ZAMONAVIY DAVLAT BOSHQARUVIDA SIYOSIY YETAKCHILARNI BAHOLASHNINNG KONSEPTUAL ASOSLARI

Annotasiya

Mazkur maqolada zamonaviy davlat boshqaruvida siyosiy yetakchilarning faoliyatini baholashning nazariy asoslari keltirib o‘tiladi. Bu borada bir qator olimlar va tatqiqotchilarning ishlariga tahliliy baho beriladi. Mazkur maqolada siyosiy yetakchilarning faoliyatini baholash zarurati va dolzarblik xususiyatlari ham tahlil qilinadi. Zamonaviy davlat boshqaruvida siyosiy yetakchilarning faoliyat dinamikasiga nisbatan yondashuvlar va ular asosidagi nazariy tatqiqot ishlari konteksi haqida ma’lumotlar berib o‘tiladi. Shuningdek, hozirgi vaqtda dolzarb bo‘lgan muammo siyosiy yetakchilarning asosiy konseptual strukturasini tuzish orqali amaliy faoliyat vektorlarida samaradorlik ko‘rsatkichlari haqida ham ma’lumotlar berib boriladi.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Mardanov , S. . (2025). ZAMONAVIY DAVLAT BOSHQARUVIDA SIYOSIY YETAKCHILARNI BAHOLASHNINNG KONSEPTUAL ASOSLARI. Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования, 4(15), 26–37. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/109072
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Mazkur maqolada zamonaviy davlat boshqaruvida siyosiy yetakchilarning faoliyatini baholashning nazariy asoslari keltirib o‘tiladi. Bu borada bir qator olimlar va tatqiqotchilarning ishlariga tahliliy baho beriladi. Mazkur maqolada siyosiy yetakchilarning faoliyatini baholash zarurati va dolzarblik xususiyatlari ham tahlil qilinadi. Zamonaviy davlat boshqaruvida siyosiy yetakchilarning faoliyat dinamikasiga nisbatan yondashuvlar va ular asosidagi nazariy tatqiqot ishlari konteksi haqida ma’lumotlar berib o‘tiladi. Shuningdek, hozirgi vaqtda dolzarb bo‘lgan muammo siyosiy yetakchilarning asosiy konseptual strukturasini tuzish orqali amaliy faoliyat vektorlarida samaradorlik ko‘rsatkichlari haqida ham ma’lumotlar berib boriladi.


background image

26

ZAMONAVIY DAVLAT BOSHQARUVIDA SIYOSIY YETAKCHILARNI

BAHOLASHNINNG KONSEPTUAL ASOSLARI

Mardanov Sardorbek Zafar o‘g‘li

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti

Ijtimoiy Fanlar fakulteti Siyosatshunoslik yo‘nalishi

Siyosat-22/A1 guruhi 3-kurs talabasi

O‘zbekiston Respublikasi. Toshkent sh.

E-pochta: davronovz73@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15695273

Annotatsiya:

Mazkur maqolada zamonaviy davlat boshqaruvida siyosiy yetakchilarning

faoliyatini baholashning nazariy asoslari keltirib o‘tiladi. Bu borada bir qator olimlar va

tatqiqotchilarning ishlariga tahliliy baho beriladi. Mazkur maqolada siyosiy yetakchilarning

faoliyatini baholash zarurati va dolzarblik xususiyatlari ham tahlil qilinadi. Zamonaviy davlat
boshqaruvida siyosiy yetakchilarning faoliyat dinamikasiga nisbatan yondashuvlar va ular

asosidagi nazariy tatqiqot ishlari konteksi haqida ma’lumotlar berib o‘tiladi. Shuningdek,

hozirgi vaqtda dolzarb bo‘lgan muammo siyosiy yetakchilarning asosiy konseptual
strukturasini tuzish orqali amaliy faoliyat vektorlarida samaradorlik ko‘rsatkichlari haqida
ham ma’lumotlar berib boriladi.

Kalit so‘zlar:

Siyosiy yetakchi, davlat boshqaruvi, siyosatshunoslik, siyosiy hokimiyat,

siyosiy usul va texnologiyalar, davlat, jamiyat, siyosiy ilmiy-tatqiqot ishlari.

CONCEPTUAL FOUNDATIONS FOR EVALUATING POLITICAL LEADERS IN

MODERN PUBLIC ADMINISTRATION

Abstract:

This article presents the theoretical foundations for evaluating the

performance of political leaders in modern public administration. In this regard, an analytical
assessment is given to the work of a number of scientists and researchers. This article also
analyzes the need and relevance of evaluating the performance of political leaders.

Information is provided about approaches to the dynamics of political leaders’ activities in

modern public administration and the context of theoretical research based on them. It also

provides information on performance indicators in practical activity vectors by establishing

the basic conceptual structure of political leaders, which is currently a pressing problem.

Keywords:

Political leader, public administration, political science, political power,

political methods and technologies, state, society, political research.

КОНЦЕПТУАЛЬНЫЕ ОСНОВЫ ОЦЕНКИ ПОЛИТИЧЕСКИХ ЛИДЕРОВ В

СОВРЕМЕННОВ ГОСУДАРСТВЕННОМ УПРАВЛЕНИИ

Аннотация:

В статье представлены теоретические основы оценки деятельности

политических лидеров в современнов государственном управлении. В этой связи
дается аналитическая оценка работам ряда ученых и исследователей. В статье также
анализируется необходимость и актуальность оценки деятельности политических

лидеров. Приведены сведения о подходах к динамике деятельности политических
лидеров в современном государственном управлении и контексте теоретических
исследований на их основе. Он также предоставляет информацию о показателях

эффективности в практических векторах деятельности, устанавливая базовую

концептуальную структуру политических лидеров, что является актуальной


background image

27

проблемой.

Ключевые слова:

Политический лидер, государственное управление,

политология, политическая власть, политические методы и технологии, государство,

общество, политические исследования.

KIRISH.

Zamonaviy davlat boshqaruvining modernizatsiyasi va jamiyat bilan kommunikatsion

munosabat shakllarining oshib borishi, siyosiy qadriyat va siyosiy madaniyatlarning

takomillashib borishi, ularning siyosiy tizim doirasidagi murakkab transformatsiyasi, siyosiy
yetakchilarning faoliyatiga tahliliy baholarni berishni va qayta ko‘rib chiqishni shakllantirdi.
Bu esa, davlat va jamiyat o‘rtasidagi muvozanat impulsida muhim o‘rin tuta boshladi.

Siyosatshunoslikda dolzarb tatqiqot ishlaridan biri, siyosiy yetakchilik faoliyatini

o‘rganishdir. Bu o‘rinda quyidagi tushunchalar mohiyatini anglash lozim:

Yetakchi (lider) – bu boshqa kishilarga ta’sir etish demakdir. Lider va uning izdoshlari

o‘rtasida o‘zaro munosabatlar mavjud bo‘lib, u liderdan guruh a’zolariga qarab har doim bir

tomonlama yo‘naltirilgan bo‘ladi.

Yetakchilik (liderlik) – bu boshqaruvchanlik maqomi, qarorlar qabul qilish bilan bog‘liq

bo‘lgan ijtimoiy pozitsiyadir.

Siyosiy yetakchilik (siyosiy liderlik) – bu siyosat bozorida amalga oshiriladigan maxsus

tadbirkorlik shaklidir. Bunday raqobatchilik kurashuvida tomonlar ijtimoiy vazifalarni
yechish bo‘yicha dasturlar bilan almashinadilar

1

.

XXI asrda uch definitsiyaning o‘rni ya’ni, “Globalizm”, “Modernizm”, “Konservatizm”

tushunchalarining progressiyasi va dinamik nuqtalardagi o‘sib boruvchan qobilyati barcha

sohalar singari davlat boshqaruvi sohasi elementlariga ham ta’sir qildi. Xususan. siyosiy

yetakchilarning faoliyati va ularning harakat chiziqlariga siyosat subyektlarining va

jamiyatning kognitiv qiziqishi va xulq-atvor doirasi jiddiy e’tibor qarata boshladi. Mazkur
davlat boshqaruvida siyosiy yetakchilarni baholashning siyosiy mexanizmlarini konseptual
jihatdan asoslagan bir qator xorijiy olimlar mavjud. Ularning ilmiy yondashuvlari va

nazariyalari bir qator ilmiy tatqiqot ishlarida tavsiflangan.

ADABIYOTLAR TAHLILI.

Siyosatshunoslik sohasining ilmiy-amaliy yo‘nalishi bo‘lgan davlat boshqaruvida siyosiy

yetakchilar faoliyatini tatqiq etish va tahlil qilish hamda ularning faoliyatiga muayyan tatqiqot
usullari orqali yondashish davlat boshqaruvi sohasidagi tatqiqotlarchining ilmiy ishlari

markazi bo‘lib kelmoqda. Mazkur tatqiqot ishlari siyosiy elitalarni tatqiq etishdan boshlandi.

XIX asrning ikkinchi yarmidan siyosiy hayotning yanada markaziylashishi va

byurokratlashuvi natijasida liberal – demokratik qadriyatlar va vakillik boshqaruvi tajribasini

tanqidiy qayta baholash davri bo‘ldi. Bu o‘z ifodasini Vilfredo Paretoning (1848-1941)

“Elitalar nazariyasi” va Gaetano Moskaning (1858-1941) “Siyosiy sinflar” konsepsiyasida o‘z

ifodasini topdi. XX asr boshlarida siyosatni tatqiq etishning elitar yondashuvi “Manfaatdor
guruhlar” (A.Bentli) deb nomlanuvchi va jamiyat va davlatda hokimiyatni amalga oshirish
ishlarida byurokratiyaning tartibga soluvchi ahamiyatining yangi qarashlari bilan to‘ldiriladi.
Ijtimoiy-guruhiy

tahlil

siyosatining

alohida

ko‘rinishini

“Teknokratiya”

va

1

Biturayev O‘.B. Siyosatshunoslika kirish (o‘quv qo‘llanma) Toshkent: “Barkamol fayz media”, 2017, 169-b.


background image

28

“Texnodemokratiya” konsepsiyalari (D.Bell. M.Dyuverje va boshqalar) tashkil etadi

2

.

Siyosiy yetakchilar faoliyatiga o‘z ilmiy asarlari orqali yondashgan olimlar va

tatqiqotchilar mazkur “Siyosiy yetakchi” fenomenini institutsional jihatdan, sotsiologiya,

huquq, tarix, falsafa va ijtimoiy-gumanitar fanlar hamda siyosatshunoslik fani nuqtai
nazaridan tatqiq eta boshladilar.

Nemis sotsiologi va siyosatshunos olimi Maks Veberning (1864-1920) “The Protestant

Ethic and the Spirit of Capitalism” (1905) ya’ni “Protestant axloqi va kapitalizm ruhi” asarida
siyosiy elita va yetakchilik borasida institutsional paradigmaga xos bo‘lgan sotsiologik va

siyosiy tatqiqot usulini ya’ni empirik (amaliy) baholash usulini keltirib o‘tadi. Bu usul orqali
siyosiy yetakchilarning faoliyati va samaradorlik ko‘rsatkichini baholash mumkinligini
ta’kidlaydi. Bu asarda siyosiy yetakchi portreti “Jamiyat” va “Davlat” tushunchalari o‘rtasidagi
munosabatda “Ijtimoiy portret” shakli orqali uning faoliyatiga siyosiy baho berish mumkinligi

asoslanadi

3

. Maks Veberning “Economy and Society” ya’ni “Iqtisodiyot va jamiyat” asarida esa,

siyosiy yetakchining faoliyati uchun boshqa muhim komponentlarning ham o‘rni muhimligi
ta’kidlanadi. Bunda qaror qabul qilishda jamiyat va iqtisodiy richaglarning tutgan roli va

ahamiyati baholanadi. Siyosiy yetakchilarning faoliyatida mazkur 2 tushuncha “Iqtisodiyot” va
“Jamiyat” defenitsiyalari ilgari suriladi

4

. XX asrning o‘rtalarida siyosiy yetakchilarning

faoliyatiga empirik jihatdan baho berish siyosiy hokimiyat legitimligining ko‘rsatkichlarini
baholashda muhim o‘ringa ega bo‘la boshladi. Robert Dalning “Who Governs: Democracy and

Power in An American City” (1961) ya’ni “Kim boshqaradi: Amerika shahrida demokratiya va
kuch” asarida siyosiy hokimiyatning tarqalishini va yetakchilikni empirik so‘rovlar asosida

o‘rganadi va bu usul orqali siyosiy yetakchilarga xos bo‘lgan barcha asosiy boshqaruv

qobilyatlari va xulq-atvorini demokratik usullar orqali ya’ni bevosita jamiyatning siyosiy

irodasi orqali baholash ya’ni sotsiologik tatqiqot orqali siyosiy yetakchi faoliyatiga aloqador

bo‘lgan axborotlarni to‘plash va qayta ishlashdan iborat bo‘lgan. Keyingi davr uchun mazkur

asar siyosiy hokimiyatda siyosiy yetakchilarning boshqaruv kompetensiyalarini ko‘rsatib
berdi

5

. Robert Dalning “Democracy and Its Critics” (1989) ya’ni “Demokratiya va uning

tanqidchilari” asarida bevosita siyosiy hokimiyat va siyosiy yetakchilarning rolini chuqur

nazariy va amaliy tatqiqot usuli orqali baholashni nazarda tutadi. Ushbu nazariy asarda
siyosiy yetakchilarning faoliyati demokratik rejim uchun mustahkam asos ekanligi va uning

barqarorligi zarur ekanligi yoritib beriladi. Robert Dal bu ikki asar orqali siyosiy yetakchilar

faoliyatiga bixevioral va amaliy usullar dinamikasi orqali baho bergan hisoblanadi

6

.

Amerikalik olim Chikago sotsiologiya maktabi vakili Garold Lassuell (1902-1978)

“Psychopathology and Politics” (1930) ya’ni “Psixopatologiya va siyosat” asarida siyosiy
psixologiya va siyosiy yetakchilarning shaxsiyati, xulq-atvori va siyosiy psixologiyasi orqali

2

Muhitdinova F.A. Siyosiy va huquqiy ta’limotlar tarixi. Darslik. – Toshkent: Toshkent davlat yuridik universiteti.

2011. 224-b.

3

Weber Max. The Protestant ethic and the spirit of capitalism. New York: Charles Scribner’s sons. London:

George Allen & Unwin LTD. 1905. P.126-134.

https://archive.org/details/protestantethics00webe/page/126/mode/2up

4

Weber Max. Economy and Society: An Outline of Interpretive Sociology. University of California Press, 1978. P.

345.

https://books.google.co.uz/books/about/Economy_and_Society.html?id=pSdaNuIaUUEC&redir_esc=y

5

Robert A. Dahl. Who Governs: Democracy and Power in an American City. N.Y: Yale University Press. 1961. P.

355.

https://books.google.co.uz/books/about/Who_Governs.html?id=g1oLAQAAIAAJ&redir_esc=y

6

Robert A. Dahl. Democracy and its critics. Yale University Press, New Haven and London 1989. P.231.

https://books.google.co.uz/books?id=VGLYxulu19cC&printsec=frontcover&redir_esc=y#v=onepage&q&f=false


background image

29

baholashni nazarda tutadi. Biroq, buning o‘zi siyosiy yetakchilar faoliyatida yetarlicha
emasligini ham ta’kidlaydi. Chunki siyosiy yetakchilik faoliyati jarayoni murakkab va
o‘zgaruvchanligi bois, undagi muayyan siyosiy, psixologik qobilyatlar va xarakterlar ham

dialektik ravishda rivojlanib borishini nazarda tutadi.

7

. Ushbu olimning boshqa yana bir asari

bo‘lgan “Politics: Who Gets What, When, How” (1936) ya’ni, “Siyosat: kim nimani, qachon,
qanday qilib oladi” asarida esa, siyosatshunoslik sohasidagi klassik davr metodlarini
namoyish etuvchi mazkur asarda siyosiy yetakchilarning qaror qabul qilishdagi qobilyati va
ko‘nikmalarini nazarda tutadi. Mazkur olim o‘z ilmiy tatqiqotida siyosiy kommunkatsiya

siyosiy texnologiyasi orqali siyosiy yetakchining davlat boshqaruvidagi diognostik va
konseptual sifatiy baholarini aniqlash mumkinligini nazarda tutadi. Siyosiy yetakchining
faoliyatiga kommunikatsion baho berish esa, siyosiy yetakchilarning qo‘l ostidagi xodimlari
bilan aloqa ta’minotini yaratdi

8

. Siyosiy yetakchilarni faoliyatiga tahliliy-uslubiy jihatdan

yondashuv borasida ham nemis siyosatshunosi va sotsiologi Maks Veberning “The Teory of

Social and Economic organization” ya’ni, “Ijtimoiy va iqtisodiy tashkilot nazariyasi” asarida
siyosiy yetakchilarni baholashning ularni tahliliy jihatdan 3 turga bo‘lgan holda tatqiq etadi.

Mazkur asarda “An’anaviy”, “Xarizmatik” va “Normativ-huquqiy” yetakchilarning turlarini
alohida muayyan tahlil parametrlari orqali tahlil qilish metodologiyasini ilgari suradi

9

. Karl

Shmidt (1888-1985) “The concept of the political” ya’ni, “Siyosat konsepsiyasi” asarida siyosiy
yetakchi va siyosiy qaror qabul qilish masalasi yoritiladi. Siyosiy yetakchilarning faoliyatiga

davlat boshqaruvida qabul qilgan qarorlarining natijadorlik va samaradorlikka egaligi ham
inobatga olinadi

10

. Germaniyalik olima Hanna Arendt (1906-1975) “The Origins of

Totalitarism” (1951) ya’ni “Totalitarizmning kelib chiqishi” asarida

11

, “On revolution” (1963)

ya’ni, “Revolyutsiyada

12

asarlarida siyosiy yetakchilar, siyosiy hokimiyat, totalitarizm

tushunchalarni nazariy va tahliliy nuqtai nazaridan ko‘rib chiqadi. Bu asarlardagi muhim

paradigma bu siyosiy tizim barqarorligi, uning rivojlanishi va o‘z holatini saqlashi uchun

siyosiy yetakchilarning funksional ahamiyati mavjud ekanligi ta’kidlanadi. Biroq bu jarayon
sirkulyatsiyasi va doimiy yangilash harakatini amalga oshirish texnologiyasi mavjudligi ham
zarur deb hisoblaydi. Robert Dalning (1915-2014) yana bir ilmiy tatqiqot ishi bo‘lgan.

“Polyarchy: Participation and Opposition” (1971) ya’ni, “Poliarxiya: ishtirok etish va
muxolifat” asarida 1970-1980-yillarda siyosiy yetakchilardagi siyosiy hokimiyat

7

Harold D. Lasswell. Psychopathology and politics. New York: Viking Press. 1966. P.23.

https://archive.org/details/psychopathologyp00lass

8

Harold D. Lasswell. Who gets what, when, how. New York: Whittlesey House. 1936. P. 14.

https://www.cambridge.org/core/journals/american-political-science-review/article/abs/politics-who-gets-

what-when-how-by-harold-d-lasswell-new-york-whittlesey-house-1936-pp-ix-

264/90C407BEDE6963B3D2C84FF79C695E1E

9

Weber Max. The theory of social and economic organization. London: Oxford University Press. 1947. P.431.

https://ia804503.us.archive.org/32/items/weber-max.-the-theory-of-social-and-economic-organization-

1947_202106/Weber%2C%20Max.%20-

%20The%20Theory%20of%20Social%20and%20Economic%20Organization%20%5B1947%5D.pdf

10

Carl Schmitt. The concept of the political. New York: University of Chicago Press. 1996. P.21.

https://books.google.co.uz/books/about/The_Concept_of_the_Political.html?id=JFqV-VtjlLoC&redir_esc=y

11

Hannah Arendt. The Origins of Totalitarianism. New York: Meridian Books, The world publishing company.

1958. P.37.

https://archive.org/details/TheOriginsOfTotalitarianism/page/n7/mode/1up

12

Hannah Arendt. On revolution. Berlin: Revue Internationale de Philosophie. 1999. P.207-222.

https://www.jstor.org/stable/23955552


background image

30

pog‘onalarida, ularning tutgan o‘rni va roliga nisbatan tahliliy yondashadi

13

. Mishel Foukault

(1926-1984) “Discipline and Punish” (1975) ya’ni, “Intizom va jazo” asarida “Siyosiy
hokimiyat strukturasi” va “Siyosiy yetakchilik strukturasi” bilan birgalikda tahlil qilgan.

Siyosiy yetakchilar faoliyatiga ijobiy baho bu asarda ushbu siyosiy etakchilarning siyosiy
hokimiyat resurslarini qanday taqsimlashida aniq namoyon bo‘ladi. Siyosiy yetakchilarning
faoliyatiga sifatiy va miqdoriy baholash progressiyasini ilmiy asoslaydi

14

.

METODOLOGIYA VA TATQIQOT USULI.

Mazkur maqolada siyosiy yetakchilarni baholash va ularning faoliyat vektorlari orqali

davlat boshqaruvidagi ahamiyatini ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilish tatqiqot obyekti
hisoblanib, siyosatshunoslikda bu borada tatqiqot metodologiyasi sifatida amaliy va nazariy
bilimlar sembiyozini tahliliy qayta ishlash, bu boradagi kommunikatsion uzviylikni aniqlash
va ularning anologik tartibini keltirish maqsad qilingan. Bu borada bir qator olimlarning

nazariy-ilmiy yondashuvlari va siyosatshunoslikda keng qo‘llaniladigan ekspert so‘rovnoma

tahlili, ma’lumotlar konseptualizatsiyasi hamda axborotlar konteksini tizimli o‘rganish
usullaridan foydalanilgan. Ushbu tatqiqot ishida tarixiylik, sotsiologik, kibernetik,

kommunikatsionallik kabi tahlil usullaridan ham foydalaniladi.

NATIJALAR.

Siyosiy kommunikatsiya usuli orqali siyosiy yetakchilarni tahlil qilishda o‘z ilmiy

nazariyalari va tatqiqot ishlarini ilgari surgan bir qator olimlar va nazariyotchilar mavjud.

Ular orasida antik davrdan to hozirgi kungacha bo‘lgan jarayonda faoliyat yuritayotgan
olimlar kiradi. Yunon faylasufi Aristotel “Ritorika” asarida mazkur siyosiy yetakchilarning

faoliyatiga kommunikatsion baholashda 3 unsurni nazarda tutib o‘tadi. Ular: “Nutq”, “Ta’sir

(Emotsiya)” va “Mantiq” hisoblanadi. Biroq bu uch unsur ijobiy sifatlar bilan birga salbiy

jihatlarni va shakllarni paydo qilishi mumkinligi va buning natijasida jamiyat uchun tahdid va

imkoniyatlar parametridagi muvozanatlar ulushida siyosiy yetakchi faoliyati muhim

pozitsiyada ekanligi baholanadi.

15

. Qadimgi rim notig‘i Sitseron “Notiqlik san’ati” asarida ham

Aristotelning fikrlariga o‘xshash qarashlarni ilgari surgan hisoblalanadi. Lekin undagi farqli
xususiyat aynan, siyosiy yetakchi faoliyatiga siyosiy imij va ko‘rinish muhim deb hisoblaydi.

Aynan shunday farq keyinchalik siyosiy yetakchilarning faoliyatiga baho berishda asosiy
dominantlar qatoriga kiritildi. XX - asrda yuqoridagi nazariya va konsepsiyalar Deyl

Karnegining “How to Win Friends and Influence People” (1936) ya’ni “Qanday do‘st ortirish

va odamlarga ta’sir o‘tkazish mumkin” kitobi bilan ommalashadi. U bu kitobda
tinglovchilarning qanday e’tiborini tortish va ularga ta’sir qilish yohud siyosiy yetakchilik

faoliyati va uning samaradorlik ko'rsatkichlari tahlil qilinadi. XX asrda dunyo iqtisodiyotida
muhim o‘rniga ega bo‘lgan mazkur shaxsning ushbu asarida siyosiy yetakchilik XX asrda
muayyan o‘zgarishlarni va transformatsiyalarni boshidan kechirishini asoslaydi

16

. Richard

13

Robert A. Dahl. Polyarchy. Participation and Opposition. New Heaven: yale University Press. 1971. P.32.

https://www.cambridge.org/core/journals/italian-political-science-review-rivista-italiana-di-scienza-

politica/article/abs/robert-a-dahl-polyarchy-participation-and-opposition-new-haven-yale-university-press-

1971-pp-257-275/E2CDE9667B59B621D5C3DE7304F3D204

14

Michel Foucault. Discipline and Punish: The Birth of Prison. Vintage Books, 1977. P.333.

https://books.google.co.uz/books/about/Discipline_and_Punish.html?id=pWv1R2o_PWsC&redir_esc=y

15

Aristotel. Ritorika.

https://lib.ru/POEEAST/ARISTOTEL/ritoriki.txt_with-big-pictures.html

16

Dale Carnegie. How to win friends & influence people. New York Post. 2021. P.12.

https://entertainment.time.com/2011/08/30/all-time-100-best-nonfiction-books/slide/how-to-win-friends-

and-influence-people-by-dale-carnegie/


background image

31

Mayer u bu usulga ijtimoiy medialarning o‘rnini muhimligi alohida ta’kidlab, kommunikatsion
jarayonga hissa qo‘shuvchi omil ekanligini ilgari surib uni fanga olib kirgan hisoblanadi. Klaud
Shannon va Varren Vieverlar siyosiy kommunikatsiya texnologiyasi asoschisi sifatida 1948-

yilda siyosiy kommunikatsiya jarayonlarini modellashtirilgan yaxlit ko‘rinishini texnik
jarayon va modellar asosida siyosiy yetakchilarning faoliyatiga baho berishadi. Chikago
sotsiologiya maktabi vakillaridan Garold Lasuell siyosiy yetakchilarning faoliyatiga siyosiy
kommunikatsion usuldan tashqari “Siyosiy propaganda” vositasida ham baho berish
mumkinligi hamda undagi bir qator kamchiliklarni aniqlab olish mumkinligini aytib o‘tadi va

ularning mazkur faoliyat vektorlarida siyosiy kommunkiatsiya va propaganda vositasida
fragmentatsion maxsus baholarni berib o‘tadi. Mazkur masalalar uning “How says What in
Which channel to Whom with What effect?” asarida keltiriladi. Paul Shatslavik, Janet Bievin va
Don Jeksonlar ham mazkur muommoga “Pragmatics of Human Communication” asarida

to‘xtalib o‘tishadi. Garold Lassuell ilgari surgan g‘oyalarni ushbu asar ilmiy tahlil asosida

ko‘rsatib o‘tadi

17

. Marshal Makluxan “The Medium is the message” asarida siyosiy

yetakchilarning faoliyatida siyosiy media axborotlar tarmog‘i ham muhim ekanligi ta’kidlanib,

mazkur axborot majmuasi muayyan siyosiy maqsadlar uchun muhim aloqa ta’minoti ekanligi
ko‘rsatiladi.

18

. Siyosiy yetakchilarning faoliyati va ularning davlat boshqaruvidagi

samaradorlik ko‘rsatkichlariga tarixiy jihatdan baholash usuli ham mavjud bo‘lib, uning
asoschilari va shu usulda o‘z ilmiy tatqiqot ishlarini olib borgan olimlar Edvard Gibbon(1737-

1794) hisoblanib, uning “The History of the Decline and Fall of the Roman Empire” (1776-
1788) asarida tarixiy uslubda siyosiy yetakchilar faoliyatiga baho berilgan. Qadimgi Rim

imperiyasida faoliyat yuritgan siyosiy yetakchilar, imperatorlar, konsullar, respublika

asoschilari faoliyatidagi muhim ijobiy va salbiy xususiyatlar xronologiyasi ilgari suriladi

19

.

Leopold von Ranke (1795-1886) ham tarixiy-anologik jihatdan muhim tamoyillarni ilgari

suradi. Bir qator manbalarda siyosatshunoslikning muhim metodi hisoblangan “Qiyosiy

tahlil” usuli ham siyosiy yetakchilarning faoliyatiga baho berishda faol metod sifatida
qo‘llanilishi keltirib o‘tiladi. Bu usulda fransuz olimi Sharl Lui de Sekondat Monteskie (1689-
1785) hisoblanib, uning “The Spirit of the Law” (1748) ya’ni, “Qonunlar ruhi” asarida mazkur

metod orqali siyosat subyektlariga baho berilgandir

20

. Amerikalik olim Aleksis de Tokvil

“Democracy in America” (1835-1840) ya’ni “Amerikada demokratiya” asarida ham qiyosiy

usulda amerika demokratiyasi va uning asoschilari faoliyatiga tahliliy yondashgan

21

.

Siyosatshunoslikda normativ jihatdan asoslash ham muhim hisoblanib, mazkur metod asosida
siyosiy yetakchilarning faoliyatiga baho berish mumkin hisoblanadi. Bu yondashuv vakillari

ichida qadimgi yunon faylasufi Platon “The Republic” ya’ni “Respublika” asarida, Aristotel

17

Lasswell’s model. Communication Theory.

https://www.communicationtheory.org/lasswells-model/

18

McLuhan Marshall. Now the Medium is the massage. New York Times. Retrieved. 2018. P. 15.

https://timesmachine.nytimes.com/timesmachine/1967/03/19/107185353.html?action=click&contentCollecti

on=Archives&module=LedeAsset&region=ArchiveBody&pgtype=article&pageNumber=179

19

Edward Gibbon. History of the decline and fall of the Roman empire. 2008. P.34.

Phttps://www.gutenberg.org/files/25717/25717-h/25717-h.htm

20

Charles Louis de Secondat, Baron de Montesquieu. Spirit of laws. Complete works. London: T.Evans, 1777.

Vol.1. P.57.

https://oll.libertyfund.org/titles/montesquieu-complete-works-vol-1-the-spirit-of-laws

21

Castadly Daniel. Democracy in America by Alexis de Tocqueville. 2023.

https://www.ebsco.com/research-

starters/literature-and-writing/democracy-america-alexis-de-tocqueville


background image

32

“Politics” ya’ni “Siyosat” asarida

22

Tomas Gobbs (1588-1679) “Leviathan” “Liviafan” asarida

23

Jon Lokk (1632-1704) “Two Treaties of Government” “Hukumat haqida ikki risola” asarlarida
keltirib o‘tiladi

24

. Psixologik yondashuv vakillari Zigmund Freyd (1856-1939) “Group

Psychology and the Analysis of the Ego” (1921) ya’ni, “Guruh psixologiyasi va ong tahlil”
asarida siyosiy yetakchilarning xulq-atvoriga individual va guruhiy jihatdan yondashgan
hisoblanadi. Bu asarda siyosiy yetakchilarning faoliyatiga siyosatshunoslik va psixologiya
fanlari tatqiqot korrelyatsiyasi orqali yondashadi va bu asarda siyosiy yetakchilarning siyosiy
irodasi va ta’sir xarakteri davlat va jamiyat suboordinatsiyasidagi munosabatlar ta’sirida

shakllinashi aytib o‘tiladi

25

. Chikago sotsiologiya maktabi vakili Garold D. Lassuell (1902-

1978) “Psychopathology and Politics” “1930” asarida siyosiy yetakchilarning faoliyatiga
nisbatan shaxsiy motivlar, ruhiy holatlar va xulq-atvor ko‘rinishlari bilan yondashgan
hisoblanadi

26

. Fransuz olimi Gustav Lebon (1841-1931) “The Crowd: A Study of the Popular

Mind” (1895) asarida jamiyat xulq-atvoriga ta’sir ko‘rsatish va unda siyosiy yetakchilarning

tutgan roliga psixologik yondashuv jihatdan baho bergan hisoblalandi

27

. Devid Iston (1917-

2014) “A Framework for Political Analysis” asarida siyosiy tizim barqarorligi va uning

samaradorligida siyosiy yetakchilarning tizim elementi sifatidagi egallagan o‘rni va
ahamiyatiga tizimli va aniq yondashgan

28

. Yuqorida qayd etilgan olimlarning ilmiy tatqiqotlari

va ularning siyosiy yetakchining faoliyatiga turli paardigmalar jihatdan baho berish va ularni
natijalarda ifodash masalalarida ular bir qator yondashuvlarni va paradigmalarni ilgari

surishgan hisoblanadi. Ular: Empirik baholash usullari, tahliliy-uslubiy yondashuv,
kommunikatsion yondashuv, tarixiy yondashuv, normativ yondashuv, psixologik yondashuv,

tizimli yondashuv, media va algoritimik tahlil yondashuvi, inqirozli vaziyatdalarda siyosiy

yetakchi faoliyatiga baho berish metodlar hisoblanadi. Davlat boshqaruvida siyosiy

yetakchilarning faoliyatini baholash uchun bir qator usullar orqali baholash shakllari va

ularning asochi vakillari va shu metodda ilmiy tatqiqot ishini olib borgan olimlar mavjud. Bars

usulida siyosiy yetakchialrning faoliyatiga baho berish va ularni asoslash shakllari haqida
to‘xtaladigan bo‘lsak, bu borada 1960-yillarda Paul Smit va T.V.Kendallar bu usul orqali
siyosiy yetakchilarning faoliyatini aniq xatti-harakatlar asosida baholay boshladilar. Mazkur

ilmiy usulda O‘zbekistonda ham ilmiy tatqiqot sifatida o‘rganilgan hisoblanib, bu borada
A.Qodirov va Sh.Xasanovlarning “Kadrlarni baholash metodlari” (2010) asarida Bars usulini

keltirib o‘tishadi

29

. Peter Draker 1954-yilda “Maqsadlar bo‘yicha baholash” metodlarni

22

Aristotle’s Political Theory – Stanford Encyclopedia of Philosophy.

https://plato.stanford.edu/entries/aristotle-politics/

23

Thomas Hobbes. Leviathan – Oxford University Press. Way back Machine. 2015. P.57.

http://ukcatalogue.oup.com/product/9780199602629.do

24

Locke: Two Treatises of Government.

https://www.cambridge.org/highereducation/books/locke-two-

treatises-of-government/60CF0CAE1CD8CBE03E58D09426A3F80F

25

Sigmund Freud. Group Psychology and The analysis of the Ego. https://www.gutenberg.org/ebooks/35877

26

Harold D. Lasswell. Psychopathology and politics. New York: Viking Press. 1966. P.330.

https://archive.org/details/psychopathologyp00lass

27

Gustave Le Bon. The Crowd: A Study of the Popular Mind. Public Domain mark. 1895. P.157.

https://archive.org/details/the-crowd-a-study-of-the-popular-mind-by-gustave-le-bon/mode/1up

28

David Easton. A Framework for Political Analysis. New York: Prentice Hall. 1965. P. 75.

https://books.google.co.uz/books/about/A_Framework_for_Political_Analysis.html?id=JK6aAAAAIAAJ&redir_es

c=y

29

Jo‘rayeva G.SH. Korxonalarda kadrlarni boshqarish tizimining samaradorligini baholashga metodik jihatlari.

Central asian academic journal of scientific research. Volume 2. Issue 4. 2022. 5.b.


background image

33

boshqaruvda qo‘llagan va siyosiy menejmentda menejer va siyosiy yetakchilarning faoliyatiga
ilmiy asosda baho bergan hisoblanadi. Baholash markazlari usuli “Assessment Centers” bu
usulga Duglas Bray va Allan Grantlar 1950-yillarda miqdoriy jihatdan baolash asoslarini

yaratadi va rivojlantirgan hisoblanadi. Tanqidiy voqealar usuli (Critical Incident Technique)
asosida yonduvni ilgari surgan olim Jon Flanagan 1954-yilda ilgari surgan hisoblandi. O‘zbek
olimlaridan Z.Ergashev tanqidiy voqealar usuliga tayanib, psixologik va ijtimoiy tahlilni olib
borgan uning “Rahbarlik faoliyatining baholash metodlari” (2018) nomli maqolasida siyosiy
yetakchilarning faoliyatiga baho berib o‘tadi

30

. 360 darajali baholash usulining

siyosatshunoslikda siyosiy yetakchilikda muhim usul hisoblanadi. Bu usul Peter Vard, Richard
Lepsinger tomonidan joriy etilgan. Xalqaro amaliyotda siyosiy yetakchilarning faoliyatiga
transformatsion va tranzaksion baho berish modellari ham mavjud. Bu usulni James
Makgregor Byorns va Bernard Basslar olib kirishgan.

MUHOKAMALAR.

Ushbu ilmiy tatqiqot ishida dolzarb vazifalardan biri sifatida “Siyosiy yetakchi” fenomeni

hamda uning konseptualizatsiyasini faoliyat nuqtalaridagi harakatlar dinamikasi shkalasini

keltirish hamda bu jarayondagi vaziyatlar konteksini tizimli va analogik nuqtai nazardan
o‘rganish orqali davlat boshqaruvida yaxlit “Siyosiy yetakchi porteti” ni paradigmal jihatdan
asoslash muhim hisoblanadi. Biroq, bu masala siyosiy jarayonlardagi bir qator o‘zgaruvchilar
o‘rtasida boshqa shakllarni va natijalarni namoyish etishi ham mumkin. Sabab sifatida

Oksford universiteti professori Frimanning ilmiy tatqiqot ishlarida siyosiy jarayonlardagi har
qanday harakat va vaziyat 3 muhim elementlar asosida o‘zgarishi mumkin deb e’tirof etiladi.

Bular, tarixiy vaziyat, muhit, jarayonlar dinamikasi hisoblanadi

31

. Bu boradagi taniqlar ham

mavjud. Bir qator davlatlarning olimlarini fikriga ko‘ra, siyosiy yetakchining faoliyatidagi

barqarorlik va beqarorlik darajalari va ko‘rinishlari bu siyosiy jarayonlar emas, siyosiy

aktorlar va siyosat subyektlarining harakatlariga ham bog‘liq holda e’lon qilinadi. Davlat

boshqaruvida mazkur siyosiy yetakchi faoliyatini baholash va uning ijobiy tomonlari asosida
muayyan andozalarni shakllantirish, bu siyosiy yetakchilar faoliyatidagi avtoritar hokimiyat
elementlarini ham yaratishi mumkinligi qayd etiladi. Bu esa, davlat boshqaruvidagi xalqning

erkin irodasi va ta’sirini kamaytirishga va bundan kutilgan natija esa, davlat boshqaruvidagi
beqarorlik holatini keltirib chiqarishga sabab bo‘ladi. Siyosiy yetakchilar fenomeniga ilmiy-

nazariy jihatdan yondashish, amaliy tahlil va usullarni nazariy shaklda ma’lum qilish ham

ba’zida o‘z ta’sir nuqtasini va ko‘rinishini bermasligi mumkin. Biroq siyosiy yetakchilar qo‘lida
siyosiy hokimiyat resurslari ham mavjudligini inkor etib bo‘lmaydi. Bu orqali esa, siyosiy

hokimiyat eshiklarida “Kristallik” holati mavjud bo‘lishi mumkin. Siyosiy hokimiyat hamda
davlat boshqaruvi definitsiyalarida siyosiy yetakchilarning faoliyati asosiy strategik
pozitsiyaga va ahamiyatga ega hisoblanadi. Siyosiy yetakchilar faoliyatini tahlil qilish va uning

asosidagi siyosiy texnologiyalarni yaratish va uning amaliy ko‘rinishlarini ishlab chiqish,

siyosatshunoslikning tatqiqot obyektidagi muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Siyosiy

yetakchilarning faoliyatiga turli olimlarning yondashuvi jihatdan tahliliy baholar berish va

https://cyberleninka.ru/article/n/korxonalarda-kadrlarni-boshqarish-tizimining-samaraliligini-baholashga-

metodik-jihatlari/viewer

30

Ortiqov U.A. Rahbar kadrlar va ularning samaradorligini baholash. “Raqobatdosh kadrlar tayyorlash fan-ta’lim-

ishlab chiqarish integratsiyasini takomillashtirish istiqbollari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya.

2023. 807-b.

https://zenodo.org/records/10160277

31

Mirzaaxmedov K.M. Siyosiy jarayonlarning tizimli tahlili. Ma’ruza. 2023. 2-3-b.


background image

34

uning asosidagi yondashuvlarni muayyan chiziqlar dinamikasida keltirish bu jarayon
dinamikasidagi muhim xususiyat hisoblanadi. Lekin yondashuvlar va tahlil usullari ba’zida
bir-birini inkor etishi ham mumkin. Siyosiy yetakchilar faoliyati davlatning tashqi va ichki

siyosat vektorlarida muhim ko‘rsatkichga egadir.

Biroq, siyosiy yetakchilar faoliyatiga baho berishda ular faoliyat yuritayotgan davlatning

ham boshqaruv va tuzilish elementlariga baho berish zarur hisoblanadi. Sababi, postindustrial
jamiyatga ega bo‘lgan rivojlangan davlatlarning siyosiy yetakchilarini siyosat vektorlari va
industrial jamiyat hamda industrial jamiyatga o‘tish pog‘onasidagi jamiyatlarning siyosiy

yetakchilarini faoliyatidagi siyosat vektorlari tahlili va ularning prognoztikasi tubdan bir-
biridan farq qiladi. Buni tahlil qiluvchi tatqiqotchi ham bu borada “Qiyosiy tahlil”dan
foydalanishi samarali hisoblanadi. Lekin, ba’zi tatqiqotchilarning deduktiv va induktiv
yondashishi muayyan kamchiliklarni keltirib chiqarishi mumkin hisoblandi. Sababi, siyosat

markaziga shaxsni qo‘yish va uning asosiy subyekt sifatidagi pog‘onasini ko‘rsatish

tashkilotning subyekt sifatidagi o‘rniga nisbatan muayyan bahsli holatlarni keltirib chiqarishi
mumkin hisoblanadi.

XULOSA.

Demak, mazkur ilmiy tatqiqot ishida siyosiy yetakchilar faoliyatiga tahliliy yondashish

hamda ularning ilmiy-nazariy asoslarini keltirib o‘tish dialektik qonuniyatga ega hisoblanar
ekan. Bu borada siyosiy yetakchilar faoliyatini to‘g‘ri va aniq tahliliy jihatdan baho berish ham

muhimdir. Zamonaviy davlat boshqaruvida siyosiy yetakchilar faoliyatini baholashning
nazariy usullari va amaliy usullari bu siyosatshunoslikda nazariy va amaliy bilimlarning

foydalanadigan tatqiqot yo‘nalishlariga hamda usullariga ko‘ra farqlanishi ma’lum bo‘ldi.

Siyosatshunoslik sohasida “siyosiy yetakchi fenomeni” tahlili va uning faoliyatiga yondashish

muayyan progressiv xarakterga egaligi ham aniqlandi. Shuningdek, siyosiy jarayonlarda

siyosiy yetakchining imiji, brendi, uning yetakchilik qobilyatlari hamda uning boshqaruvda

foydalanadigan resurslari tatqiqot jarayonida turli siyosiy rejimlar, siyosiy mafkuralar va
siyosiy tizimlar doirasida yaxlit boshqa shaklda namoyon bo‘lishi va unga muayyan
ko‘rsatkichlar, indekslar va darajalar berilishi tatqiqot jarayonida amaliy ifodaga ega bo‘ldi.

Zamonaviy davlat boshqaruvi va uni amaliy jihatdan tatqiq etishda “siyosiy yetakchi”
definitsiyasining alohida element sifatidagi pozitsiyasi muhim siyosat subyekti ekanligini

ifodalaydi. Mazkur jarayon murakkab hisoblanib, uning tatbiqiy shaklini asoslashda nazariy

konbinatsiyalar va kategoriyalarning o‘zi yetarli emas hisoblanadi. Bu jihatdan
siyosatshunoslik nazariyasida “Institutsional” paradigma muhim ko‘rsatkichga egaligi qayd

etildi. Chunki, siyosiy yetakchi va uning faoliyatini tahlil qilishda siyosatshunoslikning o‘z
tatqiqot arsenallaridan tashqari boshqa fan tarmog‘idagi tatqiqot usullariga ham murojaat
etishi aniqlandi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1)Biturayev O‘.B. Siyosatshunoslika kirish (o‘quv qo‘llanma) Toshkent: “Barkamol fayz media”,
2017, 169-b.
2) Muhitdinova F.A. Siyosiy va huquqiy ta’limotlar tarixi. Darslik. – Toshkent: Toshkent davlat
yuridik universiteti. 2011. 224-b.


background image

35

3)Weber Max. The Protestant ethic and the spirit of capitalism. New York: Charles Scribner’s
sons.

London:

George

Allen

&

Unwin

LTD.

1905.

P.126-134.

https://archive.org/details/protestantethics00webe/page/126/mode/2up

4)Weber Max. Economy and Society: An Outline of Interpretive Sociology. University of
California

Press,

1978.

P.

345.

https://books.google.co.uz/books/about/Economy_and_Society.html?id=pSdaNuIaUUEC&red
ir_esc=y
5) Robert A. Dahl. Who Governs: Democracy and Power in an American City. N.Y: Yale

University

Press.

1961.

P.

355.

https://books.google.co.uz/books/about/Who_Governs.html?id=g1oLAQAAIAAJ&redir_esc=y
6) Robert A. Dahl. Democracy and its critics. Yale University Press, New Haven and London
1989.

P.231.

https://books.google.co.uz/books?id=VGLYxulu19cC&printsec=frontcover&redir_esc=y#v=o

nepage&q&f=false
7) Harold D. Lasswell. Psychopathology and politics. New York: Viking Press. 1966. P.23.

https://archive.org/details/psychopathologyp00lass
8) Harold D. Lasswell. Who gets what, when, how. New York: Whittlesey House. 1936. P. 14.
https://www.cambridge.org/core/journals/american-political-science-
review/article/abs/politics-who-gets-what-when-how-by-harold-d-lasswell-new-york-

whittlesey-house-1936-pp-ix-264/90C407BEDE6963B3D2C84FF79C695E1E
9) Weber Max. The theory of social and economic organization. London: Oxford University

Press. 1947. P.431. https://ia804503.us.archive.org/32/items/weber-max.-the-theory-of-

social-and-economic-organization-1947_202106/Weber%2C%20Max.%20-

%20The%20Theory%20of%20Social%20and%20Economic%20Organization%20%5B1947

%5D.pdf

10) Carl Schmitt. The concept of the political. New York: University of Chicago Press. 1996.
P.21.

https://books.google.co.uz/books/about/The_Concept_of_the_Political.html?id=JFqV-

VtjlLoC&redir_esc=y

11) Hannah Arendt. The Origins of Totalitarianism. New York: Meridian Books, The world
publishing

company.

1958.

P.37.

https://archive.org/details/TheOriginsOfTotalitarianism/page/n7/mode/1up

12)Hannah Arendt. On revolution. Berlin: Revue Internationale de Philosophie. 1999. P.207-
222. https://www.jstor.org/stable/23955552

13) Robert A. Dahl. Polyarchy. Participation and Opposition. New Heaven:
YaleUniversityPress.1971.P.32.https://www.cambridge.org/core/journals/italian-political-
science-review-rivista-italiana-di-scienza-politica/article/abs/robert-a-dahl-polyarchy-

participation-and-opposition-new-haven-yale-university-press-1971-pp-257-

275/E2CDE9667B59B621D5C3DE7304F3D204

14) Michel Foucault. Discipline and Punish: The Birth of Prison. Vintage
Books,1977.P.333.https://books.google.co.uz/books/about/Discipline_and_Punish.html?id=p
Wv1R2o_PWsC&redir_esc=y
15) Aristotel.Ritorika.https://lib.ru/POEEAST/ARISTOTEL/ritoriki.txt_with-big-pictures.html


background image

36

16)Dale Carnegie. How to win friends & influence people. New York Post. 2021. P.12.
https://entertainment.time.com/2011/08/30/all-time-100-best-nonfiction-
books/slide/how-to-win-friends-and-influence-people-by-dale-carnegie/

17)Lasswell’s

model.

Communication

Theory.

https://www.communicationtheory.org/lasswells-model/
18)McLuhan Marshall. Now the Medium is the massage. New York Times. Retrieved. 2018. P.
15.
https://timesmachine.nytimes.com/timesmachine/1967/03/19/107185353.html?action=cli

ck&contentCollection=Archives&module=LedeAsset&region=ArchiveBody&pgtype=article&p
ageNumber=179
19) Edward Gibbon. History of the decline and fall of the Roman empire. 2008. P.34.
Phttps://www.gutenberg.org/files/25717/25717-h/25717-h.htm

20) Charles Louis de Secondat, Baron de Montesquieu. Spirit of laws. Complete works. London:

T.Evans, 1777. Vol.1. P.57. https://oll.libertyfund.org/titles/montesquieu-complete-works-
vol-1-the-spirit-of-laws

21) Castadly Daniel. Democracy in America by Alexis de Tocqueville. 2023.
https://www.ebsco.com/research-starters/literature-and-writing/democracy-america-
alexis-de-tocqueville
22)Aristotle’s

Political

Theory

Stanford

Encyclopedia

of

Philosophy.

https://plato.stanford.edu/entries/aristotle-politics/
23) Thomas Hobbes. Leviathan – Oxford University Press. Way back Machine. 2015. P.57.

http://ukcatalogue.oup.com/product/9780199602629.do

24)Locke:

Two

Treatises

of

Government.

https://www.cambridge.org/highereducation/books/locke-two-treatises-of-

government/60CF0CAE1CD8CBE03E58D09426A3F80F

25)

Sigmund

Freud.

Group

Psychology

and

The

analysis

of

the

Ego.

https://www.gutenberg.org/ebooks/35877
26)Harold D. Lasswell. Psychopathology and politics. New York: Viking Press. 1966. P.330.

https://archive.org/details/psychopathologyp00lass
27) Gustave Le Bon. The Crowd: A Study of the Popular Mind. Public Domain mark. 1895.

P.157.

https://archive.org/details/the-crowd-a-study-of-the-popular-mind-by-gustave-le-

bon/mode/1up
28) David Easton. A Framework for Political Analysis. New York: Prentice Hall. 1965. P. 75.

https://books.google.co.uz/books/about/A_Framework_for_Political_Analysis.html?id=JK6aA
AAAIAAJ&redir_esc=y
29) Jo‘rayeva G.SH. Korxonalarda kadrlarni boshqarish tizimining samaradorligini baholashga

metodik jihatlari. Central asian academic journal of scientific research. Volume 2. Issue 4.

2022. 5.b. https://cyberleninka.ru/article/n/korxonalarda-kadrlarni-boshqarish-tizimining-

samaraliligini-baholashga-metodik-jihatlari/viewer
30) Ortiqov U.A. Rahbar kadrlar va ularning samaradorligini baholash. “Raqobatdosh kadrlar
tayyorlash fan-ta’lim-ishlab chiqarish integratsiyasini takomillashtirish istiqbollari”
mavzusidagi

xalqaro

ilmiy-amaliy

konferensiya.

2023.

807-b.

https://zenodo.org/records/10160277

Bibliografik manbalar

Biturayev O‘.B. Siyosatshunoslika kirish (o‘quv qo‘llanma) Toshkent: “Barkamol fayz media”, 2017, 169-b.

Muhitdinova F.A. Siyosiy va huquqiy ta’limotlar tarixi. Darslik. – Toshkent: Toshkent davlat yuridik universiteti. 2011. 224-b.

Weber Max. The Protestant ethic and the spirit of capitalism. New York: Charles Scribner’s sons. London: George Allen & Unwin LTD. 1905. P.126-134. https://archive.org/details/protestantethics00webe/page/126/mode/2up

Weber Max. Economy and Society: An Outline of Interpretive Sociology. University of California Press, 1978. P. 345. https://books.google.co.uz/books/about/Economy_and_Society.html?id=pSdaNuIaUUEC&redir_esc=y

Robert A. Dahl. Who Governs: Democracy and Power in an American City. N.Y: Yale University Press. 1961. P. 355. https://books.google.co.uz/books/about/Who_Governs.html?id=g1oLAQAAIAAJ&redir_esc=y

Robert A. Dahl. Democracy and its critics. Yale University Press, New Haven and London 1989. P.231. https://books.google.co.uz/books?id=VGLYxulu19cC&printsec=frontcover&redir_esc=y#v=onepage&q&f=false

Harold D. Lasswell. Psychopathology and politics. New York: Viking Press. 1966. P.23. https://archive.org/details/psychopathologyp00lass

Harold D. Lasswell. Who gets what, when, how. New York: Whittlesey House. 1936. P. 14. https://www.cambridge.org/core/journals/american-political-science-review/article/abs/politics-who-gets-what-when-how-by-harold-d-lasswell-new-york-whittlesey-house-1936-pp-ix-264/90C407BEDE6963B3D2C84FF79C695E1E

Weber Max. The theory of social and economic organization. London: Oxford University Press. 1947. P.431. https://ia804503.us.archive.org/32/items/weber-max.-the-theory-of-social-and-economic-organization-1947_202106/Weber%2C%20Max.%20-%20The%20Theory%20of%20Social%20and%20Economic%20Organization%20%5B1947%5D.pdf

Carl Schmitt. The concept of the political. New York: University of Chicago Press. 1996. P.21. https://books.google.co.uz/books/about/The_Concept_of_the_Political.html?id=JFqV-VtjlLoC&redir_esc=y

Hannah Arendt. The Origins of Totalitarianism. New York: Meridian Books, The world publishing company. 1958. P.37. https://archive.org/details/TheOriginsOfTotalitarianism/page/n7/mode/1up

Hannah Arendt. On revolution. Berlin: Revue Internationale de Philosophie. 1999. P.207-222. https://www.jstor.org/stable/23955552

Robert A. Dahl. Polyarchy. Participation and Opposition. New Heaven: YaleUniversityPress.1971.P.32.https://www.cambridge.org/core/journals/italian-political-science-review-rivista-italiana-di-scienza-politica/article/abs/robert-a-dahl-polyarchy-participation-and-opposition-new-haven-yale-university-press-1971-pp-257-275/E2CDE9667B59B621D5C3DE7304F3D204

Michel Foucault. Discipline and Punish: The Birth of Prison. Vintage Books,1977.P.333.https://books.google.co.uz/books/about/Discipline_and_Punish.html?id=pWv1R2o_PWsC&redir_esc=y

Aristotel.Ritorika.https://lib.ru/POEEAST/ARISTOTEL/ritoriki.txt_with-big-pictures.html

Dale Carnegie. How to win friends & influence people. New York Post. 2021. P.12. https://entertainment.time.com/2011/08/30/all-time-100-best-nonfiction-books/slide/how-to-win-friends-and-influence-people-by-dale-carnegie/

Lasswell’s model. Communication Theory. https://www.communicationtheory.org/lasswells-model/

McLuhan Marshall. Now the Medium is the massage. New York Times. Retrieved. 2018. P. 15. https://timesmachine.nytimes.com/timesmachine/1967/03/19/107185353.html?action=click&contentCollection=Archives&module=LedeAsset&region=ArchiveBody&pgtype=article&pageNumber=179

Edward Gibbon. History of the decline and fall of the Roman empire. 2008. P.34. Phttps://www.gutenberg.org/files/25717/25717-h/25717-h.htm

Charles Louis de Secondat, Baron de Montesquieu. Spirit of laws. Complete works. London: T.Evans, 1777. Vol.1. P.57. https://oll.libertyfund.org/titles/montesquieu-complete-works-vol-1-the-spirit-of-laws

Castadly Daniel. Democracy in America by Alexis de Tocqueville. 2023. https://www.ebsco.com/research-starters/literature-and-writing/democracy-america-alexis-de-tocqueville

Aristotle’s Political Theory – Stanford Encyclopedia of Philosophy. https://plato.stanford.edu/entries/aristotle-politics/

Thomas Hobbes. Leviathan – Oxford University Press. Way back Machine. 2015. P.57. http://ukcatalogue.oup.com/product/9780199602629.do

Locke: Two Treatises of Government. https://www.cambridge.org/highereducation/books/locke-two-treatises-of-government/60CF0CAE1CD8CBE03E58D09426A3F80F

Sigmund Freud. Group Psychology and The analysis of the Ego. https://www.gutenberg.org/ebooks/35877

Harold D. Lasswell. Psychopathology and politics. New York: Viking Press. 1966. P.330. https://archive.org/details/psychopathologyp00lass

Gustave Le Bon. The Crowd: A Study of the Popular Mind. Public Domain mark. 1895. P.157. https://archive.org/details/the-crowd-a-study-of-the-popular-mind-by-gustave-le-bon/mode/1up

David Easton. A Framework for Political Analysis. New York: Prentice Hall. 1965. P. 75. https://books.google.co.uz/books/about/A_Framework_for_Political_Analysis.html?id=JK6aAAAAIAAJ&redir_esc=y

Jo‘rayeva G.SH. Korxonalarda kadrlarni boshqarish tizimining samaradorligini baholashga metodik jihatlari. Central asian academic journal of scientific research. Volume 2. Issue 4. 2022. 5.b. https://cyberleninka.ru/article/n/korxonalarda-kadrlarni-boshqarish-tizimining-samaraliligini-baholashga-metodik-jihatlari/viewer

Ortiqov U.A. Rahbar kadrlar va ularning samaradorligini baholash. “Raqobatdosh kadrlar tayyorlash fan-ta’lim-ishlab chiqarish integratsiyasini takomillashtirish istiqbollari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya. 2023. 807-b. https://zenodo.org/records/10160277