EHTIMOLLAR NAZARIYASI FANINI O‘QITISHDA DIDAKTIK VOSITALARDAN FOYDALANISH

Аннотация

Ushbu maqolada “Ehtimollar nazariyasi” fanini o‘qitishda ta’lim vositalardan foydalanish, ta’lim vositalarining turlari, ta’lim vositalaridan foydalanishda ularni muayyan maqsad, mo‘ljallangan guruh, mahsus soha va metodlarga mos holda tanlash, induksiya va deduksiya usullari orqali o‘tkazilgan nazariy darslar, ta’lim vositalaridan foydalangan holda nazariy va amaliy darslarni olib borishning pedagogik imkoniyatlari aniqlashtirilgan.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
8-13
23

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Jarqinov, Z., & Ro’zimatova, N. (2024). EHTIMOLLAR NAZARIYASI FANINI O‘QITISHDA DIDAKTIK VOSITALARDAN FOYDALANISH. Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения, 3(6), 8–13. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/zdaf/article/view/45776
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada “Ehtimollar nazariyasi” fanini o‘qitishda ta’lim vositalardan foydalanish, ta’lim vositalarining turlari, ta’lim vositalaridan foydalanishda ularni muayyan maqsad, mo‘ljallangan guruh, mahsus soha va metodlarga mos holda tanlash, induksiya va deduksiya usullari orqali o‘tkazilgan nazariy darslar, ta’lim vositalaridan foydalangan holda nazariy va amaliy darslarni olib borishning pedagogik imkoniyatlari aniqlashtirilgan.


background image


8

EHTIMOLLAR NAZARIYASI FANINI O‘QITISHDA DIDAKTIK VOSITALARDAN

FOYDALANISH

Z.U.Jarqinov

N.A.Ro’zimatova

FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI

https://doi.org/10.5281/zenodo.11518605

ANNOTATSIYA

: Ushbu maqolada “Ehtimollar nazariyasi” fanini o‘qitishda ta’lim vositalardan

foydalanish, ta’lim vositalarining turlari, ta’lim vositalaridan foydalanishda ularni muayyan
maqsad, mo‘ljallangan guruh, mahsus soha va metodlarga mos holda tanlash, induksiya va
deduksiya usullari orqali o‘tkazilgan nazariy darslar, ta’lim vositalaridan foydalangan holda
nazariy va amaliy darslarni olib borishning pedagogik imkoniyatlari aniqlashtirilgan.

Kalit so‘zlar:

ta’lim vositalari, ta’lim vositalari turlari, induksiya va deduksiya usullari,

tasodifiy hodisaning ehtimoli.

Kirish:

Ehtimollar nazariyasi fanini o‘qitishda ta’lim vositalari – o‘qitilishi va o‘rganilishi lozim
bo‘lgan bilimlarni beruvchi har qanday axborot tashuvchi vositalardir.
Ta’lim vositalari foydalanishi jihatidan quyidagi 3 qismga ajratish mumkin:

ta’lim beruvchi uchun;

ta’lim oluvchi uchun;

dars o‘tkazish uchun.

Quyidagi chizmada ta’lim vositalarini tanlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan

Ta’lim beruvchi uchun vositalar: o‘quv metodik qo‘llanmalar, metodik tavsiyalar, metodik
ishlanmalar, o‘quv asturlari, dars rejasi, ma’ruza matni.
Ta’lim oluvchi uchun vositalar: darsliklar, o‘quv qo‘llanma, jadvallar yo‘l-yo‘riq xaritalari,
texnologiya xaritalari, topshiriq varaqalari va x.k.
Dars o‘tkazish uchun vositalar: plakatlar. Modellar, maketlar, jihozlar, audiovizual vositalar,
texnik vositalar, real vositalar.

TA’LIM VOSITALARI

Dars o‘tkazish uchun

Ta’lim oluvchi uchun

o‘quv-metodik

qo‘llanmalar

metodik tavsiyalar

metodik

ishlanmalar

o‘quv dasturlari

dars rejasi

ma’ruza matni

Ta’lim beruvchi uchun

darslik

o‘quv qo‘llanma

jadvallar

tarqatma materiallar

yo‘l-yo‘riq texnologik

xaritalar

tipik xatolar xaritasi

topshiriq varaqalari

plakatlar

modellar

maketlar

jixozlar

audiovizual

vositalar

texnik vositalari

real vositalar


background image


9

Ba’zi hollarda ta’lim oluvchi uchun mo‘ljallangan ta’lim vositasi ta’lim beruvchi uchun ham,
dars o‘tkazish uchun ham talab etiladi. Tanlab olingan metod, shakl va vositalar bir birini
to‘ldirishi kerak. Bundan tashqari ta’lim vositalarining xususiyatlariga ko‘ra 3 turga ajratish
mumkin: bosma, texnik va real vositalari. Quyidagi chizmada ta’lim vositalarining turlari
keltirilgan.

Ta’lim vositalari olti turga bo‘linadi:

matnli vositalar;

tasvirli vositalar;

audiovizual vositalar;

yordamchi (jihoz) vositalar;

modelli vositalar;

haqiqiy vositalar.





Ma’lumot olish va ma’lumotlarni qayta ishlash uchun

o‘quv dasturlari

maxsus adabiyot (darslik)

ma’ruza matnlari

tarqatma materiallar

imtixon va nazorat varaqalari





Umumiy tasavvurni vujudga keltirish uchun

fotosuratlar

eskiz, chizma, sxemalar

tasvirlar, jadvallar, simvollar

TA’LIM VOSITALARI TURLARI

Bosma

Texnik

Real

Tasvirli

Matnli

Audio

vizual

Yordamch

i jihozli

Modelli

Xaqiqiy

M A T N L I

T A S V I RL I


background image


10

plakatlar





Jarayonlar va ishlash mehanizmlari to‘g‘risida tasvir va ovoz orqali tasavvurni vujudga
keltirish uchun

vidiofilmlar

kompakt disklar

audiokasetalar

Power Point materiallari

elektron darsliklar




Tasvir va matnni yozish va saqlash uchun

doskalar (bo‘r doska, oq doska, magnit doskasi)

“Pinbord” doskasi

videoproyektor, videoproyektor ekrani

kodoskop

kompyuter

flipchart

audiomagnitafon, videomagnitafon

televizor

O‘rnatilayetgan obyektning modeli orqali u haqda tasavvur xosil qilish uchun

modellar

maketlar

trenajorlar

mulyajlar

O‘rnatilayetgan obyektlar haqida xaqikiy tasavvurni vujudga keltirish uchun

asbob uskunalar

stanoklar

yarim tayyor va tayyor maxsulotlar

xom ashyolar

Nazariy darslarda ta’lim beruvchilar asosan matnli va yordamchi vositalardan misoli uchun
darsliklar va tarqatma materiallardan va texnik vositalardan foydalanadilar.
Amaliy mashg‘ulotlarda ular ko‘proq tasvirli va real vositalardan, ya’ni eskiz, asbob
uskunalardan foydalanadilar.

M O D E L L I

H A Q I Q I Y

A U D I O V I Z U A L

YORDAMCHI (JIHOZLI)


background image


11

Ovoz va tovushli (audio), shuningdek, tasviriy tasavvurlani shakllantiradigan audiovizual
vositalar jarayonlar va vazifalar to‘g‘risidagi keng qamrovli real tasavvurlarni vujudga
keltiradi.
Yordamchi vositalar buning aksi o‘laroq tasvir va matnlarni yozib olish va saqlash imkonini
beradi. Ular doska, flipchart, pinbord doskasi, kodoskop, videoproyektor kabilardir.
Ish sohasiga tegishli real narsalar, ya’ni maxsulotlar, asboblar va boshqalar dars paytida
didaktik funksiyaga ega bo‘lsa, o‘quv vositasi sifatida qo‘llanishi mumkin.
Ta’lim vositalaridan foydalanishda ularni muayyan maqsad, mo‘ljallangan guruh, mahsus soha
va metodlarga mos holda tanlash muhim o‘rin tutadi. Bundan tashqari ta’lim beruvchi o‘quv
va ko‘rgazmali vositalarni ishlata olishni va ulardan maqsadga muvofiq va oqilona tarzda
foydalanishni bilishi kerak. Texnik vositalardan foydalanilayotganda yuzaga keladigan texnik
muammolarni hal qila oladigan bo‘lishi lozim.
Quyidagi misol ko‘rsatmalilikning odatda amaliy mashg‘ulotlarda qo‘llaniladigan induktiv
yo‘nalishni bildiradigan 3 ta shaklni ko‘rsatadi.
Induksiya usuli orqali o‘tkazilgan nazariy darslar alohida hodisadan xususiyatlar orqali,
ehtimol, umumiy qonuniyatlarga o‘tadi.
Deduksiya usuli bilan o‘tkaziladigan nazariy darsda umumiydan xususiyga o‘tish
tushuntiriladi, ya’ni umumiy mavzudan (masalan, qoida) “mantiqiy xulosa” orqali yakka
hodisalarga o‘tiladi.
Bizning misolda Ehtimolning klassik ta’rifi tushuntiriladi va so‘ng misollar yechildi.
A hodisaning nisbiy chastotasi deb, A hodisa ro‘y bergan tajribalar soni m ning, o‘tkazilgan
sinovlarning jami soni n ga nisbatiga aytiladi:

n

m

A

)

(

Tasodifiy hodisaning ehtimoli – berilgan hodisaga bog‘liq o‘zgarmas R(A) son bo‘lib,
tajribalarning ko‘p seriyasida bu hodisaning ro‘y berish chastotasi shu son atrofida tebranadi.
Klassik ta’rifda A hodisaning ehtimoli

n

m

А

Р

)

(

tenglik bilan aniqlanadi, bu yerda m – tajribaning A hodisaning ro‘y berishga qulaylik
tug‘diruvchi elementar natijalar soni, n – sinovning muhim bo‘lgan elementar natijalari jami
soni.
1-misol. Yashikda 20 ta shar bo‘lib, ular 1 dan 20 gacha nomerlangan. Yashikdan tavakkaliga
bitta shar olindi. Bu sharning nomeri 20 dan katta bo‘lmaslik (A hodisa) ehtimoli qanday?
Yechish. Yashikdagi sharlarning istalganining nomeri 20 dan oshmaydi. Shuning uchun bu
hodisaning ro‘y berishiga qulaylik tug‘diruvchi hodisalar soni va barcha mumkin bo‘lgan

hollar soni o‘zaro teng: m=n=20 va

1

)

(

n

m

А

Р

. Бу ҳолда A hodisa muqarrar hodisadir.

2-misol. Yashikda 10 ta shar yotibdi: 4 ta oq, 6 ta qora. Yashikdan tavakkaliga bitta shar olindi.
Uning qizil shar bo‘lish (A hodisa) ehtimoli qanday?


background image


12

Yechish.

Yashikda

qizil

shar

yo‘q,

ya’ni

m=0,

lekin,

n=10.

Demak,

0

0

)

(

n

n

m

А

Р

.

Bu holda A hodisa mutlaqo yuz bermaydigan hodisadan iborat.
3-misol. Tanga tashlash tajribasini qaraymiz. A hodisa gerbli tomonning tushishi. Tanga
deformatsiyalanmagan va bir jinsli materialdan tayyorlangan. Tanga tashlashning ko‘p
seriyada gerbli va raqamli tomonlarining tushishi o‘rtacha bir xil takrorlanadi deb kutish
mumkin. Buni tanganing ikkala tomoni “Teng huquqli” (teng imkoniyatli) deb ifodalash

mumkin. A hodisa yuz berishining

nisbiy chastotasi

2

1

son atrofida tebranadi. Shunday qilib,

N

N

А

va demak,

2

1

)

(

А

Р

bo‘ladi.

4-misol. Yashikda 15 ta shar bor: 10 ta oq 5 ta qora. Ushlab ko‘rish bilan ularni farqlab
bo‘lmaydi. Yashikdan tavakkaliga bitta shar olindi. Uning qora shar bo‘lish ehtimolini toping.
Yechish. Tajriba juda ko‘p marta takrorlansa sharlarning “teng huquqli”ligidan qora sharning
chiqish (ehtimoli) chastotasi taqriban yashikdagi sharlar ichida qora sharlar tashkil qiladigan

“ulush” ga teng bo‘ladi deb hisoblash mumkin, ya’ni

15

5

. Demak,

3

1

15

5

)

(

А

Р

.

5-misol. 36 ta kartali dastadan bitta karta tortib olindi. Chillik turdagi kartaning kelib chiqish
ehtimoli qanday?
Yechish. Bunda hammasi bo‘lib 36 ta mavjud hol bo‘lib, ulardan 9 tasida A hodisa (chillik

chiqishi) ro‘y beradi. Demak, nisbiy chastota

36

9

bo‘lib,

4

1

36

9

)

(

А

Р

.

6-misol. Berilgan obyektga qarab miltiqdan bir sharoitda 5 ta o‘q uzildi va 2 tasi mo‘ljalga
tegdi. A hodisa o‘qning nishonga tegishi. O‘qning nishonga tegishining nisbiy chastotasi
qanday bo‘ladi?

Yechish. Nisbiy chastota

5

2

bo‘ladi. Chunki, bunda 5 ta hol mavjud bo‘lib, ulardan 2 tasida

A hodisa ro‘y bergan. Bu holda

5

2

)

(

А

Р

bo‘lishi ravshan.
7-misol. Kub formasidagi o‘yin soqqasi yoqlari 1 dan 6 gacha nomerlangan. O‘yin soqqasi
tashlanganda 5 raqami tushishi (A hodisa) ehtimolini toping.


background image


13

Yechish. Soqqa bir jinsli materialdan tayyorlangan deb faraz qilsak, uning yoqlarining tushishi
“teng huquqli” bo‘ladi va

6

1

)

(

А

Р

deb hisoblash mumkin.
8-misol. 21 ta standart va 10 ta nostandart detal solingan yashikni tashish vaqtida bitta detal
yo‘qolgan, biroq qanday detal yo‘qolgani ma’lum emas. Yashikni tashishdan keyin tavakkaliga
olingan detal standart detal bo‘lib chiqdi. Standart detal yo‘qolgan bo‘lishi (A hodisa)
ehtimolini toping.
Yechish. Olingan standart detal yo‘qolmaganligi ravshan. Qolgan 21+10- 1=30 ta detalning
istalgan biri yo‘qolgan bo‘lishi mumkin, shu bilan birga ularning orasida 21-1=20 ta detal
standartdir. Standart detal yo‘qolgan bo‘lish ehtimoli

3

2

30

20

)

(

А

Р

9-misol. Raqamlari har xil ikki xonali son o‘ylangan. O‘ylangan son tasodifan aytilgan
raqamlari har xil ikki xonali son bo‘lishi ehtimolini toping.
Yechish. 10 dan 99 gacha sonlar ikki xonali. Raqamlari bir xil ikki xonali sonlar 11, 22, 33, 44,
55, 66, 77, 88, 99 lar bo‘lib, ular 9 ta. 10 dan 99 gacha 90 ta son bor. Raqamlari har xil ikki
xonali sonlar 90-9=81 ta. Demak,

81

1

)

(

А

Р


References:

1.

Farberman B.L. va boshqalar. Oliy o’quv yurtlarida o’qitishning zamonaviy usullari. –

Toshkent; 2003y.
2.

Rashidov X. va b.q. “Kasbiy pedagogika” blokini o‘qitish metodikasi. – T. 2007.

3.

Беспалько В.П. Педагогика и прогрессивные технологии обучения. - М., 1995.

4.

Гузеев В.В. Образовательная технология: от приема до философии. М.: Сентябрь,

1996
5.

Джени Стил, Керт Мередис, Чарльз Темпл Обучение сообща, чтение и письмо для

развития критического мышления Бишкек: Фонд «Сорос - Кыргызстан», 1998.
6.

Подласый М.Л. Педагогика. Новый курс: учебник для студентов пед. вузов: в 2 кн.

М.: Гуманит. изд. центр ВЛАДОС, 1999. – К.1.: Общие основы процесса обучения.
7.

Совелова С.Б. Управление профессиональным развитием инженера – педагога:

Мн.: РИПО, 1998.

8.

Селевко Г.К. Современные образовательные технологии: Учебное пособие – М.:

Народное образование, 1998.

Библиографические ссылки

Farberman B.L. va boshqalar. Oliy o’quv yurtlarida o’qitishning zamonaviy usullari. – Toshkent; 2003y.

Rashidov X. va b.q. “Kasbiy pedagogika” blokini o‘qitish metodikasi. – T. 2007.

Беспалько В.П. Педагогика и прогрессивные технологии обучения. - М., 1995.

Гузеев В.В. Образовательная технология: от приема до философии. М.: Сентябрь, 1996

Джени Стил, Керт Мередис, Чарльз Темпл Обучение сообща, чтение и письмо для развития критического мышления Бишкек: Фонд «Сорос - Кыргызстан», 1998.

Подласый М.Л. Педагогика. Новый курс: учебник для студентов пед. вузов: в 2 кн. М.: Гуманит. изд. центр ВЛАДОС, 1999. – К.1.: Общие основы процесса обучения.

Совелова С.Б. Управление профессиональным развитием инженера – педагога: Мн.: РИПО, 1998.

Селевко Г.К. Современные образовательные технологии: Учебное пособие – М.: Народное образование, 1998.