97
MAHMUDXO‘JA BEHBUDIYNING MA'RIFATPARVARLIK FAOLIYATI
Samadova Dilnoza
Berdaq nomidagi QQDU O‘zbek filologiyasi fakulteti
2-bosqich talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15189249
Annotatsiya:
Bu maqolada Turkiston jadidlari va jadidchilik harakatining asoschisi
Mahmudxo‘ja Behbudiyning hayoti va faoliyati to‘ģrisida so‘z boradi.Jumladan,uning millat
taraqqiyotida tutgan o‘rni haqida fikr yuritiladi.
Kalit so‘zlar:
jadidchilik, ma'rifat, maktab, millat, jurnal.
Abstract:
This article discusses the life and work of Mahmudkhoj Behbudi, the founder of
the Turkestan Jadids and the Jadid movement. In particular, it discusses his role in the
development of the nation.
Keywords:
Jadidism, enlightenment, school, nation, magazine.
Аннотация:
В данной статье рассказывается о жизни и деятельности
Махмудходжи Бехбуди, основателя туркестанских джадидов и джадидского движения.В
частности, обсуждается его роль в развитии нации.
Ключевые слова:
борьба, просвещение, школа, нация, журнал.
Kirish:
Jadidchilik harakati XIX asr oxiri va XX asr boshlarida shakllangan.Bu harakatda
zamonaviy maktablar ochish, millatni taraqqiyot sari olib chiqish uchun turli usul va ģoyalar
yoqlab chiqilgan. Jadidchilikni shakllantirishda ko‘plab millat ziyolilari faol qatnashgan.Ular
mamlakatni qoloqlikdan, mustamlaka zulmidan ozod qilish, xalqni rivojlantirish va uni
taraqqiyot yo‘liga olib chiqish uchun harakat qilganlar. Jadidlar nafaqat xalqni ozod qilish,balki
ularning ma'rifatli bo‘lishini ham istashgan.Turkistonda bu harakatning ko‘zga ko‘ringan
vakillariga Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Fayzullo
Xo‘jayev, Sadriddin Ayniy, Abdurauf Fitrat, Ubaydulla Asadullaxo‘jayev, Obidjon Mahmudov,
Abduqodir Muhitdinov va boshqalarni keltirib o‘tishimiz mumkin. Bular xalq orasida
mustaqillik ģoyalarini shakllantirishda katta hissa qo‘shdilar.Bu vakillar taraqqiyot uchun,
turkiy tillarni rivojlantirish, shu tillardagi ilm-fan, milliy adabiyotni boyitish, dunyoviy ilmlarni
o‘rganish, ayollar va erkaklar tengligi uchun kurash olib borganlar.Turkiston jadidlarini
birlashtirishda "Jadidlarning rahbari" deb tan olingan Mahmudxo‘ja Behbudiyning xizmati
beqiyos bo‘lgan.
Asosiy qism:
Mahmudxo‘ja Behbudiy nafaqat jadidchilik harakatining tarafdori, balki
dramaturg, noshir, din va jamoat arbobi ham bo‘lgan. U "Samarqand" gazetasi va "Oyna"
jurnalining asoschisi. Behbudiy xalqni savodli qilish uchun "usuli savtiya" maktabini ochadi.U
maktab o‘quvchilari uchun bir qancha darsliklar, Jumladan,"Risolayi asbobi savod", "Risolayi
juģrofiyayi umroniy", "Kitobatul atfol", "Amaliyoti islom", "Tarixi islom" kabi kitoblarni nashr
ettirgan.Behbudiy xalqni ma'rifatli qilish uchun maktabni o‘zi yetarli bo‘lmasligini bilib, teatr
va matbuot ishlari bilan ham shuģullandi. Uning "Padarkush" dramasi 1914-yil Toshkentda
sahnaga qo‘yildi. Bosh rolni Abdulla Avloniy ijro etdi. Dramada jaholat, ilmsizlik qoralanadi
hamda tarbiyasizlikka qarshi ma'rifat uluģlanadi. Bu dramaning sahnaga qo‘yilishi bir
tomondan, millatni ma'rifat va taraqqiyot sari undashda katta ahamiyatga ega bo‘lsa,
ikkinchidan, o‘zbek teatri va dramaturgiyasining maydonga kelishida muhim qadamlardan biri
bo‘lgan.
98
Mahmudxo‘ja Behbudiy o‘zbek matbuoti tarixida maqolanavis sifatida o‘z o‘rniga ega. U
o‘zining millat va vatan taqdiri haqidagi qarashlarini maqolalarda ham aks ettirgan.
Behbudiyning "Xurshid" gazetasida bosilgan "Xayrul umuri avsotibo" maqolasi, ayniqsa,
diqqatga sazovor. Behbudiy "Oyna" jurnalining ilk sonidayoq "Ikki emas, to‘rt til lozim" nomli
maqolasini e'lon qilib, o‘zbek, arab, tojik, rus tillarini bilish shart deya murojaat qilgan.Uning
"Hurriyat" gazetasida e'lon qilingan yana bir "Haq olinur,berilmas" maqolasida mustaqillikka
faqat qo‘lga qurol olib emas, bunga faqat ilm va ma‘rifat bilan erishish mumkinligi bayon
qilgan. Behbudiy millat ozod bo‘lib, o‘zining mustaqil davlatini o‘rnatmaguncha, ijtimoiy
adolatni tiklab bo‘lmaydi, degan xulosaga keladi. U odamlardan axloq me'yorlariga amal
qilishni hamda insonparvarlik ģoyalarini shakllantirishni va islom dini ta'limoti bilan tanish
bo‘lishni ham talab qilgan.
Xulosa:
Xulosa qilib, aytish mumkinki, Mahmudxo‘ja Behbudiy Turkiston jadidlarining
yo‘lboshchisi bo‘ldi. Butun umrini xalq manfaatlarini himoya qilish uchun baxshida etdi.
Behbudiyning maqsadi xalqning islomiy qarashlarini o‘stirish, ularga to‘ģri yo‘l ko‘rsatishdan
iborat edi.U yoshlar qalbida vatanga muhabbat tuyg‘usini kuchaytirish va bu orqali millat
ozodligini ta'minlash uchun yetarlicha harakat qildi. U faqat o‘zining asarlari bilangina emas,
balki ma'rifiy faoliyati bilan ham millatni uyg‘otishga o‘zining munosib hissasini qo‘shdi.
Mahmudxo‘ja Behbudiy buyuk ma'rifatparvar va yetakchi jadid sifatida milliy madaniyatimiz
tarixidan mustahkam o‘rin egalladi. Millat va Vatan mustaqilligi,taraqqiyoti yo‘lida fido bo‘lgan
inson-Mahmudxo‘ja Behbudiy qilgan amallari bilan xalqimiz yodida o‘chmas iz qoldirdi. Uning
ma'rifatparvarlikka oid ģoyalari bugungi kunda ham yoshlar tarbiyasida alohida ahamiyatga
egadir.
Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:
1.
Nig‘matullayev I."Mahmudxo‘ja Behbudiy asarlari uning ahamiyati" maqolasi
2.
Naim Karimov."Mahmudxo‘ja Behbudiy" Toshkent."Akademnashr" 2022-yil
3.
Mahmudxo‘ja Behbudiy."Tanlangan asarlar".Toshkent.2018-yil
4.
Ibrohim G‘afurov.Mahmudxo‘ja Behbudiy haqida ikki badia/ Xurshid Davron kutubxonasi
5.
Begali Qosimov. "Mahmudxo‘ja Behbudiy" "Tanlangan asarlar" Toshkent. "Ma'naviyat"
nashriyoti 2020-yil