1
«Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: nazariy va amaliy
izlanishlar» nomli 11-son ilmiy, masofaviy, onlayn
konferensiya
GAZETA RUKNLARI HAQIDA
Bozorova Sabohat Ramazonovna
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili
va adabiyoti universiteti katta o‘qituvchisi
ABOUT NEWSPAPER COLLECTIONS
Sabokhat Bozorova
Senior lecturer at Tashkent state university of Uzbek language
and Literature named after Alisher Navai
https://doi.org/10.5281/zenodo.5964435
ANNOTATSIYA
Ommaviy axborotning eng dolzarb, tezkor, hozirjavob va hammabop
vositalaridan biri bo‘lgan gazeta nutqi g‘oyaviy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy,
madaniy-ma’naviy munosabatlarga xizmat qilar ekan, doimo zamon bilan, davr
ruhi bilan hamnafas bo‘ladi. Barcha xalqlarni tinchlik uchun, ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyot uchun, xalqlar, mamlakatlar erkinligi, hamdo‘stligi, hamkorligi uchun
mehnat qilishga da’vat etadi. Gazetaning bu ijtimoiy vazifasi, birinchi galda, rukn
va sarlavhalar orqali amalga oshadi. Nutq vaziyatiga mos tushadigan qisqa
shakldagi rukn (rubrika)lar, ixcham sarlavhalar, klishelar, shiorlar va chaqiriqlar,
garchi, ular bir qolipdagi tayyor vositalardek tuyulsa-da, faktlarga, narsa-
hodisalarga yuqori emotsionallik, tezkorlik, ta’sirchanlik, yuqori publitsistik
pafos bilan modal munosabat bildiradi, ochiq ijtimoiy baho beradi. Voqelikka
nisbatan ijtimoiy munosabatni aks ettiruvchi dastlabki ifoda vositasi rukn va
sarlavhadir.
ABSTRACT
As one of the most up-to-date, fast-paced, up-to-date and popular means of
mass media, newspaper speech is always in tune with the spirit of the time, while
serving ideological-political, socio-economic, cultural-spiritual relations. It calls
on all peoples to work for peace, for socio-economic development, for the
freedom, friendship and cooperation of peoples and nations. This social function
of the newspaper is accomplished, first and foremost, through columns and
headlines. Short headings, concise headings, clichés, slogans, and appeals that fit
the context of the speech, although they may seem like ready-made tools, are a
modal approach to facts, events, with high emotionality, agility, sensitivity, and
high journalistic pathos. provides an open social assessment. The primary means
of expression reflecting the social attitude towards reality is the column and the
title.
Kalit so‘zlar:
gazeta tili, rukn, sarlavha, maqol, shior, chaqiriq.
Keywords:
newspaper language, column, headline, proverb, slogan, call.
2
«Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: nazariy va amaliy
izlanishlar» nomli 11-son ilmiy, masofaviy, onlayn
konferensiya
Gazetaning har bir soni qo‘lga olinishi bilan nigohimiz darhol uning rukn va
sarlavhalariga tushadi. Rukn sarlavha va matnga nisbatan yirikroq harflar bilan
yoziladi. O‘quvchi gazetani qo‘lga olar ekan, birinchi navbatda, yirik harflar bilan
aniq ifoda etilgan ruknlarni darhol ko‘rib, o‘qishga kirishadi, ammo ochroq
rangdagi va kichikroq harflar bilan yozilgan sarlavhalarga unchalik e’tibor
bermaydi. Chunonchi, gazetani talabga javob beradigan qilib sahifalash, unga
o‘rinli bezak berish va sarlavhaning rolini, ahamiyatini anglash uchun mazmunga
mos keluvchi shakllar tanlay olish juda muhimdir. Xo‘sh, shakllar nima? Bu
dastlab ko‘zga yaqqol tashlanib turuvchi rukn va sarlavhalardir. Shakllar ifoda
uchun tanlanadigan vositalarning o‘lchami, harflarning katta-kichiklik darajasi,
rangi, satrlar miqdori va hokazolardir.
Gazeta nutqining informativligini oshiruvchi muhim imkoniyatlardan biri
hisoblangan ruknlar ham katta vazifani bajaradi. Ruknlar gazeta sahifalaridagi
umumiy sarlavhalardir. Gazeta sarlavhalari o‘z vazifasiga ko‘ra ikki xildir: 1.
Umumiy sarlavhalar, ya’ni ruknlar 2. Har bir matn uchun xoslangan sarlavhalar,
ya’ni har qaysi matn mazmuniga moslangan alohida sarlavhalar.
Ruknlar bir necha maqola va xabarlarni bir mavzu ostida birlashtirib turadi.
Masalan, hozirgi gazetalar sahifalaridagi kichik-kichik xabarlar, xronik axborotlar
va boshqa materiallar, odatda, bir rukn ostiga jamlangan holda chop etiladi.
Masalan,
“Yangiliklar, voqealar, xabarlar”
(“Xalq so‘zi” gazetasi, 2013-yil, 2-
fevral) ruknida uch kichik xabar matni chop etilgan
: 1.“Ishbilarmonlar muloqoti”.
2.“Kasanachiga ham, korxonaga ham foydali”. 3.“Modernizatsiya mahsuli”.
Rukn va sarlavha ko‘rinish jihatidan bir-biriga o‘xshashday tuyuladi. Lekin
bular bir-biridan o‘ziga xos jihatlari bilan farq qiladi. Rukn, odatda, bir qolipda,
deyarli o‘zgarishsiz qo‘llanadi, tayyor holda gazetadan gazetaga ko‘chib yuradi,
sarlavha esa, asosan, har safar yangi qo‘yiladi. Tuzilish xususiyati jihatidan ham
sarlavhaning qat’iy, o‘zgarmas ko‘rinishi yo‘q.
Rukn “bo‘lim” demakdir. Gazetadagi har bir bo‘limning o‘ziga xos
sarlavhasi rukndir. Ruknlashtirish materiallarni bo‘lim yoki qismlarga
taqsimlash demakdir. Rukn gazeta sahifasidagi biror bo‘limning, ma’lum
qismning nomlanishi, bo‘limlar yoki qismlarga ajratilgan materialning
tayanchidir. Rukn gap nima haqida borayotganini yaqqol anglatib turadi.
Materialning mazmuni va mohiyatidan kelib chiqib, har bir materialning gazeta
sahifalarida joylashish tartibini belgilab, izchillikni ta’minlaydi. Mana shu
xususiyati bilan rukn gazetxonga ancha qulaylik yaratadi, yengillik tug‘diradi.
3
«Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: nazariy va amaliy
izlanishlar» nomli 11-son ilmiy, masofaviy, onlayn
konferensiya
Xabar, maqola va boshqa materiallar oldidan qo‘yiladigan ruknlar, klishelar
matnning ta’sir kuchini oshiruvchi faol vosita va imkoniyatlardir. Yaxshi,
muvaffaqiyatli chiqqan va o‘rinli qo‘llangan ruknlar gazetxonning materialni tez
va oson o‘zlashtirishiga yordam beradi. Ammo ko‘p so‘zli, ortiqcha cho‘zilgan,
uzundan uzun tarzda shakllantirilgan ruknlarni barcha ustunlar bo‘yicha bir xilda
joylashtirish o‘rinsizdir. Agar gazetadagi har bir ustun alohida rukn bilan
ta’minlansa, o‘sha sondagi asosiy narsani, kerakli material yoki fikrni tezda topib
olish juda qiyinlashadi. Chunki muhim va nomuhim materiallar bir xildagi, teng
o‘lchamdagi katta sarlavhalar (ruknlar) bilan berilsa, gazetxon chalg‘iydi. Shu
sababli muhim materiallarni berishda, ko‘pincha, bitta, ba’zan ikki-uchta katta
rukn bir necha ustun uchun kifoya qiladi. Qolgan, ya’ni juda muhim bo‘lmagan
materiallarni aks ettirishda bir qatorli kichik-kichik ruknlar yoki sarlavhalar
bilangina chegaralanish mumkin.
1
Eng dolzarb mavzular va matnlar ruknlarida yuqori publitsistik pafos
yanada yaqqolroq namoyon bo‘ladi:
“Bugun – jahon atrof-muhitni
muhofaza qilish
kuni”
(“O‘zbekiston ovozi” gazetasi, 1992-yil, 5-iyun);
“Tinchlik, ijtimoiy
taraqqiyot va xalqlar ozodligi uchun!”
(“O‘zAS” gazetasi, 1986-yil, 23-may);
“Do‘stlarimiz tabrigi”
(“O‘zbekiston ovozi” gazetasi, 1991-yil, 6-noyabr) va
boshqalar. Shaklan ixcham, mazmunan salmoqli, katta mazmunni kichik shaklda
ifoda etuvchi bu kabi ruknlarda ijtimoiy asoslangan subyektiv modallik
mujassamlashadi. Masalan,
“Xalq farovonligi haqida g‘amxo‘rlik”
(“Toshkent
oqshomi” gazetasi, 1986-yil,
16-may);
“O‘zbekiston Xalq-demokratik partiyasining Dasturi va
Nizomi loyihalari
– umumxalq muhokamasida” (“
O‘zbekiston ovozi” gazetasi, 1991-yil, 17-oktabr)
va boshqalar.
Ruknlarning vazifasiga xos bir umumiy xususiyat shuki, ular matnlarning
mazmunini, materiallarning qaysi sohaga taalluqli ekanini aniq ifodalab turadi:
“21- iyun – Tibbiyot xodimlari kuni”
(“Toshkent haqiqati” gazetasi, 1992-yil, 20-
iyun);
“Fan yutuqlari − xalq xo‘jaligiga”,
“O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
loyihasi – umumxalq muhokamasida”
(“Toshkent oqshomi” gazetasi, 1992-yil, 7-
oktabr) kabi.
Hozirgi gazetalar sahifalarida ishlatilayotgan ruknlardagi o‘ziga
xosliklardan yana biri shundaki, ularning ba’zilari gazetalar sahifalaridan
tushmaydi, doimiy qo‘llanib turadi. Ayrimlari esa ma’lum mavsumlarda
1
Вяземский Б.А.Оформление и производство газеты.−М.:Искусство, 1952.− С.6-152.
4
«Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: nazariy va amaliy
izlanishlar» nomli 11-son ilmiy, masofaviy, onlayn
konferensiya
qo‘llanadi. Demak, ruknlar
doimiy, mavsumiy
va
ma’lum
sohaga xoslangan
bo‘ladi. Masalan:
“Musobaqa – millionlar ijodi”, “Planetamizda”,“Chet ellarda”,
“Voqealar, yangiliklar”.
(“O‘zAS” gazetasi, 1986-yil, 23-may);
“Olamda nima gap?”.
(“O‘zbekiston ovozi” gazetasi, 1992-yil, 3-iyun);
“Dunyo xabarlari” (“
Toshkent
oqshomi” gazetasi, 1987-yil, 28-aprel);
“Yangiliklar.Voqealar. Xushxabarlar”
(“Toshkent oqshomi” gazetasi, 1991-yil, 16-iyul);
“Teletayp lentasidan”, “Dunyo
voqealari”
(“Qishloq haqiqati” gazetasi, 1985-yil, 22-mart);
“Xalqaro
ahvol”
(“Toshkent haqiqati” gazetasi, 1985-yil, 5-iyul);
“Har to‘g‘rida
” (“Toshkent
haqiqati” gazetasi, 1992-yil, 1-sentabr);
“Respublikamiz
viloyatlarida”
(“Toshkent
oqshomi” gazetasi, 1992-yil, 11-fevral);
“Mehnating − ziynating”
(“Toshkent
oqshomi” gazetasi, 1991-yil, 9-iyul);
“Yuksak turmush madaniyati uchun”
(“Qishloq haqiqati” gazetasi, 1985-yil, 10-iyul);
“Reklama va e’lonlar”, “E’lonlar va
bildiruvlar”
(“Toshkent haqiqati” gazetasi, 1992-yil, 5-fevral) kabi ruknlar doimiy
bo‘lsa,
“Paxtazor chorlaydi”, “Xirmoningizga baraka, aziz paxtakorlar”
(“O‘zbekiston ovozi” gazetasi, 1991-yil, 2-oktabr);
“Himmati baland
paxtakorlarga tasanno!”
(“O‘zbekiston ovozi” gazetasi, 1991-yil, 15-oktabr);
“Don
– rizq-ro‘zimiz”
“Qishloq haqiqati”, 1991-yil, 8-noyabr) kabi ruknlar
mavsumiydir.
“Fan olamida”
(“Toshkent haqiqati” gazetasi, 1992-yil, 14-fevral
),
“Fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish – davr talabi”
(“Qishloq
haqiqati”gazetasi, 1985-yil, 10-iyul);
“Shahar va tabiat”
(“Toshkent oqshomi”
gazetasi, 1985-yil, 2-iyul);
“Mutaxassis maslahati”
(“Qishloq haqiqati” gazetasi,
1985-yil, 22-mart);
“Xalq sog‘ligi – yurt boyligi”
(“Qishloq haqiqati” gazetasi, 1987-
yil, 11-iyul) kabi ruknlar esa ma’lum sohaga xoslangan.
Ruknlar har bir gazetaning o‘ziga xosligini namoyon etuvchi belgilardan
biridir. Masalan, “O‘zAS” gazetasida, asosan, adabiyot va san’at sohasiga doir
ruknlar ishlatiladi:
“San’at”, “Satira va yumor”, “Tanqid, adabiyotshunoslik”,
“She’riyat minbari”
va hokazo
. “Toshkent oqshomi” yo‘llanmasi bilan”, “Dam olish
oqshomida”, “Hamshaharlar, Sizlar uchun”
kabi ruknlar
“Toshkent oqshomi”
gazetasiga xoslangandir.
“
Maktab hayoti”, “Maktabgacha ta’lim”,”Tajriba”, “Millat
mulki” kabi ruknlar, asosan, “Ma’rifat” da qo‘llaniladi. Bunday ruknlar ana shu
gazetalarning o‘ziga xos xususiyatlari, vazifalari taqozosidir. Binobarin,
gazetalarning funksional xususiyatlari, har qaysi gazetaning voqelik bilan,
ijtimoiy hayot jarayonlari bilan uzviy bog‘liqligi, ifoda maqsadi va usuli ularning
ruknlarida ham aks etadi. Bir qator ruknlarni keltiramiz:
“Aholini ijtimoiy
muhofaza
qilish burchimizdir”
(“Toshkent haqiqati” gazetasi, 1992-yil, 18-fevral);
“Shu kunning mavzuida”
(“Toshkent oqshomi” gazetasi, 1992-yil, 5-fevral);
“Iste’mol buyumlari ko‘paysin”
(“Toshkent oqshomi” gazetasi, 1992-yil, 14-fevral);
5
«Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: nazariy va amaliy
izlanishlar» nomli 11-son ilmiy, masofaviy, onlayn
konferensiya
“Sizga qanday xizmat ko‘rsatishmoqda?”
(“Toshkent oqshomi” gazetasi, 1992-yil,
7-fevral);
“Deputatlar haqida hikoyalar”
(“Toshkent haqiqati” gazetasi, 1992-yil,
6-fevral);
“Har sohadan bir shingil”
(“Toshkent oqshomi” gazetasi, 1992-yil, 20-
noyabr);
“Yaxshi dam – mehnatga
hamdam”
(“Toshkent oqshomi” gazetasi, 1991-
yil, 3-iyul);
“Do‘stlikning
qadriga yetaylik”
(“Toshkent haqiqati” gazetasi, 1991-yil,
12-fevral);
“Faxriylar xalq bilan birga”
(“O‘zbekiston ovozi” gazetasi, 1991-yil, 30-
noyabr
); “Energetika: yechimlar va muammolar”
(“O‘zbekiston ovozi” gazetasi,
1991-yil, 18-dekabr) va h.k.
Hozirgi gazetalar sahifalarida ishlatilayotgan turli xildagi ruknlar, bir
tomondan, gazetxonning e’tiborini o‘ziga tortuvchi reklama vazifasini o‘tasa,
ikkinchi tomondan, matn g‘oyasini yanada oshiruvchi, matn mazmunini mantiqan
asoslovchi, uni ta’kidlovchi va tashviqot-targ‘ibot qiluvchi yetakchi nutqiy omil
bo‘lib ham xizmat qiladi. Bu, ayni damda, gazetachining, jurnalistning xalq tilini
yaxshi bilishidan dalolat berib turadi. Masalan:
“Mehnatim – baxtim mening”, “Don
– rizq
-
ro‘zimiz”
ruknlari orqali mehnat insonga baxt keltiruvchi asosiy omil; don,
g‘alla esa moddiy-iqtisodiy omillardan biri ekanligi uqtirilsa,
“Mehnat semestri”
deb rukn qo‘yish orqali talabalar uchun o‘qish jarayonidagi semestrlardan
tashqari, yana maxsus mehnat semestri ham borligi ta’kidlanadiki, bunday
ruknlar oddiy reklama bo‘lib qolmasdan, ayni paytda, yoshlarda mehnatga, ishlab
chiqarishga bo‘lgan munosabatni, mas’uliyat va yuksak burch hissini
tarbiyalashga ko‘maklashadi.
Har qanday rukn unda jamlangan material mazmuni hamda matnlar
ma’nosi bilan o‘zaro mutanosiblik kasb etishi, axborotning asosiy mazmunini,
yetakchi g‘oyasini to‘g‘ri va aniq aks ettirishi lozim. Chunonchi, har bir rukn o‘sha
material mazmuni bilan bog‘liqlik asosida quriladi:
“Nazm, nasr”
(“O‘zAS”
gazetasi, 1990- yil, 19-oktabr);
“Tijorat xabarlari va e’lonlari”
(“Toshkent
oqshomi” gazetasi, 1991-yil, 27-may);
“Iqtidor sohiblari minbari”
(“Xalq so‘zi”
gazetasi, 1991-yil, 8-may
); “An’analar –
xalq mulki”
(“Toshkent oqshomi” gazetasi,
1991- yil, 5-iyul);
“Amaldagi
internatsionalizm”
(“Toshkent oqshomi” gazetasi,
1987- yil, 28-aprel) va boshqalar. Bu kabi ruknlarda mavzular, materiallar
mazmuni bilan o‘zaro moslikni, uyg‘unlikni, rukn va matnning bir-birini taqozo
qilishini ko‘rish mumkin.
Ruknlar o‘zgarmas, qotib qolgan narsa emas. Chunonchi, nolisoniy omillar
va til taraqqiyoti mezonlari rukn va sarlavhalarning aynan bir xilda, bir qolipdagi
shakllarda doimiy qotib qolmasligini talab etadi. Shuning uchun har qanday rukn
voqelik asosida o‘zgaruvchandir. Binobarin, har bir rukn matnlar mazmunini,
mohiyatini aniq va ixcham tarzda ochib bera oladigan darajada bo‘lishi ayni
muddaodir. Ruknlar qalamga olingan voqelik ifodasiga, eng dolzarb masalalar
talqiniga mos holda qo‘llanganda tasvirning ta’sirchanligi ortadi. Har bir
6
«Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: nazariy va amaliy
izlanishlar» nomli 11-son ilmiy, masofaviy, onlayn
konferensiya
so‘z, ibora, jumlaning publitsistik ruh kasb etishiga imkon yaratiladi.
Nutqiy vaziyatlarga mos tushadigan va ruknlar, sarlavhalar yonidan yoki
ulardan keyin qo‘yiladigan bir qolipdagi tayyor jumlalar (klishelar) ham
maqolalarning tezkor-ta’sirchanligini oshiruvchi zarur vositalardandir:
“Matbuot,
televideniye, radio ommani uyushtirish va tarbiyalashning, jamoatchilik fikrini
shakllantirishning ta’sirchan vositasidir”.
“Bugun – matbuot kuni”
rukni ostida
berilgan material yonidagi ushbu klishe epigraf vazifasini bajaradi. Bunday
klishelar, shiorlar va boshqa tayyor standart vositalardan o‘rinli foydalanish
gazeta xodimidan katta mahoratni, lingvistik topqirlikni talab etadi. Klishelar
axborotlarni, kundalik dolzarb masalalarni – katta va keng mazmunni ixcham
shakllarda bayon qilishi, qisqa-qisqa izohlashi va sharhlashi bilan jurnalistga juda
qo‘l keladi.Binobarin, klishelar, shiorlar o‘zining g‘oyaviy o‘tkirligi, amaliy
jihatdan qulayligi, ma’lum nutqiy sharoitga mos kelishi va gazeta nutqiy
tejamkorligini ta’minlashi bilan muhim ahamiyat kasb etadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
Абдураҳмонов А. Газета журналистикаси терминларининг қисқача
изоҳли луғати.− Тошкент: Ўқитувчи, 1983.
2.
Абдусаидов А. Газета тилининг айрим хусусиятлари // Мухбир.−
Тошкент, 1983.№ 4.
3.
Бобоева А. Газета сарлавҳалари ҳақида // Ўзбек тили ва адабиёти.−
Тошкент. 1971.№ 2.
4.
Бобоева А. Газета тилида таъсирчанликни таъминловчи айрим
нутқий воситалар // Ўзбек тили ва адабиёти.− Тошкент, 1976.№ 1.
5.
Бобоева А. Газета тилида стандарт конcтрукциялар // Тилшунослик
масалалари.− Тошкент : Фан, 1978.
6.
Эбiлқасымов Б.. Алғашқы қазақ газеттерiнiн тiлi.− Алматы:Былым,
1971.
7.
Раҳмонов М. “Туркистон вилоятининг газети” тилининг синтактик
хусусиятлари.Филол.фан. номз... дисс.− Тошкент, 1971.
8.
Каримов С. Ўзбек тилининг бадиий услуби. Монография. − Самарқанд:
Зарафшон, 1992.
9.
Karimov S. Badiiy uslub va tilning ifoda tasvir vositalari. − Samarqand:
SamDU, 1994.
10.
Xudoyqulov M. Jurnalistika va publitsistika.− Toshkent: Universitet, 2010.
