4
ALİSHER NAVOİY ASARLARİDA HİLM, SAXOVAT VA HİMMAT HAQİDA
Olimova Ruxshona Ravshan qizi
Navoiy davlat universiteti Oʻzbek tili va adabiyoti yoʻnalishi 2-kurs talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15614027
Annotatsiya:
Bu maqaolada Alisher Navoiy asarlarida, xususan “Mahbub ul-qulub”da
ilgari surilgan hilm (sabr va kechirimlilik), saxovat (yordam va qo‘l ochiqlik) hamda himmat
(jasorat va kuchli iroda) fazilatlari haqida 6-sinf o‘quvchilari uchun sodda va tushunarli tahlil
berilgan. Maqola yosh kitobxonlarga ushbu insoniy fazilatlarning hayotdagi o‘rni va
ahamiyatini anglatishga qaratilgan.
Kalit so‘zlar
Alisher Navoiy, Mahbub ul-qulub, hilm, saxovat, himmat, 6-sinf, fazilat, sabr, kechirimlilik,
yordam, jasorat.
Kirish
Salom, aziz o‘quvchilar!
Bugun biz buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy bobomizning “Mahbub ul-qulub”
asaridan o‘rganamiz. Bu asarda hilm, saxovat va himmat kabi insoniy fazilatlar haqida so‘z
yuritiladi. Keling, bu tushunchalarni birgalikda o‘rganamiz!
Hilm degani – sabrli, muloyim va kechirimli bo‘lish demak. Navoiy aytadiki, agar kimdir
sizga yomonlik qilsa, siz unga yomonlik bilan javob bermang. Aksincha, sabr qiling, kechiring.
Chunki sabrli odamlar doimo yutadi. "Hilm – axloqli odamning qimmatbaho libosi va u kiyim
turlarining eng chidamli matosidir. U – yomon nafsni daydi shamol uchirishidan asraguvchi va
ikkiyuzlama munofiqlarning behuda harakatidan himoya qiluvchi" ,- deydi Navoiy bobomiz.
Keling oʻquvchilar bu jumlaga ham eʼtibor qaratamiz: Chuchuk til achchiqqa aylansa,
ko‘pchilikka zarari tegadi; qanddan may tayyorlansa harom bo‘ladi. Shirin so‘z sof ko‘ngillar
uchun asal kabi totlidir; bolalar uchun muloyim tabiatli odamhalvofurush kabi
sevimlidir.Demak oʻquvchilar ,korib turganimizdek biz ham chiroyli,muloyim soʻzli boʻlishimiz
kerak ekan.
Misol: Agar sinfdoshimiz bizga qattiq gapirsa, biz unga muloyimlik bilan javob bersak, u
xatosini tushunadi va do‘stligimiz mustahkamlanadi.
Saxovat – boshqalarga yordam berish, qo‘l ochiqlik degani. Navoiy saxovatli bo‘lishni juda
qadrlaydi. U aytadi: “Ovqatim uvol bo‘lmasin desang – yedir, libosim eskirmasin desang –
kiydir.” Ya’ni, agar ovqatingiz barakali bo‘lishini istasangiz, boshqalar bilan bo‘lishing;
kiyimingiz eskirmasligini istasangiz, uni boshqalarga bering.Saxovat insoniyat bog‘ining
hosildor daraxti, balki u daraxtning foydali mevasidir. Saxovat odamiylik mulkining mavj urib
turgan dengizidir, balki u to‘lqinli dengizning bebaho gavharidir. Saxovatsiz odam yog‘insiz
bahor bulutiga va hidi yo‘q mushk-anbarga o‘xshaydi.
Misol: Agar bizda ortiqcha daftar bo‘lsa, uni daftari yo‘q do‘stimizga bersak, bu saxovat
bo‘ladi.
Himmat – bu jasorat, kuchli iroda va boshqalarga foydali bo‘lish istagi. Navoiy himmatli
odamlarni ulug‘laydi. U aytadi: “Himmatli bo‘l, boshqalarga yordam ber, yaxshi ishlar qil.”
Himmatli odamlar hech qachon dangasa bo‘lmaydi, doimo harakatda bo‘ladi.
Misol: Agar sinfimizda kimdir qiyinchilikka duch kelsa, biz unga yordam bersak, bu
bizning himmatimizni ko‘rsatadi.
Xulosa
5
Alisher Navoiy bizga o‘z asarlari orqali shunday deydi: “Sabrli bo‘ling (hilm), boshqalarga
yordam bering (saxovat), jasur va foydali ishlar qiling (himmat).” Agar biz bu fazilatlarni
o‘zimizda rivojlantirsak, yaxshi insonlar bo‘lamiz.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Alisher Navoiy. “Mahbub ul-qulub”. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi NMIU, 2017.
2.
6-sinf “Adabiyot” darsligi. – Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi,
2017.
3.
Navoiy asarlari tahliliga bag‘ishlangan uslubiy qo‘llanmalar.
