18
O‘ZBEK MAROSIMLARI BILAN BOG‘LIQ LINGVOKULTUROLOGIK BIRLIKLAR
TAHLILI
Nigora Raxmatullayeva Erkinpo‘latovna
University of Business and Science oliy ta’lim muassasasi o‘qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15694677
Annotatsiya:
Mazkur maqolada antroposentrik tilshunoslik yo‘nalishlaridan sanaluvchi
lingvomadaniyatshunoslikning asosiy tushunchalari haqida so‘z yuritiladi. Til birliklarini
lingvomadaniy tahlil qilishning o‘ziga xos jihatlari yoritiladi.
Kalit so‘zlar:
lingvomadaniyatshunoslik, antroposentrik paradigma, lingvokulturema,
olamning lisoniy manzarasi.
Аннотация:
В данной статье говорится об основных понятиях языкознания и
культурологии, которые рассматриваются с направлений антропоцентрической
лингвистики. Освещены специфические аспекты лингвокультурологического анализа
языковых единиц.
Ключевые слова:
лингвокультурология, антропоцентрическая парадигма,
лингвокультурема, языковой картина мира.
Abstract:
This article talks about the main concepts of linguistics and cultural studies,
which are considered from the directions of anthropocentric linguistics. Specific aspects of
linguistic and cultural analysis of language units are highlighted.
Key words:
linguocultural studies, anthropocentric paradigm, lingvokulturema,
linguistic landscape of the world.
Lingvokulturologiya fanning maxsus sohasi sifatida zamonaviy tilshunoslikka bir qancha
tushunchalarni olib kirdi: lingvokulturema, madaniy til, madaniy matn, madaniy kontekst,
submadaniyat, lingvomadaniy paradigma, madaniyatning pretsedent nomlari, madaniyatning
ochuvchi tushunchalari, madaniy universaliya, madaniy kompetensiya, madaniy meros,
madaniy an'analar, madaniy jarayon, madaniy qoidalar, mentalitet, mentallik, rasm-rusum,
odam, marosim, madaniy makon, madaniy tip, tamaddun (sivilizatsiya) kabi.
Lingvokulturema
terminini fanga V.V.Vorobyov tomonidan kiritilgan. Lingvokulturema
sathlararo kompleks birlik bo‘lib, o‘z mazmunida lisoniy va nolisoniy (tushunchaviy yoki
predmetlik) ma'noning dialektik birligini ifodalaydi. V.V.Vorobyov lingvokulturemani til
belgilari shakllari, ularning mazmuni hamda madaniy ma'nosi yig‘indisi sifatida tushuntiradi.
Lingvokulturemalarni tushunish uchun kerak bo‘ladigan muhim ma'no sifatida u
mazmuni elementi bo‘lib imkon sifatida turuvchi tub ma'noni ko‘rsatadi. Bu termin hali to‘liq
shakllantirilmagan yoki o‘rganilmagan. Jumladan, unga til belgisidagi madaniy axborot
qanday va qaerda birikadi, tilda qanday joriylanadi kabi masalalar ochiqligicha qolmoqda.
Biroq uning til birligida mavjudligi haqidagi faktlar V.Gumboldt davridan buyon keltiriladi.
Lingvokulturema
ayrim adabiyotlarda
lingvomadaniy birliklar
deb ham
ataladi.Lisoniy va madaniy mazmun birikuvidan tarkib topgan, semantikasida madaniy
axborot yaqqol namoyon bo‘livchi til birliklari
lingvomadaniy birliklar
hisoblanadi
Linvomadaniy birliklarga frazeologizmlar, etalonlar, ramzlar, metaforalar, turg‘un
o‘xshatishlar, nutqiy etiketlar, urf-odat va marosimlarga doir so‘zlar, topishmoqlar, milliy
19
realiyalar, arxiteplar, mifologemalar, lakunalar, presedent birliklar va boshqalar kiradi,
Demak, urf-odat, marosimlarning nomlari –
etnografizmlar
ham lingvomadaniy birliklardir.
Masalan, bayram bilan bog‘liq etnografizmlar ham lingvomadaniy birliklarning yorqin
namunasidir. O‘zbek xalqida
iydlik // hayitlik berish, hayit
,
hayitlik
etnografizmi quyidagi
ma'nolarda qo‘llanadi:
Iydlik.
Hayitda kichiklarga va umuman, shunday hadyaga munosib ko‘riladigan
kishilarga beriladagan pul, narsa; hayitlik.
Hayitlik
Kimsaga hayit munosabati bilan qilinadagan sovg‘a (pul, kiyim-kechak va sh.k.)
Hayit
Vafotiga yil to‘lmagan kishini hayit kunlari yo‘qlab aza tutish, eslash marosimi;
ma'raka.
Shuningdek, mazkur etnografizm “
hayit munosabati bo‘lajak kelinga kuyovning ota-
onasidan yoki yangi kelinchaklarga ota-onasi tomonidan jo‘natiladigan turli kiyim-kechak,
qand-qurs, meva-cheva va sh.k. iborat yo‘qlov”
ma'nosida ham qo‘llanadi.
Diniy bayramlardan biri mavliddir.
Sh.Rahmatullaev fikricha, “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da
mavlid
so‘zi xato ravishda
mavlud
yozilgan, vaholanki,
mavlud
so‘zi tamoman boshqa ma'noni anglatadi.
Mavlid
so‘zi tarixiy-etimologik manbasiga ko‘ra arabcha bo‘lib,
“dunyoga keltirdi”
ma'nosini anglatuvchi
valada
fe'lidan
yasalgan ot bo‘lib, arab tilida
“tug‘ilgan joy”, “vatan”,
“payg‘ambarning tug‘ilgan vaqti”
kabi ma'nolarini anglatadi
, o‘zbek tiliga bu
“Muhammad
payg‘ambarning tug‘ilgan kuni bilan bog‘liq bayram”
ma'nosida, ya'ni geortonim sifatida
qo‘llanadi. Mavlud rabilulavval oyining 12-kuni nishonlanadi.Musulmon mamlakktlarida
mavlid kuni duolar, payg‘ambar sha'niga madhiyalardan iborat she'rlar o‘qiladi, sadaqalar
beriladi, ruhoniylarning yig‘ilishlari o‘tkaziladi.
O‘zbek so‘zlashuv nutqida bu so‘z
movlud, mavlud
fonetik variantlarida talaffuz qilinadi.
Mazkur geortonim diniy manbalarda
Mavlid an-nabiy
shaklida qo‘llanadi.
O‘zbekistonda geortonim bilan bog‘liq
mavlid // mavlud, mavlidlik // mavludlik
etnografizmlari ham shakllangan.
Dehqonlar aynan shu kuni dalaga qo‘sh chiqarib, dastlabki urug‘ni yerga qadaganlar.
O‘zbek xalqi yerga urug‘ qadash munosabati bilan
qo‘sh chiqarish, shoxmoylar, ekin sayli,
qo‘shoshi
kabi marosimlarni o‘tkazgan. yerni haydashdan oldin ho‘kizlarning shoxlari va
bo‘yinturug‘ini yog‘ bilan moylaganlar. Keksa otaxonlarning ta'kidlashlaricha, mazkur odat
zamirida ho‘kiz yil bo‘yi hormay-tolmay ishlasin, degan niyat mujassamlashgan ekan. Demak,
Navro‘z geortonimi bir qancha etnografizmlarni yuzaga kelishiga ham lisoniy va madaniy asos
bo‘lgan.
Xalqimizning ardoqli bayrami Navro‘z ko‘plab bahoriy udumlarni, dehqonchilik
madaniyati bilan bog‘liq qadimiy marosimlarni, urf-odat va rasm-rusumlarni o‘zida mujassam
1
Qarang.Худойберганова Д. Лингвокультурология терминларининг қисқача изоҳли луғати. – Тошкент: Turon
zamin ziyo, 2015. – Б.26.
2
Ўзбек тилининг изоҳли луғати. – Тошкент: Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2006. – 2-ж. – Б. 184.
3
Ўзбек тилининг изоҳли луғати. – Тошкент: Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2006. – 2-ж. – Б. 184.
4
Ўзбек тилининг изоҳли луғати. – Тошкент: Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2008. – 5-ж. – Б. 484.
5
Қаранг. Раҳматуллаев Ш. Ўзбек тилининг этимологик луғати (араб сўзлари ва улар билан ҳосилалар). –
Тошкент: Университет, 2003. – Б. 217.
6
Баранов Х.К. Арабско-русский словарь. – Москва: Русский язык,1976. – Б. 910.
7
Иброҳимов Н., Юсупов М. Араб тили грамматикаси. – Тошкент: Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 1997. –
I ж. – Б. 152.
8
Ўзбекистон миллий энциклопедияси. – Тошкент: Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2003. – 5-ж. – Б. 343.
20
etgan milliy qadriyatdir. Navro‘zning xalqonaligi u bilan bog‘liq
«qozon to‘ldi», «hashar», «oxir
chorshanba»
kabi etnografizmlarda yanada yorqinroq ko‘rinadi. Zero, yilboshidan avval, ya'ni
o‘z poyoniga yetayotgan eski yilning eng so‘nggi chorshanba kuni an'anaviy tarzda o‘tkazib
kelingan «oxir chorshanba» (Navro‘zdan avval eski yilning oxirgi chorshanba kuni tabiatdan
mo‘l hosil tilash va ezgulikni ulug‘lashga qaratilgan olov kulti bilan aloqador ko‘cha va
maydonlarda gulxanlar yoqib, uni ustidan sakrash) udumi ham o‘zbek xalqi uchun muhim
maishiy-ijtimoiy ahamiyatga ega.
Sharq xalqlarining qadimiy an'anasiga ko‘ra, Navro‘z bayrami hut oyining oxirgi kechasi,
ya'ni 20-martdan 21-martga o‘tar kechasi oila davrsida o‘tkaziladigan
«qozon to‘ldi»
(tansihatlik, farvonlik, baraka tilab, har yili Navro‘z arafasida qozonlarni to‘ldirib, jamoaviy va
oilaviy bayramona tansiq taomlar pishirish) udumi bilan boshlangan. Ko‘rinadiki, bayram
bilan bog‘liq etnografizmlarda o‘zbekona diniy e’tiqod, bag‘rikenglik, yutga, tabiat va
mehnatga ehtirom yorqinligi bilan ham lingvomadaniy mohiyatga ega.
Biz o‘zbek tilidagi to‘y bilan bog‘liq lingvomadaniy birliklarning lingvomadaniy tahlilini
berishga harakat qildik.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Ўзбек тилининг изоҳли луғати. – Тошкент: Ўзбекистон миллий энциклопедияси,
2006. I. – 679 б.
2.
Ўзбек тилининг изоҳли луғати. – Тошкент: Ўзбекистон миллий энциклопедияси,
2006. II. – 671 б.
3.
Ўзбек тилининг изоҳли луғати. – Тошкент: Ўзбекистон миллий энциклопедияси,
2007. III. – 687 б.
4.
Ўзбек тилининг изоҳли луғати. – Тошкент: Ўзбекистон миллий энциклопедияси,
2008. IV. – 606 б.
5.
Ўзбек тилининг изоҳли луғати. – Тошкент: Ўзбекистон миллий энциклопедияси,
2008. V. – 591 б.
6.
Ўзбекистон миллий энциклопедияси. – Тошкент: Ўзбекистон миллий
энциклопедияси, 2000. – 1-ж.
7.
Ўзбекистон миллий энциклопедияси. – Тошкент: Ўзбекистон миллий
энциклопедияси, 2003. – 5-ж.
9
Жўраев М. Наврўз байрами. – Тошкент: Фан, 2009. – Б.73.
