31
NOMUSGA TEGISH JINOYATI, USHBU JINOYATLARNI TERGOV QILISHDA
SO‘ROQ QILISH TERGOV HARAKATINING AHAMIYATI
Tadjiyev Azamat Aliboyevich
O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi
“Tergov faoliyati” kafedrasi katta o'qituvchisi
Jamolov Muhammadali Sanjar o‘g‘li
O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi 3-bosqich 324-guruh kursanti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15624788
Annotatsiya.
Ushbu maqolada nomusga tegish jinoyati, uning jinoiy huquqiy tavsifi,
ushbu turdagi jinoyatlarni tergov qilishda so‘roq qilish tergov harakatining o‘ziga xos
hususiyatlari ilmiy-amaliy tahlil qilingan.
Kalit so‘zlar:
Jinoyat, nomusga tegish, jinsiy erkinlik, jinsiy erkinliga qarshi qaratilgan
jinoyatlar, so‘roq qilish, tergov, tergov harakatlari, ruhiy holat, aqli rasolik.
Ushbu jinoyatning bevosita obyekti jabrlanuvchining jinsiy erkinliginita’minlovchi
ijtimoiy munosabatlar, oʻz xohishiga koʻra jinsiy sherigini tanlash huquqi, shuningdek, 16
yoshga toʻlmagan shaxslarning jinsiy daxlsizligi hisoblanadi. Nomusga tegishning qoʻshimcha
obyekti jabrlanuvchining hayoti va (yoki) sogʻligi boʻlishi mumkin. Sud-tergov amaliyotini
oʻrganish aksariyat hollarda ayollar jabrlanuvchi boʻlishi, ammo erkaklar ham jinoyatdan jabr
koʻrganligi haqida dalolat beradi
1
.
Jabrlanuvchi ayol (erkak)ning xohish-irodasiga qarshi u bilan jinsiy aloqada boʻlish,
jabrlanuvchi bokira qizmi yoki «koʻhna» kasb vakili (fohisha)mi bundan qat’i nazar, zoʻrlab
nomusga tegish hisoblanadi, chunki qonun axloq-odobidan qat’i nazar barchaning jinsiy
erkinligini himoya qiladi. Er-xotinlardan birontasi, hatto ular rasmiy nikohda boʻlishsa ham,
nomusga tegish natijasida jabrlanuvchi boʻlishi mumkin, zero, nikoh erxotinni jinsiy
erkinlikdan mahrum qilmaydi. Jinoyatning obyektiv tomoni zoʻrlik ishlatib, qoʻrqitib yoki
jabrlanuvchining ojizligidan foydalanib jinsiy aloqa qilishda ifodalanadi. Jinsiy erkinlikka qarshi
jinoyatlar Nomusga tegish JK 118-m. Jinsiy ehtiyojni zo'rlik ishlatib g'ayritabiiy usulda
qondirish JK 119-m. Besoqolbozlik JK 120-m. Ayolni jinsiy aloqa qilishga majbur etish JK 121-
m. Nomusga tegish tarzidagi jinsiy aloqa qilish deganda, faqat tabiiy jinsiy aloqani, ya’ni jinsi
qarama-qarshi boʻlgan erkak jinsiy a’zosining ayol jinsiy a’zosiga kiritish yoʻli bilan qovushishni
tushunish lozim. Fiziologik nuqtai nazardan normal jinsiy aloqa qilish bilan bogʻliq boʻlmagan
boshqa zoʻrlik ishlatish bilan bogʻliq harakatlar – besoqolbozlik, ayolning jinsiy ehtiyojini ayol
bilan zoʻrlik ishlatib qondirishi va boshqa harakatlar nomusga tegish hisoblanmaydi va JK 119-
moddasida nazarda tutilgan jinoyat tarkibini tashkil qiladi
2
.
Nomusga tegish vaqtida aybdor qoʻllagan zoʻrlik jismoniy yoki ruhiy boʻlishi mumkin.
Nomusga tegish vaqtida jismoniy zoʻrlik ishlatish mushtlash, kaltaklash, jismoniy azob berish,
badanga yengil yoki oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish, zoʻrlab ma’lum bir holatda turishga
majburlash va hokazo tarzida boʻlishi mumkin. Nomusga tegish vaqtida jabrlanuvchining
1
Б.Б.Муродов. Жиноят-протсессуал қонун нормаларини эркинлаштириш йўллари // Олий юридик ўқув
юртларида инсон ҳуқуқлари муҳофазасини таъминловчи фанларнинг ўқитишнинг замонавий муаммолари.
Тошкент. Ўзбекистон Миллий университети ҳуқуқшунослик факултети 2009. Б. 66-69.
2
Б.Б.Муродов. Жиноят-протсессуал муносабатларда ҳимоячининг иштироки // “Адвокатлик фаолияти: назария
ва амалиёт масалалари” мавзусидаги илмий-амалий конференция материаллари. ЎзР Президенти ҳузуридаги
Амалдаги қонун ҳужжатлари мониторинги институти. – Тошкент, 2010. Б. 171-175.
32
badaniga ogʻir shikast yetkazilgan hollarda aybdorning qilmishi Oʻzbekiston Respublikasi JK
118-moddasi 3-qismi «d» bandi bilan kvalifikatsiya qilinadi. Odatda zoʻrlik ishlatish va qarshilik
koʻrsatish bir-biri bilan bogʻliq boʻladi, qarshilik kuchaygani sayin zoʻrlik ham kuchayib
boraveradi. Lekin alohida olingan har bir holda qarshilik samimiy yoki soxta, mugʻombirlik
yoxud qichiq yoʻsinda boʻlganligi aniqlanishi zarur. Basharti, jabrlanuvchi samimiy qarshilik
koʻrsatmagan boʻlsa, aybdorning harakati nomusga tegish tarkibini tashkil etmaydi. Odatda,
zoʻrlikning xususiyati va darajasi qarshilikning xususiyatiga muvofiq boʻladi. Biroq har bir
holatda qarshilik haqiqiy boʻlganmi yoki soxtami aniqlanishi lozim. Agar jabrlanuvchi haqiqiy
qarshilik koʻrsatmagan boʻlsa, aybdorning harakatlarida nomusga tegish alomatlari mavjud
boʻlmaydi.
Nomusga tegish vaqtidagi ruhiy zoʻrlik deganda, jabrlanuvchiga nisbatan yoki uning
irodasini sindirish maqsadida uning yaqin kishilariga nisbatan jismoniy zoʻrlik ishlatish bilan
qoʻrqitishda ifodalanadigan ta’sirni tushunish lozim. Qoʻrqitish va uni amalga oshirish
imkoniyati jabrlanuvchini shunday ahvolga solib qoʻyishi kerakki, u aybdorning shahvoniy
intilishlariga qarshilik koʻrsata olmay qolgan boʻlishi lozim. Qoʻrqitish ogʻzaki tarzda
qoʻrqituvchi imo-ishoralar, jabrlanuvchi sogʻligiga ziyon yetkazishi mumkin boʻlgan qurol yoki
boshqa ashyolar bilan qoʻrqitish, mulkni nobud qilish, jabrlanuvchini sharmanda qiluvchi
ma’lumotlarni tarqatish bilan qoʻrqitish, shantaj orqali amalga oshiriladi. Jinoyat subyekti
oldida bir necha shaxslar boʻlgan taqdirda qoʻrqitish jabrlanuvchining aybdor bilan jinsiy aloqa
qilishdan bosh tortganda bir guruh shaxslar tomonidan nomusga tegishni amalga oshirishida
ifodalanishi mumkin.
Jabrlanuvchining irodasini sindirish usuli sifatidagi qoʻrqitish aniq boʻlishi kerak.
Qoʻrqitish ham jabrlanuvchining manfaatlariga nisbatan, ham uning yaqin kishilari (bolalari,
ota-onasi, yaqin qarindoshlari va hokazo)ga nisbatan boʻlishi mumkin. Badanga har xil shikast
yetkazish bilan qoʻrqitish uchun javobgarlik JK 118-moddasi 1-qismi bilan qamrab olinadi, shu
sababdan JK 112-moddasi bilan qoʻshimcha kvalifikatsiya talab qilinmaydi. Agar jabrlanuvchi
tajovuz qiluvchi bilan jinsiy aloqaga kirishmasa, uning oʻzini oʻldirish yoki sogʻligiga shikast
yetkazish bilan qoʻrqitish jabrlanuvchini noiloj ahvolga solib qoʻymaydi, uning qarshilik
koʻrsatish irodasini toʻla falaj qilmaydi, shu munosabat bilan bunday hollarda nomusga tegish
yoki shunga tajovuz uchun javobgarlik boʻlmaydi. Qoʻrqitish jabrlanuvchining erkin
harakatlarini falaj qilish, uning irodasini sindirishga qodir darajada jiddiy boʻlganmi-yoʻqmi,
buni alohida olingan har bir holda sud hal qiladi
3
.
Jabrlanuvchining ojizligidan foydalanish deganda, oʻziga nisbatan sodir etilayotgan
harakatning mohiyati va ahamiyatini idrok qila olmaydigan yoki idrok etgan taqdirda ham
zoʻravonga qarshilik koʻrsatish imkoniyatiga ega boʻlmagan jabrlanuvchi bilan jinsiy aloqada
boʻlish tushuniladi. Ojizlik holati ruhiy yoki jismoniy boʻlishi mumkin. Ruhiy ojizlik deganda,
jabrlanuvchining ruhiy holati tufayli (xastaligi, hushsizligi, yosh bolaligi) oʻziga nisbatan sodir
etilayotgan jinsiy aloqaning ahamiyatini idrok etmasligi tushuniladi. Ojiz ahvoldagi shaxs
deganda, shuningdek, aybdorning oʻz maqsadiga erishish uchun qilgan harakatlari va nomusga
tegish vaqtidagi sharoit natijasida jabrlanuvchida vujudga kelgan ruhiy tushkunlik nazarda
tutiladi. Bunday holatda jabrlanuvchi aybdor irodasiga boʻysunadi. Bunday holatni toʻgʻri
3
А.Т.Аширбоев. Cуриштирув ва дастлабки терговни тўхтатиш институти: халқаро тажриба ва ўзбекистон
қонунчилигини такомиллаштириш истиқболлари //Общественные науки в современном мире: теоретические и
практические исследования. – 2024. – Т. 3. – №. 14. – С. 37-42.
33
baholash uchun jabrlanuvchining nomusga tegish oldidan qilgan harakatlarining psixiatriya
ekspertiza xulosasi talab qilinadi. Shuningdek, sud psixiatriya ekspertizasini jabrlanuvchining
u bilan sodir etgan harakatlarining mohiyatini tushunganligini aniqlash maqsadida
jabrlanuvchining ruhiy holati buzilganida amalga oshirishi mumkin. Jismoniy ojizlik deganda,
shaxs aybdorning oʻzi bilan jinsiy aloqaga kirishayotganini tushunsa ham oʻzining jismoniy
nuqsoni tufayli, zoʻravonga qarshilik koʻrsatish imkoniyatiga ega boʻlmagan holati (nogironligi
natijasida, qarib qolganligi, jismoniy toliqqanligi sababli va hokazo) tushuniladi.
Jabrlanuvchining juda yoshligi, agar u oʻzi bilan jinsiy aloqa qilishga rozilik bergan boʻlsa,
uning ojizlik holatidan foydalanib nomusga tegish, ya’ni yosh bola bilan jinsiy aloqa qilish deb
kvalifikatsiya qilish uchun asos boʻlmaydi. Alohida har bir holda jabrlanuvchining oʻz yoshidan
kelib chiqib, uning jinsiy aloqaning mohiyatini tushungan yoki tushunmaganligini aniqlash
zarur. Shu sababli oʻziga nisbatan sodir etilayotgan jinsiy aloqaning xususiyati va ahamiyatini
anglamasa qilmish nomusga tegish deb kvalifikatsiya qilinishi kerak. Basharti, kichik yoshdagi
bola oʻzi bilan sodir etilayotgan jinsiy aloqaning ahamiyatini tushungan va oʻzi jinsiy aloqaga
rozilik bergan boʻlsa, aybdorning qilmishi Oʻzbekiston Respublikasi JK 128-moddasi bilan
kvalifikatsiya qilinishi lozim, buning uchun jabrlanuvchining Voyaga yetmaganligini
ayblanuvchi oldindan bilganligi zaruriy shart hisoblanadi. Ichkilik yoki giyohvandlik vositasi
ta’sirida mast holda boʻlgan jabrlanuvchi bilan zoʻrlik ishlatmay va qoʻrqitmay jinsiy aloqada
boʻlish jinsiy aloqani jabrlanuvchining ojizligidan foydalanib sodir etilgan deb e’tirof etish
uchun asos boʻla olmaydi. Bu vaziyatda ojizlik holati deganda, mastlikning shunday darajasi
tushuniladiki, bunda jabrlanuvchi oʻzi bilan jinsiy aloqaga kirishilayotganini idrok eta olmaydi
yoki unga qarshilik koʻrsata olmaydi. Nomusga tegish tarzidagi qilmishlarni kvalifikatsiya
qilishda jabrlanuvchining ana shunday (ojiz) holatga tushishiga oʻzi yoki boshqa biron kishi
sabab boʻlganligi (masalan, aybdorning jabrlanuvchiga spirtli ichimliklar ichirganligi,
giyohvandlik vositalari yoki uyqu dorisi berganligi va boshq.) yoki jabrlanuvchining oʻzi
aybdorning ta’sirisiz ojiz ahvolda boʻlganligi ahamiyat kasb etmaydi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib holda ushbu jinoyatlarda so’roq qilish tergov harakatining
ahamiyati katta.
Nomusga tegish
jinoyati, O'zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga
binoan, odamning sha'ni, qadr-qimmati va shaxsiy obro'siga nisbatan tajovuz qilishni anglatadi.
Bu jinoyat, ko'pincha, jismoniy yoki ruhiy zo'ravonlik, tuhmat, haqorat, yoki boshqa tajovuzlar
orqali amalga oshiriladi. So'roq qilish, odatda, bu jinoyatni aniqlashda muhim rol o'ynaydi,
chunki nomusga tegish holatlarida jabrlanuvchi shaxslar ko'pincha o'z sha'nini yoki obro'sini
himoya qilishga intilishadi, bu esa so'roq jarayonining nozik va ehtiyotkorlik bilan amalga
oshirilishini talab qiladi
4
.
Nomusga tegish jinoyatining so'roq qilinishi
jarayoni va unga oid ba'zi muhim jihatlar
quyidagicha bo'lishi mumkin:
Jabrlanuvchi shaxsni ehtiyotkorlik bilan so'roq qilish:
Nomusga tegish jinoyati
bo'yicha so'roq jarayonida, jabrlanuvchining hissiy va ruhiy holati inobatga olinishi zarur.
Jabrlanuvchi, ko'pincha, jismoniy yoki ruhiy zo'ravonlikdan aziyat chekkan bo'lishi mumkin,
shuning uchun ularning huquqlari himoya qilinishi va psixologik yordam taqdim etilishi kerak.
Jabrlanuvchining himoya qilinishi:
Jabrlanuvchi shaxsga jismoniy va psixologik bosim
4
Н.Қ.Усманалиев. “Оқилона муддат” тамоийилини жорий этиш назарий ва амалий жиҳатлари //Наука и
инновации в системе образования. – 2025. – Т. 4. – №. 3. – С. 44-50.
34
o'tkazmaslik, uni qayta travmatizatsiya qilmaslik zarur. Nomusga tegish holatlari odatda
jamiyatda noqulay ijtimoiy natijalarga olib kelishi mumkin, shuning uchun ularning huquqlari
har tomonlama himoya qilinishi kerak.
Tergovchi shaxsning rolini tushunish:
Tergovchi nomusga tegish jinoyatini aniqlashda
ijobiy va professional usullardan foydalanishi kerak. Jabrlanuvchi bilan o'zaro aloqalar
ehtiyotkorlik bilan qurilishi, har qanday zo'ravonlik va nohaqlikdan saqlanishi kerak.
Maxfiylikni saqlash:
Nomusga tegish jinoyati ko'pincha odamlarning jamiyatda
obro'siga ta'sir qiladi, shuning uchun tergov jarayonida maxfiylikni ta'minlash muhimdir. Bu,
nafaqat jabrlanuvchi, balki guvohlar, tergovchilar va boshqa jarayonga oid shaxslar uchun ham
amal qilishi kerak
5
.
Jinoyatchi tomonidan so'roq qilish:
Nomusga tegish jinoyatiga aloqador shaxsning
so'roqi, barcha qonuniy va protsessual talablar asosida amalga oshirilishi kerak. Jinoyatni sodir
etgan shaxsning huquqlari (advokatning ishtirok etishi, nohaq so'roq qilishdan saqlanish)
himoya qilinishi zarur
6
.
Tergov va sudda huquqiy yordam:
Jinoyatchi o'z huquqlarini bilishi va advokat
tomonidan huquqiy yordam olish imkoniyatiga ega bo'lishi kerak. Sud jarayonida, agar
jinoyatni sodir etgan shaxsni jazolash kerak bo'lsa, uning shaxsiy holati va jinoyatni sodir etish
sabablarini aniqlashda ehtiyotkorlik bilan yondashish zarur
7
.
Psixologik yordam:
Nomusga tegish jinoyatini boshidan kechirgan shaxslar uchun
so'roq qilishda psixologik yordam taqdim etish kerak. Jabrlanuvchiga yoki guvohlarga so'roq
davomida muayyan noxush hissiyotlar yuzaga kelishi mumkin, bu esa ularning ishonchiga,
so'zlashuvga va sudda ko'rib chiqish natijalariga ta'sir ko'rsatishi mumkin. Shu sababli,
psixologik xizmatlar yordamida jarayonning insonsiz va shaxsiyatga zarar yetkazmasdan
o'tishini ta'minlash zarur
8
.
Dalillarni to'plash:
Nomusga tegish jinoyatida, tergov va sud jarayonlarida, tegishli
dalillarni to'plash juda muhim. Bunga ko'pincha guvohliklar, video va audio materiallar,
hujjatlar va boshqa dalillar kiradi. So'roq jarayonida dalillarni to'plashda, so'roq qiluvchi
shaxslarning ehtiyotkorligi va nohaqlikdan saqlanishi lozim.
Odamning obro'siga ta'sir:
Nomusga tegish jinoyati, ko'pincha jabrlanuvchining ijtimoiy
obro'siga salbiy ta'sir ko'rsatadi. So'roq va tergov jarayonida bunday ta'sirlarni kamaytirish
uchun, jamiyatda inson huquqlari, obro'ni hurmat qilish va shaxsiy hayotni himoya qilish
muhim
9
.
Jazo turi:
Nomusga tegish jinoyati uchun jazo jinoyatning og'irligiga qarab belgilanishi
5
Ш.Ш.Суюнов. Гиёҳвандлик воситаларини, уларнинг аналогларини ёки психотроп моддаларини сотиш
мақсадисиз ноқонуний ишлаб чиқариш, олиш, сақлаш, жинояти тушунчаси // Жамият ва инновация. – 2025. – В.
6. – Но 1/С. – Б. 267-277.
6
Ш.Ш.Суюнов. Компютер техника воситалари орқали содир этилган фирибгарлик жинояти турлари. “Замонавий
дунёда педагогика ва психология” номли Республика илмий-амалий конференцияси. 9.06.2023 йил
7
Ш.Ш.Суюнов. Гиёҳвандлик воситаларини, уларнинг аналогларини ёки психотроп моддаларини сотиш
мақсадисиз ноқонуний ишлаб чиқариш, олиш, сақлаш, жинояти тушунчаси // Жамият ва инновация. – 2025. – В.
6. – Но 1/С. – Б. 267-277.
8
Ш.Ш.Суюнов. Гиёҳвандлик воситалари ёки психотроп моддалар билан қонунга хилоф равишда муомала
қилишдан иборат жиноятларни квалификатсия қилишнинг муҳим жиҳатлари. “Талқин ва тадқиқотлар”
Республика илмий-услубий журнали 10сони. 01.10.2022 йил Б. 105-109.
9
Ш.С.Агоев., Ташев У. Экспертиза фаолиятининг арманистон республикаси жиноят-протсессуал
қонунчилигидаги ҳуқуқий асослари //Развитие и инновации в науке. – 2024. – Т. 3. – №. 6. – С. 48-56.
35
kerak. Bu, shaxsning avvalgi jinoyatlari, jinoyatning sodir etilish shartlari va jabrlanuvchining
holati bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Jazolar turli xil bo'lishi mumkin: jarima, ozodlikdan
mahrum qilish, shartli jazolar va boshqalar.
Nomusga tegish jinoyatini tergov qilish va so'roq qilishda, tergovchi va boshqa huquqiy
organlar tomonidan barcha qonuniy me'yorlarga rioya qilish zarur. Shuningdek, bu
jarayonlarda jabrlanuvchi shaxsning huquqlari himoya qilinishi va uning sha'ni, qadr-qimmati
saqlanishi kerak
10
.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси.
2.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг 25.01.2020 йилдаги
Олий Мажлисга Мурожаатномаси. // [Електрон манба].
3.
Ўзбекистон юридик энциклопедияси. –Т., 2009. – Б. 199.
4.
Ўзбекистон миллий энциклопедияси. Т.4. –Т., 2002. – Б. 47.
5.
Б.Б.Муродов.
Жиноят-протсессуал қонун нормаларини эркинлаштириш йўллари //
Олий юридик ўқув юртларида инсон ҳуқуқлари муҳофазасини таъминловчи
фанларнинг ўқитишнинг замонавий муаммолари. Тошкент. Ўзбекистон Миллий
университети ҳуқуқшунослик факултети 2009. Б. 66-69.
6.
Б.Б.Муродов.
Жиноят-протсессуал муносабатларда ҳимоячининг иштироки //
“Адвокатлик фаолияти: назария ва амалиёт масалалари” мавзусидаги илмий-амалий
конференция материаллари. ЎзР Президенти ҳузуридаги Амалдаги қонун ҳужжатлари
мониторинги институти. – Тошкент, 2010. Б. 171-175.
7.
Б.Б.Муродов.
Хусусий айблов институтини қўллаш самарадорлигини ошириш
йўллари // Хусусий айблов ва ярашув институтларини такомиллаштириш чоралари:
Республика илмий-амалий конференцияси материаллари. Т:Ўзбекистон Республикаси
ИИВ Академияси, 2015й.Б. 34-40.
8.
Б.Б.Муродов.
“Жиноятларни тергов қилиш методикаси” фанидан ўқув дастури. Т.:
Ўзбекистон Республикаси ИИВ Академияси, 2012. Б.24
9.
Ш.Ш.Суюнов.
Гиёҳвандлик воситалари ёки психотроп моддалар билан қонунга
хилоф равишда муомала қилишдан иборат жиноятларни квалификатсия қилишнинг
муҳим жиҳатлари. “Талқин ва тадқиқотлар” Республика илмий-услубий журнали
10сони. 01.10.2022 йил Б. 105-109.
10.
Ш.Ш.Суюнов.
Компютер техника воситалари орқали содир этилган фирибгарлик
жинояти турлари. “Замонавий дунёда педагогика ва психология” номли Республика
илмий-амалий конференцияси. 9.06.2023 йил
11.
Ш.Ш.Суюнов.
Ҳодиса содир бўлган жойни кўздан кечириш тергов харакатининг
жиноят содир этган шахсларни аниқлаш хамда уларнинг айбини исботлашдаги
10
Хушвактова Н.А. Факторы, препятствующие эффективному использо-ванию общественного участия в
досудебном производстве / Н.А. Хушвактова // Теоретические аспекты юриспруденции и вопросы
правоприменения: сб. ст. по материалам LXV Международной научно-практической конференции
«Теорети¬ческие аспекты юриспруденции и вопросы правоприменения». – № 11(65). – Москва, Изд.
«Интернаука», 2022. DOI:10.32743/25419889.2022.11.65.346588
36
ахамияти. “Замонавий дунёда педагогика ва психология” номли Республика илмий-
амалий конференцияси.
12.
Ш.Ш.Суюнов.
Гиёҳвандлик воситаларини, уларнинг аналогларини ёки психотроп
моддаларини сотиш мақсадисиз ноқонуний ишлаб чиқариш, олиш, сақлаш, жинояти
тушунчаси // Жамият ва инновация. – 2025. – В. 6. – Но 1/С. – Б. 267-277.
13.
А.Т.Аширбоев.
Айбланувчининг қаерда эканлиги номаълум бўлган ҳолларда
жиноят ишини тўхтатишнинг назарий ва амалий жиҳатлари. Жамият ва инновациялар
№ 1 (2024).– 2024. – 314-320 б.
14.
А.Т.Аширбоев.
Жиноят
ишини
тўхтатиш
тушунчаси
ва
аҳамияти.
Эксмерткриминалистик фаолият: истиқболлар ва инновациялар мавзусидаги халқаро
конференция материллари тўплами. Т., Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар
вазирлиги Академияси, 2023. – Б. 381-388.
15.
А.Т.Аширбоев.
Айбланувчининг иштирокини таъминлаш имкони бўлмаган
тақдирда дастлабки терговни тўхтатиш: Назария ва амалиёт. Ўзбекистон Республикаси
Фанлар Академияси Қорақалпоғистон бўлимининг Ахборотномаси № 1 (2024).– 2024.
95-98 б.
16.
А.Т.Аширбоев
. Cуриштирув ва дастлабки терговни тўхтатиш институти: халқаро
тажриба
ва
ўзбекистон
қонунчилигини
такомиллаштириш
истиқболлари
//Общественные науки в современном мире: теоретические и практические
исследования. – 2024. – Т. 3. – №. 14. – С. 37-42.
17.
Н.Қ.Усманалиев.
“Оқилона муддат” тамоийилини жорий этиш назарий ва амалий
жиҳатлари //Наука и инновации в системе образования. – 2025. – Т. 4. – №. 3. – С. 44-50.
18.
Н.Қ.Усманалиев.
Жиноят ишини юритишни тўхтатиш ва тиклаш муддатлари билан
боғлиқ айрим мулоҳазалар //Теоретические аспекты становления педагогических наук.
– 2025. – Т. 4. – №. 6. – С. 40-47.
19.
Н.Қ.Усманалиев.
Протсессуал
муддатларнинг
ҳисоблашда
қўлланилувчи
меъзонларнинг айрим жиҳатлари //проблемс анд солутионс оф сcиентифиc анд
инновативе ресеарч. – 2024. – Т. 1. – №. 3. – С. 25-30.
20.
Н.Қ.Усманалиев. Байназов Ж
. Ўғирлик жинояти бўйича ҳодиса содир бўлган жойни
кўздан кечириш тергов ҳаракатининг янги усуллари //Наука и инновации в системе
образования. – 2024. – Т. 3. – №. 8. – С. 69-74.
21.
Ш.С.Агоев., Шакирова С
. Қийнаш жиноятини тергов қилиш: назария ва амалиёт
//Развитие и инновации в науке. –2024. – Т. 3. – №. 6. – С. 75-81.
22.
Ш.С.Агоев., Абдухамидов А
. Гувохлантириш тергов харакатини ўтказишнинг
ахамияти //Общественные науки в современном мире: теоретические и практические
исследования. – 2024. – Т. 3. – №. 7. – С. 49-51.
23.
Ш.С.Агоев., Асатуллаев Д
. Ахборот технологиялари соҳасидаги ўғирлик
жиноятларни тергов қилишнинг ўзига хос хусусиятлари //Общественные науки в
современном мире: теоретические и практические исследования. – 2024. – Т. 3. – №. 7. –
С. 31-35.
24.
Ш.С.Агоев., Ташев У
. Экспертиза фаолиятининг арманистон республикаси жиноят-
протсессуал қонунчилигидаги ҳуқуқий асослари //Развитие и инновации в науке. –
2024. – Т. 3. – №. 6. – С. 48-56.
25.
Хушвактова Н.А
. Факторы, препятствующие эффективному использо-ванию
37
общественного участия в досудебном производстве / Н.А. Хушвактова // Теоретические
аспекты юриспруденции и вопросы правоприменения: сб. ст. по материалам LXV
Международной научно-практической конференции «Теорети¬ческие аспекты
юриспруденции и вопросы правоприменения». – № 11(65). – Москва, Изд. «Интернаука»,
2022. DOI:10.32743/25419889.2022.11.65.346588
26.
Хушвактова Н.А
. Коррупцияга оид жиноятларни фош қилиш ва тергов қилишда
жамоатчилик ёрдамидан фойдаланиш // «Давлат бошқаруви соҳасида коррупциявий
хавф-хатарларни бартараф этиш механизмларини такомиллаштириш масалалари»:
республика илмий-амалий конференцияси тўплами – Тошкент давлат юридик
университетининг ихтисослаштирилган филиали, Т: 2022. Б.78-83.
