Авторы

  • Shaxzoda Xamroyeva
    Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tayanch doktoranti.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdif.62448

Ключевые слова:

diskurs muallif mushohadasi stilik vositalar semantik ifodalar.

Аннотация

XX asrning ikkinchi yarmida tilshunoslikka antroposentrik yondashuv asosida kognitiv tilshunoslik vujudga keldi shu bilan birga matn ortidagi muallif mushohasining kognitiv talqiniga oid ilmiy izlanishlar ko‘zga tashlandi. O‘zbek tili badiiy asarlarining tahlili jarayonida ham voqealar rivojiga ta’sir ko‘rsatmaydigan, muallifning falsafiy fikrlarini ifoda etadigan, asarning mohiyatiga chuqur kirishga yordam beradigan – muallif mushohadalari tahlil qilindi.


background image

74

O‘ZBEK BADIIY MATNIDAGI MUALLIF MUSHOHADASIGA

SEMANTIK-STILISTIK NAZAR

Xamroyeva Shaxzoda Ikromovna

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti

tayanch doktoranti.

E-mail: shkhamroeva@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14504406

Annotatsiya:

XX asrning ikkinchi yarmida tilshunoslikka antroposentrik yondashuv

asosida kognitiv tilshunoslik vujudga keldi shu bilan birga matn ortidagi muallif
mushohasining kognitiv talqiniga oid ilmiy izlanishlar ko‘zga tashlandi. O‘zbek tili badiiy
asarlarining tahlili jarayonida ham voqealar rivojiga ta’sir ko‘rsatmaydigan, muallifning
falsafiy fikrlarini ifoda etadigan, asarning mohiyatiga chuqur kirishga yordam beradigan –
muallif mushohadalari tahlil qilindi.

Kalit so‘zlar:

diskurs, muallif mushohadasi, stilik vositalar, semantik ifodalar.

Ma’lumki, matnni talqin qilish filologiyaning bir sohasi hisoblanadi. Ushbu tahlil

stilistika, matn tilshunosligi, adabiyot nazariyasi, falsafa va germenevtika singari bir qancha
yondosh fanlarga asoslanib olib boriladi. Matnni talqin qilish orqali badiiy asar konseptiga
kirib borish, muallifning lisoniy olam manzarasini va o'quvchiga hissiy ta’sirini anglash
mumkin bo’ladi.

Badiiy matnning syujetdan tashqari elementlari, xususan, muallif mushohadasi aks

etgan qismlar ham yaxlit matn singari semantik-stilistik xususiyatlarga degan fikrni ilgari
suramiz.

O‘zbek tili badiiy asarlarining tahlili jarayonida ham voqealar rivojiga ta’sir

ko‘rsatmaydigan, muallifning falsafiy fikrlarini ifoda etadigan, asarning mohiyatiga chuqur
kirishga yordam beradigan – muallif mushohadalaridan keng foydalanilganini guvohi bo‘ldik.
Yuqorida ta’kidlanganidek, muallif mushohadasi matnga “kiritilgan matn” bo‘lib, unda ham
badiiy matnning boshqa qismlari singari turli semantik-stilistik vositalar mavjudligini ko‘rish
mumkin. Quyida O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimovning “Bahor qaytmaydi” asarida
keltirilgan muallif mushohadalarini tahlil qilamiz:

“Quyosh baxtidan entikkanlarga ham, g’amidan bag’ri qon bo’lganlarga ham baravar nur

sochaverar ekan.”

1

Olingan

fragmentda,

quyoshga

insonga

xos

xususiyatni

berish

orqali

jonlantirish/personification

-

Quyosh ... nur sochaverar ekan

, biriktiruv bog‘lovchisi “ham”

orqali matnga ritm berib o‘xshash strukturalar orqali

sintaktik parallelizm

-

baxtidan

entikkanlarga ham, g‘amidan bag‘ri qon bo‘lganlarga ham

, antonomik so‘zlar qatori bilan

antiteza

-

baxtidan entikkanlar

,

g‘amidan bag‘ri qon bo‘lganlar

, shuningdek, ruhiy azobni

jismoniy qiyinchilikka o‘xshatib

metafora

-

g‘amidan bag‘ri qon bo‘lganlar

, singari stilistik

vositalaridan foydalanilgan. Bu esa bilvosita asar qahramoni Muqaddamning baxtiyorlik
onlari ketidan kelgan taqdir zarbasi, turmush chorrahalaridagi murakkab vaziyatiga ishora
qiladi, kitobxon uni to‘la to‘kis his etishiga sharoit yaratadi.

“Toshkent! Odamlarning baxtini qanchalik bag‘rikenglik, saxiylik bilan ko‘ksiga sig‘dirsa,

1

O’.Hoshimov.Bahor qaytmaydi. 2005 Sharqa nashriyoti Toshkent 83- bet.


background image

75

baxtsizligini ham shunchalik bag‘rikenglik, beparvolik bilan qarshilaydi!”

2

Parchada shahar asar

voqealari ro‘y bergan, qahramonlar yaxshi-yomon kunlarining

shohidi bo‘lgan joy sifatida kuchli his-hayajon bilan tilga olingan.

Ko‘rinib turibdiki, muallif yana kontrast ifodadan

antiteza

-

“baxt”, “baxtsizlik”,

“bag’rikenglik”, “beparvolik”

insonlar taqdirida baxt va baxtsizliklarning birday mavjud

bo’lishi,

“Toshkent”

joy nomiga nisbatan

“ko’ksiga sig’diradi”, “qarshilaydi”

singari fe’llarni

qo’llab,

jonlantirish

stilistik vositasidan foydalanilgani mazmunni chuqur, ifodani sezilarli

darajada ta’sirli qilgan.

“Bahor qaytmaydi” qissasiga yana quyidagi parchani kiritilganki, dastlab ushbu

parchaning syujet bilan qanday bog‘liqligi borligini anglamagan kitobxon asarni o‘qish
jarayonida mushodani keltirishning maqsadi nima ekanligi teran anglab yetadi:

“Goho zarurat sabab, eski lash-lushlar bilan to’lib ketgan hujrani titkilab qolsangiz,

zanglab yotgan pishoqchangizmi, jiyagi titilib ketgan do’ppingizmi topilib qoladi. Shunda
allaqachon yillarning gardi bosib, tusini yo’qotgan xotiralar to’satdan yarq etadi-yu, tag’in
alangalanib ketadi, yuragingizni o’t bo’lib yondirib yuboradi. Bir vaqtlar o’sha pichoqchada
toldan hushtak yasaganingiz, o’sha do’ppiga qattiq non solib, ariq bo’yida oqizoq qilib
yeganlaringiz yodingizga tushadi. Kechmish yillaringiz, o’sha tongday musaffo yillaringiz
hozirgi kuningizga

qaraganda ancha beg’ubor, ancha pok bo’lganini ayanchli bir haqiqatday tan olishga

majbur bo’lasiz”

3

olingan muallif mushohadasi asar qahramoni uzoq yillardan keyin

bolalikdagi do’stining hovlisiga kelib, anchadan buyon xotirlamagan yoshlikdagi beg’ubor
onlari birdan ko‘z o‘ngida jonlanishi aks etadi. Jumladan, “hujra”, “jiyak”

arxaizml

ari (eskilik

bo‘yog‘iga ega bo‘lgan so‘zlar) o‘tmish bilan bog‘liq jarayon-hodisaga ishora qilsa, ikkinchi
gapda “

yillarning gardi bosib, tusini yo‘qotgan xotiralar to’satdan yarq etadi-yu, tag’in

alangalanib ketadi, yuragingizni o’t bo’lib yondirib yuboradi.”

frazalarida

xotiralar

ga

“gard

bosishi”, “tusini yo’qotishi”, “yarq etishi”, “alangalanib ketishi”, “yondirishi”

singari xususiyat

berilib,

jonlantirish

san’atidan, “

tongday musaffo

” iborasida o’xshatish stilistik vositasi

yoshlikdagi beg’ubor davrlarni ifoda etgan.

References:

1.

D.Quronov, Z.Mamajonov,M.Sheraliyeva 2010. Adabiyotshunoslik lug’ati-Toshkent:

Sharq.
2.

М.Егорова 1984. Типология со стилистические функции внутритекстовых

авторских комментариев.Текст как объект комплексного анализа в ВУЗЕ.
3.

Giora R. Understanding figurative and literal language: the graded salience hypothesis /

R. Giora // Cognitive Linguistics. – 1997. –P.183–206.
4.

Gozzi, R. A Review of General Semantics Text. / R.A. Gozzi // The Power of Metaphor.

1999/2000. – Vol. 56. – № 4

2

O’.Hoshimov.Bahor qaytmaydi. 2005 Sharqa nashriyoti Toshkent 91- bet.

3

O’.Hoshimov.Bahor qaytmaydi. 2005 Sharqa nashriyoti Toshkent 99- bet.

Библиографические ссылки

D.Quronov, Z.Mamajonov,M.Sheraliyeva 2010. Adabiyotshunoslik lug’ati-Toshkent: Sharq.

М.Егорова 1984. Типология со стилистические функции внутритекстовых авторских комментариев.Текст как объект комплексного анализа в ВУЗЕ.

Giora R. Understanding figurative and literal language: the graded salience hypothesis / R. Giora // Cognitive Linguistics. – 1997. –P.183–206.

Gozzi, R. A Review of General Semantics Text. / R.A. Gozzi // The Power of Metaphor. 1999/2000. – Vol. 56. – № 4