7
«Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: nazariy va amaliy
izlanishlar» nomli 11-son ilmiy, masofaviy, onlayn
konferensiya
O‘ZBEK GAZETALARI TILI
Bozorova Ibodat Ramazonovna
1
, Shodiyeva Iroda Sa’dulla qizi
2
1
Navoiy davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi
2
Navoiy davlat pedagogika instituti talabasi
LANGUAGE OF UZBEK NEWSPAPERS
Bozorova Ibodat
1
, Shodiyeva Iroda
2
1
Teacher of Navoi State Pedagogical Institute
2
Student of Navoi State Pedagogical Institute
https://doi.org/10.5281/zenodo.5964741
ANNOTATSIYA
O‘zbek gazetalari tilining har tomonlama rivojlanishi va imkoniyatlarining
kengayishini davr taraqqiyoti bilan, xalqimiz saviyasining har tomonlama
o‘sganligi bilan izohlash lozim.O‘tgan davr mobaynida ko‘plab yuqori saviyali
jurnalistlar yetishib chiqdi.Kundalik gazetalar xalqning suhbatdoshi bo‘lib qoldi.
Ana shu omillar tilimizning ichki imkoniyatlaridan unumli foydalanishga, ayni
vaqtda, boshqa tillardan qabul qilingan leksik vositalarni yozma nutqqa
singdirishga keng yo‘l ochdi.Endilikda adabiy tilimiz me’yorlari puxta ishlandi.
Binobarin, hozirgi kun gazeta tili so‘z qo‘llashda ham, grammatik
qo‘shimchalardan foydalanishda ham, gap tuzishda ham har tomonlama taraqqiy
etdi. Hozirgi gazetalarning mazmun va mavzu doirasi kengaydi, ifoda usuli
yaxshilandi, texnik jihatdan takomillashdi, jozibasi ortdi. Ular mazmunan
serqirra, shaklan bejirim, til va uslub jihatidan aniq-ravon va ommabopdir.
ABSTRACT
The comprehensive development and expansion of the language of modern
Uzbek newspapers can be explained by the development of the period, the
growing level of our people. Over the past period, many high-level journalists
have emerged. Daily newspapers have become the collocutor of the people. These
factors have opened the way for the effective use of the internal potential of our
language, as well as the integration of lexical means from other languages into
written speech. Now the norms of our literary language have been carefully
worked out. As a result, the language of the newspaper has developed in every
way, both in the use of words and in the use of grammatical adjectives and
sentences. The range of content and topics of modern newspapers has expanded,
the method of expression has improved, technically improved, and their appeal
8
«Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: nazariy va amaliy
izlanishlar» nomli 11-son ilmiy, masofaviy, onlayn
konferensiya
has increased. They are diverse in content, elegant in form, clear in language and
style, and popular.
Kalit so‘zlar:
gazeta tili, hozirgi gazetalar, publitsistik usul, ijtimoiy omil.
Keywords:
newspaper language, contemporary newspapers, journalistic
method, social factor.
Ommaviy aloqaning eng faol vositasi – gazeta tili jamiyat taraqqiyoti bilan
uzviy bog‘liqdir. Xalq hayotining barcha jabhalaridagi o‘zgarishlar yangi tipdagi
solnomamiz – gazetalarda keng miqyosda aks etib boradi. U xalq xo‘jaligi
taraqqiyotini, xalqimizning fidokorona mehnatini, yutuq va kamchiliklarni
ko‘rsatib turuvchi kundalik faoliyat oynasidir. Demak, gazeta ijtimoiy hayot bilan
hamisha chambarchas bog‘liq. Xuddi ana shu jarayon, ana shu bog‘liqlik gazeta
tilini xalq tili bilan tutashtiradi, gazetada xalq tilining barcha xususiyatlarini aks
ettirishga olib keladi. Bu, bir tomondan, gazetani ommaga yanada yaqinlashtiradi,
ularga yaqindan ko‘mak beruvchi va yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi bir maslahatchiga
aylantiradi, ikkinchi tomondan, xalq tili muhim xususiyatlarining butun yozuv
tizimiga singib borishi va shu tariqa adabiy tilning xalqchillashishiga, og‘zaki va
yozma nutqni bir-biriga tobora yaqinlashtirishga imkoniyat hozirlaydi.
Gazetaning kundalik faoliyati uchun xos bo‘lgan asosiy xususiyatlardan biri
ifoda usulining aniqligi va oddiyligidir. Har qanday muhim masalani, har qanday
ijtimoiy-siyosiy voqea-hodisani aniq, oddiy, ravon va ommabop qilib ifoda eta
olish gazeta nutqida xalqchillikni ta’minlashning muhim shartlaridandir. Shuning
uchun undagi ommaviylikni ta’minlovchi omillar, xususan, aniqlik va oddiylik,
soddalik va ravonlik, katta mazmunni kichik hajmda, ixcham tasvirda aks ettira
olish kabi til imkoniyatlaridan o‘rinli va unumli foydalanishga katta e’tibor
beriladi.
Gazeta tilining ilk tadqiqotchilaridan bo‘lgan G.Vinokur qayd etganidek,
gazeta juda katta auditoriyaga, til bilimi jihatdan betaraf muhitga, ya’ni turli
darajadagi lisoniy-uslubiy malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan gazetxonlarga
mo‘ljallangandir. Binobarin, so‘zning aniq, nutqning ravon bo‘lishi gazeta tilining
zarur shartlaridandir.
1
Endilikda gazeta xalq tilidan o‘rganish bilan birga, unga o‘z ta’sirini
o‘tkazib, ham o‘rgatib, adabiy tilning, nutq madaniyatining targ‘ibotchilaridan biri
1
Винокур Г.О. Культура языка.−М.,1925.− С.105; В.Г.Костомаров. Стилистические
«смешения» в языке газеты // Вопросы культуры речи.№8.−М.,1967.− С.20.
9
«Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: nazariy va amaliy
izlanishlar» nomli 11-son ilmiy, masofaviy, onlayn
konferensiya
sifatida faol xizmat qilib kelayotganligini aniq his etamiz. Gazeta nutqida
ommaviylik, xalqchillik, soddalik, aniqlik, ravonlik va ixchamlik asosiy xususiyat,
yetakchi omil bo‘lib qoldi.
Nolisoniy zaminlarda ro‘y beruvchi ijtimoiy omillarning o‘zgarishi va
rivojlanishi publitsistik uslubning taraqqiyotiga ham turtki bo‘ldi. Demak,
publitsistik uslubning, jumladan, gazeta publitsistikasining rivoj topishi, eng
avvalo, ijtimoiy o‘zgarishlar bilan bog‘liqdir. Ammo, shu bilan bir qatorda, tilning
o‘z ichki omillari, ya’ni til hodisalaridagi o‘zgarishlar (masalan: uslubiy an’analar
va til siyosatidagi ommaviylik harakatlari) ham bu uslubning taraqqiyotida
alohida omil bo‘lib xizmat qildi.
2
Yana shuni ta’kidlab o‘tish joizki, o‘tgan davr mobaynida o‘zbek tili, uning
uslublari, shu jumladan, gazeta tili, uning janrlari ham har jihatdan rivoj topdi,
ifoda imkoniyatlari kengaydi. Gazeta publitsistikasi yangi taraqqiyot bosqichiga
ko‘tarildi. Gazeta nutqini ifodalovchi vositalarning munosibini topishga intilish,
mazmundorligiga va tezkor-ta’sirchanligiga diqqat qilishga katta ahamiyat
berildi.
Insonlar faoliyatining turli ko‘rinishlaridagi holat-vaziyatlarga mos
keladigan, aniq maqsadga yo‘naltirilgan funksional-uslubiy vazifalarga bog‘liq
tarzdagi nutqiy mezonlar va me’yorlar yuzaga keldi. “Bu subyekt faoliyatining
borliq bilan munosabati zaminida ro‘y berdi. Boshqacha qilib aytganda, u yoki bu
nutqning, u yoki bu uslubning shakllanishi muomala-munosabatning ma’lum
maqsad yoki vazifaga qaratilishi orqali amalga oshdi”.
3
Davr, jamiyat taraqqiyoti bilan, muxbirlarning son va sifat jihatdan har
tomonlama o‘sganligi, fan tarmoqlarining rivoji tufayli haqiqiy publitsistika
yaratildi.Jurnalistika taraqqiyotiga bog‘liq ravishda obyektiv voqelikni, ijtimoiy
hayotning barcha sohalarini atroflicha biluvchi, qalami qayralgan muxbirlar,
publitsistlar yetishdi.
Mustaqillik sharoitida o‘zbek gazetalari tilida yangi so‘z va iboralar, xilma-
xil atamalar paydo bo‘ldi. Endilikda gazetalarda o‘zbek tilining o‘z
imkoniyatlaridan keng foydalanilmoqda. Gazeta tilidagi bu taraqqiyot dastlab
o‘zbek tilida asrlar davomida qo‘llanib kelinayotgan mavjud vositalarning
2
Развитие функциональных стилей современного русского языка.−М.:Наука,1968.−
С.3-11.
3
Основы теории речевой деятельности.−М.:Наука,1974.− С.244-277.
10
«Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: nazariy va amaliy
izlanishlar» nomli 11-son ilmiy, masofaviy, onlayn
konferensiya
faollashuvi, tilimizning o‘z ichki imkoniyatlari asosida yuzaga keldi. Ayni paytda
ehtiyoj tufayli bunday yangi vositalar rus tilidan va u orqali Yevropa tillaridan,
arab, fors tillaridan, qardosh xalqlar tillaridan kirib keldi. Ichki va tashqi manbalar
evaziga hozirgi gazetalar tilida faol qo‘llanayotgan har xil so‘z va atamalar, turli
tipdagi birikmalar, tuzilmalar shular jumlasidandir.
Gazeta nutqi ommabop, ayni paytda serqirra nutqdir. Chunki gazeta tilining
tildan tashqari asoslari murakkab, sertarmoq va ko‘p vazifalidir.
Gazeta ijtimoiy hayotning, xalqimiz ma’naviy olamining, insoniyat
faoliyatining hamma sohalarini: kundalik moddiy, ma’naviy hayotning barcha
jabhalarini aks ettirishi tufayli unda nutqning turli ko‘rinishlari, turli uslublari,
turli janrlar, jumladan, ilmiy, badiiy, ijtimoiy-publitsistik, rasmiy-idoraviy,
so‘zlashuv kabi uslubiyatga doir vositalar ishtirok etsa-da, kundalik muomala
jarayonida ishlatiluvchi oddiy, hammabop nutq vositalari yetakchi o‘rinni
egallaydi. Xalqning mehnati, orzu-umidi, intilishlarini, urf-odat va an’analarini,
kurash va muvaffaqiyatlarini, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ifodalashga
qaratilgan gazeta, birinchi navbatda, xalq tili asosida, xalq tili vositasida ish
ko‘radi.
Xalq tilining boy lug‘at zaxirasi va lug‘at tarkibiga, mukammal grammatik
qurilishiga tayanib, respublika xalq xo‘jaligini, turmushini, iqtisodiy-siyosiy
hayotini, shahar va qishloqlarini, ilm-fan va madaniyatga taalluqli turli xil
masalalarini izchil aks ettirib boradi. Shunga ko‘ra, undagi nutq vositalari ham
ma’lum bir sohagagina xos bo‘lmasdan, voqeligimizning turli jabhalarida faol
qo‘llanuvchi leksik, frazeologik va grammatik vositalardan iborat bo‘ladi. Gazeta
mana shunday amaliy jarayonda xalq tili xazinasining muhim xususiyatlarini
yozma nutqqa singdirib, adabiy til rivojiga munosib hissa qo‘shadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Абдусаидов А. Язык газеты и литературная норма (на материале
местных и республиканских газет 70-80 годов). Автореф. дисс... канд.
филол.наук.−Ташкент ,1988.
2. Бобоева А. Газета сарлавҳалари ҳақида // Ўзбек тили ва адабиёти.−
Тошкент. 1971.№ 2.
3. Бобоева А. Газета тилидаги бир синтактик ҳолат ҳақида // Ўзбек
тили ва адабиёти.− Тошкент, 1972.№ 3.
11
«Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: nazariy va amaliy
izlanishlar» nomli 11-son ilmiy, masofaviy, onlayn
konferensiya
4. Бобоева А. Газета тилининг табиийлиги учун // Мухбир.− Тошкент,
1971.№ 11.
5. Бобоева А. Газета тилида таъсирчанликни таъминловчи айрим
нутқий воситалар // Ўзбек тили ва адабиёти.− Тошкент, 1976.№ 1.
6. Бобоева А. Газета тилининг баъзи грамматик-услубий
хусусиятлари ҳақида // Мухбир.− Тошкент, 1976.№ 7.
7. Бобоева А. Газета тилида стандарт контрукциялар // Тилшунослик
масалалари.− Тошкент : Фан, 1978.
8. Бобоева А. Газета публицистикаси // Ўзбек тили ва
адабиёти.−Тошкент, 1986. №2.
9. Боголовская И., Тарасенко А.К. Приёмы актуализации на уровне
фразеологии функционирование языка в различных типах текста.−Пермь,
1989.
10. Васильева Н.С. К вопросу о языковых клище // Язык и
общество.№6.− Саратов: изд-во Саратовского университета,1982.
11. Стаменов М.И. Лингвистические критерий оценки газетного
текста. Авт.дисс... канд. наук.− М., 1982.
12. Шомақсудов А.,Тошалиев И., Рустамов П. Газета сарлавҳаларининг
структур-грамматик хусусиятлари.Ўзбек тили услубияти масалалари.−
Тошкент, 1975
