32
TIMUSINING IMMUNOGISTOKIMYOVIY O‘ZGARISHLARINI
MUDDATDAN OLDIN O‘LIK TUG‘ILGAN CHAQALOQLARDAGI
KO‘RSATKICHLARI
Yuldashev Z.N.
Andijon davlat tiibiyot instituti, Andijon shahar
Mustaqil izlanuvchi ziyoyidding@gmail.com
Mahkamov N.J.
Andijon davlat tibbiyot instituti, Andijon shahar
t,f,d, dotsent nosirzonmahkamov5@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.14264028
Annotatsiya:
Ushbu davrda o‘lik tug‘ilgan chaqaloqlar timusidagi morfofunksional faol
markazlarining hujayraviy tarkibi bo‘yicha T-limfotsitlarni dinamikadagi holatini o‘rganish
maqsadida CD3, CD4, Ki67 markerlari o‘rganildi. Ayrisimon bezda morfologik rivojlanishdan
orqada qolishlar: timusning po‘stloq qavati kengligi jihatidan, mag‘iz qavatni juda kichik
sohani egallaganligi, yetilgan limfotsitlarni deyarli bo‘lmasligi bilan xarakterlanadi. Bu
o‘zgarishlarning asosiy morfologik susbtrati sifatida, timus po‘stloq qavati retikuloepitelial
hujayra-larining hajman kichikligi, desmasomalarining kalta va yo‘g‘on ko‘rinishda bo‘lishi,
desmasomalar oralig‘ini o‘zaro tutashtiruvchi siyrak tolali tuzilmalarning aynan, po‘stloq
qavat perivaskulyar sohalarda ko‘p bo‘lishi, gematogistiogen to‘siqni xam funksional majruh
holatga kelishiga olib kelinganligini ko‘rsatdi.
Kalit so‘zlar
: timus, immunogistokimyo, involyusiya, immunodefitsit, nekroz, apoptoz.
Muammoning dolzarbligi:
Perinatal patologiyalarda antenatal o‘lim asosan, infeksion
va noinfeksion etiologiyali jarayonlar bilan birgalikda rivojlanib, homilani yetilmaganligi,
asfiksiyalar, tug‘ruq travmalari, pnevmopatiyalar, miyada perinatal qon aylanishining
buzilishi, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning gemorragik kasalligi ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
Dunyoda yangi tug‘ilgan chaqaloqlar yoki perinatal patologiyalarda har 1000 ta
tug‘ruqni 1-4% ni tashkil etib, bachadon ichi infeksiyasi tufayli homilani muddatiga
yetmasdan o‘lik tug‘ilishi tushuniladi. Aynan, immun sistemaning rivojlanishi, ayniqsa
homiladorlik davrida, erta bolalik davrida va hatto hayot davomida ham salomatlikka katta
ta’sir ko‘rsatadi (Hertz-Picciotto va boshq., 2008). Perinatal davrdagi aralashuvlar va
tug‘ilgandan keyingi hayotdagi avlodlarda immun tizimi kasalliklari o‘rtasidagi bog‘liqlikni
ochib beruvchi dalillar ortib bormoqda (Yang va boshq., 2014).
Muhokama va natija:
Antenatal davrning ilk 28-33 haftaligi, immun tizim a’zolarida
nisbatan differensiallanishni shakllanganligi, muddatdan oldingi tug‘ilishlarda, chaqaloqlarda
yashovchanlik va infeksiyaga qarshi turg‘unlikni nisbatan shakllanganligi bilan xarakterlansa,
timus va suyak ko‘migida proliferativ jarayonlarni stabil va yuqori darajada rivojlanganligi
bilan namoyon bo‘ladi. Ushbu guruxda, Ki 67 markerining pozitiv ekspressiyasi yuqori
darajada bo‘lib, timusning po‘stloq va mag‘iz soxasi parenximasi va mezenximal hujayralarida
ham aniqlanadi.
Differensiallanish darajasi yuqoridagi guruhga nisbatan balandroq bo‘lsada, pozitiv
ekspressiyalangan hujayralar asosan fibroblastlar, makrofaglar, gistiotsitlar, retikulotsitlar va
T limfotsitlar hisoblanadi.
To‘liq shakllanmagan timus ya’ni birlamchi immun a’zoning parenximasida mavjud
bo‘lgan limfotsitlarni proliferativ ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lsada, ko‘payib shakllanishi
33
natijasida, Ki 67 markerining pozitiv ekspressiyasi 200x kattalikda nazorat guruhida o‘rtacha
27,65% gacha ko‘rsatkich bilan namoyon bo‘lgan bo‘lsa, ushbu guruhdagi ko‘rsatkichlar 34%
atrofida bo‘lishi aniqlandi. SD4 markeri orqali limfotsitlarni T-xelper bo‘lgan
susbpopulyatsiyasini aniqlash maqsadida olib borilgan immunogistokimyoviy jihatlari
bo‘yicha, pozitiv ekspressiyalanish darajasi juda pastligi bo‘yicha saqlanib turganligi
aniqlandi. Aynan, T-killerlarni qitiqlaydigan immunosti-mulyatsiyalovchi omillarni ishlab
chiqaruvchi T -xelperlarni timus po‘stloq va mag‘iz qavatlarida juda kam sonli bo‘lishi,
autologik to‘qima tolerantligiga bo‘lgan differensiallanmaganligini tasdiqlaydi.
SD 3 va SD 4 markerlariga tekshirilgan timus to‘qimasida past pozitiv
ekspressiyalanishi SD 3 limfotsitlar differensiyalanishini buzilishi va SD 4 markerli T
xelperlarning kam sonli shakllanganligini anglatib, jarayonda immunodefitsit va infeksiyaga
qarshi turg‘unlikni keskin kamayganligini anglatadi. Bu esa, aynan, tadqiqotimizda, antenatal
nobud bo‘lgan chaqaloqlar klinik anamnestik ma’lumotlarida onasi infeksiya tashuvchi va
homilani bachadon ichi infeksiyasiga uchragan o‘lik tug‘ilganlarning barchasida tasdiqlandi.
References:
1.
Билошапка В. А. и др. Современные аспекты патоморфологии врожденной
цитомегаловирусной инфекции у детей первого года жизни (случай из практики)
//Медико-социальные проблемы семьи. – 2021. – Т. 26. – №. 2. – С. 99-104.
2.
Бородин, Ю.И. Периферические лимфоидные структуры: образование и функция /
Ю.И. Бородин, О.В. Горчакова, В.Н. Горчаков // Морфология.– 2016. – Т. 150, № 4.– С.90–
96.
3.
Бочарова О.А., Карпова Р.В., Бочаров Е.В., Вершинская А.А., др. β2 -интегрины LFA-
1, MAC-1 - мишень для усиления иммунитета против опухоли.// Российский
биотерапевтический журнал. 2020;19(1):53–8.
4.
Босин В.Ю., Вербицкая А.И., Соломин Ю.А. Сравнительная оценка данных
ультразвукового и секционного исследования вилочковой железыу детей
//Ультразвуковая диагностика в акушерстве, гинекологии и педиатрии. № 3.С. 40-47.
5.
Бубнова Н. В. и др. Изменение клеточного состава тимуса крыс через 90 дней
после введения уретана на фоне приема селена //Журнал анатомии и гистопатологии.
– 2024. – Т. 13. – №. 1. – С. 19-27.
6.
Вербицкая А.И., Солохин Ю.А., Назарова Н.Ф. Особенности эхографии вилочковой
железы у детей в различные возрастные периоды //Ультразвуковая и функциональная
диагностика. 2001. № 3. С. 34-39.
7.
Волков В.Г., Кастор М.В. Современные взгляды на проблему классификatsiи и
определения причин мертворождения // Российский вестник акушера-гинеколога.
2020. Т. 20. № 3. С. 29−3.
8.
Галеева Э.Н. Характерные особенности становлений топографии ряда органов
иммунной системы человека в раннем плодном периоде онтогенеза // Вестник новых
медицинских технологий, 2011. Т. 18№ 2. С. 489-492.
9.
Галеева Э. Н. Морфологическая характеристика функциональных зон тимуса
человека в промежуточном плодном периоде онтогенеза //Оренбургский
медицинский вестник. – 2015. – Т. 3. – №. 2 (10). – С. 15-19.