Mualliflar

  • Toshboltayev Islom Bahodir o‘g‘li.

Muallif biografiyasi

  • Toshboltayev Islom Bahodir o‘g‘li.

     IIV Surxondaryo akademik litseyi tarix fani o`qituvchisi.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yottoro.123146

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: Movaraunnahr Chingizxon Chig‘atoy ulusi Mahmud Yalavoch Baroq Duvaxon Muborakshoh Jamol al-Qarshiy Qoshoniy Haraviy Sayfuddin Boharziy Botu Munke Qaydu legitimlik.

Annotasiya

ANNOTATSIYA:  Chig‘atoy ulusi yoxud Chig‘atoy xonligi – Mo‘g‘ul imperiyasidan so‘ng Chingizxonning ikkinchi o‘g‘li Chig‘atoyxon va uning vorislari hukmronlik qilgan yerlarni o‘z ichiga olgan mo‘g‘ul ulusi. XIII asr oxirlarida xonlik o‘zining eng yuqori cho‘qqisida Orol dengizining janubida Amudaryodan to hozirgi Mo‘g‘uliston va Xitoy chegarasidagi Oltoy tog‘larigacha cho‘zilgan. Chig‘atoy ulusidagi mo‘g‘ullari o‘zlarining boshqaruv tarzida asosan ko‘chmanchi bo‘lib qolishgan va XV asr oxirigacha shahar markazlarida o‘rnashishmagan. Chig‘atoy ulusidagi mo‘g‘ullar Movarounnahr va Tarim havzasidagi shahar aholisi ustidan hukmronlik qilganlar.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

19-to’plam 1-son May 2025

398

CHIG’ATOY ULUSIDAGI BOSHQARUV TARTIBI

Toshboltayev Islom Bahodir o‘g‘li.

IIV Surxondaryo akademik litseyi tarix fani o`qituvchisi.

mamasoatr@gmail.com +998 93 766 99 08

ANNOTATSIYA: Chig‘atoy ulusi yoxud Chig‘atoy xonligi – Mo‘g‘ul

imperiyasidan so‘ng Chingizxonning ikkinchi o‘g‘li Chig‘atoyxon va uning

vorislari hukmronlik qilgan yerlarni o‘z ichiga olgan mo‘g‘ul ulusi. XIII asr

oxirlarida xonlik o‘zining eng yuqori cho‘qqisida Orol dengizining janubida

Amudaryodan to hozirgi Mo‘g‘uliston va Xitoy chegarasidagi Oltoy tog‘larigacha

cho‘zilgan. Chig‘atoy ulusidagi mo‘g‘ullari o‘zlarining boshqaruv tarzida asosan

ko‘chmanchi bo‘lib qolishgan va XV asr oxirigacha shahar markazlarida

o‘rnashishmagan. Chig‘atoy ulusidagi mo‘g‘ullar Movarounnahr va Tarim

havzasidagi shahar aholisi ustidan hukmronlik qilganlar.

Kalit so’zlar: Movaraunnahr, Chingizxon, Chig‘atoy ulusi, Mahmud

Yalavoch, Baroq, Duvaxon, Muborakshoh, Jamol al-Qarshiy, Qoshoniy, Haraviy,

Sayfuddin Boharziy, Botu, Munke, Qaydu, legitimlik.

KIRISH

XIII asrdagi mo‘g‘ul istilosi shu davr kishilari hamda ularning yaqin

avlodlari shuuriga shu qadar ta’sir o‘tkazdiki, mo‘g‘ul xalqini va uning tarixini

o‘rganish deyarli istilo bilan bir paytning o‘zida boshlanib ketdi. Kutilmagan

fojiaga yo‘liqqan Osiyo va Sharqiy Yevropa mamlakatlari xalqlari – arab, fors, rus,

arman, gruzin, lotin, polyak, xitoy, vengr, nemis kabi tillarda mo‘g‘ul yurishlari,

ularning jang olib borish usullari, mo‘g‘ul qo‘shini tuzilishi, odamlarni shafqatsiz

va ommaviy tarzda qirish, vayron etilgan shahar-qishloq, buzib tashlangan

kanallar, bog‘-rog‘lar haqida chuqur afsus bilan yozilgan xabarlar ko‘p. Istilodan

so‘ng o‘rnatilgan mo‘g‘ullar boshqaruv tizimi haqidagi ma’lumotlar ham o‘ta


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

19-to’plam 1-son May 2025

399

muhim. Mo‘g‘ullar dunyoqarashi, turmush tarzi xususida mufassal xotiralar hamda

hikoyalar ham diqqatga sazovor. Mazkur manbalarning o‘ziga xosligi shundaki,

zabt etilgan mamlakatlarning bu mavzuda yozgan barcha mualliflari hamda

ularning yaqin avlodlari o‘zlari guvoh bo‘lib yoki ota-bobolaridan eshitganlari

haqida yozar ekanlar, mo‘g‘ul istilosini xalqlar qismatiga tushgan buyuk bir

musibat sifatida turlicha baho berganlar. Holbuki, mualliflarning ba’zilari sharoit

taqazosi bilan mo‘g‘ullar xizmatida turgan holda ular tarixining guvohi sifatida

ijod qilganlar. Ibn al-Asir1 (1160-1234), Abu-lFazl ibn Muhammad Jamol ad-din

Al-Qarshiy (1234-1301), Juvayniy2 (1226-1283), Fazlulloh Rashid ad-din (1247-

1318), kabi tarixchi olimlar shular jumlasidandir Chig‘atoy, o‘z og‘a-inilari ichida

o‘zgacha hurmatga ega bo‘lib, boshqaruv san’ati va Yasa qonunlari nozikliklarini

bilishi bilan alohida ajralib turgan. Chingizxon o‘z yerlarini taqsimlab

berayotganda, Chig‘atoyga Mavoraunnahr davlatlari, uyg‘ur yerlari, Qashg‘ar,

Badaxshon va Balx viloyatlarini ajratgan va otaliq etib Qorajar No‘yonni

tayinlagan. Chingizxon o‘limidan so‘ng, Chig‘atoy o‘z poytaxti etib Beshbaliq

(Bish-Bolog‘ – Xondamir) shahrini sayladi; u katta og‘asi bo‘lmish O‘qtoy

Xoqonga hurmati cheksiz edi. Bundan tashqari u Qorajar No‘yon (Amir Korajor)

maslahati va roziligisiz hech narsa qilmas edi. Aksariyat fors va arab manbalarida

Chig‘atoy nomiga simpatiya bildirilgan. Rashid ad-dinga ko‘ra, Chingizxon ham

shunda farzandalariga shunday ta’rif bergan: “Amirlar bilingki, kimda Yaso, bilig

va qonunlar haqida to‘liq bilmoqchi bo‘lsa, Chig‘atoyga ergashsin, kim molu-

davlatni sevsa O‘qtoyga ergashsin va kimda raiyat bilan bo‘lishni, ilmni, qurol

bilan ishlash san’atini o‘rganishni istasa Tuluga ergashsin”. Chig‘atoyning

qarorgohi Ili daryosi vodiysida edi. Rashididdinning ma’lumotiga ko‘ra,

Chingizxon vafotidan so‘ng Chig‘atoyga 4000 ta askar tekkan. Ularning

boshliqlari o‘z navbatida barlos (Qorajar No‘yon), jaloyir (Muka No‘yon), qavchin

va orlot qabilalaridan bo‘lgan. Ibn Arabshohning yozishicha qavchinlar Amudaryo

shimoli, Buxoroning sharqiy tomonlarida, barloslar Qashqadaryo vohasida,

orlotlar Afg‘oniston shimolida joylashganlar. Keyinchalik Mahmud Yalavoch ham


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

19-to’plam 1-son May 2025

400

o‘z siyosati borasida shu qabilalarga suyanib ish ko‘rgan. Umuman olganda,

Mo‘g‘ullar imperiyasida umumsiyosiy vaziyat o‘ta murakkab ahvolda bo‘lib, unda

hali-hanuz bosqinchilik urushlari olib borilayotgan edi. Xususan, Botu 1236-1241

yillarda Sharqiy Yevropaga yurishlarni amalga oshirib bo‘lg‘usi Oltin O‘rdaga

zamin yaratayotgani alohida ahamiyat kasb etardi. Ayniqsa, 1248 yilda Hoqon

Guyukxonning vafoti va undan so‘ng katta sarxadga ega sulolani boshqarishga

tajribali, taxtga loyiq davogar yo‘qligi O‘qtoy xonadonini g‘ulg‘ulaga solib qo‘ydi.

Yana bir tarafdan, Botu va Guyukxon o‘rtasida azaldan xusumat va o‘chmas

adovat xissi mavjud edi. Bu dushmanlik xissi Guyukxonning avlodlariga ham

meros bo‘lib o‘tgan edi. Mankuxon 648 yilning safar oyida may-iyun 1250 yilda

Guyukxon, uning o‘g‘illari va Chingizxon avlodidan bo‘lganlarni qirqdan ortiq

amiri ham 2000 yaqin harbiy qo‘mondonlari ustidan g‘alaba qozonib ularni qatl

ettirdi va taxtni qo‘lga oldi. Shundan so‘ng uning hokimiyati mustahkamlandi va

u o‘z davlati taxti ustida o‘zini erkin xis etdi. Fursatni boy bermay o‘z mavqeyidan

foydalangan Botuxon Tulu xonadoni vakillari bilan til biriktirib Munkexonni

(Manguxon) taxtga Hoqon etib ko‘tarish masalasini ilgari surdi. Chingiziylar

ichida katta og‘a sifatida Botu qurultoyni yig‘ish bo‘ynida edi. Ammo u o‘zining

sog‘lig‘ini vaj etib qurultoyni Jo‘ji sulolasi poytaxti Saroy Berkaga chaqirtirdi.

O‘qtoy va Chig‘atoy xonadoni vakillari bunda fitna borligini sezib Hoqon

saylashni doimgidek, Chingizxonning ona yurtasi Onon va Kerulen daryolari

xududida amalga oshirilishi lozim deb, e’tiroz bildirdilar. Biroq ularsiz ham Botu

va Tulu xonadoni ishtirokida Munkexonni Hoqon etib ko‘tardilar. Qurultoy natijasi

tan olinmasligidan xayiqib Botu nomigagina inisi Berka hamda Buqa Timur

boshchiligida Kerulen daryosida yana bir qurultoy yig‘di. Bunda ham O‘qtoy va

Chig‘atoy xonadonlari ishtirok etishni istamadilar. O‘rtada bir yarim yillik

tortishuvlardan so‘ng va nihoyat Qora-qurumda qurultoy chaqirilib taxtga

Munkexon (1251-1259) Hoqon etib “saylandi”. Fikrimizcha, Chig‘atoy xonlari

amalga oshirgan ushbu qadam ulusda boshqaruvni qo‘lga olishdagi ilk qadam deb

hisoblangan desak mubolag‘a bo‘lmas. Boisi, taxtga o‘tirish marosimi har doimdek


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

19-to’plam 1-son May 2025

401

Ili daryosida emas, Movaraunnahrda, aniqrog‘i Angren daryosi vodiysida amalga

oshdi. Bu esa xonning mahalliy xalq yonida bo‘lmasa-da, unga yaqinroq joyda

bo‘lish maqsadini bildirar edi. Umuman olganda bu ilk bora Chingizxon yaratib

ketgan qadriyatlarning tanazzulga yuz tuta boshlaganidan dalolat berardi. Zulxijja

oyi 664/sentyabr 1265 yilda Xo‘jand atrofida Muborakshoh asr olindi va taxt

Baroq ibn Yisu-Bo‘qa ibn Mitukan ibn Chig‘atoy qo‘liga o‘tdi 59. Buning uchun

u amir-bitikchi bilan Muborakshohga qarshi fitna etgan edi va Baroq uni

lochinbozlari boshlig‘i etib tayinlaydi60. Xonlik davrida u bir necha bor

Xurosonga yurish qilgan, ammo Xulaguning (Gulog‘u) o‘g‘li Abak-Xon

(Abaqaxon) tomonidan mamlakatdan xaydalgan. Buxoroga kelgach, u ham islomni

qabul qiladi va tarixda Sulton G‘iyosiddin deb yodga olinadi61 . 1271 yilda va

nihoyat imperiya taxti O‘qtoy xonadoniga qayta nasib etib Qaydu unda Hoqon

bo‘ldi. Bundan boshlab imperiya sarxadidagi barcha yerlarda uning siyosati

amalga osha boshladi. Jamol al-Qarshiy uning haqida shunday ta’rif beradi: “...

ayni damda Qaydu eng ziyrak va uddaburon hamda zamonamizning mohir

siyosatdoni bo‘lib kelmoqda. Kelishuvni hal etishda qo‘li uzun, izzat-hurmat

qilishda va yaxshi yomonni ajratishda yuqori darajali zot edi...”. Baroqxon xonlik

taxtida o‘rnashib olgach, uning bilan Qayduxon ibn G‘ozi o‘g‘il ibn O‘ktoy Hoqon

o‘rtalarida muxoliflik tushdi. Ko‘p tortishuv va bahslardan keyin ikkalasi o‘rtasida

sulx tuzish yo‘llarini qidirdilar. Baroqxon Qaydu madadi bilan Xuroson va Iroq

mulkini oldi. Al-Qarshiyning ta’kidlashicha, Baroq 670/1271 yilning boshida 6

yillik hukmronligidan so‘ng Mirzo Ulug‘bek ta’rifiga ko‘ra 65 , falajlikdan vafot

etgan. Qayduning topshirig‘i bilan1272-1273 yilda Niqboy ibn Sarbon ibn

Chig‘atoy Baroqdan so‘ng taxtni egalladi. Biroq siyosiy nizolar sabab, Qayduning

amri bilan 1280 yilda Bo‘qa-Temur ibn Qadag‘oy ibn Bo‘ri ibn Mitukan ibn

Chig‘atoy Niqboyni o‘ldirib, o‘rniga taxtga o‘tirdi. Bo‘qa-Temur uzoq hukmronlik

qilib 1281-1282 yilda vafot etdi. 1282-1283 yilda Qayduning amri bilan Duva ibn

Baroq hokimiyatni qo‘lga oldi. Muqaddam otasi Baroqni ham taxtga ko‘tarilishiga

ko‘maklashgan edi. Qaydu bilan Baroq o‘rtasida hamkorlik hamda do‘stlik


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

19-to’plam 1-son May 2025

402

aloqalari mavjud edi. Niqboy va Bo‘qa-Temurlar uzoq muddat hukmronlik qilgan

bo‘lsa-da, Qayduning soyasida hech qanday Chig‘atoy nasli uchun ahamiyatli

siyosatga yoki boshqaruv sohasiga oid amallar bo‘lmadi. Manbalarda ham

navbatdagi xon sifatida zikr etilgan xolos. Duvaxonga kelsak otasi Baroq boshlab

bergan siyosatini davomchisi sifatida kerak bo‘lsa, ulusni mustaqillikka olib

borgan xon deb aytsak to‘g‘ri bo‘ladi. Zero, uning haqidagi ma’lumotlar keyingi

boblarimizdan alohida o‘rin olgan.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, dastlab Chingizxon o‘zi yaratgan ko‘plab imperiyani

boshqarishdagi tartib-qoidalari farzandalari davrida qattiq rioya etildi. Biroq

ularning vafotidan ko‘p ham o‘tmay imperiyada bosh-bashdoqlik sezildi. Bunda

aynan Botu bilan Tulu va O‘qtoy bilan Chig‘atoy xonadonlari o‘zaro hamkorlikda

bir-birlariga qarshi chiqa boshladilar. Bu esa tomonlarning ko‘proq yutuqlarga ega

bo‘lishi ilinjida kerak bo‘lsa avlodlar qadriyatidan ham voz kechish holatiga va

uluslarning ichki hayotiga bilvosita aloqador bo‘lgan boshqaruvini amalga oshirish

tomon zamin tayyorladi.