Mualliflar

  • Vahabova O'g'ilxon Tolibjonovna
  • To'lanova Zulfiyaxon G'iyosiddin qizi,

Muallif tarjimai holi

  • Vahabova O'g'ilxon Tolibjonovna

    Andijon davlat pedagogika instituti „Pedagogika va psixologiya “kafedrasi v/b dotsenti psixologiya fanlari doktori

  • To'lanova Zulfiyaxon G'iyosiddin qizi,

    Andijon davlat pedagogika instituti Filologiya fakulteti oʻzbek tili va adabiyoti yoʻnalishi 102-guruh talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yottoro.90581

Kalit so‘zlar:

Kalit soʻzlar: qobiliyat iqtidor iste’dod tug‘ma layoqat oila muhiti tarbiya ta’lim psixologik xususiyatlar ijtimoiy muhit umumiy qobiliyat maxsus qobiliyat. Ключевые слова: способность талант гениальность врожденные способности образовательная среда семейная атмосфера воспитание обучение психологические особенности социальная среда общие способности специальные способности. Key words:ability talent genius innate ability family environment upbringing education psychological traits social environment general abilities specific abilities.

Annotasiya

Annotatsiya:Ushbu maqolada insonning qobiliyat va iqtidorining shakllanishi hamda rivojlanishiga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillar atroflicha tahlil qilinadi. Xususan, tugʻma layoqat, ijtimoiy muhit, ta’lim-tarbiya, oila muhiti va shaxsning o‘z ustida ishlashi kabi jihatlarning ahamiyati yoritiladi. Qobiliyatning umumiy va maxsus turlari, pedagogik yondashuv va o‘qituvchining roli, bolaning qiziqishi hamda qat’iyatlilik kabi omillar qobiliyatni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlanadi.

Аннотатция:В статье подробно анализируются внутренние и внешние факторы, влияющие на формирование и развитие способностей и талантов человека. Особое внимание уделяется значению врожденных задатков, социальной среды, воспитания, образования, семейной атмосферы и самосовершенствования личности. Рассматриваются общие и специальные способности, педагогический подход, роль учителя, интерес и настойчивость ребенка как ключевые условия развития способностей.

Abstract:This article provides an in-depth analysis of the internal and external factors that influence the development and manifestation of human abilities and talents. It emphasizes the importance of innate potential, social environment, education, upbringing, family dynamics, and self-improvement. The paper explores general and specific abilities, pedagogical strategies, the role of teachers, and the significance of a child’s interests and persistence in nurturing talent.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 2-son Aprel 2025

128

QOBILIYAT VA IQTIDORNING OʻSISHIGA TAʼSIR ETUVCHI

OMILLAR

Andijon davlat pedagogika instituti „Pedagogika va psixologiya “kafedrasi

v/b dotsenti psixologiya fanlari doktori

Vahabova Oʻgʻilxon Tolibjonovna

Andijon davlat pedagogika instituti Filologiya fakulteti oʻzbek tili va

adabiyoti yoʻnalishi 102-guruh talabasi

Toʻlanova Zulfiyaxon Gʻiyosiddin qizi

Annotatsiya:Ushbu maqolada insonning qobiliyat va iqtidorining

shakllanishi hamda rivojlanishiga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillar atroflicha

tahlil qilinadi. Xususan, tugʻma layoqat, ijtimoiy muhit, ta’lim-tarbiya, oila muhiti

va shaxsning o‘z ustida ishlashi kabi jihatlarning ahamiyati yoritiladi.

Qobiliyatning umumiy va maxsus turlari, pedagogik yondashuv va o‘qituvchining

roli, bolaning qiziqishi hamda qat’iyatlilik kabi omillar qobiliyatni rivojlantirishda

muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlanadi.

Kalit soʻzlar: qobiliyat, iqtidor, iste’dod, tug‘ma layoqat, oila muhiti, tarbiya,

ta’lim, psixologik xususiyatlar, ijtimoiy muhit, umumiy qobiliyat, maxsus qobiliyat.

ФАКТОРЫ, ВЛИЯЮЩИЕ НА РАЗВИТИЕ СПОСОБНОСТЕЙ И

ТАЛАНТОВ

Доцент кафедры «Педагогика и психология» Андижанского

государственного педагогического института, доктор психологических

наук Вахабова Угилхон Толибжоновна


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 2-son Aprel 2025

129

Студентка 102-группы направления узбекского языка и литературы

филологического факультета Андижанского государственного

педагогического института

Туланова Зулфияхон Гиясиддин кызы

Аннотатция:В статье подробно анализируются внутренние и

внешние факторы, влияющие на формирование и развитие способностей и

талантов человека. Особое внимание уделяется значению врожденных

задатков, социальной среды, воспитания, образования, семейной

атмосферы и самосовершенствования личности. Рассматриваются общие

и специальные способности, педагогический подход, роль учителя, интерес

и настойчивость ребенка как ключевые условия развития способностей.

Ключевые слова: способность, талант, гениальность, врожденные

способности, образовательная среда, семейная атмосфера, воспитание,

обучение, психологические особенности, социальная среда, общие

способности, специальные способности.

FACTORS INFLUENCING THE DEVELOPMENT OF ABILITIES

AND TALENTS

Associate Professor of the Department of Pedagogy and Psychology at

Andijan State Pedagogical Institute, Doctor of Psychological Sciences,

Vakhabova Ugilkhon Tolibjonovna

Student of Group 102, Uzbek Language and Literature Department, Faculty

of Philology, Andijan State Pedagogical Institute,

Tulanova Zulfiyakhon Giyasiddin qizi

Abstract:This article provides an in-depth analysis of the internal and


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 2-son Aprel 2025

130

external factors that influence the development and manifestation of human

abilities and talents. It emphasizes the importance of innate potential, social

environment, education, upbringing, family dynamics, and self-improvement. The

paper explores general and specific abilities, pedagogical strategies, the role of

teachers, and the significance of a child’s interests and persistence in nurturing

talent.

Key words:ability, talent, genius, innate ability, family environment,

upbringing, education, psychological traits, social environment, general abilities,

specific abilities.

Psixologiyada

qobiliyat

individual-psixologik xususiyatlar sifatida

tavsiflanadi va uning asosida har bir insonning boshqa insondan tafovutlanadigan

hislatlari, fazilatlari yotadi. Shuning uchun har bir shaxsdan bir xil natija, bir xil

sifat kutish mumkin emas, chunki insonlar o’z qobiliyati bo’yicha bir-biridan

muayyan darajada farq qiladi. Binobarin, ular o’rtasida sifat va miqdor jihatidan

farqlar ko’p bo’lishi mumkin. Qobiliyatning sifat tavsifi shaxsning qaysi

individual-psixologik xususiyatlari faoliyat muvaffaqiyatining majburiy sharti

tariqasida xizmat qilishini anglatadi. Ularning miqdoriy tavsifi esa faoliyatga

qo’yiladigan talablarga shaxs tomonidan qay yo’sinda bajarish imkoniyati

mavjudligini bildiradi, ya’ni mazkur inson boshqa odamlarga qaraganda malaka,

bilimlardan nechog’lik tez, oson, puxta foydalana olishini namoyon qiladi.

Qobiliyatlar umumiy va mahsus bo’ladi. Umumiy qobiliyatlar mavjud bo’lganda

kishi faoliyatining turli xillari bilan muvaffaqiyatli shug’ullana oladi. Masalan:

kuzatuvchanlik, konstruktiv hayol, tez fikrlay olish kabilar ma’lum darajada barcha

faoliyat turiga xosdir. Umumiy qobiliyatga ega bo’lgan o’quvchilar odatda barcha

fanlardan yaxshi va qiynalmay o’qiydilar.Maxsus qobiliyatlar kishiga qandaydir

bir muayyan faoliyat bilan muvaffaqiyatli shug’ullanish imkonini beradi. Masalan:

musiqa, texnika, matematika, rassomchilik qobiliyatlari maxsus qobiliyatdir.

Qobiliyatlar o’zining sifat va miqdor darajasi bilan xarakterlanadi.Qobiliyatning

sifat xarakteristikasi shaxsning qobiliyatlari nimaga nisbatan namoyon bo’lishini,


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 2-son Aprel 2025

131

qanday individual psixologik xususiyatlar faoliyat jarayoni muvaffaqiyatining

zaruriy sharti ekanligi bilan xarak- terlanadi. Masalan: O’qituvchi tashabbuskorlik,

talabchanlik, mehribonlikni his qilish, kuzatuvchanlik, kashfiyotchilik, javobgarlik

kabi shaxsiy sifatlarga ega boʻlishi kerak.Qobiliyatlarning miqdor xarakteristikasi

shaxsning bilim, ko’nikma va malakalarni qanchalik tez, yengil va mustahkam

egallashi bilan xarakterlanadi.

1

Genial yoki geniy deb, biz shunday kishilarni aytamizki, ular niho-

yatda katta masalalarni hal qiladilar, butun bir sinf yoki xalqlar uchun, barcha

insoniyat uchun ahamiyatli bo’lgan, misli ko’rilmagan qimmatli narsalar

yaratadilar. Bunda ular yaratgan narsalar tarixda go’yo burilish nuqtasi bo’lib

xizmat qiladi, tarixni oldinga progressiv tomon harakatga keltiruvchi madad bo’lib

xizmat qiladi. Masalan, biz Alisher Navoiyning genial shoir deb hisoblaymiz,

chunki, u shunday asarlar yaratdiki, uning asarlari dunyoga kelishi bilan o’zbek

adabiyotida o’zbek tili taraqqiyotida Yangi bir davr boshlandi. Talantli deb

shunday odamlar aytiladiki, ular ma’lum sohada murakkab nazariy va amaliy

masalalarni hal qilishga, yangilik va progressiv ahamiyatga ega boʻlgan qimmatli

narsalar yaratishga qodir bo’ladilar.

2

Har bir odamning qobiliyat va iste’dodi taraqqiyot mahsulidir.

Insonning qobiliyati uning tug’ma layoqati asosida, muhitga bog’liq ravishda

olayotgan ta’lim-tarbiyasiga qarab, shuningdek, kishining o’z ustida ishlashi bilan

bog’liq holda o’sib, kamol topib boradi. Inson o’z mohiyati bilan ijtimoiy tabiiy

zotdir. Shuning uchun ham unga xos bo’lgan barcha ruhiy holat va jarayonlar tabiiy

kuchga, hayotiy kuchga egadir. Bu tabiiy kuchlar har bir insonga ota-onadan

bevosita o’tadi va ular

instinktlar

,

tug’ma layoqatlar

tariqasida ijtimoiy

munosabat va faoliyat jarayonida namoyon bo’ladi.

Tug’ma layoqat

tayyor,

kamolotga yetgan qobiliyat emas, balki qobiliyatning o’sishi uchun faqat tabiiy

zamindir, u kelgusida qobiliyatga aylanmog’i mumkin. Bunday imkoniyatlar faqat

tegishli sharoit mavjud bo’lgandagina ro’yobga chiqa oladi.Tug’ma layoqatni

1

“Umumiy psixologiya” E.G.G’oziyev.Toshkent.2002-yilnashri.

2

“Umumiy psixologiya” E.G.G’oziyev.Toshkent.2002-yilnashri.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 2-son Aprel 2025

132

irsiyat bilan aynan bir narsa deb tushunish yara- maydi. Layoqat irsiyat natijasigina

bo’lib qolmay, balki, shu bilan birga ona homilasida o’sish natijasi hamdir.

Layoqat kishidagi tug’ma imkoniyatdir.

Layoqat

kishining butun umri davomida

o’zicha o’sib, kamolotga yetmaydi. Layoqat hali kishida mudrab yotgan

imkoniyatlardir. Bu layoqatning «uyg’onib yuzaga chiqishi uchun tegishli ijtimoiy

muhit ham bo’lmog’i lozim. Layoqatni xuddi uruqqa o’xshatish mumkin, urug’dan

o’simlik ko’karib chiqishi, yetilib meva qilishi uchun qulay sharoit: tuproq, havo,

quyoshning bo’lishi darkor.Kishidagi tug’ma layoqatning o’sib kamol topishi

uchun zarur bo’lgan sharoitning asosi ijtimoiy muhitdir.Ijtimoiy muhit

layoqatlarning o’sib, kamol topishi uchun qulay yoki noqulay bo’lmog’i

mumkin.Qulay muhit kishidagi «mudrab yotgan» layoqatlarni uyg’otadi.

Layoqatning o’smog’i uchun qulay sharoit bo’lishi kishining bolalik chog’larida,

ayniqsa, muhimdir. Bolalar o’z o’yinlarida, odatda, kattalarga taqlid qiladilar.

Taqlid qilish jarayonida bolalarda ma’lum bir layoqatlar dastlab uyg’ona

boshlaydi. Musiqachilar, rassom yoki shoirlar, texnik xodimlar muhitida o’sgan

bolalarning ko’pchiligida layoqatning juda barvaqt uyg’onishi sababi ko’proq

mana

shundadir.Noqulay

ijtimoiy

muhit

sharoitida

kishidagi tug’ma

layoqatlarning «uyg’onmay» qolib ketishi mumkin. Bunday noqulay muhit kishida

tasodifiy ravishda ko’rina boshlagan biron qobiliyat va iste’dod alomatlarini

yo’qotib yuborishi yoki ularning paydo bo’lish vaqtini cho’zib yuborishi ham

mumkin.

Qobiliyatlarni rivojlanishi va rivojlantira olishni ikki xil yo’li bor.

1- yoʻl:

-Tanqidiy vaziyatlar;

-Umidsizlik hissi;

-Raqobatlasha olish;

-Shart-sharoitlarga baho bera olish;

-O’z kelajagini qobiliyatida yorqinroq qilish;

2- yoʻl:


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 2-son Aprel 2025

133

Qaysidir sohaga qiziqish bor, ammo qobiliyat mavjud emas. Shu holatda

qiziqishlarni rivojlantirish kerakmikin?

Bu holatda iste’dodini emperik tarzda kamol toptirish mumkin. Bunda

insonning qilayotgan ishiga qiziqishi va buning unga yoqishi lozim, qolgan barcha

narsa esa unga ergashadi. Kimdir alpinizm (tog’ cho’qqilarini zabt etish)ga

moyillika ega, ammo bunga qobiliyati yo’q. Inson umri davomida dasht-u

biyobonlarni kezsa ham qobiliyatli bo’lib qolmaydi. Qobiliyat asosi bu moyillikdir,

ya’ni bir vazifani qilish qanchalik qiziqarli bo’lsa moslashuvchanlik shuncha

ortadi.

Qobiliyatni

rivojlantirishning o‘ta muhim omili insonning oila va

oilaviy munosabatlarining o‘ziga xos xususiyatlari ekanligi aniq, xususan:

oila

tuzilishi va uning hissiy muhiti,tarbiya uslubi va ota-onalar va bolalar

o‘rtasidagi munosabatlarning o‘ziga xos xususiyatlari,ota-onalarning

farzandining iqtidoriga munosabati.

Ota-onalar va bolalar munosabatlarining

uslublari masalasi batafsilroq o‘rganildi. Olimlarning bir ovozdan ta’kidlashicha,

ota-onaning qat’iy nazorati va zo‘r bosimiga asoslangan bola tarbiyasining

totalitar uslublari iqtidorli shaxsning rivojlanishini to‘xtatuvchi va qullikka

aylantiruvchi omil hisoblanadi.

Qobiliyatlarni rivojlantirishning muhim jihati

ota-onalarning bolalar iste’dodiga bo‘lgan munosabatidir.

Bu omil bolaning

imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga ta’sir qiluvchi asosiy omillardan

biridir.Quyidagi

munosabatlar

turlari

mavjud:

salbiy

e’tiborsizlik

ijobiy

gipersotsializatsiya.Gipersotsializatsiya

bilan ota-onalar bolaning iqtidorliligi, unda alohida obro‘-e’tibor yoki

ularning amalga oshmagan intilishlari va qo‘ldan boy berilgan

imkoniyatlarini amalga oshirish imkoniyatini ko‘rish orqali o‘zlarini

tasdiqlashga harakat qilishadi.

3

Yuqorida aytib o‘tilganidek, qobiliyatlar faqat

faoliyat jarayonida rivojlanishi mumkin. Shuning uchun bolani imkon qadar

3

.„Kreativfikrlash“I.S.Hotamov,M.K.Olimov,G.R.Madrahimova,

I.S.Foziljonov.Toshkent 2022-yil.Innovatsion-Ziyo nashri.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 2-son Aprel 2025

134

ertaroq u maxsus qobiliyatlarni namoyon etadigan faoliyatga kiritish kerak. Biroq,

asosan, bir sohada bir tomonlama rivojlanish bolaga zarar etkazishi mumkin.

Maxsus qobiliyatlarning har tomonlama rivojlanishi va gullab-yashnashi uchun

umumiy qobiliyat darajasini, keng dunyoqarashini, umumiy madaniyatini

rivojlantirish kerak. Shaxsning har tomonlama barkamol rivojlanishi uchun har

tomonlama rivojlanish zarur. Agar bola erta yoshda biron bir faoliyat uchun aniq

qobiliyatlarni namoyon qilmasa, u ham har tomonlama rivojlanishi kerak, chunki

o‘rganish jarayonida u biror narsaga moyillik va qobiliyatlarni kashf qilishi

mumkin.

Qobiliyatlar faqat chuqur qiziqish va tegishli faoliyatga barqaror

moyillik bilan birgalikda o‘z mevasini berishi mumkinligi sababli, o‘qituvchi

bolaning qiziqishini faol ravishda rivojlantirishi, bu qiziqishlar yuzaki emas,

balki chuqur va barqaror qiziqish bilan qo‘llab-quvvatlanishiga intilishi kerak.

Ko‘pincha amalda u yoki bu sohada qobiliyatga ega bo‘lgan bolaning bunday

faoliyatga qiziqish bildirmasligi holatlari mavjud. Ba’zi holatlar, masalan,

muvaffaqiyatsiz o‘qitish usullarini qo‘llash, fanni yomon bilish, noqulay hayotiy

sharoit, ota-onaning qarshiligi tufayli bola tegishli fanga unchalik qiziqmaydi,

unga befarqlik ko‘rsatadi. Biroq, agar malakali o‘qituvchi bolani biron bir

faoliyatga chinakam qiziqtirishga muvaffaq bo‘lsa, unda juda tez, ko‘pincha

kutilmaganda uning atrofidagilar uchun bu qiziqish va moyillik talabaning

e’tiborini to‘liq o‘ziga tortadi.Bolalarning qobiliyatlarini tarbiyalashda

qiyinchiliklarni yengishda ularning qat’iyatliligini rivojlantirish kerak, ularsiz

eng qulay moyillik va aniq qobiliyatlar natija bermaydi. Ba’zida g‘ayrioddiy

qobiliyatga ega bo‘lgan bola muvaffaqiyatsizlikka uchraganida taslim bo‘ladi,

o‘z qobiliyatiga ishonchini yo‘qotadi va ilgari sevimli mashg‘ulotlarga

qiziqishni yo‘qotadi. Bunday hollarda u o‘qituvchining yordamiga va

qiyinchiliklarni yengishda yordamiga muhtoj. Bolalarning qobiliyatlarini

rivojlantirishga intilishda ularda o‘z-o‘zini talab qilish va mehnatining samarasini

tanqidiy baholash qobiliyati kabi shaxsiy fazilatlarni tarbiyalash kerak. Bolada


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 2-son Aprel 2025

135

uning qobiliyatlari, muvaffaqiyatlari va yutuqlariga to‘g‘ri munosabatni

shakllantirish juda muhimdir. Hech qanday holatda siz to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki

bilvosita bolaga uning eksklyuzivligi yoki boshqa bolalardan ustunligi

g‘oyasini singdirmasligingiz kerak. Siz bolaning qobiliyatiga haddan

tashqari qoyil qolmasligingiz, uni maqtashingiz yoki tengdoshlari bilan

taqqoslamasligingiz kerak.Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlab o‘tish lozim-ki, inson

iste’dodining tabiati olimlar o‘rtasida juda qizg‘in munozaralarga sabab bo‘ladi.

Iqtidor tug‘mami yoki hayot davomida rivojlanganmi? Musiqachi bo‘lib

tug‘ilish kerakmi yoki o‘z ustidagi mashaqqatli kundalik mehnat natijasida

iste’dod rivojlanadimi?Qobiliyatlar sohasidagi tadqiqotlarni tavsiflovchi

o‘rganilgan materiallarga asoslanib, quyidagi xulosalar chiqarish

mumkin:

Qobiliyatlar -bu har qanday faoliyatda yuqori natijalarga erishish

imkoniyatini beruvchi shaxsning individual psixo-fiziologik xususiyatlari

majmuasidir.Jamiyatda har qanday faoliyat va hayotni amalga oshirish

uchun zarur bo‘lgan umumiy qobiliyatlar va muayyan faoliyatga xos bo‘lgan

maxsus qobiliyatlar hisoblanadi.Demak insonda qobiliyat va iqtidorning

oʻsishiga tabiiy va sunʼiy omillar bevosita taʼsir etib turadi.Bu holat

ayniqsa,bolalarda yaqqol namoyon boʻladi .Ularning psixologiyasi

rivojlanishi, qobiliyatning oʻsish davri va biror bir talantni oʻzida sezganlik

payti oʻz davrida yuz berishi ,aniqlanishi uchun uni agressiv muhitdan

saqlash hamda undagi yoʻnalganlikka, oʻzgarishlarga befarq boʻlmaslik

darkor.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

„Umumiy psixologiya“ E.G.Gʻoziyev . Toshkent.2002-yil nashri.

2.„Umumiy psixologiya“ M.E.Zufarova . Toshkent.2010-yil nashri.

3.„Psixologiya“ V.M.Karimova.Abdulla Qodiriy nashriyoti 2002-yil.

4.„Kreativfikrlash“I.S.Hotamov,M.K.Olimov,G.R.Madrahimova,

I.S.Foziljonov.Toshkent 2022-yil.Innovatsion-Ziyo nashri.

5.„Umumiy psixologiya “F.I.Xaydarov,N.I.Xalilova.Toshkent-2010.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари