JARIMA JAZOSINI IJRO ETISHNING ILMIY-NAZARIY TAHLILI

Аннотация

Ma’muriy javobgarlik amaliyotida eng ko‘p qo‘llaniladigan jazo turlaridan hisoblangan og‘irlik darajasi uncha yuqori bo‘lmagan, lekin ta’sirchanlik darajasi va profilaktik jihatdan huquqbuzarga juda yaxshi ta’sir qiluvchi jazo turi bu jarima hisoblanadi.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
20-26
22

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Yuldashev , D. ., & Toliboyev , S. . (2024). JARIMA JAZOSINI IJRO ETISHNING ILMIY-NAZARIY TAHLILI. Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования, 3(Maxsus son 12), 20–26. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/62904
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ma’muriy javobgarlik amaliyotida eng ko‘p qo‘llaniladigan jazo turlaridan hisoblangan og‘irlik darajasi uncha yuqori bo‘lmagan, lekin ta’sirchanlik darajasi va profilaktik jihatdan huquqbuzarga juda yaxshi ta’sir qiluvchi jazo turi bu jarima hisoblanadi.


background image

20

JARIMA JAZOSINI IJRO ETISHNING ILMIY-NAZARIY TAHLILI

Yuldashev Djahongir Xaitovich

O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi kafedra boshlig‘i, yu.f.d., professor

Toliboyev Sunnatbek Mirkomil o‘g‘li

O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi kursanti, safdor

https://doi.org/10.5281/zenodo.14550664

Ma’muriy javobgarlik amaliyotida eng ko‘p qo‘llaniladigan jazo turlaridan hisoblangan

og‘irlik darajasi uncha yuqori bo‘lmagan, lekin ta’sirchanlik darajasi va profilaktik jihatdan
huquqbuzarga juda yaxshi ta’sir qiluvchi jazo turi bu jarima hisoblanadi.

X.Bahromovning fikricha,

ma’muriy jarima

– ma’muriy qonunchilikni qo‘llash

amaliyotida eng ko‘p va samarali qo‘llaniladigan ma’muriy jazo choralaridan biri ma’muriy
jazo chorasidir. Mazkur hammabop “universal” ma’muriy jazo chorasi ma’muriy javobgarlik
to‘g‘risidagi qonunchilikda qayd etilgan deyarli barcha ma’muriy huquqbuzarliklar uchun
qo‘llanilishi mumkin

1

.

Ma’muriy jarima

– moddiy xususiyatga ega bo‘lgan ma’muriy jazo chorasi bo‘lib,

aybdor shaxsdan davlat hisobiga undirib olinadigan muayyan pul miqdorida ifodalanadi.
Ma’muriy jarimaning miqdori ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan vaqtdagi, davom
etayotgan ma’muriy huquqbuzarlik uchun esa bu huquqbuzarlik aniqlangan vaqtdagi belgilab
qo‘yilgan bazaviy hisoblash miqdoridan kelib chiqqan holda belgilanadi.

Ma’lumot uchun

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-noyabrdagi “Ish haqi, pensiyalar va
nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi PF-196-son farmoni bilan bazaviy hisoblash
miqdori –

340 ming so‘m

etib belgilangan

2

.

Fikrimizcha, ma’muriy jarima jazosi – huquqbuzarning ongiga ta’sir etish orqali,

bevosita uning moddiy manfaatlariga ta’sir qiladi. Bu choraning o‘ziga xos xususiyatlari yana
quyidagilarda namoyon bo‘ladi, ya’ni huquqbuzar erkinligi cheklanmaydi, maxsus huquqdan
mahrum qilinmaydi, hatto sud tomonidan ma’muriy jarimaga tortilgan hollarda ham
sudlanganlik huquqiy oqibatini keltirib chiqarmaydi. Shu bois, ma’muriy jarima samarali jazo
choralaridan biri bo‘lib hisoblanadi.

Fuqarolarga solinadigan jarimaning eng kam miqdori bazaviy hisoblash miqdorining

ellikdan bir qismidan, mansabdor shaxslarga esa – o‘ndan bir qismidan kam bo‘lmasligi kerak.
Fuqaro va xizmatchilarga solinadigan jarimaning eng ko‘p miqdori bazaviy hisoblash
miqdorining besh baravaridan, mansabdor shaxslarga esa – o‘n baravaridan oshmasligi kerak.
Ba’zi huquqbuzarliklar uchun bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt yuz ellik baravarigacha
miqdorda jarima solinishi mumkin

3

.

Amaldagi qonunchiligimizga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalardan so‘ng jarima

solish to‘g‘risidagi qarorni ijro etish muddatlari va tartibi quyidagicha belgilandi. Jarima
huquqbuzar tomonidan unga jarima solish to‘g‘risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab
o‘ttiz kundan kechiktirmay, bunday qaror xususida shikoyat berilgan yoki protest bildirilgan

1

Baxramov X. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilikda jarima jazo chorasining tushunchasi va

qo‘llanilishining o‘ziga xos xususiyatlari //Journal of fundamental studies. – 2023. – t. 1. – №. 6. – s. 28-35.

2

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-noyabrdagi “Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini

oshirish to‘g‘risida”gi PF-196-son farmoni. [Elektron manba: https://lex.uz/docs/-6665682. Murojaat vaqti:
10.02.2024 y].

3

O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi. [Elektron manba:

https://lex.uz/docs/-97664. Murojaat vaqti: 10.02.2024 y].


background image

21

taqdirda – shikoyat yoki protest qanoatlantirilmaganligi to‘g‘risida xabar berilgan kundan
boshlab o‘n besh kundan kechiktirmay to‘lanishi lozim

4

.

Biroq, Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun solingan jarimani huquqbuzar jarima

solish to‘g‘risidagi qaror chiqarilgan kundan e’tiboran oltmish kundan kechiktirmay, bunday
qaror xususida shikoyat berilgan yoki protest bildirilgan hollarda esa, shikoyat yoki protest
qanoatlantirilmay qoldirilganligi to‘g‘risida xabar berilgan kundan e’tiboran

o‘ttiz kundan

kechiktirmay to‘lashi kerak. O‘n olti yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxslarning
mustaqil ish haqi bo‘lmagan taqdirda, jarima ularning ota-onalari yoki ular o‘rnini bosuvchi
shaxslardan undirib olinadi. Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganlik uchun solingan jarima
huquqbuzar tomonidan tegishli bank muassasasiga to‘lanadi, huquqbuzarlik sodir etilgan
joyning o‘zida undirib olinadigan jarima bundan mustasno.

Ushbu jazo shaxslarga nisbatan qo‘llanilishi yillar kesimida quyidagicha o‘z

aksini topadi:

2020-yilda

233.308 ta

shaxsga;

2021-yilda

279.390 ta

shaxsga;

2022-yilda

316.205 ta

shaxsga;

2023-yilda

338.006 ta

shaxsga;

2024-yilning birinchi yarmida

175.988 ta

shaxsga qo‘llanilgan

5

.

Nazarimizda, jarima jazosini ijro etish to‘g‘risidagi qaror turlari qonunchilikni tahlil qilish

natijasida 3ga bo‘lish mumkin:

1) Joyning o‘zida undirib olinadigan jarima solish to‘g‘risidagi qarorni ijro etish;
2) Jarima solish to‘g‘risidagi qarorni majburiy ijro etish;
3) Jarima solish to‘g‘risidagi qarorni soddalashtirilgan tartibda ijro etish.

Joyning o‘zida undirib olinadigan jarima solish to‘g‘risidagi qarorni ijro etish.

MJtKning 283-moddasi (

Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzilmaydigan

hollar

)da Agar fuqaro o‘zi sodir etgan huquqbuzarlik faktiga e’tiroz bildirmasa hamda unga

joyning o‘zida solinadigan jarimaning miqdori bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir
qismidan oshmasa, yo‘l harakati qoidalarining buzilishi to‘g‘risidagi ishlar yuzasidan esa faqat
ushbu Kodeks 138-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan
hollarda, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda ham ma’muriy
huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzilmaydi.. Jarima ma’muriy huquqbuzarlik sodir
qilingan joyning o‘zida undirib olingan taqdirda huquqbuzarga qat’iy moliyaviy hisobot hujjati
hisoblangan belgilangan nusxadagi kvitansiya beriladi.

Fikrimizcha, qonunchilkda mavjud lekin umuman amaliyotda mavjud bo‘lmagan ushbu

joyning o‘zida undirib olinadigan jarima solish to‘g‘risidagi qarorni ijro etish ya’ni MJtKning
334-moddasini qonunchilikdan chiqarib tashlash maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Zero,
joyning o‘zida undirib olinadigan jarima solish to‘g‘risidagi qarorni o‘zi amaliyotda mavjud
emas va hozirgi axborotlashtirilgan texnologiyalar bilan ma’muriy ishlarni yuritish tartibiga
to‘g‘ri kelmaydi.

4

O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2023-yil 12-iyuldagi “Yo‘l harakati qoidalarining buzilishiga

doir ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi 361-son
buyrug‘i. [Elektron manba: https://lex.uz/docs/-6567881. Murojaat vaqti: 10.02.2024 y].

5

Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarning 2024 yil 1-yarmidagi faoliyat yakunlarining asosiy ko‘rsatkichlari [Elektron

manba: https://stat.sud.uz/. Murojaat vaqti: 10.02.2024 y].


background image

22

Jarima solish to‘g‘risidagi qarorni majburiy ijro etish.

Huquqbuzar jarimani MJtKning

332-moddasida belgilangan muddat ichida to‘lamagan taqdirda, jarima solish to‘g‘risidagi
qaror sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risidagi qonunchilikda
belgilab qo‘yilgan qoidalarga muvofiq jarimani

uning ish haqi yoki boshqa maoshidan,

nafaqasidan yoki stipendiyasidan

majburiy tartibda undirib olish uchun yuboriladi.

Agarda jarima solingan shaxs ishlamayotgan bo‘lsa yoxud jarimani huquqbuzarning ish

haqi yoki boshqa daromadidan, pensiyasi yoki stipendiyasidan boshqa sabablarga ko‘ra
undirib olishning iloji bo‘lmasa, uni undirib olish davlat ijrochisi tomonidan jarima solish
to‘g‘risida tegishli organ (mansabdor shaxs) chiqargan qaror asosida huquqbuzarning
mulkidan, shuningdek umumiy mulkdagi uning hissasidan undirib olish yo‘li bilan amalga
oshiriladi.

Nazarimizda, bugungi kunda jarima solish to‘g‘risidagi qarorni majburiy ijro etish tartibi

profilaktika inspektori faoliyatida ko‘proq muammolar mavjud. Bular quyidagilarda namoyon
bo‘ladi:

1) profilaktika inspektorlari jarima solish to‘g‘risidagi qarorni majburiy ijro etishni

nazorat qilish, ya’ni undirish masalasi planshetni yetarli darajada tushunmaganligi sababli
majburiy ijro xodimlariga berish tartibini bilmaydi;

2) sun’iy jarimaga qo‘yilgan talab tufayli profilaktika inspektorlari o‘zining tanishlarini

jarimaga tortishadi va bu muddat esdan chiqqanligi sababli turli intizomiy ta’sir choralarini
keltirib chiqaradi.

Ushbu muammolarni hal etish maqsadida quyidagi takliflarni berishni joiz topdik:

birinchidan

, profilaktika inspektorlari jarima solish to‘g‘risidagi qarorni majburiy

undirish masalasi majburiy ijro xodimlariga o‘tkazganini rahbariyat tomonidan nazorat qilish
tizimini joriy etish;

ikkinchidan

, profilaktika inspektorlariga sun’iy ravishda plan qo‘yish amaliyotini

qo‘llayotgan rahbarlarning intizomiy javobgarligini ta’minlash masalasini asosiy maqsad qilib
belgilash.

O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ijro hujjatlari bo‘yicha undirib olinishi

mumkin bo‘lmagan mol-mulkdan undirib olinishi mumkin emas. Respublikamizda izchillik
bilan amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotlari doirasida qonun chiqaruvchining,
insonparvarlik va demokratizm prinsiplarini amalda real qo‘llanilishiga imkoniyat yaratib,

2020-yil 17-martdagi O‘RQ-612-sonli qonuni

bilan MJtK quyidagi tahrirdagi

“Jarima

solish to‘g‘risidagi qarorni ijro etishning soddalashtirilgan tartibi”

nomli yangi 332

1

-

modda bilan to‘ldirilishi jamiyatiz tomonidan mamnuniyat bilan qabul qilindi

6

.

Jarima solish to‘g‘risidagi qarorni soddalashtirilgan tartibda ijro etish.

Ilk bora

jarima solish to‘g‘risidagi qarorni ijro etishning soddalashtirilgan tartibi joriy etilib, amalga
oshirilishi quyidagicha belgilandi. Huquqbuzar unga jarima solish to‘g‘risidagi qaror
topshirilgan kundan boshlab o‘n besh kun ichida jarima miqdorining yetmish foizini ixtiyoriy
ravishda to‘lagan taqdirda, u jarimaning qolgan (30 %) qismini to‘lashdan ozod qilinadi.
Bunday jarima solish to‘g‘risidagi qarorni ijro etishning

soddalashtirilgan tartibi quyidagi

holatlarda qo‘llanilmasligi belgilangan edi:

6

O‘zbekiston Respublikasi 2020-yil 17-martdagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga

o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-612-sonli qonuni. [Elektron manba: https://lex.uz/docs/-
4766244. Murojaat vaqti: 10.02.2024 y].


background image

23

ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganlik uchun sud tomonidan jarima solinganda;
jarima solish to‘g‘risidagi qaror ustidan shikoyat qilinganda yoki protest bildirilganda;
xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil

davomida takror sodir etilganda.

Ammo, ta’kidlash kerakki, MJtKning 17

1

-moddasining uchinchi qismida belgilangan

Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali yo‘l harakati
qoidalari buzilganligi qayd etilgan taqdirda, huquqbuzarlikning takroriyligi hisobga
olinmaydi, biroq, MJtKning 321-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan (Maxsus
avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan yo‘l harakati
qoidalari buzilishlariga doir ish yangitdan ko‘rib chiqish uchun yuborilib, qaror bekor qilingan
taqdirda, mazkur ish ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsga nisbatan u ilgari sodir
etgan huquqbuzarliklarning takroriyligi inobatga olingan holda umumiy asoslarda ko‘rib
chiqilishi lozim) hol bundan mustasno.

Yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar ma’muriy jarimalarni to‘lashda aholiga

qo‘shimcha qulayliklar yaratilishini, shuningdek sud qarorlariga asosan qo‘llaniladigan
ma’muriy jarimalarga nisbatan ham jarima solish to‘g‘risidagi qarorlarni ijro etishning
soddalashtirilgan tartibi qo‘llanilishini taqozo etmoqda.

Mazkur holatlarni inobatga olgan holda aholiga ma’muriy jarimalarni to‘lashda

qo‘shimcha qulayliklar yaratish va jarima yukini kamaytirish, qo‘llanilgan jarimalarni ijro
etish tizimini yanada soddalashtirish, shuningdek, davlat organlarining aholi bilan
munosabatlarida ortiqcha byurokratik to‘siqlarni va korrupsion omillarni bartaraf etish
maqsadida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-martdagi “Aholiga

ma’muriy jarimalarni to‘lashda qo‘shimcha qulayliklar yaratish hamda sohada
korrupsion omillarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-99-son qarori

qabul qilindi. Ushbu qaror bilan 2023 yil 1-maydan boshlab ma’muriy huquqbuzarliklar
bo‘yicha qo‘llanilgan jarimani ixtiyoriy to‘lash tizimi yanada soddalashtirilishi belgilandi

7

.

Unga ko‘ra:

huquqbuzar unga jarima solish to‘g‘risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab

o‘n besh

kun

ichida jarima miqdorining

50 foizini

,

o‘ttiz kun

ichida

70 foizini

ixtiyoriy ravishda

to‘lagan taqdirda, u jarimaning qolgan qismini to‘lashdan ozod qilinishi;

mazkur tartib sud qarorlariga asosan qo‘llaniladigan jarimalarga nisbatan ham tatbiq

etilishi bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga mazkur Qarorda nazarda tutilgan talablardan kelib
chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga tegishli qonun loyihasini
belgilangan tartibda kiritish yuklatildi.

Ushbu vazifalarni to‘la bajarish hamda “Ma’muriy jarimalarni to‘lashda aholiga

qo‘shimcha qulayliklar yaratilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy
javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 332-1 -moddasiga o‘zgartish kiritish haqida”gi 2023-yil
18-aprel O‘RQ-830-son qonuni

8

bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik

7

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-martdagi “Aholiga ma’muriy jarimalarni to‘lashda

qo‘shimcha qulayliklar yaratish hamda sohada korrupsion omillarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
PQ-99-son qarori. [Elektron manba: https://lex.uz/docs/-6411366. Murojaat vaqti: 10.02.2024 y].

8

O‘zbekiston Respublikasining 2023 yil 18 apreldagi “Ma’muriy jarimalarni to‘lashda aholiga qo‘shimcha

qulayliklar yaratilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining

3321-moddasiga

o‘zgartish

kiritish

haqida”gi

O‘RQ-830-sonli

Qonuni

[Elektron

manba:

https://lex.uz/docs/6435560. Murojaat vaqti: 10.02.2024 y].


background image

24

to‘g‘risidagi kodeksiga ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxs tomonidan jarimaning

50

foizini o‘n besh kun ichida yoki 70 foizini o‘ttiz kun ichida ixtiyoriy ravishda to‘lash tartibi

joriy etilishini nazarda tutuvchi o‘zgartish kiritildi.

Mazkur tartib sud qarorlariga asosan qo‘llaniladigan jarimalarga nisbatan ham tatbiq

etilishi belgilandi. Mazkur qonun ma’muriy jarimalarni to‘lashda jarimalar yukini
kamaytirishga hamda ma’muriy jarimalarni ixtiyoriy ravishda to‘lash tizimini yanada
soddalashtirishga, shuningdek sud hujjatlari va boshqa organlarning hujjatlari o‘z vaqtida ijro
etilishini ta’minlashga xizmat qiladi

9

.

Jarima solish to‘g‘risidagi qarorni ijro etishning soddalashtirilgan tartibi quyidagi

hollarda qo‘llanilmaydi:

transport vositalarini mast holda boshqarish;
kema haydovchilarining kichik hajmli kemalarni mast holda boshqarishi;
transport vositalari haydovchilarining va yo‘l harakati boshqa ishtirokchilarining

mastligi yoki mast emasligini aniqlash uchun tekshiruvdan o‘tishdan bo‘yin tovlashi;

Mast holdagi haydovchilarning yoki transport vositalarini boshqarish huquqi bo‘lmagan

shaxslarning transport vositalarini boshqarishiga yo‘l qo‘yish huquqbuzarliklar sodir
etilganda; jarima solish to‘g‘risidagi qaror ustidan shikoyat qilinganda yoki protest
bildirilganda; xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir
yil davomida takror sodir etilganda”.

Respublikamizda ushbu qonun 2023-yil 1-maydan e’tiboran kuchga kirgan. Fikrimizcha,

jarima solish to‘g‘risidagi qarorni ijro etishning soddalashtirilgan tartibi qo‘llanilmaydigan
hollarga yana quyidagi qasddan sodir etiladigan qo‘pol ma’muriy huquqbuzarliklarni ham
kiritish maqsadga muvofiq bo‘lar edi:

41

1

-modda. Shahvoniy shilqimlik qilish;

183-modda. Mayda bezorilik;
188-modda. Voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish;
188

1

-modda. Voyaga yetmagan shaxsni ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishga jalb

qilish;

189-modda. Pornografik mahsulotni tayyorlash, olib kirish, tarqatish, reklama qilish,

namoyish etish;

189

1

-modda. Tazyiqni, zo‘ravonlikni yoki shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi mahsulotni

tayyorlash, olib kirish, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish;

194-modda. Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik;
194

1

-modda. O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchisining

(xodimining) qonuniy talablarini bajarmaslik;

195-modda. Ichki ishlar organlari xodimlarining o‘z xizmat burchlarini bajarishlariga

qarshilik ko‘rsatish

195

1

-modda. O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchilarining

(xodimlarining) o‘z xizmat burchlarini bajarishlariga qarshilik ko‘rsatish.

O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining

2023-yil 12-iyuldagi “Yo‘l harakati

qoidalarining buzilishiga doir ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi

9

O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi. [Elektron manba:

https://lex.uz/docs/-97664. Murojaat vaqti: 10.02.2024 y].


background image

25

yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi buyrug‘i

10

ga

asosan yo‘l harakati

qoidalarining buzilishiga doir ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqishda tayinlangan jarimani qaror
chiqarilgan kundan boshlab

oltmish

(60) kundan

kechiktirmay, ushbu qaror xususida

shikoyat berilgan yoki protest bildirilgan taqdirda esa, shikoyat yoki protest
qanoatlantirilmaganligi to‘g‘risida xabar berilgan kundan e’tiboran

o‘ttiz

(30) kundan

kechiktirmay to‘lashingiz lozim.

Mazkur qaror chiqarilgan kundan e’tiboran

oltmish

(60) kun

o‘tgach jarima

to‘lanmagan taqdirda transport vositangiz qarorning ijrosi yuzasidan ish yuritish tugaguniga
qadar ushlab turiladi. Mazkur qaror ustidan yuqori turuvchi organga (mansabdor shaxsga
yoki jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudiga uning nusxasini olgan kuningizdan
boshlab

(10) o‘n kun

ichida shikoyat berishingiz mumkin. Shikoyat ma’muriy huquqbuzarlik

to‘g‘risidagi ish yuzasidan qaror qabul qilgan organ (mansabdor shaxs) orqali yoki bevosita
shikoyat yo‘llangan sudga yuboriladi.

Jarima solish to‘g‘risidagi qarorga muvofiq jarima undirib olingach, uning ijro etilganligi

haqida belgi qo‘yilib, shu qarorni chiqargan organga, mansabdor shaxsga yoki sudga
qaytariladi.

Majburiy ijroga qaratilgan jarima solish to‘g‘risidagi qaror ijro etilganidan so‘ng davlat

ijrochisi ijro ishini yuritishni tamomlash to‘g‘risida qaror chiqaradi va uning bir nusxasini uni
chiqargan organga, mansabdor shaxsga) yoki sudga yuboradi.

Rossiya federatsiyasi ma’muriy huquqbuzarlik kodeksining 4.1.1.-moddasida Ma’muriy

jarima tariqasidagi ma’muriy jazoni ogohlantirish bilan almashtirish ma’muriy jarima
tariqasidagi ma’muriy jazoni ogohlantirish bilan almashtirish mexanizmi mavjud. Ushbu
normaga binoan davlat nazorati (nazorat), munitsipal nazoratni amalga oshirish davomida
birinchi marta sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarlik, agar ogohlantirish tariqasidagi
ma’muriy jazoni tayinlash Rossiya Federatsiyasi subyektlarining ma’muriy huquqbuzarliklar
to‘g‘risidagi qonunchilikning tegishli normasida nazarda tutilmagan bo‘lsa, ma’muriy jarima
tariqasidagi ma’muriy jazo tegishli holatlar mavjud bo‘lganda ogohlantirish bilan
almashtirilishi kerak.

Yuqoridagi davlat qonunchiligidan shuni ko‘rish mumkinki, ma’muriy jazoni

almashtirish mexanizmi mavjud, ya’ni qanday jazo yengillashganda yoki og‘irlashganda qaysi
jazolar bilan almashtirish lozim. Yurtimizning ma’muriy qonunchiligida ushbu ma’muriy
jazolarni almashtirish mexanizmi mavjud emas.

Shu bois, O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga

“Ma’muriy jazolarni almashtirish tartibi” nomli yangi norma qo‘shish ehtiyoji mavjud.

Bundan tashqari, B.Abdullayev tomonidan jarima ijrosini yanada soddalashtirish

yuzasidan quyidagi taklif ilgari surildi. Jumladan, radarlar orqali qayd etilgan qoidabuzarliklar
uchun 48 soat ichida jarima haqida qaror yozadigan vakolatli organga, ya’ni YPX markaziga
yuboriladi. Vakolatli organ jarima solish haqidagi qarorni 15 kundan kechiktirmay chiqarishi
kerak. Ana shundagina haydovchi jarimaga tortilmasligi belgilanishi to‘g‘risida takliflar

10

O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2023-yil 12-iyuldagi “Yo‘l harakati qoidalarining buzilishiga

doir ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi buyrug‘i.
[Elektron manba: https://lex.uz/docs/-6567881. Murojaat vaqti: 10.02.2024 y].


background image

26

berildi

11

.

Fikrimizcha, quyidagi taklif jarima jazosini istisno etish holati hisoblanib, quyidagi

tartibda bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.

Ya’ni MJtKning "Jarima solish to‘g‘risidagi qarorni

ijro etishning soddalashtirilgan tartibi" nomli 332

1

-moddasini 3-qismi quyidagi

tahrirda bayon etilsin:

“Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan

qoidabuzarliklar uchun 48 soat ichida jarima haqida qaror yozadigan vakolatli organga, ya’ni
YPX markaziga yuboriladi. Vakolatli organ jarima solish haqidagi qarorni 15 kundan
kechiktirmay chiqarishi kerak. Agar ushbu muddatda qaror chiqarilmasa, huquqbuzar
javobgarlikdan ozod etilishi zarur”

11

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Bekmurod Abdullaev radar bo‘yicha yangilik noto‘g‘ri talqin qilinganini ma’lum

qildi. [Elektron manba: https://uzreport.news/society/ichki-ishlar-vaziri-urinbosari-bekmurod-abdullaev-
radar-buyicha-yangilik-notu-ri-tal-in-il. Murojaat vaqti: 10.02.2024 y].