Авторы

  • Maftuna Ismoilova
    Chirchiq davlat pedagogika universiteti Boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi 2 kurs talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdif.69366

Ключевые слова:

oʻzbek tili millatchilik bixevioristik yondashuv interaktiv yondashuv kompetensiyaviy yondashuv.

Аннотация

Ushbu maqolada oʻzbek tili tarixiga bir nazar tashlanib, Oʻzbek tili taʼlimi istiqbollari hamda hozirgi kundagi tilga boʻlgan munosabat haqida mulohaza yuritiladi. Til rivojiga zamonaviy yondashuvlar haqida umumiy fikrlarimiz keltiriladi.


background image

39

O‘ZBEK TILI TA’LIMIGA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR

Ismoilova Maftuna Kenjaboy qizi

Chirchiq davlat pedagogika universiteti

Boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi 2 kurs talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14948706

Annotatsiya.

Ushbu maqolada oʻzbek tili tarixiga bir nazar tashlanib, Oʻzbek tili taʼlimi

istiqbollari hamda hozirgi kundagi tilga boʻlgan munosabat haqida mulohaza yuritiladi. Til
rivojiga zamonaviy yondashuvlar haqida umumiy fikrlarimiz keltiriladi.

Kalit soʻzlar:

oʻzbek tili, millatchilik, bixevioristik yondashuv, interaktiv yondashuv,

kompetensiyaviy yondashuv.

Abstract.

This article takes a look at the history of the Uzbek language, discusses the

prospects of Uzbek language education and the current attitude towards the language. We
present our general thoughts about modern approaches to language development.

Key words:

Uzbek language, nationalism, behaviorist approach, interactive approach,

competence approach.


Oʻzbek tiliga davlat tili maqomining berilishi, tilimiz mazkur maqomni olmasidan

burungi va olganidan keyingi holati haqida fikr yuritishdan avval oʻsha davrdagi
vaziyatlarning qanchalik ogʻirligi haqida gaplashsak. Oʻsha shoʻro davrlarda bizning oʻzbek
millatimiz oʻzlari istamasalarda, majburlikdan rus tilida gaplashishgan. Ayniqsa, oʻzbek tili
ham mustaqil til sifatida yashashga haqli deyishning oʻzi oʻta millatchilik deb baholanardi.
Xalqqa ilm oʻrgatish maqsadida bosh koʻtarib chiqqan qanchadan qancha jadidlar halok
boʻlishdi. Shukurki, qishning soʻnggi bahor boʻlganidek bu kabi ayanchli ishlarning barchasi
asta sekin barham topa boshladi. Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug‘aniyevich Karimov
Oʻzbek tiliga davlat tili maqomini berish haqidagi qonunlarini eshtgan kimsa borki beixtiyor
koʻzlariga yosh keladi. Axir har qanday mamlakatni boshqalardan ajratib turadigan asosiy
unsurlaridan bittasi- til emasmi? Bizning ham shu tilimiz bor ekan, oʻzbek xalqi, oʻzbek
adabiyoti, oʻzbek madaniyati, oʻzbek urf-odatlari bor hisoblanadi. Demak, til masalasi
shunchaki gap orasida aytib ketilaveradigan joʻn, kichik mayda masala emas, balki davlat
ahamiyatiga ega, ulkan masaladir. Xullas, oʻzbek tilining tarixi haqida soʻz yuritar ekanmiz
bunga bir ma’ruza yoki bir maqola doirasida yoritib boʻlmaydi. Shunday ekan keyingi
masalalarimizdan boʻlgan oʻzbek tili taʼlimi istiqbollari haqida fikrimizni davom ettiramiz.

Bugungi fan va texnika rivojlanib, inson aql idroki yangi-yangi ufqlar sari parvoz

qilarkan, biz milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari gʻoyasini amalga oshirishda ona tilimizga
yanada eʼtiborli boʻlishimiz suv va havodek zarur ekanligi oʻz oʻzidan ayon boʻlib qolmoqda.
Bugun davlat tiliga toʻlaqonli yondashuv mavridi keldi! Mamlakatda Ona tilimiz bilan bogʻliq
boʻlgan holatlar oʻzgarmoqda va oʻzgarishi ham shart, muhim. Bundan oldin esa oʻzimiz,
millatning har bir vakili oʻzini, qalbini, dunyoqarashini, tuygʻularini oʻzgartirishi yangilashi
kerak! Har bir oʻzbekman degan inson oʻz tilini har joyda boʻlmasin ulugʻlab, uni oyoq osti
boʻlishiga yoʻl qoʻymaslgi kerak. Va yaqin orada til haqida chiqayotgan qonunlar asta-sekin
kuchga kira boshlasa milliy tilimizning mavqeyi yanada yuksalishi, shu boradagi sa’y-
harakatlar yangi bosqichga koʻtarilishiga xizmat qiladi.

Endi esa bosh mavzuyimiz bilan zamonaviy yondashuvlar haqida gaplashsak. Bugungi

kunda ona tili ta’limida uch xil yondashuvdan foydalanilayotganini aniqladik. Bular


background image

40

bixevioristik yondashuv, integrativ yondashuv hamda kompetensiyaviy yondashuvlardir.
Mazkur yondashuvlar mohiyatan bir-birini toʻldirib boradi va oʻqituvchi dars davomida
ulardan vaziyat talab qilgan holatni inobatga olib foydalanmogʻi zarur.

Bixevioristik yondashuvning kelib chiqishi aslida bixeviorizm inglizcha behaviou, yaʼni

"xulq-atvor" degan maʼnolarni anglatib, XIX asr oxiri XX asr boshlarida AQSH ingliz
psixologiyasida paydo boʻlgan oqimning nomi bilan bogʻliq. Bizdagi maʼlumotlarga qaraganda
bu yoʻnalishning asoschilari Dj. Uotson, E. Tomdayklar boʻlishgan. Bixevioriszmning negizida
psixologik tadqiqot predmeti sifatida psixika va ongni inkor etish yotadi. Bixevioristlarning
fikricha, odam qanday psixikaga egaligidan qat'i nazar, u qoʻzgʻatuvchilarga javob beradigan
oʻziga hos mashinadir. Yaʼni inson xulq-atvori tashqi taʼsir hamda tashqi taʼsir bilan
reaksiyaga kirishuv asosida shakllanadi va rivojlanadi. Psixologiyadagi bu yoʻnalish Yevropa
mamlakatlarida XX asr boshlariga kelib taʼlim sohasiga koʻchdi va taxminan chorak asrdan
koʻproq vaqt bixevioristik yondashuvdan toʻla foydalanildi. Yevropa mamlakatlari keyinchalik
bixevioristik yondashuvdan faqat boshlangʻich taʼlimdagina qisman foydalanadigan boʻlishdi.
Bizda esa jadidlar qatagʻonidan keyin taʼlim tizimi toʻliq bixevioristik yondashuvga
tayanadigan boʻldi. Bixevioristik taʼlimot asosida "mashqlar qonuni" yotadi. Ona tili ta'limida
uzoq vaqt hukmronlik qilgan anʼanaviy taʼlim shu yondashuvga asoslanadi. Bixevioristik
yondashuv inson xulq-atvorining shakllanishi hamda rivojlanishini faqat va faqat
"oʻrgatishga" bogʻliq deb hisoblaydilar. Demak, bixevioristik yondashuv mohiyatiga koʻra, ona
tili mashgʻulotlarida oʻquvchi hamisha passiv oʻrganuvchiga aylanishi kerak va taʼlim
oluvchilarning ijtimoiy holati, ruhiyati, iqtidori, tarbiyasi qanday ekanligidan qatʼiy nazar,
ularga bir xil koʻz bilan qarab bir xilda taʼlim berib oʻrgatilsa, mashq qildirsa, albatta,
koʻzlangan maqsadga erishiladi. Oʻzbek pedagogikasi 1940-yillardan boshlab toki mustaqillik
davriga qadar bixevioristik yondashuvdan foydalandi, ammo hamma vaqt ham ushbu
yondashuv kutilgan samarani bermasligi uzoq yillar kuzatuvlari hamda tajribalardan ayon
boʻldi. Ushbu yondashuv koʻplab zamonaviy taʼlim namoyondalari tomonidan taqlid qilindi.
Shu oʻrinda Demokrit ham oʻz fikrini shunday deb izohlagan edi:"Bilimning koʻpligi aqlni
oshirmaydi". Darhaqiqat bu yondashuvning maqsadi yaʼni natijasi jamiyatga bilimdon, ijrochi
shaxsni yetkazib berish edi. Yanada tushinarliroq qilib aytganda oʻqituvchi oʻquvchiga oʻzining
bor bilimini singdirishi nazarda tutilgan. Lekin bizga bu holat kerak emas. Oʻquvchi oʻqigan
narsasini uqishi kerak aslida.

Keyingi yondashuvimiz integrativ yondashuv boʻlib turli fanlardan olingan bilimlar,

koʻnikma, malaka va tajribani hisobga olish, tayanish, integratsiya qilish, ona tilidan
kommunikativ, kasbiy kommunikativ, ijtimoiy kompetentlikni baravar rivojlantirishni
nazarda tutadi. Yana biri bu kompetensiyaviy yondashuv hisoblanib, u taʼlimda har bir taʼlim
oluvchining uquvi, layoqati va qobiliyatini inobatga olish nazarda tutadi.

Xulosa qilsak biz yuqorida bir nechta mavzular doirasini koʻrib chiqdik. Shulardan keng

koʻlamlisi bu zamonaviy yondashuvlar boʻldi. Bizning fikrimizcha kommunikativ yondashuv
eng samaralisi hisoblanadi. Buni amaliyotlarda ham qoʻllab koʻrishimiz mumkun. Toʻgʻri bu
kabi tahlillarni bir nechta kishilar tahlil qilgan boʻlishlari mumkun, lekin biz ham ushbu
mavzuni yangicha tahlil qildik hamda mavzuga oid fikrlarimizni keltirdik.

References:

1.

Babanskiy Y.Q. "Xozirgi zamon umumiy taʼlim maktabida oʻqitish metodlari".- Toshkent:


background image

41

Oʻqituvchi, 1990.
2.

Nazarov K. "Oʻzbek tili punktustsiyasi". - Toshkent: Oʻqituvchi, 1976.

3.

Neʼmatova G. "Ijodiy tafakkurni rivojlantirish texnalogiyasi va oʻquvchining mustaqil

faoliyati" ( Ona tili oʻqituvchilari uchun metodik qoʻllanma). - Toshkent: RTM, 2001.
4.

Roziqov O., Ogʻayev S., Maxmudova M., Adizov B. "Didaktika.- Toshkent: Fan, 1997.

5.

https:/ cyberleninka.ru

Библиографические ссылки

Babanskiy Y.Q. "Xozirgi zamon umumiy taʼlim maktabida oʻqitish metodlari".- Toshkent: Oʻqituvchi, 1990.

Nazarov K. "Oʻzbek tili punktustsiyasi". - Toshkent: Oʻqituvchi, 1976.

Neʼmatova G. "Ijodiy tafakkurni rivojlantirish texnalogiyasi va oʻquvchining mustaqil faoliyati" ( Ona tili oʻqituvchilari uchun metodik qoʻllanma). - Toshkent: RTM, 2001.

Roziqov O., Ogʻayev S., Maxmudova M., Adizov B. "Didaktika.- Toshkent: Fan, 1997.

https:/ cyberleninka.ru