145
ADVOKATURA VA ADVOKATLIK FAOLIYATI PRINSIPLARINI
TAKOMILLASHTIRISHDA SUN’IY INTELLEKTDAN FOYDALANISH
IMKONIYATLARI
Jalilov Nodirbek Komil o‘g‘li
Toshkent davlat yuridik universiteti
Uzluksiz ta’lim boshqarmasi
boshlig‘i o‘rinbosari
https://doi.org/10.5281/zenodo.15727868
Annotatsiya:
Advokatlik faoliyatini rivojlantirish va uning fundamental prinsiplarini
takomillashtirishda raqamli transformatsiya va sun’iy intellekt texnologiyalari muhim
imkoniyatlar taqdim etmoqda. Ushbu maqola advokatura sohasida raqamli vositalar va sun’iy
intellektdan foydalanishning amaliy va nazariy jihatlarini atroflicha o‘rganadi. Xususan,
huquqiy hujjatlarni avtomatlashtirish, mijozlar bilan muloqotni optimallashtirish, huquqiy
tahlil va tadqiqot jarayonlarini tezkorlashtirish hamda qaror qabul qilishda sun’iy
intellektning yordami tahlil qilinadi. Shu bilan birga, raqamli transformatsiyaning advokatlik
faoliyatining axloqiy me’yorlari, maxfiylik va ma’lumotlar xavfsizligiga ta’siri ko‘rib chiqiladi.
Maqola advokatura sohasida innovatsion yondashuvlarni joriy etish orqali huquqiy
xizmatlarning sifati, samaradorligi va foydalanuvchilar uchun ochiqligini oshirishga qaratilgan
istiqbolli yechimlarni muhokama qiladi, shu bilan birga ushbu jarayonda yuzaga kelishi
mumkin bo‘lgan huquqiy va axloqiy muammolarni bartaraf etish yo‘llarini ko‘rsatadi.
Kalit so‘zlar:
Advokatura, advokatlik faoliyati, raqamli transformatsiya, sun’iy intellekt,
huquqiy hujjatlar, avtomatlashtirish, huquqiy tahlil, mijozlar bilan muloqot, maxfiylik, axloqiy
me’yorlar, ma’lumotlar xavfsizligi, innovatsiyalar, huquqiy xizmatlar, samaradorlik, adolatli
xizmat.
O‘zbekiston advokatura sohasida raqamli transformatsiya va sun’iy intellekt joriy etish
bo‘yicha dastlabki qadamlar tashlamoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-avgustdagi “Advokatlik
faoliyatini maxsus elektron tizim orqali litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash
haqida”
1
gi 432-son qarori bilan advokatlik faoliyatini raqamli litsenziyalash joriy etilgan,
yangi litsenziyalar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali berila boshlandi.
Advokatura faoliyatidagi ortiqcha sansalorlik, byurokratiya va qog‘ozbozlikni bartaraf
etish, sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa davlat organlari bilan elektron
hujjat almashinuvini yo‘lga qo‘yish maqsadida 2022-yil 30-mayda O‘zbekiston Prezidentining
“Advokatura faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy
etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Ushbu qarorga ko‘ra muhim
o‘zgarishlar sifatida quyidagilarni ta’kidlash lozim: advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish
huquqini beruvchi litsenziya berish jarayoni talabgor tomonidan malaka imtihonini
topshirishning amaldagi tartibini saqlab qolgan holda “Litsenziya” axborot tizimi orqali
amalga oshiriladi va rasmiylashtiriladi; advokatlik tuzilmalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish,
qayta ro‘yxatdan o'tkazish va tugatish faqat “yagona darcha” tamoyili asosida O‘zbekiston
Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron shaklda amalga
oshiriladi; advokatlik faoliyatini boshlashda malaka imtihonini topshirish, advokatlik
1
https://lex.uz/docs/6143599
146
faoliyatiga litsenziya olish va advokatlik byurosini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha
kompleks xizmat ko‘rsatish alohida ta’kidlangan.
Bundan tashqari, fuqarolarga yuridik yordam ko‘rsatish jarayonlarini raqamlashtirish,
advokatura sohasini sudlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, shuningdek, boshqa
davlat organlari faoliyati bilan integratsiya qilishni nazarda tutuvchi “Yuridik yordam”
axborot tizimining ishga tushirilishi advokatlar uchun qator imkoniyatlar yaratdi. Xususan,
advokatlarning elektron reestri va advokatlarning shaxsiy elektron kabinetini shakllantirish,
advokat maqomini o‘z arizasiga ko‘ra to‘xtatib turish elektron xabarnoma shaklida amalga
oshirilishi belgilandi, advokatlik tuzilmalari tomonidan muayyan ishni yuritish uchun
advokatlarga beriladigan an'anaviy shakldagi order maqomiga teng bo‘lgan maxsus QR-kodga
ega “Elektron advokatlik orderi”ni berish amaliyoti joriy etilmoqda. “Yuridik yordam” axborot
tizimi joriy etilishi munosabati bilan asosiy o‘zgarishlardan biri advokatlarni inson omilisiz
elektron tarzda tasodifiy tanlash orqali davlat hisobidan ishga jalb etish tartibi
belgilanganligidir
2
.
Aytishimiz lozimki, hozirda Qozog‘istonda Kiberhuquq maktabi ochilgan bo‘lib faoliyat
yuritib kelmoqda. CyberLaw School – bu advokatlar, huquqshunoslar va axborot xavfsizligi
bo‘yicha mutaxassislar uchun Internet va ITdan foydalanish bilan bog‘liq ishlarda o‘zlarining
huquqiy malakalarini oshirish imkonini beruvchi intensiv kursdir. Raqamli makonni
rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda kompetensiyalarni
rivojlantirishga, shuningdek, kurs tinglovchilari o‘z kasbiy faoliyatida yangi axborot
texnologiyalari va raqamli platformalardan foydalanishlari mumkin bo‘lgan shunday
treninglarga e’tibor qaratiladi
3
.
O‘zbekiston va xorijiy davlatlarning taqqoslamali tahlili
Me’zonlar
O‘zbekiston
Xorijiy davlatlar (o‘rtacha)
Raqamli
platformalardan
foydalanish
70% advokatlar “Yuridik
yordam” tizimiga integratsiya
qilingan
75-82% advokatlar raqamli
platformalardan foydalanadi (AQSh,
Buyuk Britaniya, Singapur, 2023)
Sun’iy intellek
qo‘llanilishi
5% huquqiy hujjatlar sun’iy
intellekt yordamida tahlil
qilinadi
40-70% advokatlik firmalari sun’iy
intellekdan foydalanadi (Yevropa,
AQSh, Singapur, Yaponiya, 2023)
Masofaviy xizmatlar
10-25% xizmatlar masofaviy
ko‘rsatiladi (Toshkentda 25%,
viloyatlarda 10%)
60-75% xizmatlar masofaviy
ko‘rsatiladi (Buyuk Britaniya,
Yaponiya, Avstraliya, 2023)
Ma’lumotlar
xavfsizligi
Blockchain sinov bosqichida;
GDPR kabi qoidalar yo‘q
80-95% firmalar GDPR yoki shunga
o‘xshash qoidalarga rioya qiladi
(Yevropa, Singapur, 2023)
2
https://www.uzbekistan.org.ua/uz/yangiliklar/7474-advokatura-o-zbekiston-huquq-tizimidagi-eng-muhim-institutga-
aylanmoqda.html
3
https://globalcio.com/news/7043/?sphrase_id=440
147
Me’zonlar
O‘zbekiston
Xorijiy davlatlar (o‘rtacha)
Huquqiy xizmatlar
narxi
Raqamli xizmatlar 15%
arzonroq (2023)
Sun’iy intellek yordamida xizmatlar
narxi 15-30% pasaygan (Singapur,
Hindiston, AQSh, 2023)
Advokatlarning
raqamli savodxonligi
60% advokatlar raqamli
treninglardan o‘tgan (2023)
85-90% advokatlar raqamli
kompetensiyaga ega (AQSh, Yaponiya,
Singapur, 2023)
Yuqoridagilardan kelib chiqib, O‘zbekiston advokatura faoliyati qonunchiligiga aniq
takliflar va tavsiyalar ishlab chiqildi.
Xususan, sun’iy intellektni tartibga soluvchi qonunchilik yuzasidan quydagi takliflar
ishlab chiqildi:
Birinchidan, “Advokatura to‘g‘risida”gi qonunga sun’iy intellekt asosidagi tizimlardan
foydalanishni tartibga soluvchi bo‘lim qo‘shilishi lozim. Singapur tajribasiga asoslanib, sun’iy
intellekt tahlil vositalarining huquqiy mas’uliyati va axloqiy normalari aniq belgililash lozim
4
.
Ikkinchidan, Yaponiya tajribasiga asoslanib, sun’iy intellektdan foydalanishda
ma’lumotlar maxfiyligini ta’minlash bo‘yicha qoidalar joriy etilishi lozim
5
.
Uchinchidan, GDPR modeliga asoslanib, raqamli tizimlardan foydalanishda ma’lumotlar
maxfiyligini himoya qiluvchi maxsus qonun hujjati qabul qilishi zarur
6
.
To‘rtinchidan, “Yuridik yordam” tizimida blockchain texnologiyasi joriy etilib,
hujjatlarning xavfsizligi kafolatlash maqsadga muvofiq
7
.
Beshinchidan, AQShning ABA tajribasiga asoslanib, advokatlarning texnologik
kompetensiyasi litsenziya olishning sharti sifatida belgilash lozim
8
.
Oltinchidan, Advokatlar uchun raqamli malaka oshirish dasturlari majburiy bo‘lishi va
yillik sertifikatlash tizimi joriy etilishi zarur.
Yettinchidan, Avstraliya tajribasiga asoslanib, masofaviy huquqiy xizmatlarning qonuniy
asoslari mustahkamlash kerak. Bu mijozlar uchun qulaylik yaratadi va xizmatlar narxini
pasaytiradi
9
.
Sakkizinchidan, Buyuk Britaniya tajribasiga asoslanib, masofaviy sud jarayonlari uchun
maxsus modul ishlab chiqish lozim
10
.
To‘qqizinchidan, Kanada tajribasiga asoslanib, huquqiy ma’lumotlarni ochiq manba
sifatida taqdim etuvchi yagona platforma yaratish. Bu advokatlar uchun qonun hujjatlari va
sud qarorlariga tezkor kirishni ta’minlaydi
11
.
O‘ninchidan, “Yuridik yordam” tizimiga “ROSS Intelligence
12
” yoki “Luminance”
13
kabi
4
https://sso.agc.gov.sg/Act/LPA1966
5
http://www.japaneselawtranslation.go.jp/law/detail/?id=187
6
https://eur-lex.europa.eu/eli/reg/2016/679/oj
7
https://www.eublockchainforum.eu/
8
https://www.americanbar.org/
9
http://www.austlii.edu.au/cgi-bin/viewdb/au/legis/vic/num_act/lpul2014214/
10
https://www.gov.uk/guidance/online-court-reform-programme
11
https://www.canlii.org/
12
https://www.rossintelligence.com/
13
https://www.luminance.com/
148
sun’iy intellekt asosidagi tahlil vositalari integratsiya qilish. Bu shartnomalar tahlilini tezkor
tahlil qilishni ta’minlaydi.
Yuqorida bildirilgan fikrlardan kelib chiqib xusola qilishimiz mumkinki, O‘zbekiston
advokaturasi raqamli transformatsiya va sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish orqali
nafaqat milliy, balki xalqaro miqyosda ham yetakchi o‘rinni egallashi mumkin. Ayni paytda,
ijtimoiy adolatni ta’minlash uchun xorijiy tajribasidan foydalanish, kam ta’minlangan
fuqarolar uchun huquqiy xizmatlarni qulaylashtirishda muhim ahamiyatga ega.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 14.10.2024-yildagi PQ-358-son/
http://lex.uz/docs/-7158604
2.
https://parliament.gov.uz/articles/868
3.
https://doi.org/10.52783/jes.3320/
https://journal.esrgroups.org/jes/article/view/3320
4.
https://university.open.ac.uk/open-justice/sites/www.open.ac.uk.open-
justice/files/AI%20Law%20and%20Legal%20Training%20Interim%20Report%20March%2
02025%20(AILLT%202025).pdf
5.
https://lex.uz/docs/6143599
6.
https://www.uzbekistan.org.ua/uz/yangiliklar/7474-advokatura-o-zbekiston-huquq-
tizimidagi-eng-muhim-institutga-aylanmoqda.html
7.
https://globalcio.com/news/7043/?sphrase_id=440
8.
https://sso.agc.gov.sg/Act/LPA1966
9.
http://www.japaneselawtranslation.go.jp/law/detail/?id=187
10.
https://eur-lex.europa.eu/eli/reg/2016/679/oj
11.
https://www.eublockchainforum.eu/
12.
https://www.americanbar.org/
13.
http://www.austlii.edu.au/cgi-bin/viewdb/au/legis/vic/num_act/lpul2014214/
14.
https://www.gov.uk/guidance/online-court-reform-programme
15.
https://www.canlii.org/
16.
https://www.rossintelligence.com/
17.
https://www.luminance.com/