TIL ODOBI VA NUTQ MADANIYATI O‘ZARO BOG‘LIQLIGINING PRAGMATIK TOMONLARI

Annotasiya

Ushbu maqola til odobi va nutq madaniyatining o‘zaro bog‘liqligini o‘zbek va ingliz tillari misolida pragmatik nuqtayi nazardan o‘rganishga bag‘ishlangan. Til odobi har bir madaniyatda turlicha namoyon bo‘lsa-da, u muloqot jarayonida ijtimoiy va madaniy me’yorlarni ifodalaydi. Nutq madaniyati esa mazkur me’yorlarning muloqotda samarali qo‘llanilishini ta’minlaydi. O‘zbek va ingliz tillarida til odobi va nutq madaniyati farqlari hamda o‘xshash jihatlari yoritilib, madaniyatlararo muloqotdagi ahamiyati tahlil qilinadi.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
93-96
15

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Komilova , D. . (2025). TIL ODOBI VA NUTQ MADANIYATI O‘ZARO BOG‘LIQLIGINING PRAGMATIK TOMONLARI. Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования, 4(4), 93–96. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/73049
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqola til odobi va nutq madaniyatining o‘zaro bog‘liqligini o‘zbek va ingliz tillari misolida pragmatik nuqtayi nazardan o‘rganishga bag‘ishlangan. Til odobi har bir madaniyatda turlicha namoyon bo‘lsa-da, u muloqot jarayonida ijtimoiy va madaniy me’yorlarni ifodalaydi. Nutq madaniyati esa mazkur me’yorlarning muloqotda samarali qo‘llanilishini ta’minlaydi. O‘zbek va ingliz tillarida til odobi va nutq madaniyati farqlari hamda o‘xshash jihatlari yoritilib, madaniyatlararo muloqotdagi ahamiyati tahlil qilinadi.


background image

93

TIL ODOBI VA NUTQ MADANIYATI O‘ZARO BOG‘LIQLIGINING PRAGMATIK

TOMONLARI

Komilova Dildora Shavkatovna

Toshkent davlat sharqshunoslik instituti

Email: dkomilova703@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15036922

Annotatsiya.

Ushbu maqola til odobi va nutq madaniyatining o‘zaro bog‘liqligini o‘zbek

va ingliz tillari misolida pragmatik nuqtayi nazardan o‘rganishga bag‘ishlangan. Til odobi har
bir madaniyatda turlicha namoyon bo‘lsa-da, u muloqot jarayonida ijtimoiy va madaniy
me’yorlarni ifodalaydi. Nutq madaniyati esa mazkur me’yorlarning muloqotda samarali
qo‘llanilishini ta’minlaydi. O‘zbek va ingliz tillarida til odobi va nutq madaniyati farqlari
hamda o‘xshash jihatlari yoritilib, madaniyatlararo muloqotdagi ahamiyati tahlil qilinadi.

Kalit so‘zlar:

til odobi, nutq madaniyati, pragmatika, kommunikatsiya, madaniyatlararo

muloqot, ijtimoiy normativlar, ingliz tili, o‘zbek tili.


Kirish qismi:

Qadimdan odamlar o‘zaro muloqot jarayonida bir-biriga mulozamat so‘z

va iboralari bilan muomala qilib kelishgan. Ularning aksariyati undov va modal so‘zlar,
yuklamalar tarkibida saqlanib kelmoqda. Bunday so‘z va iboralar muloqot davomida odob,
hurmat-izzatni saqlashga xizmat qiladi. Masalan, -mi so‘roq yuklamasi vositasida odob bilan
so‘rash holatini vujudga keltira oladi: “Menga monografiyamni tahrirlab bera olasizmi?”

Bu gap garchi so‘roq shaklida bo‘lsa-da, aslida u orqali iltimos mazmuni mujassam.

Ushbu holat pragmatikaning metapragmatika turi bilan bog‘liq bo‘lib, yashirin
metakommunikatsiyalarni o‘rganishda muhim hisoblanadi.

Nutqni talqin qilishning kognitiv-psixologik modeliga amal qilinadi. So‘zlovchi nimani

yetkazmoqchi bo‘lganini hisobga olib, u qanday va nima uchun gapirganiga diqqat qaratiladi.
Natijada nutqda implikatsiya, hamkorlik, ratsionallik, presuppozitsiya kabi pragmatik
tamoyillarga rioya qilinadi. Bu komponentlar yaratilgan kontekstning dinamik modeli ishlab
chiqilishida muhim rol o‘ynaydi. Masalan, “Aslo dard ko‘rmang” gapi oddiy ko‘rinishda bayon
etilayotgan esa-da, u murakkab dispozitsiya sifatida qaraladi, chunki bu istak gap
tinglovchining sog‘ligi yo‘qligini to‘ppadan-to‘g‘ri emas, presuppozitsion yo‘l bilan
anglatmoqda.

Asosiy qism:

Til odobi muloqot jarayonida madaniy va ijtimoiy me’yorlarga rioya

qilishni nazarda tutadi. Masalan, o‘zbek tilida: Salomlashuv:

"Assalomu alaykum"

yoki "Salom."

Hurmat shakllari:

"Keling, o'tiring,"

"Siz bilan gaplashganimdan mamnunman."

Ingliz tilida esa quyidagilar odobiy normativga kiradi: Salomlashuv:

"Hello," "Good

morning," "How are you?"

Hurmatli murojaat:

"It’s a pleasure to meet you," "Thank you for your time."

O‘zbek va ingliz tillari qiyosi
1. Hurmat shakllari: O‘zbek tilida hurmat

"Siz"

va

"Janob/Jonob"

kabi so‘zlar bilan

ifodalanadi. Ingliz tilida esa bunday shakllar mavjud emas, lekin murojaat yumshoq so‘zlar
bilan ifodalanadi:

"Mr.," "Mrs.,"

yoki muloyim tarzda

"Could you..."

iboralari.

2. Iltimos shakllari: O‘zbek tilida: "Iltimos, bu ishni bajaring."
Ingliz tilida: "Could you please do this?" yoki "Would you mind doing this?"
3. Uzr so‘rash: O‘zbek tilida:

"Uzr so‘rayman," "Kechirasiz."


background image

94

Ingliz tilida:

"I’m sorry," "Apologies," "Excuse me."

Til odobi va nutq madaniyati pragmatika bilan uzviy bog‘liqdir. Muloqotning maqsadga

erishishi nafaqat tilning grammatik jihatdan to‘g‘ri qo‘llanishiga, balki uning ijtimoiy-madaniy
moslashuvchanligiga ham bog‘liq.

Masalan:
Ingliz tilida

“Would you mind opening the window?”

iborasi iltimosni yumshoq ifodalash

usuli bo‘lsa, o‘zbek tilida

"Derazani ochib yuborsangiz, yaxshi bo‘lar edi,"

shakli muloyim

iltimosni bildiradi.

Pragmatika insonning ijtimoiy faoliyatini o‘zida qamrab oluvchi nutq jarayoni bo‘lib, u

muayyan kommunikativ aloqa vaziyati orqali namoyon bo‘lishi ma’lum. ayniqsa, uning bir turi
bo‘lgan lingvistik pragmatika doirasiga so‘zlovchi subyekt, adresat, ularning aloqa-
aralashuvdagi o‘zaro munosabatlari, aloqa-aralashuv vaziyati bilan bog‘liq ko‘plab masalalar
kiradi. Bunda nutq subyektining biron-bir axborot yoki fikrni odob bilan yetkazish, iltimos
qilish, uzr so‘rash kabi holatda ochiq yoxud yashirin so‘zlash, nutq taktikasi hamda nutq
odobiga rioya qilish, bunda adresatning umumiy bilim jamg‘armasi, dunyoqarashi, qiziqish-
istaklari kabi xislatlariga baho berish kabilar e’tiborda tutiladi.

Demak, insonlar o‘rtasidagi muloqotda ikkita: a) oldindan taxmin qilish; b) haqiqatni

aytish va u haqda ma’lumotga ega bo‘lish strategiyalari namoyon bo‘ladi.

Pragmatikada nutq odobi adresati, o‘zaro aloqaga kiruvchilarning axloqiy-ruhiy

munosabatlari, muayyan aloqa vaziyati singari omillar bilan bog‘liq holda yana ko‘plab
masalalar o‘rganiladi. Jumladan, hozirgi paytda nutqda ayrim xorijiy so‘zlarni qo‘llash, ma’no
ko‘chishi natijasida hosil bo‘lgan almashinishlar sof pragmatik jarayonlar natijasida hosil
bo‘lmaydi. Bunda muqobillikning qaysidir ma’noda an’anaviylashganligi uning endi pragmatik
asosga ega emasligini anglatmaydi. Masalan:

– Bu kech biznikida bo‘ladigan ziyofatda sizni kutamiz.
– Ok.
Bu o‘rinda “ok” so‘zi o‘zbekcha “yaxshi”, “ma’qul” kabi fikrni tasdiqlashga xizmat

qiluvchi modal so‘zlar o‘rnida qo‘llanib kelmoqda. Uning qo‘llanishi gapning sintaksis
qurilishiga ham ta’sir ko‘rsatgani e’tiborni tortadi. Aslida pragmatika va grammatika
munosabati alohida diqqatni tortuvchi masalalardan biridir. Bunda grammatik hodisalarni
soddaroq holda tushuntirib berishda pragmatik nazariya yaqindan yordam beradi.

Nutq odobidagi aksariyat modellar psixik modellar bo‘lib, ular so‘zlovchi va qabul

qiluvchining o‘z lisoniy shaxs aqliy modeli sifatida namoyon bo‘ladi. Nutq odobi lingvistik
pragmatikasi so‘zlovchining adresat modelini va tinglovchining modelini o‘z ichiga oladi.

Pragmatikaning an’anaviy va noan’anaviy kabi ikki turi o‘zaro farqlanishi ma’lum. Bunda

an’anaviy pragmatikada kontekstlardagi ma’lum cheklovlar bilan tilning ma’lum rasmiy
xususiyatlarining assotsiatsiyasiga diqqat qaratilsa, noan’anaviy pragmatikada til
foydalanuvchilari tomonidan muayyan kontekstlarda jumlalarni tushunish yoki ishlab
chiqarish effektlariga ahamiyat beriladi. Chunonchi, nutq odobi inson faoliyati bilan bog‘liq
hodisa bo‘lgani uchun bu effektlar suhbat pragmatikasiga diqqatni tortadi. Zero, suhbat
noan’anaviy pragmatikaning eng mashhur namunasi hisoblanadi.

Kommunikativ inlokatsion harakatlarning to‘rtta asosiy toifasi mavjud. Bular:
1. Konstativlar: tasdiqlash, e’lon qilish, javob berish, nisbat berish, kelishish, bashorat

qilish, xabar berish kabilar.


background image

95

2. Direktivlar: nasihat, iltimos, uzr so‘rash, ruxsat berish, taklif qilish, undash,

ogohlantirish kabilar.

3. Effektivlar: rozi bo‘lish, kafolatlash, va’da qilish, qasam ichish singarilar.
4. Hukmlar: kechirim so‘rash, hamdardlik bildirish, tabriklash, salomlashish,

minnatdorchilik bildirish, tan olish, taqiqlash, afv etish, rag‘batlantirish, ovoz berish, oqlash,
baholash, chaqirish, tasdiqlash, hukm qilish kabilar shular jumlasidandir.

Leksika va pragmatikaning o‘zaro ta’sirini o‘rganganda, so‘z va so‘z birikmalarining

ma’nolari ularning o‘z va ko‘chma ma’nolarda kelishini ko‘rsatadi. Odatda, so‘zlovchi
ifodalamoqchi bo‘lgan ma’no tinglovchining xulosalaridan ajralib turadi. Masalan:

– Yaxshimisiz?
– A’lo! (Demak, tinglovchining sog‘ligi, kayfiyati, ishlari – barchasi kutilganda-da ziyoda.

Shularning hammasi so‘zlovchining savoliga javob qaytarayotgan subyektning xulosasida
umumlashtirilgan. Albatta, uning bu javobi so‘zlovchining xulosasi ijobiy bo‘lishiga ham olib
keladi.

Ayni paytda bu kabi javoblar “aytmasdan tushunish” holatini ham ta’minlaydi. Garchi bu

odatiy nutq uslubi bo‘lsa-da, unda ma’lum bir fikr aytilgan narsadan tashqari boshqa narsani
emas, balki aynan nimani anglatishini tushunish kerak bo‘ladi.

Shuni ta’kidlash lozimki, nutq odobi doirasida qo‘llanuvchi so‘z va iboralarning

semantikasini aniqlashda ko‘proq kontekst (matn) hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Ularning
ma’nosida metaforaga ham duch kelinadi. Bunga esa ularning insonlardagi turli xil psixo-
fiziologik holatlarni, organizmidagi paydo bo‘lgan har xil sezgilarini ifodalashda ham
foydalanilishi sabab bo‘lgan. Metaforik xarakterdagi bunday so‘zlar subyekt bilan
bog‘langanligi kuzatiladi.

Tilda mavjud so‘zlar o‘zga tillardan o‘zlashtirilishi juda kam uchraydi. Bunga rus tili

orqali o‘zlashgan “davay”, ingliz tili orqali o‘zlashgan “ok” undovlarini misol qilish mumkin.

Nutq odobiga daxldor birliklar (tayyor konstruksiyalar) badiiy matnlarda keng ifoda

imkoniyatlariga ega. Ma’lumki, har bir millat tafakkuri va tilida shakllangan leksik birliklar
uning hayot tarzi, qadriyatlari, o‘tmishi va kelajagini qamrab olgan konseptlardir. Shuning
uchun ularni bir tildan boshqa tilga butun ma’no (freymlari-yu skriptlari) bilan tarjima qilish,
bir-biriga mos muqobilini topish ancha qiyin masala. Agar ularni o‘quvchiga moslashga
urinilsa, asar koloritiga putur yetadi.

Xulosa qismi:

O‘zbek va ingliz tillarida til odobi va nutq madaniyati o‘ziga xos jihatlari

bilan farq qiladi. Ingliz tilida rasmiy va norasmiy uslublar aniq farqlanadi, masalan,

"Dear Sir

or Madam"

rasmiy maktubda qo‘llanilsa, norasmiy suhbatda

"Hey"

kabi iboralar ishlatiladi.

O‘zbek tilida esa rasmiy va norasmiy uslublar asosan intonatsiya yoki jumla qurilishi orqali
ajratiladi.

Madaniyatlararo muloqotda bu farqlarni tushunish muloqot samaradorligini oshiradi.

Misol uchun, ingliz tilida juda muloyim bo‘lish odatiy bo‘lsa-da, bu o‘zbek madaniyatida
haddan tashqari rasmiylik sifatida qabul qilinishi mumkin.

Til odobi va nutq madaniyati har bir tilda va madaniyatda o‘ziga xos shakllarda

namoyon bo‘lib, ular pragmatik nuqtayi nazardan bir-birini to‘ldiradi. O‘zbek va ingliz
tillaridagi misollar bu ikki tushunchaning turli madaniy kontekstlarda qanday namoyon
bo‘lishini ko‘rsatadi. Madaniyatlararo muloqotda til odobi va nutq madaniyatining uyg‘unligi
samarali va tushunarli muloqotni ta’minlaydi.


background image

96

Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:

1.

Хошимова Д. Ҳ., “Ўзбек тилининг нутқ маданияти,” Тошкент: Ўқитувчи, 2018.

2.

Карабоев А., “Маданий мулоқотда тил одоби,” Тошкент: Фан, 2021.

3.

Levinson, S. C., Pragmatics, Cambridge University Press, 1983.

4.

Brown, P., & Levinson, S. C., Politeness: Some Universals in Language Usage, Cambridge

University Press, 1987.
5.

Yule, G., Pragmatics, Oxford University Press, 1996.

6.

Crystal, D., The Cambridge Encyclopedia of the English Language, Cambridge University

Press, 2003.
7.

Holmes, J., An Introduction to Sociolinguistics, Routledge, 2013.

8.

8.Abdullayeva M. NASRIY TARJIMANING MILLIY-MADANIY XUSUSIYATLARI (XX asr

oxiri XXI asr boshlarida ingliz tilidan bevosita tarjimalar misolida). Tadbirkorlik va
pedagogika Ilmiy-uslubiy jurnal. ISSN.:2181-659.
9.

Хошимова Д., Қодирова Д., “Ўзбек тилида нутқ маданиятининг психологик

асослари,” Тошкент: Маърифат, 2020.
10.

Scollon, R., Scollon, S. W., & Jones, R. H., Intercultural Communication: A Discourse

Approach, Wiley-Blackwell, 2012.
11.

KOMILOVA D. S. THE IMPORTANCE OF BASIC SKILLS IN TEACHING SYSTEM

//International Scientific and Current Research Conferences. – 2023. – С. 392-398.
12.

Комилова Д. Ш. БАДИИЙ ТАРЖИМАДА ҲИССИЙ БАҲОЛАШ ЛЕКСИКАСИНИНГ

БЕРИЛИШИ (ИНГЛИЗ ВА ЎЗБЕК ТИЛЛАРИ МИСОЛИДА) //Oriental renaissance:
Innovative, educational, natural and social sciences. – 2022. – Т. 2. – №. 10-2. – С. 848-851.
13.

Shavkatovna K. D. Nationality of General Human Feelings in Translations //Journal of

Intellectual Property and Human Rights. – 2023. – Т. 2. – №. 2. – С. 63-67.

Bibliografik manbalar

Хошимова Д. Ҳ., “Ўзбек тилининг нутқ маданияти,” Тошкент: Ўқитувчи, 2018.

Карабоев А., “Маданий мулоқотда тил одоби,” Тошкент: Фан, 2021.

Levinson, S. C., Pragmatics, Cambridge University Press, 1983.

Brown, P., & Levinson, S. C., Politeness: Some Universals in Language Usage, Cambridge University Press, 1987.

Yule, G., Pragmatics, Oxford University Press, 1996.

Crystal, D., The Cambridge Encyclopedia of the English Language, Cambridge University Press, 2003.

Holmes, J., An Introduction to Sociolinguistics, Routledge, 2013.

Abdullayeva M. NASRIY TARJIMANING MILLIY-MADANIY XUSUSIYATLARI (XX asr oxiri XXI asr boshlarida ingliz tilidan bevosita tarjimalar misolida). Tadbirkorlik va pedagogika Ilmiy-uslubiy jurnal. ISSN.:2181-659.

Хошимова Д., Қодирова Д., “Ўзбек тилида нутқ маданиятининг психологик асослари,” Тошкент: Маърифат, 2020.

Scollon, R., Scollon, S. W., & Jones, R. H., Intercultural Communication: A Discourse Approach, Wiley-Blackwell, 2012.

KOMILOVA D. S. THE IMPORTANCE OF BASIC SKILLS IN TEACHING SYSTEM //International Scientific and Current Research Conferences. – 2023. – С. 392-398.

Комилова Д. Ш. БАДИИЙ ТАРЖИМАДА ҲИССИЙ БАҲОЛАШ ЛЕКСИКАСИНИНГ БЕРИЛИШИ (ИНГЛИЗ ВА ЎЗБЕК ТИЛЛАРИ МИСОЛИДА) //Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. – 2022. – Т. 2. – №. 10-2. – С. 848-851.

Shavkatovna K. D. Nationality of General Human Feelings in Translations //Journal of Intellectual Property and Human Rights. – 2023. – Т. 2. – №. 2. – С. 63-67.