MUAMMOLI O‘QITISH TEXNOLOGIYALARI VA TANQIDIY FIKRLASH: INNOVATSION YONDOSHUVLAR VA TAJRIBALAR

Abstract

Ushbu maqolada muammoli o‘qitish texnologiyalarining tanqidiy fikrlashni rivojlantirishdagi ahamiyati tahlil etiladi. Maqolada innovatsion pedagogik yondoshuvlar, o‘quvchilarning muammolarni hal qilish qobiliyatini oshirish uchun zamonaviy texnologiyalarni qanday qo‘llash mumkinligi, shuningdek, o‘qituvchining roli va samarali ta’lim tajribalari haqida so‘z yuritiladi. O‘quvchilarning mustaqil fikrlashini, tahlil qilish va qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun muammoli o‘qitish texnologiyalarining samarali qo‘llanilishi yuzasidan amaliy tavsiyalar beriladi.

Source type: Conferences
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
48-51
14

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Xaitov, B. . (2025). MUAMMOLI O‘QITISH TEXNOLOGIYALARI VA TANQIDIY FIKRLASH: INNOVATSION YONDOSHUVLAR VA TAJRIBALAR. Applied Sciences in the Modern World: Problems and Solutions, 4(5), 48–51. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/zdaf/article/view/79545
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqolada muammoli o‘qitish texnologiyalarining tanqidiy fikrlashni rivojlantirishdagi ahamiyati tahlil etiladi. Maqolada innovatsion pedagogik yondoshuvlar, o‘quvchilarning muammolarni hal qilish qobiliyatini oshirish uchun zamonaviy texnologiyalarni qanday qo‘llash mumkinligi, shuningdek, o‘qituvchining roli va samarali ta’lim tajribalari haqida so‘z yuritiladi. O‘quvchilarning mustaqil fikrlashini, tahlil qilish va qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun muammoli o‘qitish texnologiyalarining samarali qo‘llanilishi yuzasidan amaliy tavsiyalar beriladi.


background image


48

MUAMMOLI O‘QITISH TEXNOLOGIYALARI VA TANQIDIY FIKRLASH:

INNOVATSION YONDOSHUVLAR VA TAJRIBALAR

Xaitov Bekzod Shuxratovich

Qo‘qon davlat pedagogika instituti tayanch doktoranti,

bkhaitov8855@gmail.com +998939758855

https://orcid.org/0000-0003-1746-9641

https://doi.org/10.5281/zenodo.15227046

Annotatsiya.

Ushbu maqolada muammoli o‘qitish texnologiyalarining tanqidiy fikrlashni

rivojlantirishdagi ahamiyati tahlil etiladi. Maqolada innovatsion pedagogik yondoshuvlar,
o‘quvchilarning muammolarni hal qilish qobiliyatini oshirish uchun zamonaviy
texnologiyalarni qanday qo‘llash mumkinligi, shuningdek, o‘qituvchining roli va samarali ta’lim
tajribalari haqida so‘z yuritiladi. O‘quvchilarning mustaqil fikrlashini, tahlil qilish va qaror
qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun muammoli o‘qitish texnologiyalarining
samarali qo‘llanilishi yuzasidan amaliy tavsiyalar beriladi.

Kalit so‘zlar:

Muammoli o‘qitish, tanqidiy fikrlash, innovatsion pedagogik yondoshuvlar,

ta’lim texnologiyalari, zamonaviy o‘qitish metodlari, faol o‘qish, ta’lim tajribalari, pedagogika.

Аннотация:

В статье анализируется важность технологий проблемного обучения

в развитии критического мышления. В статье рассматриваются инновационные
педагогические подходы, то, как современные технологии могут быть использованы
для повышения способностей учащихся решать проблемы, а также роль учителя и
эффективные образовательные практики. Даны практические рекомендации по
эффективному использованию технологий проблемного обучения для развития у
учащихся навыков самостоятельного мышления, анализа и принятия решений.

Ключевые

слова:

проблемно-ориентированное

обучение,

критическое

мышление, инновационные педагогические подходы, образовательные технологии,
современные методы обучения, активное обучение, образовательный опыт, педагогика.

Abstract:

This article analyzes the importance of problem-based learning technologies in

developing critical thinking. The article discusses innovative pedagogical approaches, how
modern technologies can be used to improve students' problem-solving skills, as well as the
role of the teacher and effective educational experiences. Practical recommendations are given
on the effective use of problem-based learning technologies to develop students' independent
thinking, analytical and decision-making skills.

Keywords:

Problem-based learning, critical thinking, innovative pedagogical

approaches, educational technologies, modern teaching methods, active learning, educational
experiences, pedagogy.


Kirish.

Zamonaviy ta’lim tizimida ta’limning maqsadi faqatgina bilimlarni o‘rganish emas,

balki o‘quvchilarda tanqidiy fikrlash qobiliyatini shakllantirishdir. Bunday yondoshuvlar orqali
talabalar nafaqat nazariy bilimlarni, balki murakkab muammolarni tahlil qilish va amaliyotga
tadbiq qilish ko‘nikmalarini ham rivojlantiradilar. Muammoli o‘qitish texnologiyalari (Problem-
Based Learning - PBL) zamonaviy pedagogik yondoshuv sifatida tanqidiy fikrlashni
rivojlantirishda muhim vosita bo‘lib, o‘quvchilarning o‘zingiz fikrlash va qaror qabul qilish
qobiliyatlarini oshiradi. Ushbu maqolada muammoli o‘qitish texnologiyalarining ta’lim
jarayoniga integratsiyasi va ularning tanqidiy fikrlashni rivojlantirishdagi o‘rni o‘rganiladi.


background image


49

Muammoli

tа’lim tехnоlоgiyаsi judа qаdim zаmоnlаrdаn buyоn shаkllаnib kеlmоqdа.

Jumlаdаn, qаdimgi Grеtsiyаdа muаmmоli sаvоl-jаvоblаr, qаdimgi Hindistоn vа Хitоydа
muаmmоli bаhs-munоzаrаlаrdаn kеng fоydаlаnilgаn.

Muаmmоli tа’limni аmеrikаlik psiхоlоg, fаylаsuf vа pеdаgоg Dj. Dyui 1894 yildа

Chikаgоdа tаshkil еtgаn tаjribа mаktаbidа qо‘llаgаn. ХХ аsrning 60-yillаridа bu yо‘nаlishdа
tаdqiqоtlаr оlib bоrilgаn. 70-80-yillаrgа kеlib, аmаliyоtgа kеng jоriy еtildi. Muаmmоli
tа’limning аsоsiy g‘оyаsi bilimlаrni tаlаbаlаrgа tаyyоr hоldа bеrish еmаs, ulаr tоmоnidаn dаrs
mаvzusigа tеgishli muаmmоlаr bо‘yichа о‘quv-tаdqiqоtlаrini bаjаrish аsоsidа о‘zlаshtirilishini
tа’minlаshdаn ibоrаt.

Jоn Dyui muаmmоli tа’limni fаоl jаrаyоn sifаtidа kо‘rgаn. Uning аsоsiy g‘оyаsi – tаlаbаlаr

tаjribа оrqаli, mustаqil vа fаоl muаmmо yеchish оrqаli о‘rgаnishi kеrаk. Bu usul аn’аnаviy
tа’lim mоdеlidаn tubdаn fаrq qilаdi.

• Dyui tа’limni nаzаriy bilimlаrni yоdlаsh еmаs, bаlki hаyоtiy muаmmоlаrni hаl qilish

jаrаyоni dеb hisоblаgаn.

• Uningchа, tаlаbа fаоl ishtirоkchi bо‘lishi kеrаk, pаssiv tinglоvchi еmаs.
• Tаlаbаlаr tаyyоr jаvоbni еmаs, bаlki muаmmоni hаl qilish yо‘llаrini о‘zi qidirishi kеrаk.
• Tаhlil qilish, tаjribа о‘tkаzish, хulоsа chiqаrish – tа’lim jаrаyоnining аsоsiy qismi dеb

hisоblаngаn.

Dyui muаmmоli tа’lim (prоblеm-bаsеd lеаrning) g‘оyаsini ilgаri surgаn. Bu mеtоdikаdа

о‘quvchilаrgа tаyyоr fаktlаr vа bilimlаr еmаs, bаlki muаmmо

hоlаti bеrilаdi vа ulаr uni hаl

qilish jаrаyоnidа bilimlаrni о‘rgаnаdilаr.

Muammoli o‘qitish va muammoli ta’lim texnologiyalarining farqi

Zamonaviy ta’limda talabalarning tanqidiy va mustaqil fikrlashini rivojlantirishda

muammoli yondashuv muhim o‘rin tutadi. Bu jarayonda ko‘p hollarda "muammoli o‘qitish" va
"muammoli ta’lim texnologiyasi" tushunchalari bir-biriga yaqin ma’noda ishlatiladi. Aslida esa,
bu ikki tushuncha o‘z mazmuni va amaliy qo‘llanilish darajasi jihatidan farqlanadi.

Muammoli o‘qitish

– bu dars jarayonida muayyan muammoli vaziyatni yaratish va

talabalarning o‘sha muammoni hal qilish orqali bilimga erishishiga asoslangan metodik
yondashuvdir. Bu usul orqali o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, muammoni tahlil qilish, mantiqiy
xulosa chiqarish kabi ko‘nikmalar shakllanadi. Odatda, bu metod bir dars yoki mavzu doirasida
qo‘llanadi va o‘quvchilarning bilimni chuqurroq o‘zlashtirishini ta’minlashga xizmat qiladi.

Muammoli ta’lim texnologiyasi

esa kengroq ko‘lamdagi yondashuv bo‘lib, u butun

ta’lim jarayonini – ya’ni maqsad qo‘yishdan tortib baholashgacha bo‘lgan barcha bosqichlarni
muammoli asosda tashkil etishga yo‘naltirilgan. Bu texnologiya faqat bitta dars emas, balki
o‘quv dasturi, modul yoki hatto ta’lim loyihalarini ham qamrab oladi. Unda muammoli
vaziyatlar yaratish, o‘quvchilarning izlanishga undovchi topshiriqlar bilan ishlashi, fikr yuritish,
qaror qabul qilish va baholash bosqichlari tizimli ravishda uyg‘unlashtiriladi.

Yana bir muhim jihati shundaki, muammoli o‘qitish metod darajasida bo‘lsa, muammoli

ta’lim texnologiyasi butun o‘quv jarayonining tashkiliy-pedagogik modelidir. Muammoli
o‘qitish biror bir pedagog tomonidan o‘z darsida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan metodik usul
bo‘lsa, muammoli ta’lim texnologiyasi esa o‘quvchilarning tanqidiy va ijodiy fikrlashini
shakllantirishga qaratilgan ta’lim tizimidir.

Xulosa qilib aytganda, muammoli o‘qitish va muammoli ta’lim texnologiyasi o‘zaro bog‘liq

bo‘lsa-da, biri usul, ikkinchisi esa butun ta’lim jarayonini tashkil etishga doir tizimli yondashuv


background image


50

ekanligi bilan farqlanadi. Har ikkisi ham o‘quvchini faol subyektga aylantirish, uning mustaqil
fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishda samarali vosita hisoblanadi.

Muammoli o‘qitish texnologiyasi, o‘quvchilarga aniq bir muammoni yechish orqali

o‘rganishni ta’minlaydi. Ushbu yondoshuvda, talaba o‘z-o‘zidan yechimlar izlashga majbur
bo‘ladi va o‘qituvchi bu jarayonda faqat yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadigan rolni o‘ynaydi. Muammoli
o‘qitishning asosiy tamoyillaridan biri bu – o‘quvchilarga o‘z fikrlarini erkin ifoda etishga imkon
yaratish, ularni hamkorlikda ishlashga undash va real hayotdagi masalalar orqali bilim olishdir.
Bu metod orqali talaba o‘rganayotgan mavzuni chuqurroq tushunishga harakat qiladi, bu esa
tanqidiy fikrlashni rivojlantirishda katta ahamiyatga ega.

Tanqidiy fikrlashni rivojlantirish.

Tanqidiy fikrlash — bu faqatgina faktlarni yodlash

yoki qabul qilish emas, balki bu ma’lumotlarni tahlil qilish, baholash, turli nuqtai nazarlarga
qarshi turish va o‘z fikrini asoslash qobiliyatidir. Tanqidiy fikrlash, ayniqsa, muammoli o‘qitish
texnologiyalarida markaziy o‘rin tutadi. Muammoli o‘qitishda talabalar turli nuqtai nazarlar va
yechimlarni ko‘rib chiqishadi, tahlil qilishadi va qarorlar qabul qilishadi. Bu esa ularning
tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini oshiradi.

Innovatsion yondoshuvlar va tajribalar

Zamonaviy ta’lim texnologiyalarining

rivojlanishi bilan muammoli o‘qitish texnologiyalariga yangi yondoshuvlar qo‘shilmoqda.
Quyida ba’zi innovatsion yondoshuvlar keltirilgan:

1. Interaktiv ta’lim platformalari.

Onlayn ta’lim platformalari va interaktiv vositalar

o‘quvchilarga o‘z bilimlarini kengaytirish va mustahkamlash uchun imkon yaratadi. Bu
platformalarda talabalar muammolarni hal qilishda bir-birlari bilan hamkorlikda ishlashlari,
o‘z fikrlarini bildirishlari va boshqalar bilan baham ko‘rishlari mumkin. Bu o‘quvchilarning
tanqidiy fikrlashini rivojlantiradi va ularga fikr almashish orqali yangi yechimlarni topishga
yordam beradi.

2. Virtual simulyatsiyalar va o‘yinlar.

Zamonaviy texnologiyalar yordamida murakkab

muammolarni o‘rganish va hal qilish uchun virtual simulyatsiyalar, o‘yinlar va 3D modellash
vositalari keng qo‘llanilmoqda. Ushbu texnologiyalar orqali o‘quvchilar nazariy bilimlarni
amaliyotda qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bunday metodlar talabalarga muammolarni
sinovdan o‘tkazish va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini mustahkamlashga yordam beradi.

3. Kollaborativ o‘qish.

Muammoli o‘qitish texnologiyalarining asosiy yondoshuvi bu –

jamoaviy ishlash. O‘quvchilar guruhlar bo‘lib ishlash orqali bir-birlarining fikrlarini tinglashadi,
tanqidiy fikrlash orqali to‘g‘ri yechimlarni topishga harakat qilishadi. Bu metod yordamida
o‘quvchilar o‘z fikrlarini mustahkamlash, boshqalarning nuqtai nazarini tushunish va yangi
bilimlarni o‘zlashtirishga erishadilar.

4. Vaziyatli tadqiqotlar (Case Study).

Vaziyatli tadqiqotlar, o‘quvchilarga real hayotdagi

muammolarni hal qilishda yordam beradi. O‘quvchilar konkret vaziyatlarni tahlil qilib,
yechimlar ishlab chiqadilar. Bu usul orqali o‘quvchilarda tanqidiy fikrlash va analitik
yondoshuvni rivojlantirish mumkin.

O‘qituvchining rolini kuchaytirish.

Muammoli o‘qitish texnologiyalarini muvaffaqiyatli

amalga oshirish uchun o‘qituvchining roli nihoyatda muhimdir. O‘qituvchi faqat axborot
beruvchi emas, balki o‘quvchilarni muammolarni tahlil qilishga yo‘naltiruvchi, ularni mustaqil
fikrlashga undovchi hamkor sifatida faoliyat yuritadi. O‘qituvchining vazifasi – o‘quvchilarga
to‘g‘ri savollar berish, muammolarni tahlil qilishda yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish va jamoaviy fikrlashni
rivojlantirishga yordam berishdir.


background image


51

Xulosa.

Muammoli o‘qitish texnologiyalari, zamonaviy pedagogik yondoshuvlar orqali

o‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni rivojlantirishda samarali vosita hisoblanadi. O‘quvchilarga
murakkab muammolarni hal qilish, turli nuqtai nazarlarni ko‘rib chiqish va o‘z qarorlarini
asoslash ko‘nikmalarini shakllantirish, ularning shaxsiy rivojlanishiga katta hissa qo‘shadi.
Muammoli o‘qitish texnologiyalarining samarali qo‘llanilishi, o‘quvchilarning nafaqat
akademik bilimlarini, balki amaliy va tahliliy fikrlash qobiliyatlarini ham rivojlantiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:

1.

О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. 2022-2026-yillarga mо‘ljallangan

Yangi О‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi tо‘g‘risida. PF-60-son. 2022-yil 28-yanvar.
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi
2.

Ў.Толипов, М.Усмонбоева. Педагогик технология: назария ва амалиёт. Тошкент:

Ўзбекистон фанлар академияси “Фан” нашриёти, 2005.
3.

"Тажриба ва таълим" (Experience and Education, 1938)

4.

Haitov, Bekzod. "Methods of Improving Communicative Competence of the Head of

Educational Institution." Scienceweb academic papers collection (2022).
5.

Khaitov, Bekzod Shukhratovich. "FORMATION AND DEVELOPMENT OF THE

WORLDVIEW OF SCHOOL DIRECTORS IN UZBEKISTAN. IN SCALE FINNISH SYSTEMS
EDUCATION. "Educational Research in Universal Sciences 2.3 (2023): 287-292.
6.

Khaitov Bekzod Shukhratovich. "OF INFORMATION CONSUMPTION CULTURE IN

STUDENTS." Science and innovation Special Issue 7 (2023):

571

-

573

.

7.

Khaitov, Bekzod Shukhratovich. "METHODS FOR IMPROVING THE INFORMATION AND

COMMUNICATION COMPETENCE OF THE HEAD OF A GENERAL EDUCATION INSTITUTION
DURING THE EDUCATIONAL PROCESS." Galaxy International Interdisciplinary Research
Journal10.12 (2022): 928-931.
8.

Khaitov, B. (2022). METHODS FOR IMPROVING THE INFORMATIONAND

COMMUNICATION COMPETENCE OF THE HEAD OF A GENERAL EDUCATION INSTITUTION
DURING THE EDUCATIONAL PROCESS. Scienceweb academic papers collection.
9.

Khaitov, B.S. O‘QITISHNING DOLZARB MASALALARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY.

References

О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. 2022-2026-yillarga mо‘ljallangan Yangi О‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi tо‘g‘risida. PF-60-son. 2022-yil 28-yanvar. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi

Ў.Толипов, М.Усмонбоева. Педагогик технология: назария ва амалиёт. Тошкент: Ўзбекистон фанлар академияси “Фан” нашриёти, 2005.

"Тажриба ва таълим" (Experience and Education, 1938)

Haitov, Bekzod. "Methods of Improving Communicative Competence of the Head of Educational Institution." Scienceweb academic papers collection (2022).

Khaitov, Bekzod Shukhratovich. "FORMATION AND DEVELOPMENT OF THE WORLDVIEW OF SCHOOL DIRECTORS IN UZBEKISTAN. IN SCALE FINNISH SYSTEMS EDUCATION. "Educational Research in Universal Sciences 2.3 (2023): 287-292.

Khaitov Bekzod Shukhratovich. "OF INFORMATION CONSUMPTION CULTURE IN STUDENTS." Science and innovation Special Issue 7 (2023): 571-573.

Khaitov, Bekzod Shukhratovich. "METHODS FOR IMPROVING THE INFORMATION AND COMMUNICATION COMPETENCE OF THE HEAD OF A GENERAL EDUCATION INSTITUTION DURING THE EDUCATIONAL PROCESS." Galaxy International Interdisciplinary Research Journal10.12 (2022): 928-931.

Khaitov, B. (2022). METHODS FOR IMPROVING THE INFORMATIONAND COMMUNICATION COMPETENCE OF THE HEAD OF A GENERAL EDUCATION INSTITUTION DURING THE EDUCATIONAL PROCESS. Scienceweb academic papers collection.

Khaitov, B.S. O‘QITISHNING DOLZARB MASALALARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY.