Mualliflar

  • Toshboltayev Islom Bahodir o‘g‘li.

Muallif biografiyasi

  • Toshboltayev Islom Bahodir o‘g‘li.

     IIV Surxondaryo akademik litseyi tarix fani o`qituvchisi.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yottoro.90460

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: Haykal tarix Jaloliddin Manguberdi jasorati da’vat ramzi.

Annotasiya

Annatatsiya: Ushbu ilmiy maqola Urganch shahrida joylashgan buyuk

sarkarda Jaloliddin Manguberdining haykali, haykal tarixi, haykalning ezgulik  va vatanparvarlikka bo’lgan da’vatiga bag’ishlanadi


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

19-to’plam 1-son May 2025

394

HAYKAL- TARIX, JASORAT VA DA’VAT RAMZI

Toshboltayev Islom Bahodir o‘g‘li.

IIV Surxondaryo akademik litseyi tarix fani o`qituvchisi.

mamasoatr@gmail.com +998 93 766 99 08

Annatatsiya: Ushbu ilmiy maqola Urganch shahrida joylashgan buyuk

sarkarda Jaloliddin Manguberdining haykali, haykal tarixi, haykalning ezgulik

va vatanparvarlikka bo’lgan da’vatiga bag’ishlanadi.

Kalit so’zlar: Haykal, tarix, Jaloliddin Manguberdi jasorati, da’vat ramzi.

Dunyoni, insoniyatni larzaga solgan Ikkinchi jahon urushining hal qiluvchi,

eng hayajonli damlari. Millionlab odamlarning yostig’ini quritgan Falokatning

yakuni yaqin. Yakun nurli bo’lishi uchun yana necha millionlab insonning

qo’llari duoda. Bunday vaziyatda Vatan himoyachilari — askarlar irodasiga ta’sir

etuvchi har qanday kuch katta ahamiyatga ega. Shunday o’ta muhim paytda

yozuvchimiz Maqsud Shayxzodaning “Jaloliddin Manguberdi» tarixiy dramasi

dunyoga keldi. O’tmishda Chingizxonday qudratli kuchga qarshi tura olgan,

mardonavor kurashgan Vatan tirgagi — Jaloliddin Manguberdining

qahramonliklarini jonlantira olgan drama Ikkinchi jahon urushi yillarining

jangovar vazifalariga katta xizmat ko’rsatdi. Mazkur asar teatrda sahnalashtirildi.

Manbalarda ko’rsatilishicha, Manguberdining kishida hayajonli faxr tuyg’usini

junbushga keltira oladigan qahramonliklari aks etgan mazkur drama urushga

ketayotgan askarlarga maxsus namoyish etilib, frontga jo’natilgan ekan. Bu esa

askarlarda jangovar ruh va shijoat uyg’otib, dushmanga nafratni kuchaytirgan.

Ana shunday vatanparvarlik tuyg’usining kuchayuviga sabab bo’lguvchi buyuk

ajdodlarimiz, xususan, Jaloliddin Manguberdining jasoratlari asrlar o’tsa hamki,

o’z qadr-qimmatini, ahamiyatini yo’qotmaydi. U kishida Vatanparvarlikdek Oliy

Tuyg’uga xizmat qilish impulsini jo’sh urdirib turadi. Jaloliddin Manguberdining


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

19-to’plam 1-son May 2025

395

yaqin a’yonlaridan biri bo’lgan, mashhur tarixchi Shihobiddin Muhammad an-

Nasaviy buyuk bobomizni shunday asvirlagan: “U bug’doyrang, o’rta bo’yli,

turkiy qiyofali va turkiyda gapiradigan odam edi, shu bilan birga, forsiyda ham

so’zlasha

olardi.

Uning

mardligi,

jasurligiga

kelsak,

janglardagi

qahramonliklarini eslab o’tishning o’zi kifoya qiladi. U sherlar orasida eng zo’r

sher edi, qo’rqmas chavandoz, lashkarlar orasida eng botir edi. U jahldor emasdi,

aqoratomuz so’zlarni aytmasdi. U nihoyatda jiddiy edi, kulmasdi, faqat jilmayib

qo’yardi, kam gapirardi.” Mashhur tarixchi Bartold Manguberdiga baho berar

ekan, buni shunday ifoda etadi: “Xorazmshoh Alouddin Muhammad keyinchalik

Jalol iddin ko’rsatgan va mumkin bo’lgan qarshilik harakatining uchqunini ham

ko’rsata olmadi». Darvoqe, shu o’rinda Manguberdining otasi — Xorazmshoh

Alouddin Muhammad haqida turk tarixchi olimi Oydin Tonariy yozgan ba’zi bir

ma’lumotlarni keltirib o’tsak. Tarixda buyuk iz qoldirgan xorazmshohlar

sulolasining mashhur

siymolaridan biri bo’lgan Alouddin Muhammad (hukmronlik davri 1220 y.)

dastavval G’ur sultonlari Shihobiddin va G’iyosiddin bilan jang qildi.

G’uriylar Marv, Tus va Xurosonni qo’lga kiritish niyatida edilar. Alouddin

Muhammad Nishopur, Marv, Saraxsni zabt etdi. Undan so’ng Xorazmshoh ko’p

janglar o’tkazdi, g’uriylarni kuchsizlantirib, ularning ko’p erlarini tortib oldi.

Bora-bora, bir vaqtlar qudratli hisoblangan g’uriylar davlati Alouddin

Muhammadning tazyiqi sabab, parchalanib ketdi. Alouddin Xorazmshoh bunday

natijalarga ko’p jihatdan qoraxitoylar orqali erishdi. Biroq u keyinchalik , qudrat

kasb etib borayotganini his qildi, o’zi vassal bo’lgan qoraxitoylarga qarshi

yurishlar qilib, ularni engdi. Undan keyin Xorazmshoh Tabaristonda bovandiylar

hukmronligini yo’q qildi, Samarqand sultoni Usmonni o’ldirib, qoraxoniylarni

tarix sahnasidan butunlay chiqarib yubordi. Dashti Qipchoqdagi ko’chmanchi

qipchoqlarning ustidan ham g’alaba qozongan Alouddin Muhammad 1215 yilda

Sig’noqni o’z davlatiga qo’shib oldi. Jaloliddin Manguberdi “milliy qahramon”

l ardan biri. 1999 yili mamlakatimizda Jaloliddin tavalludining 800 yilligi keng


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

19-to’plam 1-son May 2025

396

nishonlangan. O’zbekistonda unga atab bir nechta haykallar o’rnatilgan, Xorazm

viloyatida Jaloliddin Manguberdiga bag’ishlangan memorial majmua qurilgan.

1999-yil Jaloliddinning 800 yillik yubileyiga bag’ishlangan 25 so’mlik yubiley

tangalar muomalaga kiritilgan. 2000-yilning 30-avgust kuni “Jaloliddim

Manguberdi” ordeni ta’sis etilgan. Bu orden bilan mamlakat mustaqilligini, Vatan

sarhadlarini, ona yurt tuprog’ini himoya qilishda hamda uni ko’z qorachig’iday

asrashda yuksak harbiy mahorat, qahramonlik va jasorat namunalarini

ko’rsatgan, davlatning mudofaa qudratini mustahkamlashga ulkan hissa

qo’shgan qo’mondonlik tarkibiga kiruvchi harbiy xizmatchilar mukofotlanadilar.

2003-yilning 22-avgust kuni ushbu orden bilan Xorazm viloyati mukofotlangan.

Xulosa.

Xulosa qilib aytganda, yurt ozodligi yo'lida jonini fido etgan buyuk

ajdodlarimiz xotirasi hamisha barhayot. Ularning Vatan taqdiri yo'lida

ko'rsatgan ulkan jasorati va mardligi chinakam ibratdir. Buyuk bobomizning

ulkan jasoratini bir so'z bilan ifodalash qiyin. U o'z yurtini himoya qilish

barobarida, dushmanga qarshi mardonavor kurashdi, ona Vatanimizning tinch-

osuda hayoti uchun jonini ayamadi. xalqiga bo'lgan cheksiz mehru muhabbatini

amalda namoyon etib, o'z nomini tarix zarvaraqlariga mangu muhrladi. Biz,

yoshlar millatimiz qahramonlarining ibratli hayotini chuqur o'rganib, hamisha

faxr-iftixor tuyg'ularini tuyishimiz shart, Jaloliddin Maguberdining shaxsiy

kotibi Shaxobiddin An Nasaviy shunday yozadi “U sherlarning sheri va otliq

yigitlar ichida eng dovyuragi edi. U yumshoq edi, jahli chiqmas edi, so’kinmasdi

ham, u jiddiy edi, hech qachon kulmasdi, faqat jilmayardi va kamgap edi. U

adolatni sevardi, biroq u duch kelgan suronli yillar uning ustidan g’alaba qildi va

uning fe’lini o’zgartirdi. U fuqarolarning hayotini osonlashtirishni yoqtirardi,

lekin tanazzul paytida boshqargani uchun jabr qilishgacha bordi”

Foydalanilgan adabiyotlar.

1. Turg’unboyeva.M., & Haydrov, S.A. (2021). Tarix fanini o’qitishda


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

19-to’plam 1-son May 2025

397

“O’ttiz yillik urush”ning ahamiyati. Scientific progress,1(5).

2. Omonov, A. O. O., & Haydarov, S. A. (2021). Tarix fanini o’rganishda

Frigiya podsholigining o’rni va ahamiyati. Scientific progress, 1 (5).

3. Shihobiddin an-Nasaviy.

http://khorezmiy.uz/oz/pages/view/324

4. Хоразм тарихи. I jild. M.Matniyozov muxarirligi ostida. –

Urganch. 1996. B. 295