Mualliflar

  • Mirzaqosimova Marjona Qodirjon qizi
  • Vahabova O'g'ilxon Tolibjonovna

Muallif tarjimai holi

  • Mirzaqosimova Marjona Qodirjon qizi

    Andijon davlat pedagogika instituti  filologiya fakulteti 1-bosqich talabasi

  • Vahabova O'g'ilxon Tolibjonovna

    Andijon davlat pedagogika instituti „Pedagogika va psixologiya “kafedrasi v/b dotsenti psixologiya fanlari doktori

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yottoro.90535

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: O‘smirlik davri Yoshlik davri Psixik rivojlanish Emotsional jarayonlar Ijtimoiy jarayonlar Shaxsiyat shakllanishi Mustaqillik O‘zini anglash Kognitiv rivojlanish Oila va jamiyat Rivojlanish omillari Shaxsiy maqsadlar Psixologik o‘zgarishlar. Keywords: Adolescence Youth Psychological development Emotional processes social processes Personality formation Independence Self-awareness Cognitive development Family and society Developmental factors Personal goals psychological changes. Ключевые слова: Подростковый возраст Молодежь Психическое развитие Эмоциональные процессы Социальные процессы Формирование личности Независимость Осознание себя Когнитивное развитие Семья и общество Факторы развития Личные цели Психологические изменения.

Annotasiya

Annotatsiya: Mazkur maqolada ilk oʻspirinlik va yoshlik davrida sodir boʻladigan psixik rivojlanishning asosiy bosqichlari, shaxsiy va ijtimoiy xususiyatlari ilmiy nuqtai nazardan tahlil etilgan. Shuningdek mazkur  maqolada  o‘smirlik  va  yoshlik  davrlarida  psixik  rivojlanishning xususiyatlari tahlil qilinadi, bu davrlarda yuzaga keladigan o‘zgarishlar, emotsional va ijtimoiy jarayonlar, shuningdek, yoshlar rivojlanishiga ta’sir qiluvchi asosiy omillar ko‘rib chiqiladi.

Abstract: This article analyzes the main stages of psychological development, personal and social characteristics that occur during early adolescence and youth from a scientific perspective. This article also analyzes the characteristics of psychological development during adolescence and youth, examines the changes, emotional and social processes that occur during these periods, as well as the main factors affecting the development of youth.

Аннотация: В статье с научной точки зрения анализируются основные этапы психологического развития, личностные и социальные характеристики, возникающие в раннем подростковом и юношеском возрасте. В статье также анализируются особенности психологического развития в подростковом и юношеском возрасте, рассматриваются изменения, эмоциональные и социальные процессы, происходящие в эти периоды, а также основные факторы, влияющие на развитие молодежи..


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 2-son Aprel 2025

409

ILK OʻSPIRINLIK VA YOSHLIK DAVRIDA PSIXIK RIVOJLANISH

XUSUSIYATLARI

Mirzaqosimova Marjona Qodirjon qizi

Andijon davlat pedagogika instituti filologiya fakulteti 1-bosqich talabasi

Vahabova Oʻgʻilxon Tolibjonovna

Andijon davlat pedagogika instituti „Pedagogika va psixologiya “kafedrasi v/b

dotsenti psixologiya fanlari doktori

Annotatsiya: Mazkur maqolada ilk oʻspirinlik va yoshlik davrida sodir

boʻladigan psixik rivojlanishning asosiy bosqichlari, shaxsiy va ijtimoiy

xususiyatlari ilmiy nuqtai nazardan tahlil etilgan. Shuningdek mazkur maqolada

o‘smirlik va yoshlik davrlarida psixik rivojlanishning xususiyatlari tahlil

qilinadi, bu davrlarda yuzaga keladigan o‘zgarishlar, emotsional va ijtimoiy

jarayonlar, shuningdek, yoshlar rivojlanishiga ta’sir qiluvchi asosiy omillar ko‘rib

chiqiladi.

Abstract: This article analyzes the main stages of psychological

development, personal and social characteristics that occur during early

adolescence and youth from a scientific perspective. This article also analyzes the

characteristics of psychological development during adolescence and youth,

examines the changes, emotional and social processes that occur during these

periods, as well as the main factors affecting the development of youth.

Аннотация: В статье с научной точки зрения анализируются

основные этапы психологического развития, личностные и социальные

характеристики, возникающие в раннем подростковом и юношеском

возрасте. В статье также анализируются особенности психологического

развития в подростковом и юношеском возрасте, рассматриваются

изменения, эмоциональные и социальные процессы, происходящие в эти

периоды, а также основные факторы, влияющие на развитие молодежи.

.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 2-son Aprel 2025

410

Kalit so’zlar: O‘smirlik davri, Yoshlik davri, Psixik rivojlanish, Emotsional

jarayonlar, Ijtimoiy jarayonlar, Shaxsiyat shakllanishi, Mustaqillik, O‘zini

anglash, Kognitiv rivojlanish, Oila va jamiyat, Rivojlanish omillari, Shaxsiy

maqsadlar, Psixologik o‘zgarishlar.

Keywords: Adolescence, Youth, Psychological development, Emotional

processes, social processes, Personality formation, Independence, Self-

awareness, Cognitive development, Family and society, Developmental factors,

Personal goals, psychological changes.

Ключевые слова: Подростковый возраст, Молодежь, Психическое

развитие, Эмоциональные процессы, Социальные процессы, Формирование

личности, Независимость, Осознание себя, Когнитивное развитие, Семья

и общество, Факторы развития, Личные цели, Психологические изменения.

Inson hayotining har bir bosqichi oʻziga xos fiziologik, ijtimoiy va psixik jihatlari

bilan ajralib turadi. Ayniqsa, oʻspirinlik va yoshlik davri inson shaxsining

shakllanishi va barqaror psixik holatga erishishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Psixik rivojlanishning o’ziga xosxususiyatlari o‘smirlik va yoshlik davrlarida

yanada aniqroq namoyon bo‘ladi. Ushbu davrlar insonning jismoniy, emotsional,

kognitiv va ijtimoiy o’zgarishlar jarayonining eng faol bosqichlari hisoblanadi.

Bu davrda shaxs ongining oʻsishi, mustaqil fikrlashga boʻlgan ehtiyoj, identitet

shakllanishi va ijtimoiylashuv jarayoni faol kechadi.

O‘smirlik davri (12-18 yosh) va yoshlik davri (18-25 yosh) psixik

rivojlanishning muhim bosqichlaridan biridir. Har ikkala davrda ham individning

psixologik, ijtimoiy va emotsional jihatlari o‘zgaradi.

1

Ilk o’spirinlik 1.

Jismoniy o‘zgarishlar: Barcha o‘zgarishlar (xususan, jinsiy rivojlanish) o‘smirning

o‘zini anglashiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Bu davrda o‘zini kashf qilish, tana va

tashqi ko‘rinishdagi o‘zgarishlarga nisbatan tashvish va ishonchsizliklar

ko‘payadi. 2. Kognitiv rivojlanish: O‘smirlikda tafakkur darajasi ancha

1

Xaydarov.F.I, Xalilova. N.I

Umumiy psihologiy

a”

Toshkent-2010y


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 2-son Aprel 2025

411

rivojlanadi.

2

Ilk oʻspirinlik davri psixik rivojlanishi haqida gapirar ekanmiz. Bu

bosqichda bolaning tanasida keskin fiziologik oʻzgarishlar sodir boʻladi, bu esa

bevosita uning ruhiy holatiga ta’sir koʻrsatadi. Yangi emotsional holatlar, ichki

ziddiyatlar, oʻziga xoslikni izlash tendensiyalari yuzaga chiqadi. Mustaqillikka,

qarorlar qabul qilishga boʻlgan qiziqish ortadi. Tengdoshlar fikriga yuqori baho

beriladi. Avtoritetlarga nisbatan tanqidiy munosabat paydo boʻladi.

3

Yoshlikda

shaxsiyat va his-tuyg‘ularni boshqarish yanada aniqroq va barqaror bo‘ladi.

Yoshlikning boshida turli stress va tashvishlarga duch kelinishi mumkin, lekin

yoshlar o‘z his-tuyg‘ularini boshqarishda ko‘proq malakaga ega bo‘ladilar.

O‘zining his-tuyg‘ulariga, hayotdagi qiyinchiliklarga qanday munosabatda

bo‘lishni o‘rganish, emosional barqarorlikni shakllantirishda muhim ahamiyatga

ega. Bu davrda bolaning “men” konsepsiyasi shakllana boshlaydi. Bu holat shaxs

taraqqiyoti uchun asos boʻlib xizmat qiladi. Yoshlik davrining psixologik

xususiyatlari : Yoshlik —shaxsning mustaqil fikrlashi, hayotiy yoʻlini tanlashi,

ijtimoiy faollik darajasi oshishiga bevosita ta’sir qiluvchi bosqichdir.

4

Yoshlik davridagi asosiy psixik jihatlar: Hayotiy maqsadlar va

qadriyatlarning shakllanishi; Ijtimoiy roldan xabardorlik va kasb tanlashga intilish;

Mustaqil qaror qabul qilishga boʻlgan layoqatning ortishi; Romantik his-

tuyg‘ularning rivojlanishi va shaxslararo munosabatlar chuqurlashuvi kabilar

kiradi. Yoshlik davri esa o‘zining mustaqil fikrlashini, shaxsiy maqsadlarni va o‘z-

o‘zini anglashni aniqroq shakllantiradigan davrdir. Bu davrda ijtimoiy va kasbiy

rivojlanishning yangi bosqichlari boshlanadi, hamda o‘z kelajagi va hayot yo‘li

haqida aniqroq qarorlar qabul qilinadi. Shunday qilib, o‘smirlik va yoshlik davrlari

inson psixikasining shakllanishidagi muhim bosqichlar bo‘lib, ularning psixologik

rivojlanishida o‘ziga xos xususiyatlar va o‘zgarishlar mavjud. Yoshlik – insonning

2

Karimova V.M. Psixologiya T-2002y

3

G’oziyev E.G’ Umumiy Psixologiya 1-2 kitob T-2002y

4

Ivanov.P, Zufarova.M “Umumiy Psixologiya” T-2008y.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 2-son Aprel 2025

412

oʻz salohiyatini toʻliq anglay boshlaydigan davr boʻlib, bu bosqichda ruhiy

barqarorlik muhim omil hisoblanadi. Oila, maktab, tengdoshlar va axborot

manbalari (internet, media) yoshlarning psixik rivojlanishiga bevosita ta’sir

koʻrsatadi. Aksar hollarda salbiy omillar, masalan, notoʻg‘ri tarbiya, e’tiborsizlik,

kuchli nazorat yoki haddan tashqari erkinlik ularning psixikasida beqarorlikka olib

kelishi mumkin.

Tarbiya jarayonida quyidagilarga e’tibor berish lozim: Ochiq va samimiy

muloqotni yoʻlga qoʻyish; Har bir yoshning individual psixik xususiyatini inobatga

olish; Ijobiy rol modellari orqali oʻziga ishonchni shakllantirish.

Xulosa.

Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, ilk oʻspirinlik va yoshlik davri

inson hayotining eng muhim, murakkab, ammo sermahsul bosqichlaridan biridir.

Bu davrda psixik rivojlanish intensiv kechib, shaxsning jamiyatda egallaydigan

oʻrni belgilanadi. Shu sababli ota-onalar, pedagoglar va jamiyat vakillari bu

bosqichdagi yoshlar bilan ongli, psixologik asoslangan va ijobiy munosabatni

shakllantirishlari muhimdir. Bu esa sog‘lom, aqliy va ma’naviy barkamol avlodni

voyaga yetkazishda muhim omil boʻlib xizmat qiladi. Inson psixikasi

rivojlanishida har bir yosh bosqichining oʻziga xos funksiyalari mavjud.

O‘smirlik va yoshlik davrlaridagi psixik rivojlanish o‘zining maxsus

xususiyatlari bilan ajralib turadi. O‘smirlik davrida shaxs o‘zini tanishga,

emotsional va jismoniy o‘zgarishlarga, ijtimoiy guruhlarga qiziqishga intiladi,

bu esa ba’zan ichki qarama-qarshiliklar va izlanishlarga olib keladi. Yoshlik esa

mustaqillik, kasbiy yo‘nalish, oila va ijtimoiy munosabatlar o‘rnatishga, hayotiy

qarorlar qabul qilishga va shaxsiyatni shakllantirishga asoslanadi. Har ikki

davrda ham psixologik o‘zgarishlar, hayotning turli jabhalarida yangi

boshlang‘ichlar va qiyinchiliklarga duch kelinadi. Shaxsning rivojlanishida

oila, jamiyat, va ijtimoiy-madaniy omillarning ta’siri muhim o‘rin tutadi.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 2-son Aprel 2025

413

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Xaydarov.F.I, Xalilova. N.I “Umumiy psihologiya” Toshkent-2010y

2.

Karimova V.M. Psixologiya T-2002y.

3.

G’oziyev E.G’ Umumiy Psixologiya 1-2 kitob T-2002y

4.

Davletshin M.G Umumiy Psixologiya T-2002y

5.

Ivanov.P, Zufarova.M “Umumiy Psixologiya” T-2008y.

6.

Tojiboyeva G. R. et al. TURLI RAHBARLIK USLUBLARINING

PSIXOLOGIK TAVSIFI //Journal of new century innovations. – 2022. –

Т. 16. – №. 1. – С. 114-117.

7.

Rahmanzhanovna T. G. SOCIO-PSYCHOLOGICAL FEATURES OF

CONFLICT SITUATIONS IN THE TEACHING STAFF //World Bulletin

of Social Sciences. – 2024. – Т. 31. – С. 30-32.

8.

Таджибаева Г.

Р.

ПРИЧИНЫ И ПУТИ РАЗРЕШЕНИЯ

ПЕДАГОГИЧЕСКИХ КОНФЛИКТОВ В ВЫСШЕМ УЧЕБНОМ

ЗАВЕДЕНИИ //ИННОВАЦИИ В ПЕДАГОГИКЕ И

ПСИХОЛОГИИ. –2021. – Т. 4. – №. 3.

9.

Zokirova, M. (2020). Psixologiya asoslari. Toshkent: TDPU nashriyoti.

10.

Xolmatova, M. (2021). Yosh davrlari psixologiyasi. Andijon: AndDU

nashriyoti.