PROFILAKTIKA INSPEKTORINING HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASIDA AMALGA OSHIRISHDA FUQAROLARNING ISHTIROKI

Annotasiya

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar doirasida aholining tinch va osoyishta hayotini ta’minlash hamda jamiyatimizda qonunga itoatkorlik va jamoat xavfsizligi madaniyatini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, jamoat xavfsizligini ta’minlash yo‘nalishidagi ishlarni “Xalq manfaatlariga xizmat qilish” tamoyili asosida tashkil etishning mutlaqo yangi mexanizm va tartiblari joriy etilib, davlat organlarining jamoatchilik tuzilmalari bilan o‘zaro maqsadli hamkorligi yo‘lga qo‘yildi. Shu bilan birga, jahonda kuchayib borayotgan turli xavf-xatar va ziddiyatlar, el-yurt tinchligi va osoyishtaligiga tahdidlar, pandemiya, tabiiy va texnogen ofatlar mas’ul davlat tuzilmalariga o‘z faoliyatini “Barcha sa’y-harakatlar inson qadri uchun” degan ustuvor g‘oya asosida  yanada takomillashtirish vazifasini yuklamoqda.

16-19
16

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Norbutayev , E. ., & Saparov , E. . (2024). PROFILAKTIKA INSPEKTORINING HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASIDA AMALGA OSHIRISHDA FUQAROLARNING ISHTIROKI. Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования, 3(Maxsus son 12), 16–19. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/62905
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar doirasida aholining tinch va osoyishta hayotini ta’minlash hamda jamiyatimizda qonunga itoatkorlik va jamoat xavfsizligi madaniyatini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, jamoat xavfsizligini ta’minlash yo‘nalishidagi ishlarni “Xalq manfaatlariga xizmat qilish” tamoyili asosida tashkil etishning mutlaqo yangi mexanizm va tartiblari joriy etilib, davlat organlarining jamoatchilik tuzilmalari bilan o‘zaro maqsadli hamkorligi yo‘lga qo‘yildi. Shu bilan birga, jahonda kuchayib borayotgan turli xavf-xatar va ziddiyatlar, el-yurt tinchligi va osoyishtaligiga tahdidlar, pandemiya, tabiiy va texnogen ofatlar mas’ul davlat tuzilmalariga o‘z faoliyatini “Barcha sa’y-harakatlar inson qadri uchun” degan ustuvor g‘oya asosida  yanada takomillashtirish vazifasini yuklamoqda.


background image

16

PROFILAKTIKA INSPEKTORINING HUQUQBUZARLIKLAR

PROFILAKTIKASIDA AMALGA OSHIRISHDA FUQAROLARNING ISHTIROKI

Norbutayev Erkin Xurozovich

O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi professori v.b., yu.f.b.f.d., dotsent

Saparov Elbek Mansurjon o‘g‘li

O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi kursanti, safdor

https://doi.org/10.5281/zenodo.14550658

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar doirasida aholining

tinch va osoyishta hayotini ta’minlash hamda jamiyatimizda qonunga itoatkorlik va jamoat
xavfsizligi madaniyatini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, jamoat
xavfsizligini ta’minlash yo‘nalishidagi ishlarni “Xalq manfaatlariga xizmat qilish” tamoyili
asosida tashkil etishning mutlaqo yangi mexanizm va tartiblari joriy etilib, davlat
organlarining jamoatchilik tuzilmalari bilan o‘zaro maqsadli hamkorligi yo‘lga qo‘yildi. Shu
bilan birga, jahonda kuchayib borayotgan turli xavf-xatar va ziddiyatlar, el-yurt tinchligi va
osoyishtaligiga tahdidlar, pandemiya, tabiiy va texnogen ofatlar mas’ul davlat tuzilmalariga
o‘z faoliyatini “Barcha sa’y-harakatlar inson qadri uchun” degan ustuvor g‘oya asosida yanada
takomillashtirish vazifasini yuklamoqda.

Xususan, jamoat xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish va

huquqbuzarliklar profilaktikasining yaxlit tizimini shakllantirish, ichki ishlar organlarining
eng quyi bo‘g‘inidan respublika darajasigacha samarali faoliyatini yo‘lga qo‘yish va
zamonaviy ish uslublarini joriy etish orqali mamlakatimizda huquq-tartibot va qonuniylikni
mustahkamlash, aholining tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining “Jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi
kurashish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF- 6196-son

[1]

(2021 yil 26 mart) farmoni qabul qilindi.

Ma’lumki, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, aholining huquqiy

madaniyati va ongini oshirish, shaxsning hayoti, sog‘lig‘i, sha’ni, qadr-qimmati va mol-mulkini
turli tajovuzlardan himoya qilishda profilaktika inspektorlarining o‘rni muhim ahamiyatga
egadir. Fuqarolarning tinchligi va osoyishtaligini, ularning xavfsizligini ta’minlashda mahalla
hududida xizmat faoliyatini olib boruvchi profilaktika inspektorlarining doimiy ravishda xalq
bilan birga bo‘lishi huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishda o‘z samarasini bermoqda.
Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida “Barcha sa’y-
harakatlar inson qadri uchun” ezgu g‘oyasi asosida har bir mahalla kesimida qonun
ustuvorligini, fuqarolarning huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilinishini ta’minlashda
huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish faoliyatini tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi.
Barchamizga ma’lumki, huquqbuzarlik ijtimoiy ma’noda jamiyat, fuqarolar va jamoat
birlashmalarining huquq va manfaatlariga xavf tug‘dirishga qodir xulq bo‘lib, u ijtimoiy
munosabatlarning rivojlanishini qiyinlashtiradi va ularning buzilishiga sabab bo‘ladi. Buning
oqibatida jamiyatda turli darajadagi ko‘ngilsizliklar yuz bera boshlaydi. Biroq
huquqbuzarlikka o‘z vaqtida chora ko‘rmaslik ikkinchi og‘irroq turdagi huquqbuzarlikni
keltirib chiqaradi va buning oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga putur yetadi.

Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab, mamlakatimizda huquqbuzarliklar

profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida kompleks chora-tadbirlar amalga
oshirilib, mamlakatda huquq-tartibotni ta’minlashda ijobiy natijalarga erishildi. Lekin


background image

17

aksariyat hollarda huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish faqat huquqni muhofaza
qiluvchi organlarning vazifasi sifatida baholanib qolinayotgan holatlar ham uchrab turibdi.
Aslida, huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish, nafaqat huquqni muhofaza qiluvchi
organlarning, balki jamoat tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, oila va
ta’lim muassasalarining hamkorlikdagi faoliyati hisoblanadi va u o‘z ichiga huquqiy, ijtimoiy,
tarbiyaviy jarayonlarni oladi. Bizning fikrimizcha, sodir etilayotgan yoki sodir etilishi mumkin
bo‘lgan huquqbuzarliklar yoxud jinoyatlarni profilaktika inspektorlariga qaraganda fuqarolar
yoki boshqa bir yuridik shaxslar oldinroq payqashadi, lekin bunga aksariyat hollarda befarq
munosabatda bo‘lishlarining sababidan o‘zlari ham jabrdiyda bo‘lib qolishadi. Yuqorida
ta’kidlab o‘tganimizdek, huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish
faqatgina huquqni muhofaza qiluvchi organlarning vazifasi degan qarash mavjud, ammo
sodir etilayotgan huquqbuzarliklarning oldini olishda huquqni muhofaza qiluvchi organlar
bilan bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilinsa, bu albatta o‘z samarasini beradi. Bundan
tashqari, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishda faol ishtirok
etgan fuqarolar yoki yuridik shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2018-yil 8-yanvardagi 15-son qarori bilan tasdiqlangan “Fuqarolar va jamoat tashkilotlarini
huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishdagi faol ishtiroki uchun
rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom

[2]

qoidalariga binoan rag‘batlantiriladilar, bu esa

o‘z navbatida fuqarolarning sodir etilishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsiz holatlarni barvaqt oldini
olishda yanada faol bo‘lishga undaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi "O‘zbekiston

Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi

[3]

farmonida jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimi jamoat xavfsizligini

ta’minlovchi va unda ishtirok etuvchi subyektlardan iboratligi alohida qayd etilgan bo‘lib,
unga ko‘ra jamoat xavfsizligini ta’minlovchi quyidagi 10 ta asosiy subyektlar belgilangan:

Shuningdek, boshqa davlat organlari va tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish

organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolar jamoat xavfsizligini ta’minlashda
ishtirok etuvchi subyektlar hisoblanadilar. Yuqoridagilardan shuni xulosa qilib aytishimiz
mumkinki, huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirishda va jinoyatchilikka qarshi
kurashishda nafaqat huquqni muhofaza qiluvchi organlar balki, jamoat tashkilotlari,
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va ta’lim muassasalari ham birdek mas’uldirlar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev prezidentlik lavozimiga kirishgan

dastlabki davrdan boshlab, huquqbuzarliklarliklarning barvaqt oldini olishga asosiy e’tiborni
qaratish lozimligini ta’kidlab shunday degan edi: “Biz “Adolat – qonun ustuvorligida” degan
tamoyil asosida jamiyatimizda qonunga hurmat, huquqbuzarlik holatlariga murosasizlik


background image

18

hissini kuchaytirishga qaratilgan ishlarimizni jadal davom ettiramiz. Bu borada huquqbuzarlik
holatlarining oldini olishga alohida e’tibor qaratiladi. Buning uchun avvalo, mahalla
imkoniyatlaridan keng foydalanish, profilaktika inspektorlarining ish samarasi
va mas’uliyatini oshirish, ular uchun munosib xizmat va turmush sharoitini yaratib berish
choralarini ko‘rishimiz darkor”. Buning natijasi o‘laroq, 2017-yil 10-aprelda “Ichki ishlar
organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari,
erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlashda ularning
mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 5005-sonli farmoni

[4]

qabul qilindi.

Unda huquqbuzarliklarliklarning barvaqt oldini olish bo‘yicha ishlar asosan, sodir etilgan
g‘ayri

qonuniy

qilmishlarning

oqibatlariga

qarshi

kurashishdan

iboratligi,

huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, ularni sodir etish sabablari va shart-sharoitlarini
chuqur tahlil qilish, aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha tizimli va samarali chora-tadbirlar
yetarli darajada tashkil etilmaganligi e’tirof etib o‘tiladi va shu bilan birga ushbu
kamchiliklarni bartaraf etish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab
berildi.

Jinoyatchilikning oldini va huquqbuzarliklar profilaktikasi jinoiy-huquqiy jazolar orqali

emas, balki huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, ularning sodir etilish sabab va
sharoitlarini aniqlash hamda bartaraf etish chora-tadbirlarini qo‘llash orqali amalga
oshiriladi, bular esa hududiy profilaktika inspektorlari zimmasiga huquqbuzarliklarning sodir
etilishiga imkon yaratuvchi ijtimoiy hayotning barcha sohalaridagi voqea-hodisalar va
jarayonlarni bilishni va doimiy tahlil qilib borishdek mas’uliyatli vazifani yuklaydi. Xususan,
kriminogen vaziyatni chuqur o‘rganish, uni tahlil qilish va aniqlangan huquqbuzarliklarning
omillarini joyida barvaqt bartaraf etish orqali barqaror vaziyatni ta’minlashdan iborat bo‘ladi.

2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor

yo‘nalishi bo‘yicha “Harakatlar strategiyasi”da jinoyatchilikka qarshi kurashish va
huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish, diniy
ekstremizm, terrorizm va uyushgan jinoyatchilikning boshqa shakllariga qarshi kurashish
bo‘yicha tashkiliy-amaliy choralarni kuchaytirish, korrupsiyaga qarshi kurashishning
tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish va samaradorligini oshirish, aholining
huquqiy madaniyati va ongini yuksaltirish, bu borada davlat tuzilmalarining fuqarolik
jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro samarali hamkorligini tashkil
etish bilan bog‘liq aniq vazifalar belgilangan edi. Qayd etish joizki, o‘tgan vaqt davomida
Prezidentimizning bevosita rahbarligi va tashabbuslari asosida fuqarolarning tinch
va farovon hayot kechirishini ta’minlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish,
jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida salmoqli ishlar amalga oshirildi.

2022-yilning 28-yanvarda jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning sodir

etilishiga sabab bo‘lgan shart-sharoitlarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etishning samarali
tizimini yanada takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-
2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-
son Farmoni

[5]

qabul qilindi. Ushbu farmonda huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini sifat

jihatidan yangi bosqichga olib chiqish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan bo‘lib, unga ko‘ra:

1. Jinoyat va ma’muriy huquqbuzarlik haqida xabar berish va ularni ro‘yxatga olishning

“e-huquqbuzarlik” yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimini joriy etish;

2. Bir yil davomida takroran sodir etilishi og‘irlashtiruvchi holat sifatida baholanadigan


background image

19

ma’muriy huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxslarning hisobini bir yil davomida yuritish va
muddat o‘tishi bilan avtomatik ravishda hisobdan olib tashlash tartibini yo‘lga qo‘yish;

3. Jamoat tartibini saqlash bo‘yicha patrullik xizmati faoliyatini tubdan takomillashtirish;
4. Zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etgan holda fuqaroni ichki ishlar bo‘limiga

tekshirish uchun olib borish amaliyotidan voz kechish;

5. Yo‘l infratuzilmasini takomillashtirish va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish

orqali yo‘llarda avariya va o‘lim holatlarini qisqartirish;

6. Harakatni boshqarish tizimini to‘liq raqamlashtirish va jamoatchilikning ushbu

sohadagi ishlarda keng ishtirokini ta’minlash kabi vazifalar belgilab berildi.

Xulosa qilib aytganda, bugungi kunda huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasida

olib borilayotgan barcha islohotlar “Barcha sa’yi-harakatlar inson qadri uchun” ezgu g‘oyasi
asosida jamiyat a’zolarining tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash, fuqarolarning
sarsongarchilik holatlarini oldini olish, ularning davlat organlari, shu jumladan huquqni
muhofaza qiluvchi organlariga bo‘lgan ishonchini oshirish, shaxs, jamiyat va davlatga
yetkazilishi mumkin bo‘lgan zararlarni oldini olish, huquqbuzarliklar sodir etilish holatlarini
kamaytirish, fuqarolarning normal turmush tarzini ta’minlashga qaratilganligi bu esa
mamlakatimizda qonun ustuvorligini ta’minlash shaxs, jamiyat va davlat huquq
manfaatlarini ishonchli himoya qilish borasida olib borilayotgan islohotlarning yangi
bosqichga ko‘tarilganligidan dalolat beradi.

FOYDALANİLGAN ADABİYOTLAR:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamoat xavfsizligini ta’minlash va

jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini sifat jihatidan yangi
bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF- 6196-son farmoni
2.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-yanvardagi 15-son qarori

bilan tasdiqlangan «Fuqrollar va jamoat tashkilotlarini huquqbuzarliklar profililaktikasi va
jinoyatchilikka qarshi kurashishdagi faol ishtiroki uchun rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida»gi
nizom.
3.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29 noyabridagi “O‘zbekiston

Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni.
4.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-apreldadagi “Ichki ishlar

organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari,
erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlashda ularning
mas’uliyatini kuchaytirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni.
5.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi

O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoni

Bibliografik manbalar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF- 6196-son farmoni

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-yanvardagi 15-son qarori bilan tasdiqlangan «Fuqrollar va jamoat tashkilotlarini huquqbuzarliklar profililaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishdagi faol ishtiroki uchun rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida»gi nizom.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29 noyabridagi “O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-apreldadagi “Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlashda ularning mas’uliyatini kuchaytirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoni