Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 1-son May 2025
308
AMIR TEMUR SALTANATIDA DAVLAT BOSHQARUVI VA
HARBIY TIZIM
Toshboltayev Islom Bahodir o‘g‘li.
IIV Surxondaryo akademik litseyi tarix fani o`qituvchisi.
mamasoatr@gmail.com +998 93 766 99 08
Amir Temurning saltanat boshqaruvi
.
Sohibqiron Amir Temur o‘z
zamonasining
talab-ehtiyojlaridan
kelib
chiqib
davlat
boshqaruvini
takomillashtirdi, unga yangicha ruh va mazmun berdi. Davlatning tarkibiy tuzilishi
harbiy-siyosiy tartiblarga asoslangan bo‘lsa-da, jamiyat rivoji, barcha ijtimoiy
tabaqalarning manfaatlarini ta’minlash nazarda tutilgan edi. Amir Temur
saltanatida davlat boshqaruvi ikki idoradan: dargoh va vazirlik (devon)dan iborat
bo‘lgan. Dargohni Oliy hukmdorning o‘zi boshqargan. Ijroiya hokimiyat – devonni
devonbegi (bosh vazir) boshqargan. Devonda harbiy vazir, mulkchilik va soliq
ishlari vaziri, moliya vaziri faoliyat yuritgan. Bulardan tashqari, sarhadlar va tobe
mamlakatlarning boshqaruvi bilan shug‘ullanuvchi yana uch vazir bo‘lib, ular
devonbegiga hisobot berib turgan. Tashqi va ichki favqulodda voqealardan voqif
etib turuvchi ming nafar piyoda, ming nafar ot mingan choparlari bo‘lgan. Butun
saltanat bo‘ylab bir kunlik yo‘l oralig‘ida yomxonalar tashkil etilgan. Har bir
yomda 50–200 boshdan ot-ulov tutilgan. 117 Sohibqiron mamlakatni boshqarishda
o‘z yaqinlariga suyandi. Sohibqiron davlat boshqaruvi ishlarida islom qonun-
qoidalariga asoslangan. Uning Qur’oni karim va Hadisi shariflarga munosabati
samimiy va oliy darajada bo‘lgan. Payg‘ambar avlodlari, shayxul-mashoyixlarga
hurmati cheksiz edi. Davlatni kuchaytirishda ham aynan shunday kishilarga
tayanib ish yuritgan. Suyurg‘ol yerlar. Amir Temur ulkan saltanat tasarrufidagi
o‘lkalarni asosan to‘rt qism (ulus)ga bo‘lib, o‘g‘illari, nabiralari va xizmat
ko‘rsatgan amirlarga suyurg‘ol tarzida in’om qiladi. Movarounnahrdan tashqari
o‘z tasarrufidagi barcha viloyat va mamlakatlarni Amir Temur o‘limidan biroz
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 1-son May 2025
309
avval o‘g‘il va nabiralari orasida taqsimlaydi: Xuroson, Jurjon, Mazondaron va
Seyiston (markazi Xirot) Shohruxga, G‘arbiy Eron, Ozarbayjon, Iroq va
Armaniston (markazi Tabriz) Mironshohga, Fors, ya’ni Eronning janubiy qismi
(markazi Sheroz) Umarshayxga, Afg‘oniston va Shimoliy Hindiston (markazi
G‘azna, keyinchalik Balx) Pirmuhammadga suyurg‘ol qilib berilgan. Uluslar
markaziy hukumatga itoat etsalar-da, ammo ular ma’lum mustaqillikka ega edilar.
Ulus hukmdorlarining alohida davlat devonxonasi, qo‘shini mavjud edi. Ularning
markaziy hukumatga tobeligi xirojning bir qismini Samarqandga yuborib turish va
oliy hukmdor harbiy yurishlarida o‘z qo‘shini bilan qatnashish yoki talab qilingan
askarni yuborib turishdan iborat edi. Qo‘shin tuzilishi. Amir Temur davlat
mustaqilligi va muhofaza yo‘lidagi ichki va tashqi siyosatida asosan qo‘shinga
suyanar edi. Shuning uchun ham u qo‘shin boshliqlarini tanlash va ularni
tarbiyalash, harbiy qismlar va ularning joylashish tartibi, navkar va sarbozlarning
qurollanishi hamda ichki intizom masalalariga nihoyatda katta ahamiyat berardi.
Sohibqiron intizomli qo‘shin tuzishga, jang paytida qo‘- shin qismlarini oqilona
boshqarishga, jang taqdirini hal qiladigan joylarga harbiy kuchlarni tezkorlik bilan
yo‘llashga, mavjud to‘siq va g‘ovlarni tadbirkorlik bilan bartaraf etishga, 118
qo‘shindagi jangovar ruhni yuksak darajada ushlab turishga erishgan. Amir Temur
qo‘shiniga chorvadorlar qatori o‘troq aholidan ham askar to‘plangan. Askariy
qismlarni viloyatlardan to‘plash bilan tavochi mansabidagi amaldorlar
shug‘ullanar edi. Qo‘shinda harbiy kuchlarning asosini tashkil qilgan otliq askarlar
bilan bir qatorda piyodalar ham xizmat qilgan. Amir Temur qo‘shini son jihatdan
aniq tashkil etilgan, uning jangovar tartibi takomillashib borgan, o‘z zamonasining
ilg‘or qurol va texnikasi bilan ta’minlangan, qismlar bir-biridan kiyim-bosh,
bayroq va tug‘lari bilan farqlangan. Bunday farqlanish jangda qo‘shinni
boshqarishda qo‘l kelgan. Amir Temur qo‘shini o‘ntalik askariy birikmalar asosida
tuzilgan harbiy qismlardan iborat edi. Lashkar tuman – o‘n minglik, hazora –
minglik, qo‘shun – yuzlik va ayl – o‘nlik birikmalariga bo‘lingan. Amir Temur o‘n
minglik askarni boshqarish uchun tuman og‘asi, minglik bo‘linmalar uchun
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 1-son May 2025
310
mirihazora, yuzliklar uchun qo‘shunboshi va o‘nliklar uchun esa aylboshi kabi
harbiy mansablarni ta’sis etadi. Sohibqiron Sharqda birinchilardan bo‘lib
qo‘shinga o‘tsochar qurol – to‘pni olib kirgan. Tog‘li hududlarda jang harakatlari
olib boruvchi maxsus harbiy qism va bo‘linmalar tashkil qilingan. Ibn
Arabshohning guvohlik berishicha, Sohibqiron qo‘shinida ayollardan iborat
bo‘linmalar bo‘lib, ular erkaklar bilan bir safda turgan, qahramonlik va matonat
namunalarini ko‘rsatgan.
Amir Temurning jangga kirish usuli.
Harbiy yurish paytida oldinda xabarchilar, ular orasidan yasovul bo‘linmasi,
undan keyinroqda manglay – avangard qism borardi. Manglay bilan qo‘shinning
asosiy qismlari oralig‘ida esa qo‘mondonning qarorgohi va uning yon-atrofida
zaxira (rezerv) qismlar joylashgan bo‘lib, u “izofa” deb yuritilgan. Amir Temur
qo‘shinining asosiy jangovar qismlari markaz, o‘ng – burong‘or va chap –
juvong‘or qanotlaridan iborat bo‘lgan. Har bir qanotning oldida bittadan
qo‘shimcha qo‘riqchi manglay – avangardi, yon tomonida esa bittadan qo‘riqchi
119 askariy qo‘shilmalar – qanbullar bo‘lar edi. Shu tariqa qo‘shin yetti qism –
qo‘llardan iborat edi. Sharafiddin Ali Yazdiy qo‘shinni yetti qo‘lga – qismga bo‘lib
joylashtirish tartibini birinchi bo‘lib Amir Temur joriy qilgan deb yozadi. Bu
qo‘llar janglarda mustaqil harakat qilib, faqat qo‘shin qo‘mondoniga bo‘ysungan.
Amir Temur jang qilishning yangi harbiy uslublarini qo‘llagan. Xususan, jang
vaqtida qo‘shin qanotlarini dushman hujumidan muhofaza qilish va o‘z navbatida,
g‘anim kuchlarini yon tomondan aylanib o‘tib, unga ortdan zarba berish maqsadida
tuzilgan otliq qism – qunbulning joriy etilishi bo‘lgan. Dunyo tarixi haqida gap
ketganda Amir Temur nomi bevosita tilga olinadi. Janglarda Amir Temur tuzgan
qo‘shinining jangovor tartibi va harbiy hiylalari nafaqat o‘tgan asrlar davomida,
balki hozirgi kunda ham qo‘llanilishi buyuk sarkarda harbiy san’atni mukammal
o‘zlashtirganidan dalolat beradi.
Amir Temur qo‘shinlari asosan piyoda va otliq askarlardan tashkil topgan
bo‘lsa-da, aksariyat hollarda piyodalar ham uzoq cho‘l safarlarida otlar bilan
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 1-son May 2025
311
ta’minlanar, otliq askarlarning katta qismi piyoda tartibda jang qilishga ham
o‘rgatilgan edi. Ular kamondan zarb bilan bexato otish lozim bo‘lgandagina otdan
tushib, piyoda jangchilarga aylanardilar.
Otliq askarlar oddiy va saralangan jangchilarga bo‘linib, yengil va og‘ir otliq
qo‘shinni tashkil etgan. Bundan tashqari, Sohibqironning xos navkarlari ham
bo‘lgan.
Uning lashkarlari tarkibida asosiy askarlardan tashqari, yana quyidagilar
mavjud bo‘lgan: 1) pontonchilar (ko‘chma ko‘priklar qurish ishlari bilan shug‘ul-
lanuvchilar) va kemachilar (ular asosan Amudaryo va Sirdaryoda kemachilik bilan
shug‘ullanuvchi kishilardan tanlab olingan; 2) naftandozlar (yunon olovini
otuvchilar); 3) qamal qilish mashinalari va tosh otuvchi qurollar bilan ishlashni
biladigan jangchilar. (Amir Temur qamal qilgan ko‘plab qal’alarning
shunday qurollardan mohirona foydalanish natijasida qo‘lga kiritilgani
qo‘shinning bu turi juda katta malakaga ega bo‘lganidan dalolat beradi. Bu buyuk
Temur yunonlar va rimliklar qal’alarni ishg‘ol qilish uchun qo‘llagan usullarni
yaxshi bilganini ko‘rsatadi. Amir Temur Boyazidga qarshi jangda grigoryan
olovini otuvchi moslamalarni fillar ustiga o‘rnatib qo‘llagan); 4) Sohibqiron tik
qiyaliklarga chiqa oladigan, tog‘li hududdagi janglarga ko‘nikkan, tog‘ aholisidan
tashkil topgan maxsus piyoda qismga ega bo‘lgan. Bu qism jangchilari Amir
Temurga daralar, tog‘ yo‘llari va tog‘larda joylashgan qal’alarni ishg‘ol qilishda
katta yordam bergan.
Sohibqiron Amir Temur urush boshlashdan avval oddiy otliq askarlar yoki
yengil otliqlardan kamon, sadoq (o‘q-yoyi bilan), qilich, arra, bigiz, igna, taroq,
arqon, bolta, o‘q uchun 10 ta poynak, qop, mesh (daryodan o‘tish hamda suv olib
yurish uchun ishlatiladigan charm qop) va 2 ta otga ega bo‘lishni talab qilgan.
Bundan tashqari, har 18 kishiga kigizdan ishlangan o‘tov olinishi shart bo‘lgan.
Saralangan jangchilar yoki og‘ir otliqlar dubulg‘a, qalqon, qilich, kamon va
o‘q-yoy bilan qurollangan. Ularning har biri 2 ta ot va har 5 kishi bitta o‘tov olishi
shart bo‘lgan (saralangan jangchilarning qurol-anjomlari ko‘p joyni egallagan
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 1-son May 2025
312
hamda ular maxsus xizmatkorlarga ega bo‘lgan). Shuningdek, gurzi, oybolta,
shamshir bilan qurollangan maxsus jangchilar bo‘linmasi ham mavjud bo‘lib, ular
otlarining ustiga yo‘lbars terisidan yopinchiq yopganlar.
Manbalarda keltirilishicha, Amir Temur qo‘shinlari o‘nliklar, yuzliklar,
mingliklar, tumanlar (10 ming yoki 12 ming jangchidan iborat qo‘shin) va
boshqalarga bo‘lingan va ularga o‘nboshi, yuzboshi, mingboshi va amirlar
boshchilik qilganlar. Amirlar 12 darajaga bo‘lingan. Ular turli qabilalarga
boshchilik qilib, darajasi, qabila tomonidan berilgan jangchilar soniga bog‘liq
bo‘lgan.
Harbiy unvon berish. Har bir o‘nlikda saralangan jangchilar orasidan muloha-
zakor va mard jangchi tanlab olinib, qolgan 9 jangchining roziligidan so‘ng
o‘nboshi etib saylangan; o‘nboshilardan esa faoliyati va qobiliyatiga qarab
yuzboshi saylangan; 10 nafar yuzboshidan esa (harbiy ishlarda mohir va tajribaga
ega amirlar farzandi yoki aslzodalar avlodidan bo‘lgan jasur kishilardan)
mingboshi tayinlangan. Har bir boshliqning o‘rnini bosadigan yordamchisi
bo‘lgan.
Maosh tayinlash. Pul munosabatlari bilan yaxshi tanish bo‘lmagan
ko‘chmanchi xalqlar buyumlar qiymatini ot, qo‘y, tuya va boshqa narsalar bahosi
bilan o‘lchaganlar. Shu tufayli Amir Temur jangchi maoshini shu jangchiga
tegishli
otning
narxiga
teng
qilib
belgilagan.
A’lo
darajadagi
jangchi(bahodir)larning maoshi 2 tadan 4 tagacha ot narxiga teng bo‘lsa,
yo‘lboshilar 10 ta jangchi oladigan maoshni, yuzboshilar 2 ta o‘nboshi oladigan
maoshni, mingboshilar 3 ta yuzboshining maoshini olganlar. Tartibni buzgan
jangchi o‘z maoshining o‘ndan bir qismidan mahrum etilgan.
Amirlar maoshi ularning darajasiga qarab ming va 10 minggacha ot narxi,
Amir Temur avlodlariniki esa 12 minggacha ot narxi bilan belgilanib, ularga
viloyat ham hadya etilgan. Ko‘rinib turibdiki, Sohibqiron bobomiz qo‘shin tuzish,
ularni jang oldidan jangovar holatga keltirishda vaziyatni har tomonlama va to‘g‘ri
baholagan, oqillik bilan qarorlar qabul qilgan. Buyuk sarkardaning qo‘shinlarni
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 1-son May 2025
313
boshqarishga bunday jiddiy yondashishi uni doim g‘alabaga yetaklagan.
Amir Temur o‘zining “Temur tuzuklari” asarida shunday deydi: “...sardor
aql-u tadbirkorlik bilan ish yuritib, shoshma-shosharlik qilmasin, chunki
shoshqaloqlik shaytonning ishidir. Chorasi bo‘lmagan ishga kirishmasin, chunki
undan qutulib bo‘lmaydi”.
Amir Temurning harbiy yurishlari
.
Temurning Oltin O’rdaga qarshi
1395-yildagi yurishi.
Amir Temur Movarounnahrni mo’g’ullar hukmronligidan
ozod etib, bu qadimiy mamlakatda mustaqil davlat barpo etgan bo’lsada, hali
mamlakatda barqaror tinchlik o’rnatilgan emas edi. Bir tomondan ayrim viloya
amirlari Amir Temur hokimiyatini tan olishdan bosh tortib turgan bo’lsalar,
ikkinchi tomondan mamlakatning sharqiy va shimoliy hududlari notinch edi.
Mo’g’uliston bilan Oq O’rda hukmdorlari Farg’ona vodiysining sharqi, O’tror,
Yassi (Turkiston)va Sayram shaharlariga xavf solib, bu hududlarga tez-tez hujum
qilar va aholini talon-taroj qilardi. Shuning uchun ham Amir Temur dastlabki
yillarda mamlakat sarhadlari xavfsizligini ta’minlashga kata ahamiyat
berdi.Isyonchi amirlarga qarshi shafqatsiz kurash olib bordi. 1370-yil kuzi va
1371-yil bahorida amir Zinda Chashmga zarba berib, Shibirg’on viloyati
bo’ysundirildi. Balx va Toshkent viloyatlari ham Amir Temur hokimiyatini tan
oldilar. Ammo Xorazm Oq O’rda hukmdorlariga tayanib, hanuz bo’ysunishdan
bosh tortib kelardi.Xorazmni Amir Temur Chig’atoy ulusining ajralmas qismi deb
hisoblab, uni o’z davlatiga qo’shib olish siyosatini tutdi.Ammo bu masala elchilar
vositasida tinch yo’l bilan hal etilmagach, Amir Temur Xorazm hududiga besh
marotaba yurish qildi. Birinchi yurishi, 1371-yil yoz (iyul)ida Kat shahrini egallash
bilan yakunlandi. Amir Temurning 1373-yil bahori va 1375-yil yozida Xorazm
tomonga qilgan ikki yurishi natijasiz tugadi. Bu asnoda Oltin O’rda xoni
To’xtamish bilan ittifoq tuzib olgan Xorazm hukmdori Yusuf so’fi, uning
yordamida Amir Temur davlati hududlariga bir necha bor yurish qilib, Qorako’l
viloyati va Buxoro tumanlarini talon-taroj etdi. Bunday vaziyat shubhasiz, 1379-
yilda Amir Temurni to’rtinchi marotaba Xorazmga qo’shin tortishga majbur
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 1-son May 2025
314
etdi.Bunday vaziyat shubhasiz, 1379-yilda Amir Temurni to’rtinchi marotaba
Xorazmga qo’shin tortishga majbur etdi.Lekin, bu yurish ham avvalgilari kabi sulh
tuzish bilan tugadi. Biroq shunga qaramay, Yusuf so’fi ilgari Xorazmning
Chig’atoy ulusiga tegishli bo’lgan janubi-sharqiy (Kot va Xiva shaharlari birga)
qismini yana qaytadan bosib oldi. Amir Temur davlatiga nisbatan Yusuf so’fining
bunday tajovuzkorona siyosati Xorazm ustiga Amir Temurning beshincji marta
yurish qilishiga sabab bo’ldi. 1388-yilda Xorazmning poytaxti vayron etilib, Amir
Temur davlatiga bo’ysundirildi.
Mo’g’ulistonga yurishi.
Bu orada Amir Temur Mo’g’uliston hokimi
Qamariddin bilan ham to’qnashib qoldi, chunki bu davrda uning Movarounnahrga
bo’lgan talonchilik xurujlari kuchayib ketgandi. 1370-1371-yillarda u Toshkent va
Andijon ustiga bir necha bor bosqin qilib, talab qaytgandi. 1376-yilda ea
Qamariddin hatto Farg’ona vodiysining talaygina qismini bosib oldi. Amir
Temur mamlakatning shimoli-sharqiy hududlariga nisbatan bo’layotgan muttasil
tahdidni bartaraf qilish uchun Qamariddinga jiddiy zarba berishga kirishadi.
Yigirma yil (1371-1390) mobaynida Sohibqiron Mo’g’ulistonga etti marta yurish
qilib, mo’g’ul hukmdorlari Anqoto’ra va Qamariddin ustidan g’alabalar qozondi.
Shu zaylda Amir Temur Movarounnahr va Xorzmda ichki tarqoqlik, o’zaro
nizolar, shuningdek, Mo’g’uliston tomonidan bo’lib turgan tazyiqqa chek qo’yib,
ushbu hududda yashovchi el-u elat va xalqlarni yagona davlatga birlashtirdi. Bu
shubhasiz, Movarounnahr aholisi taqdirida ijobiy ahamiyat kasb etdi.
Eron va Kavkazga yurishi.
Ammo, Amir Temur bu bilan qanoatlanmadi.
Tez orada u qo’shni davlatlar va xalqlar ustiga yurish qilib, ularni o’ziga
bo’ysundiish va markazlashgan buyuk saltanat barpo etishni o’z oldiga maqsad
qilib qo’ydi. Bu davrda Oltin O’rda, Xuroson va Erondagi ijtioiy-siyosiy vaziyat
uning uchun juda qo’l keldi. Amir Temur harbiy yurishni Xurosondan
boshladi.1381-yilda u Hirotni egalladi. Sarxs, Jom, Qavsiya shaharlari jangsiz
taslim bo’ldi. Xuroson, xususan uning poytaxti Hirot strategic jihatdan muhim
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 1-son May 2025
315
ahamiyatga ega bo’lib, Eron, Iroq, Shom va boshqa mamlakatlarga o’tishda
ko’prik vazifasini o’tardi. 1381-1384-yillar davomida Amir Temur Eronning katta
qismini egalladi. Avval (1381) Kalot, Turshiz va Sabzavor, keyin (1383)
Seistonning Zireh, Zova, Farah va Bust qal’alari, 1384-yilda esa Astrobod viloyati
va Ozarbayjonning Omul, Sori, Sultoniya va Tabriz shaharlari bo’ysundirildi.
Temurning uch yirik urushlari.
Amir Temur Eron, Ozarbayjon, Iroq va
Shom (Suriya) ustiga uch marta lashkar tortdi. Bu yurishlar tarixda “uch yillik”,
“besh yillik” va “yetti yillik” urushlar nomi bilan mashhur. Uch yillik (1386-1388)
harbiy yurishlar oqibatida JAnd, Ozarbayjon, Iroqning shimoli qismi, Gurjiston va
Van ko’li atrofidagi yerlar egallandi.
Uch yillik yurish.
Amir Temur shu bilan birga shimoli-g’arbdan, ya’ni Oltin
O’rda tomonidan bo’layotgan tazyiqqa barham berish maqsadida To’xtamishga
qarshi uch marta qo’shin tortishga majbur bo’ldi. U 1389-yilda Dizaq (Jizzax)ning
Achchiq mavzeyida, 1391-yilning 18-iyunida (Hozirgi Samara bilan Chistopol
shaharlari oralig’ida joylashgan Qunduzcha (Kondurcha) daryosida vodiysida-
Qunduzcha shahri) va nihoyat, 1395-yilda (28-fevral) Shimoliy Kavkazda Terek
daryosi bo’yida To’xtamish qo’shiniga qaqshatqich zarba beradi (Tarak daryosi
bo’yidagi jang).To’xtamishga qarshi yasolni tuzishda Sohibqironning o’zi
rahbarlik qiladi. U qo’shinning qismlarini jang maydoniga joylashtirishda yangi
usulni qo’llaydi va ularni yetti qo’lga ajratadi. To’xtamishxon esa o’z sipohini besh
qo’lga bo’ladi.Jang Amir Temurning to’la ustunligida o’tadi.Butunlay tor-mor
etilgan To’xtamish qo’shini qoldiqlari Volgaga qadar ta’qib qilinadi.Amir Temur
harbiy yurishlari oqibatida Quyi Idil (Volga) viloyatkari, Saroy Berka, Hojitarxon
(Astraxan) kabi shaharlar vayron qilindi. Amir Temur To’xtamishni quvib Ryazan
viloyatigacha bordi va Yelits shahrini ishg’ol qildi. Sh.A.Yazdiy Amir Temurning
Moskva yurishini shunday ta’riflaydi: “Sohibqiron Maskavga sorikim, Rusning
shaharlaridan erdi, tavajjuq qildi. Anda yetkonda nusratshi’or cheriki ul viloyatni
(shahar atrofini) chobtilar va andag’I hokimlarini tobe qildi. Va cherikning
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 1-son May 2025
316
eliklariga sonsiz mol tushti…”
. Bu urushda Azaq (Azov), Kuban va Cherkas
yerlari ham kuchli aziyat chekdi. Qizig’I shundaki, Amir Temur Idilning Turotur
kechivu bo’yida O’rusning o’g’li Quyrichoq o’g’lonni chaqirtirib unga qo’lga
kiritilgan sobiq Jo’ji ulusini in’om etdi. Rossiya tarixchilari B.D.Grekov va
A.Yu.Yakubovskiylarning yozishicha, Amir Temurning To’xtamish ustidan
qozongan g’alabasi, faqat Markaziy Osiyo uchun emas, balki butun Sharqiy
Yevropa, shuningdek, tarqoq Rus knyazliklarining birlashishi uchunham buyuk
ahamiyat kasb etgan.
Besh yillik yurish.
Shundan so’ng Amir Temur butun e’tiborini Eron, Iroq,
Suriya, Kichik Osiyo va Hindiston yerlarini uzil-kesil zabt etishga qaratdi. U besh
yillik (1392-1396) urush davomida G’arbiy Eron, Iroqi Ajam va Kavkazni egalladi,
natijada muzaffariylar va jaloyiriylar sulolasining hukmronligiga barham berildi.
Hindistonga yurishi.
Amir Temurning Hindiston ustiga yurishi qilgan urushi
(1398-yil may-1399-yil mart) qariyb o’n bir oy davom etdi.Amir Temur
Hindistondan katta o’lja, shu jumladan, 120 jangovar fil bilan qaytdi.O’ljalarning
bir qismi qo’shinga taqsmlab berildi, qolgani Kesh va Samarqand shaharlarida olib
borilayotgan qurilishlarga sarflandi.
Yetti yillik urush.
Amir Temurning 1399-1404-yillarda olib borgan harbiy
yurishlari natijasida Shomning Xalab (Aleppo), Xums, Baalbek (Ba’albek),
Dimishq(Damashq) kabi yirik shaharlari va Iroqi Ajamning Ubiliston o’lkasi
(Qadimgi Kappadokiya) bilan Bag’dod, shuningdek, Turkiyaning katta qismi zabt
etiladi.
Amir Temur va Boyazid Yildirim o’rtasidagi jang 1402-yilning 25-iyulida
bo’lib o’tadi. Manbalarda ta’kidlanishicha Turkiya sultonining qo’shini taxminan
160ming jangchidan iborat bo’lgan.Sohibqiron armiyasi o’zining an’anaviy
jangovar tartibi yasolda harakat qiladi.
Sipohning qirq qo’shun-qismdan tashkil
etilgan
humoyun
markazi-qo’lga
Sohibqiron bevosita qo’mondonlik
qiladi.Shiddatli to’qnashuv keskin va uzoq davom etadi. Nihoyat Amir
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 1-son May 2025
317
Temur qismlarining siquviga bardoshi qolmagan sulton qo’shinlari chekina
boshlaydi. Boyazid qo’mondonligidagi jangchilar so’nggi nafasgacha qarshilik
ko’rsatishda davom etadilar.Anqara jangida Amir Temur jahonning buyuk
sarkardalaridan biri Boyazid Yildirim ustidan g’alaba qozondi.Turkiya sultoni asir
olindi. U bilan birga xotini serb malikasi Olivera, o’g’illari Muso va Iso
Chalabiylar ham asir tushdilar. So’ng Amir Temur Anadoli yarim oralini egallab,
O’rta dengizning sharqiy sohilida joylashgan Izmir shahrini zabt etdi va
salibchilarning Yaqin Sharqdagi oxirgi qarorgohiga barham berdi. So’ngra, Egey
dengizida joylashgan Xios va Lesbos orollaridagi Genuya mulklarining
hukmdorlari unga taslim bo’ldilar, Misr ham o’z itoatkorligini izhor etdi. Amir
Temur Anqara, Nikeya, Bursa va Izmir shaharlarini egallab, Vizantiya va butun
nasroniy olamining Boyazidga yig’ib bergan bojlaridan iborat katta boylikni qo’lga
kiritdi. Birgina Bursa shahridan olingan oltin va javohirlarning o’zi kattagina
karvonga yuk bo’lgan. Bandi qilingan Boyazid o’rdugohga olib kelingach, Amir
Temur unga hurmat va ehtirom ko’rsatadi. Uning vafotidan so’ng (1403-yil 9-
mart) esa vorislariga himmat ko’zi bilan boqib, ularga beqiyos muruvvatlar
qildi.Chunonchi Boyazidning to’ng’ich o’g’li Sulaymon Chalabiyni turklarning
Yevropadagi viloyatlariga hokim etib tayinladi.Edirni (Adrianopol) shahri uning
poytaxti etib belgilandi.Anadoluning shimoli-g’arbiy qismi suyurg’ol sifatida Iso
Chalabiyga in’om qilinib, Bursa shahri uning poytaxtiga aylantirildi.Usmonli
turklar
davlatining
markaziy
qismini
boshqarishni
Muso
Chalabiyga
topshirdi.Amir Temur Usmonli turklar davlatini butunlay bosib olish niyatida
bo’lmagan.Chunki u Yevropa davlatlarining Yaqin Sharq mamlakatlariga nisbatan
tajovuzkorona niyatda ekanligini yaxshi tushunardi. Shuning uchun ham Amir
Temur Usmonli turklar davlatini saqlab qoldi va Boyazidning vorislariga muruvvat
qo’lini cho’zdi. Shunday bo’lsada, Boyazid ustidan qozonilgan bu g’alaba bilan
Amir Temurni Fransiya qiroli Karl VI (1380-1422), Angliya qiroli Genrix IV
(1399-1407) tabriklab, unga maxsus maktub yubordilar.Chunki Amir Temur
endigina uyg’onayotgan Yevropaga ulkan xavf solib turgan Usmonli turklar
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 1-son May 2025
318
davlatiga zarba berib, butun Yevropaning xaloskoriga aylangan edi.
Xitoyga
yurishining
boshlanishi.
Amir
Temur
Kichik
Osiyodan
Samarqandga qaytgach, 1404-yil 27-noyabrda 200 ming qo’shin bilan
Samarqanddan Xitoy safariga chiqdi. Biroq Xitoy ustiga yurish Amir Temurning
O’trorda vafoti (1405-yil 18-fevral) tufayli amalga oshmay qoldi.Amir Temurning
vafoti haqidagi xabar garchi avval sir tutilsada, ammo ko’p vaqt o’tmay bu noxush
xabar mamlakat bo’ylab tarqalib ketadi.Amir Temurning jasadi Samarqandga olib
kelib dafn qilinadi.
Amir Temurning harbiy yurishlari, jangu-jadallarining oqibatlariga baho
berilar ekan, shuni alohida ta’kidlash kerakki, uning faoliayti qo’yilgan maqsad va
rejalari jihatidan ikki bosqichga bo’linadi. Birinchi bosqich (1360-1386)da Amir
Temur Movarounnahrda markazlashgan davlat tuzish yo’lida kurashdi,
Movarounnahrni birlashtirishdan manfaatdor bo’lgan mahalliy zodagonlardan
iborat ijtimoiy kuchlar (mulkdor dehqonlar, harbiylar, hunarmandlar, savdogarlar
va ruhoniylar) yordamida tarqoq mulklarni birlashtirish uchun kurash olib bordi.
Amir Temurning bu davrdagi faoliayti O’rta Osiyo xalqlarining ijtimoiy-siyosiy va
madaniy hayoti taraqqiyoti yo’lida shubhasiz, ulkan ijobiy ahamiyat kasb etadi.
Mamlakatda tarqoqlik tugatilib, markazlashgan davlatning tashkil topishi ijobiy
oqibatlarga olib keldi. Mamlakat ichki kuchlarini va mo’g’ullarning bir yarim
asrlik hukmronligi natijasida bo’hronga uchragan iqtisodni tiklash uchun qulayroq
sharoit vujudga keldi.
Amir Temur so’zlariga binoan siyosat bilan maqsadga erishish mumkin
bo’lgan yerda qurol bilan harakat qilish noto’g’ridir. Urush boshlashdan avval
dushman qo’shinlarining qurol ishlatish usullarini o’rganish, hujum va chekinish
uchun qulay yo’llarni bilib olish, dushman qo’shinining ruhiyatiga hamda ularning
hokimlari valashkarboshilari fazilatlariga ta’sir etish vositalarini topish kerak.
Bugungi ishni ertaga qoldirmaslik kerak. Biror davlatda zolimlik, zo’ravonlik,
jabr-zulm kuchli bo’lsa, Amir Temur fikricha, har bir adolatli hukmdor bunday
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 1-son May 2025
319
zo’ravon davlatga qarshi urush e’lon qilishi kerak va bunday sharoitda Tangrining
o’zi unga madadkor bo’ladi.
Bosib olingan yerlarning kengayib borishi bilan Amir Temur qo’shinlari soni
ham ortib boraverdi. Bosib olingan viloyatlardagi qurol ko’targan har bir kishi
Amir Temur lashkariga qabul qilinar va amaliga qarab maosh olardi. Jasur
jangchilarning farzandlariga ham nafaqa to’lanar, agarda ular jasorat ko’rsatsalar,
yuqori mansablarga ko’tarilishlari ham mumkin edi.Dushman tomon qo’shinlari
ham shu asosda xizmatga qabul qilinardilar.
Adabiyotlar ro`yxati.
1.
Mirziyoyev Sh.M. Niyati ulug‘ xalqning ishi ham ulug‘, hayoti yoru
g‘ va kelajagi farovon bo‘ladi. 3-jild. – Toshkent: O‘zbekiston, 2019. – 400 b.
2.
.Mirziyoyev SH.M. Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga beril
gn eng oliy bahodir. 2-jild. – Toshkent: O‘zbekiston, 2018. – 508 b.
3.
.Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minla
sh – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2
017. - 48 b
4.
Somon yo‘li. Amir Temur hayotiga bag‘ishlangan risola. T. «Kamalak».
1992 y.
5.
Amir Temur Kuragon «Zafar yo‘li». T.: «Nur» 1992 y.
6.
Ahmedov B. «Temur» T.: Fan. 1995 y.
7.
Hamidov X. «Olis-yaqin yulduzlar» T.: «Cho‘lpon». 1990 y.
8.
A.Yu.Yakubovskiy. temur va temuriylar davrida Samarqand. Leningrad.
1993 g.
9.
I.Mo‘minov. Amir Temurning O`rta Osiyo tarixida tutgan o‘rni T.: «Fan».
1968 y.