29
MTTDA BADIIY ADABIYOT BILAN TANISHTIRISH VA BOLALAR NUTQINI
O‘STIRISH YUZASIDAN MULOHAZALAR
Муқаддас Тожибоева Абдураҳимовна
Azimova Ziyoda Ergashevna
Artikova Muhayyo Botiraliyevna
Qodirov Valijon Abdurahmanovich
Хасанов Шаробидин Азамович
Andijon davlat pedagogika instituti o’qituvchilari
https://doi.org/10.5281/zenodo.14928601
Annotatsiya.
Maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida badiiy adabityot bilan
tanishtirish masalalari hamda tarbiyalanuvchilar nutqini o‘stirish bilan bog‘liq jihatlar va
buning pedagogik-psixologik xususiyatlari yoritib beriladi.
Kalit so‘zlar:
estetik tarbiya, kitobxonlik, og‘zaki nutq, muloqot, tafakkur,
tasavvur, psixologik jarayon, bilim, ko‘nikma, malaka.
Аннотации.
В статье освещаются задачи ознакомления с художественной
литературой в дошкольных образовательных учреждениях, а также аспекты, связанные
с развитием речи воспитанников и их психолого-педагогические особенности.
Ключевые слова:
эстетическое воспитание, чтение, устная речь, общение,
размышление, воображение, психологический процесс, знание, умение, навык.
Annotation.
The article deals with the introduction of fiction in preschool education, as
well as aspects of speech development and its pedagogical and psychological features.
Keywords:
aesthetic education, reading, speaking, communication, thinking,
imagination, psychological process, knowledge, skills, competencies.
Badiiy adabiyot yosh avlodga estetik tarbiya berish vositasi bo‘lish bilan birga milliy ruhni
singdirish, milliy tarbiya berishning eng samarali omili sanaladi. Shu bois mamlakatimizda
badiiy adabiyotni targ‘ib etish, jamiyatda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga katta e’tibor
berilmoqda. Mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning bu borada aytgan quyidagi so‘zlari
yurt ziyolilari, xususan, ta’lim xodimlari uchun g‘oyat ahamiyatlidir: “Odamlarning ongu
tafakkuri, dunyokarashini o‘zgartirish, ma’naviy saviyasini yuksaltirish haqida gapiramiz.
Lekin bu borada eng oddiy va ayni paytda eng ta’sirchan vosita – bu kitob emasmi? Men shunga
aminman - kitobsiz taraqqiyotga, yuksak ma’naviyatga erishib bo‘lmaydi. Kitob o‘qimagan
odamning ham, millatning ham kelajagi yo‘q” [1:114]. Bu adabiyot vositasida tarbiyalash va
ta’lim berish O‘zbekistonda davlat miqyosidagi muhim masala ekanligiga dalolat qiladi.
Badiiy adabiyot insonga hayotining dastlabki yillaridan boshlab hamrohlik qiladi.
Maktabgacha bo‘lgan davrda badiiy adabiyot bilan tanishish keyinchalik umri davomida amalga
oshiriladigan katta adabiy meros bilan tanishish uchun poydevor qo‘yiladi. Badiiy adabiyot
bolalarning aqliy, axloqiy va estetik ta’limining kuchli, samarali vositasi bo‘lib, ularning nutqini
rivojlantirish va boyitishga katta ta’sir ko'rsatadi. U dunyoqarashni kengaytiradi, his-
tuyg‘ularni boyitadi, tasavvurni rivojlantiradi, adabiy tilning jozibasini his qilish imkonini
yaratadi.
Tadqiqotchilar bolalarning badiiy asarlarni tinglash va qabul qilishida ruhiy faollik,
asarlar qahramonlariga nisbatan xayrixohlikni kuzatadilar. Misol uchun, ular ertak
qahramonlari bilan bir talay kechinmalarni boshdan kechirishlari mumkin: keskin dramatik
daqiqalarda qo‘rquvni, zo‘ravonlarga nisbatan nafratni, haqsizlikda e’tirozni, adolatni qo‘lga
30
kiritilganda yengillikni, qoniqish hissini tuyishadi. Asar qahramonlariga ko‘ngildosh,
qayg‘udosh bo‘lish, asarda tasvirlangan syujet rivojlanishini kuzatib borish qobiliyati, hayotda
ko‘rgan-kechirgan voqeliklarni taqqoslash orqali realistik hikoyalar, ertaklarni oson, tez va
to'g'ri tushunishga yordam beradi.
Badiiy adabiyot bolaga jamiyat va tabiat hayotini, odamlarning his-tuyg‘ulari va
munosabatlari dunyosini ochadi va tushuntiradi. Adabiyot bolaning tafakkuri va tasavvurini
rivojlantiradi, his-tuyg‘ularini boyitadi, ayni paytda o‘zbek adabiy tilining imkoniyatlari,
jozibasini uning ong-u shuuriga singdiradi. Uning tarbiyaviy, kognitiv va estetik ahamiyati
beqiyosdir, chunki bolaning atrofdagi dunyo haqidagi bilimlarini kengaytiradi, shakllanayotgan
shaxsiyatiga ta’sir ko‘rsatadi, nutqiy ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
Maktabgacha ta’lim tizimining yangi shakl va mazmunda qayta tashkillanishi o‘sib
kelayotgan avlodning har tomonlama samarali rivojlanishi uchun barcha pedagogik
resurslardan foydalanish zaruriyatini namoyon qiladi. “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining
ta’lim jarayonini tashkil etishning ustuvor yo‘nalishi bolaga individual yondoshish,
maktabgacha yoshdagi bolalikning ichki qiymatini va maktabgacha yoshdagi bolaning tabiatini
saqlab qolishdir” [2;67]. Bu esa o‘z navbatida zamonaviy tarbiyachiga bolalar faoliyatini tashkil
etish shakllari va usullarini tanlashda erkinlik beradi. Mazkur tanlovning asosiy natijasi uning
bilimlari, ko‘nikmalari va qobiliyatlari yig‘indisigina emas, balki uning shaxsiy fazilatlari
bo‘lishi kerak. Shu sababli bugungi kunda pedagogik faoliyat sifat jihatidan yangi, yanada
moslashuvchan, innovatsion, ya’ni ta’lim jarayonining rivojlanishini ta’minlash sifatlariga ega
bo‘lmoqda. Tarbiyachi o‘z faoliyatini tashkil etar ekan, uni zamon talablariga javob beradigan
va ko‘zlangan natijaga erishishga zamin hozirlaydigan tarzda tashkil qilishi kerak.
Tarbiyachilarning bu boradagi asosiy vazifalaridan biri bolalarni kitob dunyosiga
yaqinlashtirish, badiiy adabiyot bilan tanishtirishda yangi yondashuvlarga murojaat qilish,
samarali ish shakllarini izlab topish, ayni paytda bolalar kitobxonligini rivojlantirishda ularning
ota-onalarini ham jalb qilishidir.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyachi quyidagi omillarni hisobga olishi lozim:
- bolalarda badiiy adabiyotga qiziqishni rivojlantirish;
- badiiy so‘zdan ta’sirlanish hissini shakllantirish, adabiy nutq me’yorlarini singdirish;
- kitob qahramonlarini tushunish, didaktik tahlil qobiliyati tarbiyalash;
- insoniy his-tuyg‘usini rivojlantirish;
- she’rlarni o‘qishda, dramatizatsiyalashda bolalarning badiiy va nutqiy ijro mahoratini
oshirish.
Bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirish ularning o‘rtasida keng tarbiyaviy vazifalarini
amalga oshirishga va bola shaxsini har jihatdan kamol toptirishga yordam beradi. U bolaning
kishilar hayoti haqidagi bilimlarini emotsional taassurotlarini boyitadi. Tarbiyachi bolalarni
badiiy asarlar bilan tanishtirar ekan, bolalarda quyidagi malakalarni shakllantiradi:
1. Badiiy asarni tinglash va tushunish
2. Asar qahramonlarini hatti-xarakatini baholaydi
3. Insonlardagi axloqiy sifatlar va nuqsonlarni ta’riflab beradi [4;87].
Adabiy asarning mazmuniga doir savollarga javob qaytarish kichik hajmdagi she’rlarni
intonatsiyaga rioya qilib yodlab olish va ta’sirchan qilib aytib berish kabi ko‘nikmalar
shakllantirilib biriladi. Bola hikoya, she’r, ertak tinglayotganida quvonadi, huzurlanadi. Bu
emotsional ta’sirlanish bolada badiiy adabiyotni estetik idrok etish, ya’ni uni san’at asari
31
sifatida his qilish qobiliyatini paydo bo‘lishiga, unda axloqiy sifatlarning shakllanishiga yordam
beradi. Tarbiyachi bolalarni badiiy asar bilan tanishtirar ekan, har bir bolada kitobga nisbatan
qiziqish va muhabbat tuyg‘ularini shakllantiradi.
Tarbiyachi nutqining samimiy bo‘lishida quyidagi jihatlarga e’tibor qaratishi lozim:
- ona tilidagi barcha tovushlarni to‘g‘ri talaffuz etishi, nutqidagi kamchiliklarni bartaraf
etishi;
- Sof, aniq, ravon nutqqa ega bo‘lishi, ya’ni diksiyasi talabga javob berishi;
- bolalar bilan nutqiy muloqotda bo‘lganda yengil, sekin tempdagi o‘rtacha baland
ovozdagi nutqdan foydalanish;
- bolalar bilan so‘zlashganda baland tonda gapirmaslik, qo‘pol so‘zlardan, adabiy til
normalariga to‘g‘ri kelmaydigan mantiqsiz birikmalardan foydalanmaslik.
Yana shuni ta’kidlash lozimki,
maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni birgina Til va nutq
faoliyat markazidagi mashg‘ulotlar bilangina boshqa rivojlantiruvchi markazlarida talab
qilinadigan nutqiy vazifalarni amalga oshirib bo‘lmaydi. Har bir mashg‘ulotda faoliyat turi bilan
bog‘liq leksik birliklar va tushunchalarni bolalarga singdirib bormoqlik eng to‘g‘ri yo‘l sanaladi.
Masalan, ma’ishiy faoliyatga tabiat hodisalariga, qo‘l mehnati va tabiatdagi mehnatga taalluqli
so‘zlar faqat tabiiy holda bolalarning shaxsan ishtiroklari jarayonidagina (ovqatlanish,
yuvinish, kiyinish, o‘simliklarni parvarish qilish, tabiatda mehnat qilish va hokazolar) ular
lug‘atiga kiritiladi.
Yuqorida bayon qilinganlar asosida shunday xulosaga kelish mumkinki, maktabgacha
yoshda bola eng oddiy notiqlik sirlarini o‘rgana boshlaydi, o‘z fikrlarini mantiqan va ifodali
bayon qiladi, u nafaqat so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilish va gap tuzishni, balki so‘zlar qaysi
tovushlardan va gaplar qaysi so‘zlardan tashkil topishini anglab olishni o‘rganadi. Bularning
barchasi maktabda muvaffaqiyatli ta’lim olish, bola shaxsini har tomonlama kamol toptirish
uchun zarurdir.
“Ota-onalarning vazifasi esa farzandi nutqining to‘g‘ri rivojlanishi uchun g‘amxo‘rlik qilish
va ijtimoiy – voqeyliklar asosida badiiy adabiyotga qiziqisini shakllantirishdan iborat”[3;123].
Tarbiyachi bolalarda badiiy adabiyotga qiziqishini jalb etishdan avval har bir bola haqida
qandaydir yaxshi so‘z aytishga, ularni dadillashtirishga harakat qilishi kerak. Masalan:
«Quyonlarni boqishni Alisherga ishonib topshiraman. U jonivorlarni yaxshi ko‘radi»; «Odina
g‘amxo‘r va mehribon, u topishmoqlarni topishda ziyrak qiz», «Madina ertak va hikoyalarni
ifodali aytib beradi», «Iroda – mehnatsevar va so‘zlari dona-dona» va shunga o‘xshash bolalarga
berilgan baholar ularda o‘ziga ishonchni, xatti-harakatlariga baho bera olishni vujudga
keltiradi. Bu sifatlar qaysidir ertak, hikoya yoki boshqa asar qahramonlariga qiyosan aytilsa,
yanada ta’sir kuchi ortadi. Alqovlar ta’sirida bolalar o‘zlarining faol ishtiroki va a’lo xulqlari
bilan javob berishga, o‘z tengdoshlariga nisbatan samimiy bo‘lishga harakat qiladilar. Eng
asosiysi, bolalarda badiiy adabiyotga bo‘lgan intilish, kitobga qiziqish kichik yoshdan
shakllanadi, murg‘ak yoshdan, muhtaram Prezidentimiz aytganlaridek, kitob insonga qanot
bo‘lishini [6] anglab yetadilar.
References:
1.
YO‘LDOSHEV, Q. O. Z. O. Q. B. O. Y., et al. "Adabiyot."
Toshkent-2019
.
2.
Qodirov, Valijon. "Reflections on the formation of reflexive abilities in preschool
education."
Science and innovation
2.B11 (2023): 150-153.
32
3.
Kadirov, Valijon, and Dildora Abdullajonova. "FICTION IS A FACTOR IN THE FORMATION
OF NATIONAL EDUCATION AND SPIRITUALITY IN CHILDREN."
Евразийский журнал
социальных наук, философии и культуры
2.3 (2022): 124-127.
4.
Valijon, Kodirov, Abdurakhmanovich Abdurakhmanovich, and M. M. Muhammadieva.
"Integrated Didactic System in Preschool Education and Its Importance."
European Scholar
Journal
2.4 (2021): 17-18.
5.
Kаdirоv, V. "THE IMPОRTАNCE ОF GАMES IN DEVELОPING THE АВILITY ОF
INDEPENDENT THINKING IN CHILDREN."
Science and innovation
3.B3 (2024): 56-62.
6.
Хасанов, Шаробидин Азамович. "ТЕХНОЛОГИЯ РАЗВИТИЯ АНАЛИТИЧЕСКОГО
МЫШЛЕНИЯ У УЧАЩИХСЯ В ПРОЦЕССЕ ЛИТЕРАТУРНОГО ОБУЧЕНИЯ."
INTERNATIONAL
SCIENTIFIC REVIEW OF THE PROBLEMS OF PHILOSOPHY, SOCIOLOGY, HISTORY AND POLITICAL
SCIENCE
. 2018.
7.
Ibraimov, X., Z. Azimova, and Z. Otaboeva. "Pedagogical peculiarities of studying group
solidarity in the student community."
Science and innovation
2.B12 (2023): 108-113.
8.
Азимова, Зиёда Эргашевна. "Олий ўқув муассасаси маънавий-маърифий
ишларининг педагогик назария ва амалиётда тутган ўрни."
Современное образование
(Узбекистан)
2 (2018): 26-35.
9.
Азимова, Зиёда Эргашевна, and Нилуфар Мухаматумановна Муллаахунова.
"Развитие речи учащихся 6 класса узбекских школ средствами произведений искусства
на уроках русского языка как иностранного."
Science and innovation
2.Special Issue 5
(2023): 638-641.
10.
Азимова, З. Э. "Тарбиявий ишлар тизимини интеграл диагностик асосда
такомиллаштириш (Олий таълим мисолида)."
Дисс. автореферати
(2018).
11.
Азимова, З. Э. "Ўқувчиларнинг шахслараро муносабатлари интеграл
диагностикаси. Дисс… канд. пед. наук." (2009).
12.
Artikova, M. "DEMAND FOR A COMPETENCY-BASED APPROACH TO THE ACTIVITIES OF
TEACHERS IN MODERN CONDITIONS." (2021).
13.
Artikova, Muhayo Botiralievna. "Experience In Developing Entrepreneurship Skills In
Foreign Countries."
Scientific Bulletin of Namangan State University
1.7 (2019): 250-255.
14.
Artikova, Muhayyo Botiralievna. "PECULIARITIES OF METHODICAL WORK IN
PREPARING PRESCHOOL CHILDREN FOR SCHOOL."
Science and Education
2.1 (2021): 297-
300.
15.
Artikova, M. B. "THE FACTORS OF BRINGING CHILDREN UP IN THE MOOD OF MATERIAL
AND SPIRITUAL INTEGRATED LIFE IN THE FAMILY (AS AN EXAMPLE OF PRIMARY SCHOOL
AGE)."
THEORETICAL & APPLIED SCIENCE Учредители: Теоретическая и прикладная
наука
6 (2018): 269-272.
16.
Tojiboeva, Muqaddas, Nargiza Sattarova, and Nazokat Qanoatova. "Tradition In Abdulla
Avloni's Poetry."
JournalNX
7.11 (2021): 166-171.
17.
Таджибаева, Мукаддас Абдурахимовна. "Традиционные образы в узбекской
джадидской поэзии."
Проблемы востоковедения
2 (56) (2012): 53-58.
18.
Tojiboyeva, Ffd MUQADDAS, and Vositov Shavkatbek. "FOLLOW-UP, STABILITY, AND
ARTISTIC DISCOVERY IN JADID LITERATURE."
PalArch's Journal of Archaeology of
Egypt/Egyptology
17.6 (2020): 14576-14581.
19.
Abdurahimovna, Tojiboyeva Muqaddas, and Bektasheva Gulbahor Rayimjonovna. "Begali
33
Qosimovning Jadid Matbuoti Masalasiga Yondashuv Mezonlari."
Miasto Przyszłości
42 (2023):
58-63.
20.
Muqaddas, Tojiboyeva. "“BOBURNOMA” DA KELTIRILGAN JOY NOMLARI IBRAT
TALQINIDA."
INTERNATIONAL SCIENTIFIC CONFERENCES WITH HIGHER EDUCATIONAL
INSTITUTIONS
. Vol. 1. No. 11.02. 2023.
21.
Muqaddas, Tojiboyeva. "LITERARY AND AESTHETIC VIEWS OF MAHMUDHOJA
BEHBUDI."
Conferencea
(2022): 28-31.
22.
Tojiboyev, Munavvarjon No’monjonovich. "ETHNOPONOMICS OF FERGANA VALLEY AND
ITS SCIENTIFIC BASIS."
Archive of Conferences
. Vol. 24. No. 1. 2021.
23.
Tojiboyeva, Muqaddas. "RELATIONS OF THE REPRESENTATIVES OF THE 20TH CENTURY
LITERARY WORKERS TO THE SOURCES OF CLASSICAL LITERATURE."
Theoretical & Applied
Science
1 (2017): 39-42.
