7
ZULFIYA LIRIKASIDA SADOQAT VA MUHABBAT MAVZUSI
Samadova Dilnoza
Berdaq nomidagi QQDU
O‘zbek filologiyasi fakulteti 2-bosqich talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14603149
Annotatsiya.
Ushbu maqolada Zulfiyaxonim lirikasi haqida ma'lumot berilgan.
Qolaversa, shoira she'rlarining mavzusi, ģoyasi va uning sadoqat, muhabbat to‘ģrisidagi
she'rlari tahlil qilingan.
Annotation:
This article provides information about Zulfiyakhanim's lyrics. In addition,
the topic and idea of the poetess's poems and her poems about loyalty and love are analyzed.
Аннотация:
В статье представлены сведения о лирике Зульфияханим. Кроме
того, анализируются тема и идея стихов поэтессы и ее стихотворений о верности и
любви.
Kalit so‘zlar:
mavzu, ģoya, bahor, sadoqat, muhabbat, ayol.
Key words:
subject, idea, spring, loyalty, love, woman.
Ключевые слова:
предмет, идея, весна, верность, любовь, женщина.
Kirish.
Zulfiya Isroilova-o‘zbek xalqining sevimli, taniqli va iste'dodli shoirasi.O‘zbek
shoiri Hamid Olimjonning turmush o‘rtoģi bo‘lmish shoira o‘zining ijodi bilan millionlab
insonlar qalbidan joy oldi. Uning she'rlari faqatgina yurtimizda emas, balki dunyo miqyosida
ham e'tirof etilgan.Shoiraning she'rlari jahonning ko‘pgina tillari: rus, ingliz, nemis, hind,
xitoy, arab, fors va boshqa tillarga tarjima qilingan. Hind mavzuidagi she'rlari uchun
Javoharlal Neru nomidagi xalqaro sovriniga sazovor bo‘lgan.
Iqtidorli shoira turli janrlarda asarlar yaratgan: dostonlar, balladalar, hikoyalar,
ocherklar, she'rlar va bir qancha publistiktik maqolalar.Uning ko‘pgina she'rlari tinchlik va
do‘stlik mavzulariga baģishlangan. Tinchlik va do‘stlikni tarannum etuvchi asarlari hamda
Osiyo va Afrika yozuvchilaridagi harakatidagi faol ishtiroki uchun xalqaro "Nilufar"
mukofotiga sazovor bo‘lgan.
Urush yillari u vatanparvarlik ģoyasi aks etgan she'rlar yozdi.Zulfiyaning "Mening
Vatanim", "Qo‘limda qurol-u ustimda shinel", "Bizni kut" kabi umidbaxsh she'rlari urush davri
o‘zbek she'riyatining jangovar ruhini ifodalovchi asarlar qatoridan o‘rin olgan. Bundan
tashqari, Zulfiya o‘zining lirikasini boy ranglar va yangi timsollar bilan boyitib borgan.
Asosiy qism.
Zulfiya siymosi-o‘zbek she'riyatida bahor, muhabbat va sadoqat kuychisi
deb bejiz aytilmagan. Zero, shoiraning hayoti har bir o‘zbek ayoliga ibrat bo‘ladigan
namunadir. Uning ijodida o‘zbek ayolining taqdiri katta o‘rin egallaydi. Zulfiyaxonim
she'rlarida o‘zbek ayollari, qizlarining baxt va tashvishlari haqida baralla kuyladi. Shoira
she'rlarida ayollik nafosatini tarannum etishdan charchamaydi. Zulfiya she'riyatida tabiatga
hamda insoniyatga bo‘lgan sevgi va mehr-muhabbatni uchratamiz. U tabiatni turli xil ranglar
va timsollar bilan tasvirlaydi. Xalq orasida shoiraning "Bahor keldi seni so‘roqlab", "O‘ģlim,
sira bo‘lmaydi urush", "Sensiz", "Yurak", "Mushoira" kabi she'rlari mashhur.
Bilamizki, Zulfiya sadoqat va muhabbat timsoli.Turmush o‘rtoģining vafotidan so‘ng
shoira ijodida soģinch, hijron mavzulari yetakchilik qiladi. Lekin shoira hayotning bu achchiq
sinoviga taslim bo‘lmadi, o‘zida jasorat topib yana ijod qildi va chinakam sadoqat timsoliga
aylandi. Zulfiyaxonim ijod qilish bilan bir qatorda farzandlarini tarbiya qildi va Hamid
Olimjonning ishlarini ham davom ettirdi. Bir umr sadoqat bilan yashagan shoira "O‘rik
8
gullaganda", "Ko‘rganmiding ko‘zlarimda yosh?" "Izlayman" kabi she'rlarida Hamid Olimjonga
bo‘lgan cheksiz sadoqatini, vafosini va sevgisini ifoda etgan.
Izlayman!
Bilaman, topmayman uni.
Zotan, o‘zim uni qachon yo'qotdim?
Farzand, Nabiralar tug'ilgan kuni,
Men uni har safar Abadga topdim...
Endi Zulfiyaning "Sen qaydasan,yuragim" nomli she'riga to‘xtalib o‘tsak.
Qayga ketding, yuragim,
Bitdi bardosh va toqat.
Suhbatingdir tilagim,
Tilda hasratim qat-qat
Bu she'r Hamid Olimjon vafotidan keyin yozilgan bo‘lib, unda hijron azobida
qiynalayotgan ayolning tuyģulari aks ettirilgan. She'rning mazmuni ģamdan iborat bo‘lganligi
uchun ohangi ham ģamgin.
Zulfiyaxonimning she'rlarini o‘qigan har bir inson uning turmush o‘rtoģiga bo‘lgan
muhabbati qanchalik yuqori ekanligini va uning o‘limidan qanchalar iztirob chekkanini his
qiladi. Biroq turmush o‘rtoģi bilan birga kechirgan qisqa umriga qaramasdan, uzoq yillar
davomida oilasiga va umr yo‘ldoshiga sadoqatini yo‘qotmagan.
Xulosa.
Zulfiyaxonim o‘zbek she'riyatida o‘ziga xos o‘ringa ega shoira. U insonga xos
xislatlarning barchasiga ega ayol desak adashmagan bo‘lamiz. Istiqlol davrida ham
Zulfiyaxonim ijodi, uning she'rlari, asarlari yanada uluģlandi. 2004-yilda mamlakatimizda
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti ta'sis etildi. Ushbu mukofot adabiyot, san'at va boshqa
sohalarda muvaffaqiyatga erishgan qizlarga taqdim etiladi.
Zulfiyaxonimning hayoti va ijodi bugungi kunda barcha xotin-qizlar uchun ibrat bo‘la
oladi.Chunki uning mehnatsevarligi, sadoqatli yor ekanligi, doimo olģa intilishi,
izlanuvchanligi barcha ayollar qalbida havas uyģotadi.Hozirda ham uning she'rlari butun
jahon minbarlarida yangramoqda. Uning ibratli hayoti, betakror iste'dodi yoshlar uchun
o‘rnak bo‘la oladi.
References:
1.
Zulfiya. Adabiy o‘ylar.Toshkent: "Fan" ,1985.
2.
Zulfiya. Tong bilan shom aro.Saylanma.-Toshkent: Sharq,2006.
3.
Karomov N.Zulfiya. Ma'rifiy biografik asar.-G‘afur G‘ulom nomidagi matbaa ijodiy uyi,
2015.
4.
Hojiyeva O.To‘rt tanho. Toshkent, O‘zbekiston, 2013.
