Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
18-to’plam 2-son Aprel 2025
58
ALOHIDA GEOFIZIK SHAROITLI JOYLARDAGI QURILISHLAR YER
SILKINADIGAN RAYONLARDAGI QURILISHLAR
Jurayev Sanjar Mamatmurod o`g`li
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalari universiteti assistenti
Boboqulov Temurbek Ro`zi o`g`li
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalari universiteti assistenti
Annotatsiya. Alohida geofizik sharoitli joylardagi qurilish deganda
binolarni loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilish chog‘ida ularning buzilishiga
hamda sanitariyagigiyena holatlarining yomonlashishiga olib keluvchi
qo‘shimcha ta’sirlarni hisobga oluvchi qurilishlar tushuniladi. Bunday
qo‘shimcha ta’sirlarning asosiylaridan biri yer silkinish natijasida hosil bo‘luvchi
zilzila ta’siri hisoblanadi. Zilzila deb vulqon otilishi yoki yerning chuqur
qatlamlarida tog‘ jinslarining bir-biriga nisbatan surilishi natijasida kelib
chiqadigan tektonik jarayonlar natijasida yer sirti qatlamining elastik silkinishiga
aytiladi. Zilzila kuchi ballarda o‘lchanadi. Ko‘pchilik davlatlarda zilzila kuchi
uchun 12 balli shkala qabul qilingan. (GOST 6249-52).
Kalit so`zlar. Zilzila, poydevor, focus, zakladka, choklar, deformatsiya,
mexanik usul, qurilish axlati, episentr
Zilzila kuchi 6 ballgacha bo‘lganda bino va inshootlarga zarar yetmaydi.
Bunday xollarda bino konstruksiyalari yoki devor sirtlarida aloxida yoriqlar xosil
bo‘ladi va asosan binoning pardoz qismi zarar ko‘rishi mumkin. Zilzila kuchi 8
ball bo‘lganda, u kuchli hisoblanib, bunda suvoqlar to‘kilishi, o‘rab turuvchi
konstruksiyalarda xavfli bo‘lmagan yoriqlar hosil bo‘lishi mumkin. Kuchi 7 ball
va undan ortiq bo‘lgan zilzilalar xavfli hisoblanadi. Bunda binolarga ko‘proq ziyon
yetishi, binolar buzilishi yoki ularning ayrim qismlari qulab tushishi mumkin. Yer
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
18-to’plam 2-son Aprel 2025
59
silkinishi natijasida yer qatlamidagi jinslar buzilishi va ularda kata qoldiq
deformatsiyalar bo‘lishi ko‘zga tashlanadi. Siljish jarayoni boshlangan yer
qobig‘idagi cheklangan maydon zilzila “gipotsentri” (yoki fokusi) deb ataladi.
Fokusning yer sirtidagi proyeksiyasi “episentr” deb ataladi. Episentrdan yer
sirtidagi har qanday nuqtagacha bo‘lgan masofa episentral masofa deb ataladi.
Episentral zonalardagi vertikal tashkil etuvchilar gorizontal tashkil etuvchilardan
ortiq bo‘ladi va u episentrdan uzoqlashgan sari kamayib boradi. Bunda gorizontal
tashkil etuvchi asosiy bo‘lib qoladi, bu esa bino va inshootlar uchun xavfli
hisoblanadi. Yer silkinishi mumkin bo‘lgan rayonlarda quriladigan bino va
inshootlarga zilzilaga bardoshlik bo‘yicha alohida talablar qo‘yiladi. Loyihalashda
zilzila darajasi norma yoki zilzila kartasi yordamida aniqlanadi va КМК II-7-81
“Zil-zilali rayonlarda qurilish” yordamida binoning zilzilabardoshlik qiymati
aniqlanadi.
Xajmiy-planlashtirish va konstruktiv yechimlar xususiyatlari. Bino va
inshootlarning zilzila ta’siriga chidamliligi zilzilabardoshlik deyiladi. Yer
qimirlaydigan rayonlarda binolarning yetarlicha zilzilabardoshligini ta’minlash
uchun bu konstruksiyalarga og‘irlik kuchlaridan tashqari zilzila paytida gorizontal
kuchlar ham ta’sir etishini hisobga olish kerak bo‘ladi. Bu kuchlar o‘qtino‘qtin
takrorlanib turuvchi xarakterga ega bo‘lib, har xil yo‘nalishda ta’sir etishi mumkin.
Qurilish normalari hisoblash ishlarini osonlashtirish maqsadida binoning eng katta
va eng kichik bikirligiga to‘g‘ri keluvchi simmetriya o‘qlari bo‘yicha yo‘nalgan
birgina gorizontal seysmik hisobga olishi tavsiya etadi. Yer qimirlaydigan
rayonlarda
aholi
yashaydigan
turar-joy
binolari
qurishda
ko‘proq
ko‘kalamzorlashtirilgan zonalar va binolar oralig‘ida bo‘shliq joylar qoldirilgan
bo‘lishi kerak. Bu tadbir asosan yong‘inga qarshi tadbir hisoblanib, yong‘in
tarqalishining oldi olinadi. Bulardan tashqari, norma bo‘yicha ko‘cha kengligi va
binolar oralig‘i 15-20% kattaroq qilib olinadi. Bino va inshoot loyihasini ishlab
chiqishda quyidagi asosiy qoidalarga amal qilish talab etiladi. Hajmiy
planlashtirish va konstruktiv yechimlar simmetriya hamda massa va bikirlikni
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
18-to’plam 2-son Aprel 2025
60
barobar taqsimlanish shartlarini qoniqtirishi kerak.
Agar bino vazifasiga va me’moriy planirovka talablariga ko‘ra nosimmetrik
va murakkab formada qurilishi talab etilgan bo‘lsa, bunda bino planini antiseysmik
choklar bilan bo‘laklarga bo‘lib chiqiladi. Bu choklar o‘lchamlari normada
ko‘rsatilgandan katta bo‘lgan bino planlarini otseklarga ajratishda ham
qo‘llaniladi. Devorlari ko‘taruvchi bo‘lgan binolarda antiseysmik choklar qo‘sh
devor o‘rnatish bilan, sinchli binolarda esa yonma-yon ramalar (qo‘shaloq ramalar)
o‘rnatish orqali hosil qilinadi. Choklar eni elementlarning erkin gorizontal siljishini
ta’minlash kerak. Poydevorlarda choklar, agar ular bir vaqtning o‘zida cho‘kish
choki bo‘lmasa, qoldirilmasa ham bo‘ladi. Bino yoki uning ayrim qismlarining
poydevorlari bir xil satxda joylashishi kerak. Ko‘taruvchi tosh devorlar poydevori
lentasimon bo‘lishi lozim. Agar qoziq poydevorlar ishlatiladigan bo‘lsa, u xolda
qoziq poydevorlarning “qoziq ustun”turi afzal bo‘ladi. Binolarning sinchli
turlarida ustun osti poydevorlari quyma yoki yig‘ma temir-betondan qilinib, ular
o‘zaro poydevor to‘sini yordamida tutashtirlgan bo‘ladi. Tosh devorlari ko‘turvchi
bo‘lgan binolarning ustivorligi va fazoviy bikirligi bino ichki va tashqi
devorlarining butun uzunasi bo‘yicha va har bir qavat ora yopmasi plitalari
tekisligida joylashtirilgan antiseysmik belbog‘lar yordamida ta’minlanadi. Bunday
belbog‘lar quyma yoki yig‘ma temir-betondan yoki metalldan yasalgan bo‘lishi
mumkin. Quyma belbog‘lar armaturalari uzluksiz bo‘ladi.
Yig‘ma belbog‘larda esa bikr gorizontal ramaga zakladka detallari
payvandlanadi yoki ochiq qoldirilgan armaturalarni o‘zaro tutashtirib, ustidan
beton yotqiziladi. Antiseysmik belbog‘lar kengligi odatda devor qalinligi kabi
bo‘ladi. Devorlar qalinligi 500 mm dan katta bo‘lganda belbog‘ qalinligini 120 mm
kichik qilib olish mumkin. Belbog‘ balandligi ko‘pincha 150 mm va undan katta
bo‘ladi. G‘ishtin devorli binolar har bir bo‘lmasida elementlarning konstruktiv
yechimi va ularning materiallari bir xil qilib olinishi, shu bilan birga deraza orasi
devorlari va eshik, deraza o‘rinlari bir xil kattalikda bo‘lishi kerak. Devorlar
tutashgan joy armatura turlari bilan kuchaytriladi. Zilzila kuchi 7, 8 va 9 ball
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
18-to’plam 2-son Aprel 2025
61
bo‘lgan rayonlarda ko‘taruvchi g‘ishtin devorlarning binoning har bir qavatiga
to‘g‘ri keladigan balandligi zilzila kuchiga muvofiq 6, 5 va 4 m dan oshmasligi
kerak. Shu bilan birga zinapoya, parda devor va boshqa konstruktiv elementlarni
mustaxkam o‘rnatish tadbirlari ham ko‘rib chiqiladi.
Asos tuproqlari cho‘kishi mumkin bo‘lgan joylarda qurilishlar Binoning
xususiy og‘irligi va unga ta’sir etuvchi tashqi kuchlarning birgalikda ta’sirida
turgan asos tuprog‘i namlanishi natijasida tuproq qo‘shimcha deformatsiyaga
uchraydi. Bunday xususiyatli tuproqlar cho‘kishi mumkin bo‘lgan tuproqlar
qatoriga kiritiladi. Cho‘kishi mumkin bo‘lgan tuproqlarning asosiylaridan biri
lyossimon tuproqdir. Bu tuproq yetarlicha mustaxkamlikka ega bo‘lib, suvga
bo‘ktirilganda o‘z xususiyatlarini yo‘qotadi va binolarni qurishda ma’lum bir
tadbirlar ko‘rilmasa asosda notekis cho‘kishlar sodir bo‘lib, binoda yoriqlar paydo
bo‘ladi, ayrim hollarda esa uni buzilishigacha olib keladi. Tuproqlarni cho‘kish
deformatsiyasi miqdoriga ko‘ra ikki turga bo‘lish mumkin. 1 tur bo‘ktirilganda o‘z
xususiy og‘irligi ta’sirida 50 mm dan kam deformatsiyalanadi, 2 tur – bunday xolda
tuproqning cho‘kishi 50 mm dan kata bo‘ladi. Bino qurilishi olib boriladigan yani
uchastkalarda 20x20 m maydonga suv to‘ldirilib, tuproqning cho‘kish
deformatsiyasi aniqlanadi. Ilgari qurilish olib borilgan uchastkalardagi tuproq
turlari esa qurilgan binoning cho‘kishini baxolash yo‘li bilan yoki laboratoriya
usulida aniqlaniladi.
Tuproqlari cho‘kuvchan bo‘lgan joylarda binolarni loyihalash va qurishda
quyidagi asosiy tadbirlar bajariladi:
- mexanik usullar yordamida qoziqlar o‘rnatish, oldindan asos tuprog‘ini
suvga bo‘ktirib zichlashtirish orqali tuproqning cho‘kish xususiyatlari yo‘qotiladi;
- cho‘kishi mumkin bo‘lgan tuproq qatlami olib tashlanib, tagigacha qoziq
poydevorlar o‘rnatiladi, yoki silikatlangan yo bo‘lmasa termik usulda
mustaxkamligi oshirilgan ustinsimon va lentasimon tuproq poydevor o‘rnatiladi;
Bino qurilishi mumkin bo‘lgan joydagi asosga atmosfera va ta’minot
suvlarini tushishining (sovuq va issiq suv ta’minoti, kanalizatsiya trubalarining
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
18-to’plam 2-son Aprel 2025
62
oldini olish, bino perimetri bo‘yicha suv o‘tkazmaydigan, eni kamida 1,0 m
bo‘lgan otmostka qilish (otmostka kotlovan chuqurligi burchagidan kamida 0,3 m
sirtga chiqariladi), kotlovan chuqurlgini suv o‘tkazmydigan materiallar bilan
to‘ldirish (qum, shlak, qurilish axlati va boshqalar bilan to‘ldirishga ruxsat
berilmaydi). Bulardan tashqari, bino qurilish jarayonida yoki uni ishlatish chog‘ida
asos tuprog‘I ho‘llanib qolguday bo‘lsa, u holda quyidagi qo‘shimcha konstruktiv
tadbirlarni amalga oshirish kerak bo‘ladi.
Xulosa. Shunday konstruktiv sxema tanlanishi kerakki, bunda butun bino
yetarlicha bikirlikka va turg‘unlikka ega bo‘lsin. Buning uchun konstruksiyalar
tutashtirilgan joylar bikirligini oshirish yoki aksincha, tutashtirilgan elementlarni
bino ekspluatatsiya ishonchliligini buzmasdan o‘zaro siljishini ta’minlovchi
sharnirli bog‘lanishlar bilan tutashtiriladi; - yetarlicha deformatsiya choklari
o‘rnatilgan va planda oddiy bo‘lgan bino formasini tanlash. Masalan, 1 tip tuproq
sharoitiga ega bo‘lgan joylarda ko‘p qavatli yirik panelli binolarning cho‘kish
(deformatsiya) choklari oralig‘i 42 m dan, 2 tipda esa 30 m dan ko‘p bo‘lmasligi
kerak; - gorizontal konstruksiyalarning (to‘sin, plita, xari, ferma) vertical
konstruksiyalarga (devor, ustun, stolba) ilingan joyi uzunligini ko‘paytirish; - har
bir binoning tashqi va ichki ko‘taruvchi devorlarda ora yopma plitasi tekisligida
uzluksiz armaturalangan belbog‘lar o‘rnatish; - bino konstruksiyalari tuproq
cho‘kkandan so‘ng o‘zining oldingi loyihada ko‘rsatilgan xolatini tezlikda tiklab
olishga moslashgan bo‘lishi kerak.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
1.
Хурсандов, Э. Ў. (2024). ЭГИЛУВЧИ ЭЛЕМЕНТЛАРНИ ҲИСОБЛАШ
ВА УЛАРНИНГ АФЗАЛЛИКАРИ.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И
ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 47(5), 73-76.
2.
Жураев, С., & Беккамов, М. (2022). КЛАССИФИКАЦИЯ ВИСЯЧИХ
МЕТАЛЛИЧЕСКИХ КОНСТРУКЦИЙ (ТРОСОВЫХ И МЕМБРАННЫХ)
ПОКРЫТИЙ. O'ZBEKISTONDA FANLARARO INNOVATSIYALAR VA
ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI, 2(14), 997-1002.
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
18-to’plam 2-son Aprel 2025
63
3.
Жураев, С., & Сатторов, К. (2023). Расчет Тросовых Висячих Покрытий
В Пк Лира. Periodica Journal of Modern Philosophy, Social Sciences and
Humanities, 16, 119-123.
4.
Жўраев, С. (2023). АЛИШЕР НАВОИЙ ДАВРИ ИМОРАТЛАРИНИНГ
АРХИТЕКТУРАСИ. O'ZBEKISTONDA FANLARARO INNOVATSIYALAR
VA ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI, 2(16), 142-146.
5.
Turayev, S., & Sanjar, J. (2023). ZILZILA VAQTIDA BINO VA ZAMIN
GRUNTLARINING O’ZARO TA’SIRI. Finland International Scientific Journal
of Education, Social Science & Humanities, 11(2), 410-414.
6.
Sanjar,
J.
(2023).
DEVELOPMENT
OF
CULTURE
AND
ENTERTAINMENT PARKS. American Journal of Pedagogical and Educational
Research, 9, 49-52.
7.
Жураев,
С.,
&
Тураев,
Ш.
(2023).
ДВУХПОЯСНЫЕ
ПРЕДВАРИТЕЛЬНО
НАПРЯЖЕННЫЕ
СИСТЕМЫ.
IJODKOR
O'QITUVCHI, 3(29), 77-81.
8.
Жураев, С., & Сатторов, К. (2023). ТЕРМИНОЛОГИЯ И
КЛАССИФИКАЦИЯ ВИСЯЧИХ И ВАНТОВЫХ МОСТОВ. Innovations in
Technology and Science Education, 2(9), 197-206.
9.
Mamatmurod ogli J. S. et al. QURILISH BOSH PLANI, MATERIAL VA
KONSTRUKSIYALARNI
OMBORLARGA
JOYLASHTIRISH
//ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ. – 2024.
– Т. 47. – №. 5. – С. 66-72.
10.
Mamatmurod ogli J. S. et al. ASOS, PODEVORLAR VA
ORAYOPMALARNI
KUCHAYTIRISH
VA
ULARNING
MONTAJ
SAMARADORLIGINI
OSHIRISH
//ОБРАЗОВАНИЕ
НАУКА
И
ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ. – 2024. – Т. 47. – №. 5. – С. 54-59.
11.
Abdurahmon og T. S. et al. EGILUVCHAN-QATTIQ VANTLAR BILAN
MUSTAHKAMLANGAN
KATTA
ORALIQLI
SILINDRSIMON
MEMBRANALARNI HISOBLASH //JOURNAL OF INNOVATIONS IN
SCIENTIFIC AND EDUCATIONAL RESEARCH. – 2024. – Т. 7. – №. 3. – С.
135-139.