Mualliflar

  • Sadirdinov Oybek Saydamirovich

Muallif biografiyasi

  • Sadirdinov Oybek Saydamirovich

    O’zbekiston Respublikasi Bank moliya akademiyasi Loyiha boshqaruvi (Project Management) LB 24-15 guruh magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yottoro.90578

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: Mushoraka Mudoraba ijara ribo fatvo Ключевые слова: Mushoraka Ijara Ribo Fatvo. Keywords: Musharakah Mudarabah Ijarah Riba Fatwa.

Annotasiya

Annotatsiya: Mazkur maqolada Islom taraqqiyot bankining (ITB) faoliyati, uning asosiy moliyalashtirish tamoyillari hamda O‘zbekiston kabi rivojlanayotgan mamlakatlarda tadbirkorlikni rivojlantirishdagi o‘rni tahlil qilingan. Tadqiqotda ITB mablag‘larining kichik va o‘rta biznes subyektlariga yo‘naltirilishining iqtisodiy samaradorligi, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash shakllari, jumladan, mushoraka, murabaha va ijaraga asoslangan moliyalashtirish mexanizmlari o‘rganilgan. Shuningdek, maqolada ITB bilan hamkorlikda amalga oshirilgan muvaffaqiyatli tadbirkorlik loyihalari misolida mazkur bank mablag‘larining innovatsion faoliyat, ishlab chiqarish va eksport salohiyatini oshirishga xizmat qilishi yoritib berilgan. Xulosa qismida esa Islom moliyasi asosidagi moliyalashtirish mexanizmlarini milliy amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ilgari surilgan.

Аннотация: В данной статье рассматривается деятельность Исламского банка развития (ИБР), его основные принципы финансирования, а также роль в развитии предпринимательства в развивающихся странах, таких как Узбекистан. Исследуются экономическая эффективность направления средств ИБР субъектам малого и среднего бизнеса, формы финансовой поддержки, включая механизмы мушарака, мурабаха и иджара. Также на примере успешно реализованных совместных проектов раскрывается вклад ИБР в развитие инновационной деятельности, производства и экспортного потенциала. В заключении статьи представлены предложения и рекомендации по внедрению исламских финансовых инструментов в национальную практику финансирования предпринимательства.

Abstract: This article examines the activities of the Islamic Development Bank (IDB), its fundamental financing principles, and its role in supporting entrepreneurship in developing countries such as Uzbekistan. The study evaluates the economic efficiency of channeling IDB funds toward small and medium-sized enterprises, as well as the financial support instruments, including mechanisms such as musharakah, murabaha, and ijarah. Moreover, the paper highlights successful entrepreneurial projects implemented in cooperation with the IDB, emphasizing how the bank's resources contribute to innovation, production development, and the enhancement of export potential. In the conclusion, the article puts forward proposals and recommendations for applying Islamic finance mechanisms within national financing practices.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 2-son Aprel 2025

150

ISLOM TARAQQIYOT BANKINING MABLAG’LARINI

TADBIRKORLIK LOYIHALARIGA YO’NALTIRISH

Sadirdinov Oybek Saydamirovich

O’zbekiston Respublikasi Bank moliya akademiyasi Loyiha boshqaruvi

(Project Management) LB 24-15 guruh magistranti

Annotatsiya: Mazkur maqolada Islom taraqqiyot bankining (ITB) faoliyati,

uning asosiy moliyalashtirish tamoyillari hamda O‘zbekiston kabi rivojlanayotgan

mamlakatlarda tadbirkorlikni rivojlantirishdagi o‘rni tahlil qilingan. Tadqiqotda

ITB mablag‘larining kichik va o‘rta biznes subyektlariga yo‘naltirilishining

iqtisodiy samaradorligi, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash shakllari, jumladan,

mushoraka, murabaha va ijaraga asoslangan moliyalashtirish mexanizmlari

o‘rganilgan. Shuningdek, maqolada ITB bilan hamkorlikda amalga oshirilgan

muvaffaqiyatli tadbirkorlik loyihalari misolida mazkur bank mablag‘larining

innovatsion faoliyat, ishlab chiqarish va eksport salohiyatini oshirishga xizmat

qilishi yoritib berilgan. Xulosa qismida esa Islom moliyasi asosidagi

moliyalashtirish mexanizmlarini milliy amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha taklif va

tavsiyalar ilgari surilgan.

Kalit so’zlar: Mushoraka, Mudoraba, ijara, ribo, fatvo

Аннотация: В данной статье рассматривается деятельность

Исламского банка развития (ИБР), его основные принципы финансирования,

а также роль в развитии предпринимательства в развивающихся странах,

таких как Узбекистан. Исследуются экономическая эффективность

направления средств ИБР субъектам малого и среднего бизнеса, формы

финансовой поддержки, включая механизмы мушарака, мурабаха и иджара.

Также на примере успешно реализованных совместных проектов

раскрывается вклад ИБР в развитие инновационной деятельности,

производства и экспортного потенциала. В заключении статьи


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 2-son Aprel 2025

151

представлены предложения и рекомендации по внедрению исламских

финансовых инструментов в национальную практику финансирования

предпринимательства.

Ключевые слова: Mushoraka, Mudoraba, Ijara, Ribo, Fatvo.

Abstract: This article examines the activities of the Islamic Development

Bank (IDB), its fundamental financing principles, and its role in supporting

entrepreneurship in developing countries such as Uzbekistan. The study evaluates

the economic efficiency of channeling IDB funds toward small and medium-sized

enterprises, as well as the financial support instruments, including mechanisms

such as

musharakah

,

murabaha

, and

ijarah

. Moreover, the paper highlights

successful entrepreneurial projects implemented in cooperation with the IDB,

emphasizing how the bank's resources contribute to innovation, production

development, and the enhancement of export potential. In the conclusion, the

article puts forward proposals and recommendations for applying Islamic finance

mechanisms within national financing practices.

Keywords: Musharakah, Mudarabah, Ijarah, Riba, Fatwa.

Kirish

Bugungi kunda global iqtisodiyotda barqaror rivojlanishni ta’minlash, yangi

ish o‘rinlarini yaratish va ijtimoiy farovonlikni oshirishda tadbirkorlik

faoliyatining o‘rni beqiyosdir. Ayniqsa, rivojlanayotgan mamlakatlarda kichik va

o‘rta biznes subyektlarini qo‘llab-quvvatlash orqali iqtisodiy faollikni kuchaytirish

muhim vazifalardan biridir. Shu nuqtayi nazardan, xalqaro moliyaviy

institutlarning, xususan, Islom taraqqiyot bankining (ITB) bu boradagi faoliyati

alohida e’tiborga loyiqdir.

ITB islom moliyasi tamoyillari asosida faoliyat yurituvchi xalqaro moliya

instituti bo‘lib, a’zo mamlakatlarda iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotni rag‘batlantirish,


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 2-son Aprel 2025

152

infratuzilmani rivojlantirish va tadbirkorlik muhitini yaxshilashga ko‘maklashib

kelmoqda. Bank tomonidan ko‘rsatilayotgan moliyaviy ko‘mak vositalari,

xususan, mushoraka, mudoraba, ijara kabi islomiy moliyaviy instrumentlar

tadbirkorlik subyektlari uchun muqobil va adolatli moliyalashtirish imkoniyatini

yaratadi.

Mazkur maqolada Islom taraqqiyot banki mablag‘larining tadbirkorlik

loyihalariga yo‘naltirilishi, bu yo‘nalishdagi amaliy tajriba va moliyalashtirish

mexanizmlari, shuningdek, ularning iqtisodiy samaradorligi tahlil qilinadi. Shu

bilan birga, ITB bilan hamkorlikni kengaytirish orqali milliy tadbirkorlik

infratuzilmasini rivojlantirish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqiladi.

Muhokama va natijalar

Islom taraqqiyot banki (ITB) 1975-yilda tashkil etilgan bo‘lib, uning asosiy

maqsadi – islomiy tamoyillar asosida a’zo davlatlarning iqtisodiy va ijtimoiy

rivojlanishiga ko‘maklashishdir. Bankning ustuvor yo‘nalishlaridan biri – barqaror

iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlash, ayniqsa, tadbirkorlik faoliyatiga sarmoya

yo‘naltirish orqali yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi farovonligini oshirishdir.

ITB moliyaviy faoliyatida foizli kreditlash o‘rniga, sheriklik asosida foyda

olish, aktivlarga asoslangan moliyalashtirish va ijtimoiy adolatga tayanish

tamoyillari ustuvor hisoblanadi. Bank tomonidan ko‘plab infratuzilma, energetika,

qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash va ta’lim loyihalari qo‘llab-quvvatlangan

bo‘lsa-da, so‘nggi yillarda kichik va o‘rta biznes subyektlarini moliyalashtirishga

alohida e’tibor qaratilmoqda.

Islom taraqqiyot banki global moliya sohasida noyob o‘rin egallaydi.

Bankning asosiy maqsadi – islomiy moliya prinsiplariga asoslangan holda

rivojlanayotgan

mamlakatlarda

iqtisodiy-ijtimoiy

loyihalarni

qo‘llab-

quvvatlashdir. ITB tomonidan taqdim etilayotgan moliyaviy instrumentlar nafaqat

investitsiya mablag‘larini yo‘naltiradi, balki bu mablag‘larning milliy

iqtisodiyotdagi ko‘lamini kengaytirish va innovatsion jarayonlarni qo‘llab-

quvvatlashga xizmat qiladi.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 2-son Aprel 2025

153

1-jadval

«Kichik

va

oʼrta

korxonalarning

iqtisodiy

barqarorligini

mustahkamlash» loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari boʼyicha

moliyalashtirish manbalari

mln АQSh dollarida

Komponentlar

nomlari

ITB

ITB

(Rivojlanish

uchun islom

birdamlik

jamg‘armas

i nomidan)

ITB

Jami

Loyihada

ishtirok

etuvchi

moliya

tashkilotlar

i

O‘zbekiston

Respublikas

i ulushi

(soliq,

bojxona

imtiyozlari

va ijtimoiy

to‘lovlar

ko‘rinishida)

Jami

А-komponent.

Moliyalashtirish

va kafillik

30.0

0

7.50

37.5

0

60.00

*

-

97.50

B-komponent.

Biznes-

injenering

va

salohiyatni

oshirishni

koʼllab-

quvvatlash

-

1.75

1.75

-

0.14

1.89

S-komponent.

Loyihani

boshqarish

va

-

0.43

0.43

-

0.10

0.53


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 2-son Aprel 2025

154

muvofiqlashtiris

h

D-komponent.

Аudit xizmatlari

-

0.12

0.12

-

0.02

0.14

Koʼzda

tutilmagan

xarajatlar

-

0.10

0.10

-

0.10

Narxlar

oʼzgarishi bilan

kelib

chiqishi

mumkin boʼlgan

xarajatlar

-

0.10

0.10

0.04

0.14

JАMI

XАRАJАTLАR

30.0

0

10.00

40.0

0

60.00

0.30

100.3

0

Islomiy moliya tizimi odatdagi an’anaviy bank tizimidan tubdan farq qiladi.

ITB tomonidan tadbirkorlik subyektlariga taklif etiladigan moliyaviy vositalarning

asosiy turlari quyidagilar:

Mushoraka (hamkorlik):

Bank va tadbirkor kapital qo‘shib,

birgalikda loyiha yuritadi va foyda (yoki zarar) ulushi oldindan kelishilgan

nisbatda taqsimlanadi.

Mudoraba (ishonchli boshqaruv):

Bank sarmoya beradi, tadbirkor

esa loyihani yuritadi. Foyda kelishilgan ulushda, zarar esa faqat bank

zimmasida bo‘ladi.

Ijara (ijaraga berish):

Bank biror aktivni sotib olib, tadbirkorga

ijaraga beradi. Bu, ayniqsa, uskunalar yoki binolarni moliyalashtirishda

qo‘llaniladi.

Ushbu vositalar orqali ITB foizsiz, adolatli va xavfsiz moliyaviy yordam


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 2-son Aprel 2025

155

ko‘rsatishni maqsad qiladi.So‘nggi yillarda ITB O‘zbekistonda ham qator

tadbirkorlik va infratuzilma loyihalarini qo‘llab-quvvatlagan. Masalan,

2021–2024

yillar davomida

ITB ishtirokida amalga oshirilgan qishloq xo‘jaligini

rivojlantirish loyihalari, zamonaviy sug‘orish tizimlari joriy etilishi, shuningdek,

kichik biznes subyektlari uchun aylanma mablag‘lar ajratilishi – bank faoliyatining

muvaffaqiyatli misollaridan hisoblanadi.

Shuningdek, bank tomonidan taqdim etilayotgan texnik yordam, konsalting

xizmatlari va trening dasturlari orqali tadbirkorlik madaniyatini oshirishga ham

katta hissa qo‘shilmoqda.

Xulosa va takliflar

Islom taraqqiyot bankining tadbirkorlikni rivojlantirishdagi roli ayniqsa

rivojlanayotgan davlatlar uchun katta ahamiyatga ega. Bank tomonidan taklif

etilayotgan moliyaviy vositalar faqatgina iqtisodiy emas, balki ijtimoiy adolat va

halollik tamoyillariga ham tayanadi. O‘zbekiston sharoitida ITB bilan hamkorlikni

yanada kuchaytirish, mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanish va milliy banklar

orqali islomiy moliyalashtirish mexanizmlarini kengaytirish dolzarb hisoblanadi.

Takliflar:

Milliy qonunchilikda islomiy moliyaviy instrumentlarni kengroq

tatbiq etish uchun huquqiy asoslarni mustahkamlash.

Tijorat banklari islomiy moliyalashtirish bo‘yicha maxsus bo‘limlar

tashkil etishi.

ITB bilan qo‘shma investitsiya fondlarini tashkil etish orqali kichik

biznes subyektlarini keng ko‘lamda moliyalashtirish.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1. Me’yoriy-huquqiy hujjatlar

1. «O'zbekiston Respublikasi Markaziy Banki to'g'risida» gi O'zbekiston

Respublikasi Qonuni 1995-yil 26-dekabr.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 2-son Aprel 2025

156

2. O'zbekiston Respublikasi «Bank va bank faoliyati to'g'risida»gi Qonuni

1996-yil 25-aprel.

3. O'zbekiston Respublikasining «Bank siri to'g'risida»gi Qonuni 2005yil 25-

aprel.

4. O‘zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining

kafolatlari to‘g‘risida’’gi Qonuni 2012-yil 2-may .

5. O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 26-apreldagi “Oilaviy tadbirkorlik

to‘g‘risida”gi Qonuni. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012 y.

6. O'zbekiston Respublikasining «Mikromoliyalash to‘g‘risida»gi Qonuni. 2006-

yil 15-sentabr.

7. “Kichik tadbirkorlik subyektlarini milliy valutada kreditlash tartibi

to‘g‘irisida” gi Nizom2013-yil 27-dekabr.

8. “Kichik va xususiy tadbirkorlikni mikrokreditlash tizimini yanada

kengaytirish va soddalashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston

Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 fevraldagi Qarori.

9.“Kichik tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash

mexanizmini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston

Respublikasi Prezidentining farmoni, 2003- yil, 23- dekabr.

10. “Kichik tadbirkorlikni rivojlantirish kafolat jamg‘armasi faoliyatini

tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar

Mahkamasining 2017-yil 17-apreldagi Qarori.

11. “Tadbirkorlik subyektlari va keng aholi qatlamiga mikrokreditlar ajratish

tizimini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston

Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 martdagi PQ-2844 Qarori.

12. Islom taraqqiyot banki ishtirokida «Kichik va o‘rta korxonalarning

iqtisodiy barqarorligini mustahkamlash» loyihasini amalga oshirish chora-

tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori,

30.12.2024 yildagi 903-son

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари