25
UMUMIY O‘RTA TA’LIM TIZIMIDA DTS, DTT VA KASB STANDARTLARI
Abduraxmonov Yodgorbek Abdulaziz o‘g‘li
Toshkent shahar Shayxontohur tuman
102-sonli kimyo va biologiya fanini chuqurlashtirib
o‘qitishga ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabi
o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari
https://doi.org/10.5281/zenodo.14498821
Annotatsiya:
Ushbu tezisda umumiy o‘rta ta’limning standarti va maktab direktorining
kasb standartlari haqida ma’lumot berilgan.
Tayanch soʻz va iboralar:
davlat ta’lim standarti, davlat ta’lim talablari, kasbiy
standartlar, mehnat vazifalari, malaka darajalari, kasbiy mahorat.
Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti (keyingi o‘rinlarda - davlat ta’lim
standarti) DTSning maqsad va vazifalarini, asosiy prinsiplarini, tarkibiy qismlarini, davlat
ta’lim standartini joriy etish hamda davlat ta’lim standarti talablariga rioya etilishini nazorat
qilish tartibini belgilaydi. Davlat ta’lim standartini bajarish O‘zbekiston Respublikasi
hududida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun majburiydir.
Davlat ta’lim standartining
maqsadi
– umumiy o‘rta ta’lim tizimini mamlakatda amalga
oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg‘or
tajribalari hamda ilm-fan va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga
asoslangan holda tashkil etish, ma’naviy barkamol va intellektual rivojlangan shaxsni
tarbiyalashdan iborat.
Davlat ta’lim standartining
vazifalari
quyidagilardan iborat:
- umumiy o‘rta ta’lim mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilash;
- milliy, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar asosida o‘quvchilarni tarbiyalashning samarali
shakllari va usullarini joriy etish;
-
o‘quv-tarbiya
jarayoniga
pedagogik
va
zamonaviy
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini joriy etish;
- umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘quvchilari va bitiruvchilarining malakasiga
qo‘yiladigan talablarni belgilash;
- kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali
integratsiyasini ta’minlash;
- ta’lim va uning pirovard natijalari, o‘quvchilarning malaka talablarini egallaganlik darajasini
tizimli baholash tartibini, shuningdek ta’lim-tarbiya faoliyati sifatini nazorat qilishning
huquqiy asoslarini takomillashtirish;
- davlat ta’lim standartlari talablarining ta’lim sifati va kadrlar tayyorlashga qo‘yiladigan
xalqaro talablarga muvofiqligini ta’minlash.
Umumiy o‘rta ta’lim davlat ta’lim standartining asosiy prinsiplari
Davlat ta’lim standarti quyidagi asosiy prinsiplarga asoslanadi:
- o‘quvchi shaxsi, uning intilishlari, qobiliyati va qiziqishlari ustuvorligi;
- umumiy o‘rta ta’lim mazmunining insonparvarligi;
- davlat ta’lim standartining ta’lim sohasidagi davlat va jamiyat talablariga, shaxs ehtiyojiga
mosligi;
- umumiy o‘rta ta’limning boshqa ta’lim turlari va bosqichlari bilan uzluksizligi va ta’lim
mazmunining uzviyligi;
26
- umumiy o‘rta ta’lim mazmunining respublikadagi barcha hududlarda birligi va yaxlitligi;
- umumiy o‘rta ta’limning mazmuni, shakli, vositalari va usullarini tanlashda innovatsiya
texnologiyalariga asoslanilganligi;
- o‘quvchilarda fanlarni o‘rganish va ta’lim olishni davom ettirish uchun tayanch va fanlarga
oid umumiy kompetensiyalarni rivojlantirishning ta’minlanganligi;
- rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ta’lim sohasida me’yorlarni belgilash tajribasidan milliy
xususiyatlarni hisobga olgan holda foydalanish;
- ta’lim va uning pirovard natijalari, o‘quvchilarning malaka talablarini egallaganlik darajasini
tizimli baholash tartibini, shuningdek, ta’lim-tarbiya faoliyati sifatini nazorat qilishning
huquqiy asoslarini takomillashtirish;
- davlat ta’lim standartlari talablarining ta’lim sifati va kadrlar tayyorlashga qo‘yiladigan
xalqaro talablarga muvofiqligini ta’minlash.
Davlat ta’lim standartining tarkibiy qismlari
Davlat ta’lim standarti quyidagi tarkibiy qismlardan iborat:
o
umumiy o‘rta ta’limning tayanch o‘quv rejasi;
o
umumiy o‘rta ta’limning o‘quv dasturi;
o
umumiy o‘rta ta’limning malaka talablari;
o
baholash tizimi.
Umumiy o‘rta ta’limning tayanch o‘quv rejasi
(keyingi o‘rinlarda — tayanch o‘quv
reja deb ataladi) umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘qitiladigan o‘quv fanlari nomi, o‘quv
yuklamasining minimal hajmi hamda ularning sinflar bo‘yicha taqsimoti belgilangan hujjat
hisoblanadi. Tayanch o‘quv reja umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining dars jadvalini ishlab
chiqish uchun asos hisoblanadi. Tayanch o‘quv reja umumta’lim fanlari bo‘yicha belgilangan
ta’lim mazmunini o‘quvchiga yetkazish uchun ajratilgan o‘quv soatlari (davlat ixtiyoridagi va
maktab ixtiyoridagi soatlar)ning minimal hajmini belgilaydi.
Umumiy o‘rta ta’limning o‘quv dasturi
(keyingi o‘rinlarda — o‘quv dasturi deb
ataladi) tayanch o‘quv rejaga muvofiq o‘quv fanlarining sinflar va mavzular bo‘yicha hajmi,
mazmuni, o‘rganish ketma-ketligi va shakllantiriladigan kompetensiyalari belgilangan hujjat
hisoblanadi.
O‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Umumiy o‘rta ta’limning malaka talablari
umumta’lim fanlari bo‘yicha ta’lim
mazmunining majburiy minimumi va yakuniy maqsadlariga, o‘quv yuklamalari hajmiga
hamda ta’lim sifatiga qo‘yiladigan talablardan iborat bo‘lib, u quyidagilardan tashkil topadi:
bilim
— o‘rganilgan ma’lumotlarni eslab qolish va qayta tushuntirib berish;
ko‘nikma
— o‘rganilgan bilimlarni tanish vaziyatlarda qo‘llay olish;
malaka
— o‘rganilgan bilim va shakllangan ko‘nikmalarni notanish vaziyatlarda qo‘llay
olish va yangi bilimlar hosil qilish;
kompetensiya
— mavjud bilim, ko‘nikma va malakalarni kundalik faoliyatda qo‘llay
olish qobiliyati.
Baholash tizimi
— davlat ta’lim standarti bo‘yicha umumiy o‘rta ta’limning malaka
talablarini o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishi darajasini hamda umumiy o‘rta ta’lim
muassasasining faoliyati samaradorligini aniqlaydigan mezonlar majmuidan iborat.
27
References:
1.
“O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish
konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” PF-5712-son Farmon (2019-yil 29-aprel)
2.
“2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi
to‘g‘risida” PF-60-son Farmon (2022-yil 28-yanvar)
3.
“2022 — 2026-yillarda Xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash
to‘g‘risida” PF-134-son Farmon (2022-yil 11-may)
4.
“Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini
samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-79-son Farmon (2023-yil 26-may)
