94
TA’LIM SIFATI VA UNI BOSHQARISHDAGI MUHIM OMILLAR
Saboxat Isakjanova
DTPI biznes boshqaruvi
yo’nalishi 2-kurs magistranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.14533426
Ta’lim sifati haqida gapirar ekanmiz, avvalo shuni ta’kidlash joizki,ta’lim har qanday
davlatning rivojlanishida eng hal qiluvchi ahamiyatga ega vositalaridan biri ekanligi barchaga
birdek ayondir. Mamlakatni rivojlantirish uchun eng muhim qadam bu albatta ta’lim tizimiga
qaratilgan e’tibor bilan belgilanadi. Rivojlangan mamlakatlarda ta’lim sifati bilan
belgilanuvchi intellektual salohiyat jamiyat farovonligining muhim omiliga aylanayotgani
barchaga birdek ayon.
Talim sifatiga to’xtaladigan bo’lsak, avvalo sifat tushunchasining leksik va ma’no
jihatlariga ahamiyat qaratishimiz darkor. “Sifat” tushunchasi turlicha, ba’zan bir-biriga zid
ma’noda ham talqin qilinishi mumkin. Pedagogika fanida u: bir predmet yoki hodisani
boshqasidan farqlovchi muhim ahamiyatga ega bo‘lgan belgilar, xususiyatlar, o‘ziga xosliklar;
shuningdek u yoki bu xususiyat, qadr, yaroqlilik darajasi, ma’naviy-axloqiy kategoriya yoki sof
iqtisodiy tushuncha kabi talqin etiladi. Ba’zi olim va tadqiqotchilar uni ta’lim tizimining
o‘zlashtirish sifatiga erishishga intilishi; boshqalar o‘qitish va tarbiyalashning sifati, shaxs
iqtidori rivojlanish darajasining oshishi; oliy ta’lim muassasalariga qabul qilingan umumiy
o‘rta ta’lim va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari sonining ko‘payishi; oliy ta’lim muassasasi
bitiruvchisining ijtimoiy hayotga tayyorgarligi darajasini tushunadilar.
Ta’lim sifati va uni ta’minlovchi omillar bir qancha mezonlarga bo’lingan holda
o’rganilishi mumkin.Masalan, ta’lim mazmunining fundamentalligi, ma’lum ehtiyojlarning
qondirilishi, maqsad va natijalarning mutanosibligi, ta’lim oluvchilarning mustaqil ishlashi,
ta’lim jarayoni ishtirokchilarining ijodiy faoliyati, boshqarishga kompleks yondashuv,
fanlararo integratsiya va boshqalar orasidagi bog‘liqliklarni tavsiflashga nisbatan turli
qarashlar mavjud.
Ta’lim sifati – bu nafaqat ta’lim oluvchilar bilimining davlat standartlariga mosligi, balki
ta’lim muassasasining muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatishi, shuningdek har bir pedagog va
rahbarning ta’lim xizmatlari sifatini ta’minlashdagi faoliyati hamdir. Shuning uchun bu
jarayonni bir tarafdan olib o’rganish qiyin. Ta’lim sohasining sifatini bir shaxs, guruh yoki
obyektga bog’lab bo’lmaydi. Bu jarayon tizimning har bir ishtirokchisini o’z ichiga qamrab
oladi.
Zamonaviy ta’lim muassasasida ta’lim sifati erishilgan miqdoriy va sifat natijalarining
darajasini, o‘quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etish va amalga oshirish darajasini, undagi
sharoitlarni aks ettiruvchi tavsiflar to‘plamida ifodalanadigan maqsad va natijalarning nisbati
sifatida aniqlanadi.
Ta’lim sifatini boshqarish (ta’lim sifati menejmenti) ta’limni boshqarishning umumiy
tuzilmasi tarkibiga kiradi. Bunda ta’lim sifati menejmenti rahbarning yakkaboshchiligi hal
qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan va amalda o‘z samaradorligini ko‘rsatgan boshqarishning
chiziqli tuzilmasini inkor etmaydi. O‘z o‘rnida, sifat menejmentining joriy etilishi umumiy
boshqaruv samaradorligini sezilarli darajada oshiradi – ta’lim muassasasi rahbari, xodimlari
va manfaatdor jamoat tashkilotlari vakillari o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soladi.
Vazifalarning bajarilish ketma-ketligi, vazifalarning o‘zi, bajarish yo‘llari, alohida usul va
95
harakatlarning batafsil tartibi, ta’lim sifatini ta’minlovchi asos sifatida qaraladi.
Bundan tashqari, o‘quv muassasalarida ta’lim sifati menejmenti tizimining mavjudligi
kelajakda ta’lim jarayoni sifati va natijalarini baholashning tashqi nazorati tadbirlarini ichki
nazorat va o‘zini-o‘zi baholash natijalaridan foydalanish bilan almashtirish imkoniyatini
yaratadi, mazkur jarayonlarning jamoatchilik nazoratiga ochiqligi esa ta’lim muassasasiga
bo‘lgan ishonch darajasini oshiradi va albatta bu ham ta’lim sifatiga yaxshi ta’sir ko’rsatadi.
Zeroki qayerda shaffoflik, ochiqlik bo’lsa, o’sha joyda haqiqiy rivojlanish bo’ladi.
Sifatni boshqarish haqida gapirar ekanmiz, avvalo bu nazariyaning qachon va qayerdan
paydo bo’lgani qiziq. Sifatni boshqarish nazariyasining shiddat bilan rivojlanish davri o‘tgan
asrning 40-yillari oxiri va 50-yillariga to‘g‘ri keladi. Ushbu davrda A.Feygenbaum (Armand
V.Feigenbaum) sifatni ishlab chiqish, sifatni qo‘llab quvvatlash va sifatni yaxshilash
bosqichlaridan iborat Sifatning Umumiy Nazorati (Total Quality Control, qisqacha – TQC)
tushunchasini kiritdi.
Bugungi kunga kelib TQCning bir-nechta asosiy (Yaponiya, Amerika, Yevropa)
“maktab”lari mavjud. Shuning uchun, TQC asosini belgilovchi tamoyillar miqdori haqida
mutaxassislar o‘rtasida yagona bir fikr yo‘q. Asosiylar sifatida quyidagi sakkizta tamoyil tan
olingan:
1.
Tashkilotning iste’molchiga yuz tutganligi;
2.
Rahbarlikning roli;
3.
Xodimlarni jalb etish;
4.
Jarayonli yondashuv;
5.
Boshqarishga tizimli yondashuv;
6.
Muntazam takomillashtirish;
7.
Dalillarga asoslangan qarorlarni qabul qilish;
8.
Ta’minlovchilar bilan o‘zaro manfaatli munosabat.
Tashkilotning iste’molga yuz tutganligi jihatidan olib qaraydigan bo’lsak, shuni ayta
olamizki, agar tashkilot iste’molga yuz tutsagina unda ish jarayoni bo’ladi. Misol uchun,
universitetni tashkilot deb qaraydigan bo’lsak, agar unda talaba bo’lsagina harakat bo’ladi
ya’ni iste’molchi sifatida bu yerda talabalarni ko’rishimiz mumkin bo’ladi.
Rahbarlikning roli jihatiga e’tibor qaratadigan bo’lsak, har bir muassasa tashkilotda
rahbarning roli katta ahamiyatga egaligini takidlashimiz joiz. Agar rahbar bilimi, tarbiyasi,
saviyasi jihatidan o’z ishchilariga o’rnak bo’la oladigan inson bo’lsa, o’sha joyda ish to’g’ri
yo’lga qo’yiladi va rivojlanish bo’ladi. Rahbar deganda odatda biz avvallari qattiqqo’l,
boshqalar ustidan hukmronlik qilishni xush ko’radigan odamlarni tushunishga odatlangan
edik. Lekin bugungi kunning zamonaviy rahbarlari o’z qo’l ostidagi kadrlarni har tomonlama
qo’llab quvvatlaydigan, ularni o’qishga izlanishga undaydigan, ishni to’g’ri tashkillashtira
oladigan, ishxonada barcha zarur sharoitlarni yaratib bergan, do’stona muhitni yaratgan
boshqaruvchilar ko’z oldimizga keladi. Haqiqatdan ham bugunning talabi bilan olib
qaraydigan bo’lsak, rahbarlarning jamoada tutgan roli nihoyatda kattaligining guvohi
bo’lishimiz mumkin va o’z navbatida biror bir tashkilotga borilsa, eng avvalo uning yuzi
sifatida qaraladigan eng muhim omillardan biri ham rahbarning madaniyati, saviyasi va
ishning qanday tashkil qilinganligidir.
Keyingi muhim omillardan biri bu xodimlarni jalb qilish bosqichidir. Eng avvalo,
muassasada xodimlar eng yetakchi o’rinni egallaydigan jamoa hisoblanadi. Rahbar qachonki
96
o’z jamoasiga eng yaxshi xodimlarni to’plasagina maqsadga erishgan hisoblanadi. Bunda eng
zarur omil esa eng yaxshi ishchilarni jalb qilish bosqichidir. Bu borada esa bir tizim ishlab
chiqilishi kerak. Xodimlar orasidagi sog’lom raqobat ham muhim rol o’ynovchi omillardan
hisoblanadi. Xodimlarning ishtiroki qanchalik yuqori boʻlsa, ular baxtli boʻladi. Hozirgi vaqtda
xodimlarning ehtiyojlari faqat yuqori maosh va lavozimga koʻtarilish imkoniyatlari bilan
chegaralanib qolmaydi. Bularga endi ishdagi moslashuvchanlik, telekommunikatsiya va
boshqalar ham kiradi. Bu ehtiyojlarning qondirilishi xodimlarni gʻayratli va baxtli qiladi.
Jarayonli yondashuv deganda jarayonda bo’layotgan voqea hodisalarga o’zaro
yondashuv nazarda tutiladi. Mahsulotlarni ishlab chiqish, xizmat ko’rsatish va boshqaruv
tizimi o’zaro bog’langan jarayonlarning majmuidir. Bunda asosan shu vaziyatga bog’liq
hayotiy misollar keltirish va vaziyatga to’g’ri baho berish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Muntazam takomillashtirish bosqichi ham sifat menejmentida muhim ahamiyatga
egadir. Bunda asosan bir joyda to’xtab qolmaslik kerak deyilgan g’oya asos bo’ladi, ya’ni
muntazam ravishda yangilikka, innovastiyaga intiluvchan tashkilot hamisha taraqqiyotga yuz
tutadi. Ayniqsa ta’lim sohasi kundan kunga yangi g’oyalar, yangi texnologiyalarni o’rganishni
va tatbiq qilishni talab qilmoqda. Muntazam ravishda o’z ustida ishlash, yangiliklardan
xabardor bo’lib uni ish jarayoniga tatbiq qilib, ommalashtirish esa rivojlanish uchun yaxshi
asos bo’ladi. Albatta takomillashtirish deganda biz bu yerda amaliyot bilan bog’lasak ham
bo’ladi, ya’ni Universitetning pedagog xodimi biron bir yangi metod ishlab chiqib uni darsida
qo’llasa va tobora takomilashtirsa, shu metod tom ma’noda sayqallanib, rivojlanadi va
o’quvchilar onggiga singishi ham oson bo’ladi.
Dalillarga asoslangan qarorlarni qabul qilish deyilganda biz asosan rahbarlar faoliyatini
tasavvur qilamiz. Lekin aslida muassasada har bir xodim umumiy jihatdan olib qaraladigan
bo’lsa, qaror qabul qiladi. Shu jarayonda dalillarga asoslangan qarorlarni qabul qilish eng
to’g’ri yo’ldir.
Yuqoridagilardan kelib chiqib quyidagi xulosalarni qayd etish mumkin:
– ta’lim mauassasasida ta’lim sifati menejmenti – bu loyihalashtirish, ya’ni ta’lim maqsadlarini
va ularga erishish yo‘llarini belgilash; ta’lim jarayonini tashkil etish va uning ishtirokchilarini
sifatli mehnatga qiziqishini uyg‘otish; maqsadlardan chetlanishlarni aniqlash va
rivojlanishdagi o‘zgarishlarni kuzatish tizimi (monitoringi); natijalarni boshqarish va tahlil
qilish jarayonlaridir;
– ta’lim sifati menejmenti – bu har qanday, tasodifiy, oldingisidan ko‘ra yaxshiroq, o‘z-o‘zidan
kelib chiqadigan maqsadlarga emas, balki ta’limning oldindan rejalashtirilgan natijalariga,
ya’ni muayyan o‘quvchining eng yuqori imkoniyatlarga erishishi uchun tashkil qilingan va
yo‘naltirilgan alohida boshqaruvdir;
– ta’lim sifati menejmenti – bu belgilangan ko‘rsatkichlarga erishish uchun boshqaruvning
barcha funksiyalarini amalga oshirish, ham tor, ham keng ma’noda kafolatlangan natijaga
erishish demakdir.
References:
1.
Qurbonov SH, Seytxalilov E. Ta’lim sifatini boshqarish. /T.: “Turon-Iqbol”, 2006. 592 b.
2.
Total Quality Management – всеобщее управление качеством. – Журнал “Директор-
Иваново”, № 1-2 (120-121), январь-февраль 2011 г.
97
3.
“Xalq ta’limi” ilmiy metodik jurnali rasmiy veb sayti.
