OBYEKT MUVOZANATINI ROSTLASHDA DASTURIY VOSITA ARXITEKTURASINING SINFLARI VA FUNKSIONAL VAZIFALARI

Annotasiya

Ushbu tezisda obyekt muvozanatini rostlashda dasturiy vosita arxitekturasining sinflari va funksional vazifalari to’g’risida fikr yuritilgan.Unda dasturiy vosita arxitekturasini ishlab chiqishning asosiy vazifalari, sinflarga ajratilishidagi ahamiyati, tamoyillari va bir qancha xususiyatlari borasida ma’lumotlar berilgan.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
99-102
21

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Buriyev , B. . (2024). OBYEKT MUVOZANATINI ROSTLASHDA DASTURIY VOSITA ARXITEKTURASINING SINFLARI VA FUNKSIONAL VAZIFALARI. Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения, 3(11), 99–102. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/zdaf/article/view/62500
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu tezisda obyekt muvozanatini rostlashda dasturiy vosita arxitekturasining sinflari va funksional vazifalari to’g’risida fikr yuritilgan.Unda dasturiy vosita arxitekturasini ishlab chiqishning asosiy vazifalari, sinflarga ajratilishidagi ahamiyati, tamoyillari va bir qancha xususiyatlari borasida ma’lumotlar berilgan.


background image


99

OBYEKT MUVOZANATINI ROSTLASHDA DASTURIY VOSITA

ARXITEKTURASINING SINFLARI VA FUNKSIONAL VAZIFALARI

Buriyev Bobur Erkinovich

Alfraganus universiteti Raqamli texnologiyalar kafedrasi o’qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14545596

Annotatsiya.

Ushbu tezisda obyekt muvozanatini rostlashda dasturiy vosita

arxitekturasining sinflari va funksional vazifalari to’g’risida fikr yuritilgan.Unda dasturiy
vosita arxitekturasini ishlab chiqishning asosiy vazifalari, sinflarga ajratilishidagi ahamiyati,
tamoyillari va bir qancha xususiyatlari borasida ma’lumotlar berilgan.

Kalit so’zlar:

interfeys, konveyer, dasturiy vosita, xabar porti, obyekt muvozanti.

Abstract.

This thesis discusses the classes and functional tasks of software architecture

in object balancing. It provides information on the main tasks of software architecture
development, the importance of its division into classes, principles and some of its features.

Key words:

interface, pipeline, software, message port, object balance.


Dasturiy vosita arxitekturasi

bu dasturiy vositani o`zaro ish ko`ruvchi ichki

bo`limlarning qandaydir bir to`plami sifatida ifodalashdir

.

Bunday ichki tizimlar sifatida

odatda alohida dasturlar ish ko`radi. Arxitekturani ishlab chiqish dasturiy vositaning
murakkabligi bilan bo`ladigan kurashning birinchi bosqichidir, unda bog’liqmas tashkil
etuvchilarga nisbatan ajratish tamoyili amalga oshiriladi.

Dasturiy vosita arxitekturasini ishlab chiqishning asosiy vazifalari sifatida quyidagilarni

keltirish mumkin:

dasturiy ichki tizimlarni ajratish va ularda dasturiy vositaning tashqi (tashqi bayonda

berilgan) funksiyalarini ifodalash;

ajratilgan dasturiy ichki tizimlar o`rtasida o`zaro ish ko`rish usullarini aniqlash.

Bu bosqichda qabul qilinadigan yechimlar hisobga olinib, keyingi funksional
spetsifikatsiyaning aniqlanishi amalga oshiriladi.
Dasturiy vosita arxitekturasining asosiy sinflari sifatida quyidagi dasturlar asosiy mezon
sanaladi:

yaxlit dastur;

avtonom bajariladigan dasturlar kompleksi;

qatlamli dasturiy tizim;

parallel bajariladigan dasturlar jamoasi.

Yaxlit dastur

dasturiy vosita arxitekturasining ifodali hodisasini ifodalaydi: Dasturiy vosita

tarkibiga faqat bitta dastur kiradi. Bunday arxitektura odatda, dasturiy vosita qandaydir bir
aniq yorqin ifodalangan funksiyani bajarishi kerak bo`lgan va uning amalga oshirilishi juda
murakkab bo`lmagan holda tanlanadi. Avtonom bajariladigan dasturlar kompleksi shunday
dasturlar majmuidan iborat bo`ladiki:

bu dasturlardan ixtiyoriy bittasi foydalanuvchi tomonidan faollashtirilishi (ishga

tushirilishi) mumkin;

faollashtirilgan dasturni bajarishda shu majmuaning boshqa dasturlari, faollashtirilgan

dastur o`z ishini tugatmagunicha, faollashtirilishi mumkin emas;

bu majmuaning hamma dasturlari bitta axborot muhitida qo`llaniladi.


background image


100

Shunday qilib, bu majmuaning dasturlari boshqarishi bo`yicha o`zaro ish ko`rishmaydi,

ular o`rtasida o`zaro ish ko`rish faqat umumiy axborot muhiti orqali amalga oshiriladi.
Qatlamli dasturiy tizim qatlamlar

deb ataluvchi, tartibga solingan dasturlar ichki tizimining

qandaydir bir to`plamidan iborat, bunda:

har bir qatlamda keyin keladigan (ancha yuqori) qatlamlarning xossalari (va mavjud

bo`lishi) haqida hech narsa ma`lum emas;

har bir qatlam boshqarish (komponentga murojaat qilish) bo`yicha bevosita undan oldin

kelgan (ancha past) qatlam bilan, oldindan aniqlangan interfeys orqali, oldin keladigan
hamma qatlamlarning ichki tuzilishi haqida hech narsa bilmasdan, o`zaro ish ko`rishi
mumkin;

Har bir qatlam ma`lum resurslarga ega, qatlam uni boshqa qatlamlardan berkitadi, yoki

ularning ba`zi bir mavhumlarini bevosta keyingi qatlamga (ko`rsatilgan interfeys orqali) taklif
etadi.

Bundan tashqari, dasturiy tizimda har bir qatlam ma`lumotlarning qandaydir

mavhumligini amalga oshirishi mumkin. Qatlamlar o`rtasidagi aloqalar har bir qatlam
murojaat parametrlari qiymatlarini pastdan aralash bo`lgan qatlamga uzatish va bu murojaat
natijasini quyi qatlamdan yuqorisiga uzatish bilan cheklangan. Global ma`lumotlarni bir necha
qatlamlar bilan ishlatish mumkin emas.

Parallel ish ko`ruvchi dasturlar jamoasi

bajarilish bosqichida bo`la turib, bir vaqtda

o`zaro ish ko`rishga qobiliyatli dasturlar majmuasini ifodalaydi.

Bunday dasturlar,

birinchidan, tezkor xotiraga chaqirilganligini, faollashtirilganligini va navbat bilan vaqt
bo`yicha bitta yoki bir nechta markaziy protsessorlarni bo`lishib olishi, ikkinchidan esa,
bazasida sinxronizatsiyasi hosil qilinadigan o`zaro dinamik (bajarilish jarayonida) ish
ko`rishlarni amalga oshirish mumkinligini bildiradi. Odatda bunday jarayonlar o`rtasida
o`zaro ish ko`rishlar bir-biriga qandaydir bir xabarni uzatish yo`li bilan amalga oshiriladi.

Bunday arxitekturaning eng oddiy ko`rinishi konveyerdir. Konveyerni tashkil qilish

imkoniyatlari mavjud, masalan, UNIH operatsion tizimida.

Konveyer

dasturlar ketma-ketligini

ifodalaydi, unda har bir dasturning standart chiqishi, eng oxirgisidan tashqari, shu ketma-
ketlikning navbatdagi dasturining standart kirishi bilan bog’liq bo`ladi

(1-rasm):


1-rasm. Parallel ishlovchi dasturlar konveyeri

Umumiy holda parallel ish ko`ruvchi dasturlar jamoasi tizimga xabar portlari bilan

tashkil qilinishi mumkin. X

abar porti

xabarlarning qandaydir bir navbatiga xizmat qiluvchi

dasturiy ichki tizimni ifodalaydi. U dasturdan saqlash uchun, qandaydir bir xabarni, uni
navbatga qo`yib turib, qabul qilishi va navbatdagi xabarni boshqa dasturga, uning talabiga
ko`ra berishi mumkin. Qandaydir bir dastur tomonidan ma`lum bir portga uzatilgan xabar,
endi bu dasturga tegishli bo`lmay qoladi va uning resurslarini ishlata olmaydi, ammo u,
navbat tarzida boshqa biror dasturga, shu dasturning so`rovi bilan uzatilmagunicha, boshqa
biror dasturga ham tegishli bo`lmaydi. Shunday qilib, xabar beruvchi dastur, bu xabarni qabul
qiluvchi dastur uni qayta ishlashga tayyor bo`lmagunicha (agar qabul qiluvchi port to`lib
qolmagan bo`lsa), kutish holatida bo`lmaydi.

P1

P2

Pn

. . .


background image


101

Xabar portlariga ega dastur tizimiga misol 2-rasmda keltirilgan. U port bu rasmda

keltirilgan parallel harakat qiluvchi dasturlar jamoasi uchun kiritiluvchi xabarlar porti kabi, W

esa, dasturlarning bu jamoasi uchun chiqarilayotgan xabarlar porti kabi qaralishi mumkin.

2-rasm. Xabarlar portlariga ega dasturiy tizimga misol.

Arxitektura funksiyalari.

Ichki tizimlar o`rtasida o`zaro ishlarni ta`minlash uchun bir

qator hollarda qandaydir bir qo`shimcha dasturiy tashkil etuvchilarni (tashqi funksiyalarni
amalga oshirishdan tashqari) yaratish talab qilinmaydi – buning uchun oldindan belgilangan
kelishuvlar va bazaviy dasturiy ta`minotning (operatsion tizim) standart imkoniyatlari yetarli
bo`lishi mumkin. Avtonom bajariladigan dasturlar majmuasida o`zaro ishlashni ta`minlash
uchun umumiy tashqi axborot muhitini va dasturni ishga tushirish uchun operatsion
tizimning imkoniyatlarini bayon etish yetarli hisoblanadi. Qatlamli dasturiy tizimda ajratilgan
dasturiy qatlamlarning spesifikatsiyalari va protseduralarga murojaat etishning odatdagi
apparati yetarli bo`lishi mumkin. Dasturiy konveyerida dasturlar o`rtasida o`zaro ish ko`rishni
shuningdek operatsion tizim (bu UNIX operatsion tizimida bo`lgani kabi) ham ta`minlab
berishi mumkin.

Ammo bir qator hollarda dasturiy ichki tizimlar o`rtasida o`zaro ish ko`rishni ta`minlash

uchun qo`shimcha dasturiy komponentlarni yaratish talab qilinishi mumkin. Avtonom
bajariluvchi dasturlar kompleksining ishini boshqarish uchun ko`pincha maxsus buyruq
interpretatori yaratiladi, u operatsion tizim ishlatadigan bazaviy buyruq interpretatoriga
qaraganda talab qilinayotgan tashqi ahborot muhiti va ishga tushiriladigan dasturni
tayyorlash uchun mazkur predmet sohasida ancha qulaydir.

Qatlamli dasturiy tizimda qatlam protseduralariga murojaatning alohida apparatida bu

protseduralarning parallel bajarilishini ta`minlovchi tizimi yaratilishi mumkinligini aytish
mumkin.

Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, dasturiy ta’minot arxitekturasi sodda qilib

aytganda, tizimning umumiy tuzilishi va tashkil etilishi bo‘lib, dasturning turli
komponentlarining bir-biri bilan o‘zaro ta’sirini tavsiflaydi. Arxitektura tizimni komponentlar
deb ataladigan turli qismlarga ajratadi va komponentlar, o'z navbatida, interfeyslar orqali bir-
biri bilan o'zaro ta'sir qiladi.


background image


102

References:

1.

Шилов C.H. Реализация инфраструктуры распределенной хеш-таблицы в рамках

кластерной системы DNS / С.Н. Шилов, С.Д. Кургалин, А.А. Крыловецкий // Вестник ВГУ.
Серия: Системный анализ и информационные технологии. - № 2. — Воронеж: изд-во
Воронежского гос. ун-та, 2012.-С. 74-79.
2.

Erkinovich,

B.

B.

(2024).

OBYEKT

MUVOZANATINI

ROSTLASHDA

AVTOMATLASHTIRISH ALGORITMI VA DASTURIY VOSITA YARATISHNING AVTOMATIK
BOSHQARISH FUNKSIYALARI.

Eurasian Journal of Mathematical Theory and Computer

Sciences

,

4

(1), 54-60.

3.

Керниган Б. Язык программирования Си / Б. Керниган, Д. Ритчи // - 2-е изд. - М.:

Вильяме, 2007. - 304 с.
4.

Zaripov, Odiljon, and Shahlo Zaripova. "DINAMIK BOSHQARISH OBYEKTLAR HOLATINI

BAHOLASH MASALALARINING DASTURIY TA’MINOTI."

Innovatsion texnologiyalar

50.02

(2023): 73-77.
5.

Кнут Д. Искусство программирования. Сортировка и поиск / Д. Кнут. -Т. 3. - 2-е изд.

- М.: Вильяме, 2007. - 824 с.
6.

Maxkamovna, M. N. (2023). SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISH VA

DISPETCHERLIK

BOSHQARUV

JARAYONLARINI

(SCADA)

AVTOMATLASHTIRISH.

ARXITEKTURA, MUHANDISLIK VA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR

JURNALI

,

2

(2), 1-3.

7.

Erkinovich, B. B. AVTOMATLASHTIRISH TIZIMLARIDA OBYEKT BARQARORLIGINI

NAZORAT QILISH VA MODELLASHTIRISHGA DOIR AYRIM MULOHAZALAR.

Bibliografik manbalar

Шилов C.H. Реализация инфраструктуры распределенной хеш-таблицы в рамках кластерной системы DNS / С.Н. Шилов, С.Д. Кургалин, А.А. Крыловецкий // Вестник ВГУ. Серия: Системный анализ и информационные технологии. - № 2. — Воронеж: изд-во Воронежского гос. ун-та, 2012.-С. 74-79.

Erkinovich, B. B. (2024). OBYEKT MUVOZANATINI ROSTLASHDA AVTOMATLASHTIRISH ALGORITMI VA DASTURIY VOSITA YARATISHNING AVTOMATIK BOSHQARISH FUNKSIYALARI. Eurasian Journal of Mathematical Theory and Computer Sciences, 4(1), 54-60.

Керниган Б. Язык программирования Си / Б. Керниган, Д. Ритчи // - 2-е изд. - М.: Вильяме, 2007. - 304 с.

Zaripov, Odiljon, and Shahlo Zaripova. "DINAMIK BOSHQARISH OBYEKTLAR HOLATINI BAHOLASH MASALALARINING DASTURIY TA’MINOTI." Innovatsion texnologiyalar 50.02 (2023): 73-77.

Кнут Д. Искусство программирования. Сортировка и поиск / Д. Кнут. -Т. 3. - 2-е изд. - М.: Вильяме, 2007. - 824 с.

Maxkamovna, M. N. (2023). SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISH VA DISPETCHERLIK BOSHQARUV JARAYONLARINI (SCADA) AVTOMATLASHTIRISH. ARXITEKTURA, MUHANDISLIK VA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR JURNALI, 2(2), 1-3.

Erkinovich, B. B. AVTOMATLASHTIRISH TIZIMLARIDA OBYEKT BARQARORLIGINI NAZORAT QILISH VA MODELLASHTIRISHGA DOIR AYRIM MULOHAZALAR.