presents a general analysis of methods aimed at
developing 2nd grade students' calculation skills, forming verbal calculation skills,
and increasing their interest in mathematics.
Kalit so‘zlar: F
ikrlash qobiliyati,
mantiqiy fikrlash, interfaol metod,
hisoblash ko‘nikmasi.
Key words: Thinking skills, logical thinking, interactive method, calculation
skills.
Bugungi kunda hisoblashning ahamiyati har qachongidan ham yuqori. U
nafaqat fanlar asosida, balki har bir kishining hayotiy qarorlarida, kasbiy
faoliyatida, ijtimoiy rivojlanishda beqiyos rol o‘ynaydi.
Boshlang‘ich sinf
o‘quvchilarini matematika o‘qitish jarayonida fikrlash qobiliyatlarini o‘stirishning
nazariy asoslari matematik masalalar yechish - matematika o‘qitishning muhim
tarkibiy qismidir. Masalalar yechmasdan matematikani o‘zlashtirishni tasavvur
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 3-son May 2025
227
ham etib bo‘lmaydi.
Shu boisdan hisoblash ko‘nikmasini erta yoshdan boshlab
rivojlantirish, uni har tomonlama mustahkamlash zamonaviy ta’limning asosiy
vazifalaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, boshlang‘ich sinflarda bu ko‘nikmaning
shakllanishi o‘quvchilarning o‘quv faoliyati, mantiqiy fikrlashi va amaliy hayotida
mustaqil harakat qilish qobiliyatiga asos bo‘ladi. Matematik ta’lim sohasi bo‘yicha
standart ko‘rsatkichlar bolalarda natural sonlar va nol to‘g‘risida tasavvurni
shakllantirish, puxta hisoblash ko‘nikmalarini hosil qilish, amaliy masalalarni
yechishda natural sonlarni va arifmetik amallarni qo‘llay olishga o‘rgatish, eng
sodda geometrik shakllar hamda og‘zaki hisoblash va matematik munosabat
belgilaridan foydalana olish malakasini hosil qilish nuqtai nazaridan belgilandi.
Og‘zaki hisoblashga doir mashg‘ulotlarning samaradorligi mashqlarning hajmi va
mazmunigagina emas, balki ularning berilishi va tekshirilishi, o‘quvchilarning
bilimini sinash, og‘zaki va yozma mashqlarning almashtirib turilishiga ham
bog‘liqdir. Bundan tashqari, og‘zaki hisoblash malakalarining uzluksiz
takomillashib borishi uchun og‘zaki va yozma hisoblash usullarini qo‘llashda
to‘g‘ri munosabat o‘rnatish, chunonchi og‘zaki hisoblash qiyin bo‘lgandagina
yozma hisoblash zarur. O‘quvchilarning topshiriqni eshitib qabul qilishlarida
o‘qituvchi topshiriqni o‘qib beradi, ular esa eshitadi. Bunda asosiy kuch xotiraga
qaratiladi, bunday mashqlar juda foydali bo‘lib, eshitish xotirasini rivojlantiradi.
Bolalarning og‘zaki hisoblash malakalarini har doim tekshirib turish kerak.
Og‘zaki hisoblashga doir mashqlarni birinchi darslardanoq kiritilsa, samarasi
ancha yuqori bo`ladi. O‘quvchilarning og‘zaki hisoblash malakalari turli-tuman
mashqlarni bajarishlari jarayonida shakllanadi. Ushbu ko‘nikmalarni shakllantirish
uchun zamonaviy metodlardan foydalanish o‘rinlidir. Quyida 2-sinf
o‘quvchilarining hisoblash ko‘nikmalarini rivojlantiradigan metodlarning
qo‘llanishi va mohiyati haqida so‘z yuritamiz.
“Zinama – zina “metodi
Ushbu metoddan o‘quvchilarning hisoblash ko‘nikmalarini shakllanganligini
aniqlashda foydalanishimiz mumkin. O‘quvchilarni matematik hisoblash
ko‘nikmalari qay darajadaligini tezkor savollar orqali bilib olamiz. Bunda mavzuga
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 3-son May 2025
228
doir misollar ketma-ket yoziladi, misollarga to‘g‘ri javob bergan o‘quvchilar
keyingi zinaga ko‘tarilishadi.
MARRA
5-zina
69-24=
4-zina
23+53=
3-zina
89-61=
2-zina
48-22=
1-zina
41+51=
“Juftini top”
o‘yini
Bu o‘yinli texnologiya orqali o‘quvchilarda sodda hisoblash ko‘nikmasini
rivojlantirishimiz mumkin. Bunda barcha amallarda juftini topgan holda natijani
tezroq va soddaroq qo‘lga kiritamiz. Bunda o‘quvchilar ortiqcha aqliy zo‘riqishdan
holi bo‘lishadi va vaqtdan unumli foydalanishadi.
Masalan,
12+24+28+16=
misoli berilgan bo‘lsa, buni qulay usulda
hisoblaymiz:
1.
12+28=40
(12 sonining juftini topib oldik, ya’ni 28 ni);
2.
24+16=40
(bunda ham 24 sonining juftini topdik, ya’ni 16 ni);
3.
40+40=80
(so‘nggida ikki oson topilgan yig‘indi qo‘shiladi).
Xususiy yo‘llar
Yuqoridagi o‘yinlardan tashqari hisoblashning xususiy yo‘llari ham mavjud.
Bu yo‘llar orqali misollarni yanada tezroq ishlashimiz mumkin. Bunday usullardan
foylanish orqali o‘quvchilarda matematikaga bo‘lgan qiziqishlari yanada oshadi.
Quyida ushbu yo‘llardan bir nechtasini ko‘rib chiqsak.
1.
5
sonini boshqa raqamga ko‘paytirishning sodda usuli.
5
sonini
istalgan juft songa ko‘paytirsak o‘sha sonning yarmi va o‘ng tomonidan
0
(nol)
yozilsa natija chiqadi.
Masalan, 5 sonini 84 soniga ko‘paytirsak, bunda 84 sonining yarmi va o‘ng
tomonidan
0
(nol) raqami yoziladi.
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 3-son May 2025
229
5
×
84
=
420
5
×
26
=
130
5
×
90
=
450
5
×
30
=
150
5
×
8
=
40
5
×
12
=
60
2.
Bir xonali sonlarni
9
ga, ikki xonali sonlarni
99 ga,
uch xonali sonlarni
999
ga ko‘paytirishning qulay usuli bilan tanishamiz.
a)
Bunda istalgan bir xonali sonni 9 ga ko‘paytirish uchun o‘sha sondan
1
ni ayirsak natijaning o‘nlar xonasidagi raqam hosil bo‘ladi, hosil bo‘lgan sonni
9
dan ayirsak natijaning birlar xonasidagi javob chiqadi.
Masalan,
4×9=
1.
4-1=3
2.
9-3=6
Javob:
36
Ikki xonali va uch xonali sonlarni mos ravishda
99,999
ga ko‘paytirishda ham
bir xonali sonni 9 ga ko‘paytirish qoidasidan foydalanamiz.
Xulosa o‘rnida shuni aytib o‘tish mumkinki, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida
hisoblash malakasini shakllantirish maqsadida ko‘plab interfaol metodlarni ta’lim
jarayonida foydalanishning imkoniyati mavjud. Bunday metodlardan boshlang‘ich
sinf matematika darslarida o‘rinli foydalanish o‘quvchilarda hisoblash
malakalarining o‘sishiga yaxshi samara beradi. Bundan tashqari ba’zi amallar
ustida xususiy yo‘llardan foydalanish o‘quvchining fanga bo‘lgan qiziqishlarini
oshirishga xizmat qiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
Usmonova.Z.I.
Improving
the
Methodology
for
Forming
Computational Skills in Primary.
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 3-son May 2025
230
2.
Matematika. Umumiy o‘rta ta’lim maktabining 2-sinfi uchun darslik,
I, II, III qismlari. I.Repyova, Y. V. Zemlina. – Toshkent:” Novda Edutainment”
nashriyoti, 2023.
3.
Jumayev M.E. Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish
metodikasi.T.:-2005yil