UYG‘UR XALQINING MUSIQIY CHOLG‘ULARI HAQIDA

Abstract

Ushbu maqolada baxshilar tomonidan ijro etadigan qo‘shiqlar va musiqiy cholg‘ular haqida ma’lumotlar keltirilgan. Sanʼati va madaniyatida baxshilarning ijro yo‘llari insoniyat madaniyati rivojlanishiga muhim oʻrin tutgani haqida ma’lumotlar keltirilgan

Source type: Conferences
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
15-17
28

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Muxamedziyanov , K. . (2025). UYG‘UR XALQINING MUSIQIY CHOLG‘ULARI HAQIDA. Applied Sciences in the Modern World: Problems and Solutions, 4(4), 15–17. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/zdaf/article/view/76096
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqolada baxshilar tomonidan ijro etadigan qo‘shiqlar va musiqiy cholg‘ular haqida ma’lumotlar keltirilgan. Sanʼati va madaniyatida baxshilarning ijro yo‘llari insoniyat madaniyati rivojlanishiga muhim oʻrin tutgani haqida ma’lumotlar keltirilgan


background image


15

UYG‘UR XALQINING MUSIQIY CHOLG‘ULARI HAQIDA

Muxamedziyanov Kamil Taxirovich

Jizzax davlati pedagogika universiteti

Musiqa ta’limi kafedrasining o‘qituvchisi

+99893 591-71-93

https://doi.org/10.5281/zenodo.15123238

Annotatsiya.

Ushbu maqolada baxshilar tomonidan ijro etadigan qo‘shiqlar va musiqiy

cholg‘ular haqida ma’lumotlar keltirilgan. Sanʼati va madaniyatida baxshilarning ijro yo‘llari
insoniyat madaniyati rivojlanishiga muhim oʻrin tutgani haqida ma’lumotlar keltirilgan

Kalit so‘zlari:

Madaniyat, Sharq, urf-odatlar, cholg‘ular, baxshi, doston.

Uyg‘ur xalq musiqa san’ati ikki yo‘nalishga ega, bular: folklor va og‘zaki ana’anaviy

kasbiy musiqasidir. Uyg‘ur xalqining tarixi, madaniyatini o‘rganuvchi G‘arb olimlari
uyg‘urlarning madaniy saviyasini juda yuqori baholaydilar. Volfram Eberxordning yozishicha:
“O‘rta asrlarda uyg‘urlar xitoy she’riyatiga, adabiyotiga, musiqasi va tasviriy san’atiga katta
ta’sir ko‘rsatganlar.

Uyg‘ur xalqining badiiy o‘ymakorlik san’atida musiqa cholg‘ularini tayyorlashga alohida

o‘rin ajratiladi. Uyg‘ur xalq musiqa cholg‘ulari turli – tumanligi, tovush va bezaklarning ovziga
xosligi bilan ajralib turadi. Uyg‘ur ana’anaviy kasbiy musiqasi uchta hududga bo‘linadi, bular;
Qahgar, Kumul va Ili vodiysidir. Ili vodiydagi an’anaviy musiqasi yekchi deb hisoblanadi.
Uyg‘ur an’anaviy musiqasining tizimiga kiruvchi janrlar maqom va muqom musiqasiga
kiruvchi janrlar; dostonlar, nahsho va sanamdir.

Uyg‘ur xalq cholg‘ulari

ham, aksariyat xalqlardagi linadikabi uch asosiy guruhga

bo‘linadi: torli, damli va urma cholg‘ular. Torli cholg‘ular guruhiga dutor, tambir, ravap, satar,
g‘ijjaklar kiritilgan. Dap, tevilvaz, nagra kabi cholg‘ular – urma cholg‘ular guruhiga mansub.
Nay, surnay, karnay, yanchin yoki chang (tsimbalani eslatuvchi) lar esa damli cholg’ular
guruhiga kiritiladi. Qashgar (janub) va G‘ulja (shimol) hududlari cholg‘ulari bir – biridan
ayrim qirralari bilan farqlanadi. Xalq orasida ular qashqar yoki ili cholg’ulari deb yuritiladi.
Musiqa cholg’ularini tayyorlash jarayoni murakkabligi bilan e’tiborni tortadi. Har bir cholg‘u
yasovchi usta o‘zining sirlarini faqatgina yaqin odamlariga aytardi edi. Uyg‘ur musiqa
cholg‘ulari juda chiroyli bezatilar edi. Uyg‘ur xalqining hayotida musiqa va raqslar ahamiyatli
o‘rin egallaydi.

Jivapu

– rubob cholg‘usining xitoycha nomlanishidir. Rubob cholg‘usi uyg‘ur, tojik va

o’zbek xalqlarida keng qo‘llaniladi. Mazkur cholg‘u 14 – asrda paydo bo‘lgan va 600 yillik
tarixga ega. Rubob yog‘ochdan tayyorlanadi. Rubobning shakli o‘ziga xos. Jivapular turli xil
bo‘adi. Ularning simlari uchtadan to‘qqiztagacha bo’lishi mumkin. Uyg‘ur ruboblari qashqar va
do‘lon ruboblariga ajratiladi. Qashqar ruboblari yumshoq va baland bo‘lmagan tovush
chiqaradi.

Duttar

– chertma cholg‘u bo‘lib, uyg‘ur xalqida keng tarqalgan. Duttar tut daraxti

yog‘ochidan yasaladi. Simlari ikkita (ipak yoki mol ichagidan), yuqori sim kichik oktava “si”,
birinchi oktava “do” va “re” tovushlariga; pastki sim kvarta yoki kvinta pastga sozlanadi. (16-
bet).

Tambur

– plektorli xordofon. Uning korpusi ikki qismdan iborat: noksimon qorin qismi

va uzun grif qismi. Tambur tut daraxtidan tayyorlanadi. CHolg‘uning beshta metalldan


background image


16

tayyorlangan simi bo’ladi. Tambur muqomlarning “Muqom beshi” bo’limini ijro etishda solo
tarzida, jo‘rsoz sifatida va ansambl tarkibida qo‘llaniladi.

Ravap

– plektorli xordofon. Mazkur cholg‘u qadimgi cholg‘ulardan biridir. Uning korpusi

uch qismdan iborat: qorin qismi, grif va shoxsimon shakldagi yuqori qismi. Yuqori qismiga
quloqlar o‘rnatiladi. Bu cholg’u ham tut daraxtidan yasaladi. Ravapning beshta simi bo‘ladi (1
tasi ichakdan, 4 tasi metalldan). Ravap Solo, jo‘rsoz va ansamblь tarkibida ham qo‘llaniladi.

G‘ijjak

– kamonli xordofon. Uyg‘ur xalqida keng tarqalgan. Uning korpusi qorin va

ingichka grifdan tarkib topadi. G‘ijjak tut daraxtidan tayyorlanadi. G‘ijjakning qorin qismiga
baliq yoki ilon terisi qoplanadi. Dastlab ot yolidan tayyorlangan ikki simi bo’lgan. Hozirgi
g‘ijjaklar 4 ta simli bo‘lib, biri metalldan, qolgan uchtasi ichakdan tayyorlanadi. G‘ijjak solo,
jo‘rsoz va ansambl cholg‘uchi hisoblanadi.

Satar

– torli xordofon. Boshqa cholg‘ularga nisbatan kam qo‘llaniladi. Bu cholg‘uda asar

ijro etish uchun katta mahorat talab qilinadi. Tamburga nisbatan kattaroq qoringa ega. Grif
esa qalinroq va kaltaroq yasaladi. Satar tut daraxtidan yasaladi. Simlari 9 tadan 13 tagacha
bo‘lishi kuzatiladi. Simlar metalldan tayyor‘lanadi. Ijrochi birinchi simda chaladi. Boshqa
simlar – rezonans beruvchi simlar hisoblanadi. Simlar asosan hofizning ovoziga moslanadi
(Kichik oktava “sol”, “lya”, “si”). Satar muqomlarning boshlangich bo‘limi “Muqomboshi”da
jo‘rsoz sifatida qo’llaniladi. Bundan tashqari Solo, jo‘rsoz va ansambllar tarkibida ham
qo‘llaniladi.

Qonun

– plektor – urma xordofon hisoblanadi. Qonun uyg‘ur xalqining qadimgi cholg‘ularidan

hisoblanadi. Ushbu cholg‘uning shakli noto‘g‘ri uchburchak shaklida bo‘lib, korpus tut
daraxtidan yasaladi. Simlari metalldan. Diapozoni – ikki oktavani tashkil qiladi. Kichik oktava
“si” va ikkinchi oktavaning “do” tovushlari.

Chang

urma xordofon; chang trapetsiyasimon shaklda bo’lib, uning korpusi tut

daraxtidan tayyorlanadi. Simlari metalldan. Diapozoni: kichik oktava “sol”dan uchinchi oktava
“re”gacha (ba’zan “si”). Chang solo, jo‘rsoz va ansambl cholg‘usi sifatida qo‘llaniladi.

Nay

– aerofon cholg‘u bo‘lib, u bambuk yoki dub daraxti yog‘ochidan tayyorlanadi.

Nayning 12 ta teshigi bo’lib, 6 tasi ijro uchun, bittasi puflash uchun, 5 tasi rezonans berish va
tovushning aniq balandligini belgilash uchun xizmat qiladi. Nay solo va ansambl tarkibida
qo’llaniladi.

Qo’shnay

– ikki nay bir – biriga jipslashgan bo‘lib, bambuk yoki dub daraxtining

yog‘ochidan tayyorlanadi. Tuzilishi nay bilan o‘xshash. O‘tirgan yoki turgan holda ijro etiladi.
Solo yoki ansambl tarkibida qo‘llaniladi.

Surnay

– TSiindr shaklidagi cholg‘u tut daraxtidan tayyorlanadi (yoki dub daraxti). 8 ta

teshigi bor. 7 tasi ijro uchun, bittasi rezonans hosil qilishi uchun.

Karnay

– mundshtukli cholg’ular oilasiga kiritiladi. TSilindr shaklidagi cholg‘uning

tanasi pastga tomon kengayib boradi. Tovushlari aniq balandlikka ega emas.

Dap

– membronofon guruhiga kiritiladi. Tut daraxtidan tayyorlangan obruchga qo‘y

terisidan membrana tortiladi. Ikkinchi tomoniga metall shaqildoqlar taqiladi.

Tevilvaz

– qozon shaklidagi qizil misdan tayyorlangan korpusga ho‘kiz terisidan

membrana tortiladi.

Nag‘ra

– uning korpusi (chugun)dan qozon shaklida tayyorlanadi. Unga ho‘kiz terisidan

membrana tortiladi. Bu cholg‘uning turlari ko‘p: bosh nag‘ra, ottura nag‘ra, ayaq nag‘ra.


background image


17

Dumbak

– bu cholg‘u qozon shaklida tayyorlanadi, membrana sifatida ho‘kiz terisi

qoplanadi. Dumbakning ham turlari mavjud: harbiy (jang dumbak), oddiy dumbak.

Sapay

– bambuk yoki dub yog‘ochidan tayyorlanadi. Ikki tayoqcha ko‘rinishiga ega.

Tayoqchalarning yuqori qismiga metall shaqildoqlar o‘rnatiladi.

Juptash

– ikkita silliqlangan tosh bog‘ichlar yordamida biriktiriladi. Bir – biriga urib

tovush chiqariladi.

Qashuq

– dub daraxti yog‘ochidan tayyorlanadi.

Chaq

– chuq – dub yog‘ochidan yasalgan va silliqlangan ikkita brusok o‘zaro bog‘ichlar

yordamida biriktiriladi.

Chaqcha

– hayvon suyaklaridan tayyorlangan va silliqlangan brusoklar o‘zaro bog‘ichlar

yordamida biriktirilgan.

Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:

1.

Qodirov P. Jahon mamlakatlari. 53 b. T., 2009.

2.

Мирхайдарова З.М. Жақон халқлари мусика санъатининг ривожланиш жараёни.

42 б. Т.; 2009.
3.

Эолян И. Традиционная музыка арабского Востока. М.; 1990.

4.

O‘zbekiston Milliy Entsiklopediyasi. V jild, 484-488 betlar. T., 2003.

5.

Музыкальная энциклопедия. Иранская музыка. II т. с.561-569. М., 1974.

6.

Matyoqubov O. Og‘zaki an’nanadagi professional musiqa asoslariga kirish. 6-7 b. T.,

1983.
7.

Барбад: Эпоха и традиции культуры. с. 10-17. Душанбе., 1989.

8.

Ғофурбеков Т. Сайланма. 21 б. Т., 2009.

9.

Виноградов В. С. Классические традиции иранской музыки. с. 105-115. М., 1982.

10.

Mirziyoyev Sh. M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. T.,

2017.
11.

Mirziyoyev Sh. M. Erkin va farovon, Demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo

etamiz. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga
bag‘ishlangan Oliy Majlis palatasining qo‘shma majlisidagi nutqi. T., 2017.
12.

Mirziyoyev Sh. M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini takominlash-yurt

taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. O‘zbekiston Resoublikasi Konstitutsiyasi qabul
qilinganining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi. 2016- yil 7-dekabr.
T., 2017.
13.

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor

yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasi. (elektron versiyasi).

14.

www.tdpu.uz

15.

www.pedagog.uz

References

Qodirov P. Jahon mamlakatlari. 53 b. T., 2009.

Мирхайдарова З.М. Жақон халқлари мусика санъатининг ривожланиш жараёни. 42 б. Т.; 2009.

Эолян И. Традиционная музыка арабского Востока. М.; 1990.

O‘zbekiston Milliy Entsiklopediyasi. V jild, 484-488 betlar. T., 2003.

Музыкальная энциклопедия. Иранская музыка. II т. с.561-569. М., 1974.

Matyoqubov O. Og‘zaki an’nanadagi professional musiqa asoslariga kirish. 6-7 b. T., 1983.

Барбад: Эпоха и традиции культуры. с. 10-17. Душанбе., 1989.

Ғофурбеков Т. Сайланма. 21 б. Т., 2009.

Виноградов В. С. Классические традиции иранской музыки. с. 105-115. М., 1982.

Mirziyoyev Sh. M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. T., 2017.

Mirziyoyev Sh. M. Erkin va farovon, Demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatasining qo‘shma majlisidagi nutqi. T., 2017.

Mirziyoyev Sh. M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini takominlash-yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. O‘zbekiston Resoublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi. 2016- yil 7-dekabr. T., 2017.

-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasi. (elektron versiyasi).

www.tdpu.uz

www.pedagog.uz