O‘QITISHNING ZAMONAVIY VOSITALARIGA QO’YILGAN TALABLAR

Аннотация

Ushbu maqolada o‘qitish vositalariga qo‘yiladigan talablar va ularning didaktik jihatlari hamda o‘qitish vositalarining turlari va tasniflanishi hamda o‘quv jarayonida foydalanishning nazariy – metodik jihatlari yoritib berilgan. Bugungi kunda ta’lim tizimida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish natijasida o‘qituvchilarga darslarni yanada samarali tashkil etish imkoniyati yaratilmoqda. Shuningdek, bu vositalar masofaviy ta’lim imkoniyatlarini kengaytirib, har bir o‘quvchiga individual yondashish imkonini beradi. Natijada, ta’lim sifati oshib, bilim olish jarayoni qulay va samarali bo‘ladi.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
71-75

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
G’ulomova , D. ., Yaxiyaxonova , M., & Negmatova , S. . (2025). O‘QITISHNING ZAMONAVIY VOSITALARIGA QO’YILGAN TALABLAR. Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения, 4(11), 71–75. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/zdaf/article/view/130707
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada o‘qitish vositalariga qo‘yiladigan talablar va ularning didaktik jihatlari hamda o‘qitish vositalarining turlari va tasniflanishi hamda o‘quv jarayonida foydalanishning nazariy – metodik jihatlari yoritib berilgan. Bugungi kunda ta’lim tizimida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish natijasida o‘qituvchilarga darslarni yanada samarali tashkil etish imkoniyati yaratilmoqda. Shuningdek, bu vositalar masofaviy ta’lim imkoniyatlarini kengaytirib, har bir o‘quvchiga individual yondashish imkonini beradi. Natijada, ta’lim sifati oshib, bilim olish jarayoni qulay va samarali bo‘ladi.


background image


71

O‘QITISHNING ZAMONAVIY VOSITALARIGA QO’YILGAN TALABLAR

G’ulomova Dilobar Obid qizi

SHDPI talabasi

Yaxiyaxonova Muxiba Maxmudjonovna

SHDPI katta o‘qituvchisi

Negmatova Sevinch Ergash qizi

Qarshi davlat texnika universiteti 3-kurs talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.16567397

Annotatsiya.

Ushbu maqolada o‘qitish vositalariga qo‘yiladigan talablar va ularning

didaktik jihatlari hamda o‘qitish vositalarining turlari va tasniflanishi hamda o‘quv jarayonida
foydalanishning nazariy – metodik jihatlari yoritib berilgan. Bugungi kunda ta’lim tizimida
raqamli texnologiyalarni keng joriy etish natijasida o‘qituvchilarga darslarni yanada samarali
tashkil etish imkoniyati yaratilmoqda. Shuningdek, bu vositalar masofaviy ta’lim
imkoniyatlarini kengaytirib, har bir o‘quvchiga individual yondashish imkonini beradi.
Natijada, ta’lim sifati oshib, bilim olish jarayoni qulay va samarali bo‘ladi.

Kalit so‘zlar

:

O‘qitish, zamonaviy vositalar, raqamli ta’lim, interaktivlik, elektron darslik,

multimediya, masofaviy ta’lim, sun’iy intellekt, virtual laboratoriya, innovatsiya, pedagogika,
ta’lim sifati, texnologiya, metodika, interfaol ta’lim, onlayn kurslar, platforma, bilim, o‘quvchi,
o‘qituvchi, adaptiv ta’lim, monitoring, baholash.

Абстрактный.

В статье рассматриваются требования, предъявляемые к учебным

пособиям, их дидактические аспекты, а также виды и классификация учебных пособий,
теоретико-методические аспекты их использования в учебном процессе. Сегодня
повсеместное внедрение цифровых технологий в систему образования создает
возможности для учителей более эффективно организовывать уроки. Эти инструменты
также расширяют возможности дистанционного обучения и позволяют осуществлять
индивидуальный подход к каждому ученику. В результате качество образования
повысится, а процесс обучения станет более удобным и эффективным.

Ключевые слова

. Обучение, современные инструменты, цифровое образование,

интерактивность, электронный учебник, мультимедиа, дистанционное обучение,
искусственный интеллект, виртуальная лаборатория, инновации, педагогика, качество
образования, технологии, методология, интерактивное образование, онлайн-курсы,
платформа, знания, студент, преподаватель, адаптивное обучение, мониторинг, оценка.

Abstract.

The three articles cover the requirements for teaching and the requirements

for didactic control of the document, as well as the requirements for teaching methods and
classification - methodological control. Today, the widespread introduction of software
technologies in the education system allows teachers to organize lessons more effectively. It
allows for an individual approach to each student. power, the quality of education increases,
and the process of acquiring knowledge becomes convenient and effective.

Keywords

:

Teaching, modern food, computer education, interactivity, electronic

textbook, multimedia, distance learning, artificial intelligence, virtual laboratory, innovation,
pedagogy, quality of education, technology, methodology, interactive education, online courses,
platform, knowledge, student, teacher, adaptive education, monitoring, use.

KIRISH

Bugungi kunda ta’lim jarayonini yanada samarali tashkil etish uchun zamonaviy o‘qitish

vositalaridan foydalanish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Raqamli texnologiyalarning


background image


72

rivojlanishi natijasida pedagogik jarayonlar yanada interaktiv va samarali tus oldi. O‘qitishning
zamonaviy vositalari ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilar va talabalarning bilim olish jarayonini
soddalashtirish, shuningdek, ta’lim muhitini innovatsion yondashuvlar bilan boyitish imkonini
beradi.

Zamonaviy o‘qitish vositalariga elektron darsliklar, multimediya materiallari, masofaviy

ta’lim platformalari, sun’iy intellekt asosida ishlab chiqilgan dasturlar va virtual laboratoriyalar
kiradi. Ushbu vositalardan foydalanish uchun ularning samaradorlik darajasi va qo‘llash
imkoniyatlari yuqori bo‘lishi lozim. Bunday texnologiyalar an’anaviy o‘qitish usullariga
qo‘shimcha ravishda, ularning o‘rnini bosadigan, muayyan bilimlarni tez va qulay tarzda
o‘zlashtirishni ta’minlaydigan vosita sifatida ham qaraladi.

Bo‘lajak mutaxassislarning kompetensiyalarini shakllantirish va ularda kasbga oid bilim

va axborotlarni davomiyligini oshirishda o‘qitish vositalarining o‘rni muhim hisoblanadi.
Ta’lim muassasalarida mashg‘ulotlarni samarali tashkil qilish nafaqat, ta’lim muassasasidagi
o‘qitish vositalarining soni va turiga bog‘liq bo‘lib bo‘lmay, balki ulardan foydalanish
metodikasiga ko‘p jihatdan bog‘liqligi amaliyotda tasdiqlangan. Chunki o‘quv dasturidagi
mavzularni o‘zlashtirish mavzu uchun zarur bo‘lgan o‘qitish vositalarining imkoniyatlarini
bilish va ulardan to‘g‘ri foydalanish muhimdir. Buning uchun o‘qituvchi o‘qitish vositalarining
imkoniyatlarini yaxshi bilishi zarur.

Ta’lim samaradorligini oshirishning muhim omillaridan biri jarayonni metodik jihatdan

to‘g‘ri tashkil qilish va o‘qitish vositalarini to‘g‘ri qo‘llashga bog‘liq.

Ta’lim jarayonida o‘qitish vositalarning o‘rni, ahamiyati va ulardan amalda

foydalanishning umumiy metodikasi haqida so‘z yuritishdan avval ularning lug‘aviy ma’nosini
anglash muhim hisoblanadi. Pedagogik adabiyotlar va qomusiy adabiyotlar tahliliga nazar
tashlasak “Vosita”ga nisbatan turlicha qarash va ta’riflarni uchratishimiz mumkin.

Vosita

- ma’lum ishni bajarish yoki faoliyatni amalga oshirishda qo‘llaniladigan

moslamalar, qurollar, qurilmalar majmuasi. Vosita - biror maqsadga erishish yoki biror ishni
amalga oshirish uchun dastak bo‘lib xizmat qiladigan narsa qurol. Dastak - biror xarakat uchun
tayanch qilib olingan yoki tayanch bo‘lib xizmat qiluvchi narsa.

Ta’lim vositalari

– hajmli tabiiy obyektlar, obyektlarning tasviri, bosma vizual vositalar.

Shuningdek ta’limning texnik vositalarini quyidagicha tasniflash ham mavjud: Audio;

Video; Audio-video.


background image


73

O‘z navbatida, o‘qitish vositalari ham bir necha talablarga javob berishi o‘rinlidir. O‘qitish

vositalariga qo‘yiladigan bir necha didaktik talablar borki, bu talablarni bajarish o‘quv
texnikalarini o‘quv jarayonida samarali qo‘llash imkonini beradi. Bular sirasiga quyidagilarni
kiritish mumkin:

- o‘quv texnikalarining ta’lim oluvchining psixologik va fiziologik xususiyatlariga

moslashganligi;

- o‘qitish vositalari faqatgina an’anaviy ta’lim jarayoniga mo‘ljallanmasdan, balki

zamonaviy ta’lim metodlaridan foydalanish imkoniyatini ham berishi kerakligi;

- ta’lim oluvchilarning barcha sezgi a’zolariga ta’sir eta olishi va h.k.

O‘qitish vositalarini ta’lim jarayoniga joriy qilish didaktika va metodika masalalariga u

yoki bu darajada dahldor bo‘lib, ta’lim metodlariga faol ta’sir etadi. Shuning uchun ham ularni
ta’limga joriy qilish vositalarning o‘zi va ularni qo‘llashning yo‘llari va shart sharoitlari ta’lim
muassasalari tomonidan ularga qo‘yiladigan ham didaktik, ham tashkiliy-metodik talablarni
qondirgan taqdirdagina pedagogik jihatdan o‘zini oqlaydi. Bundan tashqari texnik qurilmalar
va o‘qitishning texnik vositalari fan texnika taraqqiyotining ham bir qancha dolzarb texnik
talablarini qondirishi zarur bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda o‘qitish vositalariga talablar
ma’lum tuzilma va iyerarxiyaga ega bo‘lgan tizimdan iborat bo‘lishi kerak. Uning tuzilmaviy
elementlari sifatida o‘qitish vositalariga didaktik, texnik va texnologik talablarni tanlash
maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Didaktik talablar

- bu o‘qitish vositalarining mazmundorlik jihatlariga talablardir. Bular

o‘qitish vositalarini ta’limda qo‘llashning maqsadlari, vazifalari, qo‘llanilishi sohalarini
aniqlaydi, qolaversa axborotni tanlash tamoyillari va metodlarini, uning xarakterini, axborotni

O’qitishning

vositalariga

qo’yiladigan

talablar

funksional

ergonomik

edtetik

pedagogik

iqtisodiy


background image


74

shakllantirish va uning masshtablarini aniqlaydi. Bunday talablarning asosini ta’lim tamoyillari
tashkil qilishi zarur.

Ba’zi adabiyotlarda ushbu talablarga qo‘shimcha ravishda metodik va pedagogik talablar

ham uchrab turadi.

Metodik talablar

– bu o‘qitish vositalarining mazmunini ochib berishning vositalari va

metodlariga talablardir. Ular ta’limni texnikalashtirishning pedagogik shartini va ta’lim
muassasalarining o‘quv jarayonida texnik vositalarni qo‘llashning rasionalligini ta’minlashga
xizmat qiladi.

O‘qitish vositalariga qo‘yiladigan pedagogik talablar esa o‘z navbatida unga qo‘yiladigan

didaktik talablar bilan o‘xshash, deyarli bir xil ma’noni, mazmunni o‘zida aks ettiradi. Shuning
uchun undan foydalanishda didaktik talablar deb qabul qildik. Chunki, didaktika
pedagogikaning ajralmas qismini, negizini tashkil etadi.

Ta’lim jarayonida foydalaniladigan o‘qitish vositalarini maqbulini tanlash va bu tanlangan

vositalar pedagogik talablarga javob berishi kerak. Bu esa o‘z navbatida pedagogik jarayon
samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega.

Umumiy holda o‘qitish vositalari quyidagi pedagogik talablarga javob berishi kerak:

1.

Har bitta o‘quv mavzusi, o‘quv elementlari uchun o‘qitish vositalari ishlab chiqilishi va

aniqlanishi;
2.

O‘qitish vositalari o‘quv dasturi, darslik mazmuni va didaktik o‘qitish tamoyiliga mos kelishi;

3.

O‘qitish vositalari o‘quvchilarda o‘qishga va o‘zlashtirishga, mehnat qilish, kuzatuvchanlik

ham qiziquvchanlikni o‘stirishga xizmat qilishi;
4.

O‘qitish vositalari o‘quv-tarbiya jarayonining asosiy tarkibiy qismlari: darsning maqsadi,

mazmuni, shakli va metodlari bilan moslashtirilgan bo‘lishi;
5.

O‘qitish vositalari yuqori darajada ko‘rgazmalilikka va estetik ko‘rinishga ega bo‘lishi;

Demak, o‘qituvchi tomonidan o‘qitish vositalariga qo‘yiladigan barcha talablarni bilish,

ulardan to‘g‘ri foydalanish o‘quv-tarbiya jarayonini samarali olib borilishini ta’minlaydi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Abdievna, Axmedova Barno. "USE OF PROGRAMMING LANGUAGES IN SOLVING

TECHNICAL PROBLEMS."

International scientific-online conference International scientific-

online conference

.

2.

Barno Abdiyevna Axmedova. “TA’LIM XIZMATLARINI SINERGIK SAMARADORLIGINI

OSHIRISH MODELLARI”. ЛУЧШИЕ ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНҚЕ ИССЛЕДОВАНИЯ. 2025/2.
Страницы 170-175
3.

Barno Abdiyevna Axmedova. “RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITDA TAʼLIM XIZMATI

SIFATINI OSHIRISHNI EKONOMETRIK MODELLASHTIRISH USULLARI”. ЛУЧШИЕ
ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНҚЕ ИССЛЕДОВАНИЯ. 2025/2. Страницы 176-180.
4.

Axmedova, Barno. "Ta’lim xizmatlari sifatini oshirishning nazariy-ilmiy asoslari."

YASHIL

IQTISODIYOT VA TARAQQIYOT

3.2 (2025).

5.

Mukhitdinov Khudayar Suyunovich, Axmedova Barno Abdiyevna. “TRANSFORMATION

OF EDUCATIONAL BUSINESS LEARNING PROCESSES IN IMPROVING THE QUALITY OF
REGIONAL EDUCATIONAL SERVICES”. Journal of Survey in Fisheries Sciences. 2023/3/9.


background image


75

Страницы 3200-3216.
6.

Mukhitdinov Khudoyar Suyunovich, Axmedova Barno Abdiyevna. “Econometric modeling

and forecasting of educational services to the population of the region”. To Secure Your Paper
As Per UGC Guidelines We Are Providing A Electronic Bar Code. 2021/1. Страницы 241-251.
7.

Барно Абдиевна Ахмедова. “Рақамли иқтисодиёт шароитида таълим хизмати

сифатини оширишнинг моҳияти ва вазифалари”. ЎзМУ ХАБАРЛАРИ. 2022. Страницы 28-
31.
8.

Барно Абдиевна Ахмедова. “Ways to Improve the Quality of Educational Services Using

ICT”. Eurasian Journal of History, Geography and Economics. 2022. Страницы 34-38.
9.

Барно Абдиевна Ахмедова. “Econometric Methods Aimed at Improving the Quality and

Digitalization Of Educational Services”. Eurasian Research Bulletin. 2022. Страницы 66-70.
10.

Барно Абдиевна Ахмедова. “Raqamli iqtisodiyot sharoitida ta’lim xizmati sifatini

oshirishda ekonometrikadan foydalanish metodikasi“. ЎзМУ ХАБАРЛАРИ. 2022. Страницы
42-45.
11.

Барно Абдиевна Ахмедова. “Ta'limda raqamli iqtisodiyot muammolari tahlili”.

O‘ZBEKISTONNING YANGI TARAQQIYOT DAVRIDA TA’LIM-TARBIYA VA ILM-FAN
SOHALARINI TAKOMILLASHTIRISH MUAMMOLARI. 2022/5. Страницы 639-642.
12.

Барно Абдиевна Ахмедова. ”Raqamli iqtisodiyotda ekonometrik usullardan foydalanib

t’alim xizmati sifatini oshirish”. O‘ZBEKISTONNING YANGI TARAQQIYOT DAVRIDA TA’LIM-
TARBIYA VA ILM-FAN SOHALARINI TAKOMILLASHTIRISH MUAMMOLARI. 2022/5. Страницы
642-644.
13.

Барно

Абдиевна

Ахмедова.

“Raqamli

iqtisodiyotda

ta’lim

xizmatlarini

takomillashtirish”. O‘ZBEKISTONNING YANGI TARAQQIYOT DAVRIDA TA’LIM-TARBIYA VA
ILM-FAN SOHALARINI TAKOMILLASHTIRISH MUAMMOLARI. 2022/5. Страницы 644-646.
14.

Akhmedova Barno Abdiyevna. “PRINCIPLES OF IMPROVING THE QUALITY OF

EDUCATION BASED ON THE USE OF ICT”. Journal of Management Value & Ethics (A quarterly
Publication of GMA). 2023. Страницы 48-59.
15.

Барно Ахмедова. “РОЛЬ И ЗНАЧЕНИЕ ДИСТАНЦИОННОГО ОБРАЗОВАНИЯ В

ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКЕ”. Международная конференция академических наук. 2023/3/4.
Страницы 8-24.
16.

Барно Ахмедова. “ДИСТАНЦИОННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ КАК КЛЮЧЕВОЙ ФАКТОР

ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКИ”. Development of pedagogical technologies in modern sciences.
2023/3/4. Страницы 11-26.
17.

Barno Axmedova. “MASOFAVIY TA’LIM IQTISODIYOTNI RAQAMLASHTIRISH

SHAROITDAGI O’RNI VA AHAMIYATI”. Наука и технология в современном мире. 2023/3/5.
Страницы 63-73.
18.

Barno Axmedova. “MASOFAVIY TA’LIM IQTISODIYOTNI RAQAMLASHTIRISH

SHAROITDA ASOSIY OMIL SIFATIDA”. Наука и технология в современном мире. 2023/3/5.
Страницы 74-84.

Библиографические ссылки

Abdievna, Axmedova Barno. "USE OF PROGRAMMING LANGUAGES IN SOLVING TECHNICAL PROBLEMS." International scientific-online conference International scientific-online conference.

Barno Abdiyevna Axmedova. “TA’LIM XIZMATLARINI SINERGIK SAMARADORLIGINI OSHIRISH MODELLARI”. ЛУЧШИЕ ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНҚЕ ИССЛЕДОВАНИЯ. 2025/2. Страницы 170-175

Barno Abdiyevna Axmedova. “RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITDA TAʼLIM XIZMATI SIFATINI OSHIRISHNI EKONOMETRIK MODELLASHTIRISH USULLARI”. ЛУЧШИЕ ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНҚЕ ИССЛЕДОВАНИЯ. 2025/2. Страницы 176-180.

Axmedova, Barno. "Ta’lim xizmatlari sifatini oshirishning nazariy-ilmiy asoslari." YASHIL IQTISODIYOT VA TARAQQIYOT 3.2 (2025).

Mukhitdinov Khudayar Suyunovich, Axmedova Barno Abdiyevna. “TRANSFORMATION OF EDUCATIONAL BUSINESS LEARNING PROCESSES IN IMPROVING THE QUALITY OF REGIONAL EDUCATIONAL SERVICES”. Journal of Survey in Fisheries Sciences. 2023/3/9. Страницы 3200-3216.

Mukhitdinov Khudoyar Suyunovich, Axmedova Barno Abdiyevna. “Econometric modeling and forecasting of educational services to the population of the region”. To Secure Your Paper As Per UGC Guidelines We Are Providing A Electronic Bar Code. 2021/1. Страницы 241-251.

Барно Абдиевна Ахмедова. “Рақамли иқтисодиёт шароитида таълим хизмати сифатини оширишнинг моҳияти ва вазифалари”. ЎзМУ ХАБАРЛАРИ. 2022. Страницы 28-31.

Барно Абдиевна Ахмедова. “Ways to Improve the Quality of Educational Services Using ICT”. Eurasian Journal of History, Geography and Economics. 2022. Страницы 34-38.

Барно Абдиевна Ахмедова. “Econometric Methods Aimed at Improving the Quality and Digitalization Of Educational Services”. Eurasian Research Bulletin. 2022. Страницы 66-70.

Барно Абдиевна Ахмедова. “Raqamli iqtisodiyot sharoitida ta’lim xizmati sifatini oshirishda ekonometrikadan foydalanish metodikasi“. ЎзМУ ХАБАРЛАРИ. 2022. Страницы 42-45.

Барно Абдиевна Ахмедова. “Ta'limda raqamli iqtisodiyot muammolari tahlili”. O‘ZBEKISTONNING YANGI TARAQQIYOT DAVRIDA TA’LIM-TARBIYA VA ILM-FAN SOHALARINI TAKOMILLASHTIRISH MUAMMOLARI. 2022/5. Страницы 639-642.

Барно Абдиевна Ахмедова. ”Raqamli iqtisodiyotda ekonometrik usullardan foydalanib t’alim xizmati sifatini oshirish”. O‘ZBEKISTONNING YANGI TARAQQIYOT DAVRIDA TA’LIM-TARBIYA VA ILM-FAN SOHALARINI TAKOMILLASHTIRISH MUAMMOLARI. 2022/5. Страницы 642-644.

Барно Абдиевна Ахмедова. “Raqamli iqtisodiyotda ta’lim xizmatlarini takomillashtirish”. O‘ZBEKISTONNING YANGI TARAQQIYOT DAVRIDA TA’LIM-TARBIYA VA ILM-FAN SOHALARINI TAKOMILLASHTIRISH MUAMMOLARI. 2022/5. Страницы 644-646.

Akhmedova Barno Abdiyevna. “PRINCIPLES OF IMPROVING THE QUALITY OF EDUCATION BASED ON THE USE OF ICT”. Journal of Management Value & Ethics (A quarterly Publication of GMA). 2023. Страницы 48-59.

Барно Ахмедова. “РОЛЬ И ЗНАЧЕНИЕ ДИСТАНЦИОННОГО ОБРАЗОВАНИЯ В ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКЕ”. Международная конференция академических наук. 2023/3/4. Страницы 8-24.

Барно Ахмедова. “ДИСТАНЦИОННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ КАК КЛЮЧЕВОЙ ФАКТОР ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКИ”. Development of pedagogical technologies in modern sciences. 2023/3/4. Страницы 11-26.

Barno Axmedova. “MASOFAVIY TA’LIM IQTISODIYOTNI RAQAMLASHTIRISH SHAROITDAGI O’RNI VA AHAMIYATI”. Наука и технология в современном мире. 2023/3/5. Страницы 63-73.

Barno Axmedova. “MASOFAVIY TA’LIM IQTISODIYOTNI RAQAMLASHTIRISH SHAROITDA ASOSIY OMIL SIFATIDA”. Наука и технология в современном мире. 2023/3/5. Страницы 74-84.