PROFILAKTIKA INSPEKTORINING BANDLIGI TA’MINLANMAGAN VOYAGA YETMAGANLAR BILAN ISHLASH FAOLIYATI BO‘YICHA NAZARIY TAHLIL

Abstract

Bugungi kunda jamiyatda huquqni himoya qilish va huquqbuzarliklarning oldini olish, ijtimoiy xavfsizlikni ta’minlash muhim ahamiyatga ega. Jamiyatda sodir bo‘layotganijtimoiyva huquqiy muammolarni bartaraf etishda ijtimoiy profilaktika tizimi o‘zining ahamiyatini kundan-kunga orttirib bormoqda. Mahallalar, shuningdek, huquqni ijro etuvchi organlar tomonidan amalga oshirilayotgan ijtimoiy profilaktika faoliyati, aholining ijtimoiy muammolarini hal qilish va huquqiy xabardorligini oshirishda muhim vosita hisoblanadi. Ijtimoiy profilaktika, asosan, jamiyatdagi ijtimoiy xavf-xatarlarni oldini olishvaijtimoiy muhitda barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan amaliyotdir. Bunda, huquqbuzarliklarning oldini olish, salbiy xulq-atvorlarni kamaytirish, aholining ijtimoiy moslashuvini yaxshilash va jamiyatdagi turli guruhlarni himoya qilish maqsadlari kuzlanadi. “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida amalga oshiriladigan bu jarayon, mahallaraislari, profilaktika inspektorlari, hokim yordamchilari, xotin-qizlar faoli va yoshlar etakchisi kabimas’ul shaxslarning o‘zaro hamkorligini talab etadi.

Source type: Conferences
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
68-71
26

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Xojibekov , Z. ., & Mirzaliyev , D. . (2024). PROFILAKTIKA INSPEKTORINING BANDLIGI TA’MINLANMAGAN VOYAGA YETMAGANLAR BILAN ISHLASH FAOLIYATI BO‘YICHA NAZARIY TAHLIL. Social Sciences in the Modern World: Theoretical and Practical Research, 3(Maxsus son 12), 68–71. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/62893
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Bugungi kunda jamiyatda huquqni himoya qilish va huquqbuzarliklarning oldini olish, ijtimoiy xavfsizlikni ta’minlash muhim ahamiyatga ega. Jamiyatda sodir bo‘layotganijtimoiyva huquqiy muammolarni bartaraf etishda ijtimoiy profilaktika tizimi o‘zining ahamiyatini kundan-kunga orttirib bormoqda. Mahallalar, shuningdek, huquqni ijro etuvchi organlar tomonidan amalga oshirilayotgan ijtimoiy profilaktika faoliyati, aholining ijtimoiy muammolarini hal qilish va huquqiy xabardorligini oshirishda muhim vosita hisoblanadi. Ijtimoiy profilaktika, asosan, jamiyatdagi ijtimoiy xavf-xatarlarni oldini olishvaijtimoiy muhitda barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan amaliyotdir. Bunda, huquqbuzarliklarning oldini olish, salbiy xulq-atvorlarni kamaytirish, aholining ijtimoiy moslashuvini yaxshilash va jamiyatdagi turli guruhlarni himoya qilish maqsadlari kuzlanadi. “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida amalga oshiriladigan bu jarayon, mahallaraislari, profilaktika inspektorlari, hokim yordamchilari, xotin-qizlar faoli va yoshlar etakchisi kabimas’ul shaxslarning o‘zaro hamkorligini talab etadi.


background image

68

PROFILAKTIKA INSPEKTORINING BANDLIGI TA’MINLANMAGAN VOYAGA

YETMAGANLAR BILAN ISHLASH FAOLIYATI BO‘YICHA NAZARIY TAHLIL

Xojibekov Ziyomiddin Nasriddinovich

Malaka oshirish instituti kasbiy tayyorgarlik fakulteti

Maxsus fanlar sikli katta o‘qituvchisi

Mirzaliyev Dilyorbek Alimardon o‘g‘li

O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi kursanti, safdor

https://doi.org/10.5281/zenodo.14550738

Bugungi kunda jamiyatda huquqni himoya qilish va huquqbuzarliklarning oldini olish,

ijtimoiy xavfsizlikni ta’minlash muhim ahamiyatga ega. Jamiyatda sodir bo‘layotganijtimoiyva
huquqiy muammolarni bartaraf etishda ijtimoiy profilaktika tizimi o‘zining ahamiyatini
kundan-kunga orttirib bormoqda. Mahallalar, shuningdek, huquqni ijro etuvchi organlar
tomonidan amalga oshirilayotgan ijtimoiy profilaktika faoliyati, aholining ijtimoiy
muammolarini hal qilish va huquqiy xabardorligini oshirishda muhim vosita hisoblanadi.
Ijtimoiy profilaktika, asosan, jamiyatdagi ijtimoiy xavf-xatarlarni oldini olishvaijtimoiy
muhitda barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan amaliyotdir. Bunda, huquqbuzarliklarning
oldini olish, salbiy xulq-atvorlarni kamaytirish, aholining ijtimoiy moslashuvini yaxshilash va
jamiyatdagi turli guruhlarni himoya qilish maqsadlari kuzlanadi. “Obod va xavfsiz mahalla”
tamoyili asosida amalga oshiriladigan bu jarayon, mahallaraislari, profilaktika inspektorlari,
hokim yordamchilari, xotin-qizlar faoli va yoshlar etakchisi kabimas’ul shaxslarning o‘zaro
hamkorligini talab etadi.

H.Sharofiddinov o‘z tadqiqotida profilaktika inspektorining faoliyatida voyaga

yetmaganlarga huquqiy ta’lim berish va ularning huquqlari haqida ma’lumotlar berish muhim
ekanligini, shuningdek, «Profilaktika inspektori voyaga yetmaganlarning huquqlarini va
ularning himoyasini tushuntirish, jamiyatdagi huquqiy tartibni saqlashga ko‘maklashishi
kerak»

1

. Ushbu fikrga ko‘ra, insepektorlar yoshlarga qonunlarning ahamiyati va ularning

buzilishining oldini olish bo‘yicha aniq ish olib borishlari lozim.

R.Abdullaev fikricha, profilaktika inspektori voyaga yetmaganlarga psixologik yordam

ko‘rsatish, ijtimoiy va psixologik xatarlardan himoyalashga alohida e’tibor berish kerakligini
aytib, profilaktika inspektori faqat huquqiy ishlar bilan cheklanmasdan, ijtimoiy xavf ostida
bo‘lgan yoshlarga psixologiyaviy yordam va ijtimoiy xavfsizlikni ta’minlashga e’tibor qaratish
lozim

2

. Bu fikr, psixologik yordamning ahamiyatini va profilaktika inspektorining ijtimoiy

xizmatlardagi faoliyatini ta’sirchan bo‘lishini ko‘rsatadi.

Z.Ibrohimova profilaktika inspektorlarining voyaga yetmaganlarga qonuniy himoya

ko‘rsatish va jamiyatdagi huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi faoliyatini o‘rganib,
«Inspektorlar voyaga yetmaganlarning huquqlarini himoya qilishda faqat qonun hujjatlarini
bilgan holda ish olib borishmay, balki ijtimoiy va psixo-emotsional holatlarini ham tahlil
qilishlari kerak»

3

deb ta’kidlagan. Ushbu fikr profilaktika ishi faqat yuridik tizim bilan

cheklanmasdan, yoshlar bilan muloqotda ijtimoiy va psixologik yordam berishni ham qamrab

1

Sharofiddinov H. (2017). Odam savdosi huquqbuzarligini oldini olishdagi qonunchilik va profilaktika mexanizmlari.

O‘zbekiston huquqshunosligi jurnali, 12(3), 45-50.

2

Abdullaev R. (2019).

Odam savdosi va ijtimoiy profilaktika: huquqiy va psixologik yondashuvlar

. Toshkent davlat

yuridik universiteti nashri, 220-223.

3

Ibrohimova Z. (2020).

Profilaktika inspektorining ijtimoiy va psixologik yordami: huquqiy asoslar va amaliy

tadqiqotlar

. Jamoatchilik va huquq, 5(1), 76-79.


background image

69

olishi kerakligini ko‘rsatadi.

A.Mirzaev nazarida, voyaga yetmaganlar orasida odam savdosi va bala mehnatiga qarshi

kurashish bo‘yicha profilaktika inspektorining ahamiyatiga to‘xtaladi. Uning fikricha, «Voyaga
yetmaganlar bilan ishlashda profilaktika inspektori odam savdosi va bala mehnatini oldini
olish borasida ma’lumotlar tarqatish va huquqiy yordam berishda muhim rol o‘ynaydi»

4

. Bu

holda inspektorlar odam savdosi qurbonlarini aniqlash, ularga huquqiy yordam ko‘rsatish va
xavfsiz muhit yaratishga ko‘maklashishlari kerak.

X.Xidoyatov voyaga yetmaganlar bilan ishlashda jamoatchilik va mahalliy tashkilotlar

bilan yaqin hamkorlik, yoshlar orasida huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan ishlarni
samarali tashkil etishda muhim ahamiyatga egaligini, profilaktika inspektorining faoliyatini
jamoatchilik va mahalliy hokimiyat organlari bilan birgalikda amalga oshirish kerakligini
ko‘rsatadi.

Rus huquqshunosligida voyaga yetmaganlar orasida huquqiy ta’lim berishning

ahamiyatiga alohida e’tibor berilgan. Yu.P.Skuratov ta’kidlaganidek, profilaktika inspektori
yoshlar orasida huquqiy savodxonlikni oshirish va ularning huquqlarini tushuntirish orqali
jamiyatdagi huquqbuzarliklarning oldini olishga ko‘maklashishi kerak

5

. Yoshlarga qonunlar

va ularning huquqlari haqida axborot berish, profilaktika ishining muhim qismi hisoblanadi.

A.V. Mixaylov voyaga yetmaganlar bilan ishlashda psixologik yordam va ijtimoiy

xatarlardan himoyalash kerakligini ta’kidlagan. Uning fikricha, «Profilaktika inspektori voyaga
yetmaganlarning psixologik holatini o‘rganish va ularga psixo-emotsional yordam berish
orqali ijtimoiy xavflarning oldini olishi mumkin»

6

. Mixaylov profilaktika inspektorining

faoliyatini faqat qonunlar bilan cheklamay, ijtimoiy va psixologik yordam berishga ham
yo‘naltirish kerakligini aytgan.

N.V. Mixaylova profilaktika inspektorining jinoyatchilikni oldini olishdagi rolini tahlil

qilarkan, «Voyaga yetmaganlar bilan ishlashda profilaktika inspektori jinoyatlarning oldini
olish uchun yoshlar orasida huquqiy tarbiya berish, jamoatchilikni jalb qilish va o‘z vaqtida
psixologik yordam ko‘rsatishga e’tibor qaratish lozim»

7

degan. Ushbu fikr yoshlarning

jinoyatlar va xavfli vaziyatlarga tushib qolishini oldini olish uchun tizimli profilaktika
tadbirlarini amalga oshirishning zarurligini ko‘rsatadi.

A.N. Tixomirov odam savdosi va bala mehnatiga qarshi profilaktika ishi faoliyatini

yoshlarga ta’lim berish va huquqiy yordam ko‘rsatish bilan bog‘lagan. Uning fikricha,
«Profilaktika inspektorlari odam savdosi va bala mehnatiga qarshi kurashishda yoshlarga
huquqiy axborotni tarqatish, ularni jinoyatchilikdan saqlashga ko‘maklashishi kerak»

8

.

Tixomirov yoshlar orasida odam savdosi va bola mehnatining oldini olish bo‘yicha
profilaktika ishi muhim ekanligini ta’kidlaydi.

V.P.Grebennikov profilaktika inspektorlarining jamoatchilik bilan hamkorligining

4

Mirzaev A. (2021).

Xalqaro standartlar va milliy kontekstda odam savdosi huquqbuzarligini oldini olish

// Huquqiy

tadqiqotlar, 3(2), 59-62.

5

Skuratov Yu.P. (2016).

Profilaktika inspektorining yoshlar orasida huquqiy ta’lim berish faoliyati

. Jurnal "Prava

molodeji", 7(2), 34-36.

6

Mixaylov A.V. (2017).

Psixologik yordam va profilaktika inspektori rolining ahamiyati

. Rossiyskiy yuridicheskiy

jurnal, 4(1), 43-45.

7

Mixaylova N.V. (2018).

Jinoyatchilikning oldini olishda profilaktika inspektorining roli

. Vestnik yuridicheskix nauk,

2(6), 68-70.

8

Tixomirov A.N. (2015).

Odam savdosi va bala mehnatiga qarshi kurashish

. Rossiyskaya pravozaщitnaya nauka, 3(5),

22-25.


background image

70

ahamiyatini ta’kidlaydi. Uning fikricha, «Profilaktika inspektori jamoatchilik va mahalliy
organlar bilan hamkorlikda ish olib borishi kerak, chunki yoshlar orasidagi
huquqbuzarliklarning oldini olishda jamoatchilikning ishtiroki muhim»

9

. Bu fikr jamoatchilik

va mahalliy organlar bilan hamkorlikda profilaktika tadbirlarini o‘tkazishning muhimligini
ko‘rsatadi.

Fikrimizcha, Rus huquqshunos olimlari profilaktika inspektorining bandligi

ta’minlanmagan voyaga yetmaganlar bilan ishlash faoliyatini qonunchilik, ijtimoiy, psixologik
va jamoatchilik yordami bilan tashkil etishni zarur deb hisoblaydilar. Ular profilaktika
inspektorining vazifalarini yoshlarning huquqlarini himoya qilish, jinoyatchilikni oldini olish
va ijtimoiy xavflarning oldini olish bilan bog‘laydilar.

Profilaktika inspektori o‘z faoliyatida voyaga yetmaganlarga jamiyatdagi huquqlari,

ularni himoya qilish mexanizmlari va xavfli vaziyatlardan qay tarzda saqlanish bo‘yicha
ma’lumot berishga asosiy e’tibor qaratadi. Inspektorlar:

Voyaga yetmaganlarga ularning huquqlari, jumladan, ishlash, ta’lim olish va himoya

qilish huquqlari haqida ma’lumot berishi lozim.

Odam savdosi va boshqa huquqbuzarliklardan saqlanish uchun profilaktika tadbirlari

o‘tkazishi kerak.

2. Psixologik yordam va ijtimoiy xizmatlar
Profilaktika inspektori voyaga yetmaganlarga psixologik yordam ko‘rsatish va ijtimoiy

xatarlardan himoyalashga qaratilgan choralar ko‘radi. Ular:

Voyaga yetmaganlarning ijtimoiy va psixologiyaviy muammolarini aniqlash va ularni

zarur yordamlar bilan ta’minlash.

Xavfli vaziyatlarga tushgan yoshlarning psixologik holatini tiklash va ularga qayta

integratsiya qilish.

3. Voyaga yetmaganlar bilan ishlashda huquqiy monitoring olib borish
Inspektorlar voyaga yetmaganlar bilan ishlashda ularning huquqlarini buzgan

holatlarini kuzatib, monitoring olib borishlari kerak. Buning uchun:

Jamiyatda yoshlar orasida huquqbuzarliklar, ayniqsa, odam savdosi, fohishalik yoki

zararli ish faoliyatiga olib boradigan holatlarni aniqlash.

Yoshlar bilan ishlashda huquqni muhofaza qilish organlari bilan yaqin hamkorlik olib

borish, jumladan, politsiya, sudlar va ijtimoiy xizmatlar bilan hamkorlik qilish.

4. Odam savdosi va bala mehnatining oldini olish
Profilaktika inspektori voyaga yetmaganlar orasida odam savdosi yoki bala mehnatiga

olib boradigan holatlarning oldini olish uchun:

Odam savdosi qurbonlarini aniqlash va ularga huquqiy yordam ko‘rsatish.
Odam savdosi va bala mehnatining oldini olishga qaratilgan treninglar, ma’ruzalar va

seminarlar o‘tkazish.

5. Oila va maktab bilan hamkorlik
Profilaktika inspektori oila va maktab bilan hamkorlik olib borishi kerak. Voyaga

yetmaganlarning xavfli vaziyatlarga tushib qolishini oldini olish uchun:

Maktablarda huquqiy va ijtimoiy saboqlar o‘tkazish, yoshlarning huquqiy savodxonligini

oshirish.

9

Grebennikov V.P. (2019).

Jamoatchilik bilan profilaktika ishini tashkil etish

. Yuridicheskiy analiz, 8(3), 56-58.


background image

71

Oiladagi muammolarni aniqlash va oilaviy munosibatlarni tiklashga yordam berish.
6. Qonuniy himoya va qonun ijodkorligi
Voyaga yetmaganlarning huquqlarini himoya qilishda profilaktika inspektori:
Voyaga yetmaganlarning huquqlari buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun qonunchilikni

kuzatish va himoya qilish.

Voyaga yetmaganlarga qarshilik ko‘rsatishga qaratilgan qonunlarni ishlab chiqishga

hissa qo‘shish.

7. Jamoatchilik bilan hamkorlik
Voyaga yetmaganlar orasida profilaktika ishi jamoatchilikni jalb qilishni talab qiladi.

Inspektorlar:

Voyaga yetmaganlar bilan ishlashda aholi va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda ish

olib borish.

Voyaga yetmaganlar orasida huquqbuzarliklarning oldini olishda mahalliy jamoalarning

ishtirokini ta’minlash.

Xulosa

Profilaktika inspektorining voyaga yetmaganlar bilan ishlash faoliyati jamiyatda

huquqbuzarliklarning oldini olish, yoshlarning huquqlarini himoya qilish va ularga ijtimoiy va
psixologik yordam ko‘rsatishga qaratilgan. Voyaga yetmaganlar bilan ishlashda ta’lim,
huquqiy axborot, psixologik yordam, oila va maktab bilan hamkorlik, jamoatchilikning
ko‘maklashishi muhimdir.