Mualliflar

  • Sadirdinov Oybek Saydamirovich

Muallif biografiyasi

  • Sadirdinov Oybek Saydamirovich

    O’zbekiston Respublikasi Bank moliya akademiyasi Loyiha boshqaruvi (Project Management) LB 24-15 guruh magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yottoro.90579

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: Islom Taraqqiyot Banki mablag‘lar tadbirkorlik loyihalari iqtisodiy o‘sish barqaror rivojlanish kichik va o‘rta biznes innovatsiyalar moliyaviy yordam sanoat rivojlanishi startaplar iqtisodiy barqarorlik. Ключевые слова: исламский банк развития фонды предпринимательские проекты Экономический рост Устойчивое развитие малый и средний бизнес инновации финансовая помощь промышленное развитие стартапы экономическая стабильность. Keywords: Islamic Development Bank funds entrepreneurial projects Economic growth Sustainable development small and medium-sized businesses innovations financial assistance industrial development startups economic stability.

Annotasiya

Annotatsiya: Mazkur tezis Islom Taraqqiyot Bankining (IsDB) mablag‘larini tadbirkorlik loyihalariga yo‘naltirish orqali rivojlanayotgan mamlakatlarda iqtisodiy o‘sish va barqaror rivojlanishni ta'minlashning ahamiyatini o‘rganadi. IsDB tomonidan amalga oshirilgan loyihalar, ayniqsa kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, mahalliy sanoatni modernizatsiya qilish va innovatsiyalarni joriy etish orqali iqtisodiy barqarorlikni ta'minlashga qaratilgan. Ushbu tezisda, shuningdek, tadbirkorlik loyihalarining muvaffaqiyatli amalga oshirilishi uchun zarur bo‘lgan omillar, moliyaviy yordamlardan qanday samarali foydalanish, va IsDB tomonidan amalga oshirilgan ba'zi muvaffaqiyatli loyihalar misollar orqali ko‘rsatilgan.

Аннотация: этот тезис исследует важность обеспечения экономического роста и устойчивого развития в развивающихся странах путем направления средств Исламского банка развития (Isdb) на предпринимательские проекты. Проекты, реализуемые IsDB, особенно направлены на обеспечение экономической стабильности за счет развития малого и среднего бизнеса, создания новых рабочих мест, модернизации местной промышленности и внедрения инноваций. В этом тезисе также описаны факторы, необходимые для успешной реализации предпринимательских проектов, как эффективно использовать финансовую помощь, и некоторые успешные проекты, реализованные IsDB, на примерах.

Abstract: This thesis explores the importance of ensuring economic growth and sustainable development in developing countries by channeling funds from the Islamic Development Bank (Isdb) to entrepreneurial projects. The projects implemented by IsDB are particularly aimed at ensuring economic stability through the development of small and medium-sized businesses, creating new jobs, modernizing local industry and introducing innovations. This thesis also describes the factors necessary for the successful implementation of entrepreneurial projects, how to effectively use financial assistance, and some successful projects implemented by IsDB, using examples.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 2-son Aprel 2025

143

ISLOM TARAQQIYOT BANKINING MABLAG’LARINI

TADBIRKORLIK LOYIHALARIGA YO’NALTIRISH

Sadirdinov Oybek Saydamirovich

O’zbekiston Respublikasi Bank moliya akademiyasi Loyiha boshqaruvi

(Project Management) LB 24-15 guruh magistranti

Annotatsiya: Mazkur tezis Islom Taraqqiyot Bankining (IsDB) mablag‘larini

tadbirkorlik loyihalariga yo‘naltirish orqali rivojlanayotgan mamlakatlarda

iqtisodiy o‘sish va barqaror rivojlanishni ta'minlashning ahamiyatini o‘rganadi.

IsDB tomonidan amalga oshirilgan loyihalar, ayniqsa kichik va o‘rta biznesni

rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, mahalliy sanoatni modernizatsiya

qilish va innovatsiyalarni joriy etish orqali iqtisodiy barqarorlikni ta'minlashga

qaratilgan. Ushbu tezisda, shuningdek, tadbirkorlik loyihalarining muvaffaqiyatli

amalga oshirilishi uchun zarur bo‘lgan omillar, moliyaviy yordamlardan qanday

samarali foydalanish, va IsDB tomonidan amalga oshirilgan ba'zi muvaffaqiyatli

loyihalar misollar orqali ko‘rsatilgan.

Аннотация: этот тезис исследует важность обеспечения

экономического роста и устойчивого развития в развивающихся странах

путем направления средств Исламского банка развития (Isdb) на

предпринимательские проекты. Проекты, реализуемые IsDB, особенно

направлены на обеспечение экономической стабильности за счет развития

малого и среднего бизнеса, создания новых рабочих мест, модернизации

местной промышленности и внедрения инноваций. В этом тезисе также

описаны

факторы,

необходимые

для

успешной

реализации

предпринимательских проектов, как эффективно использовать финансовую

помощь, и некоторые успешные проекты, реализованные IsDB, на примерах.

Abstract: This thesis explores the importance of ensuring economic growth

and sustainable development in developing countries by channeling funds from the


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 2-son Aprel 2025

144

Islamic Development Bank (Isdb) to entrepreneurial projects. The projects

implemented by IsDB are particularly aimed at ensuring economic stability

through the development of small and medium-sized businesses, creating new jobs,

modernizing local industry and introducing innovations. This thesis also describes

the factors necessary for the successful implementation of entrepreneurial projects,

how to effectively use financial assistance, and some successful projects

implemented by IsDB, using examples.

Kalit so‘zlar: Islom Taraqqiyot Banki, mablag‘lar, tadbirkorlik loyihalari,

iqtisodiy o‘sish, barqaror rivojlanish, kichik va o‘rta biznes, innovatsiyalar,

moliyaviy yordam, sanoat rivojlanishi, startaplar, iqtisodiy barqarorlik.

Ключевые

слова:

исламский

банк

развития,

фонды,

предпринимательские проекты, Экономический рост, Устойчивое

развитие, малый и средний бизнес, инновации, финансовая помощь,

промышленное развитие, стартапы, экономическая стабильность.

Keywords: Islamic Development Bank, funds, entrepreneurial projects,

Economic growth, Sustainable development, small and medium-sized businesses,

innovations, financial assistance, industrial development, startups, economic

stability.

Kirish

Islom Taraqqiyot Banki (IsDB) 1975 yilda tashkil topgan va islomiy moliya

prinsiplari asosida iqtisodiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan

xalqaro moliya muassasasi hisoblanadi. Uning asosiy maqsadi islomiy moliya

vositalarini qo‘llab-quvvatlash, rivojlanayotgan mamlakatlarda barqaror iqtisodiy

o‘sish va taraqqiyotni ta'minlashdir. Ushbu bankning mablag‘larini tadbirkorlik

loyihalariga yo‘naltirish, iqtisodiy rivojlanishning samarali vositasi sifatida muhim

ahamiyatga ega.

Islom Taraqqiyot Bankining faoliyat yo‘nalishlari IsDB quyidagi asosiy

yo‘nalishlar bo‘yicha faoliyat yuritadi:

• Investitsiyalar va kreditlar: Bank rivojlanayotgan davlatlarda infratuzilma,


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 2-son Aprel 2025

145

energetika, sanoat, qishloq xo‘jaligi va boshqa strategik sektorlarga mablag‘

ajratadi.

• Texnik yordam va maslahat: Bank tadbirkorlik sohasida ilmiy-texnikaviy

yordam va maslahatlarni taqdim etadi.

• Ijtimoiy rivojlanish: Bankning asosiy yo‘nalishlaridan biri ijtimoiy

infratuzilma, ta'lim, sog‘liqni saqlash, va atrof-muhitni saqlash bo‘yicha

loyihalarga moliyaviy qo‘llab-quvvatlashdir. Tadbirkorlik loyihalariga mablag‘

yo‘naltirishning afzalliklari IsDB tomonidan tadbirkorlik loyihalariga mablag‘

yo‘naltirilishi, iqtisodiy o‘sishni tezlashtirish va barqaror iqtisodiy rivojlanishni

ta'minlashda bir qator afzalliklarga ega:

• Yangi ish o‘rinlarini yaratish: Bankning mablag‘lari orqali kichik va o‘rta

bizneslarni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratishga yordam beradi.

• Mahalliy sanoatni rivojlantirish: Tadbirkorlik loyihalari mahalliy sanoatni

qo‘llab-quvvatlash,

raqobatbardosh

mahsulotlar

ishlab

chiqarishni

rag‘batlantirishga xizmat qiladi.

• Texnologiya va innovatsiyalarni joriy etish: Bank mablag‘lari orqali

innovatsion texnologiyalarni joriy etish va sanoatni modernizatsiya qilish

imkoniyatlari yaratilib, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish

mumkin.

• Barqaror rivojlanish: IsDB tomonidan taqdim etilayotgan mablag‘lar

ekologik barqarorlikni ta'minlaydigan, resurslardan samarali foydalanishni

rag‘batlantiruvchi loyihalarni amalga oshirishga yo‘naltirilgan.

Tadbirkorlik

loyihalarining

muvaffaqiyatli

amalga

oshirilishiga

ko‘maklashuvchi omillar IsDB tomonidan mablag‘ ajratilgan tadbirkorlik

loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshishi uchun bir qator omillarni hisobga olish

kerak:

• Iqtisodiy barqarorlik: Tadbirkorlik loyihalarining muvaffaqiyatiga

mamlakatning iqtisodiy barqarorligi, siyosiy muhit va iqtisodiy siyosatlar ta'sir

qiladi.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 2-son Aprel 2025

146

• Moliyaviy sabr-toqat: Tadbirkorlar va investorlar tomonidan belgilangan

moliyaviy maqsadlar va muddatlarga rioya qilish zarur.

• Mahalliy va xalqaro hamkorlik: Loyihalar mahalliy hukumatlar, xalqaro

tashkilotlar va boshqa moliyaviy muassasalar bilan yaqin hamkorlikda amalga

oshirilishi lozim.

• Kadrlar tayyorlash va boshqaruv: Loyihalarni samarali amalga oshirish

uchun malakali kadrlarni jalb qilish va rivojlantirish zarur.

IsDB mablag‘lari asosida amalga oshirilgan ba'zi tadbirkorlik loyihalari IsDB

tomonidan bir qator muvaffaqiyatli tadbirkorlik loyihalari amalga oshirilgan.

Masalan:

• Qishloq xo‘jaligi va agroturizmni rivojlantirish: Bank qishloq xo‘jaligi

infratuzilmasini modernizatsiya qilish, suv resurslaridan samarali foydalanishni

ta'minlashga yo‘naltirilgan loyihalarni amalga oshirgan.

• Sanoat va ishlab chiqarishni rivojlantirish: Bank sanoatni rivojlantirishga

qaratilgan loyihalar orqali raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarishni

qo‘llab-quvvatlagan.

• Innovatsiyalar va startaplar: Startaplarni qo‘llab-quvvatlash va innovatsion

texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan loyihalar, yangi texnologiyalarni joriy

etishni rag‘batlantirgan.

1-jadval

«Kichik

va

o‘rta

korxonalarning

iqtisodiy

barqarorligini

mustahkamlash» loyihasi bo‘yicha ITB va ITB (Rivojlanish uchun islom

birdamlik jamg‘armasi nomidan) mablag‘larini qaytarish manbalari[12]

Komponentlar nomlari

Qarz

Qarzni qaytarish manbai

Ming

AQSH

dollari

foiz

A-komponent.

Moliyalashtirish va kafillik

37 500

93.75


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 2-son Aprel 2025

147

1. «Murobaha» tamoyili

asosida kichik va xususiy

tadbirkorlik subyektlari

loyihalarini moliyalashtirish

30 000

75.00

«Biznesni rivojlantirish

banki» ATB

2. «Tadbirkorlikni

rivojlantirish kompaniyasi»

AJga yo‘naltiriladigan

mablag‘lar

7 500

18.75

«Tadbirkorlikni rivojlantirish

kompaniyasi» AJ

B-komponent. Biznes-

injenering va salohiyatni

oshirishni qo‘llab-quvvatlash

1 750

4.375

O‘zbekiston Respublikasi

respublika budjeti mablag‘lari

S-komponent. Loyihani

boshqarish va

muvofiqlashtirish

430

1.075

O‘zbekiston Respublikasi

respublika budjeti mablag‘lari

D-komponent. Audit

xizmatlari

120

0.3

O‘zbekiston Respublikasi

respublika budjeti mablag‘lari

Ko‘zda tutilmagan xarajatlar

100

0.25

O‘zbekiston Respublikasi

respublika budjeti mablag‘lari

Narxlar o‘zgarishi bilan

bog‘liq bo‘lgan kutilmagan

xarajatlar

100

0.25

JAMI

40 000

100

Yuqoridagi jadval ma'lumotlariga asoslanib shuni ta'kidlash joizki, Islom

taraqqiyot banki tomonidan ajratilayotgan mablag'larni qaytarish foizlari va

manbalari belgilangan.

Xulosa

Islom Taraqqiyot Bankining mablag‘larini tadbirkorlik loyihalariga

yo‘naltirish, rivojlanayotgan mamlakatlarda iqtisodiy o‘sishni ta'minlash va

barqaror rivojlanishni qo‘llab-quvvatlashning samarali usulidir.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 2-son Aprel 2025

148

Islom

Taraqqiyot

Bankining

tadbirkorlik

loyihalarini

moliyalashtirishdagi ishtiroki nafaqat iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantiradi, balki

ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashga ham xizmat qiladi. Islomiy moliyaviy vositalar

asosida ajratilayotgan mablag‘lar orqali kichik va o‘rta biznes subyektlari o‘z

faoliyatini kengaytirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va innovatsion g‘oyalarni

amaliyotga tatbiq etish imkoniga ega bo‘lmoqda. Ayniqsa, yoshlar va ayollar

tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash orqali jamiyatning eng faol qatlamlarini

rivojlanishga jalb qilish mumkin. Kelgusida ITB mablag‘larini raqamli

texnologiyalar, yashil iqtisodiyot va eksport salohiyatini oshiruvchi loyihalarga

yo‘naltirish orqali mamlakatlar barqaror taraqqiyot yo‘lida muhim bosqichlarni

bosib o‘tishlari mumkin. Shunday ekan, Islom Taraqqiyot Banki bilan samarali

hamkorlik va puxta strategik yondashuv tadbirkorlik sohasini yangi bosqichga olib

chiqishda muhim omil bo‘lib qoladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1. Me’yoriy-huquqiy hujjatlar

1. «O'zbekiston Respublikasi Markaziy Banki to'g'risida» gi O'zbekiston

Respublikasi Qonuni 1995-yil 26-dekabr.

2. O'zbekiston Respublikasi «Bank va bank faoliyati to'g'risida»gi Qonuni

1996-yil 25-aprel.

3. O'zbekiston Respublikasining «Bank siri to'g'risida»gi Qonuni 2005yil 25-

aprel.

4. O‘zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining

kafolatlari to‘g‘risida’’gi Qonuni 2012-yil 2-may .

5. O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 26-apreldagi “Oilaviy tadbirkorlik

to‘g‘risida”gi Qonuni. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012 y.

6. O'zbekiston Respublikasining «Mikromoliyalash to‘g‘risida»gi Qonuni. 2006-

yil 15-sentabr.

7. “Kichik tadbirkorlik subyektlarini milliy valutada kreditlash tartibi


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 2-son Aprel 2025

149

to‘g‘irisida” gi Nizom2013-yil 27-dekabr.

8. “Kichik va xususiy tadbirkorlikni mikrokreditlash tizimini yanada

kengaytirish va soddalashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston

Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 fevraldagi Qarori.

9.“Kichik tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash

mexanizmini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston

Respublikasi Prezidentining farmoni, 2003- yil, 23- dekabr.

10. “Kichik tadbirkorlikni rivojlantirish kafolat jamg‘armasi faoliyatini

tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar

Mahkamasining 2017-yil 17-apreldagi Qarori.

11. “Tadbirkorlik subyektlari va keng aholi qatlamiga mikrokreditlar ajratish

tizimini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston

Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 martdagi PQ-2844 Qarori.

12. Islom taraqqiyot banki ishtirokida «Kichik va o‘rta korxonalarning

iqtisodiy barqarorligini mustahkamlash» loyihasini amalga oshirish chora-

tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori,

30.12.2024 yildagi 903-son

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари