15
SIROJIDDIN SAYYID SHE`RLARIDA VATAN MAVZUSI
Samadova Dilnoza
Berdaq nomidagi QQDU O`zbek filologiyasi fakulteti
3-bosqich talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.16791771
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Sirojiddin Sayyidning hayoti, ijodi va uning vatan
mavzusidagi she`rlari tahlil qilinadi.Shuningdek, maqolada shoirning vatanparvarlik g`oyalari
to`g`risida ham fikr yuritiladi.
Kalit so`zlar:
vatan, vatanparvarlik, badiiy mahorat, ma`naviyat.
Abstract:
This article analyzes the life, work, and poems of Sirojiddin Sayyid on the theme
of homeland. The article also discusses the poet`s patriotic ideas.
Keywords:
homeland, patriotism, artistic skill, spirituality
Аннотация:
В статье анализируются жизнь творчество и стихи Сирожиддина
Сайида на тему родины. В статье также рассматриваются патриотические идеи поэта.
Ключевые слова:
родина, патриотизм, художественное мастерство, духовность.
Kirish
O`zbek adabiyotida vatan mavzusi doimiy va eng muhim mavzulardan biri bo`lib
kelgan.Mumtoz va zamonaviy adabiyotimizda ham vatan haqida yozmagan ijodkor bo`lmasa
kerak. Bu mavzuda Cho`lpon, Abdulla Avloniy, Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, SHavkat
Rahmon, Muhammad Yusuf, Halima Xudoyberdiyeva, Usmon Azim va boshqa shoirlarimiz
barakali ijod qilishgan. Biroq har bir shoir ijodida uning o`ziga xos ta`rif-u tavsifi mavjud.
Vatan mavzusi boshqa shoirlar singari Sirojiddin Sayyid ijodida ham alohida ahamiyatga
ega.SHoir Sirojiddin Sayyid ham bu mavzuga o`ziga xos,chuqur hissiyotlar va milliy g`urur bilan
yondashadi.Vatan va millatga muhabbat tuyg`usi shoir she`rlarining asl mohiyatini,mag`zini
belgilaydi.Uning vatan mavzusidagi she`rlarida vatanga bo`lgan muhabbat,milliy
qadriyatlar,vatanparvarlik g`oyalari to`g`risida ham fikr yuritiladi.
Asosiy qism
Sirojiddin Sayyid XX asr o`zbek adabiyotining o`ziga xos ijodkorlaridan biridir.Sirojiddin
Sayyid she`rlarida o`zbek mumtoz she`riyati an`analari bo`lmish xalqchillik,soddalik va musiqiy
tovlanishlar yetakchilik qiladi.Uning ilk she`rlar to`plami-“Ruhim xaritasi”(1985).Shundan
keyin uning “Salqin xarsanglar kaftida”, “Sevgi mamlakati”, “Asragil”, “Mehr qolur,muhabbat
qolur”, “Kuydim”, “Vatanni o`rganish”, “Vatan abadiy”, “Ustimizdan o`tgan oylar”,
“Qaldirg`ochlarga ber ayvonlaringni” va boshqa to`plamlari nashr etilgan.
Sirojiddin Sayyid ham dunyodagi barcha shoirlar singari insonni qiziqtirgan,inson qalbini
to`lqinlantiradigan mavzularda qalam tebratdi.Uning lirikasida xalqimiz o`tmish madaniyati va
tarixini ulug`lash,buyuk ajdodlarimizdan faxrlanish,ma`naviy-axloqiy muammolar,insoniy
dardlar,armonlar,ishq-muhabbat kabi mavzular keng o`rin olgan.Ta`kidlaganimizdek, vatan
mavzusi shoir lirikasining yetakchi mavzularidan biri bo`lib kelgan.Uning “Ilinj” va “Vatan”
she`rlari buning yorqin namunasidir.Shoir “Ilinj” she`rida vatanning moddiy boyliklariga
emas,balki uning ruhiy va tarixiy qadriyatlariga bo`lgan chuqur mehrini ifodalaydi.
“Yurtim,menga zar kerakmas zarlaringdan,
Kipriklarim o`psalar bas gardlaringdan.”
Bu misralarda “zar”-boylik,moddiy qimmatbaho narsalar ramzi sifatida ishlatilgan.Ammo
shoir uchun bunday tashqi boyliklar ahamiyatga ega emas,uning qalbida vatanga nisbatan
16
samimiy mehr bor.”Kiprik”- bu yerda vatanning nafis yuzini ifodalayapti.Demak, shoir uchun
eng qimmat narsa-vatanning o`zi.
“Men bir nasim bo`lib keldim, men bir nasim,
Aytib o`tsam deyman ko`hna dardlaringdan.”
“Nasim”-shoirning o`zi,u yurtga tinchlik, yangilanish, shifo olib keluvchi kuch sifatida
kelishini bildiradi. Bu obraz orqali vatan dardlarini, uning azoblarini o`ziga olgan insonning
mehr-muhabbati ifodalanadi.
She`rda tarixiy yodgorliklar ham muhim o`rin tutadi:
“Menga qadim minorlardan bir sas yetar.
Shul sas mening ko`nglim oxir serfayz etar”
Bu satrda qadim minoralarning tovushi shoir uchun ruhiy shifo va ilhom manbaidir.
“Vatan she`ri vatanga muhabbat va milliy g`ururni o`zida mujassamlashtirgan dardli va
g`o`zal she`rdir.Shoir vatanni inson qalbining ajralmas qismi sifatida ko`rsatadi:
“Dil porasi, ko`z qorasi sen o`zingdirsan,
Mening ko`nglim sen aslida, sen ko`zimdirsan.”
Bu yerda “dil porasi” va “ko`z qorasi”- eng qimmat, eng nozik narsalar sifatida vatan
timsoli.
Tabiat tasviri she`rga yanada rang-baranglik va jonlilik baxsh etadi:
“Oyu quyosh, kamalaklar ko`zu qoshlaring,
Beshigimni tebratgandir qaldirg`ochlaring.”
Bu misrada oy va quyosh-yorug`lik, hayot manbai, kamalak esa tinchlik va go`zallik ramzi
sifatida ishlatilgan. Qaldirg`ochlar esa ota-ona tomonidan bola beshigini tebratish, himoya
qilish ramzi,bu vatanning mehr-oqibatli yuzini anglatadi.
“Temurlari ot minganda jahon lol bo`lgan,
Jahonlarga timsol shohu sultonim, Vatan”
Bu satrlar orqali shoir o`z vatanining ulug` tarixiy shaxslarini yodga oladi.Temur kabi
buyuk sarkardalar va hukmdorlar vatan sharafini ko`tarib, butun jahonga namuna bo`lganini
ta`kidlaydi.
“Cho`lpo, Fitrat, Qodiriy ham Usmonim,Vatan.”
Bu misrada shoir milliy adabiyot va madaniyatning buyuk namoyondalarini eslab, vatan
bilan madaniy-ruhiy bog`liqligini ifodalaydi.
Xulosa
Xulosa qilib aytish mumkinki,Sirojiddin Sayyidning ikki she`rida ham vatan-inson qalbi va
ruhining markazi sifatida talqin etiladi.Har ikki she`r vatanga muhabbat va sadoqatni o`zining
turli tomonlari bilan ochib beradi.Sirojiddin Sayyid she`rlari yosh avlodni vatanparvarlik
ruhida tarbiyalashda juda kata ahamiyatga ega.Chunki uning she`rlarida milliy g`urur,tarix va
madaniyat ramzlari mavjud.Shoirning she`rlari milliy ma`naviyatni mustahkamlash uchun ham
muhim manba hisoblanadi.
References:
Используемая Литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Sirojiddin Sayyid.Tanlangan she`rlar.Toshkent:Adabiyot va san`at.2021
17
2.
Abdullayev O.O`zbek adabiyoti tarixi.Toshkent:O`qituvchi.2010
3.
Islomov M.Milliy istiqlol va adabiyot.Toshkent:Sharq.2015
4.
Mirzaahmedov R.She`riyatda vatan tasviri.Toshkent:Fan va texnologiya.2008
